IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING
O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Mavluda Jumaqulovna Jamolova
FarDU talabasi
АННОТАЦИЯ
В статье анализируются особенности экономического развития и либерализации, что является третьим приоритетом стратегии развития Узбекистана, и работа, проделанная в этом направлении.
Ключевые слова: Устойчивость, секторы экономики, свобода, промышленность, частное предпринимательство, банковское дело, кредит, проценты.
CHARACTERISTICS OF ECONOMIC DEVELOPMENT AND
LIBERALIZATION
ABSTRACT
The article analyzes the specifics of economic development and liberalization, which is the third priority of the development strategy of Uzbekistan, and the work done in this direction.
Keywords: Sustainability, sectors of the economy, freedom, industry, private entrepreneurship, banking, credit, interest.
KIRISH
Ma'lumki, iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining muxim omili. Harakatlar strategiyasida ushbu masalaga alohida e'tibor berilib, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish uchinchi ustuvor yo'nalish etib belgilandi. Jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish. Chunonchi, O'zbekiston o'tgan 26 yil mobaynida uzoq yillardan buyon yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini 8 % dan tushirmayapti. U dunyoning eng tez rivojlanayotgan davlatlarining birinchi beshtaligi tarkibida turibdi. Ana shu tarixiy yutuqni yanada rivojlantirish va iqtisodiy qudratli davlat maqomini saqlab qolish Harakatlar strategiyasining asosiy mazmunidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Har bir fuqaroning yaratuvchilik, bunyodkorlik qobiliyatini va yashab turgan joyidagi tabiiy sharoitni hisobga olib, tadbirkorlikning yangi shakl va usullarini joriy etishni taqozo etmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud saloxdyatidan samarali va optimal foydalanish,
Harakatlar stratetayasidan kelib chiqadigan muhim vazifadir. Bunda har bir viloyat, tuman va shaharning tabiiy-geografik imkoniyatlari, yer va suv sharoiti, aholining turmush tarzi, ehtiyojlari, ijtimoiy muammolari va psixologiyasidan kelib chiqib, dehqonchilik, chorvachilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ularga mos shakllami, usullarini joriy etish zarur. Ana shunda har bir fuqaro o'z qobiliyati, dunyoqarashi va turmush ehtiyojidan kelib chiqib, o'z yaratuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada butun mamlakat aholisi orasida yalpi safarbarlik, yaratuvchilik ruhiyati kuchayadi.
NATIJALAR
Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari quyidagi vazifalarni tashkil etadi:
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustaxkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish:
Xarajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta'minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, solik ma'muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag'batlantiruvchi choralarni kengay-tirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o'ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.
Tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta'minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko'rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko'paytirish; ishlab chikarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; faoliyat ko'rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish, eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o'ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo'nalishlari doirasida amalga oshirilgan davlat dasturlari va chora-tadbirlarida sel-suv omborlari va boshqa suv xo'jaligi obyektlarining xavfsizligini
ta'minlashga qaratilgan konsepsiya tasdiqlandi. Ushbu hujjat bilan O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan konsepsiyasi tasdiqlanmoqda. Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo'jaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta'minlash Konsepsiyaning ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilandi. Hulosa o'rnida aytish kerakki, mazkur konsepsiyaning amaliyotda to'liq ishlashi Respublikada 2020-2030-yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini suv bilan barqaror ta'minlash, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo'jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, suv xo'jaligi obyektlarining ishonchli ishlashini ta'minlash hamda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
"Yashirin iqtisodiyot" ulushi qisqaradi .Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi "O'zbekiston Respublikasida "Yashirin iqtisodiyot" ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan mazkur band ijrosi ta'minlandi.Ushbu qaror bilan "Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo'yicha 23 ta banddan iborat "Yo'l xaritasi" tasdiqlanib, unda qator amaliy sa'y-harakatlarni amalga oshirish nazarda tutildi.
MUHOKAMA
Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi faqat senat va prezidentga hisobdor bo'ladi. Joriy yilning 6-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqobat muhitini yana-da rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmoni imzolanishi bilan mazkur bandning ijrosi ta'minlandi.Farmonga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdor bo'lishi belgilanmoqda.Mazkur farmon O'zbekistonda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun teng sharoitlarni yaratish, oshkoralikni ta'minlash va davlat xaridi tartib-taomillarini yana-da takomillashtirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilish yo'nalishiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.Mazkur tadbir O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki hamkorligida tashkil etildi.Tadbirning asosiy maqsadi - 2020-yilgi Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni axborot-tahliliy jihatdan muhokama qilish va videomuloqotda 2020-yilgi Davlat dasturi ijrosi haqida ma'lumot berilar ekan, "2020-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi Prezident Farmoni bilan davlat ulushi bo'lmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15 foizdan 60 foizgacha oshirish, xususiy sektor oldidagi majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan 70 foizgacha oshirish, davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va nufuzga ega kamida
uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish kabi maqsadlar ko'zlangani taraqqiyotning muhim omili ekani e'tirof etildi.
Hozigi kunga kelib strategiyaning «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari» bobida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini himoya qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga to'liq erkinlik berish, ular faoliyatiga davlat idoralarining noqonuniy aralashuviga yo'l qo'ymaslik, davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish, xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning ustav jamg'armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob'yektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida davlatning ishtirokini kamaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. XULOSA
Iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini, iumladan, valyuta bozorini liberallashtirish, davlatning xalqaro imiji bilan bog'liq katta voqea. Lekin ular ustidan, shuningdek, emissiya, chet eldan pul ko'chirmalari ustidan qat'iy nazorat o'rnatilmasa, iqtisodiyotning real o'sishi va muomaladagi pul miqdori o'sish sur'atlari o'rtasidagi farq sifatida doimo paydo bo'ladigan inflyasiyani keltirib chiqarishi hech gap emas. Monetar siyosat bilan fiskal siyosatni qo'shib olib borish bunday holatlarning oldini olish imkonini beradi.
REFERENCES
1. Mukhamadqodirovich R. A. The role of mass media in the history of the period of independence //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. -
2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 356-359.
2. Расулов А. М. УЗБЕКИСТОНДА ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИНИНГ ФАОЛИЯТИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 804-809.
3. Расулов А. М. УЗБЕКИСТОНДАГИ ЩТИСОДИЙ ИСЛО^ОТЛАРДА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ УРНИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 1568-1572.
4. Расулов А. М. УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ТАРИХИДА ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИНИНГ УРНИ //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. - 2020. - №. SI-1№ 3.
5. Rasulov A. M. УЗБЕКИСТОНДАГИ ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИНИНГ ТАРМО^ЛАРИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 836-838.
6. Rasulov A. M. МУСТА^ИЛЛИК ЙИЛЛАРИДА УЗБЕКИСТОНДАГИ МИЛЛАТЛАРАРО ТОТУВЛИК ВА ДИНИЙ БАFРИКЕНГЛИК //Scientific progress. -
2021. - Т. 2. - №. 6. - С. 931-936.
7. Rasulov A. M. УЗБЕКИСТОНДА ГЛОБАЛ ТАРМО^НИНГ РИВОЖЛАНИШИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 6. - С. 926-930.