Научная статья на тему 'MILLIY IQTISODIYOTDA ERKIN IQTISODIY ZONALARI FAOLIYATINI YO`LGA QO`YISH'

MILLIY IQTISODIYOTDA ERKIN IQTISODIY ZONALARI FAOLIYATINI YO`LGA QO`YISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
17
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Taraqqiyot strategiyasi / eksport / import / erkin iqtisodiy zona / iqtisodiyot / soliq / liberallashtirish / qiyosiy tahlil / sintez / Development strategy / export / import / free economic zone / economy / tax / liberalization / comparative analysis / synthesis

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xoliqberdiyeva Sh.B.

Ushbu maqolada Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritilib, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash masalari haqida tahlil bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LAUNCHING THE ACTIVITY OF FREE ECONOMIC ZONES IN THE NATIONAL ECONOMY

In this article, regarding the reform of the national economy, liberalization of foreign trade, tax and financial policy, support of entrepreneurship and guarantee of private property integrity, organization of deep processing of agricultural products and provision of rapid development of regions considering the ongoing work, strengthening the social protection of citizens and reducing poverty as a priority of the state policy, providing the population with new jobs and a guaranteed source of income, qualified medical and educational services, decent living conditions An analysis of the issues of provision is presented.

Текст научной работы на тему «MILLIY IQTISODIYOTDA ERKIN IQTISODIY ZONALARI FAOLIYATINI YO`LGA QO`YISH»

Xoliqberdiyeva Sh.B.

"Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari"yo^nalishi 3-bosqich talabasi

MILLIY IQTISODIYOTDA ERKIN IQTISODIY ZONALARI FAOLIYATINI YOLGA QOYISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo 'llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritilib, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag'allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo 'nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o'rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta'lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta 'minlash masalari haqida tahlil bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Taraqqiyot strategiyasi, eksport, import, erkin iqtisodiy zona, iqtisodiyot, soliq, liberallashtirish, qiyosiy tahlil, sintez.

Khaliqberdiyeva Sh.B.

3rd level student

"Basics of Geography and Economic Knowledge" course

LAUNCHING THE ACTIVITY OF FREE ECONOMIC ZONES IN THE

NATIONAL ECONOMY

Abstract. In this article, regarding the reform of the national economy, liberalization of foreign trade, tax and financial policy, support of entrepreneurship and guarantee of private property integrity, organization of deep processing of agricultural products and provision of rapid development of regions considering the ongoing work, strengthening the social protection of citizens and reducing poverty as a priority of the state policy, providing the population with new jobs and a guaranteed source of income, qualified medical and educational services, decent living conditions An analysis of the issues of provision is presented.

Key words: Development strategy, export, import, free economic zone, economy, tax, liberalization, comparative analysis, synthesis.

Kirish: O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022 yil 28 yanvardagi "2022—2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-135 sonli farmonida inson huquqlarini ta'minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat

birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish, Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirish masalalariga jiddiy e'tibor berilib, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag'allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o'rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta'lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta'minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish masalariga alohida e'tibor qaratilgan. O'zbekistonda ham mazkur sohada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona mavjud bo'lib, ulardan ayrimlarining faoliyati ancha jadallashgan. Xususan, "Navoiy", "Angren", "Jizzax", "Urgut", "G'ijduvon", "Qo'qon" va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amaliyotga tatbiq etilgan, qolaversa, 4 ming 600 dan ortiq ish o'rni yaratilgan.Shuningdek, "Nukus-farm", "Zomin-farm", "Kosonsoy-farm", "Sirdaryo-farm", "Boysun-farm", "Bo'stonliq-farm", "Parkent-farm" singari farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan 7 yangi erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo'yicha ham barcha chora-tadbirlar ko'rilyapti.Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'i hisobidan 100 million $ miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.Bundan tashqari, kichik sanoat zonalaridagi direksiyalar kredit olish va bank xizmatlaridan foydalanishda har bir zonaga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi ham muammolarni bartaraf etishda ayni muddao bo'lmoqda. Bozor talablari va import nomenklaturasini o'rganish asosida tadbirkorlar uchun takliflar, istiqbolli loyihalar ro'yxati shakllantirilgan. Imtiyozlardan yana biri shuki, kichik sanoat zonasida ishlaydigan subyektlar 2 yil barcha soliqlardan ozod etilgan.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili: Erkin iqtisodiy zonalarda loyihalar aniq hisob-kitoblarsiz joylashtirilishi oqibatida ayrim faoliyat turlari uchun sun'iy imtiyoz berilishiga va bu, o'z navbatida, bozordagi raqobat muhitining buzilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 23 ta erkin iqtisodiy va 348 ta kichik sanoat zonasi faoliyat yuritayotgan bo'lib, ularda umumiy qiymati 2,6 milliard dollarlik 453 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 36 mingga yaqin ish o'rni yaratilgan. Kichik sanoat zonalarida esa 5 trillion so'mlik 1 ming 497 ta loyiha ishga tushirilib, 36 mingdan ziyod kishining bandligi ta'minlangan. Davlatimiz rahbarining "Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini o'z vaqtida ishga tushirishga to'sqinlik qilayotgan muammolarning yechimiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadqiqot metodologiyasi: Tadqiqot jarayonida Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish kabi ma'lumotlardan foydalanildi. Maqolada nazariy mushohada, tizimli yondashuv, kuzatish, umumlashtirish, qiyosiy tahlil, sintez kabi usullardan samarali qo'llanildi.

Xulosa: Xulosa o'rnida aytganda, erkin iqtisodiy zona — bu yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o'rnini bosuvchi, eksportga yo'naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o'zlashtirishga faol jalb etish maqsadida tashkil etiladigan hududdir. Uni tuzishdan maqsad eng avvalo, mamlakatni yoki alohida olingan hududni strategik rivojlantirishga doir vazifalarini, ya'ni tashqi savdo, umumiqtisodiy, ijtimoiy, hududiy va ilmiy-texnik masalalarni hal qilishdan iborat bo'ladi. Mamlakatimiz hududlarining ishlab chiqarish, resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta'minlash, transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarning alohida o'rni bor. Umuman, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda asosiy e'tibor hududlar tabiiy resurslari hamda industrial salohiyatidan foydalanish va eksport tizimini kuchaytirishga qaratilmog'i lozim. Aynan shu o'rinda xorijiy investitsiyalarni jalb etishning unumli shakli bo'lgan zamonaviy erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan ushbu yo'nalishda jahon tajribasida keng qo'llanilayotgan va o'z samarasini berayotgan bir qator iqtisodiy chora-tadbirlarni qayd etish joiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-135 sonli farmoni

2. Erkin iqtisodiy zonalar huquqi. Kamalov M., Qurbonov M. 2018.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 22 dekabrdagi "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5600 son farmoni

4. Марк Дуглас. Торговля в зоне (Зональный трейдинг)

5. Бунегина Ц. Свободная зона - портрет в интерьере страны //Деловой мир. 1992. №123.

6. Бутенко О.В., Дайоуб Косай, Округ З.М. Совместное предпринимательство в мировой экономике. М.: Физкультура, образование и наука, 1995.

7. Гозибеков Д.Г., Ангелиди М.С., Каримов Н.Г. Финансовое обеспечение инвестиции в экономику Узбекистана. Ташкент., 1995.

"Экономика и социум" №10(113)-1 2023

www.iupr.ru

337

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.