Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-89-97
KICHIK VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING MILLIY IQTISODIYOTDAGI O'RNI
F. O. Abdullayev
Davlat boshqaruvi akademiyasi Urganch hududiy filiali direktori, i.f.n., dotsent,
E-mail: [email protected]
B. B. Sultonov
Urganch davlat universiteti "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi katta o'qituvchisi E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kichik va xususiy tadbirkorlikka ta'rif berilib, uning mohiyati va milliy iqtisodiyotda tutgan o'rni aniq ko'rsatkichlar bilan ifodalangan. Ishda shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha xulosalar berilgan.
Kalit so'zlar: kichik va xususiy tadbirkorlik, qulay tadbirkorlik muhiti, tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy va huquqiy asoslari, soliq va bojxona imtiyozlari.
THE ROLE OF SMALL AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN
NATIONAL ECONOMY
ABSTRACT
This article describes the small and private entrepreneurship, its essence and the role in the national economy are expressed in concrete indicators. The study also summarizes the priorities for business development.
Keywords: small and private entrepreneurship, favorable business environment, economic and legal framework for business development, tax and customs privileges.
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi muntazam
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-89-97
ravishda oshib bormoqda. Kichik biznesni rivojlantirishda xududlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan mahalliy hokimiyat organlari o'z hududining moliyaviy va moddiy imkoniyatlarini, mahsulot va xizmatlarning muayyan turlari bo'yicha aholining haqiqiy ehtiyojlarini, mintaqa nuqtai nazaridan faoliyat sohalari va mulkchilik shaklidagi resurslardan samarali foydalanish yo'llarini aniq bilishadi.
Mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o'tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo'yicha ta'sirchan choralar ko'rildi[1].
Mamlakatimizda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy va huquqiy asoslarining yaratilganligi ijobiy natijalarga erishishga sabab bo'lmoqda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda keng ko'lamli soliq va bojxona imtiyozlarining berilishi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati sezilarli darajada yaxshilandi. Bundan tashqari, davlat tomonidan "2022 yildan boshlab bosqichma-bosqich tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarni yagona elektron reestrga kiritish tartibi joriy etish hamda takrorlanuvchi va o'z ahamiyatini yo'qotgan majburiy talablarni qayta ko'rib chiqish" kabi vazifalarning qo'yilishi bu sohada tub o'zgarishlar bo'lishiga zamin yaratmoqda[1; 9-band].
Bugungi kunda mamlakatimizdagi "...islohotlarning asosiy maqsadi - aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta'minlashdir" [2; 6 b.]. Shunday ekan, bugungi kunda kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish masalalari o'ziga xos dolzarblik kasb etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Oxirgi yillarda kichik va xususiy tabdirkorlik sohasida xorijiy davlatlar iqtisodchilaridan Paul Burns [3], Robert Blackburn , Dirk De Clercq , Jarna Heinonen [6], W.Garther [4] kabilar kichik va xususiy tadbirkorlik tushunchasi, faoliyati xususiyatlari bo'yicha tadqiqot olib borishgan bo'lsa, E.Staley, R.Morse [5], A.Bruno, T.Tyebjee [8], Dana L.P. [9], Davidsson P. Swanson D. [10], Webster L.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-89-97
[11], K.Manning S.Birley, D.Norburn [7] kabi olimlar ularni rivojlantirish dasturlari, strategiyalari hamda qulay investitsion muhitni yaratishga e'tibor qaratishgan.
Rossiyalik iqtisodchilardan E.Bikova [12, s. 10.], B.Jixarevich [13], N.Simionova [14], N. Yu. Nikitina, S. M. Korunov, A. A. Yashin, I. D. Oparin [15] kabilarning tadbirkorlik faoliyati va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga doir ko'plab o'quv qo'llanmalari va ilmiy maqolalari chop etilgan.
Mamlakatimiz olimlari tomonidan chop etilgan iqtisodiy ilmiy manbalarda "ishbilarmonlik muhiti" tushunchasiga ta'riflar keltirilmagan, lekin unga yaqin fikrlar bor. Masalan, B.Yu. Xodiev, M.S.Qosimova, A.N. Samadov kabi iqtisodchilar "tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish uchun ma'lum bir ishchi muhiti bo'lishi kerak" deb qayd etadilar. Ularning mulohazalariga ko'ra "...tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to'rtta omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning o'zaro bog'liqligi natijasida amalga oshiriladi" [16, 25 b.]. Taniqli iqtisodchi S.S.G'ulomovning "Tadbirkorlik va kichik biznes" nomli o'quv qo'llanmasida tadbirkorlik muhitiga ichki va tashqi omillarning ta'siri va ularning o'zgaruvchanligi to'g'risida qisqa fikr berilgan [17, 71 b.].
Iqtisodchi M.Rasulov esa tadbirkorlik "...rivojlanishi uchun ma'lum sharoitlar talab etilib..." [18, 227 b.] bu sharoitlar iqtisodiy, siyosiy, ruhiy va huquqiy asoslardan iborat ekanligini qayd etadi. Iqtisodchi B.Salimov esa "ishbilarmonlik muhiti" iborasini ishlatmagan bo'lsa-da, "har qanday biznes ma'lum muhitda faoliyat ko'rsatadi" [19, 131 b.] deb aytadi. Uning fikricha, o'sha "ma'lum muhit" "yo'l" qo'ysa, korxona o'z harakati tufayli oldiga qo'yilgan maqsadga erishishi mumkin.
Xususan, U.V.Gafurovning [20] kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish masalalariga va ishbilarmonlik muhitini kengaytirishga doir ilmiy dissertatsiyasi bu borada qilingan so'nggi ishlardan biridir. Biroq, ushbu masalani o'z ichiga qamragan ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning umumnazariy, mintaqaviy va tarmoq muammolari bir qator respublikamiz olimlarining ilmiy ishlarida keng yoritilgan [16,17,18,19,20].
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni va bevosita kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida tadqiqotlar olib borgan boshqa bir taniqli olimlar esa, o'z ilmiy ishlarida iqtisodiyotning mintaqaviy, tarmoq, infratuzilma ob'ektlarini modellashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-89-97
etishgan [18,20,21]. Shuni ta'kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimiz olimlari tomonidan respublikamizda kichik biznes rivojlanish tendensiyalarini ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etish borasidagi tadqiqotlar yetarli emas yoki bo'lmasa ko'pchiligi tadbirkorlikning nazariy muammolariga bag'ishlangandir.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolani yoritishda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qonunchiligimiz, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, taniqli olimlarning ilmiy asarlari organilib, kichik va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyotdagi o'rni tahlil qilindi. Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida mavzuga oid statistik ma'lumotlar va nazariyalarni o'rganishda tahlilning mantiqiy va taqqoslash usullari, analiz va sintez, tizimli yondashuv, iqtisodiy-statistik tahlil, tanlanma kuzatish hamda tajriba kabi usullardan foydalanilgan. Mavzuni yoritishda darsliklar, o'quv qo'llanmalar, xorijiy adabiyotlar, davriy matbuot, ilmiy-amaliy hamda xalqaro anjuman to'plamlari, shuningdek, internet ma'lumotlaridan foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Mamlakatimizda, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan e'tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlik vakillari bilan muntazam ravishda o'tkazilayotgan, shu jumladan 2021 yilning 20 avgustida bo'lib o'tgan uchrashuv ham bu fikrimizga yaqqol misol bo'la oladi.
Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizning tobora tayanchiga aylanib bormoqda. So'nggi yillarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash natijasida kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari yanada faollashdi. Buning oqibatida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish hajmining oshishi, raqobat natijasida mahsulot sifatining yaxshilanishi, o'zaro iqtisodiy munosabatlarning diversifikasiyalashuvi yuzaga keldi.
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va ularga qulay investitsion sharoitlar yaratib borish bo'yicha amakga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning soni va barcha jabhalarda kichik va xususiy tadbirkorlikning ulushi yildan yilga ortib bormoqda. Mamlakatimizda kichik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini ularning asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari hamda tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishdagi ulushidan ham xulosa qilish mumkin (1-jadval).
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-89-97
1-jadval
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning milliy iqtisodiyotdagi ulushi
(umumiy hajmga nisbatan foizda)
Ko'rsatkichlar 2001 2006 2011 2016 2021
YaIM 33,8 42,1 61,9 66,8 54,9
Sanoat 12,5 10,9 28,6 45,3 27,0
Qurilish 40,4 52,1 67,6 66,9 72,4
Bandlik 51,8 69,1 75,1 78,2 -
Eksport 9,3 11,2 18,8 26,0 22,3
Import 26,7 34,2 34,3 46,8 48,7
Manba: https:// www.stat.uz
Ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, oxirgi yigirma yil davomida mamlakatimizda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yuqoridagi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlardagi ulushi ortib bormoqda. Ayniqsa, qurilish, bandlik va importda doimiy o'sish qayd etilgan. Mamlikatimiz YalM ning yarmidan ko'pi hamda ish bilan band aholining 80 foizga yaqini kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to'g'ri kelayotgani ham katta yutuqlarimizdan hisoblanadi.
Bundan tashqari, so'nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ko'rsatkichlari hajmi ham shiddat bilan o'sib borayotganini ko'rish mumkin (2-jadval).
2-jadval
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining iqtisodiyot tarmoqlaridagi
asosiy ko'rsatkichlari hajmi
Ko'rsatkichlar 2001 2006 2011 2016 2021
Sanoat (mlrd.so'm) 355,1 1589,3 13586,8 50654,5 121719,2
Qurilish (mlrd.so'm) 230,4 1009,8 6188,3 19671,0 77762,0
Bandlik (ming kishi) 4733,0 7234,1 8950,7 10397,5 -
Eksport (mln.AQSh.dol) 293,6 714,6 2826,2 3139,2 3711,2
Import (mln.AQSh.dol) 836,2 1633,5 3895,5 5676,8 12389,0
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-89-97
Savdo (mlrd.so'm) 1148,5 6638,2 24741,9 78935,6 249493,3
Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi (mlrd.so'm) 1568,6 7089,8 46704,5 118011,4 307280,2
Xizmatlar (mlrd.so'm) X x 19556,5 61346,2 144812,7
Yuk tashish (mln.tonna) 54,7 187,3 292,0 538,6 678,9
Yuk aylanmasi (mln.tonna-km) 2708,5 10393,0 6894,3 10072,4 13108,1
Yo'lovchi tashish (mln.yo'lovchi) 1083,8 2803,0 3416,2 4866,5 5237,6
Yo'lovchi aylanmasi (mln.pass.km) 11963,0 33902,0 74320,7 107789,7 114681,5
Manba: https:// www.stat.uz
Ya'ni, oxirgi yigirma yil mobaynida ba'zi ko'rsatkichlarda 5-10 barobar, ayrimlarida esa xatto 200-300 barobar o'sish bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Ayniqsa, sanoat, qurilish, savdo, qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida juda katta ijobiy o'zgarishlar, tadbirkorlarning faollashuvi kuzatilgan.
Bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblangan, chet davlatlarda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga o'zimizda yangi, ularga munosib xaq to'lanadigan ish o'rinlarini yaratib berishni aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali hal etishimiz mumkin.
Ammo, hal etilishi lozim bo'lgan kamchiliklarimiz ham yo'q emas. Jumladan, sanoat ishlab chiqarishida va eksportdagi ulush qoniqarsiz ko'rsatkichligicha qolmoqda.
XULOSA
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, hamda davlatimiz rahbari tomonidan 2022 yilning 28 yanvarida qabul qilingan PF-60-sonli Farmonga asosan tadbirkorlarga qulay sharoit yaratib berish bo'yicha ustuvor yo'nalishlar sifatida quyidagi chora-tadbirlarni keltirishimiz mumkin:
- sharoiti "og'ir" tumanlarda yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik sub'ektlariga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz stavkada hamda yuridik shaxslardan
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-89-97
olinadigan er solig'i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlari hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to'lash tizimini joriy etish;
- tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarni yagona elektron reyestrga kiritish hamda takrorlanuvchi va o'z ahamiyatini yo'qotgan majburiy talablar qayta ko'rib chiqish;
- litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish;
- iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo'l ochish;
- har yili barcha tuman va shaharning muammo va imkoniyatlarini chuqur o'rgangan holda hududlar kesimida taraqqiyot dasturlari ishlab chiqish;
- mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari tomonidan mahallalarni rivojlantirish bo'yicha «yo'l xaritalari»ni ishlab chiqish;
- har bir tumanda «Innovatsiya va texnologiya markazlari» tashkil qilib, tadbirkorlarga amaliy yordam ko'rsatish;
- har yili O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqoti»ni o'tkazish;
- hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish.
REFERENCES
1. "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60 sonli farmoni.
2. Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -T.: O'zbekiston, 2017. - 104 b.
3. Paul Burns. Entrepreneurship and Small Business. 5th Edition. Red Globe Press, 2021. - 584 p.
4. Garther W.B. A Conceptual framework for describing the phenomenon of new venture creation Academy of Management Review, 10 (A), pp. 696-706.
5. Staley E., Morse R. Developing entrepreneurship: Elements for a program in P.Kilby (Ed) Entrepreneurship and economic development, pp. 357-384.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-89-97
6. Robert Blackburn , Dirk De Clercq , Jarna Heinonen. The SAGE Handbook of Small Business and Entrepreneurship. SAGE Publications Ltd, 2018. - 680 p.
7. Manning K., Birley S., Norburn D. Developing new ventures strategy Entrepreneurship Theory and Practice, 14 (1), pp. 69-76.
8. Bruno A.V., Tyebjee T.T. The environment for entrepreneurship in C.A. Kent, D.L.Sexton, K.H.Vesper (Eds.), Encyclopedia of entrepreneurship, pp. 288-307. Englewood Cliffs, NJ. Prentice Hall.
9. Dana L.P. The spirit of entrepreneurship and the commonwealth government of Australia. Journal of Small Business Management, 26(1), pp. 63-65.
10. Davidsson P. Continued entrepreneurship. Ability, need, and opportunity as determinants of small firm growth. Journal of Business Venturing, 6, pp. 405-429.
11. Swanson D., Webster L. Private sector manufacturing in the Czech and Slovak Republic: A survey of firms. Washington, DC: The World Bank.
12. Быкова Е.С. Методологические основы оценки институциональной среды предприятия при формировании интеграционных процессов. //Ж. Вестник Саратовского государственного социально-экономического университета. №5. 2013.
13. Жихаревич Б.С. "Методы оценки параметров хозяйственного климата и разработки программы его улучшения. // http: //www. myshared.ru/slide/95848
14. Симионова Н. Е. Понятие бизнес-среды предприятия. http://www.involveman.ru/kars-572- 1.html
15. Н. Ю. Никитина, С. М. Корунов, A. A. Яшин, И. Д. Опарин. Предпринимательство. Учебное пособие. - Екатеринбург.: Издательство Уральского Университета, 2020.
16. Xodiev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. O'quv qo'llanma. -T.: TDIU, 2010.
17. G'ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. -T.: TDAU, 1998.
18. Rasulov M. Bozor iqtisodiyoti asoslari: Darslik. -T.: O'zbekiston, 1999.
19. Salimov B.T. Salimov B.B. Tadbirkorlikni rivojlantirishga strategik yondashuv. // "Milliy iqtisodiyot sohalarida xalqaro tajribani o'rganish va uni kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda tatbiq etish" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanning ma'ruzalar to'plami. -T.: TDIU, 2004.
20. Gafurov U.V. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish: iqt. fan. dok. diss. -T.: 2017.
21. Abdullaev I.S. Marketing (Darslik).- T.: Innovatsion rivojlanish nashriyot-
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-89-97
matbaa uyi, 2020. 324 b.
22. www.stat.uz
23. www.lex.uz