Научная статья на тему 'YANGI OʻZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING IJTIMOIY OMILLARI'

YANGI OʻZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING IJTIMOIY OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
514
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat / taraqqiyot strategiyasi / ma’naviy taraqqiyot / Harakatlar strategiyasi. / society / development strategy / spiritual development / action strategy.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Nabiyev, Bekzod Muxammadumarovich

Insoniyat tarixining uzoq davri davomida amaliy faoliyatni nazariy asoslash u yoki bu tashkiliy tuzilma doiralaridagi muhim muammo boʻlib kelgan. Har qanday ijtimoiy tuzilmaning oʻziga xosligi bu tuzilmada yashovchilarning dunyonianglash shakllarini aks ettirgan. Ushbu maqolada Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy omillari keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL FACTORS OF ENSURING SOCIETY STABILITY IN THE DEVELOPMENT STRATEGY OF THE NEW UZBEKISTAN

For a long period of human history, the theoretical justification of practical activities has been an important problem in a particular organizational structure. The peculiarity of any social structure reflects the ways of understanding the world by people living in this structure. This article mentions the social factors of ensuring the stability of society in the development strategy of New Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «YANGI OʻZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING IJTIMOIY OMILLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA JAMIYAT BARQARORLIGINI TA'MINLASHNING IJTIMOIY OMILLARI

Nabiyev Bekzod Muxammadumarovich

NamMQI, o'qituvchi

Insoniyat tarixining uzoq davri davomida amaliy faoliyatni nazariy asoslash u yoki bu tashkiliy tuzilma doiralaridagi muhim muammo bo 'lib kelgan. Har qanday ijtimoiy tuzilmaning o 'ziga xosligi bu tuzilmada yashovchilarning dunyonianglash shakllarini aks ettirgan. Ushbu maqolada Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida jamiyat barqarorligini ta 'minlashning ijtimoiy omillari keltirib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: jamiyat, taraqqiyot strategiyasi, ma'naviy taraqqiyot, Harakatlar strategiyasi.

СОЦИАЛЬНЫЕ ФАКТОРЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ СТАБИЛЬНОСТИ ОБЩЕСТВА В СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА

Набиев Бекзод Мухаммадумарович

Преподаватель НамИСИ

АННОТАЦИЯ

На протяжении длительного периода истории человечества теоретическое обоснование практической деятельности являлось важной проблемой в той или иной организационной структуре. Своеобразие любой социальной структуры отражает способы понимания мира людьми, живущими в этой структуре. В данной статье упоминаются социальные факторы обеспечения стабильности общества в стратегии развития Нового Узбекистана.

Ключевые слова: общество, стратегия развития, духовное развитие, стратегия действия.

SOCIAL FACTORS OF ENSURING SOCIETY STABILITY IN THE DEVELOPMENT STRATEGY OF THE NEW UZBEKISTAN

For a long period of human history, the theoretical justification of practical activities has been an important problem in a particular organizational structure.

ANNOTATSIYA

Nabiyev Bekzod Muhammadumarovich

Teacher NamIEC

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

The peculiarity of any social structure reflects the ways of understanding the world by people living in this structure. This article mentions the social factors of ensuring the stability of society in the development strategy of New Uzbekistan.

Key words: society, development strategy, spiritual development, action strategy.

Bugun jamiyatimiz taraqqiyotning yangi bir bosqichiga qadam qo'ydi. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotining ma'nan yangi bosqichida xalq farovonligi, inson huquqlari va qadri oliy maqsad qilib belgilangan. Bu esa tamomila yangi ma'naviy makonni, ma'rifatga asoslangan jamiyatni shakllantirishni taqozo qiladi. «Yangi ma'naviy makon nima? Mening nazarimda, u - biz orzu qilayotgan Yangi O'zbekistonning ma'naviy qiyofasi yaqqol aks etadigan, xalqimiz intilayotgan va el-yurtimiz baxtiyor yashaydigan ma'rifatli jamiyatdir1.

O'zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan Harakatlar strategiyasi va Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari ijrosining besh yillik «yo'l xaritalari» hisoblanadi. 2021-yilning iyunida Buxoro shahrida Parlamentlararo Ittifoq bilan hamkorlikda «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda global parlamentlararo hamkorlik» xalqaro forumi o'tkazildi. «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta'minlashda parlamentlar rolini oshirish» borasidagi tashabbusimizning BMT Bosh Assambleyasi tomonidan rezolyusiya ko'rinishida qabul qilinishi bo'yicha faol ishlar olib borilmoqda.

O'zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo'lib inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar tizimini tashkil etdi. Parlament Ombudsmani, Bolalar Ombudsmani, Biznes-Ombudsman va Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz ushbu tizimga kiradi.

Majburiy va bolalar mehnatini bartaraf etish sohasidagi ishlar holati tubdan o'zgardi. Qiynoqlarning oldini olish milliy preventiv mexanizmini takomillashtirish bo'yicha qonunchilik hujjatlari qabul qilindi.

BMTning fuqaroligi yo'q shaxslar sonini qisqartirish borasidagi chaqiriqlariga javoban 2020-yilda «O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida»gi Qonun qabul qilingan bo'lib, uning asosida 70 mingdan ziyod fuqaroligi yo'q shaxslar O'zbekiston Respublikasining fuqarolari deb tan olindi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatimizni «O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi yangi qonuni qabul qilinishi bilan tabriklar ekan, «O'zbekiston ilgari fuqaroligi yo'q shaxslarga fuqarolik bergan holda, aholining zaif qatlamlari hayotini yaxshilamoqda.

1 Mnp3HëeB ffl. M. ^Hrn Y36eKHCTOHHHHr Taparç^HëT CTpaTeraacH... - B. 276.

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Ushbu voqea dunyoning barqaror rivojlanish sohasida maqsadlarga erishish bo'yicha o'n yillik harakatlarini boshlayotgan bir paytda, O'zbekistonning hech bir insonni hal etilmagan muammo bilan yolg'iz tashlab qo'ymaslikning qat'iy tarafdori ekanini ko'rsatdi»2, deya qayd etdi.

Ayni vaqtda mamlakatimizda qonunchilik ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo'nalishlarini, inson huquqlari sohasidagi umume'tirof etilgan xalqaro standartlarni, shuningdek, BMT Ustav organlari va shartnomaviy qo'mitalarining tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirilmoqda.

O'zbekiston BMTning inson huquqlari bo'yicha Oliy komissarligi boshqarmasi bilan samarali hamkorlik va muntazam muloqotni yo'lga qo'ygan. Mazkur boshqarma bilan hamkorlikda 2020-yilning iyunida birinchi marta O'zbekistonning inson huquqlari bo'yicha Milliy strategiyasi qabul qilinib, izchillik bilan amalga oshirilmoqda. U BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi va shartnomaviy qo'mitalarining tavsiyalarini amalga oshirishni ko'zda tutadi. Milliy strategiyani qabul qilishda nafaqat ekspert doiralarning, balki keng jamoatchilik va xalqaro tashkilotlarning fikri ham inobatga olingan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yangi O'zbekiston strategiyaning bosh g'oyasi fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish, inson huquqlarini himoya qilish, kambag'allikni kamaytirish, har bir kishini kafolatli daromad manbai bilan ta'minlash hamda barqaror ekologik rivojlanishga erishishdan iborat.

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi yettita ustuvor yo'nalishni qamrab olgani, mohiyatiga ko'ra, ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish masalasi ana shu ustuvor yo'nalishlardan biri etib belgilangani bilan Harakatlar strategiyasidan ajralib turadi. Shu bois, ushbu tarixiy hujjatda belgilangan ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash bilan bog'liq maqsad-vazifalar xususida so'z yuritish maqsadga muvofiqdir.

«Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi, ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat»3.

2 XygoHÖepgueB X. BMT Eom kothöh Ahtohho ryreppum Y36eKHCTOHra TaöpuK HyraagH // https://xs.uz/uzkr/ post/bmt-bosh-kotibi-antonio-guterrish-ozbekistonga-tabrik-yolladi.

3 Mup3HëeB ffl. M. .Hmu Y36eKHCTOHHHHr Taparç^uëT cipaTerHHCH.... - B. 294.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Ushbu fikrlar davlatimiz rahbarining mazkur yig'ilishda so'zlagan nutqining mazmun-mohiyati va ahamiyati keyinchalik Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida o'z aksini topdi.

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi «Inson qadri uchun 100 ta maqsad»dan iborat bo'lib, shundan 8 tasi, ya'ni 71-78-maqsadlar bevosita ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash masalalariga taalluqli hisoblanadi. Taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirishga doir Davlat dasturida 398 ta band bo'lib, shuning 29 tasi, ya'ni 257-285-bandlar aynan ma'naviyat sohasiga oid chora-tadbirlardir4.

Inson huquqlari bo'yicha Milliy strategiya doirasida gender tenglik, so'z va din erkinligini ta'minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish borasida aniq choralar qabul qilingan, jumladan:

2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi;

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi yangi qonun qabul qilindi;

2030-yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlandi;

Inson huquqlari sohasida O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo'yicha Parlament komissiyasi tashkil etildi;

O'zbekistonda 2025-yilgacha davlatning yoshlarga oid siyosatini rivojlantirish Konsepsiyasi amalga oshiriladi, u BMTning «Yoshlar - 2030» strategiyasida bayon etilgan «Yoshlar bilan ishlash yoshlar manfaatida» prinsipiga asoslangan.

Inson huquqlari bo'yicha Milliy strategiyani amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari faol qatnashmoqda. Inson huquqlari sohasida biznes hamjamiyatning mas'uliyatini, jumladan, «Biznes va inson huquqlari» Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish yo'li orqali kuchaytirish ishlari olib borilmoqda.

O'zbekiston inson huquqlari bo'yicha BMTning shartnomaviy organlari tizimini mustahkamlash yuzasidan hukumatlararo jarayonlarni qo'llab-quvvatlaydi va davlatning hisobdorlik qobiliyatini rivojlantirish hamda shartnomaviy organlarning mulohazalarini bajarishga intiladi. O'zbekiston Respublikasi BMTning shartnomaviy organlariga milliy ma'ruzalari (41 ta ma'ruza)ni o'z vaqtida taqdim etmoqda. Xususan, joriy yilning fevralida Ayollarga nisbatan kamsitishni bartaraf etish qo'mitasi O'zbekistonning Oltinchi davriy ma'ruzasini, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo'yicha qo'mitasi Uchinchi davriy ma'ruzasini eshitdi.

Ma'lumki, 2020-yil 24-fevralda BMT Bosh kotibi A. Guterrish «Yuksak intilish: inson huquqlari uchun harakatga chaqiriq» degan tashabbusni ilgari surdi. «Chaqiriq»ning eng muhim mohiyatidan biri - fuqarolik jamiyatini kuchaytirish,

4 CangoB A. ^Hrn Y36eKHCTOHHHHr Taparç^HëT crpaTeraacH: HRTHCogHëT Ba MaiHaßHHT yHiyH^Hra ny^nga // https://parliament.gov.uz/uz/events/opinion/37879/?sphrase_id=8032635.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

gender tenglikni ta'minlash, erkak va ayollarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda, shuningdek, axborot erkinligida tengligiga erishish zaruriyati hisoblanadi.

BMTning mazkur tashabbusi O'zbekistonning ayni sohalarda amalga oshirayotgan islohotlari bilan hamohang. Zero, inson huquqlarini ta'minlamasdan turib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-gumanitar taraqqiyoti yo'lidagi muammolarini yechish imkonsiz.

Inson huquqlari bo'yicha BMT kengashi butun dunyo bo'ylab mazkur sohadagi vaziyatni nazorat qilar ekan, davlat rahbarlariga tavsiyalarini berib boradi. Ushbu xalqaro organga kirgan har bir mamlakat inson huquqlari sohasida namuna bo'lishi kerak. Inson huquqlari bo'yicha kengashga kirgan va e'tirofga sazovor bo'lgan O'zbekiston o'z majburiyatlarini mas'uliyat bilan bajarmoqda.

O'zbekiston BMTning inson huquqlarini himoya qilish organlari bilan, ayniqsa, barcha davlatlarga ularning inson huquqlari bilan bog'liq tegishli vaziyati baholanayotganda teng va kamsitilmagan muomalani ta'minlayotgan, Inson huquqlari bo'yicha kengashning universal davriy obzori mexanizmi bilan muntazam va samarali hamkorlikni yo'lga qo'ygan.

Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomidir. Taraqqiyot o'zgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi ko'zda tutilgan holda, Taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yo'nalish qo'shildi. Bulardan biri - ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchisi - O'zbekistonning dunyoda yuz berayotgan global muammolarga munosabati negizida belgilangan yangi ustuvor yo'nalishdir5.

Taraqqiyot strategiyasida asosiy e'tibor, bir tomondan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir qonunlar, kodekslar, konsepsiya va dasturlar qabul qilinishiga qaratilgan. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida mamlakatimizni keyingi besh yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo'nalishi bo'yicha aks etgan joriy demokratik islohotlar ko'lami va miqyosi asl voqelikka yanada aniqlik kiritadi, deb o'ylaymiz.

Ushbu muhim hujjatda quyidagi ulug' maqsadlar aniq belgilangan:

- «inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

- mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

- milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash;

- adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

- ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;

5 CaugoB A. .Rmu Y36eKHCTOHHH 6apno этнm ny^uga // https://parliament.gov.uz/uz/events/opinion /39099/?sphrase id=8199649.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

- milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;

- mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish»6.

Umuman, dastlab Harakatlar strategiyasida, so'ng Taraqqiyot strategiyasida O'zbekiston bajarishni o'z zimmasiga olgan BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarini mamlakatimiz hayotiga tatbiq etishning aniq taktika va strategiyalari belgilab berildi.

Boshqacha aytganda, O'zbekiston tashqi xalqaro munosabatning teng huquqli a'zosi sifatida BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlari bilan hamohang holda rivojlanish yo'liga tushib olib, bu borada o'ziga xos o'rni va ahamiyatini, yanada muhimi, ibratli tajribasini butun dunyoga ko'rsata oldi. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi ushbu muhim taraqqiyparvar jarayon uzluksiz davom etayotganidan dalolat.

Yangi O'zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Bu davrda «inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri - eng muhim qadriyat» degan tamoyil e'tirof etilmoqda.

Shu munosabat bilan milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotda «shaxs -jamiyat - davlat» tamoyilini mustahkamlash kerak. Zero, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida yillar davomida amal qilib kelgan «davlat - jamiyat - inson» tamoyili «inson - jamiyat - davlat» tamoyiliga o'zgartirilmoqda.

Xalq bilan bevosita muloqot qilish, yurtdoshlarimizning dardu tashvishlari, muammolarini ijobiy hal etish bo'yicha mutlaqo yangi demokratik tizim - Xalq qabulxonalari o'tgan besh yilda o'zini oqladi. Bundan tashqari barcha davlat organlari faoliyatida «xalq dardiga kuloq solish», muammolarni joyida hal etish va xalqni rozi qilish bo'yicha samarali ishlar qilinmoqda.

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida «xalq bilan ochiq muloqot mexanizmini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish, davlat organlariga kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish jarayonini raqamlashtirish, murojaatlarni tezkor va sifatli ko'rib chiqilishini ta'minlash ko'zda tutilgan. Eng asosiysi, «Davlat xalqqa xizmat ko'rsatishi shart» g'oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi «Xalqchil davlat» milliy dasturi ishlab chiqildi7.

Mamlakatimizda Yangi O'zbekistonni bunyod etish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarga doir yana ko'plab misollarni keltirish mumkin.

6 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3HgemuHHHr 2022 hhïï 28 aHBapgaru n®-60-coH^H "2022-2026 HH^apra My^a^aHraH .Rmu Y36eKHCTOHHHHr Tapa^^HëT CTpaTeruacu TyrpHCHga"rH OapMOHH // https://lex.uz /docs/5841063.

7 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3HgeHTHHHHr 2022 HHÏÏ 28 aHBapgaru n®-60-coH^H "2022-2026 HH^apra My^^a^^aHraH .Rmu Y36eKHCTOHHHHr Tapa^^HëT CTpaTeruacu TyrpHCHga"rH OapMOHH // https://lex.uz /docs/5841063.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

Eng muhimi, bugungi kunda O'zbekistonning jahonda nufuzi o'sib borayotgani — bu nafaqat davlatning har tomonlama puxta o'ylangan, qat'iy va mustaqil tashqi siyosati natijasi, balki mamlakatda demokratik va bozor islohotlarini amalga oshirishda erishilayotgan yutuqlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilishi hamdir.

Yangi O'zbekiston rahbari - o'z yo'lidan borish huquqini izchil himoya qilayotgan zamonamizning sanoqli siyosatchilaridan biridir. Bu mustaqil taraqqiyot yo'lining mohiyati:

«birinchidan, jamiyatning o'ziga xos tarixiy shartsharoitlari, uning milliy, diniy va madaniy xususiyatlari puxtalik bilan hisobga olinganida;

ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish hamda taraqqiyotning an'anaviy axloqiy va madaniy qadriyatlar bilan uyg'unligida;

uchinchidan, sog'lom fikrning tajribaga asoslanmagan nazariyadan ustunligida;

to'rtinchidan, mafkuralashgan konsepsiyalar ustidan vatanparvarlik, pragmatizm va ijodiy amaliyotning ustunligida yaqqol namoyon bo'lmoqda8.

Inson qadrini yuksaltirish va uning sha'ni, huquq hamda erkinliklarini hurmat qilish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishidan biri hisoblanadi. O'zbekistonda inson huquqlarini uning millatiga, diniga, ijtimoiy ahvoliga, siyosiy va boshqa e'tiqodiga qarab cheklashlar yo'q. Zotan, insonni ulug'lash, uni muhofaza qilish va har tomonlama kamol toptirish keng ko'lamli islohotlarimizning diqqat-markazidagi masala bo'lib turibdi.

XULOSA

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining hayotga tizimli va izchil tatbiq etilishi demokratik islohotlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqmoqda. Bu, birinchi o'rinda, «Inson qadri uchun» degan ustuvor tamoyilni to'la ro'yobga chiqarishni nazarda tutadi. Qayd etish kerakki, «inson qadri» — fuqarolarning tinch va xavfsiz hayotini, asosiy huquq va erkinliklarini, bosqichma-bosqich munosib turmush sharoitini ta'minlash va zamonaviy infratuzilmani yaratish, mamlakatning har bir fuqarosi uchun malakali tibbiy xizmat ko'rsatish, sifatli ta'lim, ijtimoiy himoya va sog'lom ekologik muhitni yaratish demakdir.

Bunga, eng avvalo, «Yangi O'zbekiston - xalqchil va insonparvar davlat» g'oyasi va «inson - jamiyat - davlat» tamoyilini hayotga faol tatbiq etish, Prezident, parlament va hukumat o'rtasida vakolatlarni aniq taqsimlash, hokimiyatlar bo'linishi tizimida o'zaro tiyib turish va muvozanatni mustahkamlash, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, zamonaviy xalqaro hamjamiyatda o'zining munosib o'rnini topish orqali erishiladi.

8 CaugoB A. .Hmu Y36eKHCTOHHH 6apno этнm nynuga // https://parliament.gov.uz/uz/events/opinion /39099/?sphrase id=8199649

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Fuqarolik jamiyati institutlari, parlamentarizm, ko'ppartiyaviylik tizimini shakllantirish va rivojlantirish haqiqiy demokratiya timsoli hisoblanadi. Taraqqiyot strategiyasida joylardagi muammolarni hal etishda mahalliy boshqaruv hokimiyati organlarining roli va mas'uliyatini yanada oshirish, davlat funksiyalarining aksariyat qismini markazdan hududlarga o'tkazish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan.

Xususan, hududlarni rivojlantirishda mahalliy Kengashlarning rolini oshirish, fuqarolik institutlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoit yaratishga e'tibor qaratiladi. Birgina 2021-yilning o'zida mahalliy Kengashlar tomonidan fuqarolarning 29 mingdan ortiq muammolari ijobiy hal etilganligini inobatga oladigan bo'lsak, ular faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash «Xalqparvar davlat» g'oyasini yanada keng hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi9.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Nabiyev B.M. "Systems of spiritual-ideological propaganda and their reguliarities". Asian journal of Research in social sciences and humanities Vol.11, Issue-12, December 2021.-P.262-271

2. Nabiyev B.M. "Ideological factors of eliminating rhreats to national spirituality". Asian journal of multidimensional research Vol.10, Issue 9, September-2021.

3. Набиев Б.М. "Узбекистонда жамият ижтимоий-сиёсий баркарорлигини мустахкамлашнинг мафкуравий омиллари" СамДУ ахборотномаси. Журнал. №4. Самарканд-2021. -Б.64-68

4. Набиев Б.М. ""Мафкура", "Миллий гоя", "Миллий узликни англаш", "Миллий онг" каби тушунчаларнинг мазмун-мохияти" . НамДУ ахборотномаси. Журнал. №8. Наманган-2022. -Б.179-184

5. Набиев, Б. М. (2022). Жамиятда ижтимоий-сиёсий баркарорликни мустахкамлашда маънавиятни урни. Science and Education, 3(10), 570-573.

6. Набиева, С. М., & Набиев, Б. М. (2022). Становление и развитие политико-правовой идеологии. Science and Education, 3(5), 1404-1407.

7. Набиев, Б. М. (2023). ГЛOБAЛЛAШУВ ШAРOИТИДA y^EKMCTOR ижтимоий-сиёсий бар^арорлигига ТАДДИД СОЛУВЧИ АХБОРОТ

XAВФCИЗЛИГИНИ ТAЪМИНЛAШ: MyAMMO BA EЧИМЛAР. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 95-98.

9 Саидов А. Замонавий конституционализм: Миллий ва хорижий тажриба // https://xs.uz/uzkr/post/ zamonavij-konstitutsionalizm-millij -va-khorizhij -tazhriba

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.