INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© O.K. Mamatmurotov1^_
1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: inson jamiyatda yashashining asosiy me'zonlaridan biri bu ongli mavjudod sifatida jamiyatda ro'y beradigan vaziyatlarga munosabatida ko'rinadi. Mazkur holatda esa inson fikrlashi, mavjud vaziyatga munosabat bildirishning asosi sifatida keltiriladi. Fikrlash asosida holatga munosabat bildirishda turli fikrlash holatlari va shakllari mavjud bo'lishi mumkin. Mazkur maqolada tanqidiy fikrlash haqidagi qarashlar mazmuni, tanqidiy fikrlashning bugungi globallashuv davrida ijtimoiy munosabatlardagi pedagogik dolzarbligi va ahamiyati, rivojlanish istiqbollari haqida fikrlar yuritilgan. Tanqidiy fikrlash pedagogik nuqtai nazardan ko'rib chiqiladi. Maqola keng auditoriya uchun mo'ljallangan.
MAQSAD: jamiyat hayotida ta'lim asosiy me'zon sifatida keltirilgan bir davrda shaxsning fikrlash qobilyatini rivojlantirish, bilim olish darajasini oshirish, mavjud bilimlarni qayta analiz-sintez qilishda shaxsning fikrlash salohiyatini yuksaltirish nazarda tutiladi. Tanqidiy fikrlashning pedagogik aspektlari tanqidiy fikrlashning pedagogik istiqbollarini ko'rib chiqadi, taqqoslaydi, mavjud holatni tahlil etadi.
MATERIALLAR VA METODLAR: tanqidiy fikrlashning pedagogik aspektlarini asoslashda foydalaniladigan materiallar va metodlar tahliliy yondashuvga asoslangan bo'lib, shaxsning fikrlash qobilyatini rivojlantirishga, shaxsiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan. Quyida bu jarayonda qo'llaniladigan materiallar va metodlar haqida ma'lumot beriladi.
Elektron kitoblar va maqolalar: tanqidiy fikrlashning pedagogik jihatlarini tahlil qilish va o'rganish haqida turli elektron manbalar.
Interfaol metodlar: ta'lim jarayonida qo'llaniladigan, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan metodlar (B.B.B., Nilufar guli, Insert).
Yuqorida keltirilgan materiallar va metodlar shaxsning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi. Bu usullar shaxsning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish, murakkab muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni zamonaviy talablar asosida tayyorlashga qaratilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: tanqidiy fikrlash aniq, asoslangan qarorlar qabul qilishda o'z-o'zini taftish qilishni nazarda tutadi. Tanqidiy fikrlash jarayonida fikrlar dalillanishi, turli tomonlardan muammo kritik jihatda ko'rib chiqilishi zarur. Mazkur
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tadqiqotimizda tanqidiy fikrlash ratsional-umumiy, tanqidiy, ijodiy-tasavvurli va odatiy fikrlashdan tashqari fikrlashni qamrab oluvchi kognitiv fikrlashning tarkibiy qismi sifatida ko'rib chiqiladi. Bizning nazarimizda, tanqidiy fikrlash chuqur bilim olishga qaratilgan bo'lib, bu bilimlarni aks ettirish, idrok etish, nazariy jihatdan ko'rib chiqish va amaliy faoliyatda baholashda o'zini namoyon qiladi. Tanqidiy fikrlash tahlil asosida nazorat qilish, mustaqillik asoslash, dalillar keltirish, dalillarni mantiqiy ko'rib chiqish va maqsadga yo'naltirilganlik bilan tavsiflanadi..
XULOSA: tanqidiy fikrlashning pedagogik aspektlari o'rganilish ishlari asosida shaxsning tanqidiy fikrlash va an'anaviy fikrlashi o'rtasidagi farq tahlil qilindi. Mazkur tahlilning keng miqyosda ko'rib chiqilishi va o'rganilishi mavzu doirasida amliy ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirishga zamin yaratadi.
Kalit so'zlar: fikr, tanqidiy fikrlash, tahliliy yondashuv, kritik fikrlash, an'anaviy fikrlash, shaxs shakllanishi
Iqtibos uchun: Mamatmurotov O.K. Tanqidiy fikrlashning pedagogik aspektlari. // Inter education & global study. 2024. №5. B. 275-282.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ_
© О.К. Маматмуратов1Н
1Термизский государственный педагогический институт, Термиз, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: один из основных критериев жизни человека в обществе можно увидеть в его реакции на ситуации, происходящие в обществе, как сознательном существе. В данном случае мышление человека приводится в качестве основы реагирования на текущую ситуацию. При реагировании на ситуацию, основанном на мышлении, могут быть разные состояния и формы мышления. В данной статье рассматривается содержание взглядов на критическое мышление, педагогическая актуальность и значение критического мышления в современную эпоху глобализации, перспективы развития. Критическое мышление рассматривается с педагогической точки зрения. Статья предназначена для широкой аудитории.
ЦЕЛЬ: в эпоху, когда образование является основным критерием в жизни общества, оно призвано развивать мыслительные способности человека, повышать уровень усвоения знаний, повышать мыслительный потенциал человека в процессе реанализа-синтеза. существующих знаний. Педагогические аспекты критического мышления исследуют, сравнивают и анализируют существующую ситуацию с педагогическими взглядами на критическое мышление.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: материалы и методы, используемые при обосновании педагогических аспектов критического мышления, основаны на аналитическом подходе и направлены на развитие мыслительных способностей человека и повышение его личностного потенциала. Ниже представлена информация о материалах и методах, используемых в этом процессе.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
- электронные книги и статьи: различные электронные ресурсы по анализу и изучению педагогических аспектов критического мышления.
-интерактивные методы: методы, используемые в образовательном процессе, направленные на развитие критического мышления (Б.Б.Б., Нилуфар гули, Вставка).
Вышеупомянутые материалы и методы способствуют развитию критического мышления человека. Эти методы направлены на повышение творческих способностей человека, развитие способностей к решению сложных задач и их подготовку с учетом современных требований.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: критическое мышление предполагает самоанализ и принятие четких и обоснованных решений. В процессе критического мышления необходимо доказывать мнения, критически рассматривать проблему с разных сторон. В данном исследовании критическое мышление рассматривается как компонент познавательного мышления, включающий в себя мышление вне рационально-общего, критического, творчески-образного и обычного мышления. На наш взгляд, критическое мышление направлено на получение глубоких знаний, которые проявляются в размышлении, восприятии, теоретическом рассмотрении и оценке в практической деятельности. Критическое мышление характеризуется контролем, основанным на анализе, самостоятельном рассуждении, представлении доказательств, логическом рассмотрении доказательств и ориентации на цель.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: на основе педагогических аспектов критического мышления проанализировано отличие критического мышления человека от традиционного мышления. Широкомасштабное рассмотрение и изучение этого анализа создает основу для реализации практической работы в рамках темы.
Ключевые слова: мышление, критическое мышление, аналитический подход, критическое мышление, традиционное мышление, формирование личности.
Для цитирования: Маматмуратов О.К. Педагогические аспекты критического мышления. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 275-282.
PEDAGOGICAL ASPECTS OF CRITICAL THINKING
© Kamol O. Mamatmurotov1® 1Termiz State Pedagogical Institute, Termiz, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION: one of the main criteria of a person's living in society is seen in his reaction to the situations that occur in society as a conscious being. In this case, human thinking is cited as the basis for reacting to the current situation. There can be different states and forms of thinking when reacting to a situation based on thinking. This
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
article discusses the content of views on critical thinking, the pedagogical relevance and importance of critical thinking in today's globalization era, and development prospects. Critical thinking is considered from a pedagogical point of view. The article is intended for a wide audience.
AIM: In a period where education is the main criterion in the life of society, it is meant to develop the thinking ability of a person, to increase the level of knowledge acquisition, to increase the thinking potential of a person in the reanalysis-synthesis of existing knowledge. Pedagogical aspects of critical thinking examines, compares and analyzes the existing situation of pedagogical perspectives of critical thinking.
MATERIALS AND METHODS: the materials and methods used in substantiating the pedagogical aspects of critical thinking are based on an analytical approach and are aimed at developing a person's ability to think and increasing personal potential. Below is information about the materials and methods used in this process.
- e-books and articles: various electronic resources about the analysis and study of pedagogical aspects of critical thinking.
-interactive methods: methods used in the educational process aimed at developing critical thinking (B.B.B., Nilufar guli, Insert).
The above-mentioned materials and methods help to develop a person's critical thinking. These methods are aimed at increasing the creative thinking skills of a person, developing the abilities to solve complex problems and preparing them based on modern requirements.
DISCUSSION AND RESULTS: critical thinking involves self-examination in making clear, informed decisions. In the process of critical thinking, it is necessary to prove opinions, to critically consider the problem from different angles. In this study, critical thinking is considered as a component of cognitive thinking, which includes thinking outside of rational-general, critical, creative-imaginative and usual thinking. In our view, critical thinking is aimed at gaining deep knowledge, which manifests itself in reflection, perception, theoretical consideration and evaluation in practical activities. Critical thinking is characterized by control based on analysis, independent reasoning, presentation of evidence, logical consideration of evidence and goal orientation.
CONCLUSION: the difference between a person's critical thinking and traditional thinking was analyzed based on the pedagogical aspects of critical thinking. The wide-scale review and study of this analysis creates a basis for the implementation of practical work within the scope of the topic.
Key words: thought, critical thinking, analytical approach, critical thinking, traditional thinking, personality formation.
For citation: Kamol O. Mamatmurotov (2024). 'Pedagogical aspects of critical thinking', Inter education & global study, (5), pp. 275-282. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Bugungi zamonaviy dunyoda inson fikrlash masalasi o'z dolzarbligi jihatidan ijtimoiy munosabatlarning keskinlashuvi va axborot oqimining tobora ortib borishi natijasida zamonaviy muhim jihatini kasb etmoqda. Yosh avlodning har tomonlama barkamol shaxs bo'lib yetishi masalasi pedagogikaning asosiy maqsadlaridan biri ekanligi, bugungi kun shaxsida ijtimoiy munosabatlarga tez va aniq javob beruvchi insonlar dunyoqarashini shakllantirishni taqozo etadi. Bu o'rinda inson fiklash qobilyatini rivojlantirish, iqtidorini yuzaga chiqarishda fikrlash turlari va yo'nalishlari ichida eng zarurlaridan biri sifatida tanqidiy fikrlashni keltirish mumkin. Ushbu o'rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo lishi kerak.[1]" - degan fikrlari asnosida bo'lajak kardrlarni tayyorlashda bugungi kun ta'lim tizimida tanqidiy fikrlashning ahamiyati yuqori ekanligini keltirib o'tish lozim.
"Tanqidiy fikrlash - fikrlashning alohida turi bo'lib, faktlarni tahlil qilish orqali xulosalar hosil qiladi.[2]"
"Tanqidiy fikrlash - muhokama qilinayotgan masala bo'yicha o'z pozitsiyasini egallash va uni asoslash qobiliyatini, suhbatdoshni tinglash, dalillarni sinchkovlik bilan ko'rib chiqish va ularning mantig'ini tahlil qilish qobiliyatini ta'minlaydigan fikrlash; nafaqat axborotni o'zlashtirish, balki uni tanqidiy baholash, tushunish va qabul qilish qobiliyati.[3]" "Tanqidiy fikrlash - bu axborotni tahlil qilish, baholash va mantiqiy xulosa chiqarish qobiliyatidir. Tanqidiy fikrlash nafaqat ilmiy va akademik yutuqlar uchun, balki kundalik hayotda ham to'g'ri qarorlar qabul qilish va muammolarni samarali hal qilish uchun zarurdir. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun ta'lim jarayonida maxsus pedagogik sharoitlar yaratish zarur.[6]"
Mazkur tushuncha murakkab va turli xil ta'riflarga ega, jumladan, ratsionallik, skeptitsizm, xolis tahlil va faktlarni tekshirish kabilarni o'z ichiga oladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tanqidiy fikrlash bu - kishi ongidagi fikrlar uzviyligi asosida mavjud jarayonga javob reaksiyasi sifatida, o'z-o'zini boshqaradigan, o'zini o'zi tarbiyalaydigan, o'zini o'zi nazorat qiladigan va o'zini o'zi to'g'irlaydigan fikrlash shaklidir. Uning zaruriy sharti psixik jihatdan inson ongini takomillashtirishning qat'iy me'yorlariga rozi bo'lishi va ularni hushyorlik bilan qo'llashdir. Tanqidiy fikrlash samarali muloqot muhitini yaratishning va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini egallashning yo'li sifatida, shuningdek, tabiatimizga xos egosentrizm va sotsosentrizmni yengib o'tishni talab qiladi.
"Tanqidiy fikrlash" tushunchasi XX asr o'rtalarida pedagogika faniga kirib kelgan. Birinchilardan bo'lib tanqidiy fikrlash atamasi K.Popper tomonidan ishlatilgan. Unga ko'ra har bir tirik organizm muammolarni "hal qiluvchi" vazifasini bajaradi. Atrofdagi ma'lumotlar dunyo tirik organizmning ma'nosini tasdiqlash yoki rad etish sifatida qaraladi bu hodisani oldindan beradi. Bunday vaziyatda tanqidiy fikrlash - haqiqatni izlash va xatoni bartaraf etish usuli sifatida ishlaydi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Tanqidiy fikrlash masalasi bo'yicha ish olib borgan xorijiy mutaxassislardan, E. De Bono, J. Daniya, M. Lipman, D. Halpern, D. Klouz. A. E. Petrovlarning so'zlariga ko'ra, tanqidiy fikrlash refleksiv xususiyatga ega bo'lib, bunda inson o'z tafakkurini va uning to'g'riligini o'rganadi.
A.Veretennikova tanqidiy fikrlashni belgilashda, uni baholashni shakllantirishga qaratilgan ruhiy holatlar, xususiyatlar va jarayonlar tizimi sifatida taqdim qiladi. V. A. Shamis va L. A. Malts ta'kidlaganidek, tanqidiy fikrlash - xatolarni topish va ularni tuzatishni o'z ichiga oladi. I. A. Pshonkovskayaning asarlarida tanqidiy fikrlash - aks ettirish va baholashning murakkab jarayoni, shuningdek unga ijodiy fikrlash asos sifatida qaraladi. Uning fikricha, ijodiy va tanqidiy fikrlash jarayonlari o'zaro bog'liq deb qaraladi. Tanqidiy fikrlashning eng to'liq tavsifini taniqli monografiya muallifi D. Halpern bergan, ya'ni unga ko'ra: "Tanqidiy fikrlash - bu kerakli yakuniy natijaga erishish ehtimolini oshiradigan kognitiv texnikadan foydalanishdir". Ushbu ta'rifda tanqidiy fikrlash -fikrlashni nazorat qilish, asoslash va maqsadga muvofiqligi bilan ajralib turadigan narsa sifatida va muammolarni hal qilish, xulosalar chiqarish, ehtimoliy baholash va qaror qabul qilishda qo'llaniladigan fikrlash turi sifatida qaraladi. Shu bilan birga, bunda fikrlovchi muayyan vaziyat va hal qilinadigan vazifa turi uchun asosli va samarali bo'lgan ko'nikmalardan foydalanadi.
Tanqidiy fikrlash - bu qo'llab-quvvatlash nuqtasi, tabiiy g'oyalar va ma'lumotlar bilan o'zaro aloqa qilish usuli. Biz ma'lumotni tanlash muammosi bilan turamiz.[4]
Psixologiya «fikrlash»ni psixik jarayon sifatida o'rgansa, pedagogika shaxsning idrok etish, o'rganish va uning shakllanishiga bevosita e'tibor qaratish qobiliyatini o'rganadi. Tafakkurning shakllanishi va rivojlanishiga oid pedagogik tadqiqotlar tahlili (uning asosi F.A.Disterveg, I.G.Pestalotstsi, J.J.Russo tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik muammoli ta'lim nazariyasi orqali yanada rivojlangan) yechim usuli sifatida o'rganilgan, ishlab chiqilgan yo'l va vositalar.[5]
Tanqidiy fikrlashning pedagogik aspektlari, ya'ni kritik fikrlashning metodlari vositasida o'rganilishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu shaxsning analitik, tahliliy va ta'assurotli fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu jihatni quyidagi holatlarda ko'rib chiqamiz:
Shaxsga tanqidiy fikrlash va tahlil qilishni o'rgatish: Tanqidiy fikrlash pedagogik usullari shaxsda muhim savollar tug'ilishi, ma'lumotlarni tahlil qilish va o'z fikrlarini rivojlantirishni o'rgatadi. Shaxsni muammolarni tahlil qilishga o'rgatish: Tanqidiy fikrlash shaxsga muammolarni tahlil qilish va ularni yechish uchun kerak bo'lgan ko'nikmalar va strategiyalarni o'rgatadi.
Shaxsning o'z fikrlarini ifodalashi, yechim uchun savollar bilan murojaat qilishi: Tanqidiy fikrlash shaxsga o'z fikrlarini ongli ifodalashi va ushbu muammo yuzaga kelgan jarayonda yechim uchun muammoli savollarni berishni rag'batlantiradi.
Fikrlarni dalillash: Tanqidiy fikrlash shaxsda berilgan savollarga javob sifatida asosli dalillarni keltirish asnosida muammoni hal qilishga o'rgatadi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
O'rganishlar natijasida shuni aniqlash mumkinki, tanqidiy fikrlash aniq, asoslangan qarorlar qabul qilishda o'z-o'zini taftish qilishni nazarda tutadi. Tanqidiy fikrlash jarayonida fikrlar dalillanishi, turli tomonlardan muammo kritik jihatda ko'rib chiqilishi zarur. Mazkur tadqiqotimizda tanqidiy fikrlash ratsional-umumiy, tanqidiy, ijodiy-tasavvurli va odatiy fikrlashdan tashqari fikrlashni qamrab oluvchi kognitiv fikrlashning tarkibiy qismi sifatida ko'rib chiqiladi. Bizning nazarimizda, tanqidiy fikrlash chuqur bilim olishga qaratilgan bo'lib, bu bilimlarni aks ettirish, idrok etish, nazariy jihatdan ko'rib chiqish va amaliy faoliyatda baholashda o'zini namoyon qiladi. Tanqidiy fikrlash tahlil asosida nazorat qilish, mustaqillik asoslash, dalillar keltirish, dalillarni mantiqiy ko'rib chiqish va maqsadga yo'naltirilganlik bilan tavsiflanadi.
Tanqidiy fikrlash ko'pincha mavjud vaziyat yoki holatni baholash bilan bog'liq holatda bo'lsada, uning ijobiy tomonlarini ko'rib chiqish asoslidir. Mazkur ishimiz doirasida biz tanqidiy fikrlashning tahliliy tadqiqot, asosli munozara, tafakkurli tahlil, fikr-mulohaza yuritish va baholash kabi ijobiy sharoitlarini keltirib o'tdik.
Shaxning tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishning muhim jihatlarini ko'rib chiqishda tanqidiy fikrlash va an'anaviy fikrlash o'rtasidagi farq aniqlanadi:
Maqsad bosqichi: Tanqidiy fikrlashda, an'anaviy fikrlashdan farqli ravishda axborotni tahlil qilish va baholash chuqur ko'rib chiqiladi.
Savol bosqichi: Tanqidiy fikrlash, shaxsiy tahminlar va e'tiqodlarga tayanishdan farqli ravishda, Tahmin va dalillarni so'roq qilishni nazarda tutadi.
Dalil bosqichi: An'anaviy fikrlashda, Umumiy jihatdan dallilar ko'rib chiqilsa, tanqidiy fikrlashda, dalillar mulohaza va ma'lumotlarga tayanilgan holda chuqur ko'rib chiqiladi.
Aqliy tayanish bosqichi: Tanqidiy fikrlashda turli nuqtai nazarlarni hisobga olish va yangi yechim g'oyalarini ko'rib chiqish. Goyalarni qabul qilish bosqichi: Ma'lumotlarni so'roq qilish, dalillarni qayta ko'rib chiqish, ishonchli manbalarni keltirish. Mulohaza bosqichi: Mavjud holatni tahliliy jihatlar asoslash bosqichi.
Yuqoridagilarga asoslanib, tanqidiy fikrlashning elementlarini quyidagicha aniqlashtirish maqsadga muvofiq: tanqidiy fikrlash shaxning mustaqil ijodiy-tahlily mustaqil fikrlashidir; axborot manbalari tanqidiy fikrlashning negizi bo'lib xizmat qiladi;
tanqidiy fikrlash hal qilinishi kerak bo'lgan muammoni yuzaga chiqarish va jarayonni shakllantirishdan boshlanadi; tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarni keltirishni o'z ichiga oladi; tanqidiy fikrlash fikrlarni ijtimoiy jihatlarni ham inobatga olgan holda ko'rib chiqishni qamrab oladi.
Bizning o'rganishlarimiz natijasida tanqidiy fikrlashni uch bosqichga bo'lish mumkin: motivatsiya(harakatga keltiruvchi kuch), tushunish(fikrlarni ongli ko'rib chiqish va anlash) va fikrlash (muhokama ilish va mulohaza yuritish). Motivatsiya bosqichi tanqidiy fikrlashning ilk boshlanish bosqichi bo'lib, unda shaxsda qiziqish uyg'onadi, savollar tug'iladi, jarayonni baholash sabablari shakllanadi. Shundan keyin, tushunish bosqichi boshlanadi, bu davrda shaxsni asosli ma'lumotlarni izlashga undaydi. Nihoyat, fikrlash bosqichi yuqori bosqichi bo'lib, bunda shaxs o'z bilimlarini umumlashtirish, uni mavjud
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
bilimlar bilan solishtirish, o'z savollariga javoblarni baholash va zarur bo'lganda yangi savollarni shakllantirishga undaydi. Shuningdek, ular olingan ma'lumotlardan foydalanish, muhokama qilish va himoya qilish kabi muammoli vaziyatlarda bilimlarini qo'llashlari tavsiyalari beriladi.
Xulosa qilib keltirish mumkinki tanqidiy fikrlash shaxning bilim olish jarayonini asosli ravishda jadallashtirishga zamin yaratadi. Tanqidiy fikrlashning pedagogik aspektlarini tahli qilish shaxsga turli xil imkoniyatlarni taqdim etadi, jumladan: ongli fikrlash jarayonini tezlashtirish; aniq maqsadlarni belgilash va ularga erishish yo'llarini mustaqil ravishda izlash, tanlash qobiliyatini rivojlantirish; mavjud muammoli holatlarda mustaqil qaror qabul qilish; holatlarda hamkorlik ko'nikmalarini va jamoalarda samarali ishlash qobiliyatini rivojlantirish; kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish va izohlash orqali mustaqil fikrni shakllantirish qobilyatini tarbiyalash.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Sh.M.Mirziyoyev, "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak". Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-shtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruza. 2017-yil 14-yanvar.
2. Edward M. Glaser. "Defining Critical Thinking". The International Center for the Assessment of Higher Order Thinking (ICAT, US)/Critical Thinking Community. Qaraldi: 2017-yil 22-mart.
3. D.Z. Tursunova, "Tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi". https://jdpu.uz/tanqidiy-fikrlashni-shakllantirish-texnologiyasi/
4. Орлова, В. А. Психология в вопросах и ответах: учебное пособие / Б.А. Орексова. - М.: КНОРУС, 2009. - 200 с.
5. Akramova Gulbahor Renatovna, Akramova Surayo Renatovna. Talabalarni tanqidiy fikrlashni rivojlantirish asosida ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashning pedagogik-psixologik shartlari // PSIXOLOGIYA VA TA'LIM (2021) 58(2): 4889-4902
6. Kamol o'g'li, MO, & Yusupaliyevna, YI (2024). TALABALARDA TANKIDIY FIKRNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI VA EHTORATI. Tadqiqot va ishlanmalar bo'yicha xalqaro ko'p tarmoqli jurnal , 11 (05).
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HMamatmurotov Oybek Kamol o'g'li, Pedagogika kafedrasi oqituvchisi, [Маматмуротов Ойбек Камалович, преподавателя кафедры педагогики.], [Kamol O. Mamatmurotov, teacher of the Department of Pedagogy]; manzil: O'zbekiston, Bandixon tumani., Bag'rikeng mahallasi, Farofon ko'chasi 6-uy [адрес: Узбекистан, Бандихонский р, м. Багрикенг, улица Фарофона 6], [address: Uzbekistan, Bandikhon d, Bagrikeng n, Farofon street 6]