Научная статья на тему 'HUQUQSHUNOS FAOLIYATIDA TANQIDIY FIKRLASHNING AHAMIYATI'

HUQUQSHUNOS FAOLIYATIDA TANQIDIY FIKRLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
545
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yurist / huquqshunos / tandiqiy fikrlash / kreativlik / tashabbuskorlik / ijodiy yondashuv / kasb etikasi / qoidalar. / lawyer / solicitor / critical thinking / creativity / initiative / creative approach / professional ethics / rules.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qarajayeva, Dilorom Namozovna

Mazkur maqolada yurist faoliyatida tanqidiy fikrlashning ahamiyatlari tahlil qilingan. Bundan tashqari yuristning qaysi huquq sohasida faoliyat yuritishdan qat’iy nazar kasb etikasiga rioya qilish ham tahlil qilingan. Shuningdek yuristning faoliyatiga oid bir qancha xalqaro normativ-huquqiy xujjatlar ham tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasi yurist faoliyati tanqidiy fikrlashning ahamiyatini oshirish yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalar berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF CRITICAL THINKING IN LEGAL ACTIVITY

This article analyzes the importance of critical thinking in the activity of a lawyer. In addition, compliance with the professional ethics of a lawyer is analyzed, regardless of what field of law he works in. Several international legal acts concerning the activities of a lawyer were also analyzed. As a result of these analyses, a number of suggestions and recommendations were made to increase the importance of critical thinking in the activities of a lawyer

Текст научной работы на тему «HUQUQSHUNOS FAOLIYATIDA TANQIDIY FIKRLASHNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

HUQUQSHUNOS FAOLIYATIDA TANQIDIY FIKRLASHNING

AHAMIYATI

Qarajayeva Dilorom Namozovna

Surxondaryo viloyati yuridik texnikum Umumta'lim fanlar kafedrasi o'qituvchisi Termiz, Surxondaryo, Ozbekiston d.qaraj ayeva@gmail. com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada yurist faoliyatida tanqidiy fikrlashning ahamiyatlari tahlil qilingan. Bundan tashqari yuristning qaysi huquq sohasida faoliyat yuritishdan qat'iy nazar kasb etikasiga rioya qilish ham tahlil qilingan. Shuningdekyuristning faoliyatiga oid bir qancha xalqaro normativ-huquqiy xujjatlar ham tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasi yurist faoliyati tanqidiy fikrlashning ahamiyatini oshirish yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: yurist, huquqshunos, tandiqiy fikrlash, kreativlik, tashabbuskorlik, ijodiy yondashuv, kasb etikasi, qoidalar.

В данной статье проанализировано значение критического мышления в деятельности юриста. Кроме того, анализируется соблюдение профессиональной этики юриста независимо от того, в какой сфере права он работает. Также были проанализированы несколько международных нормативно-правовых актов, касающихся деятельности юриста. В результате этих анализов был сделан ряд предложений и рекомендаций по повышению значимости критического мышления в деятельности юриста

Ключевые слова: юрист, юрист, критическое мышление, креативность, инициатива, творческий подход, профессиональная этика, правила.

This article analyzes the importance of critical thinking in the activity of a lawyer. In addition, compliance with the professional ethics of a lawyer is analyzed, regardless of what field of law he works in. Several international legal acts concerning the activities of a lawyer were also analyzed. As a result of these analyses, a number of suggestions and recommendations were made to increase the importance of critical thinking in the activities of a lawyer

Keywords: lawyer, solicitor, critical thinking, creativity, initiative, creative approach, professional ethics, rules.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

KIRISH

Huquqshunos faoliyatida boshqa xususiyatlar qatori tanqidiy fikrlash muhim o'ringa ega fazilat hisoblanadi. Chunki huquqshunos bevosita fuqarolar, xususan o'z huquq va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslar bilan ishlash, ularga huquqiy yordam ko'rsatishda kreativ g'oyalardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

Huquqshunoslik, boshqa kasblar singari, turli xil professional talablarga ega. Bu shuni anglatadiki, advokat kerakli fazilatlar to'plamiga, kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi kerak. Shaxsiy fazilatlarga quyidagilar kiradi: yuqori fuqarolik, intellektuallik, odob-axloq, rivojlangan burch va o'z vazifalarini bajarishi uchun javobgarlik hissi, o'z ishiga sadoqat, huquqbuzarliklarga murosasizlik hissi, adolat, yuksak gumanistik yo'nalish, kasb axloq me'yorlariga rioya qilish va shaxsiy yaxlitlik.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tandiqiy fikrlash masalasiga xususan tanqidiy fikrlash tushunchasiga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Tanqidiy fikrlash (ingl. critical thinking) - narsa va hodisalarni oqilona xulosalar chiqarish bilan tahlil qilishda foydalaniladigan va asoslangan baholar, talqinlar berishga, shuningdek, olingan natijalarni vaziyatlar va muammolarga qo'llash imkonini beradigan mulohazalar tizimi. Umumiy ma'noda tanqidiy fikrlash deganda tanqiddan oldingi fikrlashdan ko'ra yuqoriroq darajada fikrlash ko'zda tutiladi.1

Tanqidiy fikrlash - odamning kelib tushayotgan axborotni, jumladan, o'z mulohazalarini shubha ostiga olish qobiliyatidir. Muayyan jamiyatda tanqidiy fikrlash darajasiga o'tish ushbu jamiyatning fuqarolik rivojlanishining boshlanishi uchun zarur shartdir, degan fikr mavjud. Tor ma'noda tanqidiy fikrlash «mulohazalarni to'g'ri baholash», demakdir. Shuningdek, «fikrlash haqida fikrlash» deb ham tavsiflanadi. Eng tarqalgan ta'riflardan biri - «nimaga ishonish va nima qilish haqida qaror qabul qilishga yo'naltirilgan oqilona refleksiv fikrlash». Batafsilroq ta'rif -«kuzatuv, tajriba, fikrlash yoki mulokot natijasida, ishonch hosil qilish va harakat uchun maqsadli nuqta sifatida olingan yoki yuzaga keltirilgan axborotni faol va mohirona tahlil qilish, konseptualizatsiya, qo'llash, sintez qilish va/yoki baholash intellektual tartibga solingan jarayoni».

«Tanqidiy fikrlash» atamasining o'zi faylasuf Jon Dyuiga borib taqaladi. U atamadan ko'proq «reflektiv fikrlash» sifatida foydalangan: «uni va u olib keladigan oqibatlarni qo'llab-quvvatlaydigan asoslarda har qanday fikr yoki taxmin qilingan

1 https://www.skillsyouneed.com/learn/critical-thinking.html

216

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bilim shaklini faol, izchil va ehtiyotkorlik bilan ko'rib chiqish». Tanqidiy fikrlash nima ekanligi masalasini ko'shimcha aniqlashtirish uchun Richard Pol (1995) tanqidiy fikrlashni kuchli va kuchsiz turlarga ajratishni taklif qilgan.2 U kuchsiz ma'nodagi tanqidiy fikrlashni yuqori malakali, lekin o'z manfaatlari bilan mashg'ul bo'lgan va o'z harakatlarining axloqiy oqibatlari haqida jiddiy o'ylanmaydigan soxta intellektualning xudbinlik motivatsiyasiga ega fikrlashi sifatida ta'riflaydi. Bunday fikrlash sohibi ko'pincha yuqori bilimli bo'ladi, lekin o'z bilimlaridan adolatsiz va xudbin maqsadlarga erishish uchun qo'llaydi. Boshqa tomondan, kuchli ma'noda tanqidiy fikrlash - egotsentrik yoki sotsiotsentrik yondashuvsiz ob'ektiv o'rganish maqsadida muammolar mantiqiga kirib boradigan shaxs fikrlashi.

Shu ma'noda tanqidiy fikrlash haqiqat yo'lidagi to'siqlarni sidqidildan yengishga qaratiladi. Psixolog Dayana Xalpern (ingl. Diane F. Halpern) tanqidiy fikrlashni nazorat qilish, asoslilik va maqsadga muvofiqlik bilan tavsiflanadigan, kerakli natija olish ehtimolini oshiradigan bilish usullaridan foydalanish, deb hisoblaydi. Bu usullar muammoni hal qilish, xulosalarni ifodalash, ehtimoliy baholash va qaror qabul qilishda qo'llaniladi hamda aniq vaziyat va hal qilinayotgan muammo turi uchun o'rinli va samarali bo'lgan ko'nikmalarni talab qiladi.

Bundan tashqari, tanqidiy fikrlash mantiqiy xulosalarni qurish, izchil mantiqiy modellarni yaratish va hukmni rad etish, u bilan kelishish yoki vaqtincha ko'rib chiqishni kechiktirish bilan bog'liq ongli qarorlarni qabul qilish bilan tavsiflanadi. Bu ta'riflarning barchasi muayyan kognitiv vazifani hal qilishga yo'naltirilishi lozim bo'lgan ruhiy faollikni nazarda tutadi. Tanqidiy fikrlash uchun zarur bo'lgan asosiy ko'nikmalar majmuasiga kuzatish, izohlash, tahlil qilish, xulosa chiqarish qobiliyati va baho berish qobiliyati kiradi. Tanqidiy fikrlash mantiqni qo'llaydi, balki aniqlik, asoslilik, aniqlik, ahamiyatlilik, teranlik, ko'lam va adolatlilik kabi meta-bilim va ziyolilikning keng mezonlariga tayanadi. Ijodiy tasavvur, qadriyat munosabati va kam darajada aniq emotsionallik ham tanqidiy fikrlashning tarkibiy qismidir.

Zamonaviy tadqiqotchilardan biri R.Ennis3 ideal tanqidiy fikrlashning asosiy va eng muhim dispozitsiyalari, ya'ni ko'rsatmalari sifatida quyidagilarni aytib o'tadi: aniq fikr bildirish; asoslarni qidirish; yaxshi xabardor bo'lishga harakat qilish; muqobil variantlarni qidirish; ochiq fikrga ega bo'lish; asoslar yetishmasa, muhokama qilishdan tiyilish va hokazo.

Tanqidiy fikrlashning ikki asosiy tarkibiy qismi ham mavjud: dispozitsiya (o'z fikrlari uchun asoslar izlash, qiziquvchan bo'lish, intellektual mustaqilligini

2 https://www. criticalthinking. org/pages/defining-critical-thinking/766

3 https://en.wikipedia.org/wiki/Critical thinking

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

namoyish etish); malaka va ko'nikmalar (dalillarni aniqlash, dalillarni baholash, maslaklarni baholash, muqobil variantlarni taklif qilish, xulosalar chiqarish, sofizmlarni tan olish va kognitiv buzib ko'rsatishlar bilan shug'ullanish). Tanqidiy fikrlashni o'rganishga yondashuvlar mavjud bo'lib, ularni ham ikki guruhga bo'lish mumkin: intellektual "to'g'ri" va "noto'g'ri" doxastik ko'rsatmalarni o'rganadiganlar (epistemologiya va ta'lim falsafasi); tanqidiy fikrlaydigan shaxsga xos bo'lgan intellektual malaka va ko'nikmalarni o'rganadiganlar (mantiq, argumentatsiya nazariyasi, psixologiya).

Shunday qilib, tanqidiy fikrlash tadqiqotlarning fanlararo yo'nalishi bo'lib, falsafa, mantiq, pedagogik va psixologiyaning bir qismini o'z ichiga oladi. Jon Dyui esa ko'pincha klassik faylasuflardan iqtibos keltirgan, chunki aynan falsafa tarixida tanqidiy fikrlash namunalari va tafakkurimizni takomillashtirishga bag'ishlangan maxsus risolalarni ko'ramiz. Gap shundaki, falsafa «tadqiqotilik dasturlari»ni almashtirishni ifodalaydi. "Fikrlash nima?", degan savolni turli vaqtlarda turli mutafakkirlar tomonidan taklif qilingan turli tadqiqot dasturlari kontekstidan tashqarida berish befoyda.

An'anaviy ravishda tanqidiy fikrlash turlicha ta'riflanadi: «Javob yoki xulosaga erishish uchun axborotni faol va mohirona fikrlash, qo'llash, tahlil qilish, sintez qilish va baholash jarayoni», «Aniq, oqilona, xolis va dalillar bilan qo'llab-quvvatlanadigan intizomli fikrlash», «Maqsadli hukm o'z-o'zini tartibga solish, sharhlash, tahlil qilish, baholash va xulosa chiqarishga, shuningdek, ushbu hukm asoslangan dalil, konseptual, metodologik, mezonlarga asoslangan yoki kontekstual mulohazalarni tushuntirishga olib keladi», «E'tiqodlarimizni shakllantirishda aqlni ishlatish majburiyatini o'z ichiga oladi». Refleksiv skeptitsizm bilan faoliyatga moyillik va ko'nikmalar (McPeck, 1981)4.

O'z fikrlashi haqida shunday o'ylashki, o'z fikrlashidagi xatolar va noxolisliklarni aniqlash va samaradorlikni oshirish, aniqlashtirish va tashkil qilish. Tanqidiy fikrlash - bu «og'ir» fikrlash emas va u muammolarni xal qilishga yo'naltirilmaydi (o'z fikrlashini «yaxshilash»dan tashqari). Tanqidiy fikrlash fikrlovchi oqilona bo'lishini maksimallashtirish maqsadida ichkariga yo'naltiriladi. Tanqidiy fikrlash muammolarni hal qilish uchun ishlatilmaydi - tanqidiy fikrlash fikrlash jarayonini yaxshilash uchun foydalaniladi.

«Atroflicha tahliliy baholash asosida baholash». «Tanqidiy fikrlash -kishilarning o'z fikrlari va harakatlarini belgilovchi qarorlar qabul qilishni aks ettirish va e'tiborga olishni talab qiladigan fikrlash turi. Tanqidiy fikrlash odamlarga k o'proq

4 https://www. monash. edu/learnhq/enhance -your-thinking/critical-thinking/what-is-critical-thinking

218

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

mantiq bilan xulosa chiqarish, murakkab axborotni qayta ishlash va qat'iy xulosalar chiqara olishlari uchun muammoning turli tomonlariga qarash imkonini beradi».

Tanqidiy fikrlash yetti muhim xususiyatga ega: qiziquvchanlik, turli jihatlarga ochiqlik, tizimli fikrlash qobiliyati, tahliliy yondashuv, haqiqatda qat'iyatlilik, tanqidiy fikrlashning o'ziga ishonch va nihoyat yetuklik. Tanqidiy fikrlashni turli yo'llar bilan belgilash mumkin bo'lsa-da, uning asosiy tarkibiy qismi - qoniqarli natijaga erishish istagi haqida umumiy kelishuv mavjud va bunga oqilona fikrlash va natijalarga yo'naltirilgan ish orqali erishish kerak. Xalpernga ko'ra, bu tanqidiy fikrlash, avvalo, muammolarni hal qilish, hisoblash va ehtimolliklarni muvaffaqiyatli qo'llash kabi o'zlashtirilgan qobiliyatlarni o'z ichiga oladi. Bunga tafakkur jarayoni bilan shug'ullanishga moyillik ham kiradi.

Oxirgi paytlarda Stanovich5 zamonaviy IQ testlar tanqidiy fikrlash qobiliyatini o'lchash uchun dargumon, deb hisoblaydi. «Tanqidiy fikrlash - mohiyatan, bilimlarga va idrok etilgan donolikka so'roq beruvchi, rag'batlantiruvchi yondashuvdir. U ob'ektiv nuqtai nazardan g'oyalar va ma'lumotlarni o'z ichiga oladi, so'ngra o'z qadriyatlarimiz, qarashlarimiz va shaxsiy falsafamiz asosida ma'lumot beradi».

Tanqidiy fikrlashning zamonaviy tadqiqotchilari bu an'anaviy ta'riflarni ijodkorlik, tasavvur, kashfiyot, aks ettirish, empatiya, bilimni bog'lash, feministik nazariya, sub'ektivlik, noaniqlik kabi fazilatlarni, tushunchalarni va jarayonlarni qo'shgan holda kengaytirdi. Tanqidiy fikrlashning ayrim ta'riflari bu sub'ektiv amaliyotlarni istisno qiladi. Ennisga ko'ra, «tanqidiy fikrlash - kuzatuv, tajriba, fikrlash yoki muloqot natijasida, ishonch hosil qilish va harakat uchun maqsadli nuqta sifatida olingan yoki yuzaga keltirilgan axborotni faol va mohirona tahlil qilish, konseptualizatsiya, qo'llash, sintez qilish va/yoki baholash intellektual tartibga solingan j arayoni».

Ennis bergan bu ta'rif Xarvi Sigel va Piter Fasion ta'riflariga to'liq mos keladi.6 Ennisning ta'rifiga ko'ra, tanqidiy fikrlash juda ko'p e'tibor va miya ishini talab qiladi. O'rganish uchun tanqidiy fikrlash yondashuvi qo'llanilganda, u o'quvchining miya funksiyasini yaxshiroq va matnlarni boshqacha tushunishga yordam beradi. O'qitishnin turli sohalari turli xil tanqidiy fikrlashni talab qilishi mumkin. Tanqidiy fikrlash bir xil material haqida ko'proq nuqtai nazar va istiqbollarni beradi.

5 https://louisville.edu/ideastoaction/about/criticalthinking/what

6 https://philosophy.hku.hk/think/critical/ct.php

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Yuqoridagi fiklar va xalqaro normativ-xujjatlar tahlilidan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, yangi g'oyalar yaratadigan va vazifalarga noan'anaviy tarzda yondashuvchi ijodkor kishilar aksariyat ish beruvchilarda doimiy qiziqish uyg'otadi. Ijodkorlik va yaratuvchanlik fazilatlari mutaxassisdan talab qilinadigan ko'nikma, fazilatlar reytingida yuqori o'rinni band qiladi.

Bugungi kun taraqqiyot shiddati har bir davlat va uning fuqarolaridan muntazam tarzda yangilik sari intilishni, yangi g'oyalar, tashabbuslar, kutilmag an yondashuvlar va yechimlarni talab etadi. Bu jarayondan qisqa muddat uzilib yoxud ortda qolish pirovardida sezilarli qoloqlikni, demakki, hamma sohada ilg'or davlatlarga qaramlikni keltirib chiqarishi tayin.

Boshqa tomondan bugungi yurist shiddat bilan o'zgarayotgan zamon bilan hamnafas, uning to'laqonli ishtirokchisi bo'lishi darkor. Chunki deyarli har kuni birgina respublikamizning o'zida qancha yangidan-yangi qonun hujjatlari, huquqiy normalar tasdiqlanyapti, birining o'rniga boshqasi joriy etilyapti. Bu jarayon ham tep-tekis, kamchiliklardan holi bormayotgani hech kimga sir emas. Yangi qonunlar, kodekslarda bir-birini takror yoxud inkor etuvchi normalar, ziddiyatli ko'rsatmalar istagancha topiladi. Shu va shunga o'xshash masalalarni ko'tarib chiqish, batafsil muhokama qilish va samarali hal etishda, qonunchiligimizni, milliy huquq tizimimizni isloh qilishda bizga yaratuvchanlik, izlanuvchanlik, tashabbuskorlik qobiliyatiga ega yurist kadrlar suv bilan havodek zarur. Aynan shunday - yangi g'oya va tashabbuslarni dadil olg'a sura oladigan kreativ yuristlargina yurtimizning huquq sohasi bo'yicha rivojlangan davlatlar qatoriga kirishida hal qiluvchi rolni bajaradilar.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi" ma'ruzasi 07.12.2016y.

2. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi http://www.press-service.uz/uz/lists/view/981/31.08.2017

3. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak//O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi/15 Yanvar 2017

4. Ismailov B.I. Yuristning kasbiy etikasi.-T.: O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi. 2019.-188 b.

5. Асадов, Ш. Ф. У. (2022). КОНСУЛЬТАЦИОННЫЕ УСЛУГИ: КАК УСЛУГИ ОКАЗЫВАЕМЫЕ НА ВОЗМЕЗДНОМ ОСНОВЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(7), 716-723.

6. Mualliflar jamoasi. Shaxsiy rivojlanish. Darslik. -T.: TDYuU, 2019. 38-41 b.

7. Melcher M.F. (2007). The Creative Lawyer: A Practical Guide to Authentic Professional Satisfaction. American Bar Association, USA. 148-189 p

8. Randall Kiser. (2017). Soft Skills for the Effective Lawyers. Cambridge. Cambridge University Press.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.