Научная статья на тему 'JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH: AYRIM XORIJIY MAMLAKATLAR QONUNCHILIGINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI'

JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH: AYRIM XORIJIY MAMLAKATLAR QONUNCHILIGINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
480
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish / legallashtirish predmeti / jinoiy javobgarlik / jinoyatning obyektiv tomoni / xorijiy tajriba. / money laundering / combating / crime / legalization of criminal proceeds / subject of legalization / criminal liability / the objective side of the crime / foreign experience.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nasrulloyev, Mehmon Nurali O’g’li

Jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga jinoiy-huquqiy baho berish masalalari ochib berilgan, ushbu jinoyatning obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlar mazmuni tahlil qilingan hamda bir qancha davlatlarda jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MONEY LAUNDERING: A COMPARATIVE LEGAL ANALYSIS OF THE LEGISLATION OF SOME FOREIGN СOUNTRIES

The issues of criminal legal assessment of money laundering are presented. The content of the actions constituting the objective part of this corpus delicti and foreign experience is analyzed.

Текст научной работы на тему «JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH: AYRIM XORIJIY MAMLAKATLAR QONUNCHILIGINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH: AYRIM XORIJIY MAMLAKATLAR QONUNCHILIGINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI

Nasrulloyev Mehmon Nurali o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti Ilmiy rahbar: y.f.n., DSc R.Altiyev

Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi

o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga jinoiy-huquqiy baho berish masalalari ochib berilgan, ushbu jinoyatning obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlar mazmuni tahlil qilingan hamda bir qancha davlatlarda jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining o 'ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, legallashtirish predmeti, jinoiy javobgarlik, jinoyatning obyektiv tomoni, xorijiy tajriba.

ЛЕГАЛИЗАЦИЯ ДОХОДОВ, ПОЛУЧЕННЫХ ПРЕСТУПНЫМ ПУТЕМ:

СРАВНИТЕЛЬНО-ПРАВОВОЙ АНАЛИЗ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА НЕКОТОРЫХ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН

АННОТАЦИЯ

Раскрываются вопросы уголовно-правовой оцен-ки легализации (отмывания) доходов, полученных преступным путем, aнализируется содержание действий, составляющих объективную сторону этого состава преступления и зарубежный опытъ.

Ключевые слово: легализация преступных доходов, предмет легализация, противодействие, уголовная ответственностъ, объективную сторону преступления, зарубежный опытъ.

MONEY LAUNDERING: A COMPARATIVE LEGAL ANALYSIS OF THE LEGISLATION OF SOME FOREIGN TOUNTRIES

ABSTRACT

The issues of criminal legal assessment of money laundering are presented. The content of the actions constituting the objective part of this corpus delicti and foreign experience is analyzed.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Keywords: money laundering, combating, crime, legalization of criminal proceeds, subject of legalization, criminal liability, the objective side of the crime, foreign experience.

Avvalambor, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish deganda -pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo'lsa, ulami o'tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo'li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, xuddi shuningdek bunday pul mablag'larining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko'chirish usulini, pul mablag'lariga yoki boshqa mol-mulkka bo'lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo'lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanadi[1].

Jinoyatning obyekti respublika iqtisodiy faoliyatining manfaatlari, jamoat xavfsizligi hisoblanadi. Obyektiv tomondan esa jinoyat yuqorida ko'rsatilganidek, noqonuniy topilgan daromadlar o'tkazish, aylantirish, almashtirish va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi[2]. Shunday ekan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish iqtisodiyotning turli tarmoqlariga ta'sir ko'rsatadigan murakkab jarayon bo'lib, unga qarshi kurash choralariga, jumladan, ushbu salbiy hodisaning oldini olishga qo'yiladigan talablarni sezilarli darajada oshiradi.

O'z navbatida, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni huquqiy ta'minlash moliyaviy, bank, bojxona munosabatlarini tartibga soluvchi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish maqsadida kompaniyalarni litsenziyalash va ro'yxatdan o'tkazish tartibini belgilovchi qonunlar va qonunosti hujjatlari tizimi orqali amalga oshiriladi. Ko'pgina mamlakatlarda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo'yicha huquqiy chora-tadbirlar uchun o'ziga xos asos bo'lib xizmat qiluvchi "namunali" qonunlar mavjud.

Jumladan, yurtimizda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish sohasi hozirgi paytda 2004-yil 26-avgustdagi "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risida" qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo'yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to'g'risida" gi PQ-3947-sonli qarori hamda boshqa ushbu sohada normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinib kelinmoqda.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Zero, ushbu masalada Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo'yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (Financial Action Task Force on Money Laundering — FATF) 2020-yilda O'zbekistonga tashrif buyurishi va baholashi ham muhim kasb etdi.

Ushbu o'zgarihlardan so'ng Prezidentimiz tomonidan 2021-yil 28-iyunda qabul qilingan PF-6252-son farmoniga ko'ra, yurtimizda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Unga muvofiq, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasida ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar ro'yxati belgilandi, har uch yilda bir marta milliy darajada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog'liq tavakkalchiliklarni baholash tartibi joriy qilindi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborotni to'plash va unga ishlov berish bo'limi negizida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan Xavflarni baholash markazi tashkil qilinib, uning asosiy vazifalari belgilab qo'yildi[3].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shunday bo'lishiga qaramasdan, ushbu sohada ko'plab kamchiliklar va muammoli holatlar o'z yechimi topmasdan kelmoqda. Jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish uchun ushbu daromadlar jinoiy yo'l bilan topilgani isbotlash hamda so'ng ushbu mol-mulklarni legallashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ammo ba'zi hollarda shaxsning daromadlari jinoiy yo'l bilan topilganligi sud tartibida tasdiqlanmasdan, ba'zi shaxslarning mulklari konfiskatsiya qilinish holatlari uchrab turmoqda.

Ikkinchidan, yurtimizda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish sohasini tartibga soluvchi yakdil qonun hujjarlarining mavjud emasligidir. Shu sababli, ushbu sohada ishlarni amalga oshirishda turli xil qarashlar, kelishmovchiliklar kelib chiqmoqda.

Xorij tajribasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Amerika Qo'shma shtatlarida ushbu sohani tartibga soluvchi bir qancha yakdil qonun hujjatlari mavjud. Jumladan, "Bank siri to'g'risida"gi qonun (Bank Secrecy Act-BSA), Korrupsiyalashgan va reketchilik tashkilotlari to'g'risida"gi qonun ( RICO 1978 yil), Pul yuvishga qarshi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kurash to'g'risidagi qonun (1986-yilgi qonun), Giyohvand moddalarni iste'mol qilishni nazorat qilish to'g'risidagi qonun

(1988-yil), "Federal depozitlarni sug'urtalash to'g'risida"gi qonun, "Jamiyatni rivojlantirish qonuni" (Annunzio-Wiley qonuni, 1992) va boshqa tartibga soluvchi hujjatlar mavjuddir[4].

E'tiborli jihati, barcha banklar va moliya tashkilotlari istalgan valyutadagi o'n ming AQSH dollari miqdoridagi barcha bank operatsiyalari, sayyohlik cheklari, pul o'tkazmalari haqidagi ma'lumotlarni doimiy ravishta saqlashlari va yangi mijozlar haqida barcha ma'lumotlarni o'rganib chiqishlari lozim.

O'z navbatida ushbu tartib aviakompaniyalar, moliyaviy kompaniyalar, mehmonxonalar, lombardlar, restoranlar va ulgurji sotuvchilarning operatsiyalariga ham taalluqlidir[5].

Shubhasiz, mansabdor shaxslar va butun jamiyat tomonidan bu kabi munosabatlarga faol munosabatda bo'lishi jinoiy faoliyatdan olinadigan daromadlarni legallashtirish jinoyatini oldini olishga xizmat qiladi. Ushbu masalada bir qancha xorijiy davlatlarda ham o'ziga xos tartiblar o'rnatilganiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

Xususan, Shveytsariya jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash to'g'risidagi qonunning 9-moddasida keltirilishicha, Jinoyat kodeksida keltirilmagan bo'lgan taqdirda ham moliyaviy vositachilik bilan shug'ullanuvchilar jinoiy daromadlarni legallashtirish deb shubha ostida bo'lgan har qanday moliyaviy operatsiyalar haqida xabar berishlari lozim.

Hatto, bunday ma'lumotni taqdim etish majburiyatini buzish beparvolik natijasida sodir qilingan bo'lsa ham ushbu qilmish 200 000 Shveytsariya frankigacha jarima bilan jazolanadi[6]. Bu kabi tartiblar va jazo tiziming o'rnatilishi va amaliyotda mustahkam qo'llash mexanizmi ishlab chiqish jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirish jarayonini kamaytirish xizmat qilishi, shubhasiz.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ushbu jinoyatga qarshi faoliyatni yanada takomillashtirish uchun quyidagi xulosa va takliflarni ilgari surishimiz mumkin:

Birinchidan, qonunchilikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish tushunchasi aniqlashtirish va ushbu daromadlarni konfiskatsiya qilishning huquqiy mexanizmini yaratish.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ikkinchidan, shubha ostidagi moliyaviy operatsiyalarni aniqlash, ularni ro'yxatga olish va ularni sodir etgan shaxslarni aniqlashga qo'yiladigan talablarni, shuningdek, tegishli materiallarni saqlashga qo'yiladigan talablarni belgilash.

Uchinchidan, shubhali operatsiyalar to'g'risida davlat organlariga xabar berishga majbur bo'lgan moliyaviy institutlar doirasini aniq ravishta belgilab qo'yish.

To'rtinchidan, shubhali moliyaviy operatsiyalar to'g'risida vakolatli organni xabardor qilish tartibini ishlab chiqish.

Beshinchidan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga hamda shubhali moliyaviy operatsiyalarga aloqador bo'lgan hujjatlarini taqdim qilmagan yoki hujjatlarni yo'q qilgan mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlikni belgilash.

REFERENCES

1. Rustambayev M.H. O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. 5-jild: Jinoyat to'g'risida ta'limot. OTM uchun darslik. - T.: "TDYU" nashriyoti, 2010. - 438 bet.

2. 2004-yil 26-avgustdagi "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risida" qonun

3. https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda yangi/jinoiy daromadlarni legallashtiri shga qarshi kurashish - milliy darajada

4. Законодательство США: нормативно-правовыеакты США[Электронный ресурс]. URL: http://www4.law.cornell.edu/uscode/18.html

5. Лилли, П. Грязные сделки. Тайная правда о мировой практике отмывания денег, международной пре-ступности и терроризме. М. : Феникс, 2015. 400 с.

6. Закон об отмывании денежных средств Швецарии(Geldwдschereigesetz) [Электронный ресурс]. URL: http://www.worldbiz.ru/jurisdiction/switzerland/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.