Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLOVCHI HUQUQIY HUJJATLAR VA ULARNING TAHLILI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLOVCHI HUQUQIY HUJJATLAR VA ULARNING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
12079
763
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot xavfsizligi / kibermakon / shaxsga doir ma’lumotlar / axborot himoyasi. / information security / cyberspace / personal information / information security.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yigitaliyev, Ohunjon Haliljon O‘g‘li

Mamlakatlar va xalqlar hayotida muhim o’rin tutuvchi, har zamon va makonda shu orqali taxdid va tajovuz, bosim o’tkazishga yordam beruvchi vosita bu: axborot hisoblanadi. Shunday ekan, har bir davlat va mamlakat o’zining axborot muhofazaasiga oid huquqiy asoslarini yaratib, shu orqali axborotlarning muhofazaasiga oid chora tadbirlar ko’radi. Ushbu maqolada aynan shunday munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soluvchi hujjatlar va ularning qisqacha tahlili berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL DOCUMENTS PROVIDING INFORMATION SECURITY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THEIR ANALYSIS

Information is an important tool in the life of countries and peoples, and it is a tool that helps to pose threats and aggression at all times and in all places. Therefore, each state and country will create its own legal framework for information security, thereby taking measures to protect information. This article provides a brief analysis of the documents regulating such relations

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLOVCHI HUQUQIY HUJJATLAR VA ULARNING TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA'MINLOVCHI HUQUQIY HUJJATLAR VA ULARNING TAHLILI

Yigitaliyev Ohunjon Haliljon o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti "Ommaviy axborot vositalar huquqi"

yo'nalishi magistranti ohunj onyigitaliyev 118@gmail .com

Mamlakatlar va xalqlar hayotida muhim o 'rin tutuvchi, har zamon va makonda shu orqali taxdid va tajovuz, bosim o 'tkazishga yordam beruvchi vosita bu: axborot hisoblanadi. Shunday ekan, har bir davlat va mamlakat o 'zining axborot muhofazaasiga oid huquqiy asoslarini yaratib, shu orqali axborotlarning muhofazaasiga oid chora tadbirlar ko 'radi. Ushbu maqolada aynan shunday munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soluvchi hujjatlar va ularning qisqacha tahlili berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: axborot xavfsizligi, kibermakon, shaxsga doir ma'lumotlar, axborot himoyasi.

Информация является важным инструментом в жизни стран и народов, и это инструмент, который помогает ставить угрозы и агрессию во все времена и во всех местах. Поэтому каждое государство и страна будет создавать свою правовую базу информационной безопасности, тем самым принимая меры по защите информации. В данной статье проводится краткий анализ документов, регулирующих такие отношения.

Ключевые слова: информационная безопасность, киберпространство, персональная информация, информационная безопасность.

Information is an important tool in the life of countries and peoples, and it is a tool that helps to pose threats and aggression at all times and in all places. Therefore, each state and country will create its own legal framework for information security, thereby taking measures to protect information. This article provides a brief analysis of the documents regulating such relations.

Keywords: information security, cyberspace, personal information, information security.

+998944303622

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTARCT

KIRISH

Tarixdan ma'lumki, axborotning maxfiylik darajasi juda muhim hisoblanadi va axborot uchun kata e'tibor va ahamiyat qaratib kelinadi. Shu sababli ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo'llanilgan. Ulardan biri - sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o'qiy olmagan. Asrlar davomida bu san'at - sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o'n yil oldin hamma narsa tubdan o'zgardi, ya'ni axborot o'z qiymatiga ega bo'ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o'g'irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug'iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo'lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo'lishiga olib keladi.

Axborot xavfsizligi deb, ma'lumotlarni yo'qotish va o'zgartirishga yo'naltirilgan tabiiy yoki sun'iy xossali tasodifiy va qasddan ta'sirlardan xar qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Tarixdan ma'lumki,ilgarigi xavf faqatgina maxfiy xabarlar va xujjatlarni o'g'irlash yoki nusxa olishdan iborat bo'lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma'lumotlari to'plami, elektron ma'lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so'ramasdan foydalanishdir. "Bulardan tashqari, bu xarakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi"1. Bunday jarayonlarda albatta axborot muhofazaasi tashkil etilishi kerak bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Axborotning himoyasi" deb boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta'minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta'minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi"2. Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshqa shaxsga zarar yetkazmoqchi bo'lgan nohuquqiy muomaladan xar qanday xujjatlashtirilgan, ya'ni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo'yilgan xolda moddiy jismda qayd etilgan axborot

1 Иброхимов Азимжон Абдумумин Угли (2021). КОРПОРАЦИЯНИ БОШ^АРИШДА ФИДУЦИАР МАЖБУРИЯТЛАР ВА УЛАРНИ УЗБЕКИСТОНДА КУЛЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 841-853. doi: 10.24412/2181-1784-2021-10-841-853

2 Usmonova Muniskhon (2020). THE ROLE OF FORENSIC PSYCHIATRIC EXAMINATION IN INVALIDATING AN AGREEMENT ENTERED INTO BY A CITIZEN WHO DOES NOT UNDERSTAND THE SIGNIFICANCE OF HIS ACTIONS OR IS UNABLE TO CONTROL THEM. Review of law sciences, 3 (Спецвыпуск), 146-152. doi: 10.24412/2181-919X-2020-3-146-152

himoyalanishi kerak. Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat hisoblanadi:

• axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo'qotilishi, o'zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;

• shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf - xatarning oldini olish;

• axborotni yo'q qilish, o'zgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, tusiklash buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish;

• xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini ta'minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy aralashuvlarning kurinishlarining oldini olish;

• axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma'lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion xukuklarini ximoyalash;

• davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning konfidentsialligini saklash;

• axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta'minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chikish va kullashda sub'ektlarning xukuklarini ta'minlash.

Axborot xavfsizligiga tahdid deganda "axborotning buzilishi yoki yo'qotilishi xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi obyektga qarshi qilingan harakatlar tushuniladi"3. Zamonaviy korporativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo'ladigan keng tarqalgan tahdidlarni tahlillaymiz. Hisobga olish lozimki, xavfsizlikka tahdid manbalari korporativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning tashqarisida (tashqi manba) bo'lishi mumkin. Bunday ajratish to'g'ri, chunki bitta tahdid uchun (masalan, o'g'irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi harakat usullari turlicha bo'ladi. Bo'lishi mumkin bo'lgan tahdidlarni hamda korporativ axborot tizimining zaif joylarini bilish xavfsizlikni ta'minlovchi eng samarali vositalarni tanlash uchun zarur hisoblanadi. "Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot -kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta'minlashni ham taqozo etayapti"4. "O 'zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi

3 Imomniyozov, Doniyorbek Baxtiyor O'G'Li (2022). YURIDIK SHAXSLARNING UMUMIY YIG'ILISH QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING HUQUQIY OQIBATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (1), 430-447.

4 Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (11), 211-225. doi: 10.24412/2181-1784-2021-11-211-225

xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo'lib qo'shildi"5. Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

• Ma'lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo'yicha davlat siyosatini yuritish;

• Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me'yoriy-huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish;

• Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma'lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta'minlash;

• davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko'maklashish;

• davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta'minlash yuzasidan monitoring natijalari to'g'risidagi statistik ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish;

• telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo'yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

• Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog'i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo'layotgan tahdidlar to'g'risida o'z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo'yicha konsultatsiya xizmatlari ko'rsatish;

• qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;

• Internet tarmog'i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo'yicha o'zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

5 Asadov, Shahriddin Faxriddin O'G'Li (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (11), 789-799. doi: 10.24412/2181-1784-2021-11-789-799

1051

Mamlakatimizda axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning asosiy manbayi bu O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi hisoblanadi. Davlat va jamiyat hayotining eng muhim va istiqbolga mo'ljallangan reja va oliy maqsadlari ham aynan asosiy qonunda belgilab qo'yiladi. Jumladan, axborot va u bilan bog'liq munosabatlar ham asosiy qonunimizning "Shaxsiy huquq va erkinliklar" bobida belgilab qo'yilgan. Qolgan barcha axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlari asosiy qonunimiz bo'lmish Konstitutsiyamiz asosida va unda belgilab qo'yilgan normalarni mustaxkamlash uchun qabul qilingan. Davlat va jamiyatning eng muhim jabhalarini dastlabki tarzda tartibga soluvchi me'yoriy huquqiy hujjat hisoblanmish konstitutsiyamizning ko'plab normalarida ham aynan axborot havfsizligining huquqiy jihatdan daslabki tarzda tartibga solinganligini ko'rishimiz mumkin.

Jumladan, konstitutsiyamizning 27, 29, 67 moddalaridagi normalar mamlakatimizdagi axborot sohasiga oid munosabatlarni tartibga soluvchi dastlabki bosh huquqiy manba, asos hisoblanadi. Axborot xavfsizligini ta'minlashning huquqiy asoslari sifatida O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyasining 67-moddasini, ya'ni "Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to'g'riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo 'l qo 'yilmaydi" 6 deb mustaxkamlangan normada ham axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normani ko'rishimiz mumkin.

Ushbu norma orqali mamlakatimizda axborot bilan uzviy ravishda faoliyat olib boruvchi soha vakillarining va sektorlarning o'zlari yig'ayotgan, tarqatayotgan axborotlarining ishonchliligi va asoslanganligi, axborot va unga qo'yilgan talab va me'yorlarga rioya qilinganligi uchun bevosita ma'suldirlar. Ya'ni uzatilayotgan axborot haqiqatga to'g'ri kelishligi va chinligi uchun ommaviy axborot vositalari bevosita javobgardirlar. Bundan tashqari konstitutsiyamizning 27 va 29-moddalaridagi quyidagi normalar ham axborot xavfsizligini bevosita ta'minlashga xizmat qiluvchi asosiy huquqiy norma hisoblanadi: "Xech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibidan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o 'tkazishi yoki uni ko 'zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so 'zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas", bu konstitutsiyaviy normada ham axborotning xavfsizligini ta'minlash va fuqarolarning axborot sohasidagi xavfsizligini ximoya qiluvchi norma mustaxkamlangan.

Yuqoridagi normalarning buzilishi oqibatlari esa belgilangan tartibda javobgarlik keltirib chiqaradi. Konstitutsiyamizdagi 29-moddada ham aynan shu

6 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. "O'zbekiston" 2020 yil. 12-bet

1052

Scientific Journal Impact Factor

munosabatlarning huquqiy tartibga solinganligini ko'rishimiz mumkin. "Har kim fikrlash, so 'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Xar kim o 'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan ahborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklovlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taaluqli bo 'lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin "7.

Ushbu konstitutsiyaviy normada ham ko'rishimiz mumkinki, axborot va u bilan bog'liq munosabatlar yana o'zga qonun hujjatlari bilan ham tartibga solonadi.Hususan, 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Davlat sirlarini saqlash to'g'risida"8 gi qonunda ham axborotlarning, jumladan maxfiy hisoblanadigan axborot va sirlarning saqlanish tartibi belgilab qo'yilgan. Ushbu qonunda ma'lumotlarning mahfiylik darajasini aniqlash va belgilash tartibi, O'zbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim bo'lgan ma'lumotlar ro'yxati, O'zbekiston Respublikasining alohida tartibga bo'ysunuvchi, alohida muhim va muayyan tartibga bo'ysunuvchi obyektlar ro'yxati; O'zbekiston Respublikasida maxfiylikni saqlash tartibini ta'minlashga doir chora tadbirlar belgilab qo'yilgan.

Yuqoridagi konstitutsiyaviy normalarni rivojlantiruvchi va to'ldiruvchi yana bir qancha qonun hujjatlarini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida»gi qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi deyish mumkin".

Ushbu qonunga ko'ra axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta'minlash; axborot resurslarining tarqalib ketishi, o'g'irlanishi, yo'qotilishi, buzib talqin etilishi, to'sib qo'yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish; axborotni yo'q qilish, to'sib qo'yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish; axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash.

7 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. "O'zbekiston" 2020 yil. 12-bet

8 O'zbekiston Respublikasining "Davlat sirlarini saqlash to'g'risida" gi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, - 1993. - №5.

Scientific Journal Impact Factor

Darhaqiqat, 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan "bu qonunda axborot xavfsizligini ta'minlash sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo'ladi hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta'minlash sohasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo'nalishlarini belgilaydi"9. Davlatning axborot xavfsizligini ta'minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta'minlashning asosiy va ajralmas qismi bo'lib, axborotni muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati darajasiga aylanmoqda. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to'g'risidagi axborotni o'z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta'minlashi shart. Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan mustaqil belgilanadi. Davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to'g'risidagi axborotni o'z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasida axborot xavsizligini tartibga soluvchi yana bir qancha qonun va qonunosti hujjatlari mavjud bo'lib, ular jumlasiga 02.07.2019-yildagi "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida" gi 10qonuni ham ta'kidlab o'tish joiz. Shaxsga doir ma'lumotlar deganda jismoniy shaxsga taalluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog'ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot nazarda tutiladi.

Ushbu qonunning amal qilishi:

1. jismoniy shaxs tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarga shaxsiy, maishiy maqsadlarda va o'z kasbiy yoki tijorat faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan holda ishlov berish;

2. Milliy arxiv fondi hujjatlarini va shaxsga doir ma'lumotlarni o'z ichiga olgan boshqa arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanish;

3. davlat sirlarini tashkil etadigan ma'lumotlar jumlasiga kiritilgan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish;

4. tezkor-qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni saqlash jarayonida, shuningdek jinoiy faoliyatdan

9 Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi. - T., 2010.

10 O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida" gi qonuni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, - 03.077.2019-y. - №3363.

Scientific Journal Impact Factor

olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish doirasida olingan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish chog'ida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Hukumat huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi. Shaxsga doir ma'lumotlar davlat boshqaruvi organlariga bepul beriladi.

Shaxsga doir ma'lumotlar deyilganda - muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog'ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot tushuniladi.Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ekti - shaxsga doir ma'lumotlar o'ziga taalluqli bo'lgan jismoniy shaxs tushuniladi. haxsga doir ma'lumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solish Vazirlar Mahkamasi va shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.Mulkdorning, operatorning va uchinchi shaxsning faoliyati maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan shaxsga doir ma'lumotlar bilan harakatlar shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanishdir.Shaxsga doir ma'lumotlarni muayyan shaxsga oshkor etishga qaratilgan harakatlar shaxsga doir ma'lumotlarni berish hisoblanadi.

Shaxsga doir ma'lumotlarni davlat boshqaruvi organlariga berish bepul asosda amalga oshiriladi. Sub'ekt o'zining shaxsga doir ma'lumotlarini berishni rad qilgan taqdirda, o'zining rad qilishisabablarini ko'rsatmaslik huquqiga ega. Shaxsga doir ma'lumotlar bazalari Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazilishi lozim.Shaxsga doir ma'lumotlar bazasini ro'yxatdan o'tkazish ariza berish printsipi orqali xabardor qilish yo'li bilan amalga oshiriladi.Axborot tizimidan davlat reestrini yuritish uchun foydalanish, shu jumladan ariza berish uchun tizimga kirish "Elektron hukumat" yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.Shaxsga doir ma'lumotlar bazalari davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazish sxemasi.Davlat reestridagi ma'lumotlar yuridik va jismoniy shaxslar tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonunchilikni buzish, belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

Bundan tashqari, 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan "Axborotlashtirish to'g'risida" 11 gi qonunda ham axborot va u bilan bog'liq munosabatlarning tartibga solinganligini ko'ramiz. Jumladan, ushbu qonunning 19-moddasida axborot resurslari va tizimlarini muhofazaa qilish qoidalari mustaxkamlangan bo'lib, unga

11 O'zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to'g'risida" gi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. - 2004. - №36. - 19-20 m.

Scientific Journal Impact Factor

ko'ra axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta'minlash; axborot resurslarining tarqalib ketishi, o'g'irlanishi, yo'qotilishi, buzib talqin etilishi, to'sib qo'yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish;

axborotni yo'q qilish, to'sib qo'yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash. Yuqoridagi qonunning 20-moddasida esa axborot resurslari va axborot tizimlari muhofazaa qilinishini tashkil etish masalalari belgilab qo'yilgan bo'lib, unga ko'ra: Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g'ayriqonuniy munosabatda bo'lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo'lsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to'g'risidagi axborotni o'z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta'minlashi shart. Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan mustaqil belgilanadi. Davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to'g'risidagi axborotni o'z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshirishi belgilab qo'yilgan. Mazkur qonundagi davlat sirlari to'g'risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qo'yilgan axborotni o'z ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qo'yilgan axborot resurslariga kiradi va axborot resurslarining mulkdorlari va egalari hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan axborot resurslaridan yuridik hamda jismoniy shaxslarning teng huquq asosida erkin tarzda foydalanishini ta'minlashi kerak, axborot resurslarini erkin foydalanish toifalariga kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda axborot resurslarining mulkdori tomonidan aniqlanadi deb belgilab qo'yilgan norma orqali mamlakatimizda axborotlarning turkumlanishiga guvoh bo'lamiz.

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, zamon taraqqiy etgan sari jamiyatda axborotga bo'lgan talab va ehtiyoj ham ortib bormoqda, ayniqsa, axborot texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi axborotlar hajmining ham ortib borishiga xizmat qilib kelmoqda. Bu kabi axborotlar ichida ma'lum ma'noda himoyani, mahfiylikni va sir saqlanishini talab etadiganlari ham bo'ladi, negaki, bu toifadagi ma'lumotlarning oshkor bo'lishi, o'g'irlanishi yoki yo'q qilinishi, kiber hujumga uchrashi kabi holatlar davlat va fuqarolar, tashkilotlar uchun katta talofotlarni, moliyaviy yoki moddiy zararlarni olib kelishi mumkin. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun esa qanday soha bo'lmasin albatta, axborot xavfsizligini, uning himoyasi va muhofazasini amalga oshirishi lozim. Axborot xavfsizligi bo'yicha har bir rahbar va mutaxassislar tashkilot faoliyatini to'g'ri tashkil etish va tashkilotda yetarli darajada axborot xavfsizligini ta'minlashda amaliy chora va tadbirlarni ko'rishlari darkor.

REFERENCES

1. Иброхимов Азимжон Абдумумин Угли (2021). КОРПОРАЦИЯНИ БОШКАРИШДА ФИДУЦИАР МАЖБУРИЯТЛАР ВА УЛАРНИ УЗБЕКИСТОНДА ^УЛЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 841-853. doi: 10.24412/2181-1784-2021-10-841-853

2. Usmonova Muniskhon THE ROLE OF FORENSIC PSYCHIATRIC EXAMINATION IN INVALIDATING AN AGREEMENT ENTERED INTO BY A CITIZEN WHO DOES NOT UNDERSTAND THE SIGNIFICANCE OF HIS ACTIONS OR IS UNABLE TO CONTROL THEM // Review of law sciences. 2020. №Спецвыпуск. URL:

3. Imomniyozov, Doniyorbek Baxtiyor O'G'Li (2022). YURIDIK SHAXSLARNING UMUMIY YIG'ILISH QARORLARINI HAQIQIY EMAS DEB TOPISHNING HUQUQIY OQIBATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (1), 430-447.

4. Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (11), 211-225. doi: 10.24412/2181-1784-2021-11-211-225

5. Asadov, Shahriddin Faxriddin O'G'Li (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK

Scientific Journal Impact Factor

MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (11), 789-799. doi: 10.24412/2181-1784-2021-11-789-799

6. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. "O'zbekiston" 2020 yil. 22-bet

7. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. "O'zbekiston" 2020 yil. 12-bet

8. O'zbekiston Respublikasining "Davlat sirlarini saqlash to'g'risida" gi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, - 1993. - №5.

9. Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi. - T., 2010.

10. O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida" gi qonuni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, - 03.077.2019-y. - №3363.

11. O'zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to'g'risida" gi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. - 2004. - №36. - 19-20 m.

12. O'zbekiston Respublikasining "Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to'g'risida"gi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. -2003. - №1. - 2-m.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.