Научная статья на тему 'AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNING OMILLARI VA O’ZIGA XOS JIHATLARI'

AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNING OMILLARI VA O’ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3941
351
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot / axborot xavfzilgi / axborotni himoya qilishning yo’nalishlari / axborotni himoya qilish turlari / axborotlarni ma’naviy-ma’rifiy himoyalash usuli. / information / information security / directions of information protection / types of information protection / methods of spiritual and educational protection of information.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sardor Doniyor O’g’li Sultonmurodov

Ushbu maqolada axborot tushunchasi, axborot xavfzilgi, axborot xavfsizligining muhimlik darajasi, axborotni himoya qilishning yo’nalishlari va turlari kabi tushunchalar bayon etilgan. Axborot sohasidagi milliy xavfsizlikni ta’minlashning zamonaviy asoslari talqin etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS AND FEATURES OF NATIONAL SECURITY IN THE FIELD OF INFORMATION

This article describes concepts such as information security, information security, the importance of information security, areas and types of information protection. The modern foundations of national security in the field of information are interpreted.

Текст научной работы на тему «AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNING OMILLARI VA O’ZIGA XOS JIHATLARI»

AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHNING OMILLARI VA O'ZIGA XOS JIHATLARI

Ushbu maqolada axborot tushunchasi, axborot xavfzilgi, axborot xavfsizligining muhimlik darajasi, axborotni himoya qilishning yo'nalishlari va turlari kabi tushunchalar bayon etilgan. Axborot sohasidagi milliy xavfsizlikni ta'minlashning zamonaviy asoslari talqin etilgan.

Kalit so'zlar: axborot, axborot xavfzilgi, axborotni himoya qilishning yo'nalishlari, axborotni himoya qilish turlari, axborotlarni ma'naviy-ma'rifiy himoyalash usuli.

FACTORS AND FEATURES OF NATIONAL SECURITY IN THE FIELD OF

INFORMATION

This article describes concepts such as information security, information security, the importance of information security, areas and types of information protection. The modern foundations of national security in the field of information are interpreted.

Keywords: information, information security, directions of information protection, types of information protection, methods of spiritual and educational protection of information.

Bugun hayotimizning barcha jabhalariga axborot-kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalarining kirib kelganligi ayni haqiqat. Bu o'zgarishlarning asosini axborotlashtirish, telekommunikatsiya va kompyuter texnologiyalari tashkil etadi. XXI asr - axborotlashgan jamiyat asridir.

"Axborot ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotning muhim omilidir. Shu sababli ham u inson tafakkuriga turli yo'nalishlarda ta'sir etuvchi, insoniyatning hayoti va taqdirini u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, goh ijobiy, goh salbiy mohiyat kasb etuvchi qudratli vositaga aylandi"1.

1 Fa$$apoBa r. Ax6opoT Ba ax6oporaamTHpnm ^apaëH^apHHHHr $a^ca$HH-MeTogo^oraK MyaMMO^apn. ®aœ. $aH. hom3. ...gnc. -TomKeHT, 2008. 3-6eT.

Sardor Doniyor o'g'li Sultonmurodov

Guliston davlat unversiteti 2-bosqich magistranti sardorsultonmurodov9715 @gmail.com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Axborotning muximlik darajasi qadim zamonlardan ma'lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo'llanilgan. Ulardan biri - sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o'qiy olmagan. Asrlar davomida bu san'at - sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o'n yil oldin hamma narsa tubdan o'zgardi, ya'ni axborot o'z qiymatiga ega bo'ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o 'g'irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug'iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo'lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo'lishiga olib keladi. Avtomatlashtiriltgan axborot tizimlarida axborotlar o'zining hayotiy davriga ega bo'ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo'lmaganda yo'qotishdan iboratdir.

Quyidagi omillar ushbu mavzuning dolzarbligini ko'rsatadi:

- hozirda mafkuraviy tahdid jamiyat taraqqiyoti uchun jiddiy xavf ekanligi;

- globallashuv jarayonlari va ma'naviy-axboriy tahdidlarning bugungi kuning katta muammolardan biri ekanligi;

- axborot sohasidagi xavfsizlik milliy xavfszilik sohasidagi eng muhim yo 'nalishga aylanib borayotganligi;

- axborotni himoya qilishning ahamiyatliligi;

- ma'naviy tahdid - o'zligimiz va kelajagimizga tahdid ekanligi;

- ma'naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish omillarini tahlil qilish;

- jamiyatimizdagi turli ma'naviy-axboriy tahdidlarga qarshi kurashishda axborot olish madaniyatini shakllantirilishi va boshqalar.

ASOSIY QISM

O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning va O'zbekiston Respublikasi hozirgi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning chiqishlarida va asarlarida ma'naviy tahdidlar, unga qarshi kurashish zaruriyati, bu boradagi vazifalar va axborot xavfsizligida milliy xavfsizlik masalalari, yoshlar orasida axborot madaniyatini shakillantirish, axborot olish erkinligini ta'minlash, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari keng tahlil qilingan. Ushbu Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlashning sub'ektiv omillari va o'ziga xos jihatlari mavzusi S.Otamurtovning "Globallashuv va milliy-ma'naviy havfsizlik"2, Sh.Umarov va F.Mulaydinovlarning "Axborot xavfsizligi", M.Quronovning "Milliy tarbiya", M.Lafasovning "Diniy ekstremizm: tarixi va mohiyati", X.Jumaniyozov,

2 Otamurotov S. Globallashuv va milliy-ma'naviy havfsizlik. -T.: 2013.

M.Sobirovlarning "Globallashuv asoslari", M.Karimov va N.Turgunovlaming "Axborot xavfsizligi asoslari" asarlarida yoritib berilgan.

Hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan darda biz insonlarnin hech birimiz kundalik turmush tarzimizni axborot va axborot ulashuvchi vositalarisiz tasavvur qila olmaiymiz. Ushbu axborot olish jarayonida biz internet, ijtimoiy tarmoqlar, tilvidinya, gazeta-jurnallar, kitoblardan keng foydalanamiz. Ko'pincha biz ushbu olayotgan axborotlarimizning haqqiqiymi, aniqmi, haqiqatga mosmi, mualifi kim, qaysi tashkilot yoki nashrning axboroti ekanligiga va qanday turdagi axborot ekanligiga qiziqmaymiz. Bu esa bizning axborot olish madaniyatiga ega emasligimizni va kata xatolarga yo'l qo'yishimizga olib kelishini hech birimiz o'ylab ko'rmaymiz. Vaholanki axborotni qanday yo'qotish mumkinligini va bu qanday oqibatlarga olib kelishini barcha ham tushunavermaydi. "Aytishingiz mumkin qanday yo'qotish yoki oqibat!" deb. Hozir sizga axborot sohasidagi jahonda ro'y bergan ba'zi voqealarni misol keltiraman. Misol uchun Xakerlar hujumi oqibatida 150 mamlakatda 200 ming kishi va ko'plab tashkilotlar zarar ko'rdi. Bu haqda Yevropa politsiya agentligi (Yevropol) rahbari Rob Ueynrayt ma'lumot berdi, deb xabar qiladi "RBK" Shu bilan birga, uning aytishicha, juda oz sonli odamlar xakerlarga pul o'tkazib bergan. "Barcha sektorlardagi tashkilotlar jiddiy tarzda xavfsizlik choralari ko'rishi lozim",-ta'kidladi Ueynrayt. "Ayni paytda biz xavf-xatar o'sayotgan bir vaziyatda turibmiz. Zarar ko'rganlar soni ko'paymoqda. Odamlar 15-may (dushanba) kuni ishga kelib kompyuterlarini yoqqanida ularning soni yanada o'sishidan xavotirdaman", — qo'shimcha qildi Yevropol rahbari. Xakerlar Yahoo.com, Amazon.com kabi kompaniyalarga va hatto kosmik tadqiqot agentiligi NASAga katta zarar yetkazdilar. Xavfsizlik xizmati bozorining eng yirik nomoyondalaridan biri RSA Security, har qanday taxdidga qarshi chora borligi xususidagi o'ylamasdan qilgan bayonotidan bir necha kundan keyin, xujumga duchor

Yana shuni aytishimiz mumkinki "Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta'minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o'z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o'zida mujassam etgan bo'lib, bu O'zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, ta'bir joiz bo'lsa, tamal toshi hisoblanadi"- degan edi birinchi pirizidentimiz I.Karimov.

"5

Axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to'g'risidagi ma'lumotlar yig'indisidir. XXI asrda shaxs, jamiyat va davlat taraqqiyotida axborot resurslari va texnologiyalarining ro'lini ortishi natijasida O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini axborotlashtirilgan jamiyat

3 O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. -T.: Davlat ilmiy nashiryoti. 2000.

bo'ldi.

sifatida qurish masalasini hal etish bilan birga quyidagi omillar milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimida axborot xavfsizligining yetakchi o'rin egallashini belgilaydi4:

- milliy manfaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoyalash axborot va axborot sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi;

- inson va uning huquqlari, axborot va axborot tizimlari hamda ularga egalik qilish bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy obyektlari, balki xavfsizlik sohasidagi barcha xavfsizlik obyektlarining asosiy elementlari hamdir;

- axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali milliy xavfsizlik masalalarini hal etish mumkin;

- milliy xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot tavsifiga ega.

Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun'iy xarakterdagi tasodifiy yoki

qasddan qilingan ta'sirlardan axborot va uni qo'llab-quvvatlab turuvchi

infrastukturaning himoyalanganligi tushuniladi5. Bunday ta'sirlar axborot sohasidagi munosabatlarga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni qo'llab quvvatlovchi infrastrukturaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Axborot xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan himoya harakatlari qator kattaliklar bilan tavsiflanishi mumkin: tahdid xarakteri, harakat usullari, uning tarqalganligi, o'rab olish mashtabi kabilar. O'zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida"gi qonunida6 axborot xavfsizligi axborot borasidagi xavfsizlik deb belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi.

Axborot sohasida shaxs manfaatlari fuqarolarning axborotdan foydalanishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshishida, qonunda taqiqlanmagan faoliyat bilan shug'ullanishida hamda jismoniy, ma'naviy va intellektual rivojlanishda axborotlardan foydalanishlarida, shaxsiy xavfsizlikni ta'minlovchi axborot himoyasida namoyon bo'ladi.

Axborot sohasida jamiyat manfaatlari bu sohada shaxs manfaatlarini ta'minlashda, demokratiyani mustahkamlashda, ijtimoiy huquqiy davlatni qurishda, ijtimoiy hamjihatlikni qo'llab-quvvatlashda o'z aksini topadi.

Axborot sohasida davlat manfaatlari milliy axborot infrastrukturasining rivojlanishiga sharoitlar yaratishda, axborot olish sohasida shaxs va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshishida, O'zbekistonning hududiy birligini, suverenitetini va konstitutsiyaviy tuzumining mustahkamligini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta'minlash maqsadida axborotdan foydalanishda,

4 ®yMaHHë30B X., Co6npoBa M., HnrnaHOBa y. r^o6a^amyB acoc^apn. -T.: 2015.

5 Amorça Ba ax6oporaamTHpnm co^acnga ax6opoT xaB^cro^urn: aTaMa^ap Ba Tatpn^ap. TapMorç craHgapra: -TSt 45-

010.: 2010.

6 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH O^HH Ma^mcHHHHr Ax6opoTHOMacn. - T.:2003. - №1. - 2-M.

qonuniylik va huquq tartibotni qat'iy amalga oshishida, o'zaro tenglik va o'zaro

n

manfaatdorlikdagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda ifodalanadi .

Axborotni ximoya qilish deganda:

-Axborotning jismoniy butunligini ta'minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi, yoki yo'q qilinishiga yo'l qo'ymaslik;

-Axborotning butunligini saqlab qolgan xolda, uni elementlarini qalbakilashtirishga (o'zgartirishga) yo'l qo'ymaslik;

-Axborotni tegishli huquqularga ega bo'lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan xolda olishga yo'l qo'ymaslik;

-Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o'rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo'llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.

Axborotni muhofaza qilish quyidagilarga yo 'naltirilgan:

-axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tahdidlarning oldini olish;

-tizimli tahlil va nazorat orqali real va ehtimoli katta bo'lgan tahdidlarni aniqlash va ularni o'z vaqtida oldini olish choralari;

-aniq tahdidlar va jinoiy harakatlarni aniqlash maqsadida tahdidlarni topish;

-jinoiy harakatlarni bartaraf etish, shuningdek aniq jinoiy harakatlarni hamda tahdidlarni yo'q qilish bo'yicha choralar ko'rish;

-tahdid va jinoiy harakatlarning oqibatlarini yo'q qilish va mavqeini saqlash.

Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini mamlakatda milliy xavfsizlikni ta'minlash davlat siyosati bilan chambarchas bog'laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeini belgilaydi. Axborot sohasidagi O'zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga erishishning strategik yo'nalishlarini va ularni amalga oshirish tizimlarini o'zida aks ettiruvchi maqsadlar yaxlitligi davlat axborot siyosatini anglatadi. Shu bilan birga davlat axborot siyosati mamlakatning tashqi va ichki siyosatining asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi, hamda jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oladi. Axborot himoyasi turlari ikki asosiy belgiga ko'ra tasniflanadi:

- birinchidan, axborot xususiyligi, aniqrog'i qo'riqlanadigan sirlar turiga ko'ra;

- ikkinchidan, axborot himoyasi uchun qo'llaniluvchi kuchlar, vositalar va usullar guruhlari bo'yicha.

Birinchi guruhga quyidagi asosiy yo'nalishlar kiritilishi mumkin: -davlat sirlarini himoya qilish; -davlatlararo maxfiy ma'lumotlarni himoya qilish; -tadbirkorlik sirlarini himoya qilish; -xizmat sirlarini himoya qilish; -mutaxassislik sirlarini himoya qilish va xususiy ma'lumotlarni himoya qilish.

7 Karimov M., Turgunov A. va boshqalar. Axborot xavfsizligi asoslari. -T.: 2013.

Ikkinchi guruhga quyidagi asosiy yo'nalishlar kiradi: -axborotlarni huquqiy himoyalash; -axborotlarni tashkiliy himoyalash; -axborotlarni muhandislik-texnik himoyalash; -axborotni ma'naviy-marifiy himoyalash.

Axborotni muhofaza qilish tizimlaridan foydalanish amaliyoti shuni ko'rsatmoqdaki, faqatgina kompleks axborotni muhofaza qilish tizimlari samarali

Q

bo'lishi mumkin. Unga quyidagi chora-tadbirlar kiradi :

1. Qonunchilik-axborot himoyasi sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek davlatning huquq va majburiyatlarini qat'iy belgilovchi qonuniy aktlardan foydalanish.

2.Ma'naviy-etik-obyektda qat'iy belgilangan o'zini tutish qoidalarining buzilishi ko'pchilik xodimlar tomonidan keskin salbiy baholanishi joriy etilgan muhitni hosil qilish va qo'llab quvvatlash.

3. Fizik-himoyalangan axborotga begona shaxslarning kirishini taqiqlovchi fizik to'siqlar yaratish.

4. Ma 'muriy-tegishli maxfiylik rejimi, kirish va ichki rejimlarni tashkil etish.

5. Texnik-axborotni muhofaza qilish uchun elektron va boshqa uskunalardan foydalanish.

6. Kriptografik-ishlov berilayotgan va uzatilayotgan axborotlarga noqonuniy kirishni oldini oluvchi shifrlash va kodlashni tatbiq etish.

7. Dasturiy-foydalana olishlilikni chegaralash uchun dastur vositalarini qo'llash. Fizik, apparatli, dasturli va hujjatli vositalarni o'z ichiga oluvchi barcha axborot tashuvchilarga kompleks holda himoya obyekti sifatida qaraladi.

Axborotlarni ma'naviy-marifiy himoyalash usuli axborotni muhofaza qilishda juda muhim rol o'ynaydi. Aynan inson, u korxona yoki tashkilot xodimi, maxfiy ma'lumotlardan voqif bo'lib, o'z xotirasida ko'plab ma'lumotlarni jamlaydi va ba'zi hollarda axborot chiqib ketishi manbaiga aylanishi mumkin hamda uning aybi bilan o'zgalar ushbu axborotga noqonuniy ega bo'ladilar.

Axborotlarni himoyalash usuli quyidagilarni nazarda tutadi:

- xodimni tarbiyalash, u bilan ma'lum sifatlarni, qarashlarni shakllantirishga yo'naltirilgan maxsus ishlarni olib borish (vatanparvarlik, axborotni muhofa za qilish uning shaxsan o'zi uchun ham qanday ahamiyat kasb etishini tushuntirish);

-xodimni axborotni muhofaza qilish qoidalari va usullariga o'rgatish, konfedensial axborot tashuvchilar bilan amaliy ishlash ko'nikmalarini shakllantirish.

Maqolada hozirgi kunda axborot xavfsizligi dolzarb masalalardan biri hisoblanib, axborot va uning turlari, axborot xavfsizligi, milliy xavfsizlikning yo'nalishlari, davlatimizning axborot sohasidagi xavfsizlik masalalari to'laqonli yoritib berildi. Va yana shuni aytib o'tish mumkinki bu yerda axborotning ahamiyati, uning jamiyatda va

8 Karimov M., Turgunov A. va boshqalar. Axborot xavfsizligi asoslari. -T.: 2013.

kundalik hayotimizda tutgan o'rni, axborot xafsizligi, axborot xafsizligiga tahdid va uning turlari, bugungi kunda axborot xavfsizligining dolzarb ahamiyat kasb etishi masalalar yoritilgan.

Hozirgi davrga kelib hayotimizni axborot texnalogiylarsiz, kompyutersiz tasavvur qilish mumkin emas. Xozirda "axborot tushunchasi" sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo'lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko'p hollarda uning o'zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o'zgartirishdan, uni o'g'irlashdan, yo'qotishdan va boshqa jinoiy xarakterlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug'iladi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni ximoya ostiga olish deganda, berilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta'minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo'llash, choralarni ko'rish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari xar bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo'lib xizmat kilmokda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta'minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo'yicha ilg'or axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo'llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar xududiy joylashishidan qat'iy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet halqaro kompyuter tarmog'i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu kompyuter tarmog'i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo'qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog'i davlat boshqaruvini tubdan o'zgartirmoqda, ya'ni davlat axborotlarning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo'qotish kabi muammolar dolzarb bo'lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot xavfsizligini ta'minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta'minlashning asosiy va ajralmas qismi bo'lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi masalalaridan biri bo'lib bormoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Otamuratov S. Globallashuv va milliy-ma'naviy havfsizlik. -T.: 2013.

2.^yMaHHë30B X., CoônpoBa M., HnrnaHOBa Y. rnoôarnarnyB acocnapn. -T.: 2015.

XULOSA

3.Karimov M., Turgunov A. va boshqalar. Axborot xavfsizligi asoslari. -T.: 2013.

4.Y36eKHCTOH Pecny6nHKacn OHHH Ma^nncHHUHr Ax6opoTHOMacn. -T.: 2003. - № 1. -2-M.

5.Anorça Ba ax6opoTnamTnpnm coxacnga ax6opoT xaB^cronnrn: araManap Ba Tatpn^nap. TapMorç cTaHgapTu: -TSt 45-010.: 2010.

6. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. -T.: Davlat ilmiy nashiryoti, 2000.

7. Fa^apoBa r. Ax6opoT Ba ax6opoTnamTnpnm ^apaëHnapuHHHr ^anca^nfi-MeTogonornK MyaMMonapn. Oanc. $aH. hom3. ...gnc. -TomKeHT, 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.