Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

17
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muammoli ta'lim / tanqidiy fikrlash / "Muammoli ta‟lim texnologiyalari" / muammoli vaziyat / kognitiv qiziqish / o'quv muammosi / dalillar / eksperimental-amaliy / faktik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilnoza Shuhrat Qizi Elmurodova

Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalari talabalarining tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari o„rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI»

OLIY TA'LIM MUASSASALARI TALABALARINING TANQIDIY FIKRLASH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK

IMKONIYATLARI

Dilnoza Shuhrat qizi Elmurodova

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalari talabalarining tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: muammoli ta'lim, tanqidiy fikrlash, "Muammoli ta'lim texnologiyalari", muammoli vaziyat, kognitiv qiziqish, o'quv muammosi, dalillar, eksperimental-amaliy, faktik.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются педагогические возможности использования проблемных образовательных технологий в развитии навыков критического мышления студентов высших учебных заведений.

Ключевые слова: проблемное обучение, критическое мышление, «Проблематические образовательные технологии», проблемная ситуация, познавательный интерес, образовательная проблема, доказательства, экспериментально-практические, фактологические.

ABSTRACT

This article examines the pedagogical possibilities of using problem-based educational technologies in developing critical thinking skills of students of higher educational institutions.

Keywords: problem-based education, critical thinking, "Problematic educational technologies", problem situation, cognitive interest, educational problem, evidence, experimental-practical, factual.

Zamonaviy ijtimoiy voqelik va sharoitlarda, raqamli iqtisod kontekstida tanqidiy tafakkur kompetensiyasini rivojlantirish shaxsni fuqarolik hamjamiyatida hayotga tayyorlash, etnik-milliy-diniy bag'rikenglik, ijtimoiy hamkorlik, umuman jamiyat mavjudligining zarur atributiga aylanadi hamda jamoaning pirovard maqsadlarini aks ettiruvchi g'oyalar va qarashlarni ishlab chiqish; netvorking, kollaboratsiya, birgalikdagi faoliyat, muloqot, jamoada axloqiy-psixologik muhitni shakllantirish; yetakchilik,

27-mart, 2024

160

jamoalar ichidagi nizolarning mohiyatini tushunish; konflikt-menejment, nizolarni samarali hal qilish; sanoatda yangi usullarni taklif qilish; mustaqil qaror qabul qilish; moslashuvchanlik, tashabbuskorlik, jamoaviy ishlashda zarur bo'lgan umumiy va professional ko'nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash uchun muhim ahamiyatga ega. Mazkur nuqtai nazardan faoliyat tizimiga moslashish uchun universal va kasbiy kompetensiyalar tarkibida tanqidiy fikrlash ko'nikmasini rivojlantirishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini o'rganish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Muammoli ta'limning asosiy mohiyati "bilimdan muammoga" strategiyasini "muammodan bilimga" strategiyasiga almashtirishdan iborat. Bundan tashqari, bilim va faoliyat usullari talabalarga tayyor shaklda yetkazilmaydi, balki talabalar tomonidan izlanish va muammoli vaziyatlarni hal qilish jarayonida o'zlashtiriladi. Bizning nuqtai nazarimizga ko'ra, talabalarning tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda muammoli ta'limning quyidagi konseptual g'oyalari hal qiluvchi ahamiyatga ega: talabalarning kognitiv qiziqishini faollashtirish va ijodiy faolligini rag'batlantirish; maxsus taqdim etilgan material (muammoli vaziyatlarda, muammoli shakllantirilgan savol va topshiriqlar) orqali talabalarni o'quv va kognitiv faoliyatga jalb qilish va tadqiqot faoliyati jarayonida ularga yordam ko'rsatish.

Muammoli ta'limning tuzilishi muammoning mazmunidan ^ muammoli vaziyatga ^ o'quv muammosiga ^ muammoli vazifaga izchil o'tishdan iborat. Muammoli ta'lim tuzilishi quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi: tegishli (muammoli) vaziyatni keltirib chiqaradigan ta'lim muammosi; faraz yoki uni hal qilish uchun taxmin; ilgari surilgan farazni asoslash, ya'ni har xil turdagi dalillar (nazariy, eksperimental-amaliy, faktik); xulosa.

O'qitish jarayonida muammoli ta'lim quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: masalani bayon qilish ^ muammoning yechimini izlash ^ yechimni tavsiflash ^ yechimni amalga oshirish. Muammoli ta'lim sxemasi (tartib bo'yicha) protseduralar ketma-ketligi sifatida taqdim etiladi, jumladan: o'qituvchi tomonidan talabalar uchun muammoli vaziyat yaratish; muammoli ta'lim vazifasini qo'yish; yuzaga kelgan muammoni anglash, qabul qilish va hal qilish; yangi bilimlarni o'zlashtirishning umumlashtirilgan usullarini qo'llash; muayyan muammoli tizimlarni hal qilish uchun aniqlangan usullarni qo'llash.

Muammoli vaziyat muammoli ta'limning asosiy kategoriyasidir. Bu talabaning ma'lum bir ruhiy holatini tavsiflaydi va "iroda harakati" bo'lib, agar inson o'zining mavjud bilimlaridan foydalangan holda yangi faktni tushuntira olmasa u aniq yoki noaniq ongli intellektual qiyinchilikka asoslanadi [2; 68-b.].

Ilmiy manbalar tahlili hamda kuzatishlarimiz muammoli vaziyatni yaratish va hal qilish uchun quyidagi uchta shartga amal qilish zarurligini ko'rsatdi: 1) subyektning kognitiv ehtiyoji; 2) muammo va vaziyat, muammo va yechim o'rtasidagi aloqadorlik;

^ 27-mart, 2024 https://nuu.uz/ Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

3) hal qilishning muayyan jismoniy, intellektual, operatsion imkoniyatlari (intellektual qiyin vaziyatga tushib qolgan inson o'zi bilmagan narsani aniqlashi va mustaqil ravishda chiqish yo'lini topishi kerak).

Muammoli vaziyatda shaxsning samarali kognitiv faoliyati bosqichlarining ketma-ketligi: 1) muammoli vaziyatning paydo bo'lishi; 2) muammoli vaziyat; 3) muammo qiyinligining mohiyatini bilish va uni shakllantirish; 4) taxmin qilish, faraz qo'yish va asoslash orqali uni yechish yo'llarini izlash; 5) farazning isboti; 6) masalani yechishning to'g'riligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.

Muammoli vaziyatlar o'quv jarayonining barcha bosqichlarida yaratilishi mumkin: tushuntirish va yangi materialni o'rganishda, mustahkamlashda, nazorat qilishda. Muammoli vaziyatlar o'quv predmeti va o'quv jarayonining mantiqiyligi (ular o'qituvchining xohishidan qat'i nazar, obyektiv ravishda paydo bo'ladi), shuningdek, o'quv yoki amaliy vaziyat bilan belgilanadi [3].

Biz muammoli vaziyatlarni ma'lum muammoli vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan muammoli ta'lim muhiti bilan o'qituvchi hamda talabalarning ongli ravishda o'zaro ta'siri natijasi deb tushunamiz, mazkur jarayonda muammoli vazifa - ijodiy xarakterga ega bo'lgan vazifa bo'lib, u talabalardan mulohaza yuritishda katta tashabbus ko'rsatishni va ilgari tekshirilmagan yechimlarni izlashni tala b qiladi. Muammoli vazifa talabalarga o'quv faoliyatining maqsadlarini tushunishga yordam beradi, bu esa o'z navbatida ijobiy motivlarning shakllanishiga ta'sir qiladi. Bu muammoli vaziyatni yaratish vositasi hisoblanadi. Muammoli vazifaga misol sifatida sabab-oqibat munosabatlarini o'rnatish, faktlar o'rtasidagi uzluksizlikni aniqlash, hodisaning progressivlik darajasini aniqlash va boshqalarni kiritish mumkin. Bunda muammoli topshiriqlar yangi bilimlarni o'zlashtirish jarayonining boshlang'ich bo'g'inini ifodalaydi, materialni o'zlashtirish uchun muvaffaqiyatli shart-sharoitlar yaratadi va talabalarning bilim olish natijalarini nazorat qilishning asosiy vositasi bo'lib xizmat qiladi.

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish tizimli hodisa ekanligi nuqtai nazaridan, muammoli vaziyatda muammoni hal qilish bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin:

muammoli vaziyatdan xabardor bo'lish muammoni tushunishni (o'qituvchi tomonidan tayyor shaklda shakllantirilishi yoki muammo darajasiga qarab talabaning o'zi tomonidan belgilanishi mumkin), uni "qabul qilish" (talaba uchun shaxsiy ahamiyat)ni anglatadi (hissiy munosabat, o'z muammosini hal qilish istagi);

vaziyatni tahlil qilish asosida muammoni shakllantirish va uni ijodiy vazifaga aylantirish (muammoni shakllantirish, uni maqsadga erishish vositasi sifatida taqdim etishni anglatadi);

muammoni hal qilish ko'pincha muammoli masalalar orqali yechim izlash modeliga aylantirish, yechimning turli yo'nalishlari, vositalari va usullarini muhokama

27-mart, 2024

162

qilish ^ muqobil yechimlarni ishlab chiqish ^ yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni bashorat qilish ^ ijodiy kichik guruhlarda muhokama qilish va yechimlarni tanlash bilan bog'liq ^ yechimni ishtirokchilarga aniq va professional darajada savodli tilda yetkazish. Agar savol talabadan yangi muammoni hal qilish uchun intellektual mehnatni talab qilsa, turli nuqtai nazarlar shaklida ifodalangan qarama-qarshilikni o'z ichiga olsa, turli xil javob variantlarini nazarda tutsa, "ha" yoki "yo'q" kabi bir bo'g'inli javoblarni emas, balki javobni - aks ettirishni talab qilsagina muammoli hisoblanadi;

qarorni tekshirish ^ kasbiy etika tamoyillarini buzmagan holda o'z nuqtai nazarini muhokama qilish va himoya qilish.

Mazkur jarayonda bizningcha, optimal javobni yaratish uchun quyidagi qoidalarni qo'llash talabalarning tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat pedagogik hodisani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xizmat qiladi: har bir yechim variantida kuchli va zaif tomonlarini ta'kidlash; eng muvaffaqiyatli variantni aniqlash (ko'proq kuchli tomonlari bo'lgan variant); muvaffaqiyatli variantni kuchli tomonlari kamayishi bilan ierarxik ketma-ketlikda joylashtirilgan qo'shimcha variantlar bilan to'ldirish; optimal variantni loyihalash (matnni barcha o'ziga xos xususiyatlar bilan yaratish -izchillik, to'liqlik, yaxlitlik).

Adabiyotlarning nazariy tahlili, pedagogik tajribalar va shaxsiy kuzatishlarimiz o'qituvchi tomonidan talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga asoslangan muammoli vaziyatni ishlab chiqish algoritmi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga olishini ko'rsatdi: qidiruv - umumiy ilmiy qarama-qarshiliklar mavjudligi uchun o'qituvchi tomonidan o'quv materialining mazmunini birlamchi tanlashni o'z ichiga oladi; analitik - o'qituvchi muammoli vaziyatlar yaratish uchun asos bo'ladigan savollarni aniqlaydi; tayyorgarlik - o'qituvchi qarama-qarshiliklarni aniqlaydi va ta'lim jarayonida amalga oshirish uchun muammolarni shakllantiradi; aniqlash - o'qituvchi talabalarning faolligini shakllantirish uchun sharoit yaratish maqsadida nazariy fikrlashni rivojlantirishga mo'ljallangan faoliyatni rejalashtiradi; hal qilish - o'qituvchi muammoli vaziyatlarni hal qilish variantlarini ilmiy bashorat qiladi; uslubiy - o'qituvchi talabalarning tadqiqot faoliyatiga tayyorgarligining aks ettiruvchi va yo'naltiruvchi komponentini shakllantirish maqsadida darsning yakuniy bosqichida talabalar faoliyatini tahlil qilishni tashkil qiladi.

Ilmiy manbalar tahlili natijalari talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan muammoli vaziyatlarni yaratishning quyidagi metodik jihatlarini umumlashtirish imkonini berdi:

tanlash vaziyatini yaratish - guruhga qarama-qarshi faktlar, ilmiy nazariyalar yoki bir-birini istisno qiladigan nuqtai nazarlarni taqdim etish;

yangi material bo'yicha savol yoki amaliy topshiriq taklif etish, talabalarning turli fikrlarini qarama-qarshi qo'yish, bir masala yuzasidan turli nuqtai nazarlarni taqdim etish;

27-mart, 2024

hodisani turli pozitsiyalarda ko'rib chiqish, bu texnika ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda o'qituvchi "xato qilish" uchun savol yoki amaliy topshiriq bilan talabalarning kundalik tushunchalarini ochib beradi, ikkinchi bosqichda ilmiy faktni xabar, tajriba orqali taqdim etiladi;

talabalarni vaziyatda qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, faktlarni solishtirishga undash;

aniq savollarni qo'yish (umumlashtirish, asoslash, aniqlashtirish, fikrlash); muammoli nazariy va amaliy vazifalarni aniqlash, tadqiqot qilish; muammoli vazifalarni qo'yish (masalan: boshlang'ich ma'lumotlarning yetarli emasligi yoki ortiqcha bo'lishi, savolni shakllantirishdagi noaniqlik, qarama-qarshi ma'lumotlar, aniq xatolar bilan hal qilish uchun cheklangan vaqt, "psixologik inersiya"ni yengish va boshqalar);

rag'batlantirish usullaridan foydalanish (qiziqarli material, tarixiy faktlar, afsonalar, o'qituvchi tajribasidan, kundalik hayotdan olingan holatlar, badiiy adabiyotdan parchalar va boshqalar; tushunarsiz hodisalarni namoyish qilish - tajriba, vizualizatsiya; "yangilash" - muammoning mazmuni va talabalar uchun ahamiyatini ochish);

muammoli masalani ilgari surish (umumlashtirish, asoslash, spetsifikatsiya qilish, fikrlash);

hodisani tushuntirish yoki uni amaliy qo'llash yo'llarini izlash bo'yicha o'quv muammoli vazifalarni qo'yish, talabalarni faktlar, hodisalar, qoidalar, harakatlarni taqqoslash, solishtirish va qarama-qarshi qo'yishga undash; analogiya usulidan foydalanish;

muammolarni shakllantirish (masalan, boshlang'ich ma'lumotlarning yetarli emasligi yoki ortiqcha bo'lishi, savolni shakllantirishdagi noaniqlik, qarama-qarshi ma'lumotlar, aniq xatolar, "psixologik inersiya"ni bartaraf etish, yechish uchun cheklangan vaqt va boshqalar).

Oliy ta'lim tashkilotlari talabalarining tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish va umumlashtirishga erishdik (1-jadvalga qarang):

1-jadval. Oliy ta'lim muassasalari talabalarining tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik

imkoniyatlari

Asosiy jihatlar Pedagogik imkoniyatlar (faoliyat) mazmuni

Mazmun muammoli ta'lim o'rganish va (tanqidiy) fikrlashning mazmuni (muammosi)ni shakllantirish va (tanqidiy) fikrlash jarayoni (muammolarni qo'yish va hal qilish)ni amalga oshirish imkonini beradi

Mohiyat tanqidiy fikrlash muammoni shakllantirish va muammoli vaziyatning paydo bo'lishi bilan boshlanadi va uning yechimi bilan yakunlanadi

Fikrlash muammoli ta'lim fikrni, fikrlash jarayonini boshlash imkonini beradi

27-mart, 2024

164

(tafakkur qilish)

Jarayon tanqidiy fikrlash muammoli vaziyatlarda sodir bo'ladi

Baholash muammoli ta'limda o'zi va boshqalarning pozitsiya va qarorlarini ilgari surish, oqlash, muhokama qilish, himoya qilish, qo'llab quvvatlash, tanqid qilish va baholashga erishish imkoni mavjud

Qo'llash turli (muammoli) vaziyatlarda mustaqil va tanqidiy fikrlash mahsulini qo'llash, amalga oshirish, namoyish qilish, foydalanish imkoni tug'iladi

Natija tanqidiy fikrlash jarayonida muammoni ko'rish, natijani qayd etish va ushbu fikrning "rasmiylashtirilgan va rejalashtirilgan" loyihasini, loyiha asosida esa natijasini olish imkoni yaratiladi

Yaratish muammoli ta'lim o'rganish, fikrlash, tadqiq etish va tadqiqot natijasi (ishlanmasi) va mahsuloti (loyihasi)ni olish, tadqiq qilish va (yangi original) yaratish imkonini kengaytiradi

Yuqoridagilardan ko'rinadiki, oliy ta'lim tashkilotlari talabalarining tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari quyidagilar bilan bog'liq: birinchidan, ta'lim mazmunni yangilash, jumladan, nafaqat kasbiy bilim va ko'nikmalar, balki tanqidiy va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish; ikkinchidan, o'qitish jarayonida an'anaviy va muammoli usullardan teng foydalanish; uchinchidan, an'anaviy va zamonaviy o'qitish vositalaridan (kompyuter, internet va boshqalar) foydalanish; to'rtinchidan, o'qitishning an'anaviy shakllari (seminar, amaliy dars, maslahat) va nazorat (test, imtihon) shakllari bilan bir qatorda "muammoli" o'qitish shakllaridan (munozara, rolli o'yin, davra suhbati) foydalanish; nazoratning "muammo-loyiha-tadqiqot" shakllari (muammoli loyiha, konferensiya va boshqalar)ni qo'llash.

REFERENCES

1. Halpern, Diane F. (2006), „The Nature and Nurture of Critical Thinking", in Sternberg, Robert J; Roediger Iii, Henry L; Halpern, Diane F (muh.), Critical Thinking in Psychology, Cambridge University Press, 1-14-bet, doi:10.1017/cbo9780511804632.002, ISBN 9780511804632

2. Киселёв С.А. Образовательные технологии: курс лекций / С. А. Киселёв. -Горки : БГСХА, 2014. - 188 с.

3. https://www.youtube.com/watch?list=RDMM&v=chmzUrIP074

4. Hamrokulova, S. (2022). Pedagogical-programm implementation of the development of environmental education in higher class pupils of secondary schools. Central Asian Journal of Education and Computer Sciences (CAJECS), 1(4), 52-56.

5. HAMROKULOVA, S. PROBLEMS OF IMPROVING THE MECHANISMS OF ENVIRONMENTAL EDUCATION IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. ЭКОНОМИКА, 222-226.

27-mart, 2024

165

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.