Научная статья на тему 'O'QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK OMILLARI'

O'QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Masharipova Nasiba Ro’Zmatovna

Bugungi ta’lim jarayonlari tashkil etish o‘qitishning yangicha konsepsiyalari va modellarini o‘zida mujassam etgan pedagogik yondashuvlardan foydalanishni talab etmoqda. Yangicha yondashuvlarga tayanib tashkil etilgan ta’lim jarayoni avvalo ta’lim oluvchilarning shaxsiy-intellektual, axloqiy va madaniy rivojlanishlari uchun yo‘naltirilishi lozim. Shunga asosan uzluksiz ta’lim va tarbiya jarayoni sub’ektlarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalar va mexanizmlar bilan boyitish zaruriyati kuchaymoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK OMILLARI»

O'QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING

PEDAGOGIK OMILLARI Masharipova Nasiba Ro'zmatovna

O'zPFITI doktoranti, p.f.f.d (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10680890

Bugungi ta'lim jarayonlari tashkil etish o'qitishning yangicha konsepsiyalari va modellarini o'zida mujassam etgan pedagogik yondashuvlardan foydalanishni talab etmoqda. Yangicha yondashuvlarga tayanib tashkil etilgan ta'lim jarayoni avvalo ta'lim oluvchilarning shaxsiy-intellektual, axloqiy va madaniy rivojlanishlari uchun yo'naltirilishi lozim. Shunga asosan uzluksiz ta'lim va tarbiya jarayoni sub'ektlarida tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalar va mexanizmlar bilan boyitish zaruriyati kuchaymoqda.

Jaxon ta'limida avvalo har bir shaxsni tarbiyalashda mustaqil, mantiqiy va tanqidiy fikrlashga yo'naltirishga ustuvorlik berilmoqda. Chunki fikrlash, ayniqsa tanqidiy taffakkur yurita olishi shaxsning eng katta boyligi hisoblanadi. Ta'limning maqsadi ham ta'lim oluvchilarda aynan intuitiv va induvidual pedagogik hodisa hisoblangan tanqidiy fikrlashni shakllantirishdir.

Pedagogika ensiklopediyasida tanqidiy fikrlash quyidagicha izohlangan: TANQIDIY FIKRLASH - inson aqliy faoliyatining turlarini o'zida mujassamlashtirgan ob'ektiv fikrlash tarzini ifodalovchi tushuncha. Tanqidiy fikrlash - g'oya va imkoniyatlarni ijodkorlik bilan uyg'unlashuvi, konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta qurishdek murakkab jarayondir. Tanqidiy fikrlashda g'oyalar va ularning ahamiyati ko'pfikrlilik nuqtai-nazaridan ko'rib chiqiladi hamda ular boshqa g'oyalar bilan taqqoslanadi. Bu fikrlashning eng yuqori darajasi aqliy faoliyat bo'lib, unda taxlil, taqqoslash, izohlash, qo'llash, tortishuv, yangilik, muammolarni hal qilish yoki fikrlash jarayonini baholashga alohida e'tibor beriladi [1, 185-b].

Bugungi strategiyalashgan, globallashgan o'quv jarayonlarida o'quvchi-yoshlarning ma'naviy qiyofasi, dunyoqarashi, sog'lom e'tiqodini, o'z nuqtai nazari va pozitsiyani shakllantirish uchun ularda avvalo taniqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish muhim pedagogik zaruriyat sifatida namoyon bo'lmoqda. O'quvchilar o'zini va boshqalarning faoliyatini, hatti-harakatlarini tanqidiy fikrlash asosida tahlil qilaolishlarida o'zbek xalqi qahramonlari faoliyatini o'rganish, ulardan ibrat olishga yo'naltirish muhim ta'limiy vositalardan hisoblanadi. Ajdodlarimiz merosida pand-nasihat, yoshlarga murojaat alohida o'rin egallagan. Shu maqsadda ular nasihat janridagi she'rlar, pandnomalar, murojaatnomalar yozganlar. Xalq dostonlarida esa xalqning o'zligini anglagan, o'z pozitsiyasiga ega, tanqidiy fikrlaydigan ideal shaxs haqidagi orzu-niyatlari o'z ifodasini topgan. Shuni ta'kidlab aytish lozimki, Go'ro'g'li, Alpomish, Avazxon, Oshiq G'arib va Shoxsanam, Vomiq va Uzro, Farhod va Shirin kabi doston qahramonlari, shuningdek To'maris, Shiroq, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Pahlavon Mahmud, Amir Temur, Zaxiriddin Muhammmad Bobur kabi milliy qahramonlarimiz faoliyati timsolida o'quvchilarda o'z nuqtai nazarlarini shakllantirish, o'z qarashlarini va munosabatini bildirish, tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishning alohida pedagogik imkoniyatlari mavjud. Milliy xalq qahramonlari yosh avlod uchun eng ulug' qadriyat va ibrat maktabi bo'la oladi.

Tanqidiy fikrlash insonning intellektual rivojlanganlik va faollik darajalarini o'zida ifoda etadi. Aql tarbiyasi, fikrlashni rivojlantirish masalalari har bir davrda aktual pedagogoik jarayon sifatida e'tirof etilgan. bu borada har bir davr alloma va olimlari o'ziga xos qarashlar, usullar va

yo'nalishlarni ko'rsatib o'tganlar. Aqliy tarbiya masalalarini yunon faylasuflari hamda sharq mutafakkirlari tomonidan yetakchi ilmiy yo'nalishi sifatida o'rganilgan va tadqiq etilgan.

Dunyodagi ko'plab oliy va ilmiy tadqiqot institularida ta'lim jarayoni sub'ektlarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yo'naltirilgan bir qator ilmiy tadqiqotlar, loyihalar amalga oshirilmoqda. Taniqli amerikalik olim Uilyam Grem Sumner tanqidiy fikrlashning shaxs hayot va ta'limiy faoliyatida ahamiyatini nihoyatda muhim hisoblagan va shaxsda tanqidiy fikrlashni shakllantirish muammolariga oid tadqiqotlar olib borgan. Sumner tanqidiy fikrlash sog'lom va samarali jamiyat uchun muhim ekanligini ta'kidlaydi [2, 34-b]. Mutaxassisning fikricha, shaxs to'g'ri qarorlar chiqarish, tahlil qilish, xolisona baholashga intilishi lozim.

Yetakchi mutaxassislardan biri P.Richard ham tanqidiy fiklashga oid o'zining qimmatli fikrlarini bildirgan. U shaxsning tanqidiy fikrlash ko'nikmalari uning intellektual qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlari asosida yuzaga kelishini izohlashga harakat qiladi. Olim "tanqidiy fikrlash nafaqat intellektual layoqatni namoyon etish, balki, shaxsning mavjudligini bildidrishga intilishi"[3, 24-b] degan tavsifni keltiradi. Shu bilan bir qatorda ta'lim oluvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda quyidagi argumentlar muhim ekanligini belgilaydi:

Bosqich Jarayon

Qiziqish bildidirish Ta'lim oluvchilarda qiziqishning mavjudligi ularni bilishga, ma'lumot to'plashga undaydi.

Tahlil qilish Tanqidiy fikrlashga kirishayotgan o'quvchi murakkab ma'lumotlarni tushunishga, bosqichma-bosqich izohlashga harakat qiladi.

Mulohaza yuritish Muammo xususida o'z qarashlarini qabul qila olishga erishish.

Ob'ektivlik Tanqidiy fikrlashda xolislikka amal qilish, pozitiv yondashishga harakat qilish, kamchilik izlashdan uzoqlashish.

O'ziga ishonish Muammo yuzasida o'z fikrini bildirishda aniq dalillarga tayanish, shoshilinch va asossiz qarorlardan voz kechish.

Baholash O'z fikrlari va qarorlarini mujassamlashtirgan holda yakuniy qaror va bahoni bildirish.

Muloqot Tanqidiy fikrlash natijalarini amalga oshirish. Shaxslararo muloqotda o'z fikrlarini bildirish.

Yuqorida ko'rsatilgan argumentlar o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning asosini tashkil etadi.

Xorijlik mutaxassis Edward M. Glaserning ilmiy tadqiqotlarida: "Tanqidiy tafakkur -mavjud faktlar, kuzatishlar va dalillarni oqilona, xolis tahlil va baholash" deya e'tirof etiladi[4].

O'quvchilarning tanqidiy fikrlash jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Shuning uchun ham o'quvchilarga mashg'ulotlarda muayyan muammo, tarixiy voqea, real xodisalar yuzasidan taqdim etiladigan savollar oddiydan murakkkablashib boradi. O'quvchilar oddiy savollarda nisbatan kamroq faollikni egallasalar, murakkab savollarda o'z-o'zidan diqqatni jamlash, xotirani tiklash, o'zining ijodiy qobiliyatidan foydalanish kabi psixologik jarayonlarga chuqurroq murojaat qiladilar.

Yoshlarni turli "ommaviy madaniyat" hurujlaridan himoya qilishning asosiy omili - ularda bo'layotgan voqea-hodisalarga o'z munosabatini bildirish, tahlil qilish, tanqidiy fikr yuritishni rivojlantirishdan iborat. O'quvchi-yoshlarda jamiyat hayotiga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish, ro'y berayotgan hodisalarga nisbatan daxldorlik hissini kuchaytirish, milliy

madaniyatimizga tajavvuz qilayotgan kuchlarga nisbatan murosasiz bo'lish uchun qalb va ruh osoyishtaligi, o'z nuqtai nazari, milliy g'urur tuyg'usiga ega bo'lish alohida ahamiyat kasb etadi.

Yuqoridagi omillarga tayangan holda o'quvchi-yoshlarni milliy qahramonlarning tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish, atrof-muhitni ko'lamzorlashtirish, inson salomatligi masalalarida olib borgan faoliyatlari bilan o'quvchilarni yaqindan tanishtirib borish nazarda tutiladi. Ajdodlarimizning tabiatni muhofaza qilishga bo'lgan e'tibori, tuproq, suv, havoni toza saqlashgi intilish, o'simlik va hayvonot olamini parvarishlash, ko'kalamzorlashtirish, odamlar salomatligini, sog'lom turmush tarzini shakllantirishga bo'lgan harakatlari madaniy tariximizda milliy qadriyat sifatida necha asrlardan beri e'zozlanib kelinmoqda.

REFERENCES

1. Pedagogika: ensiklopediya. III jild. Jamoa // Toshkent: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. - 424 b

2. U.G.Samner. "Narodnbie obbichai". Folkways. Boston, 1906.

3. Paul Richard W. Critical Thinking: What Every Person Needs to Survive in a Rapidly Changing World. Rohnert Park, CA: Center for Critical Thinking and Moral Critique, Sonoma State Univ., 1990.

4. Edward M. Glaser. An Experiment in the Development of Critical Thinking. Columbia University, 1941.

5. Pedagogika: ensiklopediya. II jild / tuzuvchilar: jamoa. - Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2015. - 376 b.

6. Temur Amir. Temur tuzuklari. - Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. - 184 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.