Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHISI KREATIV KOMPETENTLIGINI OSHIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING
PEDAGOGIK TALABLARI
Dilorom Namozova Tursunovna
Farg'ona davlat universiteti tadqiqotchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada bo 'lajak musiqa o 'qituvchisini kreativ kompetentligini takomillashtirish bo'yicha pedagogik talablar hozirgi kunda dolzarbligini yo 'qotmadi. Zamonaviy pedagogik ta 'lim tizimining maqsadi, yangi toifaga mansub bo'lgan musiqa o'qituvchisining umumiy va kasb kamolotiga erishish, kasbiy bilimlarini takomillashtirib borishi ko 'zda tutilgan.
Kalit so'zlar: kompetentsiya, kreativ, izchil, samaralilik, loqaydlik, mehnatsevarlik, mas 'uliyatlilik, faollik, loyihalashtirish.
АННОТАЦИЯ
В статье педагогические требования к совершенствованию творческой компетентности будущего учителя музыки не потеряли своей актуальности и сегодня. Целью современной системы педагогического образования является достижение общей и профессиональной зрелости новой категории учителя музыки, совершенствование его профессиональных знаний.
Ключевые слова: компетентность, креативность, последовательность, работоспособность, неравнодушие, исполнительность, ответственность, активность, планирование.
ABSTRACT
In the article, the pedagogical requirements for improving the creative competence of the future music teacher have not lost their relevance today. The goal of the modern pedagogical education system is to achieve the general and professional maturity of a new category of music teacher, to improve his professional knowledge.
Keywords: competence, creative, consistent, efficiency, indifference, diligence, responsibility, activity, planning.
KIRISH
"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi 02.02.2022 yildagi PQ-112-son qarorida belgilangan 2022/2023 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularning qalbida
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi" va shunga o'xshash musiqa san'atini rivojlantirish maqsadida bir qator qarorlar qabul qilingani buning yaqqol tasdig'idir[1]. Aynan ana shu qaror va murojatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda bo'lajak musiqa o'qituvchilarining kreativ kompetentligini takomillashtirishdagi ilmiy izlanishlar samarasi kadrlar tayyorlash masalasi e'tiboriga molikdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT USLUBLARI
Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil etar ekanmiz, pedagog olim N.A. Muslimov boshchiligidagi tadqiqotchilar pedagogik kompetentlik va pedagogik kreativlik asoslari, hamda bo'lajak professional o'qituvchilarning kasbiy professionalligini shakllantirish va oshirish bo'yicha qator izlanishlar olib borganlar[2]. N.A. Muslimov o'z tadqiqotlarida pedagogik kompetentlik va pedagogik kreativlikning tuzilishi va mazmuni, uning o'ziga xos jixatlari, pedagogik kreativlik potentsiali va uning darajasini aniqlash mezonlari masalalarini yoritib bergan.
Tadqiqotlarda alohida e'tibor pedagog va talabalarda kompetentlik va kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan hamda talabalarda tanqidiy , o'zini-o'zi (motivatsion, intellektual, amaliy - faoliyatli, faol kommunikativ va jamoaviy ish) kompetentsiyalarini rivojlantirish yo'llari hamda kreativ fikrlashni shakllantirish uslularini ko'rsagan [3].
Pedagog olima O. Musurmonova ta'lim-tarbiya nazariyasiga bog'liq o'z darsligida[4] pedagogik kompetentlik masalalari, ayniqsa o'qituvchilarning fanlar bo'yicha kompetentlikka ega bo'lishligini aloxida ko'rsatib o'tgan. Darslikda kasbiy kompetentsiyalar, pedagogning kasbiy kompetentsiyalari, fanlar bo'yicha ayniqsa umumiy fanlar bo'yicha maxsus kompetentsiyalar, ularning tasnif va ta'riflari, ularni ta'lim ishtirokchilarida shakllantirish bosqichlari va pedagog kasbiy kompetentligi yo'nalishlarini asoslab berlgan.
Pedagog tadqiqotchi A.I. Avazboev o'z tadqiqotida [6] talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo'llari, kreativlik sifatlariga ega bo'lishlari uchun o'quv va tarbiya jarayonida yangi g'oyalarini yaratish haqidagi fikrlarini keltirgan. Muallif kreativlik bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar va kreativlik nazariyachilarining, ayniqsa Pedagog olima G.N. Ibragimova talabalarda kreativ kompetentsiyalarni rivojlantirishda interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalarini qo'llashga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqqan[7].
Tadqiqotchi S.Sh. Akbarova ilmiy maqolasida globallashuv jarayonida kreativ kompetentsiyalar va ularni mustaqil ta'limga qo'llash yo'llari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek talabalar kreativ kompetentsiyalarga ega bo'lishlari uchun
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
ulardan ta'lim - tarbiya jarayonida an'anaviy yondashuvlardan farqli yangi g'oyalar haqida fikrlash, o'ziga xoslik, tashabbuskorlik talab etilishi haqida fikr yuritgan. Ta'lim oluvchilardagi kreativlik qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonlarini ko'rsatib o'tgan[8].
Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur ishda bo'lajak musiqa o'qituvchisini kreativ kompetentligini takomillashtirish modellari ishlab chiqildi. Tadqiqot davomida bo'lajak musiqa o'qituvchisi kasbiy bilimlarini oshirish o'z ustida ishlash va o'z-o'zini baholash hamda kasbiy bilimlarini takomillashtirib borish usul va vositalaridan foydalanildi.
OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI
Bo'lajak musiqa madaniyati o'qituvchisining kreativ kompetentligini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayoni mazmunida pedagogik mahorat o'ta muhim bo'lib u o'z ichiga musiqiy pedagogik ijodkorlikni, o'quv tarbiyaviy vazyatlar va muammolarni yechishga qobiliyatli bo'lishi, pedagogik texnologiya hamda innovatsion talimda kasby kompetentllik va kreativlik haqida tushunchaga ega bo'lishi kabi sifatkarni shakllantirishni qamrab oladi.
Talabalar kreativ kompetentligini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonni tashkil etishda quyidagilarga alohida e'tibor qaratish zarur:
1) talabalar tomonidan ko'p savollar berilishini rag'batlantirish va bu odatni qo'llab-quvvatlash;
2) talabalarning mustaqilligini rag'batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
3) talabalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
4) talabalarning qiziqishlariga e'tibor qaratish.
Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to'sqinlik qiladi:
1) o'zini tavakkalchilikdan olib qochish;
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo'pollikka yo'l qo'yish;
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
4) boshqalarga tobe bo'lish;
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o'ylash.
Mutahassislik darslar orqali bo'lajak musiqa o'qituvchlarini kasbiy kompetentligini shakllantrish bilan birga ixtisoslik fanlarini o'rganishda o'quvchilar psixofiziologiyasini anglash xissini tarbiyalash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Jumladan, boshlang'ich sinf o'quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
usullari va vositalariga ta'sir qiluvchi muhim omillardan biri o'qituvchi-talabalar hamkorligi ekanligiga alohida e'tibor qaratish mutahasislik va ixtisoslik fanlarining dolzarb masalalaridan biri. Ma'lumki, ta'lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega bo'lib, o'qituvchi va talabalarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi o'qituvchi ta'lim jarayonining to'g'ri tashkil etish kerak va bu muhim pedagogik jarayonni o'z ichiga oladi.
Zamonaviy pedagogik ta'lim tizimining maqsadi, yangi toifaga mansub bo'lgan musiqa o'qituvchisining umumiy va kasb kamolotiga erishishdan iborat. Chunki , bilim dargohi musiqa rahbari oldiga uning kasb malakasiga va shaxsiy hislatlariga nisbatan yuqori talablar qo'ymoqda. Har qanday pedagogik kasbi murakkab va serqirra jarayondir, Shuning uchun bu kasb qaysi sohaga tegishli bo'lmasin, bo'lajak musiqa o'qituvchisi oldiga ko'pgina talablarni qo'yadi. Ta'lim - tarbiyaning barcha sohalarining maqsadi barkamol shaxs tarbiyalashdir. Lekin bu borada ta'lim muassasalarida estetik turkumga kirvchi fanlar - musiqa, tasviriy va amaliy san'at, adabiyot va ularning o'zaro aloqadorligi asosiy rolni o'ynaydi. Jumladan, ta'lim muassasalarida musiqa mashg'ulotlari, musiqa o'qituvchilari ham maxsus bilimlar, ko'nikma va malakalar, pedagogik qobiliyat hamda pedagogik mahoratga ega bo'lishlari lozim. Ma'lumki, musiqa mashg'ulotlari to'rtta musiqiy jarayonni o'z ichiga oladi:
O'qituvchi dars jarayonida faol ishtirok etadi. Talabalarga ta'lim va tarbiya berish, o'quv-metodik ishlarni olib borish, tashkiliy ishlarda ishtirok etish, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish o'qituvchi faoliyatining asosiy tomonlari hisoblanadi. Talabalarga bilim berish pedagog faoliyatida muhim o'rinni egallaydi. Zamon talabiga mos keladigan bilim tizimini talabaga yetkazish, bilim olishga ularni qiziqtirish, bilimlarni o'zlashtirishda talabaning faolligiga erishish hozirgi kundagi mutahassislik va xtisoslik fanlarining pedagogik jarayonida talab etilmoqda.
Musiqiy uquv jarayoni juda murakkabdir. Musiqiy bilimlarning cheki yo'q. Mutahassislik fanlarida talaba va o'qituvchining pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanib, ularga quyidagilarni o'z ichiga qamrab oladi:
- bo'lajak musiqa o'qituvchilarining dars davomida befarq bo'lmaslikka, ijodiy faoliyat orqali ixtisoslik fanini puxta o'zlashturushiga, ijod etish va izlanishga, mustaqil fikrlashga majbur etishi;
- talabalarni mutahassislik fanlari o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlashi;
- talabaning ixtisoslik fanlarida bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
- ustoz va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Mutaxassislik hamda ixtisoslik darslarida talabalar kreativ kompetentligini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonda o'qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnolgiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishi uchun balkim film, taraqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo'lar, bular pedagogik jarayonni tashkil etishga bog'liq.
O'qituvchi bilan bir qatorda o'qitish jarayoni oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonida o'qituvchi o'quv predmetining o'ziga xos tomonini, joy va sharoitini, talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoldiyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafotlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, talabani ta'limning markaziga olib chiqish kerak.
O'qituvchi tomonidan har bir mutahassislik darsni yaxlit holatda ko'ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o'qituvchiga u tomonidan bo'lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o'qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, talabalarning imkoniyati va ehtiyojijan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o'qituvchi mutahasisslik fanlari qatori pedagogika, psixologiya, xususiy metodika va axborot texnologiyalardan xabardor bo'lishi zarur hsoblanadi. Har bir darsni rang-barang, qiziqarli bo'lishi avvaldan puxta o'ylab tuzilgan darsning loyixalashtirilgan texnologik xaritasiga bog'liq.
Darsning texnologik xaritasini qay ko'rinishda yoki shaklda tuzish, bu o'qituvchining tajribasi, qo'ygan maqsadi va ixtiyoriga bog'liq. Texnologik karta qanday tuzilgan bo'lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo'lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafotlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to'liq o'z ifodasini topgan bo'lishi kerak. Texnologik kartani tuzilishi o'qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday kartada dars jarayonining barcha qirralari o'z aksini topadi.
O'qituvchi tomonidan o'zi o'qitayotgan fanning har bir mavzusi, har bir dars mashg'uloti bo'yicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik karta unga fanni, predmetini yaxlit holda tasavvur etib yondoshishga, tushunishiga ( bir semestr, bir o'quv yili bo'yicha), yaxlit o'quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erishiladigan natijasiga ko'ra olishiga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik kartani talabaning imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi uni shaxs sifatida
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
ta'limning markaziga olib chiqishiga o'qitishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
O'qitish jarayonida talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo'llanilishi ularni ijrochilik mahoratlarini oshishiga, mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, ma'suliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, mutahassislik fanlari va ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga; eng asosiysi, o'qishga, fanga, pedagogika va o'zi tanlagan kasbiga bo'lgan qiziqishlarni kuchaytiradi.
Kasbiy faoliyatda bunday natijaga erishish amaliyotda o'quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo'llashni ham taqazo etadi. Biz ulardan ba'zilari haqida to'xtalib o'tamiz. "Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash" o'quv qo'llanmamisda atroflicha tushuncha beramiz. Ushbu o'quv qo'llanmada keltirilgan zamonaviy metodlar, yoki o'qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar talabalarda ixtisoslik, ijro mahoratini rvojlantirish, mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, kognitiv, komunikativ mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo'lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo'lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Bu jarayonga talabaning hayotiy tajribasi, mavjud bilimlari, bayon etilayotgan bilimlar tizimiga, fanga o'qishga munosabati ta'sir etadi. Bu sohada talabalarning imkoniyati bir xil bo'lmaydi. Keng bilimga, boy hayotiy tajribaga ega, o'qish ko'nikmalarini o'zlashtirgan talabalar o'qishda muvaffaqiyat bilan ishlaydi. Bilimlarni o'zlashtirishga talabaning avval o'zlashtirgan ta'limiy ko'nikma va malakalari ta'sir etadi. Psixologlarning ko'rsatishicha bilimlarni o'zlashtirish, bu yangi qabul etilayotgan informatsiyani talabada avval mavjud bo'lgan informatsiyalar tizimiga kiritishdir. Talabada bilimlar qanchalik keng bo'lsa, yangi informatsiyani qabul etishi oson bo'ladi.
Yana shunga e'tibor berish kerakki, o'qituvchi talabadagi yangi o'rganilayotgan mavzuga oid malumotlarni tiklashi, mavzuni o'zlashtirishi uchun asos hosil qilishi zarur. Ayniqsa, yangi mavzuni boshlaganda talabalarni qiziqtiradigan savol qo'yilishi, muammoli vaziyatlar yaratilishi qiziqishni kuchaytiradi. O'qituvchi talabaga ta'lim berishda maksimal foyda keltiradigan ish usullarini qo'llashi kerak.
Psixologik nuqtai nazardan qaraganda talabaning bilish jarayoni sezish, idrok, xotira, tafakkur va hayolni o'z ichiga oladi. Sezish va idrok bilimning dastlabki, eng oddiy bosqichi hisoblanadi. Sezishda tashqi dunyo ta'surotlarining xususiyatlari bosh miyada alohida, alohida aks ettiriladi. Idrokda shu taassurotning yaxlit obrazi bosh miyada hosil bo'ladi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Idrok sezgiga nisbatan murakkab aks ettirish bosqichi bo'lib, unda odamning yoshi, bilimi, hayotiy tajribasi, nutqi, idrok ob'ektiga munosabati, ruhiy holati va boshqalar ta'sir etadi. Sezgi va idrok asosida odamning ichki dunyosi shakllanib boradi.
Xotira shu sezilgan va idrok etilgan ta'surotlarni bosh miyada saqlab qolishini ta'minlaydi. Tashqi dunyo ta'surotlarini inson ongiga o'rnashishi, saqlanishi va keyinchalik qayta tiklanishi xotira hisoblanadi. Xotiraning har bir bosqichiga ta'lim jarayonida katta e'tibor berish kerak. Asosiy e'tiborni esda olib qolish bosqichiga qaratish foydalidir. Chunki , yaxshi esda olib qolingan ta'surot esda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Masalan: har bir shaxs hayotida muhim sanalarni-tug'ilgan kunlar, maktabga birinchi borilgan kun, farzand tug'ilishi, mukofot olish va boshqalar doimo aniq eslanadi. Chunki , bunday tantanali (ayrim qayg'uli kunlar) inson shaxsiga kuchli ta'sir etadi va xotiraga qattiq o'rnashib qoladi.
Xotiraning bu xususiyatidan ta'lim jarayonida foydalanish kerak. O'quvchiga yetkazilayotgan materialning hayotiy, ilmiy ahamiyati tushuntirilishi, muammoli vaziyatlar yaratilishi, materialni ta'sirchan usullaridan foydalanib o'tilishiga e'tibor berish zarur.
Uzoq vaqt ta'lim jarayonida xotiraga asoslanib bilim berib kelindi.Bunday o'qitishni an'anaviy o'qitish deyilmoqda.
Xulosa
Bo'lajak musiqa o'qituvchisining kreativ kompetentligini oshirish texnologiyalarini didaktik maqsadlar bo'yicha takomillashtirishda dialogik, polidogik va boshqa samarali pedagogik metodlarni texnologik ta'lim jarayonida qo'llash orqali o'qitish metodikasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O'quv dasturlari mazmunini boyitishga xizmat qiladigan namunaviy mavzular ro'yxati 1-jadvalda keltirib o'tilgan (1-jadvalga qarang).
1-jadval
Bo'lajak musiqa o'qituvchisining kreativ kompetentligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirishga yo'naltirilgan fanlar dasturining taqvim-
mavzu rejasiga taklif etilayotgan mavzular
№ Fan nomi Taklif etilgan mavzular nomi Qisqacha tavsifi
1. Kreativ musiqiy pedagogika Mustaqil ta'limda badiiy-estetik bilim va kreativ ko'nikmalarni rivojlantirish Ana'ana va marosimlar, urf-odat va ma'naviy qadriyatlar ularning badiiy-estetik ongi va tafakkuriga ta'sir etib, qaysi sohada bo'lmasin ijodiy
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
faoliyatga chorlab, voqelikka zavqiy munosabatni shakllantiradi va rivojlantiradi
2. Musiqa ta'limida san'atning nazariy asoslari Musiqa ta'limida san'atning kreativ, noan'anaviy va uning zamonaviy konsepsiyasi Milliy-madaniy qadriyatlar negizida muayyan hududda yashayotgan bir qator millat va elatlar jamiyat va mamlakatning umumiy badiiy-estetik qarashlarini, milliy va umumbashariy ma'naviy-estetik qadriyatlarni yaratishda birlashadilar
3. Musiqiy madaniyatni rivojlantirish asoslari Musiqiy madaniyatini rivojlantirish tizimini takomillashtirish asosida bo'lajak o'qituvchilarni kreativ kompetentligini shakllantirish Musiqiy madaniyatini rivojlantirish tizimini takomillashtirish asosida shaxs va jamiyat estetik munosabatlarini yuksaltirishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar, yangi O'zbekisiton strategiyasini amalga oshirishga qodir ijodkor insonni tarbiyalash
4. Milliy-madaniy qadriyatlar asoslari Umumiy badiiy-estetik qarashlarini, milliy va umumbashariy ma'naviy-estetik qadriyatlarni yaratish Ma'naviy qadriyatlar ularning badiiy-estetik ongi va tafakkuriga ta'sir etib, qaysi sohada bo'lmasin ijodiy faoliyatga chorlab, rivojlantirish
Zamonaviy pedagogik ta'lim tizimining maqsadi, yangi toifaga mansub bo'lgan musiqa o'qituvchisining umumiy va kasb kamolotiga erishishdan iborat. Chunki , bilim dargohi musiqa rahbari oldiga uning kasb malakasiga va shaxsiy hislatlariga nisbatan yuqori talablar qo'ymoqda. Har qanday pedagogik kasbi murakkab va serqirra jarayondir, Shuning uchun bu kasb qaysi sohaga tegishli bo'lmasin, bo'lajak musiqa o'qituvchisi oldiga ko'pgina talablarni qo'yadi. Ta'lim - tarbiyaning barcha sohalarining maqsadi barkamol shaxs tarbiyalashdir. Lekin bu borada ta'lim muassasalarida estetik turkumga kirvchi fanlar - musiqa, tasviriy va amaliy san'at, adabiyot va ularning o'zaro aloqadorligi asosiy rolni o'ynaydi. Jumladan, ta'lim muassasalarida musiqa mashg'ulotlari, musiqa o'qituvchilari ham maxsus bilimlar, ko'nikma va malakalar, pedagogik qobiliyat hamda pedagogik mahoratga ega bo'lishlari lozim. Ma'lumki, musiqa mashg'ulotlari to'rtta musiqiy jarayonni o'z ichiga oladi:
Musiqa ta'limida san'atning nazariy asoslarini chuqur o'rgatish va bu orqali san'atning ijtimoiy ahamiyati va u bilan bog'liq jarayonlarni tushuntirish, badiiy-estetik ta'sir samaradorligini, ijtimoiy ahamiyatini ko'rsatib berish va ilmiy asosda aniqlab olish zarur. Bularga, birinchidan, mavjud voqelikning badiiy in'ikos obyekti va predmetiga aylangan narsa-hodisalari; ikkinchidan, bevosita badiiy ijodkor kishilar guruhi, shuningdek, san'at qadriyatlarini yaratadigan va tarqatadigan muassasa va birlashmalar taalluqlidir. Uchinchi komponentni yaratilgan va ijtimoiy-estetik
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
munosabatlar tizimidan o'rin olgan qadriyatlar majmui, to'rtinchisini esa san'at, adabiyot, badiiy va adabiy tanqid ta'sirida shakllangan san'at ixlosmandlari tashkil etadi. Bu qatlamlarning istaklari, san'atni qabul qilish dunyoqarashi, ular talab qilayotgan asarlar xususiyati, umuman olganda ular orqali ijtimoiy muhitning talab va ehtiyojlarini anglashi va buni o'z o'quvchilariga tushuntirib bera olish ko'nikmalariga ega bo'lishi talab etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (RERERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi 02.02.2022 yildagi PQ-112-son qarori.
2. Muslimov N.A., va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi/ Monografiya. - T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2013.
3. Muslimov N.A va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. O'quv metodik qo'llanma. - T.: "Sano-standart", 120 - .2015 b.
4. Umumiy pedagogika. Qism 1: darslik / O.Musurmonova [va boshq.]. -Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. - 376 b.
5. Avazboev A. I., Pardaboev J. E. Talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo'llari //Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan). - 8 .№
6. Ibragimova G. N. Oliy ta'lim tizimida interfaol texnologiyalar vositasida talabalardagi ijodiy fikrlashni rivojlantirish //Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan). - 4 .№ - .2017.
7. Акбарова, С. (2022). Основы развития креативных компетентсий студентов в протсессе самостоятельного обучения. Экономика и образование, 23(2), 311— 316. извлечено от хттпс://седр .тсуе.уз/индех.пхп/жоурнал/артисле/вие^^473
8. Кадырова, М. Т. Компетентлик ёндашуви назарияси ва унинг педагогик мазмунига доир карашлар // Молодой ученый. — 2020. — № 43 (333). — С. 343-345. — УРЛ: хттпс://молуч.ру/арчиве/333/74450/ (дата обращения: 18.11.2021).
9. O'zbekiston respublikasi musiqa madaniyati milliy o'quv dasturi. T. 2022 yil.
10. Abduvali o'g'li, A. A. (2023). XX ASR MUSIQA SAN'ATI RIVOJINING BA'ZI XUSUSIYATLARI. Gospodarka i Innowacje, 35, 729-734.
11. Абдусатторов, А. А. У. (2023). УРТА ОСИЁ ХАЛ^ ЧОЛГУ ОРКЕСТРЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШ БОС^ИЧЛАРИ. Science and innovation, 2(Special Issue 5), 521-526.
.2018.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
12. Бурбонов, Р. М., Алиев, С., Габриэлян, С., & Гиенко, Б. УРТА ОСИЁ ХАЛК ЧОЛГУ ОРКЕСТРЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШ БОСКИЧЛАРИ Абдусатторов Абдужалил Абдували yFли.
13. Abdusattorov, A. (2023). MUSIQA DARSLARI JARAYONIDA KOMPYUTER TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI. Наука и инновация, 1(9), 8-12.
14. Abdusattorov, A. (2023). TORLI KVARTET UCHUN ASARLAR YARATISHNING METODOLOGIK BOSQICHLARI. Наука и инновация, 1(9), 47.
15. Абдисатторов, А. А. У. (2022). БАСТАКОРЛИК ИЖОДИДА МУСИКА ФОЛЬКЛОРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 602-605.
16. Abdusattorov, A. (2020). About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.
17. Adiljanovna, A. M., Nurullaevna, N. M., Abdumalikovna, Y. D., Sharobidinovich, M. J., Abdujalil Abduvalio'g'li, A., & Behzod Asqaralio'g'li, T. (2021). Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heritage. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 9092-9100.