Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
KOMPETENTLI YONDASHUV TALABALARNING PROFESSIONAL TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH OMILI
Quliyeva Shahnoza Halimovna
Buxoro davlat universiteti dotsenti
Nasriyeva Dilfuza Qodirovna Romitan tuman 2-son kasb hunar maktabi
ANNOTATSIYA
Maqolada kompetentli yondashuv talabalarning professional tayyorgarligini rivojlantirish omili batafsil berilgan bo 'lib, oliy ta 'limda talabalarning professional tayyorgariligida kompetentli yondashuv muhimligi keltirilgan.
Kalit so'zlar: bilim, ko'nikma, professional ta'lim, tahlil, modul, kompetentlik.
АННОТАЦИЯ
В статье подробно рассмотрен компетентный подход как фактор развития профессиональной подготовки студентов, а также представлена значимость компетентного подхода в профессиональной подготовке студентов высшей школы.
Ключевые слова: знания, навыки, профессиональное образование, анализ, модуль, компетентность.
ABSTRACT
The article examines in detail the competent approach as a factor in the development ofprofessional training of students, and also presents the importance of the competent approach in the professional training of higher school students.
Key words: knowledge, skills, professional education, analysis, module, competence.
KIRISH
Bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik jihatlari an'anaviy oliy ta'limda uning maqsadlari bitiruvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar majmuasi bilan aniqlanadi. Bugungi kunda bunday yondashuv yetarli bo'lmay qoldi. Zamonaviy jamiyatga ya'ni hayotga kirisha oladigan, paydo bo'lgan har qanday hayotiy va kasbiy muammolarni amaliy hal eta oladigan mutaxassislar zarur. Bu esa, o'z navbatida, olingan bilim, ko'nikma va malakalarga hamda «kompetensiya», «kompetentlik» tushunchalari orqali izohlanuvchi, ta'limning zamonaviy maqsadlarini tushunishga ko'proq mos keladigan qandaydir qo'shimcha sifatlarga bog'liq bo'lib, ularni pedagogik amaliyotga kiritish esa, ta'lim mazmuni va usullarini o'zgartirishni, ta'lim oluvchilar ta'lim yakuniga
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
qadar va alohida predmetlarni o'rganishda egallashi lozim bo'lgan faoliyat turlarini aniqlashni talab etadi.
Jamiyat talablarini qondirish hozirgi zamon o'qituvchisidan yuqori madaniyat, chuqur ma'naviyat, Vatan uchun javobgarlik hissi, mas'uliyatlilik, chuqur bilimga ega bo'lishi, o'z o'quvchilarining ijodiy potensialini rivojlantirishga pedagogik qiziqishi, innovatsion faoliyatga, o'z ustida ishlashga, kasbiy faollikka qobiliyatlilik va shu kabi boshqa bir qator sifatlarni talab etadi. Shu sababli, komil shaxsni tarbiyalash masalasi bilan bir qatorda yana bir asosiy masala, ya'ni mutaxassisning kasbiy kompetentligini shakllantirish masalasi bugungi kunda o'ta muhim hisoblanadi. Mutaxassisning kompetensiyalarga ega, ya'ni faoliyatning qaysi usulini egallashi, nimalarni bajara olishi, nimalarga tayyorligini aniqlash - kompetentli yondashuv deyiladi. Oliy ta'lim muassasasi bitiruvchilarini tayyorlash sifatini boshqarishning konseptual muhim usullaridan biri kasbiy ta'lim mazmunini modernizatsiyalashda kompetentli yondashuvni amalga oshirishdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Erkin va faol fikrlash, ta'lim-tarbiya jarayonini modellashtirish, ta'lim berish va tarbiyalashning yangi g'oya va texnologiyalarini ishlib chiqish va amalga oshirish qobiliyatlariga ega bo'lgan bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentlik darajasini oshirish muammosi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dolzarb hisoblanadi.
Kasbiy kompetentli o'qituvchi birinchidan, o'quv-tarbiya jarayonida ijodkor ta'lim oluvchilarni shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ikkinchidan, o'z kasbiy faoliyatida ijobiy natijalarga erisha oladi va uchinchidan, shaxsiy kasbiy imkoniyatlarini amalga oshira oladi.
Oliy ta'lim tizimiga kompetentli yondashuvning joriy etilishi ta'lim maqsadi, mazmuni, o'qitish shakli, o'qitish usullari, pedagogik texnologiyalari, nazorat usullarini hamda ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi munosabatlarida jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. Jumladan, «bilimli» yondashuvida ta'lim maqsadi ta'lim oluvchidan har bir fandan alohida bilim, malaka va ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltiradigan bo'lsa, «kompetentli» yondashuvda ta'lim oluvchida fanlar bo'yicha integrallashgan bilim, malaka va ko'nikmalarni shakllantirishga qaratiladi. Shunga ko'ra, oliy ta'lim muassasalarida ta'limni tashkil etishning mavjud shakllari bo'lgan ma'ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg'ulotlarini mazmun jihatidan o'zgartirish nazarda tutiladi. Ma'ruza darslarining muammoli ta'lim shaklida, seminar darslarni kreativ tafakkurni va amaliy mashg'ulotlarda tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo'lishligi maqsadga muvofiq. Mustaqil ishlarni tashkil etishda individuallikka ahamiyat qaratish va ular hajmi jihatidan ko'proqni tashkil qilishi kerak.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Kompetentlikka yo'naltirilgan yondashuv ta'limda qo'llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning ham o'zgartirilishini taqozo etadi. Bilimlarni berishda kreativ pedagogik texnologiyaga o'tish talab etiladi. Kreativ pedagogik texnologiyada o'qituvchi tomonidan taqdim etilayotgan turli individual topshiriqlar ijodiy faoliyatga qaratilgan bo'lishi va ta'lim oluvchilarda har bir topshiriqni bajarishga ijodiy yondashuvni talab qilsin. Bu texnologiya o'qituvchi o'z o'quv fani yuzasidan doimiy ijodiy izlanishga, ta'lim oluvchini esa, topshiriqlarni bajarishda faqat o'z bilim va ko'nikmalariga tayanish kerakligini o'rgatadi.
Ta'lim mazmuni, shakli, pedagogik texnologiyalarning o'zgarishlari usullarini takomillashtirish kerakligini ham taqozo etadi. Jumladan, «bilimli» yondashuv tizimida ta'lim oluvchini har bir fandan olgan bilim, malaka va ko'nikmalari nazorat qilinib, umumiy reyting bali o'zlashtirish ko'rsatkichi sifatida qo'llaniladi. Ta'lim oluvchining kompetentli darajasini aniqlashga qaratilgan «kompetentli» yondashuvda, eng avvalo kompetentlikni aniqlash talab etilib, bu integrallashgan bilim, ko'nikma va malakalarni aniqlash deganidir.
Ta'limda kompetentli yondashuvni amalga oshirishning yetakchi g'oyasi shundan iboratki, bitiruvchilarda kompetensiyalar majmuasini shakllantirish ular egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar majmuasi bilan aniqlanuvchi oliy ta'lim muassasasiga an'anaviy bo'lgan maqsadga to'laqonli mos kelmaydi. Bu yondashuv L.S. Grebnev, N.M. Rozina, S.A. Smirnova, A. Zimnyaya, N.V. Kuzmina, T.D. Makarova, Dj. Raven, N.A. Selezneva, Yu.G. Tatur, G. Xutmaxer, A.V. Xutorskiy, N.A. Muslimov va boshqalarning tadqiqotlarida o'z aksini topgan .
Oliy ta'lim muassasasi bitiruvchisi tayyorgarligi sifatini tahlil qilish uchun kompetentlik bilan bog'liq mezonni tanlash shu bilan shartlashilganki, oliy ta'lim muassasasi uzoq mehnat faoliyati jarayonida amalga oshiriladigan kasbiylashtirishni emas, balki bitiruvchining kasbiy tayyorgarligi va kompetentligini ta'minlashi mumkin.
Demak, kompetensiya ta'lim oluvchining ta'limiy (yoki kasbiy) tayyorgarligiga oldindan qo'yilgan talablarga qaysidir darajada uzoqlikni nazarda tutsa, kompetentlik esa, tayyor bo'lgan shaxsiy sifatlarni nazarda tutar ekan.
Ushbu muammoni tadqiq qilishda, birinchi navbatda kasbiy kompetentlik nima ekanligini, uning tuzilmasi va shakllanish sharoitlarini aniqlash zarur.
Psixologik-pedagogik adabiyotlar va boshqa manbalar tahlili "kasbiy kompetentlik" tushunchasi ta'rifiga bir necha yondashuvlar mavjudligini ko'rsatdi. Masalan, xorijiy tadqiqotchilar tomonidan bu tushuncha ko'pincha "chuqurlashtirilgan bilim", "harakatlarning samaradorligi" kabilar sifatida talqin etilgan. Bizning nuqtai nazarimizcha esa, mutaxassis kompetentligi kasbiy faoliyat
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
davomida orttirilgan ijtimoiy-ahamiyatli va shaxsiy-ahamiyatli kompetensiyalar tizimidan iborat. Agar, o'qituvchining kasbiy kompetensiyasi haqida so'z yuritilsa, u holda bu tushuncha mazmuniga pedagogik masalalarni mustaqil va yetarlicha samarali hal etish imkonini beruvchi o'qituvchi, tarbiyachi, pedagogning shaxsiy imkoniyatlari kiritiladi. U yoki bu pedagogik masalalarni hal etish uchun pedagogik nazariya va uning qoidalarini amalda qo'llay olish ko'nikmasi va tayyorgarlik zarur. Shu bilan birga yana o'qituvchining kasbiy kompetentligi uning mehnatida pedagogik faoliyat va pedagogik muloqotning turli tomondan shakllanganligidir.
Turli davrlarda va turli mualliflarda turli xil ta'riflar uchraydi va ular quyidagilardan iborat: ma'lum mehnat faoliyati vazifalarini bajarish ko'nikmasi va qobiliyatiga egalik, psixik holat, ta'lim olish va umummadaniyat darajasi, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga amaliy tayyorgarlik va nazariyaning birligi. Bular esa, kasbiy kompetentlikni pedagog shaxsining psixologik pedagogik va fan sohasida bilimlarga egaligini, kasbiy ko'nikma va malakalari, shaxsiy tajribasini tavsiflovchi integrallashgan shaxsiy xususiyati sifatida aniqlashga imkon beradi. Shu bilan birga pedagog o'z faoliyati istiqbolini maqsad qilgan, bilimlarini boyitishga intiluvchan, o'ziga ishongan va kasbiy natijalarga erishish qobiliyatiga ega bo'lishi zarur.
Ba'zi bir tadqiqotchilar pedagogning kompetentligi tashkilotchilik, javobgarlik, mehnatsevarlik, maqsadga erishish, o'ziga ishonish kabi shaxsiy sifatlarini o'z ichiga oladi - deb hisoblasa, boshqa birlari esa, kompetentlik tuzilmasiga motivatsion-qadriyatli sohani ham kiritish zarur, chunki bu soha bilimlarga egalik darajasini aniqlaydi - deb hisoblaydi. Shunday qilib, kompetentlikning qayd etilgan tashkil etuvchilari insonning kasbiy faoliyatida, kasbiy muloqotida, o'z kasbining ustasi sifatida shakllanib yetishganligini anglatadi.
Bo'lajak mutaxassis kasbiy kompetentligining shakllanishi nafaqat o'quv predmetlari ro'yxati, balki, fanni o'zlashtirish jarayonida shakllanadigan kasbiy ko'nikma va bilimlar, shuningdek, talabaning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotdagi faol o'rnidan iborat ta'lim mazmuni orqali amalga oshiriladi. Buning barchasi majmuaviy holda, bo'lajak pedagog shaxsini shunday tarbiyalaydiki, u o'z-o'zini rivojlantirish va o'z komilligi ustida ishlay olish usullariga ega bo'ladi, bu esa, o'z vaqtida pedagogga «inson-inson» tizimida kasb ustasi -sub'yekti sifatida samarali faoliyatni ta'minlaydi. Bugungi kun talablariga javob bera oladigan, zaruriy sifatlar, bilim va ko'nikmalarga ega kompetentli mutaxassisni tayyorlash ilmiy asoslangan mos o'qitish tizimini yaratmasdan mumkin emas. Mutaxassisning kompetentligini ta'riflashga turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, N.F. Talizinaning nuqtai nazaricha, u uchta asosiy tarkibiy qismlarga (sifatlar, bilimlar, ko'nikmalar) mos kelishi kerak.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Ularga quyidagilar kiradi:
Sifatlar: ishga munosabatni ifodalovchi, mehnatsevarlik, e'tiborlilik, ijodiy yondashuv; hatti-harakat va faoliyatning umumiy maromini tavsiflovchi, ijrochilik, mustaqillik, so'ziga sodiqlik, obro'lilik, faollik va shijoatlilik.
Aqliy qobiliyatlar: egiluvchanlik, zukkolik, uzoqni ko'ra bilishlik;
Ma'muriy-tashkiliy: ish muhitini yaratish ko'nikmasi, insonlarga rahbarlik qilish ko'nikmasi, jamoani himoya qilish, insonlarni farqlay olish, ularni ishontira olish ko'nikmasi.
Insonlarga munosabatni tavsiflovchi: rostgo'ylik, tarbiyalilik;
O'ziga munosabatni tavsiflovchi: talabchanlik, kamtarlik, dadillik, mukammallik.
Bilimlar: o'z mutaxassisligi bo'yicha kasbiy, umummadaniyat, kasbiy faoliyat haqida ma'lumotlilik.
Ko'nikmalar: qo'yilgan masalalarni yechish, adabiyotlar bilan ishlash, faoliyatni rejalashtirish.
Bu ro'yxat faoliyat turiga qarab to'ldirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi bitiruvchisining quyidagi asosiy kompetensiyalari ajratiladi: o'quv-bilish, axborotli, kommunikativ; ijtimoiy-foydali, shaxsiy; o'z-o'zini takomillashtirish.
Bularning barchasi bitiruvchiga kasbiy bilim, ko'nikma va keyingi hayotda faoliyat usullari majmuasini ongli ravishda qo'llash imkonini beradi. Kompetentlik -insonning faoliyatli tavsifi, shuning uchun uning tasniflanishi eng avvalo, faoliyat tasnifiga mos bo'lishi kerak. Umumiy holda bular mehnat, o'quv, o'yin va kommunikativ kompetentliklar. Bularga yana quyidagilarni qo'shimcha qilish mumkin:
- kompetentlikni faoliyatning yo'naltirilgan ob'yekti bo'yicha tasniflash, u «inson-inson», «inson-texnika», «inson-badiiy obraz», «inson-tabiat», «inson-belgili tizim» sohalarida kompetentlikni beradi;
- kasblarning alohida sinflari va guruhlari sohasidagi kasbiy kompetentlik;
- aniq faoliyat (mutaxassislik) dagi predmetli kompetentlik.
Jamiyatning turli sohalarida esa quyidagi maxsus kompetentliklar ham talab etiladi: maishiy xizmat sohasida, san'at sohasida, sport sohasida va boshqalar. «Bilimlilik» tavsiflari ham kompetentlikka kiradi va ijtimoiy bilimlar sohasi (matematika, fizika, gumanitar fanlar, biologiya va boshqa fanlar sohasida kompetentlik), ishlab chiqarish sohalari (energetika, transport, aloqa, mudofaa, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalar) bo'yicha tasniflanadi.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Psixologik tavsif sifatida kompetentlik tushunchasi nafaqat kognitiv (bilimlar) va operatsion-texnologik (faoliyatli), balki motivatsion-etnik, ijtimoiy va axloqiy tashkil etuvchilami ham o'z ichiga oladi. Kompetentlikning asosi qobiliyatlardan iborat bo'lganligi uchun ularning har biri o'z kompetentligiga mos kelishi kerak. Qobiliyatlar eng umumiy ko'rinishlari bilan kompetensiyaning jismoniy madaniyatdagi, aqliy sohadagi, umumo'quv, amaliy, ijrochilik, ijodiylik, badiiy, texnik, shu bilan birga pedagogik-psixologik, ijtimoiy va boshqa ko'nikmalariga mos keladi.
Ijtimoiy rivojlanishi va maqomi pog'onalar bo'yicha kompetentlikni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- bolaning maktabga tayyorgarligi;
- bitiruvchining kompetentligi;
- yosh mutaxassisning kompetentligi;
- ish stajiga ega mutaxassisning kompetentligi.
Mutaxassisning kompetentlik modeli, bitiruvchi modeli emas, chunki kompetentlik, talaba ta'lim muassasasida ta'lim olishi davomida kerakli hajmda egallay olmaydigan muvaffaqiyatli faoliyat tajribasi bilan uzluksiz bog'liq. Darslarda talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishi, rolli, imitatsion o'yinlarni ijodiy mustaqil ishlarda, rejalarni ishlab chiqishda qo'llashni kengaytirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bo'lajak pedagog kompetentligining muhim qadriyatli-ma'noli komponentini shakllantirish zarur.
Talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning asosiy sharoitlari quyidagilardan iborat:
1) tashkiliy-boshqaruvchanlilik (o'quv reja, o'quv jarayoni grafigi, dars jadvalini tuzish, kompetentlik darajasini aniqlash mezonini ishlab chiqish, ta'lim jarayonini moddiy-texnik ta'minlash);
2) o'quv-uslubiy (mashg'ulotlar mazmunini tanlash, turli kurslarning integratsiyasi, yetakchi g'oyalarni ajratish);
3) texnologik (nazorat-baholash, o'qitishning faol shakllarini tashkil etish, kompetentlikka kiruvchi bilimlar guruhlarini aniqlash, innovatsion texnologiyalarni qo'llash);
4) psixologik-pedagogik (talabalarning rivojlanish tashxisini amalga oshirish, o'qitishga motivatsiyani rag'batlantirish, kompetentlikning mezonini aniqlash, talabalarni hamkorlikda ishlashga yo'llash).
Bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentligi tuzilmasi uning pedagogik ko'nikmalari orqali, ko'nikmalar (nazariy bilimlarga asoslangan va pedagogik
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
masalalami yechishga yo'naltirilgan bilimlar) esa, bosqichma-bosqich rivojlanuvchi harakatlar majmuasi orqali aniqlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):
1. K Shakhnoza, K Makhbuba Interactive technologies as a means to improve the efficiency and quality of the educational process. International Journal of Human Computing Studies 3 (2), 182-186.
2. Ш.Х. Кулиева, Х.Ю Хамроева, ЗД Расулова Учебный процесс как педагогическая система в процессе подготовки учителей профессионального обучения. Молодой ученый, 383-385.
3. Ш.Х. Кулиева Методологические основы системного подхода при подготовке учителей. The Way of Science 5, 39.
4. Ш.Х Кулиева, МН Каримова, МХ Давлаткулова Организация теоретических и практических занятий в процессе подготовки учителей профессионального образования на основе системного подхода. Молодой ученый, 804-807.
5. Ш.Х. Кулиева Подготовка учителей профессионального образования на основе системного подхода Наука и мир 2 (5), 70-72.
6. ШХ Кулиева Содержание эффективности и качества подготовки будущих учителей трудового образования Наука без границ, 67-69.
7. Ш.Х. Кулиева, М..Н Каримова Использование современных дидактических средств в обучении специальных предметов Педагогические науки, 84-88.
8. Ш Кулиева, К Холматова Булажак технологик таълим укитувчиларининг касбий-педагогик тайёргарлигини такомиллаштириш Общество и инновации 2 (5/S), 49-53.
9. Ш.Х,. Кулиева ТЕХНОЛОГИК ТАЪЛИМ УКИТУВЧИЛАРИНИ ТАЙЁРЛАШДА ТЕХНОЛОГИК МАДАНИЯТНИНГ УРНИ Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture 2 (5), 16-20.
10. Ш.Х. Кулиева Аксиологический подход в профессионально-педагогической подготовке будущего учителя Казанский педагогический журнал, 48-52.
11. El papel de las tecnologias pedagogicas modernas en la formacion de la competencia comunicativa de los estudiantes. KS Halimovna, MO Nurilloevna, KD Radzhabovna, RG Shavkatovna Religación. Revista de Ciencias Sociales y Humanidades 4 (15), 261-266.
12. Ш Кулиева, О Узоков, Д Назарова Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanida talabalarning kompetentligini rivojlantirish mazmuni Общество и инновации 2 (10/S), 278-285.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
13. Ш. Кулиева, О. Узоков, К. Холматова Талабаларнинг креатив кобилиятларини шакллантиришда технологик таълимнинг узвийлигини таъминлаш-педагогик муаммо сифатида Общество и инновации 2 (6), 222-229.
14. Ш.Х. Кулиева, Р.Х. Маматова ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЭЛЕКТРОННЫХ УЧЕБНИКОВ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ Наука и образование сегодня, 79-81.
15. SH Kuliyeva IMPROVING TEACHING AIDS IN THE TRAINING OF FUTURE TECHNOLOGY TEACHERS. International Journal of Early Childhood 14 (03), 2022.
16. The Importance of Professional-Pedagogical Competence in the Training of Future Technology Teachers KS Halimovna INTERNATIONAL JOURNAL OF LANGUAGE LEARNING AND APPLIED LINGUISTICS. 2023. 2(3), 172-174.
17. SPECIFIC CHARACTERISTICS OF METHODOLOGICAL COMPETENCE IN TRAINING FUTURE SPECIALISTS SH Kuliyeva, DK Nasriyeva, ER Usmanova. International Academic Research Journal Impact Factor 7.4 2 (1), 34-41.
18. Кулиева, Ш. Х. (2023, January). ПОДГОТОВКА БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ТЕХНОЛОГИИ УПРАВЛЕНИЕ ПРОЦЕССОМ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СИСТЕМА. In International Conference of Education, Research and Innovation (Vol. 1, No. 1, pp. 5-10).
19. Quliyeva, S. (2023). TEXNOLOGIYA DARSLARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 29(29).
20. Quliyeva, S. (2023). "TEXNOLOGIK TA" LIM" YO'NALISHI TALABALARIDA KREATIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRI SH MEXANIZMLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 32(32).
21. Кулиева, Ш. (2022). БУЛАЖАК УКИТУВЧИНИНГ ТЕХНОЛОГИК МАДАНИЯТИГА КуЙИЛАДИГАН ШАХСИЙ ВА КАСБИЙ СИФАТЛАР. Collection of scientific papers «SCIENTIA», (April 1, 2022; Krakow, Poland), 33-35.