Научная статья на тему 'INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH TAMOYILLARI'

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
623
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
interativ yondashuv / kasbiy faoliyat / integratsiya / metodologik yondashuv / didaktik tamoyil / ilg‘or pedagogik texnologiyalar / o‘quv dastur / pedagogik mahorat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zokirova Dilnoza Nematillaevna

Mazkur maqolada integrativ yondashuv asosida talabalarni kasbiy-innovatsion faoliyatga tayyorlashni takomillashtirishning klasterli modeliga asoslangan metodik modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli, baholash va natija komponentlari uzviyligida integrativ-modulli o‘qitishning texnologik tuzilmasini ishlab chiqish hamda metodologik yondashuvlar va didaktik tamoyillarni shakllantirish asosida takomillashtirish tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH TAMOYILLARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA

TAYYORLASH TAMOYILLARI Zokirova Dilnoza Nematillaevna

Namangan muhandislik-qurilish instituti, katta o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.10159820

Annotatsiya. Mazkur maqolada integrativ yondashuv asosida talabalarni kasbiy-innovatsion faoliyatga tayyorlashni takomillashtirishning klasterli modeliga asoslangan metodik modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli, baholash va natija komponentlari uzviyligida integrativ-modulli o'qitishning texnologik tuzilmasini ishlab chiqish hamda metodologik yondashuvlar va didaktik tamoyillarni shakllantirish asosida takomillashtirish tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: interativ yondashuv, kasbiy faoliyat, integratsiya, metodologik yondashuv, didaktik tamoyil, ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dastur, pedagogik mahorat.

Аннотация. В данной статье предложена методическая модель на основе кластерной модели совершенствования подготовки студентов к профессионально-инновационной деятельности на основе интегративного подхода, разработки технологической структуры интегративно-модульного обучения в связности целенаправленного, содержательного, процесса, Анализируются оценочная и результативная составляющие, а также совершенствование на основе формирования методических подходов и дидактических принципов.

Ключевые слова: интерактивный подход, профессиональная деятельность, интеграция, методический подход, дидактический принцип, передовые педагогические технологии, учебная программа, педагогическое мастерство.

Abstract. This article proposes a methodological model based on a cluster model for improving the preparation of students for professional and innovative activities on the basis of an integrative approach, the development of a technological structure of integrative-modular training in the coherence of a purposeful, meaningful process. The evaluation and effective components are analyzed, as well as improvement based on the formation methodological approaches and didactic principles.

Keywords: interactive approach, professional activity, integration, methodological approach, didactic principle, advanced pedagogical technologies, curriculum, pedagogical skills.

Kirish. Ta'lim mazmunini yangilashning asosiy birliklaridan biri intekratsiya tushunchasidir. U shaxsning integrativ xususiyatini, boshqacha aytganda, bo'lajak mutaxassisning shaxsiy sifatlari - bilimi. Ko'nikmalari, amaliy tajribasi, qobiliyatlari, qadriyat yo'nalishlarini ifodalaydi. Interativ yondashuv kasbiy faoliyatga tayyorgarligini ta'minlaydi va kuchaytiradi.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jamiyatda o'ziga xos ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy rivojlanish yo'lining tanlab olinishi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi oliy ta'limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo'nalishlari, vazifalari, o'rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo'ladi [1].

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida oliy ta'lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta'minlash asosida ta'lim sifatini

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish [2], talabalarda mustaqil ta'lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish, o'quv jarayonida kompetentsiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o'quv jarayonini amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirish, bu borada o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish vazifalari ilgari surilgan.

Asosiy qism. O'quv fanlarini integratsiyalashning nazariy asoslari, tamoyillari, integratsiyaga bo'lgan yondashuv, integratsiya yo'nalishlari, integrativ dasturlar, integrativ dars, integratsiyalashgan kurs modelini yaratish kabi masalalar o'z yechimini kutayotgan eng muhim pedagogik muammo hisoblanadi.

Ta'lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni qo'llash va pedagogik mahoratni takomillashtirish muammolari ustida professor N.N.Azizxodjaeva izlanishlar olib borib, o'z tadqiqotlarida kasbiy ta'lim tizimida o'qitish texnologiyalari fundamental va amaliy bilimlarning o'zlashtirilishini ta'minlashini ta'kidlab o'tgan [3].

O'.Q.Tolipov "Oliy pedagogik ta'lim tizimida umummehnat va kasbiy ko'nikma va malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari" mavzusida tadqiqot ishlarini olib borib, talabalarda kasbiy ko'nikma va malakalarni rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarning o'rni va uni ta'lim jarayoniga qo'llashning muhim tomonlarini tadqiq qilgan [4].

D.O.Ximmatalievning tadqiqotlarida bo'lajak o'qituvchining kasbiy tayyorgarligi va pedagogik faoliyatida texnologik yondashuvning o'ziga xosligi yoritib berilgan [5].

D.N.Zokirovaning ilmiy tadqiqotlarida bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarining intellektual salohiyatini o'stirish, izlanish, ijodkorlik, tadbirkorlik, tashkilotchilik malakalarini shakllantirish kabi muammolarning yechimini topish hozirgi davrda muhim vazifalardan ekanligi ko'rsatib o'tilgan [6].

D.N.Zokirovaning tadqiqotlaridada kasbiy pedagogik ta'lim tizimida bo'lajak muhandis-pedagoglarning umumkasbiy tayyorgarligini immitatsion model qurilmalari vositasida takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslarini yaratishga harakat qilingan [7].

Kasb ta'lim o'qituvchilarini tizimli yondashuv asosida tayyorlash muammosi D.N.Zokirovaning tadqiqotlarida o'z aksini topgan [8].

Yu.K.Babanskiy [9] majmuaviy yondashuvni rivojlantirishga katta hissa qo'shgan, u topshiriqlarni majmuaviy rejalashtirish optimallashtirish usullari rolini o'ynaydi, deb ta'kidlaydi, ta'lim mazmunini tanlashga majmuaviy yondashuv faqatgina turli faoliyat usullarni hisobga olmay, balki materiallar takrorlanishini bartaraf etishga yordam beruvchi fanlararo yo'naltirishni ham ko'zda tutadi.

O.U.Otamirzayev va D.N.Zokirovalar [10] bu muammoga yaqin integratsiya muammosini o'rgandi va shunday yozadi: "majmuaviy yondashuv jihatdan tarbiyani, ko'plab ob'ektlar singari qonuniy munosabatlar va aloqalar vositasida belgilangan tuzilma, tizim sifatida tasvirlash mumkin". Binobarin, majmuaviy yondashuv asosida integratsiyani paydo bo'lishi uchun yaxlitlik va birlik g'oyalari yotadi.

Integratsiyaning nazariy, falsafiy, psixologik-pedagogik, metodik asoslari Ye.N.Kabanova-Meller, Yu.A.Samarina. S.L.Rubinshteyn, S.E.Kamenskiy, I.D.Zverev, V.N.Maksimova. G.Spenser, M.G.CHepikov, N.K.CHapaev, R.G.Safarova, R.SH.Axlidinov,

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

UD.Musaev, I.V.Makuxina, P.Musaev, M.G.Nishonbaeva, M.X.Lutfullaev, M.Jumaniyozova kabi olimlarning ishlarida yoritilgan.

Respublikamiz pedagog olimlaridan tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha B.Mirzaxmedov, E.O.Turdiqulov, M.M.Mamadazimov, Yu.G.Maxmudov, P.Musaev, M.G.Nishonbaeva, M.Jumaniyozova, kasb ta'limi bo'yicha A.R.Xodjaboev, U.Nishonaliev, A.I.Avazboev, O.A.Abduquddusovlarning ilmiy tadqiqot ishlarida o'qitishni integrativ mazmundagi bilimlar doirasida tashkil etish ilmiy asoslangan. Predmetlararo integratsiya I.D.Zverev, V.N.Maksimova, M.G.CHepikov, N.K.CHapaev, B.D.Komissarovlar fanlar integratsiyasi va pedagogik integratsiyani ta'minlashning nazariy-metodologik asoslari, mazmuni, tuzilishi haqida; B.M.Mirzaxmedov, Yu.G.Maxmudov fizika o'qitishda texnik ta'limni amalga oshirishda integrativ yondashishi, M.Jumaniyozova fizika va astronomiya fanlari integratsiyasi haqida; E.O.Turdiqulov, S.M.Fayzullaev, M.G.Nishonbaevalar tabiiy fanlarni integrativ mazmuniga tayanilgan holda o'qitish orqali talabalarga ekologik ta'lim berish (ekologik ta'limning fizik, biologik asoslari) to'g'risida; A.R.Xodjaboev, U.Nishonaliev, R.CHorievlar oliy va kasb-hunar ta'limida integratsiya muammosi haqida A.A.Abduqodirov, M.X.Lutfullaev, U.SH.Begimqulovlarning oliy ta'limda o'quv jarayonini axborot texnologiyalari yordamida integratsiyalash va takomillashtirish to'g'risida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan [11].

Integrativ yondashuv didaktik tamoyillar (ilmiylik, politexnizm, kasbiy yo'nalganlik, muntazamlik, tizimlilik, uzviylik, tushunarlilik, ko'rsatmalilik, tabaqalashtirish) bilan uyg'unlik va aloqadorlikda faoliyat yuritadi.

Integrativ yondashuv ko'p hollarda yuqorida ko'rsatilgan tamoyillarning biror ma'nodagi bir ko'rinishida to'la va aniq amalga oshirishni o'rganilayotgan ob'ektni yaxlit tizim sifatida tasavvur qilishga imkon beradi.

O'quv materiali mazmunini integratsiyalash didaktik jarayon sifatida ko'p o'lchovli, ko'pqirrali, tizim sifatidagi o'rganilayotgan tadqiqot ob'ekti hisoblanadi va uni tahlil qilish tizimli - tuzilmali yondashuvni talab etadi. CHunki uning tarkibi, funktsiyasi, tuzilishi kabi xususiyatlarini o'rganish ko'zda tutiladi.

O'rganish jarayonida dialektik tahlil metodini qo'llanilishi bilimlarni sababdan oqibatga, oddiydan murakkabga, tasodifdan zarur yoki aks tomonga harakatlanishini talab etadi. SHunday qilib, bir so'z bilai aytganda tahlilning eng yuqori nuqtasi yaxlit ob'ekt hisoblanadi.

Sintezlash natijasida dialektik tahlilning eng yuqori darajasi vujudga keladi.

Integratsiyalash (birlashtirish, umumlashtirish, yaxlitlash) mohiyatiga ko'ra sintezning vazifasi bo'lib, o'rganilayotgan ob'ektning ichki aloqadorligi, birligi, va munosabatlari kabi tomonlari tiklanadi. SHu yo'l bilan ob'ektning o'zgarishi va rivojlanishi haqida tasavvurga ega bo'lamiz.

Integratsiyalash asosan o'quv fanlari orasidagi nazariy sintez vositasi sifatida va fanlararo sintez sifatida namoyon bo'ladi hamda bevosita umumilmiy bilimlarni tarkib topdirishni ko'zda tutadi.

Integrativ jarayonlar uzluksiz ta'lim jarayonida bir nechta vazifa, yo'nalish, intilish, turli daraja va aniq shakllarning qandaydir o'zaro bir-biriga tobe bo'lgan modelini hisobga oladi.

O'quv fanlarining mantiqiga muvofiq integratsiya kuyidagilar asosida namoyon bo'ladi:

- mavjud fanlarning ob'ektlari orqali;

- mavjud fanlarning ob'ektlari mohiyatini izohlovchi qoida qonuniyat hamda nazariyalar

orqali;

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

- tadqiqot uslublari va amaliy faoliyat orqali;

- o'lchov-hisob tarzidagi aloqalar yordamida;

- ishlab-chiqarish jarayonlari haqidagi ilmiy bilimlar orqali;

- ta'lim va tarbiya vositasi bo'lgan zamonaviy integrallashgan pedagogik texnologiyalar

orqali.

Buning uchun, o'qituvchi integratsiyalashgan ta'limni amalga oshirishda, birinchi navbatda:

- o'rganilayotgan jarayon va hodisalar mohiyatini tahlil qilishga umumiy yondashuvni aks ettiradigan maqsadni aniqlab oladi;

- fanlararo aloqalardan foydalanishni yetarli darajada o'rganishi va amalda qo'llay olishi;

- o'qitishni tabaqalashtirish asosida, ularni integratsiyalash uchun predmetlar doirasida o'rganiladigan o'quv materiallarining umumiy o'zaro aloqadorlik jixatlarini bilishi;

- fanlarni integratsiyalash uchun qo'yiladigan asosiy g'oyani aniqlash mahoratiga ega bo'lishi kerak.

A.L.CHekin "Oliy ta'lim: integrativ yondashuv" nomli monografiyasida ta'lim jarayonida integratsiyaning asosiy jihatlariga e'tibor qaratdi, integrativ komponentlarni ajratdi va tahlil qildi, "mutanosib jarayon samaradorligining katalizatori sifatida" ularni amalga oshirish imkoniyatlarini ko'rsatib berdi [12].

O'qituvchining pedagogik mahoratini oshirish sohasida tajribali olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda pedagogik mahoratni rivojlantirish haqida turli mulohazalar bildirishib, bu jarayonning asosiy zahirasi o'qituvchining ta'lim muassasalarida o'z pedagogik faoliyati tahliliga doimiy intilishida (V.I.Zagvyazinskiy, Yu.K.Konarjevskiy, Yu.P.Lvova, I.P. Rachenko, L.I.Ruvinskiy, V.P.Simonov, V.A.Suxomlinskiy, Ya.S.Turbovskiy, T.I.SHamova va boshqalar); uning o'z refleksiv qobiliyatlarini takomillashtirishi (A.A.Bizyaeva, V.V.Vetrova, N.V.Kuzbmina, Ye.N.Pexota, I.A.Stetsenko va boshqalar); refleksiv yondashuvni (A.V.Xristeva) rivojlantirishning o'ziga xos pedagogik refleksiyasiga bog'liq bo'lganligi uchun uni pedagogik fikrlashni shakllantirish bilan bog'lab, shu tariqa (Yu.N.Kulyutkin, G.S.Suxobskaya) o'qituvchi pedagogik refleksiyasini rivojlantirish mumkin deb ta'kidlaydilar.

Kasbiy pedagogik faoliyatni tahlil qilish va o'z-o'zini tahlil qilishni o'qituvchi faoliyati va refleksiv yondashuv nuqtai nazaridan tuzatish va takomillashtirish maqsadida pedagogik vazifalarni hal qilishga qaratilgan pedagogik malakalar yig'indisi sifatida qarab, A.V.Xristeva analitik malakalar tizimini analitik faoliyat tizimi bilan nisbatlaydi [13].

A.V.Xristeva ta'limoti bo'yicha kasbiy pedagogik faoliyatni tahlil va o'z-o'zini tahlil qilishning bosqichlari:

1. Mazmunli - diagnostik (tayyorlov - moslashuv) bosqich;

2. Maqsadli loyihalashtirish (tahlil va o'z-o'zini tahlil qilishdan maqsadni aniqlashtirish) bosqichi;

3. Texnologik (kasbiy pedagogik faoliyatjarayonini va o'z-o'zini tahlil qilish) bosqich;

4. Tahlil va o'z-o'zini tahlil qilishning nazariy (pedagogik faoliyatning mohiyati, natijalari bilan pedagogik faoliyatjarayoni o'rtasidagi aloqalarning sabab va oqibatlarini nazariy anglash) bosqichi;

5. Faoliyatni refleksiv baholash (faoliyatni baholash va refleksiv tahlil) bosqichi;

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

6. Korrektsiyalash (ijodiy bosqich bo'lib, o'z pedagogik faoliyatini nazariy jihatdan anglash va baholash asosida takomillashtirish va hamkasblarining samarali pedagogik tajribalaridan ijodiyfoydalanish yo'llari va usullarini belgilash) bosqichi.

Bugungi innovatsion pedagogik faoliyat tanlash va tadqiqotchilik tavsifiga ega ekanligi bilan ham e'tiborga loyiqdir. SHuning uchun ham pedagogik jamoalar rahbarlari, ilmiy tadqiqot institutlarining metodik xizmatchilari faoliyatining muhim yo'nalishi o'qituvchilar tomonidan yaratilayotgan innovatsiyalarning tahlili va baholanishi, ularning samaradorlarini yaratish va qo'llash uchun zaruriy sharoitlarni yaratishdan iborat.

Talabalarnining kasbiy kompetentligini shakllantirish muammolarini tahlil qilish, shuningdek, kasbiy faoliyat uchun zarur bo'lgan kasbiy kompetentlikning alohida komponentlarini (va keyinchalik baholash mezonlarini) aniqlash "kompetentlik" tushunchasining mohiyatini hal qilishni talab qildi. "Kompetentlik" atamasi lotincha "competens" so'zidan olingan bo'lib, qobiliyatli degan ma'noni anglatadi: 1) kompetentsiyalarga ega; 2) ma'lum bir sohada bilimdon. SHu bilan birga "kompetentlik" tushunchasi "kompetentsiya" tushunchasi bilan chambarchas bog'liqdir. Tadqiqot muammosi bo'yicha zamonaviy ma'lumotnoma va ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish bizga bir qarashda turli xil va bir xil ma'noda ishlatiladigan "kompetentlik" va "kompetentsiya" kabi o'xshash ikkita chalkashlikni aniqlashga imkon berdi.

D.I.Ushakov kompetentlik va kompetentsiyalar farqini ko'rsatishga harakat qildi: kompetentlik — xabardorlik, avtoritetlik; kompetentsiya - shaxsning bilimi, tajribasi" [14]. Britannika entsiklopediyasida "kompetentsiya" atamasi inson egallagan bilim va ko'nikmalar sifatida talqin etiladi [15].

0.M.Mutovkinaga ko'ra "vakolat"-bu "kompetentsiya" "kompetentlik"dan olingan ikkilamchi tushunchadir va insonning bilim, ko'nikma va qobiliyatlarini qo'llash doirasini bildiradi, "kompetentlik" esa ularning ichki umumiyligini aks ettiradi.

O'z yondashuvimizni asoslash uchun biz I.A.Zimnaya, A.V.Xutorskiy va boshqalarning asarlariga murojaat qiladigan bo'lsak, xususan, I.A.Zimnaya kompetentsiyalarni quyidagicha belgilaydi: "ichki salohiyat, yashirin psixologik hosilalar: bilim, g'oyalar, harakatlar, munosabatlar yig'indisi" [16, 35-b]. A.V.Xutorskiy kompetentsiyalarni ta'limga tayyorgarlik, mahorat, shaxsiy sifatlar yig'indisi deb ta'kidlaydi [17, 11 -b].

E.S.Zair-Bekka ko'ra [14]:

1. Pedagogning maqsadli kompetentsiyasi eng turli xil maqsadlarni qo'yish qobiliyatini ko'zda tutadi. Kasbiy o'qitish maqsadi yoshlarda texnologik madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan, ta'lim jarayoni mazmunini aniqlaydi, shakllangan bilim va qobiliyatlarni baholash mezoni bo'lib xizmat qiladi.

2. Mazmuniy kompetentsiya kasbiy o'qitish bosqichlaridan har birida ta'lim, tarbiya va rivojlanish mazmuni maqsadlariga ko'ra aniqlash qobilyatidan iborat. Ta'lim mazmuni muhimi Davlat ta'lim standarti hisoblangan me'yoriy hujjatlar bilan aniqlanadi.

3. Pedagogning monitoringli kompetentsiyasi qayta bog'liqlik (nazorat muammosi) va real olingan natijalarni rejalashtirilganlar bilan qiyoslash, ya'ni ta'lim sifatini ta'minlashni qo'llab quvvatlashda pedagog qobiliyatini tavsiflaydi.

4. Kommunikativ kompetentsiya pedagog kommunikativ faoliyati xususiyatlari, bo'lajak kasb ta'limi pedagoglari bilan o'zarota'siri o'ziga xosligini tavsiflaydi. Urg'u didaktik (tarbiyaviy va ta'limiy) maqsadlarga erishishga qaratilgan pedagogik faoliyat samaradorligi bilan

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

kommunikatsiya aloqasiga beriladi. Kommunikativ kompetentsiya yuqori darajadagi muloqotga erishishga yordam beradigan usullarni o'z ichiga oladi.

5. Ijtimoiy kompetentsiya metodik tayyorgarlik darajasini oshirish ijtimoiy ahamiyatini anglash, taklif qilingan yangi metodik yondashishlar va ularning qo'llanilishiga javobgarlikni o'z zimmasiga olish qobiliyati ko'rsatkichi, shaxsiy qiziqishlarning aniq bo'lajak kasb ta'limi, ta'lim muassasasi, jamiyat ehtiyojlari bilan bog'liqligining namoyon bo'lishi hisoblanadi.

Ko'pgina olimlarning fikriga ko'ra, [K.V.Aksenov, Ye.A.Budarin, A.V.Gladkov, M.V.Kirgintsev, V.S.Nabiev, A.N.Protasov va boshqalar] talabalarning kasbiy kompetentsiyalari integral va analitik qobiliyatlarini rivojlantirishga asoslangan bo'lishi kerak. SHu munosabat bilan tadqiqotimizning maqsadlaridan biri talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini yaratish, ularning bo'lajak kasbiy faoliyatda o'zgarishi mumkinligini hisobga olish edi.

Kompetentli yondashuv tadqiqotchilari [18] kompetentlikni shakllantirishning asosiy sharti sifatida talabalarning muayyan yo'nalishga ega bo'lgan kognitiv faoliyatini belgilaydi. Kognitiv faoliyati ma'lumot to'plash, intellektual rivojlanishga yo'naltirilgan va kasbiy kompetentlikka ega bo'lishga yordam beradigan bilish usullarini egallashga imkon beradi. SHunday qilib, kompetentlik tushunchasi nafaqat bo'lajak muhandislarning kognitiv va operatsion-texnologik komponentlari, balki motivatsion, axloqiy, ijtimoiy va xulq-atvor komponentlarini ham birlashtiradi. Bundan tashqari, shakllangan kompetentsiyalarni asoslashni va kasbiy kompetentlikni talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ta'lim mazmuni bilan bog'ladik, chunki kompetentsiyalar o'quv jarayonida olinadi.

Kompetentli yondashuvdan foydalanish yuqori darajadagi kasbiy kompetentlik asosiy texnik va texnologik ta'limga, har qanday faoliyat turiga hissiy va qadriyatli munosabatga, kasbiy-innovatsion faoliyatga ega bo'lishiga asoslanadi.

SHunday qilib, kompetentli yondashuv nuqtai nazaridan metodik modelini ishlab chiqish zarurati talabalarni kasbiy-innovatsion faoliyatga tayyorlash bo'yicha mavjud amaliyotni tanqidiy qayta ko'rib chiqish va talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorligini aniqlash vazifasini qo'ydi.

Yuqorida keltirilgan pedagogik qadriyatlar ijtimoiy va kasbiy komponentlarni o'z ichiga oladigan, predmetli mazmuniga ko'ra farq qiluvchi shaxsiy va vositali ko'rinishlarga ajraladi. SHaxsiy qadriyatlar - bu pedagog mehnatining ijodiy tavsifini, nufuzlilik, ijtimoiy ahamiyatlilik, davlat oldidagi mas'uliyat, o'z-o'zini namoyon qilish imkoniyati, bolalarga mehr va g'amxo'rlikni o'z ichiga oluvchi maqsadli qadriyatlardir. Bu turga xos qadriyatlar o'qituvchi, ta'lim oluvchilarning rivojlanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Maqsadli qadriyatlar boshqa pedagogik qadriyatlar tizimida hal qiluvchi aksiologik funktsiyalar sifatida namoyon bo'ladi, chunki uning maqsadida o'qituvchi faoliyatining asosiy mazmun-mohiyati aks ettirilgan.

Integrativ yondashuv asosida talabalarni kasbiy-innovatsion faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish uchun ishlab chiqiladigan modelda ishlash tamoyillari aniqlandi. Umumiy tamoyillarga talabalarning kasbiy-innovatsion faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirishga qo'yiladigan ob'ektiv talablarni aks ettiradiganlar kiradi: tizimlashtirish, ierarxik, rivojlanish. Tizimlashtirish tamoyili modelning barcha komponentlarining o'zaro bog'liqliklari birligida ko'rib chiqishga imkon beradi. Ierarxiya tamoyili quyi darajadagi elementlarning yuqori darajadagi elementlarga bo'ysunishiga asoslangan model elementlarini tashkil qilishni ta'minlaydi. Rivojlanish tamoyili o'quvchi shaxsi xususiyatlarining sifat jihatdan o'zgarishini nazarda tutadi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Xulosa. Umuman olganda kasbiy-innovatsion faoliyatni samaradorligiga ko'plab omillar ta'sir ko'rsatadi. Bular, o'qitilayotgan fan bo'yicha nazariy bilimlarni o'zlashtirish; mustaqil faoliyat davomida talaba qaysi muammolarni o'rganshi kerakligi aniq ko'rsatilishi; tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati; talaba tomonidan muammoni qaysi metodlar bilan o'rganishga oid tavsiyalar; baholash turi va mezonlari aniq ko'rsatilishi kerak. Erishilgan natijalar (tamoyillar) talabalarni kasbiy-innovatsion faoliyatga tayyorlashning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishga keng imkoniyatlar yaratadi degan mulohazadamiz.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi" 8.10.2019 yil, PF-5847.

2. Зокирова Д.Н. Integrativ yondashuv asosida bo'lajak mutaxassislarni kasbiy-innovatsion faoliyatga tayyorlashning metodik modeli. //Ta'lim, fan va innovatsiya. Ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. 2-son, 2023-yil

3. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик махорат. -Т.: Молия, 2003. - 192 б.

4. Толипов УД. Усмонбоева М. Педагогик технологияларнинг татбикий асослари. Т.:"Фан" 2006 йил 76 бет.

5. Химматалиев Д.О. Булажак укитувчиларда касбий компетентликни ривожлантириш механизми // Современное образование (Узбекистан). 2020. №7 (92).

6. Зокирова, Д. Н. (2021). Integration Of Professional And Educational Disciplines Into Training Of Self-Learning Motivated Students. Современное образование (Узбекистан), (6), 24-28.

7. Zokirova, D. N. (2021). Goals And Objectives Of Organizing Independent Work Of Students. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 179182.

8. Nematillaevna, Z. D. (2021). Problems in providing independent learning education and ways to prevent them. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(1), 1431-1436.

9. Бабанский Ю.К. Педагогический эксперимент// Введение в научное исследование по педагогике: Сб. науч.тр./ Под ред. В.И. Журавлева.-М.: Просвещение, 1998.

10. Usubovich, O. O., & Ne'matillaevna, Z. D. (2022). Methodology of using connecting elements of science in the organization of independent work of the science of hydroelectric power stations.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11. Абдураимов Ш.С. Касб таълими укитувчиларини тайёрлаш сифатини таъминлашда тармоклараро амалий интеграция. Монография. -Тошкент, 2014. - 144 б.

12. Аликулов С.Т.Укувчиларнинг умумтехник билим ва куникмаларини фанлараро алокадорлик воситасида шакллантиришнинг услубий асослари (умумпрофессионал фанларни укитиш мисолида) Пед.фан.номз...дисс. - Тошкент, 2008. - 146 б.

13. Х,амидов Ж.А. Булажак касб таълими укитувчиларини тайёрлашда укитишнинг замонавий дидактик воситаларини яратиш ва куллаш технологияси. Педагогика фанлари буйича докторлик (DSc)диссертацияси автореферати. -Т. 2017.

14. Зеер Э. Ф. Психология профессий : учеб. пособие для студентов вузов / Э. Ф. Зеер. -М. : Акад. проект ; Фонд «Мир», 2005. - 336 с.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

15. Зокирова, Д. Н. (2021). Талабаларга Мустакил Урганишга Ундовчи Таълим Беришда Касбий Ва Умумтаълим Фанларининг Интеграцияси. Современное образование (Узбекистан), (6 (103)), 24-28.

16. Лернер, И.Я.Дидактические основы методов обучения : монография / И.Я. Лернер. -Москва : Педагогика, 1981. - 186 с.

17. Хуторской, А.В. Дидактическая эвристика. Теория и технология креативного обучения /А.В. Хуторской. - М.: Изд-во МГУ, 2003. - 416 с.

18. Sayfullayeva, D. A., Tosheva, N. M., Nematova, L. H., Zokirova, D. N., & Inoyatov, I. S. (2021). Methodology of using innovative technologies in technical institutions. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7505-7522.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.