"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
BO'LAJAK PEDAGOGIK KADRLARNING KASBIY PEDAGOGIK TAYYORGARLIGI MUAMMOSI VA UNING ILMIY-PEDAGOGIK TAHLILI (TEXNOLOGIK TA'LIM YO'NALISHI TALABALARI MISOLIDA) Umarov Xusan Abduraximovich
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Texnologik ta'lim metodikasi''kafedrasi dotsent v.b., p.f.f.d., PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.10158450
Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak pedagogik kadrlar hususan Texnologik ta'lim yo'nalishi talabalarining kasbiy pedagogik tayyorgarligi muammosi va uning ilmiy-pedagogik tahlili borasida so'z borgan.
Kalit so'zlar: innovatsiya, texnologiya, interaktiv metodlar, o'qitish metodlari, evristik ta'lim, integratsiyalangan ta'lim, interfaol ta'lim, informal ta'lim, pedagogik texnologiyalar masalalari.
Лннотация. В данной статье говорится о проблеме профессионалной педагогической подготовки будущих педагогических кадров, в частности студентов направления технологического образования.
Ключевые слова: инновации, технологии, интерактивные методы, методы обучения, евристическое образование, интегрированное образование, интерактивное образование, информальное образование, вопросы педагогических технологий.
Abstract. This article deals with the problem of professional pedagogical training of future teaching staff, in particular students in the field of technological education.
Keywords: innovation, technology, interactive methods, teaching methods, heuristic education, integrated education, interactive education, informal education, issues of pedagogical technologies.
l.Kirish.
Hozir O'zbekistonda ta'limga katta e'tibor berilmoqda, ta'lim sifatiga va bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligiga yangi talablar qo'yilmoqda. Bugungi oliy ta'lim tizimi kasbiy faoliyatini takomillashtirishga qodir shaxsning kasbiy, ijodiy faolligini shakllantirishga qaratilgan. Mazkur jadal rivojranayotgan davrda bo'lajak o'qituvchilarga qo'yilayotgan talablarni aniqlash fan, texnika, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va madaniyatning zamonaviy yutuqlari asosida talabalar o'qitishni tashkil qilish va uning uslublarini muntazam takomillashtirish imkoniyatini beradi. Bu esa o'z navbatida mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi, jamiyatning o'sishiga ta'sir etmay qolmaydi. Kadrlar tayyorlashning boshqa yo'nalishlarida bo'lgani kabi, oliy pedagogik ta'lim mazmunida ham bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayonida ularning kasbiy faoliyati sohasini kengaytirish va sifat jihatidan o'zgartirish bilan bog'liq tub islohotlar amalga oshirilmoqda. O'qituvchining an'anaviy funksiyalari bilan bir qatorda (o'qitish, ta'lim, rivojlanishga yordam berish, baholash, ota-onalar bilan ishlash va boshqalar) ta'limni modernizatsiya qilish sharoitida o'z kasbiy faoliyatini avvaldan loyihalash kabi kasbiy funksiyalar dolzarblashib bormoqda. Chunki rivojlanayotgan jamiyatimizga o'z tanlovlarining oqibatlarini avvaldan bashorat qilib, mustaqil ravishda qarorlar qabul qila oladigan, zamonaviy bilimli, yuksak ma'naviyatli va ishbilarmon kadrlar kerak.
Bu borada mamlakatimizda ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2020 yil 19 mayda qabul qilingan O'zbekiston respublikasining "Ta'lim to'risida"gi qonuni, 2017 yil 20
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
apreldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2909-sonli qarori, 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3931-son qarori, 2019 yil 19 fevraldagi 146-son qarori, Bundan tashqari 2014 yil 28 avgustda qabul qilingan "Ijtimoiy sherikchilik to'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni kabilarni keltirish mumkin. Mazkur islohotlar ta'limini amaliy hamda kompetentli yondashuv asosida tashkil etish va kompetentlikdan bo'lajak kadrlarni tayyorgarlik sifatini baholash vositasi sifatida foydalanish borasida yangi izlanishlarni amalga oshirishga imkon beradi. Bu esa o'z navbatida individual bilim, tipik ko'nikmalar emas, balki murakkab pedagogik muammolarni hal qilishga qodir o'qituvchining kasbiy jihatdan muhim kompetensiyalarni rivojlantirish yo'llarini aniqlash bilan bog'liq butun bir muammolar tizimi yo'nalishini tadqiq etish extiyojini yuzaga keltirdi.
Shunday ekan, zamonaviy o'qituvchi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yetarlicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi, onglilik va loyihalash (mavjud vaziyatlarni tahlil qilish, ustuvor muammolarni hal qilish usullarini shakllantirish, o'z faoliyatining istiqbolli yo'nalishlarini ko'rish va h.k.) asosida tashkil etishi bilan bir qatorda mazkur jarayonda u bilan birga xarakat qilishi mumkin bo'lgan, yakdil hamkorlarni topishi va ular bilan tandemda samarali xarakat qilishga muvofiq bo'lishi lozim.
Xozirgi kunda barcha ta'lim muassasalari o'zlarining bitiruvchilarini tayyorlash jarayonida ularga kelajakda ish beruvchi tashkilotlar bilan birga hamkorlikda ishlashlari lozimligi xech kimga yangilik emas. Ammo mavjud xamkorlik zamon talablariga to'liq javob beradigan darajada yetarlicha amalga oshirilmayotganligi sababli xamkorlikning zamonaviy innovatsion usullarini joriy etish muammosi hamon aktualligicha qolmoqda va mazkur yo'nalishda ish olib borish maqsadga muvofiq
2. Asosiy qism (metodologiya, tahlillar, natijalar).
Texnologik ta'lim yo'nalishining o'ziga hosligi sabab mazkur yshnalish talabalarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash sifati ko'plab omillarga bog'liq. Masalan: o'quv dasturining sifati; o'quv jarayoniga jalb qilingan pedagogik universitetlarning ilmiy va pedagogik salohiyati; talabalar tayyorgarligi (shu jumladan abiturientlar tayyorgarligi); o'quv jarayonini vositalari sifati (moddiy-texnik, eksperimental baza; o'quv-uslubiy ta'minot; foydalaniladigan auditoriyalar; taqdim etilayotgan bilimlar va boshqalar); ta'lim texnologiyalari sifati va boshqalar.
Bo'lajak texnologik ta'limi o'qituvchilarining kasbiy pedagogik tayyorgarligini innovatsion hamkorlik asosida rivojlantirish talabalarning kasbiy pedagogik tayyorgarligini maqsadli shakllantirish uchun potensial imkoniyatini yaratishga qaratilgan o'quv materiallarini tayyorlashni va talabalarning o'quv jarayonining barcha tarkibiy qismlarini maksimal darajada faol o'zlashtirishiga, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, yangi bilimlarni mustaqil o'zlashtirishga ta'sir etuvchi tashkiliy shakl, metod va usullarni tayyorlashda foydalanishni talab qiladi. O'quv materiallari tarkibini tizimli ravishda tayyorlash quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: tizimli tahlil qilish, modellashtirish, sintez qilish, o'quv materiallarining o'zgarmas va o'zgaruvchan tarkibiy qismlarini ajratish va ilmiy bashorat qilish.
Talabalarning kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash masalalariga bir qancha psixologik-pedagogik tadqiqotlar bag'ishlangan bo'lsada, tadqiqotchilarning katta qiziqishi va olingan natijalarning ahamiyatiga qaramasdan, bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligini shakllantirish muammosi hali to'liq hal etilgan deb bo'lmaydi. Buning asosiy sabablari quyidagilardir:
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGIXALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
• bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining faoliyati mazmuni, mohiyati va rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiradigan kasbiy pedagogik tayyorgarligini shakllantirish jarayonining nazariy va pedagogik asoslarini yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi;
• bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining kasbiy faoliyatga amaliy tayyorgarligini shakllantirish o'rniga, ularning tayyorgarlik xaqidagi nazariy tushunchaga ega ekanligi bilan qanoatlanuvchi ananaviy yondoshuvlarning keng tarqalganligi va qo'llanilishi;
• bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining kasbiy faoliyatga amaliy tayyorgarlash jarayonni ilmiy-amaliy tashkil etishda tizimli ta'sir etish o'rniga, alohida bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lmagan tasodifiy tarkibiy qismlardan tashkil topgan yondashuvdan foydalanilayotganligi;
• ta'lim sohasidagi sifatni baholashning zamonaviy talablariga javob beradigan, bo'lajak texnologik ta'lim o'quvchilarining kasbiy pedagogik tayyorgarligini shakllantirish natijalarini aniqlash va baholash texnologiyasini ishlab chiqish darajalarining nomutanosibligi.
Ko'rinib turibdiki, yuqorida keltirilgan sabablar bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi borasida tadqiqotlarni sifat va miqdor jihatdan ko'proq o'tkazilishi lozimligini ko'rsatadi.
Buning uchun eng avvalo tadqiqot ob'ekti bo'lgan - kasbiy pedagogik tayyorgarlik tushunchasini taxlil etaylik.
Kasbiy tayyorgarlik deganda kishi psixik (ruhiy) xolati va jismoniy sog'lomligining tegishli darajasi bajariladigan ish-faoliyat talablariga mos kelishi tushuniladi. Taniqli psixolog-olim K.K.Platonov ta'kidlaganidek, mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi - shaxsning sub'ektiv holati bo'lib, u o'zini tegishli kasbiy faoliyatni bajarishga qobiliyatli va tayyor deb hisoblashini bildiradi [1].
Bo'lajak o'qituvchining kasbiy faoliyatning sifati va samaradorligi ko'pgina omillarga bog'liq bo'lib, ulardan biri o'qituvchining kasbiy pedagogik tayyorgarligi hisoblanadi. U har qanday faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun asosiy, majburiy shart va sharoit hisoblanadi.
Tayyorlik deganda shaxs rivojlanishining ma'lum bir darajasi, vaqtinchalik vaziyat, munosabat, faoliyatni tartibga solish mexanizmi, maxsus uzoq muddatli yoki qisqa muddatli ruhiy holat va muayyan harakatlarga yo'naltirilgan shaxs kuchlarining jamlanishi tushuniladi. Tayyorlikni qiymat yo'nalishlari darajasida talqin qilish mumkin, bu sifat va holat, va dinamik jarayon [2].
Kasbiy tayyorgarlik - bu ta'lim oluvchilarni ma'lum bir ish, ishlar guruhini bajarish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni o'zlishtirishni jadallashtirish maqsadidagi kasbiy ta'lim tizimi. Kasbiy tayyorgarlik talabalarning ta'lim darajasini oshirish bilan amalga oshmaydi. Davlat zarur hollarda asosiy umumiy ta'limga ega bo'lmagan shaxslarga kasbiy tayyorgarlikni qo'lga kiritish imkoniyatini yaratadi. Kasbiy tayyorgarlikni boshlang'ich kasb-hunar ta'limi muassasalarida va boshqa ta'lim muassasalarida olinishi mumkin [3].
Bunday faoliyatga kasbiy yo'naltirilgan bilim, ko'nikma, qobiliyat shuningdek kasbiy tayyorgarlikni shakllantirishni ta'minlovchi tashkiliy va pedagogik tadbirlar tizimi kiradi. Bu pedagogik institutlar, universitetlar va qayta tayyorlash fakultetlarida o'qitish doirasida amalga oshiriladi. Mazkur jaoayonlarning muhim tarkibiy qismi - pedagogik amaliyot hisoblanadi.
Bundan tashqari umumiy hulosa sifatida, kasbiy tayyorgarlik - ma'lum bir faoliyat sohasida ishlashga imkon berish maqsadida, talabalar tomonidan muayyan ish yoki ishlar guruhini
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
bajarish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni egallashni jadallashtirishga qaratilgan o'zlashtirish jarayon ekanligini ta'kidlashadi va malaka talablariga qarab mutaxasisdan tegishli kasbiy ta'limini talab qiladigan kasbiy tayyorgarlikning uchta asosiy bosqichini keltirishadi: oliy, o'rta-maxsus, boshlang'ich kasb-hunar (past malakali ishchilarni kurslarda tayyorlash, ishlab chiqarishda individual-jamoaviy mashg'ulotlar o'tkazish va boshqalar). Demak tayyorgarlik, malakaning oshishi amaliy mehnat faoliyati jarayonida qo'yilgan masalalarni mustaqil ravishda yechim topish va hal etish, ongli ravishda ta'lim olish - izlanish yo'li bilan takomillashtiriladi. Hulosa o'rnida aytish mumkinki, kasbiy tayyorgarlik - talabalar tomonidan muayyan vazifalarni, bajarish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni egallashni jadallashtirishga qaratilgan faoliyatdir.
Tayyorgarlik kabi munosabat tashqi va ichki sharoitlar, ongli ravishda yoki ongsiz ravishda axborotni idrok etish natijasida shakllanadi.
Tayyorgarlik, tashqi - kasbiy faoliyat jarayoniga nisbatan ma'lum bir xulq-atvor uchun ichki munosabat bilan belgilanadi, shuning uchun ruhiy holatning ajralib turadigan tarkibiy qismlari mavjud, masalan:
• o'quv-bilish (gnostik) - buning natijasida pedagogik vazifalarni tushunish, ularning ahamiyatini baholash, natijalarni bashorat qilish yotadi;
• hissiy, mas'uliyat hissi - o'qituvchining hamdardligi bilan ifodalanadi;
• motivatsion - o'zini yaxshi tomondan ko'rsatish zarurati, faoliyatda muvaffaqiyat qozonish istagi;
• irodaviy, kuchlarni safarbar qilish va noaniqlikni yengib chiqish kabilar.
Kasbiy faoliyatga psixologik tayyorlik holatining dinamik tuzilishi quyidagi o'zaro bog'liq elementlardan tashkil topgan:
• yechimi maqsadga erishishga olib keladigan vazifalarni anglash;
• rejalashtirilgan harakatlar amalga oshiriladigan real sharoitlarni baholash, o'tmishdagi (avvalgi faoliyatidagi yoki tarixda bo'lib o'tgan) ma'nosi jihatdan o'xshash vazifalarni yechish bilan bog'liq tajribalarni taxl etish va aktuallashtirish;
• mavjud tajriba va yuzaga keladigan ish sharoitlarini to'g'ri baholash asosida muammolarni hal qilishning maqbul usullarini aniqlash;
• maqsadga erishishda o'z intellektual va emotsional-motivatsion resurslarini safarbar qilish, o'z-o'ziga singdirish. [4]
O'qituvchining pedagogik faoliyatga psixologik va amaliy tayyorgarligi tizimi ikki bosqichli ierarxik tizimga ajralib turadi.
1. Uzoq muddatli tayyorgarlik - bu har xil vaziyatlarda faoliyatni muvaffaqiyatli baj arishga imkon beradigan shaxsiy fazilatlarning barqaror rivojlangan tizimi. Bunday tayyorlik doimiy ravishda kasbiy faoliyatda asosiy rol o'ynaydi. Uzoq muddatli tayyorlanish tarkibi quyidagilardan iborat: kasbiy faoliyatga ijobiy munosabat; kasbning talablariga mos keladigan xarakter, qobiliyat, motivatsion xususiyatlar; kasbga oid bilimlar, ko'nikmalar va boshqalar.
2. Situatsion tayyorlik - pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyati sifatida namoyon bo'ladi, bu o'z o'zidan emas, balki tashqi o'zaro ta'sirning tuzilishi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan holda shaxsning individual faol samarali natijaga yo'naltirilgan holati orqali amalga oshiriladi.
Shunday qilib, kasbiy pedagogik tayyorgarlik - bu o'qituvchini pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida shaxsiy yondashuv asosida amalga oshiriladigan, aniq va tezkor qaror qabul
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
qilishi, o'z ishiga yuqori qiziqish ko'rsatishi, talabalari bilan samarali aloqani o'rnatish va olib borish, pedagogik o'zaro ta'sirning samarali usullariga ega bo'lish qobiliyatini belgilovchi murakkab hodisadir.
"Kasbga tayyorlik" va "yaroqlilik" tushunchalarini belgilashda quyidagilarga e'tibor qaratish kerak: "tayyorlik" tushunchasi "pedagogik muvofiqlik" tushunchasidan ko'ra kengroq va murakkabroq [5].
Kasbiy faoliyat, faqatgina inson o'zining individual xususiyatlariga ko'ra kasbning talablariga javob bergan holdagina muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin. Bu "kasbiy muvofiqlik" tushunchasining mazmuni hisoblanadi.
Kasbiy tayyorgarlikning xarakteristikasi pedagogik jarayonning yakuniy maqsadini aks ettiradigan hujjat, barcha uchun standart bo'lgan - professiogrammada aks etadi. Mutaxassisning sifat tavsifiy modeli sifatida professiogramma bir necha bo'limlarni o'z ichiga oladi: shaxsiy va kasbiy-pedagogik fazilatlar; psixologik va pedagogik tayyorgarlikka qo'yiladigan asosiy talablar; mutaxassislik bo'yicha uslubiy tayyorgarlik mazmuni; maxsus tayyorgarliklar ko'lami va mazmuni kabilar shular jumlasidandir.
Kasbiy kompetentlik, o'qituvchining yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarligining ifodasi bo'lib, professiogramma va standart yordamida muntazam ravishda tartibga solinadi. Oxir-oqibat, kasbiy tayyorlik uning yuqori darajadagi modeli sifatida professiogramma bilan mos keladi (D.A.Nazakaz). Buning sababi, professional kompetentlik va tayyorlik shaxsiyatning bir xil holatidir, yagona farq shundaki, professional kompetentlik kasbiy talablarga mos keladigan psixofiziologik fazilatlar va predmet shartlari bilan tavsiflanadi va kasbiy tayyorgarlikda uni motivatsion xamda mohiyatan muhim tarkibiy qism deb atashadi.
M.I.Dyachenko, A.M.Stolyarenkolar[1] mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida bir-biri bilan o'zaro bog'liq quyidagi ikki jihatni ko'rsatish maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar:
1. Dastlabki tayyorlik - bu kadrning shu ishni bajarishga imkoniyati (qobiliyati) mavjudligi. U kishida barqaror psixologik tuzilmalarni - kasbiy faoliyatiga doir bilim, ko'nikma, malakalar, kasb uchun muhim shaxsiy sifatlar mavjudligini o'z ichiga oladi.
2. Bevosita tayyorlik - bu ma'lum shart-sharoitlarda mutaxassisning psixologiyasi kasbiy vazifalarni bajarishga tayyorligini anglatadi. Kasbiy tayyorgarlikning bu jihati bo'lajak o'qituvchining psixologik xolati vaziyatga qarab o'zgaruvchanligi, harakatchanligi, dinamikligi bilan; mutaxassisning psixik holati va jismoniy sog'lomligi bilan, jamoadagi ma'naviy-ruhiy vaziyat bilan xarakterlanadi.
Ma'lumki, o'qituvchi shaxsining kasbiy tayyorgarligi uning chuqur bilimga, pedagogik mahoratga ega bo'lishini, shuningdek o'zini, o'z kayfiyatini boshqara olishini, o'zining psixologik, madaniy va jismoniy imkoniyatlarini ta'lim-tarbiya ishiga safarbar eta olishini nazarda tutadi.
Kasbiy tayyorgarlikning asosiy va murakkab jixati pedagogning psixologik, kasbiy-psixologik tayyorligi hisoblanadi va u kasbiy vazifalarni bajarishga mutaxassis ruhiy kuchlari -psixologiyasining tayyorlanganlik darajasi bilan bog'liq.
G.I.Xozyainov [2] o'z ishlarida pedagogik faoliyatga tayyorlikning asosiy tarkibiy qismlari (nazariy va uslubiy bilimlar, kasbiy-amaliy ko'nikmalar, shaxsning faoliyati)ni faollashtirishda motivlarning yetakchi rolini asoslab, pedagogik faoliyat turiga ijobiy munosabatni asosiy tarkibiy qism sifatida ko'rsatadi.
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
Shu kungacha pedagog olimlar tomonidan pedagogik faoliyatga kasbiy tayyorgarlik ko'rsatkichlari tizimi ishlab chiqilgan bo'lib, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:
• pedagogik faoliyatga bo'lgan ehtiyoj va motivatsiya mazmuni hamda kasbning mohiyati to'g'risida bilim darajasi;
• pedagogik faoliyat natij alari uchun javobgarlikni anglash darajasi;
• bilim, ko'nikma va kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan shaxsiy fazilatlarni jalb qilish va faollashtirish darajasi;
• pedagogik faoliyatga ijtimoiy munosabat sifati, kasbiy qiziqishlar barqarorligi darajasi.
Ba'zida "kasbiy tayyorgarlik" tushunchasi "kasbiy kompetentlik" tushunchasi bilan belgilanadi, bu umumiy ma'noda kasbga tayyorlikni shakllantirish, mehnat vazifalarini bajarishga barqaror yo'naltirishdir. Kasbiy kompetentlik - bu nafaqat natija, balki kasb-hunar va pedagogik ta'lim mazmunini muayyan tizimlashtirish orqali amalga oshiriladigan va to'rt tarkibiy qismga ega bo'lgan kasbiy tayyorgarlikning maqsadidir [2].
• Kasbiy va pedagogik bilimlar, ustalik bilan ketma-ket to'rt bosqichda amalga oshiriladi: kasbiy ahamiyatli bilimlarni idrok etish, anglash, yodlab olish va shunga mos ravishda ularni tanish va yangi pedagogik vaziyatda qo'llash;
• Kasbiy va pedagogik faoliyatni amalga oshirish tajribasi, quyidagilarda namoyon bo'ladi: empirik amaliyot jarayonida amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirish, odatdagi vaziyatlarda namunaviy faoliyat, notanish vaziyatlarda kasbiy faoliyat uslublarini takomillashtirish;
• Ijodiy pedagogik faoliyat tajribasi, bu jarayonga erishishda ushbu bosqichlardan o'tiladi: pedagogik muammoni anglash va shakllantirish, qisman izlanuvchan va tadqiqot faoliyati;
• Pedagogik faoliyat jarayonida qadriyatli-emotsional yo'naltirilganlik tajribasi, uch bosqichni o'z ichiga oladi: o'qituvchining xulq-atvorining ichki motivatsiyasini shakllantirish, ushbu modelga asoslangan kasbiy va pedagogik xatti-harakatlar, pedagogik faoliyatning ijodiy yo'nalishi.
Shunday qilib, o'qituvchining yaxlit pedagogik jarayonni amalga oshirishga tayyorligi mezonlarining umumiyligi quyidagi sxema bilan ifodalanishi mumkin:
Kompetentlikka insonning mehnat faoliyati davomida qilgan harakatlarining miqdoriga qarab emas, balki faoliyatning natijasiga qarab baho berish to'g'ri bo'ladi. Xuddi shuningdek, savodxonlik darajasiga qarab ham kompetentlikni belgilab bo'lmaydi.
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
M.P.Choshanov fikricha, kompetentlik - kasbiy tayyorgarlikning umuman yangi sifati bo'lib, uning o'ziga xos tomonlariga quyidagilar kiradi:
- kompetentli odamning bilimlari amaliy tezkor va harakatchan, ular bu bilimlarni doimo yangilab turadilar;
- kompetentlik mazmunli (bilimlar) va jarayonlarga doir (ko'nikmalar) komponentlariga ega. Muammoning mazmunini tushunishning o'zi yetarli emas, uni amaliy jihatdan maqbul usullar bilan yecha bilish kerak, ya'ni metodlarning moslashuvchanligi kompetentlikning zaruriy tavsifi hisoblanadi;
- kompetentlik maqbul yechimlarni tanlay bilish, qarorni asoslab bera olish, noto'g'ri yo'llarni chiqarib tashlash, ya'ni tanqidiy fikrlay olishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik tor ma'noda malaka talablari doirasida bevosita xizmat vazifalarini bajarish uchun ahamiyatga ega bo'lgan shaxs sifatlari yig'indisining xarakteristikasi sifatida tushuniladi. Shu nuqtai-nazardan kasbiy kompetentlik shaxs kasbiy sifatlarining negizi hisoblanadigan hamda mehnat va texnologik jarayonlarni tahlil qilish, texnik hujjatlarni va topshiriqlarni tahlil qilish, mehnat jarayonini bexato amalga oshirish, texnologik talablarga rioya qilish, qo'shimcha malakalarni egallash, madaniyat va jarayonlarni tashkil etishning yuqori darajaliligi, texnologik jarayonda vujudga keladigan nosozliklarni bartaraf etish kabi faoliyatning elementlari orqali taqdim etilgan kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lishni taqozo etadi.
V.P.Kozbireva [6] o'zining tadqiqotlarida mutaxassislar faoliyatining turli darajalaridagi elementlarni tahlil qilish asosida faoliyat turlari va faoliyat turlari tarkibini, shuningdek faoliyatning aniq funksional birliklarini belgilaydigan kasbiy - pedagogik faoliyatning tarkibi hamda mazmunini taklif qildi.
V.D.Simonenko va M.V.Retivbixlar [7] ham mazkur fikrga qo'shilgan holda quyidagicha ta'kidlashadi "Kasbiy tayyorlik - bu faol va maqsadli faoliyat bo'lib, bu jarayonda mavjud va yangi olingan ma'lumotlarni qayta ishlash, tashqi tasodifiy, ikkilamchi elementlarni asosiy, ichki qismdan ajratish, o'rganilayotgan vaziyatlarning mohiyatini aks ettirish, ular orasidagi mantiqiy aloqalarni o'rnatish amalga oshiriladi.
Talaba bajarishga tayyor bo'lishi lozim bo'lgan kasbiy vazifalar ro'yxati bitiruvchining malaka talablari (standartda)da aks ettirilgan va to'liq ochib berilgan. U mutaxassisning ishlab chiqarish sohasidagi o'rnini, o'z mehnat vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan shaxsiy va professional fazilatlari, dunyoqarashi, bilim va malakalariga qo'yiladigan talablarni belgilaydi.
Yaqqol namoyon bo'luvchi ichki kasbiy differensiatsiyali sharoitida turli mutaxassislik o'qituvchilari faoliyati barcha pedagogik jarayondagi umumiy tashkiliy va aniq pedagogik vazifalarni hal etishga qaratilgan, bu esa zamonaviy o'qituvchini ajratib turadi."
Shu kabi sohaga oid fikrlarni hamda texnologik ta'lim o'qituvchisiga qo'yilayotgan zamonaviy ijtimoiy-texnik talablar hamda mehyoriy xujjatlarni o'rganish natijasida aniqlanishicha, texnologik ta'limi o'qituvchisi quyidagi kasbiy-pedagogik faoliyat turlarini amalga oshirish uchun tayyor bo'lishi kerak: texnologiya hamda kasbiy ta'lim-tarbiya, ishlab chiqarish faoliyati, o'quv-uslubiy ishlar, tashkiliy-boshqaruv faoliyati, ilmiy-tadqiqot, madaniy -ma'rifiy faoliyat turlari va boshqalar.
Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning rivojlanishi mutaxassislaridan yangi kasbiy va shaxsiy fazilatlarga ega bo'lishni talab qiladi. Ularning orasidan tizimli fikrlashni, ekologik, huquqiy, axborot, kommunikativ madaniyatni, ishbilarmonlik madaniyatini, o'zligini anglash shkningdek, metodik qobiliyatini, o'z faoliyatini ongli tahlil etish qobiliyatini, noaniqlik sharoitida mustaqil
" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
harakatlarni, ijodkorlikni, amalga oshirilgan ishlar uchun javobgarlik hissi kabilarni ta'kidlab o'tish mumkin. 3.Xulosa.
Texnologik ta'lim o'qituvchisi umumta'lim va maxsus o'quv fanlari bo'yicha nazariy hamda amaliy o'quv mashg'ulotlarini tashkil etadi va olib boradi. U ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etadi (zamonaviy mutaxassis shaxsini kasbiy jihatdan muhim va ahamiyatli fazilatlarini tarbiyalaydi va rivojlantiradi) va olib boradi, yoshlarni kasbga yo'naltiradi, kasbiy ta'lim bo'yicha tajriba va tadqiqot ishlarini tashkillashtiradi hamda faol ishtirok etadi. Ta'lim muassasalarida tashkiliy - uslubiy ishlarni amalga oshiradi, pedagogik loyihalarni (ta'lim mazmuni, mustaqil ta'lim uslublari va innovatsion faoliyatni) yaratadi.
O'quv-uslubiy hujjatlar (asosiy ta'lim xujjatlari bo'lgan - o'quv rejalari, fan dasturlari, o'quv qo'llanmalari, metodik tavsiyalar)ni ishlab chiqadi, ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasini jihozlash va rivojlantirishda faol ishtirok etadi, shu bilan birga u kasbiy ta'lim muassasalari va tashkilotlarida tashkiliy va boshqaruv ishlarida faol ishtirok etadi.
Texnologik ta'lim o'qituvchisi bir vaqtning o'zida ikkita turli (heterogen): "odam-odam", "odam-texnika" tizimda ishlaydigan murakkab kamsonli kasblar guruhiga mansub va u ko'plab mutaxassisliklarga ega bo'lgan malakali kadrdir.
Tahlil etilgan ishlar va tadqiqotchilar fikrlaridan ko'rinib turibdiki zamonaviy bitiruvchilarini tayyorgarligiga qo'yiladigan talablar kelajakdagi kasbiy faoliyati doirasidagi vazifalari bilan belgilanadi. Ushbu talablarga javob berish uchun o'qishni tugatgandan so'ng bitiruvchilar bir qator kasbiy, ijtimoiy va madaniy ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak. Buning uchun bakalavrlar uchun shunday kasbiy tayyorgarlikni ta'minlash kerak-ki, u nafaqat fan sohalarini to'liq rivojlantirish uchun zamin yaratsin, balki hozirgi bosqichda oliy ta'lim tizimini qayta tashkil etish vazifalariga to'liq mos kelishi va jamiyatning barqaror rivojlanishi sharoitida bitiruvchining tegishli kompetentlik darajasini ta'minlashi lozim.
Demak, bakalavrlarning kasbiy tayyorgarligi doirasida bilimlarni bosqichma-bosqich yangilash, uning nazariy va eksperimental usullarini doimiy ravishda takomillashtirish tendensiyasini ham hisobga olish kerak. Oliy o'quv yurtining malakali bitiruvchisi ushbu o'zgarishlarni ko'rishi va kuzatib borishi va kasbiy faoliyatni doimiy ravishda yangilanib turadigan materiallar asosidagi professional yondashuv doirasida qurishi kerak. Bu esa yuqori darajadagi kasbiy ijodkorlik va kasbiy muammolarni hal qilish qobiliyatini talab etadi.
REFERENCES
1. Щуркова Н.Е. Практикум по педагогической технологии. -М.: Педагогическое общество России, 1998. —250 с.
2. Хозяинов Г.И.Мастерство педагога в процессе образования и обучения [Электронный ресурс] : монография / Г.И. Хозяинов .— М. : Физическая культура, 2006 .— 224 с. — Библиогр.: с. 201-203. - ISBN 5-9746-0020-7 .— ISBN 978-5-9746-0020-7 .— Режим доступа: https://rucont.ru/efd/286718
3. Бим-Бад Б.М. Педагогический энциклопедический словарь. — М., 2002. 223 б.
4. Дружинин В."Психология" Учебник для гуманитарных вузов. 2-е изд. - СПб.: Питер, 2001. - 656 с.
5. Шаврина О. Ю. Педагогика учителя. Уфа Стерлитамак, 2000
6. Козырева, Виктория Павловна. Формирование коммуникативной активности у детей с
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
множественными нарушениями в процессе коррекционной работы : диссертация ... кандидата педагогических наук : 13.00.03 / Козырева Виктория Павловна; [Место защиты: Моск. гос. гуманитар. ун-т им. М.А. Шолохова].- Москва, 2011.- 183 с.: ил. РГБ ОД, 61 11-13/918
7. Симоненко В.Д. ва Ретивых М.В. Общая и профессиональная педагогика: Учебное пособие для студентов, обучающихся по специальности «Профессиональное обучение» Под ред. В.Д. Симоненко, М.В. Ретивых. - Изд-во Брянского государственного университета, 2003
8. Х.А. Умаров, З.А. Умарова / "Использование электроннообразовательных ресурсов в целях создания образовательной экосистемы". Перспективные информационные технологии / Перспективные информационные технологии (ПИТ 2018) 2018
9. Umarova F.A., Umarova Z.A., Umarov X.A. "Scientific and practical bases of creation and use of electronic educational resources in educational process." European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol.7 №. 12,2019. ISSN 2056-5852
10. Abdurakhimovich, Umarov Khusan. "Incessancy Of Education And Activities In The Development Of Professional Education." The American Journal of Social Science and Education Innovations 2.07 (2020): 256-263.
11. Khusan Abdurakhimovich Umarov. (2020). Formation of students' professional readiness on the basis of innovative ways of cooperation in the conditions of uzbekistan (by the example of future teachers). Journal of Central Asian Social Studies, 1(01), 15-25. https://doi .org/10.37547/j cass/volume01issue01 -a2