Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MUSIQA TA’LIMI O‘QITUVCHILARINING BADIIY-ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI'

BO‘LAJAK MUSIQA TA’LIMI O‘QITUVCHILARINING BADIIY-ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
68
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / badiiy-estetik / kompetentsiya / metod. / music / artistic-aesthetic / competence / method.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Murodova, Durdona Raimjon Qizi

Mazkur maqolada oliy musiqa ta’limida musiqa o‘qitish fanlari bilan ijtimoiy-gumanitar fanlar integratsiyasini shakllantirish, fanlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishning innovatsion modeli va uning tahlili keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONTENT OF THE DEVELOPMENT OF ARTISTIC-AESTHETIC COMPETENCE OF FUTURE MUSIC EDUCATION TEACHERS

This article presents an innovative model of developing the artistic-aesthetic competence of future music education teachers by forming the integration of social and humanitarian sciences with music teaching disciplines in higher music education, establishing interdisciplinary cooperation, and its analysis.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MUSIQA TA’LIMI O‘QITUVCHILARINING BADIIY-ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

(UDK:785/789+398)

BO'LAJAK MUSIQA TA'LIMI O'QITUVCHILARINING BADIIY-ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI

Murodova Durdona Raimjon qizi

Farg'ona davlat universiteti "San'atshunoslik" fakulteti "Vokal va cholg'u ijrochiligi" kafedrasi o'qituvchisi Tel:+99899 912 27 18

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada oliy musiqa ta 'limida musiqa o 'qitish fanlari bilan ijtimoiy-gumanitar fanlar integratsiyasini shakllantirish, fanlararo hamkorlikni yo 'lga qo'yish orqali bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishning innovatsion modeli va uning tahlili keltirilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, badiiy-estetik, kompetentsiya, metod.

ABSTRACT

This article presents an innovative model of developing the artistic-aesthetic competence of future music education teachers by forming the integration of social and humanitarian sciences with music teaching disciplines in higher music education, establishing interdisciplinary cooperation, and its analysis.

Key words: music, artistic-aesthetic, competence, method.

KIRISH

Mamlakatimizda ta'limning hozirgi rivojlanish bosqichida o'qitish metodlari, vositalarini va tashkil etish shakllarini takomillashtirish zarurati yanada kuchaymoqda. Shuning uchun mutaxassislar tayyorlash, xususan, yangi davrga mos o'quv-metodik va ilmiy adabiyotlar yaratish va ularni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, o'quv muassasalarini zamonaviy pedagogik-kommunikatsiya vositalari bilan ta'minlash, ta'lim sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratish zarur. Shu kesimda musiqa ta'limida zamonaviy musiqa ta'limining keng qamrovli va chuqur ilmiy-metodik poydevorini ishlab chiqish jiddiy masalalardan bo'lib qolmoqda. Zero, "bugungi kunda mamlakatimizda uzluk-siz musiqiy ta'lim tizimi to'liq shakllan-gan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki bugungi yoshlar musiqa va san'at maktablaridan tor-tib litsey - kollejlar va konservatoriya, san'at instituti hamda pedagogika univer-sitetlarida musiqaning o'zlari tanlagan yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olish imkoni-yatlariga ega. Bundan tashqari ko'pgina tuman-larda yangi loyihadagi bolalar musiqa va san'at maktablari qurilib foydalanishga topshirildi. Respublikadagi barcha bolalar musiqa va san'at maktablari hamda maktabdan

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

tashqari ta'lim muassasalari zamonaviy o'quv jihozlari va cholg'u asboblari bilan to'liq ta'minlandi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Shuningdek, mamlakatimizdagi barcha umumiy o'rta ta'lim maktablari fortepiano, royal va boshqa zarur cholg'u asboblari bilan bosqichma-bosqich ta'minlanib kelinmoqda. Yaratilgan bunday imkoniyatlar esa pedagoglardan yanada mas'uliyatliroq bo'lishni, o'quvchilar ongiga, ruhiyatiga musiqa san'atining barcha qirralarini singdirishni talab etadi"[66;63]. Buning uchun esa, bo'lajak musiqa o'qituvchilarining bilim tafakkuri, zarur pedagogik kompetentligi rivojlangan bo'lishi zarur.

Badiiy-estetik tarbiya bo'lajak musiqa o'qituvchilarining ma'naviy kamolotida muhim o'rin tutuvchi omillardan biri bo'lib, ularning xoxish - istagi tufayli emas, jamiyatning qonuniy ehtiyojlaridan kelib chiqadigan zaruriyatdir. Badiiy-estetik tarbiyaga e'tibor kecha yoki bugun paydo bo'lgani yo'q. Bugungi davrda ham bo'lajak musiqa o'qituvchilarining borliqdagi go'zalikka, nafosat olamiga yaqinlashtirish juda muhim pedagogik vazifalardandir. Chunki badiiy-estetik tarbiya ijtimoiy hayotimizning barcha sohalariga tegishlidir. Bu orqali bo'lajak musiqa o'qituvchilarining ijodkorligini oshirish, musiqiy layoqatini rivojlantirish va estetik munosabatga kirishish qobiliyatini o'stirish mumkin bo'ladi. Bu esa, o'quvchilarning musiqiy tafakkuri, sa'natni tushunishi va unga bo'lgan estetik didini o'sishiga olib keladi.

Oliy ta'limda bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchilarining badiiy-estetik kompetentliligini takomillashtirish zarurati bir qator ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va pedagogik omillar bilan belgilanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, «bo'lajak musiqa o'qituvchilarining badiiy-estetik kompetentliligini tashkil etishda musiqiy san'at va pedagogikaning integratsiyalashuvi bo'lgan bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchisining kelajakdagi pedagogik faoliyati tarkibiy qismlarining butun majmuasi hali to'liq aks ettirilmagan»[81;62]. Shu tufayli oliy ta'limda musiqa o'qituvchisi tayyorlash tizimi juda murakkab bir qator (musiqiy pedagogik, amaliy va nazariy, uslubiy, dirijor, vokal-xor, instrumental ta'lim) komponentlarni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, pedagogik ilm-fanning zamonaviy darajasi bo'lgan bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchisining badiiy-estetik faoliyatga tayyorgarlik jarayonining alohida jihatlarini o'rganish uchun integral yondashuv zarur.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirda musiqa ta'limi sohasi masofaviy ta'lim kabi yangi shakllarni o'z ichiga olib, rivojlanib bormoqda. Bular onlayn-dars mashg'ulotlardan tashqari

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

telekommunikatsion tanlov loyihalari, Respublika va xalqaro onlayn fan olimpiadalar, internet va elektoron platformalar yordamida o'tkaziladigan viktorina va tanlovlar, masofaviy o'qitilayotgan turli fanlarning o'qitish metodikalaridir. Telekommunikatsiya muhiti, fanni o'qitish mazmuniga o'z qarashiga ega bo'lgan holda umumiy madaniy fazilatlarni shakllantirishga harakat qilishga, tegishli qarorlar qabul qilishga, tahlil qilish va kerakli ma'lumotlarni saralab olishga chorlaydi. Kompyuter texnologiyalarni tahlil qilgan holda, bugungi kunda ularni qo'llash zarur bo'lgan quyidagi yo'nalishlarini ko'rsatib o'tish mumkin:

- musiqa asarlarini tinglab tahlil qilish;

- musiqa yaratish;

- bir vaqtda matn, audio-yozuv va video ko'rinishdagi musiqiy materialni nazariyasi va tarixini o'rganish;

- shaxsiy musiqiy dasturlarni yaratish;

- internet tarmog'idan foydalangan holda turli musiqiy ma'lumotlarni olish[75;242]. Bunday imkoniyatlar orqali bo'lajak musiqa o'qituvchisi o'zining musiqiy bilimi va pozitsiyasini tanlashi, musiqa turlari bo'yicha o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishi ham mumkin.

Kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lgan bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchisini tayyorlash ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axborot-kommunikatsiya makoniga moslasha oladigan shaxsni shakllantirishga qaratilgandir. Talabalarning musiqiy fikrlashlari, ularning musiqiy qobiliyatlarini yaxshi rivojlanishiga erishish uchun musiqa o'qituvchisining pedagogik faoliyatida "konseptual fikrlash qobiliyatlari" eng ko'p namoyon bo'lishi kerak. Musiqa pedagogikasi bilan bog'liq tadqiqotlarga asoslanib, musiqiy mahorat - bu o'z musiqiy faoliyatini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, ko'nikma va malakalar majmuidir degan fikrga keldik. Rus olimi V.Asafiyev o'z asarlarida "umumta'lim maktabida musiqa o'qituvchisi faqat bir sohadagi "mutaxassis" bo'lmasligi kerak" degan fikrlarni bildirib, u nazaryachi, musiqa tarixchisi, musiqa etnografi va har doim ham bir tomondan diqqatni jalb qilish uchun musiqa asbobini yaxshi biladigan ijrochi bo'lishi kerak deb aytib o'tgan. Musiqa o'qituvchisining kasbiy kompetentliligi uning faoliyati kasbiy madaniyat va pedagogik mahoratni takomillashtirishga qaratilgan turli tarkibiy qismlarni birlashtiradigan kompleks sifatida tavsiflangan shaxsning integratsiyalashgan sifati hisobdanadi[81;63]. Demak, bo'lajak musiqa o'qituvchining kasbiy mahoratini shakllanib borishi, musiqiy tafakkurini oshishi va musiqiy ijrochilikni yaxshi bilishi bialn birga estetik didi va badiy ijodkorligi yuksak rivojlangan bo'lishi talab etiladi.

Shu bois bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchisi bir nechta kompetensiyalarni o'zida mujassam ettirgan bo'lishi kerak:

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

• musiqa o'qituvchisi o'zining estetik didi va madaniyati bilan ajralib turishi kerak;

• musiqiy faoliyatda yuksak didliligi bilan ajralib turishi kerak;

• o'qituvchi juda keng musiqiy dunyoqarashga ega bo'lishi kerak;

• musiqa o'qituvchisi ko'p tilli musiqashunos bo'lishi kerak;

• musiqa o'qituvchisi - psixolog bo'lishi kerak;

• pedagogik jarayonni zamon talablari asosida tashkil eta olishi kerak;

• musiqiy bilim, ko'nikma va malakalarni o'zida mujassam ettirgan bo'lishi kerak[81;64]. Shunday ekan, bo'lajak musiqa o'qituvchisining asosiy bilim va ko'nikmalariga badiiy-estetik didi, malaka va ko'nikmalari ham kirishi uchun qanchalik muhim ekanligini ko'rsatib beradi.

• Bo'lajak musiqa o'qituvichlarida badiiy-estetik kompetentlikni rivojlantirish vazifasi faqatgina go'zallikni tushunish va baholashni o'rgatish emas, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga undashdir. «Badiiy-estetik tarbiya muammosi avvaldan jamoatchilik diqqat markazida bo'lib kelgan. So'nggi paytlarda bu to'g'risida juda ko'p fikrlar aytilmoqda. Ba'zilar badiiy-estetik tarbiyaning asosiy vazifasi talabalarda ijodiy faollikni tarbiyalash, deyishsa boshqalar go'zallikni xunuklikdan farqlashni o'rgatish, uchinchilar yuksak ma'naviyat va rivojlangan badiiy-estetik didni shakllantirish deya ta'kidlashmoqda»[65;278]. Darhaqiqat, badiiy-estetik tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri badiiy-estetik did tarbiyasidir. Estetik ong tizimida o'ziga xos o'rin tutuvchi estetik did eng nozik, ziddiyatli, murakkab shuningdek qiziqarli va dolzarb masalalardan biri. Estetik didning o'ziga xos xususiyatlaridan biri uning voqelikka, narsa yoki hodisaga ko'rgan holatda beriladigan bahoda namoyon bo'ladi. Ilk bor ko'rib turgan san'at asari, mutola qilingan kitobga mushtariy yoshi, kasbi, ma'lumoti darajasiga ko'ra turlicha baho beradi. Mana shu jihatning o'zi uning faqat alohida insonga xos bo'lgan ammo, jamiyat uchun ham muhim ekanligini, ya'ni «shaxsiy masala» emasligini ko'rsatadi. Bu oddiygina «yoqadi yoki yoqmaydi» so'zlari orqali ifodalansada bizning estetik didimiz, dunyoqarashimiz, madaniyatimizni namoyon etadi. Bu bahoda bizning qarashlarimiz, tajribamiz, biz yashayotgan jamiyat, davr qarashlari ham ma'lum ma'noda aks etadi.

• Har bir talaba g'oyaviy-estetik jihatdan yetuk badiiy asarlar va san'at bilan muloqotda bo'lsa, go'zallikdan zavqlanishni o'rganadi, uni his etadi, uni yaratadi. Aksincha sayoz ilmiy-pedagogik muhit, bo'lajak o'qituvchilarning didini ham sayozlashtirib qo'yadi. Badiiy did bilan estetik did bir-biridan farq qilsa-da, har doim bir-birini to'ldirib boradi. Badiiy did estetik didga asoslanadi. Turli janrlardagi badiiy adabiyot namunalari-hikoyalar, qissalar, mumtoz asarlar, ulardagi badiiy obrazlar, tasviriy vositalar bo'lajak musiqa o'qituvchilarining hissiyotiga ta'sir ko'rsatadi,

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

badiiy qadriyatlarni idrok etish va o'zlashtirishiga yordam beradi, badiiy-estetik zavq bag'ishlaydi. Bu orqali ularning ijodkorlik ko'nikmalari rivojlanadi, hissiyotida ulug'vor tuyg'ular shakllana boshlaydi. Natijada, ularning ta'lim berish samaradorligi va o'quvchilar bilan ishlash sifati rivojlanadi.

Xulosa qilib aytganda, har bir yangi avlod moddiy va ma'naviy madaniyat negizini har gal yangitdan yaratmaydi, balki o'tmish avlodlar tomonidan yaratilgan mavjud madaniy boyliklarga tayanadi. Tarixiy vorislik kishilik jamiyati, jumladan, madaniyati taraqqiyotining zaruriy shartidir. Madaniyat boyliklari jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida uning extiyojlari tufayli yuzaga kelib va mazkur jamiyat hayotini aks ettirib, shu jamiyat bilan birga yo'q bo'lib ketmaydi, balki o'z davrini o'tab, keyingi avlodlar uchun madaniy meros bo'lib qoladi. Ushbu meros yoshlarimiz ma'naviyatini shakllantirishda, ularni har tomonlama komil inson qilib voyaga yetkazishda salmoqli ruhiy va ma'naviy oziq bera oladigan g'oyaviy va hissiy tarbiya vositasi sifatida xizmat qilishi, hamda barcha ijodkorlarimiz uchun ilxom manbai bo'lib qolishiga hech shubxa yo'qdir. Buning uchun esa yoshlarda ana shu madaniyatni to'g'ri shunadigan, qadrlaydigan kelajak avlodga yetkaza oladigan badiiy-estetik dunyoqarash, bilim, did va mas'uliyatni shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo'lib qoladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni. https://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-oliy-talim-tizimini-2030-yilgacha-riv-09-10-2019.

2. Abdullayeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari (Ijtimoiy-gumanitar yo'nalishdagi akademik litseylarda matematika o'qitish misolidayPed.fan.dok... Diss. - T.: TDPU, 2006. -B.264.

3. Gazman O.S. Pedagogika svobodi: put v gumanisticheskuyu sivilizatsiyu XXI veka // Novie sennosti obrazovaniya: - Moskva., 1996. Vip. 6.

4. Насритдинова М., Нигора М., Муродова Д. (2022, февраль). УЗБЕКСКОЕ НАРОДНОЕ ИСКУССТВО И ЕГО МЕСТО В ОБЩЕСТВЕННОЙ ЖИЗНИ. В Архиве конференций (стр. 44-48).

5. Murodova, D. (2022). ЯНГИ ТАРАВДИЁТ БОС^ИЧИДА ЁШЛАРДА БАДИИЙ-ЭСТЕТИК БИЛИМ ВА КУНИКМАЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЖАРАЁНИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ ЗАРУРИЯТИ. Science and innovation, 1(B6), 702-707.

XULOSA

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

6. Nasretdinova, M., Toshaliyev, D., & Murodova, D. R. Q. (2022). AN'ANAVIY IJROCHILIK SAN'ATINING HOZIRGI DAVR MUAMMOLARI. Scientific progress, 3(2), 846-850.

7. Дурдона, М. (2021, май). О ДУТОРЕ И ЕГО ИСПОЛНЕНИИ. В Архиве конференций (т. 25, No 1, с. 29-31).

8. Муродова, Д. (2021). Научно-теоретические аспекты музыкального мышления. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 1(1), 196-199.

9. Муродова, Д. (2021). ПОНЯТИЕ МУЗЫКАЛЬНОГО МЫШЛЕНИЯ И ЭТАПЫ ЕГО РАЗВИТИЯ. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 245-250.

10. Nazokat, A., & Abdusalom, M. (2022). THE NATIONAL HANDICRAFTS OF BUKHARA. Research Focus, 1(2), 307-312.

11. Ахмедова, Н. Э. (2022). МУЪЖАЗ САНЪАТНИНГ БЕТАКРОР НАФОСАТ ОЛАМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

12. Ахмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ АВЛОДНИ АХЛОКДЙ, КОГНИТИВ ВА ЭСТЕТИК ТАРБИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КИТОБОТ САНЪАТИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204-208.

13. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

14. Ахмедова, Н. Э. (2022). МАРКАЗИЙ ОСИЁДА ТЕМУР ВА ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ МЕЪМОРИЙ БЕЗАК ТУРЛАРИНИ ТАДЛИЛ КИЛИШ НАТИЖАСИДА ЁШЛАРНИ АКЛИЙ ВА МАЪНАВИЙ ТАРБИЯЛАШ САЛОХИЁТИГА ТАЪСИР КИЛИШ ОМИЛИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 41-45.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.