Научная статья на тему 'YOSH AVLODNI MA’NAVIY-MADANIY RUHDA TARBIYALASHDA MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI'

YOSH AVLODNI MA’NAVIY-MADANIY RUHDA TARBIYALASHDA MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
117
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maqom / soz / ansambil / duet / folklor / navo / orkestr / qo‘shiq. / poppy / ensemble / duet / folklore / melody / orchestra / song.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ataboyeva, Shoxida Jo‘rayevna

Ushbu maqolada o‘zbek milliy musiqa san’atining vujudga kelish jarayonlari, rivojlantirish bosqichlari hamda musiqaning yosh avlodni ma’naviy-madaniy ruhda tarbiyalash haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MUSIC IN SPIRITUAL AND CULTURAL EDUCATION OF THE YOUNG GENERATION

The article highlights the features of the development of national musical art, the stages of its evolution and the impact on the consciousness and spirituality of the younger generation.

Текст научной работы на тему «YOSH AVLODNI MA’NAVIY-MADANIY RUHDA TARBIYALASHDA MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

YOSH AVLODNI MA'NAVIY-MADANIY RUHDA TARBIYALASHDA

Ushbu maqolada o'zbek milliy musiqa san'atining vujudga kelish jarayonlari, rivojlantirish bosqichlari hamda musiqaning yosh avlodni ma'naviy-madaniy ruhda tarbiyalash haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: maqom, soz, ansambil, duet, folklor, navo, orkestr, qo'shiq.

В статье освещаются особенности процесса развития национального музыкального искусства, этапы его эволюции и воздействие на сознание и духовность молодого поколения. Ключевые слова: маком, ансамбль, дуэт, фольклор, мелодия, оркестр, песня.

Ключевые слова: маком, ансамбль, дуэт, фольклор, мелодия, оркестр, песня.

The article highlights the features of the development of national musical art, the stages of its evolution and the impact on the consciousness and spirituality of the younger generation.

Key words: poppy, ensemble, duet, folklore, melody, orchestra, song.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishni o'ziga xos yo'lini tanlashi natijasida, ta'lim muassasalarida kelajagimiz davomchilari bo'lgan yoshlarga musiqa san'ati sohasida olib borilayotgan ishlar va mashg'ulotlarni Xalqaro ta'lim talablari asosida tashkil etish bugungi kun talabi bo'lmoqda. Mamalakatimizda yashayotgan yosh avlolni har tomonlama rivojlanishida, ularning ijtimoiy ma'naviy-madaniy ruhda tarbiyalashda musiqa san'atining o'rni beqiyosdir. Yoshlarga ta'lim - tarbiya berishda musiqa san'atiga ilmiy jihatdan yondoshsak, musiqa - insonning hissiy kechinmalarini, fikrlarini, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki mazmun vositasida aks ettiruvchi san'at turidir.

Yosh avlodni ma'naviy-madaniy ruhda tarbiyalashda musiqa san'atinig o'rni jonli ifodasi va, ayni paytda, yangi, buyuk davlat bunyodkori bo'lmish jamiyatimizning ruh quvvati va jon ozig'idir. Hozirgi kunda o'zbek an'anaviy

MUSIQA SAN'ATINING O'RNI

Ataboyeva Shoxida Jo'rayevna

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti vokal va cholg'u ijrochilik kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

musiqasiga e'tibor yanada kuchaydi. Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va marosimlaming tiklanishi musiqa sohasida ham sezilarli o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Qadimiy milliy musiqamizdagi boy badiiy-tasviriy vositalar bilan bir qatorda, yangi janr va turlarini o'zlashtirish natijasida o'zbek musiqa san'ati yana ham yuksak darajaga ko'tarildi. Shu boisdan respublika miqyosida ko'plab ko'rik-tanlovlar tashkil qilinmoqda. Turfa mahalliy an'analar va xilma-xil ko'rinishlarni o'z ichiga olgan o'zbek musiqa merosi shu kunga qadar ikki asosiy qatlamda yetib kelgan bo'lib, biri «xalq musiqasi» yoki «musiqiy folklor», yana biri esa «mumtoz-kasbiy» yoki «ustozona» musiqa deb yuritiladi. Ularning har qaysisi ko'p va xo'p badiiy barkamol aytim hamda cholg'u namunalaridan iborat. Ayni vaqtda qadimiy va boy musiqiy merosimiz yangi davrlarda qaror topgan bastakorlik an'analarini ham o'zida mujassam etgan holda rivoj topmoqda. Bunda avvalo benazir musiqiy folklorning serjilo va rang-barang turlari namoyon bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Respublikamizning istiqlolga erishishi munosabati bilan azaliy xalqchil qadriyatlari tiklandi, shu jumladan badiiy-musiqiy merosimizni atroflicha o'rganish va undan bahramand bo'lish uchun yetarlicha imkoniyatlar vujudga keldi. Endilikda eski mafkura tobeligi ostida e'tiborsizlik oqibatida anchayin susayib qolgan, ayrim hollarda esa unutilayozgan o'ziga xos milliy musiqiy qadriyatlarimiz qaddini rostlamoqda. Turfa mahalliy an'analar, badiiy barkamol aytim hamda cholg'u kuylaridan iborat xalq musiqa ijodiyoti durdonalari nufuzli xalq tantanalari va muhim sanalarga bag'ishlangan bayramlarda tarannum etilmoqda. Milliy va ma'naviy merosimiz asrlar mobaynida xalqimizning bebaho xazinasi sifatida ko'nglimizni nurafshon etadi, bizni hayotning g'am-anduhlaridan yiroq etib, go'zal va yoqimli xatti-harakatlarga chorlaydi. Mumtoz kuylar, milliy musiqiy durdonalar insonni ruhiy kamolotga, go'zal tuyg'ularni qalban his etishga, ma'naviy barkamol bo'lishga o'rgatadi. Ta'kidlash joizki, yosh avlodni har jihatdan kamol toptirish uchun ularda estetik tarbiyani yuksaltirish, milliy va jahon musiqa durdonalaridan bahramand etish maqsadida Davlatimiz tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda. Musiqaning tarbiyaviylik xususiyatiga odatda ikki xil yondashiladi. Birinchidan, musiqa harakatlantiruvchi va poklovchi ma'naviy hodisa. Ikkinchidan, musiqa - ko'ngilochar va ermakka asoslangan manfaatdorlik manbai. Har ikkala yondashuvda ham musiqaning tarbiya jarayonlaridagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Chunki, masalaga tabiatan yondashadigan bo'lsak, har qanday musiqa ma'naviy hodisaga aylanmagani kabi barcha musiqalar ham oddiygina manfaatdorlik manbai bo'lavermaydi. Chinakam musiqa madaniyat va ma'naviyat mulki sifatida tarbiya jarayonlariga yanada yaqinlashadi. Musiqaning tarbiyaviylik xususiyati uni tinglash,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

his etish, munosabat bildirish kabi estetik madaniyat tizimi orqali izohlanadi. Bugungi kun musiqasi dunyodagi sodir bo'layotgan hamma jarayonlarning aksi, insonning va insoniyatning turli tashqi ta'sirlardan, ba'zan o'z-o'zidan ma'naviy, ruhiy, ijtimoiy va jismoniy taraflardan ozod bo'lishda yagona yo'li hamda inson madaniyatining tadrijiy rivojini beruvchi imkoniyatidir. Yangi musiqa yangi san'at kabi ma'lum bir vaqtda paydo bo'lmagan, u avvalgilarning davomi. Lekin, ba'zi bir hollarda ayrim estrada musiqa namunalari yoshlarning ahloqiy olamiga zo'rlik bilan ta'sir ko'rsatishga urinmoqda. Ular asosan G'arb musiqasi namunalari yoki ularga taqliddir. Hozirgi davr ultra musiqasining ayrim "bit", "rok", "rep", "pop" turlari yoshlarni ma'naviy-madaniy qashshoqlikka, tubanlikka boshlamoqda. Bunday bema'ni va behayo musiqalarning ba'zi «namunalari» bizga ham yetib kelgan. G'arb musiqasining shiddat bilan yoshlarimiz hayotiga va ongiga kirib kelishini garchand yangilik sifatida qabul qilsak ham, ularning fe'l-atvorida jiddiy burilish yasalayotganligi bor gapdir. Musiqa san'ati qilsak ham, ularning fe'l-atvorida jiddiy burilish yasalayotganligi bor gapdir. G'arb musiqiy janrlarining yoshlar tarbiyasi, yashash tarziga mos kelayotganini inkor eta olmaymiz. Ularning ta'bi, didi shuni talab qilayapti. Lekin, jazavaga tortuvchi, bir xil so'zlarni ko'p takrorlayveradigan, bir xil ritmga asoslangan musiqani ko'p tinglaydigan yoshlar, shubhasiz milliylikdan yiroqlashadi. Ularning ongu shuuriga shovqin-suronli musiqa shu darajada o'rnashadi-ki, natijada yurishturishi ham o'zgara boshlaydi. Shu boisdan yoshlarda to'g'ri estetik didni, insonning ma'naviy dunyosini boyituvchi haqiqiy go'zal musiqaga muhabbatni tarbiyalash, yangi inson - mustaqil davlat quruvchisini kamol toptirish uchun kurash jamiyatimizning muhim vazifasidir. Chunki kishilar ongi va ma'naviy olamiga musiqa san'atining ta'sir kuchi nihoyatda kattadir. Madaniy jamoatchiligimiz, avvalambor musiqashunos olimlar, ustoz san'atkorlar, kompozitorlar, yozuvchi va jurnalistlar, ko'p sonli san'at ixlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o'z fikrini ochiq bildirib borishi, shu tariqa yoshlarimizga to'g'ri tarbiya berishimiz ham qarz, ham farz. Xo'sh, milliy musiqaning tarbiyaviy ta'sir kuchini, ahamiyatini oshirish uchun qanday ish ko'rish kerak, degan savol ko'ndalang bo'ladi. Unga O'zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy quyidagicha javob beradi: "Milliy qadriyatlarimizni, tilimizni, musiqiy asarlarni bolaning eng kichik yoshidan qulog'iga singdirib borilsa, u maktab yoshiga yetgan paytda o'z ongini ancha boyitgan hisoblanadi. Bog'cha yoshidagi bolalarga ovqatlanish, o'ynash mahalida dam-badam quloqqa malol kelmaydigan tarzda milliy musiqiy ohanglar eshittirilib borilishi kerak. Hatto, eski o'zbek adabiy tili, ya'ni mumtoz shoirlarimiz ishlatgan so'zlardan bir qanchasini o'rganib olish yo'llari ham bor. Bolalarda narsa-hodisani o'ziga tez qabul qiluvchi aql-idrok asta-sekin rivojlanib boradi. Agar bolaga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

2-3, 4-5 yoshidan boshlab mumtoz musiqamizni singdirib borish kerak. Maktab yoshidagi bolalarga musiqani tinglash soatlarini joriy qilish lozim. Tinglash madaniyati, his qilish malakasi shakllangan bola hech qachon o'z milliy musiqasini chetga surib qo'yib, ajnabiylar san'atiga mehr qo'ymaydi. Bu an'ana maktabdan kollej va litseylarga, oliy o'quv yurtlariga o'tsa deyman". Musiqa san'ati boshqa san'at turlari kabi o'zida hayotni aks ettiradi. Yoshlarga musiqa sirlarini, mazmun-mohiyatini teran o'rgatib borish ularning yetuk san'at darg'alari bo'lib har tomonlama uyg'un kamol topishlarida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Kuy-qo'shiqqa mehr-muhabbat bolalikdan boshlanishi lozim. Musiqa va san'atning hayotbaxsh ta'siri yoshlar hayotida o'zgacha o'rin tutadi. Bola darsdan bo'sh vaqtida o'zi xohlagan musiqa turi bilan shug'ullanishi natijasida kelgusi kasbi uchun zamin tayyorlaydi, qalbida odamiylik, ezgulik kabi olijanob fazilatlar bo'y ko'rsatadi. Musiqani nafaqat maxsus o'quv maskanlari, musiqa maktablari va to'garak mashg'ulotlarida, balki oilada ham o'rganish uchun yaxshi muhit yaratish lozim. Buyuk faylasuflardan biri Platon musiqaning inson hayotidagi o'rni haqida to'xtalib, "Yaxshi musiqa butun dunyoni jonlantiradi, qalbni qanot bilan ta'minlaydi, tasavvurot va yangi g'oyalar tug'ilishiga yordam beradi", - degan edi. Hayotbaxsh kuy-qo'shiq eshitgan, go'zal va yoqimli ohang tinglagan keksa-yu yosh ruhiyatida mamnunlik aks etadi, qalbida ezgu tuyg'ular shakllanadi. Axloq, odob tarbiyasida o'tib ketgan imkoniyatlarni qayta, ko'ngildagidek tiklab bo'lmaydi. Yaxshi tarbiya ko'rgan bolalargina bilim olishga ixlosi bo'ladi, jamiyatda ham o'zining munosib o'rnini topa oladi. Jamiyatimiz uchun bilimli, fan asoslarini chuqur egallashga vijdonan intiladigan yoshlar kerak. Bunday fazilatlar yetuk ahloq va odob zaminidagina shakllanishi mumkin. O'quvchi yoshlarda burch, vatan va millat oldidagi mas'uliyatni his qilish, qonunlarga rioya etish singari fazilatlarni ham shakllantirish kerak. Yoshlarning shaxs sifatida kamol topishiga salbiy ta'sir etadigan muhitni bartaraf etish ham tarbiyaviy ishlar tizimiga kiradi. Yoshlarni tarbiyalash Buyuk faylasuflardan biri Platon musiqaning inson hayotidagi o'rni haqida to'xtalib, "Yaxshi musiqa butun dunyoni jonlantiradi, qalbni qanot bilan ta'minlaydi, tasavvurot va yangi g'oyalar tug'ilishiga yordam beradi", - degan edi. Hayotbaxsh kuy-qo'shiq eshitgan, go'zal va yoqimli ohang tinglagan keksa-yu yosh ruhiyatida mamnunlik aks etadi, qalbida ezgu tuyg'ular shakllanadi. Yosh avlodni ma'naviy-madaniy ruhda tarbiyalashda musiqa san'atinig o'rni - butun jamoatchilik manfaatdor bo'lgan umumdavlat ishidir. Tarbiya, ta'lim ishlari davlat tomonidan bajarilishi ham istiqbol ehtiyojlari bilan taqozo etgan obyektiv zaruratdir. Bolalik chog'idan farzadlarimizga to'g'ri musiqiy ta'lim berish va yosh avlod qalbi va ongida ezgu g'oyalarni shakllantirish, ularni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

fidoyilik ruhida tarbiyalash uchun respublika bo'yicha ko'p sonli musiqa maktablari, etnografik jamoalar, xor to'garaklari tashkil qilingan. Ulardan biri nafaqat O'zbekistonda, balki qo'shni davlatlarda va uzoq xorijda ham mashhur bo'lgan "Bulbulcha" bolalar musiqiy dastasidir. Keyingi yillarda Respublikada yosh iste'dodlarni kashf etish, qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga qaratilgan ko'plab ko'rik tanlovlar, madaniy-ma'rifiy tadbirlar, konsertlar, ko'rgazmalar va festivallar bo'lib o'tyapti. Jumladan, "San'at g'unchalari", "Yagonasan, muqaddas Vatan", "Yangi avlod", "Nihol" kabi ko'rik-tanlovlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Bugungi kunda bolalar musiqa va san'at maktablarida ta'lim oluvchi o'quvchilar soni tobora ko'payib bormoqda. Musiqa ta'lim tizimini zamon talablariga moslashtirishga davlatimiz tomonidan jiddiy e'tibor qaratilib kelinmoqda. "Bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yaxshilash" bo'yicha qarorlarning qabul qilinishi soha rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Soha rivoji uchun qabul qilingan qarorlarda yosh avlodning iste'dodini har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarni milliy va jahon musiqalari, tasviriy san'atining yuksak namunalaridan keng bahramand bo'lishi uchun zarur sharoitlar yaratish, bolalar musiqa va san'ati maktablarini rivojlantirish hamda zamonaviy moddiytexnik bazasini shakllantirish borasida qat'iy chora tadbirlar belgilanganligi bilan e'tiborli bo'ldi. Jumladan, mumtoz musiqiy merosimizni asrab-avaylash va o'rganish, uni yosh avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida ko'plab ko'rik tanlovlar, nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.

REFERENCES

1. Asqar Feruza. Musiqa va inson ma'naviyati. -Toshkent: 2000 yil.

2. Ahmedova Z. Milliy musiqa madaniyati va uning yoshlar ma'naviyatini shakllantirishdagi o'rni. Toshkent. O'zMU. 2005.

3. Inomova M. Oilada bolalarni ma'naviy axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar. -Toshkent. Fan. 1999 yil.

4. Ergashev, A. (2022). MUSIC EDUCATION IN FOREIGN COUNTRIES. Science and Innovation, 1(7), 262-265.

5. Mannopov, S., Karimov, A., Ataboeva, S., Ergashev, A., & Usmanova, S. (2021). Development Of Symphonic Music in Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 53-56.

6. Karimov, A., Mamaziyaev, K., Kholikova, G., Ergashev, A., & Kirgizov, I. (2021). Symbol Of Instruments In State Performance Served In Uzbekistan. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

7. Ergashev, A., Ataboyeva, S., Djalalova, N., & Usmonova, S. (2021). THE ROLE OF COMPOSERY IN THE ART OF NATIONAL SINGING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 863-867.

8. U.Rahmonov. Образование и наука в XXI BeKe."Yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy tafakkurini shakllantirishda Sharq uyg'onish davrining buyuk allomalarini musiqa san'atida tutgan o'rni" №°A3-020106528-74 ot 28.05.2021 yil.

9. U.Rahmonov. iScience PoIand/ POLISH SCIENCE JOURNAL. "Millatlararo totuvlikda san'atning o'rni". Issue 5(38) Part 2.

10. U.Rahmonov. Washington University in St.Loui. Danforth Campus. 2021 international scientific-online CONFERENCE jn innjvanion in the modern education system. "Ma'naviyatimizning bebaho durdonalari". Mart-3. Vashinton. 2021 yil.

11. U.Rahmonov. Humanite Congress-lnternational Multidisciplinary Virtual Conference Hosted From Lyon, France. December 5 th 2021. THE ROLE OF THE SPIRITUAL ENVIRONMENT IN THE PENETRATION OF POP MUSIC IN UZBEKISTAN. Ln an "Humanite Congress-2021"

12. U.Rahmonov. For Publication of Paper Entiled"The Role and lmportance of Music Clubs in The Leisure of Young People"in Volume 2, of Journal of Pedagogical lnventions and Practices. ISSNn Online: 2770-2367. Lmpact Factor:5.392. 24.11.2021. LIBRARY of congress.

13. U.Rahmonov. Texas Journal of Multidisciplinary Studies https:zienjournals.com. ISSN NO: 2770-0003 Date of Publication: 20-10-2021. "Improving The Practical Training of Students in The Context of Education Modernization.

14. U.Rahmonov. Tukish Online Journal of Qualitaivelnguiry (TOJQI) Volume 12, lssue 10, October 2021:534-3539. "The Role Of Organizing Music Clubs ln Social Life". EdtgElrBogra KLIZLJ DEMIR.

15. U.Rahmonov. Humanite Congress-lnternational Multidisciplinary Virtual Conference Hosted From Lyon, France. December 5 th 2021. THE ROLE OF THE SPIRITUAL ENVIRONMENT IN THE PENETRATION OF POP MUSIC IN UZBEKISTAN. Ln an "Humanite Congress-2021".

16. Shakirov, T. N. (2022). SUCCESSION IS THE MAIN PRINCIPLE OF DEVELOPMENT OF NATIONAL MUSIC CULTURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(06), 1-10.

17. Шокиров, Т. Н. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙНИНГ МУСИКД ИЛМИГА КУШГАН ХИССАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 353-359.

18. Shohida, S. (2014). The role of the older generation in the education of young people. Austrian Journal of Humanities and Social Sciences, (11-12), 178-180.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

19. Djalolova, N. (2022). BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHISINING AMALIY DARSLARGA TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA KREATIVLIK JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 534-539.

20. moKHpoB, T. H. (2022). BOPHCHH.HHK BA MH^^HH MA,3,AHHflT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 457-464.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.