Научная статья на тему 'TALABALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI'

TALABALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
290
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oliy o‘quv yurti / talaba / intellekt / metod / kasbiy faoliyat / kreativlik / o‘qituvchi faoliyati / innovatsion texnologiyalar / pedagogik qobiliyat / yaratuvchanlik. / Higher educational institution / student / intellect / method / professional activity / creativity / teacher activity / innovative technologies / pedagogical ability / creativity.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xakimova, Sarvinoz Sharifjon Qizi

Ushbu maqolada intellektual yosh avlodni tarbiyalashda o‘qituvchining kasbiy faoliyatga tayyorligi, uning shaxsiy-kasbiy kamoloti, shaxsiy fazilatlari, intellektual imkoniyatlari, ijtimoiy intellekti va uning ijtimoiy-psixologik omillarga bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega ekanligi tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF DEVELOPMENT OF INTELLECTUAL COMPETENCE OF STUDENTS

In this article, the teacher’s readiness for professional activity, his personal and professional maturity, personal qualities, intellectual capabilities, social intelligence and its dependence on social and psychological factors are important in educating the intellectual young generation.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023

TALABALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH

MASALALARI

Xakimova Sarvinoz Sharifjon qizi

FarDU talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada intellektual yosh avlodni tarbiyalashda o 'qituvchining kasbiy faoliyatga tayyorligi, uning shaxsiy-kasbiy kamoloti, shaxsiy fazilatlari, intellektual imkoniyatlari, ijtimoiy intellekti va uning ijtimoiy-psixologik omillarga bog'liqligi muhim ahamiyatga ega ekanligi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Oliy o'quv yurti, talaba, intellekt, metod, kasbiy faoliyat, kreativlik, o 'qituvchi faoliyati, innovatsion texnologiyalar, pedagogik qobiliyat, yaratuvchanlik.

ABSTRACT

In this article, the teacher's readiness for professional activity, his personal and professional maturity, personal qualities, intellectual capabilities, social intelligence and its dependence on social and psychological factors are important in educating the intellectual young generation.

Key words: Higher educational institution, student, intellect, method, professional activity, creativity, teacher activity, innovative technologies, pedagogical ability, creativity.

KIRISH

Istiqlol egalari bo'lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan sog'lom qilib voyaga yetkazishda o'qituvchi-murabbiylarning hissasi benixoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan o'g'il-qizlarning vatanparvar hamda hayotda chin inson bo'lishlari, Vatanimizga, xalqimizga fidoiy va halol xizmat qiladigan insonlar bo'lib yetishishiga zamin bo'lib xizmat qiladi. O'z davrining mashhur pedagogi Abdulla Avloniy "Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog'liqdir", deb yozgan edilar. Bolalarni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs qilib tarbiyalash uchun har qanday ta'lim muassasasi jadal harakatlar asosida faoliyat olib bormoqda. Bu yo'lda maktabgacha ta'lim muassasi, maktab, kollej, litsey va oliy ta'lim muassasida yosh avlod chuqur bilim egasi bo'lib yetishib chiqadi. Ayniqsa oliy ta'lim muassasi juda ahamiyatli. Chunki talaba bu yerdan yetuk kadr va oliy ma'lumotli inson bo'lib shakllanadi. Shu o'rinda oliy ta'limga e'tiborimizni qaratamiz. Oliy ta'lim — turli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali mutaxasislar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

tayyorlash maskanidir. Oliy ta'lim oliy o'quv yurtlari tomonidan xalq xo'jaligi, fan va madaniyatning turli sohalari bo'yicha oliy malakali mutaxassis bo'lishni istagan va tegishli talablarni bajargan o'rta maxsus yoki kasb-hunar ta'limini olgan kishilarga ilmiy-nazariy bilim berish hamda muayyan ko'nikmalar shakllantirish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Oliy ta'lim jarayonida talabaga oliy ma'lumot beriladi. Oliy ma'lumot tushunchasi muayyan ixtisoslik bo'yicha mutaxassis oldida turgan nazariy va amaliy muammolarni mustaqil hal qilish imkonini beradigan darajadagi bilim va malakalar yig'indisini anglatadi. Yaqinda Prezidentimiz oliy ta'lim sohasi bo'yicha ikkita tarixiy qarorni imzoladi. "Davlat oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to'g'risida"gi va "Davlat oliy ta'lim muassa- salarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlar sohadagi ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim ahamiyatga ega. Ikkala qaror ham oliy ta'lim tizimi uchun juda katta yangilik bo'ldi. Bundan ko'zlangan maqsad jamiyatga har tomonlama mukammal shaxsni yetkazib berishdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Talabaning intellektini rivojlantirish pedagog-psixologlardan mashaqqatli harakatni talab qiladi. Bugungi kunda oliy ta'lim tizimida ham islohotlar sezilarli sur'atlarda o'sib borayotgani, innovatsion texnologiyalaridan foydalanish ta'lim tizimida o'z o'rnini topib bormoqda. Masalan, ko'pchilik oliy ta'lim muassasalari ta'lim berishning kredit-modul tizimiga o'tdi, o'qish va o'qitishning ilg'or usullari, o'quv jarayonida foydalaniladigan metodlar, o'quv jarayonini kreativroq tashkil etish, oliy ta'limni innovatsion rivojlanishi uchun axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, ta'lim platformalaridan foydalanish hamda oliy ta'lim muasasalarida kasb va ixtisoslik fanlarini o'qitishga ajratilgan soatlar ko'paytirilmoqda. Bularning bari o'qituvchi va talabalarning kompyuter savodxonligini oshirishda yuqori natijalarni erishishga yordam beradi. Zamon takomillashgani sari insonlarning fikrlash doirasi ham o'sib boradi. Shuningdek, O'zbekistonda zamonaviy o'quv dasturlari asosida ta'lim berayotgan xorijiy va xususiy universitetlar faoliyat yuritmoqda. Ulardagi ta'lim sifati yetarli darajadadir. Ta'lim sohasi uchun yangidan yangi imkoniyat yo'llarini ochilmoqda. Yoshlar bunday imkoniyatlardan oqilona foydalana olsa kifoya.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Mamlakatimizning istiqboli shubhasiz bugungi avlodning bilimdon, ma'naviy jihatdan barkamol insonlar bo'lib yetishishiga bog'liq. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022-2026-yillarda mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmonida inson qadrini ulug'lash, shaxs kamolati, rivoji, ma'naviy barkamolligi hamda shaxs va jamiyat manfaatlarining o'zaro uyg'unlashuvi jarayoniga muhim qadriyat sifatida qarab, ta'lim-tarbiya tizimini isloh qilish, ilmiy kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko'tarish masalasini ustuvor soha sifatida belgilash oid ishlar rejali amalga oshirib kelinmoqda. Darhaqiqat, qaysi jamiyat ko'proq ma'naviy yetuk, ruhan pok, jismonan sog'lom komil insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazsa, ana shu jamiyat barqarorlik va barkamollikka erishishi muqarrardir.

O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konceptsiyasini tasdiqlash tog'risidagi qarorida belgilanishicha, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish Bugungi kunda jamiyatda kitobning ma'naviy hamda axloqiy ozuqa, madaniyat va til ravnaqi uchun asosiy manba, avlodlardan-avlodlarga o'tib kelayotgan intellektual meros sifatida mavqei hamda ahamiyatini saqlash va hatto tiklashga ehtiyoj sezilayapti. Avvalo, badiiy, ma'rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta'lim muassasalarini ta'minlash, milliy hamda jahon adabiyoti namoyandalarining asarlarini saralash, tarjima qilish ishlarini puxta o'ylangan tizim asosida tashkil etish lozim. Bundan tashqari, yosh avlodning kitobga bo'lgan qiziqishini rag'batlantirish kerak. Har qaysi davlat, har qaysi millat intellektual salohiyati, yuksak ma'naviyati bilan qudratlidir. Universitet hayoti, amaliy pedagogik jarayonlar juda murakkab. Pedagog talabalar bu bilim maskanida chuqur bilim egasi bo'lib, yuqori natijalarga erishib kelmoqdalar. Buning boisi o'qituvchilarning harakatidir. O'qituvchilik oson kasb emas, aksincha juda mas'uliyatli va mashaqqatli kasbdir. Chunki jamiyatning butun taqdiri o'qituvchining qo'lidadir. Bu kasb egalari kechayu-kunduz ter to'kib mehnat qilishadi. Oliy o'quv yurtida talabalari o'qituvchilardan quyidagi usullarni egallaydilar:

-Pedagogik mahorat

-o'z fikrini ravon ifodalay olish

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

-o'quvchilar qiziqishini orttirish

-darsni to'g'ri tashkillay olish

-tahlil qilishga, taqqoslashga o'rgatish va hokazo

Pedagogik ta'lim jarayoni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida talabalarning intellektual qobiliyatlarini shakllantirishda kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi:

-masofaviy o'quv kurslarini va electron adabiyotlarni yaratish; -kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxasislarning birlashishi; -pedagoglar o'rtasida vazifaning taqsimlanishi;

- talabalarni iqtidoriga qarab kasbiy bilimlarni o'rgatish; -o'rganilayotgan voqea-hodisalarni modellashtirish kabilar orqali chuqur bilim egasi bo'lishga ko'mak beradi.

O'qituvchilar faoliyati davomida o'z bilim va malakalarini o'quvchi talabalarga ulashadilar.Ular o'quvchilarga bilimni yetkazib berishda turli usul va metodlardan foydalanadilar. Lekin bu qanday natija berayotgani bilan bir oz qiziqmaydilar. Xalqimizda bir maqol bor: "ustoz, otangdek ulug'dir." Bu so'zning zamirida chuqur ma'no va mazmun yashirin. Ustozlarning yomoni bo'lmaydi. Ularga shak-shubhasiz doimo ta'zimdamiz. Ularning hammalari shogirdlarini o'zlaridan o'zib ketganiga hursand bo'ladilar. Bugungi kun, o'qituvchilarga dars jarayoniga kreativroq yondashishni talab qilmoqda. Chunki o'quvchi uchun yangilik, yangicharoq yondashish e'tiborini yanada jalb qiladi. Unda ham bu jarayon nimalarnidur yaratish g'oyasini uyg'otadi. Kreativlik insonga:

- ijodga intilish,

- hayotga ijodiy yondashish -o'ziga doim tanqidiy baho berish -e'tiborlilik

-tahlil etish -yaratuvchanlik

-kabi xislatlarni shakllantirishga yordam beradi. Shuning uchun Oliy o'quv yurti o'qituvchilari talaba yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda dars jarayonini kreativ yondashish orqali tashkillasalar maqsadga muofiq bo'ladi.

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Z.T. Nishanova. "Rivojlanish psixologiyasi,pedagogic psixologiya"

2. Azizxo 'j ayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.

3. Numonova N. Ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogic texnologiyalar.

4. Nodira Egamberdiyeva- "Ijtimoiy pedagogika" Toshkent 2019.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

5. A.I.Avazboyev "Kasbiy pedagogika".

6. Haydarova O.Q. Yangi pedagogik texnologiyalarning tarbiyachi faoliyatida tutgan o'rni.

7. Haydarova O'.Q. Bo'lajak tarbiyachilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash.

8. Tojiboyev, J. U. O. G. L. (2022). TALABALARDA ESTETIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Academic research in educational sciences, 3(1), 585-594.

9. SAIDKULOVICH, S.B., & UGLI, T. J. U. The Social Pedagogical Necessity of Developing Students' Aesthetic Culture in the Process of Globalization.International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 8(1), 75-77.

10. Umidjon o'g'li, T. J. (2022, November). KREATIV YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. In INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 1, No. 3, pp. 42-44).

11. Ugli, T. J. U. (2022). The role of aesthetic education in the preparation of future fine art teachers for professional activity. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(12), 60-64.

12. Umidjon o'g'li, T. J. (2022). HARMONY OF AESTHETIC EDUCATION, AESTHETIC CONSCIOUSNESS, AESTHETIC CULTURE AND EDUCATIONAL DEVELOPMENT. World of Science, 5(6), 12-15.

13. Umidjon o'g'li, T. J. (2023). TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA PEDAGOGIK KOMPONENTLAR VA VOSITALARNING AHAMIYATI. Scientific Impulse, 1(9), 1077-1080.

14. Umidjon o'gli, T. J. (2022). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINING ESTETIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI. IJODKOR O'QITUVCHI, 2(23), 473-475.

15. Umidjon o'gli, T. J. (2022). KREATIV YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINIG ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. IJODKOR O'QITUVCHI, 2(23), 480-482.

16. Umidjon o'g'li, T. J. (2023). KREATIV YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA OILANING ROLI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(18), 1395-1397.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

17. Turdiboev, B. (2019). UZBEKISTAN AS AN INDEPENDENT STATE-CIVILIZATION. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(8), 163-168.

18. Umidjon o'g'li, T. J. (2023). OILA-ESTETIK TARBIYANI AMALGA OSHIRISHNING ASOSIY BO'G'INI SIFATIDA. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(19), 972-975.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.