Научная статья на тему 'O’QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI DIDAKTIKA IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O’QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI DIDAKTIKA IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
5
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tanqidiy fikrlash / milliy qahramonlar / raqamli didaktika / raqamli texnologiyalar / ta’lim oluvchilar / ta’lim tezligi va sifatining oshishi / raqamli didaktik manbalar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Masharipova Nasiba Ro’Zmatovna

Ushbu maqolada bugungi kunda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish ularda o‘z hayotiy pozitsiyalarini egallashlari uchun muhim intuitiv jarayon ekanligi ochib beriladi. O’quvchilarni milliy qahramonlar faoliyati bilan tanishtirishda raqamli didaktikaning imkoniyatlaridan foydalanish, raqamli texnologiyalarni samarali qo’llashning xususiyatlari ochib berilgan. Milliy qahramonlar faoliyatini raqamli ta’lim manbalariga aylantirishning yo’nalishlari taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI DIDAKTIKA IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

O'QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI DIDAKTIKA IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISHNING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI Masharipova Nasiba Ro'zmatovna

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institu doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10982346

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda o'quvchilarda tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish ularda o'z hayotiy pozitsiyalarini egallashlari uchun muhim intuitiv jarayon ekanligi ochib beriladi. O'quvchilarni milliy qahramonlar faoliyati bilan tanishtirishda raqamli didaktikaning imkoniyatlaridan foydalanish, raqamli texnologiyalarni samarali qo'llashning xususiyatlari ochib berilgan. Milliy qahramonlar faoliyatini raqamli ta'lim manbalariga aylantirishningyo'nalishlari taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: tanqidiy fikrlash, milliy qahramonlar, raqamli didaktika, raqamli texnologiyalar, ta'lim oluvchilar, ta'lim tezligi va sifatining oshishi, raqamli didaktik manbalar.

Tanqidiy fikrlash tushunchasi insonni muayyan voqea va hodisalarga nisbatan o'z fikrini shakllantirish va bayon qilishga, kerakli xulosa va yechimlarni topishga, o'z munosabatini bildirish va baholashga ko'maklashadi. Yuqoridagi tafakkur jarayonlarini amalga oshirish tanqidiy fikrlashning eng keng tarqalgan ko'rinishidir. Tanqidiy fikrlash bir so'z bilan aytganda "munosabat bildirish qobiliyati" hisoblanadi. Shaxs muayyan jarayonga to'g'ri munosabat bildirishi uchun avvalo uning bilimi mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. U o'zida mavjud bilimlar, tushunchalar asosida mavjud holatga nisbatan savol, munosabat, izohlarni shakllantira oladi. Shuning uchun ham tanqidiy fikrlash shaxsning bilimlari va egallagan tajribalari darajasini belgilab beradi.

Tanqidiy fikrlash insonni bilimi va tajribasidan tashqari uning e'tiqodi va o'zini anglash darajasi bilan ham tavsiflanadi. Tanqidiy fikrlash fikrlashning o'z nuqtai nazarini bildirishga yo'naltirilgan turi bo'lib, ko'rilayotgan masala yoki hodisani chuqur tahlil qilishga, ko'proq ma'lumot to'plashga, aniq bilimlar asosida munosabat bildirishga asoslanadi. Tanqid so'zi biror narsaga yoki holatga baho berish maqsadida uni tahlil qilish, asosan salbiy fikr bildirish, kamchiliklarini ko'rsatishni ifodalasa, tanqidiy fikrlash chuqurroq tahlil qilish, xulosa qilish, baho berish, munosabat bildirish, yechimga kelish, ibrat yoki namuna olish kabi kengroq mazmunni qamrab oladi.

Ba'zi hollarda tanqidiy fikrlash va tanqid tushunchalarini bir xil mazmunda talqin qilishadi. Aslida bu ikki tushuncha farqli mazmunni ifodalaydi. Tanqid kichik kamchiliklarni ham bo'rttirib ko'rsatish, mustaqil fikrlash imkoniyatidan qo'pol foydalanish, keskinlikni yuzaga keltirishi, asosan salbiy tomondan o'z fikrini bayon etish sifatida e'tirof etilgan. Tanqid biror shaxs, guruh, jamoaning faoliyatiga muayyan voqea va hodisaning xususiyatiga nisbatan salbiy qarashlarni namoyon etadi. Tanqidiy fikrlash tushunchasi ostidagi "munosabat bildirish" esa yuqoridagi kabi biror shaxs, guruh, jamoaning faoliyatini, muayyan voqea yoki hodisaning xususiyatini tahlil qilish, chuqurroq o'rganish, ko'proq ma'lumot va axborot yig'ish, o'zidagi bilim va tajribaga tayanish, pozitiv yondashuv ya'ni to'g'ri izohlash va baholashga bo'lgan intilishning mavjudligi bilan ajralib turadi.

O'quvchi-yoshlarning ma'naviy qiyofasi, dunyoqarashi, o'z nuqtai nazari va pozitsiyani shakllantirish uchun ularda avvalo taniqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish muhim

pedagogik zaruriyat sifatida namoyon bo'lmoqda. O'quvchilarni ma'nan yuksaltirish jarayonida o'zini va boshqalarning faoliyatini, hatti-harakatlarini tanqidiy fikrlash asosida tahlil qila olishlarida o'zbek xalqi qahramonlari faoliyatini o'rganish muhim didaktik vositalardan hisoblanadi. Chunki Vatanining ozodligi, xalqining tinchligi, kelajak avlodning istiqboli uchun qayg'urgan, bor kuchini sarflagan, o'z jonini ham ayamagan To'maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Amir Temur, Zahiriddini Muhammad Bobur, Pahlavon Mahmud kabi xalq qahramonlari yosh avlod uchun eng ulug' qadriyat va ibrat maktabi bo'la oladi.

Raqamli didaktika rivojlanayotgan ta'limiy islohatlar jarayonida milliy qahramonlar faoliyati bilan o'quvchilarni turli rivoyatlar, hikmatlar, tarixiy axborotlar, innovatsion metodlar orqali tanishtirish qatorida raqamli ta'lim vositalaridan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda keng foydalanilmoqda. Shu qatori ta'lim jarayonlarida ham raqamli texnologiyalar keng qo'llanilib o'zlashtirish samaradorligiga ta'siri sezilmoqda. Raqamli didaktikaning rivojlanishi Wi-Fi internet tarmoqlari va IT parklarning tashkil etilishi natijasida yanada rivojlandi. Raqamli texnologiyalarni qo'llash ta'lim sifatini oshirish hamda ijtimoiy faol yoshlarni dunyoqarashi, pozitsiyasi, tanqidiy fikrlashini shakllantirishda ham samarali ekanligi ta'kidlanmoqda.

Raqamli texnologiyalar vositasida ta'limni amalga oshirish ta'lim sifati va tezligiga hamda ta'lim oluvchilarni taqdim etilgan ma'lumotlarni qabul qilish va o'zlashtirishining yuqori darajada chiqishini ta'minlaydi. Raqamli didaktika o'quv jarayonlarini bir qadar osonlashtiradi. Ta'limda keng qo'llanilayotgan raqamli texnologiyalarga multimediya vositalarini, noutbuk, internet tarmog'iga ulanga smart televizorlar, smart doska, proyektor, 3D-texnologiyasida ishlangan ta'limiy manbalar, bulutli texnologiyalarlarni kiritish mumkin. Ta'lim beruvchi pedagoglar va ta'lim oluvchilarga bunday raqamli didaktik vositalar orqali o'quv jarayonini tashkil etish qulay hisoblanmoqda.

Milliy qahramonlar faoliyati vositasida o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish jarayonida raqamli didaktika imoniyatlaridan foydalanishning bir qator yo'nalishlarini amalga oshirish mumkin. Bunda milliy qahramonlar faoliyati bilan bo'g'liq bo'lgan ma'lumotlar, tavsilotlar, tarixiy axborotlar va qadimiy manbalar, rivoyatlar, afsonalar va asarlarni raqamli texnologiyalar vositasida o'quvchilarga taqdim etish nazarda tutiladi.

Milliy qahramon Pahlavon Maxmudning faoliyatini adabiyot, tarix, tarbiya darslari davomida o'quvchilarga taqdim etish mumukin. Ushbu fanlarda foydalanish uchun "Milliy qahramon" nomli multimedia dasturi va virtual 3D ishlanmalarini tayyorlash mumkin. Virtual 3D ishlanmalarida Pahlavon Maxmud davrini jonlantirish, o'quvchini o'sha davr ruhiyatiga olib kirish, davrga xos madaniyat, jamiyat, madaniy yodgorliklar, Pahlavon Mahmud shaxsi bilan yaqindan "real" holatda tanishtiriladi. 3D ishlanma 8-10 daqiqa hajmda rejalashtiriladi. Unda milliy qahramon faoliyatini yaxshiroq ochib berish maqsadida quyidagilar o'z ifodasini topishi lozim:

- Pahlavon Maxmud yashagan davrni o'ziga xosligini ko'rsatuvchi rasm, video namulari;

- Pahlavon Maxmudning tarixiy qiyofasi;

- Pahlavon Maxmudning o'z hunari bilan shug'illanayotgan yoki kurash tushayotgan jarayonini ifodalovchi foto kollaj;

- Pahlavon Maxmudning "Juvonmardlik" ta'limoti g'oyalarini amalga oshirayotgan ya'ni yordamga muhtojlarga ko'maklashayotganini ko'rsatuvchi foto yoki video jamlanma;

- Pahlavon Maxmudning Hindistondagi kurashi va unda o'zidan kuchsiz raqibiga yengilishini izohlovchi matnli video lavha kabilar.

Bunday raqamli didaktik ishlanmalar o'quvchilarni taqdim etilayotgan bilimlarni tez, oson, tushunarli, mobillik asosida qabul qilishlariga ko'maklashadi.

Huddi shunday raqamli texnologiyaga asoslangan "Tarix ko'zgusi" nomli multimediali onlayn albom ishlab chiqish ham yuqoridagi maqsadni amalga oshirishda yetarlicha samaraga erishishi mumkin. "Tarix ko'zgusi" onlayn albomida Najmiddin Kubro, Pahlavo Maxmud, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy va uning asarlaridagi milliy qahramonlar, Jadid namoyondalari va bugungi kunning qahramonlari, ularning faoliyati, bunyodkorlik ishlari, o'gitlari, hikmatli so'zlari davrlashtirilgan va raqamlashtirilgan holda video lavhalar, foto kollaj, matnli videolar tarzida jamlanadi. "Tarix ko'zgusi" onlayn albomi 5-10 daqiqalik ta'limiy manba sifatida taqdim etilishi mumkin.

Yuqorida tavsiflangan raqamli texnologiyalar qisqa fursatda katta hajmdagi bilimlarni taqdim etish va yuqori o'zlashtirish samaradorligiga erishish imkonini beradi. Xulosa sifatida fikr yuritsak raqamli texnologiyalar o'quvchilarning tanqidiy fikrlash, xulosa va tahlil qilish, fahmlash jarayonlarini rivojlantirishda tezkor ta'sirga ega zamonaviy didaktikaning asosiy yo'nalishiga aylanmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023-yildagi 158-sonli "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risidagi Farmoni.

2. Jalolov T. Mardlik va odamiylik taronalari. Paxlavon Maxmud. Ruboiylar. - Toshkent: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1979. 26-bet.

3. Mirzahmedova N.D. Raqamli texnologiyalarining ta'lim sohasida qo'llanilishi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences . VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784

4. Paul Richard W. Critical Thinking: What Every Person Needs to Survive in a Rapidly Changing World. Rohnert Park, CA: Center for Critical Thinking and Moral Critique, Sonoma State Univ., 1990.

5. Safarova R.G. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tanqidiy fikrlash ko'nikmalarining shakllanishini ta'minlovchi didaktik omillar va shart-sharoitlar. ""Yangi O'zbekiston -Uchinchi Renessans" shiyori ostida xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan o'quv materiallarini uzluksiz ta'lim tizimiga keng joriy etishni optimallashtirish" mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasi. Nukus 2023-yil 15-aprel.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.