Научная статья на тему 'LOYIHAGA ASOSLANGAN O‘QITISH (PBL) BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KREATIV TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYA SIFATIDA'

LOYIHAGA ASOSLANGAN O‘QITISH (PBL) BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KREATIV TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYA SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1048
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kreativlik / kreativ tafakkur / loyiha / loyihaga asoslangan o‘qitish texnologiyasi / samaradorlik

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sulaymanova Dildora Nazarovna

Mazkur maqolada loyihaga asoslangan o‘qitish texnologiyasining mohiyati, uning ta’lim jarayonidagi o’rni, afzallik va kamchiliklari ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan. Shuningdek, bo’lajak o’qituvchilarda kreativ tafakkurni rivojlantirishda loyihaga asoslangan o‘qitish texnologiyasining ahamiyati bayon qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LOYIHAGA ASOSLANGAN O‘QITISH (PBL) BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KREATIV TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYA SIFATIDA»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

LOYIHAGA ASOSLANGAN O'QITISH (PBL) BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA KREATIV TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYA SIFATIDA

Sulaymanova Dildora Nazarovna

SamDU tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7994197

Annotatsiya. Mazkur maqolada loyihaga asoslangan o'qitish texnologiyasining mohiyati, uning ta'lim jarayonidagi o'rni, afzallik va kamchiliklari ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan. Shuningdek, bo'lajak o'qituvchilarda kreativ tafakkurni rivojlantirishda loyihaga asoslangan o'qitish texnologiyasiningahamiyati bayon qilingan.

Kalit so'zlar: kreativlik, kreativ tafakkur, loyiha, loyihaga asoslangan o'qitish texnologiyasi, samaradorlik.

Ta'lim jarayonida bo'lajak mutaxassisda kreativ tafakkurni rivojlantirish bugungi kundagi ta'lim oldiga qo'yilgan asosiy vazifalardan biri, desak mubolag'a bo'lmaydi. Zero, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar talabalarning atrofdagilar bilan muomala qilishga, mavjud vazifalarni to'g'ri baholashga, mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlashga imkon beradigan o'quv vaziyatlarini tashkil etish zaruriyatini qo'ymoqda. Bu esa ta'lim jarayonida bo'lg'usi mutaxassislarning shu jumladan, bo'lajak o'qituvchilarning individual imkoniyatlariga qarab, ularning bilish faolligini oshirish, kreativ tafakkurini rivojlantirish orqali kelgusi pedagogik faoliyatga tayyorlashning nazariy-amaliy asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

Ana shu nuqtai nazardan ilg'or xorijiy tajribalar asosida zamonaviy kasbiy ta'lim mazmunini internatsionalizatsiyalash va modernizatsiyalash, kompetensiyalarga asoslangan innovatsion ta'lim muhitini shakllantirilish, talabalarda kreativ tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladigan interfaol strategiya va vositalarni amaliyotga tatbiq etish asosida talabalarda kreativ tafakkurni shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shunday ekan bo'lajak o'qituvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlash, ularda kreativ tafakkurni rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir.

Kreativlik - (ing. "create"-yaratish, "creative"-yaratuvchi, ijodkor)-individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorgarlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyatdir.

Kreativlik - shaxsning yaratuvchilik, ijodkorlik xislatlari bilan bog'liq ko'nikmalar majmui sifatida namoyon bo'ladi. Kreativlik o'z ichiga muammolar nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intuitsiya, natijalarni oldindan ko'ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va rekleksiyani qamrab oladi.

Amerikalik olim D. Veksler "Kreativlik fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bo'lishini taqozo etadi va shablonli, zerikarli fikrlashdan farq qilib, narsa va hodisalar mohiyatidagi o'zga xoslik, noyoblik sifatlarini anglashga yordam beradi" - deb ta'rif beradi.

Pedagogik maqsad pedagogik jarayonni tashkil etishga tayyorlanish bosqichida pedagogik vazifa sifatida qabul qilinadi. Pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati turli vazifalar mohiyatining bir yo'la birin-ketin anglanishiga bog'liq. Xususan, talabalarni kasbga tayyorlashda pedagogik umumiy (pedagogik faoliyat uchun umumiy), boqichli (pedagogik jarayonning ma'lum bosqichi mohiyatini aniq ifodalaydigan, ya'ni alohida olingan bosqich vazifalari),

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

xususiy (mavjud va yuzaga keluvchi vaziyatli) vazifalarni turlariga ko'ra aniqlashtirish, ularni bajarishga tayyorlik holatida bo'la olishlariga e'tibor qaratish muhim. Chunki ushbu vazifalarni o'z vaqtida anglash hamda bajarish kasbiy faoliyatiga to'g'ri yondashuvni paydo qiladi. Ayniqsa, hozirgi biror bir fanning o'qitish metodikasini pedagogik sohasiz tasavvur qilib bo'lmaydigan bir davrda, uning maqsad hamda vazifalarini bajarish orqali o'qitishning, o'quv-bilish jarayoni faolligining sabablarini izohlashga ko'maklashishi ma'lum.

Ta'lim oluvchilarning o'quv-bilish faoliyatini faollashtirish masalasi turli tadqiqotchilar tomonidan zamon, o'sha davr fan olami nuqtai nazaridan o'rganilgan, talqin qilingan, ilmiy-nazariy jihatdan asoslanilgan. Vaqtlar o'tishi bilan mukammallashib borayotgan o'qitishning shakl, metod hamda vositalarini yangilash, o'zgartirish, ularni ta'lim oluvchining yosh va individual xususiyatlariga moslashtirish, ta'limning maxsus pedagogik-psixologik sharoitlarini yaratish muammolari yuzasidan alohida izlanishlar olib borilgan. Jumladan, G.N.Ibragimova ta'lim nazariyasi va shaxs bilish faolligini rivojlantirish bilan bog'liq tadqiqotlarni tahlil qilar ekan, bugungi kunda pedagogikada o'qitishning bir qator modellarini ko'rish mumkinligini ta'kidlaydi, ya'ni:

1. Passiv o'qitish modeli - bu model doirasida ta'lim oluvchilar o'quv jarayoni obyekti sifatida namoyon bo'ladilar.

2. Faol o'qitish modeli - ushbu jarayonda talabalar o'qitish jarayoni obyekti sifatida faoliyat ko'rsatadilar. Ular o'quv axborotlarini o'zlashtirish jarayonida mustaqil ishlash, ijodiy topshiriqlarni bajarish ishlari bilan keng ko'lamda shug'ullanadilar.

3. Interfaol o'qitish modeli - mazkur o'qitish jarayoni ta'lim oluvchilarning muntazam faol munosabatlari va birgalikdagi harakatlari asosida amalga oshadi. Ushbu jarayonda talaba va professor-o'qituvchi o'quv jarayonining teng huquqli subyekti hisoblanadi.

Keyingi yillarda yuqoridagi kabi tadqiqotlar natijasida, ayniqsa, xorij metodikasida ta'lim ishtirokchilarining ongli faoliyatini, undagi kognitivlikni rivojlantirishga qaratilgan qator o'qitish tamoyillari (uzluksizlik, individuallashtirish va tabaqalashtirish, modullilik, variativlik, refleksivlik, ilmiy-metodik kuzatuv, elektivlik, integrativlik), yondashuvlari (kompetensiyaviy, innovatsion, kreativ, shaxsga yo'naltirilgan, kommunikativ, kognitiv v.b.), o'qitish turlari (muammoga asoslangan o'qitish, shaxsga, tadqiqotchilikka, faollikka, loyihaga asoslangan o'qitish v.b.) amaliyotga muvaffaqiyatli joriy qilinmoqda va ta'lim taraqqiyotining yangi bosqichlarini kashf etmoqda.

Loyihaga asoslangan o'qitish - bu hayotiy, real muammolar asosida loyihalangan, faol o'rganish orqali chuqur bilimga ega bo'lishi kafolatlangan, o'zgaruvchan sinf-dars yondashuvini o'zida aks ettiradi. Yasseri Dar, Finley M. Patrik, E.Blayne, Devis V. Devid va boshqalarning e'tirof etishicha, PBL aniq dalillarni taqdim etuvchi yoki savol berish, muammolar qo'yish, ularning ssenariylarini taklif qilish orqali bilim olishning ravon yo'lini ko'rsatuvchi, qog'ozga, yodlashga, o'qituvchi boshchiligidagi ko'rsatmalarga tayanishdan farqli ravishda faol o'rganish hamda izlanishga asoslangan o'qitish uslubi negiziga quriladi.

Jon Larmer, Jon Mergendoller va Suzi Bosslarning ta'kidlashicha, loyihaga asoslangan o'qitish kuchli o'qitish yondashuvi bo'lib, uni amalga oshirish davomida quyidagilarga ega bo'linadi:

- o'quvchilarni bilim olishga rag'batlantiradi;

- o'quvchi va talabalarni oliy ta'limga, kasbga, kasbiy o'sish nuqtalarini belgilashga (individual kasbiy trayektoriyani rejalashtirishga), ijtimoiy faol fuqarolikka tayyorlaydi;

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

- o'quvchi va talabalardan chuqur bilim hamda fikrlash qobiliyatlarini namoyish etishni talab qiladigan topshiriqlarni yaxshi bajarishga (bizningcha, o'qituvchi uchun ijtimoiy buyurtmani bajarishga) yordam beradi;

- o'qituvchilarga yanada qonikarli tarzda dars berish imkonini taqdim qiladi;

- ta'lim tashkilotlarini nafaqat ota-onalar, boshqa jamoalar, balki butun dunyo bilan muloqot qilish va bog'lanishning yangi usullari bilan ta'minlaydi.

Tomas Markxem "PBL bilish va bajarishni birlashtiradi, talabalar o'rganilayotgan o'quv dasturidan asosiy bilim, ko'nikma va malakalarni egallaydi, uning samarasi o'laroq, hayotiy muammolarni hal qilish va muhim natijalarga erishish uchun bilganlarini amalda qo'llaydi. PBL ta'limni o'quv dasturiga emas, talabaga qaratadi, hamkorlikdagi yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun raqamli vositalardan foydalanadi va o'quvchilarni bugungi jahonda talab qilinayotgan global taraqqiyot, ijodkorlik, hissiy barqarorlik, chidamlilik, hamdardlik kabi nomoddiy boylik bilan mukofotlaydi. Albatta, bularni darsliklardan tashqarida o'rgatish mumkin emas, lekin tajriba orqali faollashtirish lozim", deya ta'riflaydi.

Buck Institute for Education instituti tomonidan tashkil qilingan talabalarni loyihaga asoslangan o'qitish (Project-based learning) asosida o'z kasbidagi real voqelikka tayyorlovchi hamda o'qituvchilarga metodik yordam ko'rsatishga mo'ljallangan "https://www.pblworks.org" elektron plaformasini o'rganish, kuzatish, olib borilgan ishlarni tahlil qilish natijasida o'qituvchi tomonidan o'ylab topilgan, uning aniq ko'rsatmalari va tashxisiga yo'naltirilgan "loyihani bajarish" hamda kasbiy hayotda real sodir bo'ladigan, erishilgan yoki yaratilgan mahsulot, taqdimot boshqalar amalda foydalanishi uchun zarur bo'lgan "loyihaga asoslangan o'qitish" tushunchalarining farqli jihatlari aks etgan qiyosiy jadvalni mualliflik munosabati bilan takomillashtirdik (1-jadval):

1-jadval

Loyihani bajarish va loyihaga asoslangan o'qitish mazmunining qiyosiy jadvali

Tayyor loyihani bajarish Loyihaga asoslangan o'qitish

Aniq belgilangan qisqa muddat ichida bajariladi Uzoq muddatli (bir hafta, oy yoki bir semestr davrida)

An'anaviy dasturni faollashtiruvchi, yo'riqnomaga qo'shimcha sifatida kiritilgan birlik Integratsiyalashgan qo'llanma asosida yaratilgan loyiha (Loyiha bu - asosiy birlik)

O'qituvchi tomonidan qat'iy belgilangan yo'nalish asosida Talabalarning taklifi hamda so'rovi asosida

Tashxis qilingan natija(mahsulot)ga qaratilgan Natija(mahsulot)ga va jarayonda o'qitishga, o'rganishga asoslangan

Ko'p hollarda talab qilingan standartlar va ko'nikmalar bilan bog'liq emas Akademik standartlarga va muvaffaqiyatni ta'minlovchi ko'nikmalarga moslashtirilgan

Ba'zan guruhda, ba'zan yakka tartibda auditoriyada yoki uyda ham bajarilishi mumkin Talabalar bilan hamkorlikda bajariladi, shuningdek, o'qituvchining loyihani amalga oshirish jarayonida sinf ichidagi vaziyatdan kelib chiqib belgilagan ko'rsatmalarini o'zida qamrab oladi

Auditoriya yoki maktab dunyosi ichida qoladi Haqiqiy dunyo uchun zarur bo'lgan mazmun (kontekst) va dastur yaratiladi

Loyihaning yakuniy natijasi auditoriyada yoki sinfda ko'rsatiladi Loyihaning natijalari sinf hamda tegishli ommaviy auditoriya bilan baham ko'riladi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Ushbu elektron platformada quyidagi ta'rifni ham uchratish mumkin: loyihaga asoslangan o'qitish - usul bo'lib, unda talabalar uzoq vaqt davomida haqiqiy, qiziqarli va murakkab savol, muammo topshiriq yoki muammoni o'rganish va ularga javob berish uchun ishlaydilar hamda shu orqali bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

Tadqiqotchi-trener Terri Xeykning o'z blogidagi (Teach Thought) qarashlariga ko'ra loyihaga asoslangan o'qitishning uch turi mavjud. Bulardan birinchisi, qiyinchilikka asoslangan o'qitish/muammoga asoslangan o'qitish (Challenge-Based Learning/Problem-Based Learning), ikkinchisi, muhitga yoki joyga asoslangan ta'lim (Place-Based Education), uchinchisi, faolikka asoslangan o'qitish (Activity-Based learning) sanaladi. Qiyinchilikka asoslangan o'qitish - bu o'quvchilarni o'z uylarida, maktablarida va jamoalarida sa'y-harakatlar orqali mavjud real muammolarga yechim topish uchun kundalik hayotlarida zarur bo'lgan texnologiyalardan foydalanishga undaydigan o'qitish va o'rganish uchun qiziqarli fanlararo yondashuv. Olimning fikricha, har qanday loyiha ma'lum bir qiyinchilikni hal qilishga, undan ma'lum natijadorlik orqali rivojlanishga qaratilsa, u haqiqiy loyihaga asoslangan o'qitish sifatida namoyon bo'ladi. Joyga yoki etnik kelib chiqishiga asoslangan ta'lim o'quvchilarni mahalliy meros, madaniyatlar, landshaftlar, imkoniyatlar va tajribalarga olib kiradi, ushbu o'qitish turidan til san'ati, matematika, ijtimoiy fanlar va boshqa fanlarni o'rganish uchun asos sifatida foydalaniladi hamda shu orqali jamoa bo'lib mahalliy maktab yoki xizmat ko'rsatish loyihalarida ishtirok etish orqali o'rganishni ta'kidlaydi. Faollikka asoslangan o'qitish ko'proq amaliy mashg'ulotlar uchun mo'ljallangan.

Maktabda turli fan doirasida o'quvchilar bilan ishlashda loyihaga asoslangan o'qitishni qo'llab ko'rayotgan tadqiqotchi Laurens Xeyvudning ta'kidlashicha, o'quvchilar loyihada qo'yilgan ulkan muammoni bosqichma-bosqich hal qiladilar, jarayonda to'xtalishlar paydo bo'ladi, ya'ni har bir bosqichda kichik muvaffaqiyatsizliklar yuzaga kelishi mumkin. Duch kelingan har bir muvaffaqiyatsizlik o'quvchilarning bilimsizlik sohalarini, nimani xato bajarganliklarini va uni to'g'rilash uchun qanday xatti-harakatni amalga oshirishlari kerakligini bilishga yordam beradi. Ya'ni loyihaga asoslangan o'qitish (PBL) maktabda asosiy bilimlarni egallash uchun qayta murojaat qilishni, o'rganishni vujudga keltiruvchi tabiiy jarayondir. Uning uqtirishicha, sinfni va o'quvchilarni birdaniga loyihaga asoslangan o'qitishga o'tkazib bo'lmaydi, buning uchun o'qituvchi eng kichik darajadan boshlashi va keyinchalik keng hajmdagi, uzoq muddatli loyihalarga olib borishi mumkin.

Tadqiqot davomida olib borilgan o'rganishlar va tahlillar, ishda ilgari surilayotgan gipoteza loyihaga asoslangan o'qitish texnologiyasi tushunchasiga nisbatan mualliflik ta'rifini shakllantirish imkonini berdi:

Loyihaga asoslangan o'qitish - bo'lajak o'qituvchilar kreativ tafakkurini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtiruvchi, didaktik imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi, yo'naltiruvchi savollar, doimiy ishlash, chuqur so'rov, haqiqiylik, taklif va tanlov, refleksivlik, tanqidiy fikrlash vositasida natijaga asoslangan texnologiyadir.

Pedagogik amaliyotda qo'llaniladigan ixtiyoriy nazariya, yondashuv va texnologiyalarga xos bo'lgan afzalliklar yoki kamchiliklar loyihaga asoslangan o'qitish jarayonini ham chetlab o'tmaydi. Quyida sohaga doir tadqiqotlar hamda shaxsiy izlanishlarga tayangan holda, loyihaga asoslangan o'qitishning mohiyati, muhim elementlari, afzalliklari va kamchiliklarini ifodalovchi jadvalni keltiramiz (2-jadval).

2-jadval

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI _2023-yil 2-iyun_

Loyihaga asoslangan o'qitishning mohiyati, muhim elementlari, afzalliklari va

kamchiliklari

LOYIHAGA ASOSLANGAN O'QITISH

MOHIYATI o'qituvchidan loyihaga asoslangan o'qitish bo'yicha mukammal bilim va tajribaning talab qilinishi; talabalardagi fan yuzasidan mavjud fundamental bilimlarga asoslanish, yangilarini o'zlashtirishga rag'batlantirish; haqiqiy muammolarni o'rganish uchun birgalikda ishlash va jarayonda o'quv dasturiga muvofiq ko'nikmalarni shakllantirish; mashaqqatli, ijodkorlikka asoslangan, erishish mumkin bo'lgan, qo'llab-quvvatlanadigan, uzoq muddatga mo'ljalangan; bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan, talabalarning bilim, ko'nikmalari va bilimsizlik sohasiga yo'naltirishga qaratilgan; loyihaga asoslangan o'qitish amaliyoti vositasida talabalar, o'qituvchilar, maktablar, ta'lim tashkilotlariga o'z amaliyotini takomillashtirish, tizimlashtirish va baholashga ko'maklashish; ijtimoiy buyurtma va standartlarga asoslangan mazmunni, shuningdek, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, muloqot qilish, o'z-o'zini boshqarish, loyihalarni boshqarish va kollaborativlik kabi ko'nikmalarni qamrab olish; olib borilayotgan fan yoki o'quv dasturini o'zlashtirilganlik darajasidan kelib chiqib belgilash, sinflar kesimida soddadan murakkabga olib boruvchi jarayonni kuzatish; bilim, tushunish, anglash, jamoada ishlash, o'zgalarni eshitish, o'z fikrini asoslash, mas'uliyat, tirishqoqlik, muvaffaqiyatga eltuvchi ko'nikmalar zanjirini vujudga keltirish; mahsulotni yarata olish yoki taqdimot qilish zaruriyatini tushuntira olish

MUHIM ELEMENTLARI qiyin muammo yoki yo'naltiruvchi savol - hal qilinishi kerak bo'lgan mazmunli muammo yoki javob topish zarur bo'lgan savol tuzish; doimiy, chuqurlashib boruvchi so'rov - savollar berish, resurslarni topish va ma'lumotlarni qo'llashning kengaytirilgan jarayoni bilan shug'ullanish; haqiqiylik - real dunyo konteksti, vazifalar, vositalar, standartlar, o'zaro ta'sir, shaxsiy tashvishlar, qiziqishlar va muammolarni o'z ichiga olish; talaba taklifi va tanlovi - loyiha bo'yicha ba'zi qarorlar qabul qilish,

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI _2023-yil 2-iyun_

ularni tahlil qilish, ishlashini tekshirish, yaratish, fikrlarini ifodalash; refleksiya - o'rganish, so'rov va loyiha faoliyati samaradorligi, talabalar ishining sifati, yuzaga keladigan to'siqlar va ularni bartaraf etish strategiyalari haqida fikr yuritish; tanqid va qayta ko'rib chiqish - mavjud jarayonlarni va mahsulotlarini yaxshilash uchun o'zaro fikr-mulohazalarni bildirish, o'qituvchi bilan maslahatlashish va mukammallashtirish; ommaviy mahsulot (taqdimot) - o'z loyihasini boshqalar bilan bo'lishish, tushuntirish yoki barchaga taqdim etish orqali ochiqlash.

AFZALLIKLARI shaxsga yo'naltirilgan ta'limni kuchaytiradi hamda hayot davomida o'qishni qo'llab-quvvatlaydi; tafakkur, xotira, idrok, tasavvur, diqqat, nutqni ifodalovchi bilish jarayonlarini faollashtiradi; axborotlarni qabul qilish, tushunish, xotirada saqlash, bilimlarga aylantirish, qayta ishlash, uzatish kabi kognitiv imkoniyatlarni kengaytiradi; tanqidiy fikrlash (dizayn, baholash, tahlil qilish, hukm qilish, ustuvorlik va boshqalar), muammolarni hal qilish, hamkorlikda ishlashga o'rgatadi; ma'lumotni eslab qolishdan ko'ra ko'proq yuqori sifatli ish yaratishga olib boradi; tanqidiy fikrlashni targ'ib qiluvchi boshqa o'qitish usullaridan farq qiladi; yo'naltiruvchi savollar bilan boshqariladi; bilim, malakalar va boshqa turli xil muvaffaqiyatga eltuvchi XXI asr ko'nikmalarini birlashtiradi; moslashuvchan va haqiqiy, talabalarga motivatsiya beruvchi va qiziqarli; ishtirokchilarning barchasini bir xil maydonga chiqaradi, ongdagi kishanlar yechiladi, ijodiy erkinlik beradi, ilg'or va ilg'or bo'lmagan talabalarga o'z-o'zidan rag'batlantiruvchi loyiha ustida ishlash imkoniyatini yaratadi. kommunikativ ko'nikmalar, jamoada ishlash, uning ajralmas qismi ekanligini his qilish, qadriyatli munosabat, samarali o'zaro ta'sirga kirishishni rag'batlantiradi; o'quv materialini (bilimlarni) talabalarga qanday o'rganishlarini tanlash

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI _2023-yil 2-iyun_

imkoniyatini beradi; erishilgan natijalarni baholash aniq belgilangan mezonlarga asoslanadi.

KAMCHILIKLARI belgilangan maqsadlarga erishishda vaqt ko'lamiga ko'ra uzoq muddat talab qilinadi; jarayonni loyihalashda murakkabliklarga duch kelinadi (ta'lim oluvchilarning bilim darajasiga moslash, autentik vazifalar tuzish va b.); ba'zan mahsulotga asoslanib baholashning subyektivligi yuzaga keladi; barcha sinflar kesimida bir xilda qo'llab bo'lmasligi, ayniqsa, boshlang'ich ta'limda; mo'ljallangan vaqtdan yutqazish, o'quvchi va talabalarda vaqtdan unumsiz foydalanish kuzatiladi.

Loyihaga asoslangan o'qitishga xos bo'lgan tajriba bo'lajak o'qituvchilarda bilimlardan

foydalanishdagi kreativ tafakkur va uni rivojlantirishda tug'ilishi mumkin bo'lgan muammolardan qochishga ko'maklashadi, samaradorlik va natijadorlikka ega bo'lgan ijobiy pedagogik hodisa sifatida baholash imkonini beradi.

Umuman olganda:

> loyihaga asoslangan o'qitishda loyihani bajarishga kirishish, aniq muammoni belgilash, yo'naltirishni tushunishga doir butun jarayon (o'quv maqsadi, rejasi, mazmuni, shakllari, vositalari, dars jadvali, konsultativ faoliyat, monitoring, baholash) qamrab olinishini taqozo etishi uni "texnologiya" sarhadlaridan chiqish hamda "ta'lim amaliyoti turi" nuqtai nazaridan qarash mumkinligini bildiradi;

> o'qituvchining roli o'zgaradi, u yordamchi, maslahatchi, muvofiqlashtiruvchi, qayta aloqani o'rnatuvchi sifatida o'quv jarayonini (darsda va undan tashqarida) qo'llab-quvvatlaydi, tayyor bilimlar bermaydi, ta'lim oluvchilarni turli savollar berish, faollashtirish, doimiy kuzatish, tahlil qilish, qayta yo'naltirish orqali loyihaning takomillashuviga olib boradi;

> o'quv materiali kasbiy (ta'limiy, hayotiy) faoliyatga xos bo'lgan haqiqiy vaziyatlarni ifodalashi, muammoni o'rganish, tushunish, tahlillash, anglashga qaratilganligi bo'lajak o'qituvchilarda uni to'liq o'zlashtirish, o'ziga ishonchini mustahkamlash, mas'uliyatni zimmasiga olish, murakkab (ixtiyoriy) vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi;

> jamoada ishlashning birlamchiligi ta'lim oluvchida o'z fikrini bayon etish, dalillash, o'zgalarni eshitish, konstruktiv munosabat bildirish, jamoaviy xulosalarni hurmat qilish asosida ijtimoiy moslashuvchanlik hamda kommunikativ ko'nikmalar rivojlantiriladi.

REFERENCES

1. Ibragimova G.N. Interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish: ped. fan... (PhD) diss. - Toshkent, 2017. - 168 b. (16-17-b.)

2. Ильин Е.П. Психология творчества креативности одарённости. Питер. 1998.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

3. Larmer, John. Setting the standard for project based learning: a proven approach to rigorous classroom instruction // John Larmer, John Mergendoller, Suzie Boss. pages cm Includes bibliographical references and index. ISBN 978-1-4166-2033-4.

4. Lawrence Haywood. https://ahaslides.com/uz/blog/project-based-learning-examples-ideas

5. Markham, T. (2011). Project-Based Learning. Teacher Librarian, 39(2), 38-42.

6. Project-Based Learning, Edutopia, March 14, 2016.

7. Terry Heick. https://www.teachthought.com/project-based-learning

8. Tolipov O'. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari // O'quv qo'llanma. - Toshkent: Fan, 2006. - 261 b.( 107-b.)

9. Yasseri, Dar; Finley, Patrick M.; Mayfield, Blayne E.; Davis, David W.; Thompson, Penny; Vogler, Jane S. (2018-06-01). "The hard work of soft skills: augmenting the project-based learning experience with interdisciplinary teamwork". Instructional Science. 46 (3): 457488.

10. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.

11. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.

12. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.

13. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.

14. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.

15. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.

16. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.

17. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

18. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299305.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.