Научная статья на тему 'MAKTAB TA’LIMIDA INNOVATSIYALARNING JORIY ETILISHINI NAZARIY TAHLILI'

MAKTAB TA’LIMIDA INNOVATSIYALARNING JORIY ETILISHINI NAZARIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
442
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim jarayoni / innovatsion texnalogiyalar / pedagogik hamkorlik / loyihalashtirish / innovatsion faoliyat / interaktiv usullar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shermatova Ra’no O‘ktam Qizi, Jumabayeva Jamila Sharipovna

Ушбу мақолада, мактаб таълимини ташкил қилишнинг ўзига хос хусусиятига эга бўлган иnnovatsion texnalogiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi hamda ўқувчи faoliyatiga yangilik, о‘qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnalogiyani tanlashlari, тa’lim innovatsiyalarining asosiy turlari, тa’lim jarayonini texnologiyalashtirish, o‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirishning nazariy tahlillari va usullariga yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTAB TA’LIMIDA INNOVATSIYALARNING JORIY ETILISHINI NAZARIY TAHLILI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

MAKTAB TA'LIMIDA INNOVATSIYALARNING JORIY ETILISHINI NAZARIY

TAHLILI

1Shermatova Ra'no O'ktam qizi, 2Jumabayeva Jamila Sharipovna

12Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7994030

Annotatsiya. ymöy Mayonaöa, MaKmaö ma^nuMUHU mamKun yunuMHum y3u¿a xoc xycycunmuea эгa öymaH unnovatsion texnalogiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi hamda yyyenu faoliyatiga yangilik, o 'qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnalogiyani tanlashlari, ma'lim innovatsiyalarining asosiy turlari, ma'lim jarayonini texnologiyalashtirish, o'qitish jarayonini oldindan loyihalashtirishning nazariy tahlillari va usullariga yoritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim jarayoni, innovatsion texnalogiyalar, pedagogik hamkorlik, loyihalashtirish, innovatsion faoliyat, interaktiv usullar.

Kirish. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnalogiyalar, pedagogik va axbarot texnalogiyalarni o'quv jarayoniga qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha ananaviy ta'limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnalogiyalar ularni egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosolarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.

Usullar va natijalar. Innovatsion texnalogiyalar (1-rasmga qarang) pedagogik jarayon hamda o'qituvchi hamda talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv usullardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv usullar - bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu usullarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi[1].

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- talaba dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etish;

- talabani o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlari so'nmasligini ta'minlash;

- talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirish;

- pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish.

O'qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnalogiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda talaba talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnalogiya tanlanadi, masalan natijaga erishish uchun, balki kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axbarot texnalogiyasi kerak bo'lar, bular o'qituvchi va talabaga bog'liq[2].

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Shu bilan birga o'qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o'qituvchi o'quv predmetining o'ziga xos tomonini, joy va sharoitni, ta'limning texnik vositalarini, eng asosiysi, talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda talabani ta'limning markaziga olib chiqish kerak. Oqituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko'ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak[3].

Bunda o'qituvchiga u tomonidan bo'lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olish katta ahamiyatga egadir, chunki darsning tenologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o'qitilayotgan predmet fanning xususiyatidan, talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o'qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnalogiyalaridan xabardor bo'lishi, shuningdek juda ko'p usullarni bilishi kerak bo'ladi. Har bir darsni rang barang, qiziqarli bo'lishi avvaldan puxta o'ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog'liq[4].

Faoliyat yo'nalishiga ko'ra

!-h

la

3

iy

'S3

o

Kiritilgan .

I ^ o'zgarishlarning | ^—/ tavsifiga ko'ra

---) H

Radikal innovatsiyalar

Kombinatsiyalangan innovatsiyalar

O'zgarishlarning ko'lamiga ko'ra

Modifikatsiyalangan innovatsiyalar

I—K Kelib chiqish v manbaiga ko'ra

i

Tarmoq (lokal) innovatsiyalari

Modul innovatsiyalari

Tizim innovatsiyalari

Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar

O'zlashtirilsan innovatsiyalar

1-rasm. Ta'lim innovatsiyalarining asosiy turlari.

O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish yo'lida olib borilayotgan islohotning muhim yo'nalishi sifatida ta'lim jarayonini texnologiyalashtirishdan e'tirof etildi[5]. Bu jarayonning samaradorligi o'qituvchilar tomonidan zamonaviy ta'lim texnologiyalarini ta'lim amaliyotida faol qo'llanilishi, shuningdek, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta'limi amaliyotida

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

qo'llanilayotgan zamonaviy texnologiyalardan xabardor bo'lishquyidagi shartlar asosida ta'minlandi.

Ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish pedagogik faoliyatning muhim ko'rinishi bo'lib, u quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi (2-rasmga qarang):

Ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini loyihalash ikki darajada:

a) o'qituvchi faoliyati darajasida (ta'lim jarayonining alohida qismlarini loyihalash);

b) ta'lim menedjeri faoliyati darajasida (ta'lim jarayonini yaxlit loyihalash) amalga oshiriladi.

Ta'lim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy qism, balki ular orasidagi aloqalar ham modellashtiriladi hamda loyihalash qonuniyatlari loyihalash tamoyillarining nazariy asoslarini ishlab chiqishga, pedagogik faoliyat amaliyotida qo'llashga zamin tayyorlaydi.

Asosiy bosqichlar

1-bosqich: loyihani yaratish

1

2-bosqich: talabalar faoliyatini tashxislash

4-bosqich: pedagogik jarayonning samarali kechishini ta'minlash

c \

5-bosqich: talabalar

faoliyatini nazorat qilish

2-rasm. Ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish bosqichlari

Innovatsion faoliyat - pedagogning o'z kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. Ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma'qul bo'lgan ilmiy tasavvurlar va tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topgan emasligini ham e'tirof etish lozim. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri ta'limga yo'naltirilgan ilmiy bilimlar tizimlari o'rtasidagi qiyinchilik bilan engib o'tiladigan uzilishlardir[6]. Yana kattaroq sabab esa ta'limiy bilim va amaliy pedagogik faoliyat o'rtasidagi uzilishdir. O'qituvchi innovatsion faoliyatning sub'ekti va tashkilotchisi sifatida yangilikni yaratish, qo'llash hamda ommalashtirishda ishtirok etadi. U fandagi bilim, an'analardagi o'zgarishlar mazmunini va mohiyatini tahlil eta bilishi kerak. Innovatsion faoliyat tushunchasi innovatsiya, innovatsion jarayon kabi tushunchalar bilan chambarchas boq'liq[7]. Shu sababli bu tushunchalar mazmunini izoqlamasdan turib, innovatsion faoliyat mazmunini anglash mumkin emas. Innovatsiya -amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo'lib, ijtimoiy-madaniy ob'ekt sifatlarini yaxshilashga yo'naltirilgan ijtimoiy sub'ektlarning harakat tizimidir . Bu q'oya nazariyasi mohiyatining yaratilishiga nisbatan turli yondashuvlar va fikrlar mavjud bo'lib, uning mohiyati borasida fanda yagona fikr mavjud emas.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo'lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlar. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tuq ilib, ta'lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo'ladi, shuningdek, umuman ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Innovatsiya-ma'lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni echish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo'llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma'lum bo'lgan oxirgi natijadir. Bugun ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma'qullanmoqda:

Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosaga kelish mumkin. O'rganib chiqilgan ilmiy ishlarning aksariyatida «innovatsion faoliyat» tushunchasiga ta'rif berilgan bo'lsada, bu sohada hammaga ma'qul keladigan va innovatsion faoliyatning to'liq mazmunini ochib beradigan yagona ta'rif yaratilmagan, shuningdek, bu faoliyatni shakllantirish jarayoniga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas.

Xulosa qilib aytganimizda, innovatsion faoliyat - bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba - sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratish bo'lib, uning progmatik xususiyati shundaki, u q'oyalar maydonida ham va alohida bir sub'ektning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hammabop bo'ladigan holdagina haqiqiy innovatsion hisoblanadi.

Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning shakllanishi bo'lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi-loyihaga, loyihani - texnologiyaga aylantirishga yo'naltirilgan faoliyatdir. Innovatsion faoliyatda ilmiy tasavvurlar akademik ilm mantiqi bo'yicha tuq'ilmaydi, balki rivojlanish jarayonining modifikatsiyalari qo'llab-quvatlanishi natijasida rivojlanayotgan amaliyot mulohazasidan paydo bo'ladi.

REFERENCES

1. Ishmuhamedov R., Mirsalieva M "O'quv jarayonida innovatsion ta'lim texnologiyalari" Toshkent 2014 y.

2. Ganieva M.A., Fayzullaeva D.M. Keys-stadi o'qitishning pedagogik texnologiyalari to'plami. Metodik qo'llanma / Seriya "O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida innovatsion texnologiyalar". - T.: TDIU, 2013. - 95 bet.

3. Fayzullaeva D.M., Ganieva M.A., Ne'matov I. Nazariy va amaliy o'quv mashg'ulotlarda o'qitish texnologiyalari to'plami. Metodik qo'llanma / O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida innovatsion ta'lim texnologiyalari seriyasidan - T.: TDIU, 2013. - 137 b.

4. Djumabaeva J. S., Sayfullaeva R. R., Mamatova D. B. Modern Methods Of Teaching English In Preschool Institutions //Journal of Positive School Psychology. - 2022. - T. 6. -№. 3. - S. 1735-1742-1735-1742.

5. Djumabaeva Jamila Sharipovna Plesionimiya i graduonimiya v angliyskom i uzbekskom yazbikax // European journal of literature and linguistics. 2015. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/plesionimiya-i-graduonimiya-v-angliyskom-i-uzbekskom-yazykah (data obraщeniya: 30.05.2023).

6. Нарзтев Ш. М. Рахимова Азиза Хусан Кизи Примeнeниe и анализ пeдагогичeских мeтодов в y4eÔHOM npo^cce. - 2021.

7. Murtozaevich N. S. et al. STRENGTH EXERCISES FOR PHYSICAL WORK //Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science. - 2022. - Т. 3. - №. 6. - С. 200-206.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

В. Malikova, D. (2G2G). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.

9. Malikova, D. (2G2G). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 16В-179.

1G. Malikova, D. (2G23). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-9В.

11. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2G23). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 2G4-2G7.

12. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2G23). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.

13. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2G23). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.

14. Malikova, D., & Ochilova, I. (2G23). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 2В-31.

15. Malikova, D., & Ochilova, I. (2G23). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

16. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299-3G5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.