RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
INKLYUZIV TALIMDA DARSLARNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY
TENDENSIYALARI Nurmatova Shaxnoza Shavkatbekovna
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi, E-mail : xusanbaevashahnoz@gmail. com Tel: 90 155 97 77 https://doi. org/10.5281/zenodo. 7993325
Annotatsiya. Ushbu maqolada inklyuziv ta'lim jarayonida nogiron bolalarga ingliz tilini o'rgatish sohasidagi tajribaning qisqacha mazmuni berilgan bo'lib, bunda asosan o'yin texnologiyasi orqali o'qitish tizimi ko'rsatib berilgan. Dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali o'qituvchi jarayonni yangi nuqtai nazardan ko'rib chiqilishiga ishonch hosil qilishi, shaxsni shakllantirishning psixologik mexanizmlarini o'zlashtirishi va yaxshi natijalarga erishishi mumkin.
Kalit so'zlar: kompetentlik, texnologiya, ingliz tili, Internet, nogiron, individual, inklyuziv, kompensatsion, differensial, individual, loyiha usuli, motor, intellectual, korreksion, monoton, gigiyena, sxema, AKT, mikroiqlim, kognitiv.
Kirish. Yurtimizda chet tillarini chuqur o'qitishga keng e'tibor qaratilib, ta'lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, oliy ta'lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash" kabi vazifalar belgilangan. Bunda, bo'lajak o'qituvchilarda faoliyat motivlari asosida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish, o'quv jarayonida chet tillarini o'qitish texnologiyasidan foydalanishga o'rgatish tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
So'nggi yillarda nafaqat ta'lim sohasida, balki barcha sohalarda chet tillarining ayniqsa ingliz tilining roli muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy dunyoni Internetsiz (muloqot, ish) tasavvur etish mumkin emas va bu sohada to'liq huquqli faoliyat yuritish uchun tilni bilish juda muhimdir. O'rta maktabda tillarni o'rgatishning asosiy va yetakchi maqsadi - bu butun o'quv jarayonini belgilaydigan kommunikativ maqsad. Hozirda nogiron bolalarni normal rivojlanayotgan o'quvchilar bilan teng ravishda o'qitish tajribasi faol shakllantirilmoqda. Ushbu turdagi ta'lim amaliyoti har bir o'quvchining individualligini qabul qilish g'oyasiga asoslanadi, shuning uchun jarayon nogiron bolaning ehtiyojlarini qondiradigan tarzda tashkil etilishi kerak.
Shu bois mazkur jarayonning maqsadi jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarni o'quv jarayoniga jalb etish va ularning natijalarini yaxshilash uchun ingliz tilini o'qitishning zamonaviy texnologiyalarini o'rganishdan iborat.
Adabiyotlar tahlili. Inklyuziv ta'lim darslarni rejalashtirish va tashkil etishda N.M. Pasenkovaning quyidagi kuzatilishi kerak bo'lgan maxsus didaktik tamoyillarga asoslanadi:
- pedagogik optimizm tamoyili;
- erta pedagogik yordam tamoyili;
- ta'limning tuzatuvchi va kompensatsion yo'nalishi tamoyili;
- ta'limning ijtimoiy moslashuv yo'nalishi tamoyili;
- tafakkur, til va muloqotni maxsus ta'lim vositasi sifatida rivojlantirish tamoyili;
-ta'lim va tarbiyada faoliyat yondashuvi tamoyili;
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
-differensial va individual yondashuv tamoyili;
-maxsus pedagogik rahbarlik zarurligi tamoyili. [1]
Yuqorida sanab o'tilgan tamoyillarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan birgalikda qo'llab, imkoniyati cheklangan bolalarga chet tilini o'rgatishda yaxshi natijalarga erishishimiz mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi. Zamonaviy ta'lim texnologiyalari o'qituvchilar tomonidan tobora ko'proq talab qilinmoqda, shuning uchun o'yin va aloqa-axborot texnologiyalari amaliyotda qo'llaniladi. Ushbu texnologiyalarga , loyiha usuli, o'yin va hamkorlik texnologiyasi kiradi.
Quyida biz o'yin texnologiyasini ko'rib chiqamiz:
O'yin texnologiyasi.
O'yin texnologiyalari - bu o'quvchilarning dars jarayoniga bo'lgan qiziqishini oshirib, ta'lim sifatini yuqori darajaga ko'tarish imkonini beradigan ta'lim shakli hisoblanadi. O'yin texnologiyasining qiziqarliligi ma'lumotni eslab qolish, takrorlash, mustahkamlash yoki o'zlashtirishning monoton faoliyatini ijobiy hissiy rangga aylantiradi va o'yin harakatining emotsionalligi bolaning barcha aqliy jarayonlari va funksiyalarini faollashtiradi. O'yinning yana bir ijobiy tomoni shundaki, u yangi vaziyatda bilimlardan foydalanishga yordam beradi, talabalar tomonidan o'zlashtirilgan material o'ziga xos amaliyotdan o'tadi, o'quv jarayoniga rang -baranglik va qiziqish uyg'otadi.
Darsning turiga va maqsadiga qarab, o'yinlar juda xilma-xil bo'lishi mumkin. Ular o'quv materialini mustahkamlash jarayonida ham, ma'lum bir mavzuni o'rganishning dastlabki bosqichida ham taklif qilinishi mumkin [2].
Birinchi navbatda, o'yinlarni faoliyat turlari bo'yicha jismoniy (motor), intellektual (aqliy), mehnat, ijtimoiy va psixologik o'yinlarga ajratib olish kerak. Shuningdek, nogiron bolalar uchun o'yinlarni tanlashda quyidagi talablarni inobatga olish kerak:
- o'yinning bolaning yoshiga yoki uning hozirgi rivojlanish darajasiga muvofiqligi;
- nuqson tuzilishini hisobga olish;
- asta-sekin murakkablashadigan o'yin materialini tanlash;
- o'yin mazmuni va bolaning bilim tizimi o'rtasidagi bog'liqlik;
- darsning korreksion maqsadga muvofiqligi;
- faoliyatni o'zgartirish tamoyilini hisobga olish;
- yorqin, ovozli o'yinchoqlar va qo'llanmalardan foydalanish;
- o'yinchoqlar va yordamchi vositalarning gigiyena talablariga muvofiqligini inobatga olish va xavfsizligini ta'minlash [3].
Quyida keltirilgan "Animals" o'yini inklyuziv ta'lim jarayonida bolaning nafaqat leksik bilim darajasini oshiradi, balki xotirani, diqqatni rivojlantiradi:
"Animais"
Bu o'yinning vazifasi o'quvchilarni turli hayvonlar nomiga to be fe'li bilan shaxs olmoshlarini qo'llash natijasida ularning nutqiy faolligini oshirishdan iboratdir.
O'quvchilar aylana shaklida turib olishadi. Har bir ishtirokchi hayvon niqobini kiyadi. Bolalar o'z hayvonlariga nom berishadi va to'pni doiradagi har qanday ishtirokchiga uzatishadi. Masalan:
- I'm a monkey. You are a cat.
- I'm a cat. You are a dog [4].
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun
Turli mashqlar va o'yinlar bolaga o'rganilayotgan materialni osonroq va tezroq eslab qolishga yordam beradi. Bu esa lingvistik dunyoqarashning kengayishiga olib keladi: chet tili og'zaki va yozma nutqni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan elementar lingvistik tasvirlarni o'zlashtirishga yordam beradi.
Bugungi kunda turli xil nogironligi bo'lgan ko'plab bolalar uchun ta'lim olishning yagona yo'li bu - masofaviy ta'limdir. Biroq o'quvchini dars jarayoni uchun zarur jihozlar va shart-sharoitlar bilan ta'minlashning o'zi yetarli emas. Buning uchun o'quvchining barcha yosh, psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda darsni to'g'ri rejalashtirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Nogiron bolalar, asosan, ko'proq muloqotda bo'lishadi, shuning sababli iloji boricha, darsga kommunikativ yo'nalish berish kerak. Bu esa o'quvchiga tengdoshlari bilan muloqot qilishni osonlashtiradi, o'z fikrlarini ikkala nutqida (ona tili va ingliz tili) ham ifodalaydi.
Ingliz tili darslarida AKTdan foydalanishning asosiy maqsadlari:
-tilni o'rganish uchun motivatsiyani oshirish;
-nutq kompetensiyasini rivojlantirish: haqiqiy xorijiy matnlarni tushunish qobiliyati, shuningdek, ma'lumotlarni izchil asosli bayonotlarda yetkazish qobiliyati;
- lingvistik bilimlar hajmini oshirish;
-o'rganilayotgan til mamlakatining ijtimoiy-madaniy o'ziga xosligi haqidagi bilimlar hajmini kengaytirish;
-ingliz tilini mustaqil o'rganish qobiliyati va tayyorgarligini rivojlantirish [5].
Tahlil va natijalar. Asosiy muammo - o'quvchi diqqatini jamlash va yangi materialni sifatli taqdim etishdir. Nogiron bolalar har xil bo'lganligi sababli, ularning kompensatsion imkoniyatlariga hisobga olgan holda materialni taqdim etish kerak. Masalan, eshitish qobiliyati buzilgan, diqqat va nutqida buzilishlar bo'lgan bolalar vizual materialni yaxshiroq o'rganishadi -bu rasmlar, taqdimotlar, elektron kitoblar va topshiriqlar; katta bosqichda - kichik sxemalar, ma'lumot jadvallari, komikslar ko'rinishidagi moslashtirilgan matnlar [б].
O'quvchilarga chet tillarini o'qitishning maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
- ularda nutqiy faollik rivojlanadi;
- ingliz tiliga bo'lgan qiziqishlarini o'stiradi;
- ingliz mamlakatlari madaniyatiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish.
Inklyuziv sinfda dars beradigan chet tili o'qituvchisining asosiy vazifasi muvaffaqiyatga erishish vaziyatini yaratish va har bir o'quvchi chet tilini o'rganishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni bartaraf etishdan, sinfdagi barcha o'quvchilarning o'quv natijalariga erishishiga va ularning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradigan qulay mikroiqlimni yaratishdan iboratdir.
Har bir bola ta'lim olish imkoniyatiga ega va har bir o'qituvchi o'rganish jarayonida yetarli psixologik va pedagogik yordamni tashkil etish uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi kerak.
Bugungi kunda, zamonaviy amaliyotda umumta'lim maktablarida chet tillarini o'qitish jarayoniga inklyuzivlikni joriy etishning ma'lum ijobiy tajribasi mavjud.
Misol uchun, ba'zi maktablar Daun sindromi bo'lgan bolalarga chet tilini o'rgatish mas'uliyatini o'z zimmalariga oladilar. Va ular kutilgan natijaga erishadilar.
Xulosa va takliflar. Shunday qilib xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, inklyuziv ta'lim - bu alohida ta'limga muhtoj bolalarni o'qitish jarayonining yangi texnologiyalar asosida amalga oshirish hsoblanadi. Aslini olib qaraganda, chet tili maktab fanlarining ichida eng qiyin va
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
murakkab fanlardan biridir. Inklyuziv ta'lim sharoitida esa ushbu o'quv fanini o'qitish alohida e'tibor va o'quv jarayonini puxta o'ylangan holda tashkil etishni talab qiladi. Darhaqiqat, nogiron bolalarning aksariyati chet tilini o'rganishda qiyinchiliklarga duch keladi: kognitiv jarayonlarning yetishmasligi, eshitish qobiliyatining buzilishi, nutqning buzilishi, aqliy zaiflik -bular o'z navbatida o'rganish jarayonini sezilarli darajada murakkablashtiradigan omillardir. Ammo bir narsani tan olish kerakki, zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda barchaga birdek sifatli ta'lim berish murakkablashib bormoqda. Ana shu jarayonda, birinchi navbatda nogiron bolalar uchun ta'lim maqsadi yuqori ta'lim darajasiga erishish emas, balki psixofizik to'siqlarni bartaraf etish va sog'lom insonlar orasida yashash imkoniyatini berishdir. Bu borada o'qituvchi, psixolog va ota-onalarning hamkorlikda ish olib borishlari uzoq vaqt davomida mutlaqo imkonsiz bo'lib tuyulgan yuqoridagi imkoniyatlarni amalga oshirishga yordam beradi.
REFERENCES
1. Pasenkova N.M. Metodicheskie rekomendatsii dlya pedagogicheskix rabotnikov obrazovatelnix uchrejdeniy po organizatsii raboti s detmi, imeyushimi ogranichenniye vozmojnosti zdorovya v usloviyax inklyuzivnogo obrazovaniya. -Stavropol: SKIRO PK i PRO, 2012.-46 s.
2. Sharafutdinova T.M. Obuchayushiye igri na urokax angliyskogo yazika. // Inostrannie yaziki v shkole.-2005,№8. (s.46-50)
3. https://doc4web.ru/russkiy-yazik/igrovie-tehnologii-kak-sredstva-razvitiya-detey-s-ovz.html
4. Karetnikova A.A. Veseliy angliyskiy v nachalnoy i sredney shkole. Prazdniki, igri i zanimatelnie zadaniya.-Yaroslavl: Akademiya razvitiya, 2011.-288 s.
5. Nesterenko M.E. Primenenie IKT pri obuchenii detey s OVZ na urokax angliyskogo yazika
[Elektronniy resurs].-Rejim dostupa: http://www.tea4er.ru/forum/53—/66209—q----------q
(18.10.2016)
6. Torsunova O.V. Korreksionnaya napravlennost urokov angliyskogo yazika dlya detey s ogranichennimi vozmojnostyami zdorovya [Elektronniy resurs]. - Rejim dostupa:http://www.metod-kopilka.ru/ctatya-na-temu-korrekcionnaya-napravlennost-urokov-angliyskogo-yazika-dlya-detey-s-ogranichennimi-vozmozhnostyami-zdorovya-59609.html (15.10.2016)
7. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News., (143), 115-126.
8. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.
9. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.
10. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.
11. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.
12. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun
13. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.
14. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).
15. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299305.
21б