Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY IJODKORLIKGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART SHAROITLARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY IJODKORLIKGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
209
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o’qituvchi / kasb ijodkorligi / raqamli texnologiyalar / pedagogika

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ibraimova Feruza Xolboevna

O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida”gi Qonunida esa “Tegishli ma‘lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega”,deb belgilangan. Bu esa bo’lajak o’qituvchilarga o’ta dolzarb vazifalarni yuklaydi. Buning uchun esa bo’lajak o’qituvchilarning kognitiv ijodkorligini rivojlantirish, raqamli va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda bilim berish, ularning ma‘lumotini, malakasini oshirish juda muhim hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY IJODKORLIKGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART SHAROITLARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KASBIY IJODKORLIKGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING

PEDAGOGIK SHART - SHAROITLARI Ibraimova Feruza Xolboevna

UzPFITI doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7992848

Annotatsiya. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida esa "Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega",- deb belgilangan. Bu esa bo'lajak o'qituvchilarga o'ta dolzarb vazifalarni yuklaydi. Buning uchun esa bo'lajak o'qituvchilarning kognitiv ijodkorligini rivojlantirish, raqamli va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda bilim berish, ularningma'lumotini, malakasini oshirishjuda muhim hisoblanadi.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, kasb ijodkorligi, raqamli texnologiyalar, pedagogika.

"Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan

bebahra millat boshqalarga poymol bo'lur".

Mahmudxo'ja Behbudiy

Loyihalash Ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bugungi kun talabi ekanligi hammaga ma'lum. Talabalarga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib darslarni tashkil etish ta'lim samaradorligini ta'minlaydi.

V Texnologiyalar. "Texnologiya" grekcha soz bolib mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu malum bir jarayonga nisbatan qo llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yo'naltirilgan xatti-harakatlar majmui tushunilgan. Ushbu jarayon inson tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.

V Axborot texnologiyalari to'g'risida gap ketganda, material sifati ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu obyekt, jarayon yoki hodisa to'g'risidagi sifat jihatidan yangi malumot boladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon boladi.

V Axborot texnologiyasining maqsadi esa - axborot ishlab chiqarish bo'lib, uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qol urish uchun tegishli qaror qabul qilish.

V Axborotlarni yig'ish, uzatish, to'plash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari va usullari tizimi axborot texnologiyasi deb yuritiladi.

Pedagogik texnologiyani amalga oshirishda ta'lim mazmuniga tayangan holda ma'lum metodlar qo'llaniladi.

Pedagogik texnologiya metodlarining qo'llanilishi quyidagi omillar:

- O'qitishning faol metodlari;

- pedagogik texnika va pedagogik ishlab chiqarish asoslari;

- ta'lim jarayonini individuallashtirish;

- Ilg'or pedagogik tizimlarni loyihalash;

- Ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish;

- Modulli ta'lim texnologiyalari;

- Pedagogikada innovatsion jarayonlar;

- Pedagogik faoliyatni tashkil etishning ilmiy asoslari;

16l|

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

- Pedagogik test va standartlar;

- Ishbilarmonlik o'yinlari;

- O'yin texnikasi va madaniyati uslublariga bog'liq.

Pedagogik entsiklopediyada izohlanishicha, ta'lim metodi o'qituvchi va o'quvchining ta'lim mazmunini o'zlashtirishga qaratilgan o'zaro aloqador, ma'lum ketma-ketlikdagi faoliyati tizimidir. Ularning o'ziga xos belgilari quyidagilar: maqsad, o'quv jarayoni sub'ektining o'quv materialini o'zlashtirish usullari va shakllari.

Ta'limning faol metodlariga xos ilk belgilar XIV-XVI asrlarda namoyon bo'lgan. Buyuk gumanistlar - F.Rable, M.Manten, F.Bekonlar bilimlarni tayyor holda uzatilgan ma'lumotlar asosida emas, balki amaliy tajriba, munozara orqali mustaqil o'zlashtirishni tavsiya etganlar.

Keyinchalik ta'lim metodlari YA.A.Komenskiy, I.G.Pestalotssi, F.A.Disterverg, Dj.Dyui, K.D.Ushinskiy, P.F.Kayerovlar tomonidan rivojlantirilgan. Ular didaktikada ilg'or, ya'ni bilimlarni mustaqil ravishda o'zlashtirish g'oyasini ilmiy jihatdan asoslaganlar.

Ma'lumki, verbal (og'zaki) o'quv usullaridan foydalanilganda (maruza, hikoya, tushuntirish) talabalar malumotning 5% ini eslab qolishadi. O'qish malumotning 10% ini saqlab qolishga imkon beradi, videofilm, rasm, ko'rgazmali qurollarni ko'rish, ko'rgan malumotlarni 20% ini o'zlashtirishni taminlaydi.

Ishbilarmonlik o'yini eng samarali hisoblanadi, buning natijasida talabalar ongida malumotning 75% i saqlanib qoladi. O'quv-amaliy mashg'ulotlarning talabalar tomonidan olib borilishi undan ham samaraliroq hisoblanadi, bunda 90% malumot o'zlashtiriladi.

Pedagogik texnologiyalar 1980 yillarda AQShda yaratila boshladi. Hozirgi kunda ularning soni katta songa oshib ketgan. O'quv mashg'ulotlarida olib boriladigan pedagogik texnologiya turlaridan ayrimlarini misol tariqasida keltirish o'rinli.

Multimediali texnologiyalar apparatli vositalar yordamida bilimlar bazasi axborotlar bilan tanishuv mantig'ini erkin tanlashga, axborotni ovoz, video va kinofragmentlar, multiplikatsiya bilan birlashtirish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga kompyuterli immitatsiyalarni, mikrodunyolarni va ularning manbasini talabada alohida qiziqish chaqiruvchi didaktik va rivojlantiruvchi o'yinlarni yaratish imkonini ham beradi

Modul o'qitish texnologiyasi deyilganda fan, o'quv predmetining o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib, ta'lim samaradorligini oshirish maqsadida o'quv materialini yirik turkumlarga ajratib o'rgatish, uning maxsus bo'limlariga pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish tushuniladi.

O'yinli pedagogik texnologiyalardan foydalanishning asosiy talablarini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi.

O'yin ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish va qayta yaratishga yo'nalgan vaziyatlarda faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o'z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.

Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi pedagogik jarayonni takomillashtirish va uni o'quvchi shaxsiga yo'naltirishga asoslangan. Hamkorlikda o'qitish mashgulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani ko'rish, yasash, masalalar yechish va boshqalarni o'z ichiga oladi.

Muammoli ta'lim texnologiyasining asosi - insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Mualliflik texnologiyasi pedagogik strategiya sifatida talaba va o'qituvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish vositalariga ega.

Axborot texnologiyalari - axborotni yig'ish, saqlash, uzatish, o'zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig'indisidan iborat. O'qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda, faqat o'quv-tarbiya jarayonida qo'llanishi mumkin bo'lgan eng yangi axborot texnologiyalari tushuniladi.

«Tanishuv» texnologiyasi o'quv jamoasi ishtirokchilarini bir-birlari bilan tanishtirish, samimiy do'stona munosabat va ijodiy muhitni yuzaga keltirish, talabalarning ijodiy imkoniyati va shaxsiy sifatlarini ochish, auditoriyaning ishlashi uchun qulay sharoit vujudga keltirish uchun qo'llaniladi.

"Bumerang" texnologiyasi bir mashg'ulot davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo'naltirilgan. U turli mazmun va harakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo'lgan mavzularni o'rganishga yaroqli bo'lib, o'z ichiga og'zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg'ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan talaba yoki o'qituvchi rolida bo'lishi, kerakli ballni to'plashiga imkoniyat beradi.

«Zinama-zina» texnologiyasi talabalarni o'tilgan yoki o'tilishi kerak bo'lgan mavzu bo'yicha yakka va kichik jamoa bo'lib fikrlash hamda xotirlash, o'zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to'plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko'rinishida ifodalay olishga o'rgatadi.

«Charxpalak» texnologiyasi talabalarni o'tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to'g'ri javob berishga va o'z-o'zini baholashga o'rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o'qituvchi tomonidan barcha talabalarning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan.

«3x4» texnologiyasi talabalarni aniq bir muammoni (yoki biror mavzuni) yakka holda (yoki kichik jamoa bo'lib) fikrlab hal etish, yechimini topish, ko'p fikrlardan kerakli keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni umumlashtirish va ular asosida qo'yilgan muammo yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, o'z fikrlarini ma'qullay olishga o'rgatadi.

«Muammo» texnologiyasi talabalarga predmetning mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini tug'ri topishlariga o'rgatish, ularda muammoning mohiyatini aniqlash bo'yicha malakalarni shakllantirish, muammoni yechishning ba'zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishda mos uslublarni tug'ri tanlashga o'rgatish, muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi xatti-harakatlarni to'g'ri aniqlashga o'rgatishdan iborat.

Guruh sharoitida ishlashda va kognitiv fikrlashga o'rgatishda turli interaktiv metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi.

V O'zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay intellektual imkoniyat va axborot zahiralariga ega. Fanlar Akademiyasi, oliy va orta maxsus o'quv yurtlari, ishlab chiqarish va firmalarda kompyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot ta'minoti, axborot tizimlari buyicha malakali xodimlar ishlamoqda.

Xulosa qilib aytganda, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy ijodkorlikgini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan maqsadli foydalanishga o'rgatilsa oliy o'quv yurtlarida talabalarni o'quv faoliyatlari samaradorligini oshiradi. Bo'lajak mutaxassislarni kasbiy qiziqishlarini orttiradi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

REFERENCES

1. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-12б.

2. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 1б8-179.

3. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 9б-98.

4. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.

5. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.

6. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.

7. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.

8. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

9. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299305.

1б4

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.