INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
October 19-20, 2023
BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA TANQIDIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Gulbahor Akramova
Buxoro davlat pedagogika instituti, pedagogika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari doktori
(DSc)
https://doi.org/10.5281/zenodo.10014743
Zamonaviy psixologik va pedagogik adabiyotlarda tanqidiy tafakkurning mohiyati haqida fikr yuritishga nisbatan ikki xil yondashuv mavjud. Ulardan biri refleksiyani talqin etishning falsafiy an'analariga asoslanib, o'zicha tafakkur yuritishning psixologik mexanizmi sifatida refleksiyaning tarkib topishi, uning tuzilmasi va turlarini o'rganadi (N. B. Berezanskaya, Dj. Gilford, D. Xalpern va b.). Ikkinchi yondashuvda o'quvchi va o'quvchilarda mahsuldor va ijodiy tafakkur malakalarini shakllantirish va rivojlantirish asos sifatida tadqiq etiladi (U.N.Kulyutkin, O. K. Tixomirov, I. N. Semenov va b.). R. Paul tanqidiy fikrlash muammolarini ishlab chiqishda uning uchta tomonini ajratib ko'rsatgan:
1. Tadqiqotning birinchi "to'lqin"i amaliy mantiqni o'zgartirishga bag'ishlangan. Tanqidiy fikrlash ratsionalizm va mantiqqa asoslanib, asosiy fikrni sinash orqali sodir bo'ladi deb taxmin qilingan. D.Xalpern (AQSh) o'zining tadqiqotlarida, ya'ni "Tanqidiy tafakkur psixologiyasi" kitobida Tanqidiy fikrlash - bu istalgan yakuniy natijani olish ehtimolini oshigadigan bilim texnikasi va strateriyasidan foydalanishdir. Ch. Templ, K. Meredit va Dj. Stillar (AQSh) «O'qish va yozish uchun tanqidiy fikrlash» (O'UOTF) loyihasini ishlab chiqqan. Ushbu loyihada: "Inson tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g'oyalar bilan tanishadi, ularni amalga oshirishdagi mumkin bo'lgan oqibatlarni ham e'tiborga oladi. Bunda odam bu g'oyalarni dastlab ma'lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok qiladi va qarama-qarshi nuqtayi-nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun qo'shimcha mulohazalar tizimidan foydalanadi va bular asosida o'z nuqtayi-nazarini ishlab chiqadi». Tanqidiy fikrlash g'oya va imkoniyatlarni ijodkorlik bilan uyg'unlashuvi, konsersiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta qurishdek murakkab jarayondir. Bu faol va interaktiv bilishning bir necha darajalarida bir vaqtda ro'y beradigan jarayon ham bo'lib hisoblanadi. Tanqidiy fikr egasiga hiyla-nayranglar kamroq ta'sir qiladi, o'zining shaxsiy qarashlar tizimi bo'lgani uchun ular turli xavf-xatardan xoli bo'ladilar", degan fiklar keltirilgan va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladigan 60 ga yaqin usullar taqdim qilingan.
D. Cluster o'zining «Tanqidiy fikrlash nima?» maqolasida tanqidiy fikrlashning quyidagi parametrlarini aniqlagan [1]:
1. Tanqidiy fikrlash mustaqil fikrlashdir.
2. Umumlashtirishga imkon beruvchi tafakkurga ega bo'lish.
3. Tanqidiy fikrlash muammoli vaziyatlarni hal qilish va baholash qobiliyatini namoyish
etish.
4. Tanqidiy fikrlash ishonarli dalillarga ega bo'lib, bayonot berishda dalillarni keltira olish.
5. Tanqidiy fikrlash ijtimoiy fikrlash, ijtimoiy tafakkurga ega bo'lish.
«Tanqidiy fikrlash o'z fikrlash faoliyati bilan bog'liq tushunchalarni, konsepsiyalar, qarorlar, tushuntirishlar, savollar bilan ishlash, analitik faoliyat uchun qobiliyatlarni rivojlantirish, shuningdek, boshqa kishilar uchun shu kabi imkoniyatlarni baholash kabi narsalarni nazarda tutadi. Amaliy oriyentatsiya odatda tanqidiy fikrlash uchun xosdir. Shu sababli, u ichki mazmunga ega bo'lgan fikrlash shakli va aql-idrok mazmunidir. Tanqidiy fikrlash mexanizmi aql-idrok va dalillarni aniqlash jarayonini aniqlaydigan aqliy operatsiyalarni o'z ichiga oladi: maqsadlarni
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
October 19-20, 2023
belgilash, muammolarni aniqlash, farazlar kiritish, argumentlarni kiritish, ularni oqlash, oqibatlarini bashorat qilish, muqobil nuqtayi nazarni qabul qilish yoki qabul qilmaslikdir. Murakkab va noaniq vaziyatlar va muammolarni sintez qilish, tahlil qilish va baholash uchun asosiy intellektual qobiliyatlarni (bilim va tushunish) qo'llash qobiliyatini o'z ichiga oladi. Bu muammolarni aniqlash, vaziyatni aniqlashtirish, dalillarni tahlil qilish, muammoni chuqur o'rganish, axborot manbalarining qarorlari va ishonchliligini baholash mezonlarini ishlab chiqish, umumlashtirilishdan qochish. Fikrlash samaradorligini oshirish muammolarini J.Barellda ishlab chiqdi. U tanqidiy fikrlovchi kishiga xos quyidagi xususiyatlarni tanladi: muammolarni qanday hal qilishni biladi; muammolarni hal qilishda muayyan turg'unlikni ko'rsatadi; o'zini nazorat qiladi; boshqa g'oyalar va hamkorlikka ochiq; u suhbatdoshni tinglashi mumkin; empatik; noaniqlikka toqat qilamiz; turli nuqtayi nazarlardan muammolarni qanday ko'rishni biladi; u hodisalar orasidari bir nechta aloqani qanday tashkil etishni biladi; boshqalarning fikriga bo'lgan bag'rikenglik; muammoni hal qilish uchun bir nechta imkoniyatlarni ko'rib chiqadi; ko'pincha «nima bo'lsa ...» degan savolni so'raydi; mantiqiy xulosalar tuzishi mumkin; uning his-tuyg'ulari va fikrlarini aks ettiradi va baholaydi; bashorat qilishni bilish, ularni oqlash va o'zlari oldiga qo'yilgan maqsadlarni belgilashni biladi; turli xil vaziyatlarda o'z bilim va ko'nikmalarini qo'llashi mumkin; qiziquvchan; axborotni faol ravishda qabul qiladi.
Biroq o'quvchilar tanqidiy fikrlashini shakllantirishga bag'ishlangan adabiyotlarning nazariy tahlili shundan guvohlik beradiki, pedagogika fani uslubchilari va arboblari qarashlarida uning ko'pgina jihatlari, jumladan, ta'lim jarayonida o'quvchilarining tanqidiy tafakkurni rivojlantirish asosida ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash uyg'unligini ta'minlashda hozircha yakdillik uo'q.
Shuningdek, ularda muammo mohiyatni talqin qilish detallarida turlichadir.
Tanqidiy fikrlashning tuzilishlari, aqliy faoliyatning umumlashgan usullarining shakllantirish yo'llarini belgilovchi alohida komponentlarning o'ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi. Bu tadqiqotlarda maktabning bosh maqsadi sifatida bola shaxsi oyoqqa turishini ta'minlash, uning qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga istak va uquvni shakllantirish, boshlang'ich sinf o'quvchilarini tanqidiy fikrlashning barcha komponentlarini egallashga yo'naltirish asosida tizimli ta'limga tayyorlash va shaxsni har tomonlama faollashtirish oldinga suriladi. Bu maqsadlarni tugal konsersiya sifatida amalga oshirish an'anaviy didaktik tizimlarning barcha bo'g'inlarini takomillashtirish, shu jumladan, o'quvchilarning faol tanqidiy fikrlashini shakllantirishning motivlari, metodlari va tashkiliy vositalarini ta'minlash uni inson taraqqiyotining turli yosh bosqichlarida chuqur tadqiq etish zaruriyatini talab etadi.
Uslubchilar olib borayotgan ishlar o'quvchining faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodiy yondashuv, qiziqish, bilimlarni mustaqil topishga qobillik, ya'ni o'qish jarayonida mazkur o'quvchi shaxsini shakllantirish masalalariga javob beradigan sifatlarni rivojlantirish bilan uyg'unlashmog'i lozim.
Tanqidiy fikrlash - bu axborot va dalillarni oqilona va tizimli ravishda faol va mohirona tahlil qilish va baholash jarayonidir. Yuqorida keltirilgan tanqidiy tafakkurning xususiyatlarini takomillashtirgan holda o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda uning bir qator xususiyatlarini inobatga oldik. Bular:
1. Maqsadli tahlil. Tanqidiy fikrlash ma'lumot va dalillarga qarama-qarshi va shaxsiy yondashishni o'z ichiga oladi. U faqat his-tuyg'ularga yoki oldindan o'ylangan tushunchalarga tayanishdan ko'ra, dalillarni baholash va obyektiv fikrlashga qaratilgan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
October 19-20, 2023
2. Mantiqiy mulohazalar. Tanqidiy fikrlovchilar argumentlarning to'g'riligini aniqlash va baholash uchun mantiqiy fikrlashdan foydalanadilar. Ular asosli fikrlash va to'g'ri yoki noto'g'ri dalillar o'rtasidagi farqni farqlay oladilar.
3. Dalillarga asoslangan hukm yoki qaror. O'z fikrlari va hukmlarini shakllantirish uchun dalillarga tayaniladi. Bunda ishonchli ma'lumot manbalarini izlash va xulosalar chiqarishdan oldin dalillarning sifati va dolzarbligi baholanadi.
4. Mustaqil fikrlash. Tanqidiy fikrlovchilar turli nuqtayi nazarlar va muqobil nuqtayi nazarlarni mustaqil ko'rib chiqadi. O'zlarining taxminlari va e'tiqodlariga qarshi chiqishga tayyor va ular intellektual qiziqish hamda intellektual kamtarlik qadrlanadi.
5. Muammolarni hal qilish ko'nikmalari. Tanqidiy fikrlash samarali muammolarni hal qilishni o'z ichiga oladi. Tanqidiy fikrlovchilar muammolarni aniqlashlari, ularning asosiy sabablarini tahlil qilishlari, ijodiy va mantiqiy echimlarni ishlab chiqishlari muhim.
6. Samarali muloqot. Tanqidiy fikrlovchilar o'z fikr, g'oyalarini aniq va samarali ifoda etadi. Bunda fikr-mulohazalarini ifoda etish va mulohaza yuritish imkoni beriladi. Shu bilan birga fikr-mulohazalar va konstruktiv tanqidlarni to'g'ri qabul qilishga ham tayyor bo'lish muhim.
7. O'z-o'zini namoyon etish. Tanqidiy fikrlovchilar o'zlarining fikrlash jarayonlarini to'g'riligini tekshirish uchun o'z-o'zini namoyon etish orqali o'zlarining kuchli va zaif tomonlarini bilib olaadi va doimiy ravishda tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini yaxshilashga intiladi.
Tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi vositalar o'quv jarayonidagi har bir bosqichning aniq maqsadlarini hisobga olgan holda tanlov amalga oshirilgandagina tizim sifatida yuzaga keladi va ular birlikda o'quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashning har bir komponentiga ta'sir etadi.
Tanqidiy fikrlash mazmuni uch tashqi omillar: obyekti, maqsadi, didaktik asoslar rivojlanishining qonuniyatlari orqali bog'lanadi.
Dars va uning samaradorligi, jumladan, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, o'quvchining harakatlariga va faolligiga tayanadi. O'qituvchilar va ta'lim vositalari o'rganish uchun yo'l-yo'riq, resurslar va imkoniyatlarni ta'minlashda hal qiluvchi rol o'ynasa-da, oxir-oqibatda o'quvchining faol ishtirok etishi, fikrlash qobiliyatlarini qo'llashi va o'quv jarayoniga egalik qilishi kerak.
O'qituvchilar o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan turli xil o'qitish strategiyalari, metodologiyalari va vositalaridan foydalanishlari mumkin. Bular muammoni echish, so'rovga asoslangan o'rganish, muhokamalar, ma'lumotlarni tahlil qilish, dalillarni baholash va mustaqil fikrlashni rag'batlantirishni o'z ichiga oladi. Biroq, o'quvchilarning tanqidiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish darajasi ularning ushbu faoliyat bilan shug'ullanish, savollar berish, tushuntirishlar izlash, chuqur o'ylash va o'z fikrlari va tarafkashliklari haqida fikr yuritish istagiga bog'liq.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'qituvchilar va ta'lim vositalari tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun asos va yordam beradi, ishning samaradorligi rirovardida o'quvchining harakatlari va faolligiga bog'liq.
REFERENCES
1. Клустер Д. Что такое критическое мышление? // Критическое мышление и новые виды грамотности. М.: СГЛ, 2005. С. 5-13.
2. Кукушкина Ю. А. Критическое мышление как фактор профессионалной
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
October 19-20, 2023
компетентности: на примере программистов : диссертатсия ... кандидата психологических наук : 19.00.01 / Кукушкина Юлия Андреевна; [Место защиты: Рос. гос. гуманитар. ун-т (РГГУ)]. - Москва, 2008. - 129 с. : ил. РГБ ОД, 61:08-19/62
3. Корешникова Ю. Н. Организатсионные и педагогические условия развития критического мышления у студентов вузов. Дисс.Москва. 2021. x,ттпс://www.x,се.ру/сcи/дисс/484151933
4. Костяк Т. В. Тревожный ребёнок. Младший школный возраст. М.: Академия, 2008. 390 с.