Научная статья на тему '“TANQIDIY TAFAKKUR” TUSHUNCHASINING METODOLOGIK ASOSLARI VA OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

“TANQIDIY TAFAKKUR” TUSHUNCHASINING METODOLOGIK ASOSLARI VA OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

2058
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Tanqidiy tafakkur” / analiz / sintez / induksiya / diduksiya / mantiqiylik / tizimlilik / analitik tahlil / axborot / qobiliyat.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Moxichexra Bekmurzayevna Islamova

Maqolada “Tanqidiy tafakkur” tushunchasining mohiyati metodologik jihatdan tahlil qilinib, uning boshqa tafakkur shakllari bilan o’zaro aloqadorligi va shaxs kamolotidagi o’rni asoslab berilgan. Shuningdek, ushbu tafakkur shaklining o’ziga xos bo’lgan jihatlari aniqlashtirilib, uni rivojlantirishning usul va uslublari ko’rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“TANQIDIY TAFAKKUR” TUSHUNCHASINING METODOLOGIK ASOSLARI VA OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

"TANQIDIY TAFAKKUR" TUSHUNCHASINING METODOLOGIK ASOSLARI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Moxichexra Bekmurzayevna Islamova

NavDPI tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Maqolada "Tanqidiy tafakkur" tushunchasining mohiyati metodologik jihatdan tahlil qilinib, uning boshqa tafakkur shakllari bilan o'zaro aloqadorligi va shaxs kamolotidagi o'rni asoslab berilgan. Shuningdek, ushbu tafakkur shaklining o'ziga xos bo'lgan jihatlari aniqlashtirilib, uni rivojlantirishning usul va uslublari ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: "Tanqidiy tafakkur", analiz, sintez, induksiya, diduksiya, mantiqiylik, tizimlilik, analitik tahlil, axborot, qobiliyat.

Hozirgi kunda butun dunyoda ta'lim jarayonlariga o'qitishning eng samarali usullarini izchillik bilan joriy etish orqali - har tomonlama yetuk kasbiy malakaga hamda nostandart fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan yetuk kadrlarni tayyorlash muammosi dolzarblik kasb etmoqda. Mamlakatimizda ham barcha sohalar singari, ilm-fan va ta'lim sohalarida, xususan oliy ta'lim tizimida ham tub is lohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmonida "...talabalarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko'nikmalari shakllantirilmagan"ligi masalasiga e'tibor qaratilgan [1]. Bu esa, ushbu muammoni ilmiy - pedagogik nuqtai nazardan chuqur va tizimli tadqiq qilish zaruratini yuzaga keltiradi.

Zamonaviy ta'lim jaroyonlarida butun dunyo olimlari "tanqidiy tafakkur (fikr yuritish)" masalalariga e'tiborni qaratib, uni rivojlantirish uchun turli texnologiyalar hamda uslublarni taklif etmoqdalar va bu masala falsafa, mantiq, pedagogika va psixologiyada qaytadan zamonaviy bilimlar asosida ko'rib chiqilmoqda.

Pedagogika va psixologiya fanlarida ushbu masala bilan xorijiy olimlardan P. Balonskiy, V. Bolotov, T. Vorapay, A. Ivanova, A. Kocherga, V. Kushner, T. Oleynik, E. Polat, A. Podzelun, S. Romanova, M. Skatkin, I. Slobodyanyuk, V. Teplov, L. Terletskaya, S. Terno, A. Tumantseva, Dayana Xalperi, A. Xachumyan, Djeni Stil, Kert Meredis, Charlz

June 3

66

Templlar kongnitiv ta'lim nuqtai nazardan yondashganlar. O'zbek olimlaridan - E. G'oziyev, A. Abduqodirov, R. Djurayev, U. Inoyatov, O' Q. Qarshiyev, X. Ibraimov, Sh. Abdullayeva, F. Xodjiyeva, D. Ro'ziyeva, D. Sharipova va boshqalar tomonidan yoshlarning intellektual rivojlanish masalalarining turli jihatlari tadqiq etilgan. Ammo, hanuzgacha har bir tadqiqotchi o'z qarashlarini ifoda etgan bo'lsalar-da, "tanqidiy tafakkur" atamasi haqida yaxlit holdagi yagona ta'rif berilmagan. Masalan, L. Terletskayaning ta'kidlashicha, "tanqidiy tafakkur bu - narsalarning mohiyatiga kirish malakasi, tanqidiy qoidalarga amal qilgan holdagi ketma-ketlikni saqlash, savollar bera olish, uni tushuntirish uchun yangi yondashuvlar topa olish malakasi, muammoni yechish usullarini o'zgartirishdagi egiluvchanlik malakasi, masalani yechishdagi tezlik malakasi", sifatida e'tirof etadi[2, -C.185-196].

T. Xauchman, bu fenomenni "fikrlash faoliyatining asosiy ko'rinishlaridan biri bo'lib, har qanday masalalarni yechishdagi to'g'ri yo'lni topish strategiyasi, u -gepotezalar, tahlillar (axborotlarni ishlash, analitik tekshirib ko'rish, nazorat qilish, baholash), refleksiv ta'sirlarni o'z ichiga oladi, turli xil fikrlar va qarashlarni barchasini qamragan holda o'z xususiy nuqtai-nazarini nomoyon qilish, o'zining va boshqalarning faoliyatidagi natijalarga obyektiv baho bera olish ko'nikmasini tanqidiy tafakkur", - deb ta'riflaydi [3,-C.171-177]. V. Teplov, aqlga asoslanilgan tanqid haqida gapirganda, uni "insonni bilish faoliyatining ma'lum bir sifati" tarzida ifodalaydi [4, c.56].

Dayana Xalperi "Faol va interaktiv bilishning bir necha darajalarida bir vaqtda ro'y beradigan jarayon tanqidiy fikrlash hisoblanadi. Tanqidiy fikr egasiga hiyla-nayranglar kamroq ta'sir qiladi, o'zining shaxsiy qarashlar tizimi bo'lgani uchun ular turli xavf-xatardan holi bo'ladilar"[5,36],-deb yozadi. Amerikalik olimlar Djeni Stil, Kert Meredis, Charlz Templlar o'z qarashlarida "Odam tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g'oyalar bilan tanishadi, ularni amalga oshirishdagi mumkin bo'lgan oqibatlarini ham e'tiborga oladi. Bunda odam bu g'oyalarni dastlab ma'lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok qiladi va qarama-qarshi nuqtai-nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun qo'shimcha mulohazalar tizimidan foydalanadi va bular asosida o'z nuqtai-nazarini ishlab chiqadi" [6 c. 21] deb, tanqidiy tafakkurning psixologik jihatlarini izohlaydi.

O'zbek psixolog olimi E. G'oziyevning ta'kidlashicha, "Tanqidiy tafakkur-o'zining va o'zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin emasligini tekshira bilishda hamda muammoli vaziyatlarga baho bera olishda ifodalanuvchi tafakkur tanqidiy tafakkur deyiladi"-deb ta'kidlaydi[7.c.165].

June 3

67

O'zbek olimasi Sh.A. Abdullayeva "Tanqidiy tafakkur - fikr yuritishning shunday ko'rinishiku, unda aqliy operatsiyalar (analiz, sintez, induksiya, deduksiya)ning barchasi ishtirok etadi",- deb yozadi. Demak, ta'lim oluvchi taqdim qilinayotgan o'quv materialini o'zlashtirishi uchun bilish jarayonlarining induktiv(ayrim, xususiy tajribalarini umumlashtirib xulosa chiqarishga fikran harakat qilish) va deduktiv ( umumiydan ayrimlikka yuksalish) pag'onalaridan o'tadi.

"Tanqidiy tafakkur" deganda ko'pchilik uning mazmunidagi inkor qiluvchi ma'nosiga e'tibor qaratib, maqsadga muvofiqlikni qarama- qarshisi hisoblangan nomuvofiqlikka urg'u berishadilar. Aslida ingliz tilidagi "Critical" so'zi o'ta chuqur ma'noga ega bo'lib, muvofiqlikni inkor etmaydi, balki, hatto "Literacy" so'zi bilan teng ma'noga ega bo'lib, so'zma- so'z tarjima qilinganda nafaqat o'qish va yozishni bajara oladigan, balki "savodli bilimdon" kishilarga nisbatan ishlatiladigan e'tirof hisoblanadi.

"Tanqidiy tafakkur" tushunchasining metodologik asoslarini unga tegishli bo'lgan bir nechta izoh yoki xulosalar orqali to'liq aniqlab yoki ifodalab bo'lmaydi. Shuning uchun uning keng qamrovli va murakkab sturukturaga, obyektiv va subyektiv xarakterga ega ekanligini inobatga olish lozim. Ilmiy-pedagogik izlanishlarimiz "Tanqidiy tafakkur"ning quyidagi jihatlar bilan uzviy aloqadorlikda va dialektik birlikda ekanligini ko'rsatmoqda:

- tanqidiy tafakkur, bu mustaqil, mantiqiy xatosiz fikrlash va fikr yuritish, turli fikrlardagi kuchli hamda zaif tamonlarni ko'ra olish, ularni to'g'ri baholay olish qobilyatlarini o'zida mujassam etadi;

- tanqidiy tafakkur - voqealarni, fikrlar, dalillar, munosabatlar to'g'riligini baholash, ongli tanlov qilish, bahslashish uchun tegishli savollarni shakllantirish, dalillar va fikrlarni farqlay olish qobilyatiga asoslangan holda fikr yuritish orqali yangi yechimlar, tahlil qilish mezonlarini topish, taxminlarni tasdiqlovchi dalillarni aniqlash, ular orasida mantiqiy aloqalarni o'rnatish faoliyatini nazarda tutadi;

- tanqidiy tafakkur - oqilona, refleksiv fikrlash bo'lib, nimaga ishonish yoki qanday harakatlarni amalga oshirish lozimligini ruyobga chiqaruvchi omil;

- tanqidiy tafakkur - shaxs tamonidan ifoda etilgan fikrlari yoki uning xulq-atvori va u haqidagi umumqabul qilingan me'yorlar hamda o'z g'oyalari, ta'savvurlari orasidagi nomutanosibliklarini ko'ra bilish qobilyati, nazariyadagi haqiqat yoki yolg'onligini anglash, ba'zi fikrlarni rad etish uchun tahlil qilish, isbotlash orqali ularga javob berish hamda yo'naltira olish qobilyati;

- tanqidiy tafakkur - bu mahoratdir;

June 3

68

- to'g'ri qarorlar qabul qilish, real olamda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni ko'ra olish, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ularni oqilona hal qilish yo'llarini izlash, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil qilish va ularni yangi muammolarini hal qilishda qo'llash, olingan bilimlarni voqeylikda qayerda va qanday qo'llash mumkinligini aniq bilish qobiliyati va h.k.

Shu bilan birga tanqidiy tafakkurlash o'zining quyidagi juda muhim belgilariga

ega:

- analitik dalillar va hodisalarni tanlash, taqqoslash kabi xususiyatlarini belgilaydi;

- assotsiativlik ya'ni ilgari o'rnatilgan dalillarning hodisalar bilan birlashuvini ta'minlash;

- mantiqiylik - harakatlar ketma - ketligi, muammoni hal qilishdagi isbotlar mantiqiyligini tuzish mahorati;

- tizimlilik - obyekt va undagi muammolarni ulardagi aloqalar, xususiyatlarning yaxlitligini ko'rib chiqish qobilyati va h.k.

Bizningcha, tanqidiy tafakkur - shaxsning o'ziga xos xususiyati bo'lib, uning pozitsiyasini namoyon etish zarurligini anglashni, fikrlarni to'g'ri tahlil qilmasdan va anglamasdan ta'sir qilmaslik qobilyatini o'z ichiga oladi. Bu qobiliyat bevosita ijodiy fikrlash jarayoni bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Tanqidiy va ijodiy fikrlashning o'ziga xos bo'lgan xarakterli xususiyatlari bo'lsada, ular yaxlit va spontan fikrlash jarayonida o'zaro ta'sirlashib, teskari aloqaga kirishadi. Chunki, ularning dialektik birligi yuqori darajadagi murakkab fikrlashdir. Ratsionallik tushunchasi maqsad va vositalarning maqbul kombinatsiyasini nazarda tutadigan tashkiliy tamoyil sifatida tanqidiy tafakkurlash bilan bog'liq. Ijodiy fikrlash inson munosabatlari va xulq-atvori sohasida mavjud. Ratsionallik orqali axloqiy, milliy, oilaviy, shaxslararo nizolarni hal qilish mumkin emas. Aqlli shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish amaliyotga, oddiy hayot mantig'iga, kundalik nutqqa, ko'p mezonlardan foydalanishga qaratilgan bo'ladi.

A.Kocherganing fikricha, insonning tanqidiy fikrlashi his-tuyg'ular va tasavvurlarning o'zaro aloqadorligini birlashtiradi. Insonning tanqidiy munosabat g'oyasining intelektual manbaini asosiy yo'naltiruvchisi - bu falsafa va umumiy psixologiya bo'lib, unda tashqi ta'sirlarning aqliy, ruhiy holatlarga quyidagi ketma-ketlikda yuzaga chiqarishga olib keladi: ya'ni, moyillik - qobilyat - mexanizm, buning psixologik jihati esa, aks ettirish mexanizmi - loyihalashtirish - mulohaza yuritish orqali bilish faoliyatiga o'tkaziladi [8, - 16 c].

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki -"Tanqidiy tafakkur - "insonning o'zida mavjud bo'lgan bilimlar

June 3

69

asosida tashqi axborotlarga munosabat bildirishi bo'lib, undan nimalarni qabul qilish mumkin, nimalarni to'ldirish zarur yoki nimalarni inkor qilish kerakligi haqida qaror ishlab chiqish jarayonini anglatadi". Ba'zi paytlarda inson, o'zidagi xususiy qarashlarini (e'tiqodlari, tamoyillari, dunyoqarashlari, maslaklarini) o'zgartirishi yoki olingan yangi axborotlar bordi-yu qarama-qarshi mazmun kasb etadigan bo'lsa ulardan voz kechishi ham mumkin. Tanqidiy tafakkur, qabul qilingan yangi axborotlar bilan faol ta'sirlashishi va u bilan muvofiqlashishi uchun qanday o'zgarishlar qilish kerakligini o'rgatadi. Demak, inson nafaqat o'zining ichki fikr yuritish (tafakkurlash) qobilyatiga ishonishi, balki boshqa insonlarning qarashlari bilan o'zaro ta'sirlashib, muhokama qilish, bahslashish orqali turli fikrlar to'qnashuvidagi eng samarali maqbul nuqtani topish malakasiga ega bo'lishi kerak ekan. Biroq, bu bilan jarayon tugamaydi: biz tanqidiy tafakkurlashni amalga oshirayotganimizda, nafaqat aqlimiz faollashadi, balki his tuyg'ularimiz, sezgilarimizda ham o'zgarishlar yuz beradi. Shuning uchun ham tanqidiy tafakkur o'zining paydo bo'lish xususiyatlari jihatidan ham, faoliyat usuli jihatidan ham, o'z natijalari jihatidan ham ijtimoiy ong mahsuli hisoblanadi.

Tanqidiy tafakkurning asosiy xususiyatlariga analiz (butunni fikran tarkibiy bo'laklarga bo'lish) va sintez (bo'laklarni bir butunga birlashtirish), abstraktlashtirish (narsalarning xossalari va munosabatlarini fikran nazardan soqit qilish), muayyan muammolarni o'rtaga tashlash va ularni hal qilish usullarini topish, farazlarni, g'oyalarni ilgari surish jarayonlari kiradi, uning natijasi esa, fikrga aylanadi va nutq orqali izohlanadi (moddiylashadi). Demak, tanqidiy tafakkur - insonlarda mavjud bilim va tajribasi bilan yangi bilimlar (yoki axborotlar) to'qnashuvidagi ichki aloqadorliklardan eng umumiy, davriy, takrorlanib turuvchi xususiyatlar va munosabatlardagi qonuniyatlarni anglash uchun bo'lgan bilish jarayoni bo'lib, mantiqiy ketma- ketlikda inkor qilishi, bir-birlarini to'ldirishi va muvofiqlashishi, mukammallikga erishishi mumkin bo'lgan ijodiy faoliyat hisoblanadi.

Yuqoridagi tahlillar shunday xulosaga olib keladiki, tanqidiy tafakkurlash o'ta murakkab va shu bilan birga shaxs hayotida juda ahamiyatli bo'lganligi uchun bunday tafakkurni yoshlarimizda shakllantirish - real voqelikka aql ko'zi bilan qaraydigan, o'zining aniq pozitsiyasiga va ishonchli harakat trayektoriyasiga ega bo'lgan salohiyatli kadrlarni tayyorlashda muhim hisoblanadi. Biz pedagoglarning galdagi vazifamiz esa - ta'lim oluvchilarda ana shunday tafakkurni rivojlantirishning aniq ilmiy-metodik konsepsiyasini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish hisoblanadi.

June 3

70

Kokand State Pedagogical Institute Volume 4 | KSPI Conference 1 | 2023

Innovative Approaches in Teaching Pedagogik fanlarni o'qitishda innovatsion

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 08.10.2019 yildagi PF-5847- sonli Farmoni

2. Терлецкая Л. Критическое мышление как средство развития умений учащихся анализировать и применять информацию / Терлецкая Л. - Материалы международной научно-практической конференции «Развитие навыков критического мышления». 2012.

3. Хачумян Т. И. Понятие "критическое мышление" и его сущность в психолого-педагогической науке / Хачумян Т. И. // Теоретические вопросы культуры, образования и воспитания: сб. наук. пр. Вып. 24, часть 2. - Киев: Издательский центр КНЛУ, 2003.

4. Теплов Б. М. Избранные труды в 2-х т. / Б. М. Теплов. - Педагогика, 1985, Т. 2. - 328 c.

5. Дайана Халпери. Психология критического мышления. -Санкт-Петербург, Луч, 2000.-147с

6. Джени Стил, Керт Мередис, Чарльз Темпл. Проект: Чтение и письмо для развития критического мышления. Пособие 1-7. Бишкек, 2000.-235 с.

7. G'oziyev E. G'. Tafakkur psixologiyasi -Toshkent: O'qituvchi, 1994,-292 b

8. Кочерга А. В. Взаимосвязь мышления, чувств и воображения в развитии критичности человека / В. Кочерга. Автореф. дис. канд. психол. наук : 19.00.01 Ин-т психологии им. Костюка АПН Украины. - М., 2003.

9.Mansurjonovich, J. M. (2022). METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE CONTENT OF TRAINING FUTURE ICT TEACHERS IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF EDUCATION. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 9.

10.Juraev, M. M. (2021). Pedagogical conditions for the development of vocational education through interdisciplinary integration into the vocational education system. In НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 110-112).

11.Mansurjonovich, J. M. (2021). Experience Of Cambridge Curricula In Ensuring The Continuity Of Curricula In The Field Of "Computer Science And Information Technology" In The System Of Professional Education. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(11), 26-32.

June 3

71

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.