O'QUVCHILARNING TANQIDIY FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI.
M. F. Dadaxodjayeva
«Boshlang'ich ta'lim» kafedrasi mudiri.
O'. A. Abdurazzaqov.
«Boshlang'ich ta'lim» kafedrasi o'qituvchisi.
Annotatsiya: Maqolada maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollej va texnikumlar, oliy o'quv yurtida o'quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasivaularningbosqichlarikeltirib o'tilgan. Tanqidiyfikrlashningshakllanishi va rivojlanishiga yordam beruvchi muayyan muhit va shart-sharoitlar yaratilishi ham ko'rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: aqliy hujum, tanqidiy fikrlash, insert metodi, lider, klarer.
Ma'lumki, kishi bilayotgan va o'zlashtirayotgan narsaga tanqidiy munosabatda bo'lmasa, bilish faoliyatida tafakkurning mu&aqiligi bo'lmaydi.
O'zbeki&on uchun mu&aqil, erkin va tanqidiy fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Shu sababli maktab akademik litsey, kasb-hunar kollej va texnikumlar, oliy o'quv yurtida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda o'quvchilarning bilish faolyatini faolashtirish, mu&aqil va tanqidiy fikrlash qobilyatlarini takomilashtirish kerak. Biroq tanqidiy fikrlash o'z-o'zidan shakllanmaydi. Foydali axborot va fikrlarni olish bo'yicha tajriba, malaka ko'nikmalar hosil qilishlari kerak.
Tanqidiy fikrlash - o'qish predmeti emas, balki o'qitish natijasidir. Bu g'oyalarni va ularning ahamiyatini ham ko'p fikrlilik nuqtai nazaridan ko'rib chiqish hamda ularni boshqa g'oyalar bilan taqqoslashdir.
Birinchi bosqich - davat bosqichi deb ataladi. Da'vat bosqichida o'qitishda interfaol metodlardan foydalangan holda o'quvchi talabalar topshiriq olishi, "Aqliy hujum" metodi orqali avval bilganlari yoki bilaman deb o'ylaganlarini ro'yxatini tuzishlari mumkin. Bunda "Aqliy hujum" yakka yoki juftlikda, keyin esa butun guruh ishtirokida o'tkaziladi. Biror o'quvchi talaba guruhdagi "Aqliy hujum'' jarayonidagi fikrlarni to'g'ri yoki noto'g'ri bo'lishdan qat'i nazar, qanday bo'lsa, shu holda doskaga yozadi. So'ngra o'qituvchi o'quvchi talabalarga mavzuga bevosita aloqasi bo'lgan, lekin muhokama qilinmagan savollarni berish mumkin. Ushbu bosqich davomida o'qituvchi imkoni boricha kam gapirib, o'quvchi talabalarga ko'proq gapirishga imkoniyat yaratishi muhim. Lider o'quvchi talabaning asosiy vazifasi yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi sifatida chiqishi va sinfda yoki guruhda fanlarni to'liq o'zlashtirmaydigan, o'quv jarayonida su&, fikrlash qobiliyati etarli rivojlanmagan o'quvchi talabalarning fikrlarini ham diqqat bilan tinglashdan iborat. Bu bosqichda pedagogik faoliyatning bir nechta muhim turlari amalga oshiriladi. Birinchidan, ta'lim oluvchi mavzu to'g'risida bilganlarini tiklashda faol ishtirok etadi. Bu esa uni o'z bilimlarini tahlil qilishga va tez orada batafsil ko'rib chiqiladigan mavzu haqida o'ylay boshlashga majbur etadi. Shuni doimo esda tutish kerakki, agar axborot o'quvchi talabaga unda mavjud bo'lgan bilimlar majmuiy bilan
bog'lanmasdan taklif etilsa, tez orada unitilib ketadi. Chunki ta'lim jarayoni yangi bilimlarni egallash va to'plash jarayonidir.
Ikkinchi bosqich anglash bosqichidir. Bu bosqichda o'quvchi talaba yangi axborot yoki fikrlar bilan muloqatga kirishadi. Bu muloqat matnni o'qishi, filmni ko'rish, nutqni tinglash yoki tajribalar o'tkazish kabi shakllarda bo'lishi mumkin. Bu bosqich o'qitish jarayonida o'qituvchining o'quvchi talabalarga eng kam ta'sir qiladigan bosqichidir. Aynan bosqichda o'quvchi talaba mazkur ishda mu&aqil va faol ishtirok etishi kerak. O'qitishning shunday &rategiyalari borki, ular doim faoliyati su&, fikrlash qobiliyati etarli darajada rivojlanmagan o'quvchi talabalarning faolligini yuqori darajada ushlab turadi. Masalan, 1986 yilda Vagan va E&ez tomonidan shaxsiy kuzatish uchun taklif etilgan insert metodi (samarali o'qish va tanqidiy fikrlash uchun belgilarning interaktiv tizimi) mavjud. Insert metodi o'qish jarayonida o'zligini anglashni faol kuzatish uchun o'quvchi talabalarga imkon beradigan kuchli quroldir. Anglash bosqichining amalga oshirilishi bilim orttirishi jarayonida muhim ahamiyatga ega, chunki o'quvchi talabaning qobiliyati su& bo'lsa, uni o'qitish imkoniyatini boy berishi mumkin. An'anaviy ta'limda, afsuski, bunday holatlar tez-tez uchrab turadi.
Uchinchi bosqich fikrlash bosqichidir. Bunda o'quvchilar yangi bilimlarni mu&ahkamlaydilar, yangi tasavvur va tushunchalarni avval mavjud bo'lganlariga qo'shib, o'zlashtiradilar. Aynan fikrlash bosqichida bir nechta muhim maqsadga erishish yo'llari rejalashtiriladi. Birinchi navbatda o'quvchi talabalar yangi fikr va axborotlarni o'z so'zlari orqali ifodalashga harakatlar qilishlari kerak. Bu yangi tasavvurlarni va tanqidiy fikrlarni hosil qilish uchun juda zarur.
Tanqidiy fikrlashning da'vat bosqichining ahamiyati shundan iboratki, unda yangi bilimlarni mu&aqil tanlangan maqsad uchun ishlatish o'quvchi talabada kuchli bo'ladi. Ifodali fikrlashning ikkinchi bosqichini anglashda esa yangi axborot da'vat bosqichida faollashtirilgan axborot bilan bog'lanadi. Yangi o'quv materiallarining tushunilishiga erishish bu bosqichning muhim vazifasi hisoblanadi.
O'quvchilarning tanqidiy fikrlashini shakllantirish va rivojlantirish oson ish emas. Albatta, buning uchun tanqidiy fikrlashning shakllanishi va rivojlanishiga yordam beruvchi quyidagi muayyan muhit va shart-sharoitlar yaratilishi kerak;
- o'quvchilarga mu&aqil fikr yuritish uchun imkoniyat yaratib berish va ularni diqqat bilan tinglashga o'rgatish;
- turli-tuman g'oya va fikrlarni qabul qilish, saralash, tanqidiy va ijodiy baholash;
- o'quvchilarning o'quv jarayonidagi faolligini ta'minlash;
- o'quvchilarning o'z tanqidiy fikrlarini bayon etganlarida kulgiga qolmasliklariga qat'iy ishontirish;
- har bir o'quvchi talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o'zlarida ishonch hissini uyg'otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlashi lozim.
O'zaro fikr almashishda o'quvchilardan diqqat bilan tinglash, o'zining qarashlar tizimini so'zlovchiga zo'rlab o'tkazish va boshqa so'zlovchilarni tuzatib turishdan o'zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunda o'quvchi talabalar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o'laroq o'quvchi
talaba o'zlariga tegishli bo'lgan g'oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga qobiliyati yanada orta boradi.
la&erlar tuzish. "Klarer" lotincha so'z bo'lib, "g'uncha bog'lam" ma'nosini anglatadi. Klarer (axborotlarni yoyish) metodi, pedagogik &rategiya bo'lib, o'quvchi talabaning u yoki bu mavzu bo'yicha erkin va bemalol o'ylashiga yordam beradi. U faqat g'oyalar orasidagi bog'lanishlarning fikrlashni ta'minlash imkoniyatini beradigan tuzilmani aniqlab olishni talab qiladi. U fikrlashning oddiy shakli emas, balki miya faoliyati bilan bog'lanadi.
Kla&erlar tuzish qoidasi quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
1. Aqlingizga kelgan barcha fikrlarni yozib oling. Bu fikrlarni muhokama qilmang, shunchaki, yozib olavering.
2. Xatni (matnni) kechiktiradigan imlo va boshqa omillarga ham e'tibor bermang.
3. Sizga berilgan vaqt nihoyasiga etmagunga qadar yozishdan to'xtamang. Miyangizga fikr kelishi to'xtab qolsa, toki yangi fikrlar kelgunga qadar qog'ozda nimalarnidir chizib o'tiring.
4. Imkoni boricha bog'lanishi mumkin bo'lgan g'oyalarni tizib chiqing. G'oyalarning oqimi sifatida va ular orasidagi aloqalarni chegaralab qo'ymang.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, o'rganilayotgan voqea (hodisa, qoida) yoki faktga o'quvchilarning qiziqishini uyg'otish bo'lib, ularda savol berish zaruriyatini keltirib chiqarishdir. Keyin berilgan savollarni ma'lum faraz (gipoteza)lar shaklida ifodalab, ularni tekshirishni amalga oshirishga harakat qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Baratov Sh. O'quvchi shaxsini o'rganish usullari. -Toshkent: O'qituvchi, 1992.
2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari tarbiyachi o'qituvchilari va guruh rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar) -T.: I&e'dod, 2010-y.
3. Yo'ldoshev J.G'., Yo'ldosheva F., Yo'ldosheva G. "Interfaol ta'lim sifat kafolati" (Bolaga do'&ona munosabatdagi ta'lim). - T.: 2008-y.
4. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993-y.
5. Yo'ldoshev J.G'. Uzluksiz ta'lim: malaka oshirish muammolari va echimlari. -T.: "O'qituvchi" nashriyoti, 1991-y.
6. Kamoldinov M., Vaxobjonov B. Innovatsion pedagogik texnologiya aoslari, savollar, javoblar (Kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun o'quv qo'llanma) - T.: "Talqin", 2010-y.