Научная статья на тему 'TALABALARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH KOMPONENTLARI VA UNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

TALABALARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH KOMPONENTLARI VA UNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1383
143
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sanogen tafakkur / patogen tafakkur / sanogen refleksiya / sog’lom fikr yuritish / sanogen xulq-atvor / bo’lajak o’qituvchi. / sanogenic thinking / pathogenic thinking / sanogenic reflection / common sense approach / sanogenic behavior / future teacher.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Ismailov, Murodulla Kaxramonovich

Ushbu maqolada sanogen tafakkur muammosining dolzarbligi hamda nazariy asoslari tahlil qilinib, bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish jarayonining kognitiv, tayyorlov, yakuniy fazalariga ustuvorlik berish asosida sog’lom fikr yuritish va sanogen xulq-atvorga oid tarkibiy komponentlari mazmuni yoritilgan. Shuningdek, maqolada tajriba ishlarining dastlabki nazorat natijalari hamda sanogen tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF COMPONENTS FOR THE DEVELOPMENT OF SANOGEN THINKING IN STUDENTS AND ITS PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS

This article analyzes the relevance and theoretical foundations of the problem of sanogen thinking, the content of the components of common sense and sanogen behavior based on the priorities of the cognitive, preparatory, final phases of the process of developing sanogen thinking in future teachers. The article also provides information on the preliminary results of experimental work and the peculiarities of sanogenic thinking.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH KOMPONENTLARI VA UNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

TALABALARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH KOMPONENTLARI VA UNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

d 10.24412/2181 -1784-2021-8-509-522

Ismailov Murodulla Kaxramonovich

O'zbekiston Respublikasi, Termiz davlat universiteti tadqiqotchisi Tel: 90 956 93 23. [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada sanogen tafakkur muammosining dolzarbligi hamda nazariy asoslari tahlil qilinib, bo'lajak o'qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish jarayonining kognitiv, tayyorlov, yakuniy fazalariga ustuvorlik berish asosida sog'lom fikr yuritish va sanogen xulq-atvorga oid tarkibiy komponentlari mazmuni yoritilgan. Shuningdek, maqolada tajriba ishlarining dastlabki nazorat natijalari hamda sanogen tafakkurning o 'ziga xos xususiyatlari haqida ma 'lumotlar keltirilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: sanogen tafakkur, patogen tafakkur, sanogen refleksiya, sog'lom fikr yuritish, sanogen xulq-atvor, bo'lajak o'qituvchi.

АНАЛИЗ КОМПОНЕНТОВ РАЗВИТИЯ САНОГЕННОГО МЫШЛЕНИЯ У СТУДЕНТОВ И ЕГО ПЕДАГОГИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется актуальность проблемы саногенного мышления и теоретические основы, а также описывается содержание компонентов здравого смысла и саногенного поведения исходя из приоритетов когнитивного, готовности, завершающих этапов процесса развития саногенного мышления у будущих учителей. В статье также представлена информация о предварительных результатах экспериментальной работы и особенностях саногенного мышления.

Ключевые слова и понятия: саногенное мышление, патогенное мышление, саногенная рефлексия, здравый смысл, саногенное поведение, будущий учитель.

ANALYSIS OF COMPONENTS FOR THE DEVELOPMENT OF SANOGEN THINKING IN STUDENTS AND ITS PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

This article analyzes the relevance and theoretical foundations of the problem of sanogen thinking, the content of the components of common sense and sanogen behavior based on the priorities of the cognitive, preparatory, final phases of the process of developing sanogen thinking in future teachers. The article also provides information on the preliminary results of experimental work and the peculiarities of sanogenic thinking.

Key words and concepts: sanogenic thinking, pathogenic thinking, sanogenic reflection, common sense approach, sanogenic behavior, future teacher.

KIRISH

Jahon ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo'lmoqda. Bu esa, o'z navbatida yuqori saviyaga ega mutaxassislarni, mehnat bozorida raqobatbardosh va innovatsion ta'lim muxitida hamkorlikdagi faoliyatga qodir pedagogik kadrlarni tarbiyalash muammosini yanada dolzarblashtirmoqda.

Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari rivojlanish yo'lini tanlagan Yangi O'zbekistonda mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish, ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish asosiy strategik vazifalar sifatida belgilangan [1]. Bunda oliy ta'lim muassasalarida malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlarni takomillashtirish dolzarb muammo hisoblanadi.

Bo'lajak pedagog kadrlarni tayyorlash xalqaro dasturida talabalar faoliyatini rivojlantirishning "fikriy aks ettirish amaliyoti"ga (reflective practitioner) [2] yo'naltirilgan taktikasini rivojlantirish, ijodiy va ratsional yondashuv uyg'unligini ta'minlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish muhim vazifa sifatida belgilangan.

Tadqiqot maqsadi. Respublikamizda malakali o'qituvchi xodimlarni tayyorlashga doir huquqiy-me'yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalar hamda bo'lajak pedagog kadrlarni tayyorlash xalqaro dasturi talablaridan kelib chiqqan holda bo'lajak o'qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish, mazkur jarayonda

fanlararo integratsiyani ta'minlash orqali refleksiv va integrativ yondashuvlarni joriy

510

Scientific Journal Impact Factor

etish, sanogen tafakkurni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirish hamda zamonaviy voqelik nuqtai-nazaridan, uning pedagogik hodisa sifatida mohiyatini ochib berish, tarkibiy qism-komponentlari va uning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash tadqiqotning asosiy maqsadi sifatida belgilandi.

Tadqiqot usullari. Kuzatish, adabiyotlar va ilmiy-tadqiqot ish natijalarini pedagogik-psixologik tahlil qilish, taqqoslash, anketa, so'rovnoma, test.

Adabiyotlar tahlili. Sanogen tafakkur muammosi Vatanimiz va qator xorijlik olimlar tomonidan tadqiq etilgan. [4,5,6,8,9,12,15,18]. Ular asosan sanogen tafakkurning mohiyati, tabiati va uni rivojlantirish mexanizmlarini tadqiq qilishga alohida e'tibor qaratmoqda. Mazkur ilmiy tadqiqot ishlarida asosan muammoning nazariy-falsafiy, ijtimoiy va psixologik jihatlari keng miqyosda o'rganilgan. Mualliflar o'z asarlarida sanogen tafakkurning individual shakllariga, uning elementlarini shakllantirishning o'ziga xos usullariga e'tibor berishadi.

Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida o'z xatti-harakatlarini, his-tuyg'ularini, kayfiyatini nazorat qilishi kerak. Buning uchun u o'zini chuqurroq anglashi lozim. Har bir inson nafaqat o'zining his-tuyg'ularini va xatti-harakatlarini nazorat qilishi, balki muayyan qoidalarga muvofiq fikrlash tarzini ham nazorat qila olishi kerak. Mazkur holat bilan bog'liqlikda pedagog-psixolog olimlar fikrlashning ikkita turini ajratib ko'rsatishadi: sanogen va patogen fikrlash.

Sanogen tafakkur (lotincha: "sanus" - sog'lom va yunon tilida - "genezis" -rivojlanish) his-hayajon, ichki kechinmalar, fikrlarni va emotsiyalarni boshqaruvchi, sog'lomlashtiruvchi tafakkur.

Patogen fikrlash bu insonning salomatligiga zarar yetkazuvchi salbiy qarashlar yig'indisi bo'lib, u shaxsning o'z-o'zi va shaxslararo munosabatlar jarayonida vujudga keladigan emotsional beqarorlik va ichki nizolar bilan izohlanadi.

Sanogen tafakkurning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqqan professor Yu.M.Orlov insonning ruhiy salomatligi masalasiga to'xtalib, quyidagi fikrni bildirib o'tadi: "Sanogen tafakkur yuritish hayot falsafasining, ong va tana salomatligining eng ishonchli yo'llaridan biridir. Ushbu metodika yangi hissiy-aqliy odatlarni yuqori darajada o'zlashtirishga imkon beradi, o'tmishdagi patogen fikrlash tajribasini to'playdi. Sanogen tafakkur inson ongini sog'lomlashtirishning samarali usuli hisoblanadi. Ya'ni, insonning hayotiy faoliyati davomida yuzaga kelgan inqirozli holatlarini ruhiy qo'llab-quvvatlash yordamida, hissiy-emotsional o'z-o'ziga ta'sir ko'rsatish orqali bartaraf etish usuli" [3, 19 b.].

O'z mulohazalarini davom ettirib, olim quyidagi fikrlarni qat'iy ta'kidlab o'tadi: sanogen tafakkurning asosiy ahamiyati o'z-o'zini kamolga yetkazish maqsadlariga

Scientific Journal Impact Factor

erishish uchun sharoit yaratish, ya'ni fe'1-atvor hamohangligi, o'z-o'zi va atrofdagilar bilan kelishish, shuningdek yomon odatlarni bartaraf etish, o'z his-tuyg'ularini boshqarish, o'z ehtiyojlarini nazorat qilish deb hisoblaydi.

S.Ataxanova sog'lom tafakkur muammosini o'rganib quyidagi fikrni bildiradi: "Sog'lom tafakkur insonning aqliy va hissiy faoliyatlari bilan bog'liq bo'lib, u sog'lom fikrga yo'naltirilsa sog'lom tafakkur shakllanadi. Aqliy faoliyat mavjud bilim va malakalarni egallash vazifasi bo'lib, hissiy faoliyat esa sog'lom turmushga bo'lgan hissiy munosabatni anglatadi [4, 5 b.]. Muallif sog'lom tafakkur tushunchasining psixologik, pedagogik va falsafiy mazmunini ochib bergan bo'lsada, lekin uning tarkibiy komponentlarini aniq ajratib ko'rsatmagan.

O'quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik muammolarini tadqiq etgan Z.A.Abdiraxmonovaning fikricha, sanogen tafakkurni rivojlantirish fikrlashdagi refleksivlik va o'z-o'zini rivojlantirishga nisbatan ehtiyojning yuqoriligi bilan belgilanib, o'smir yoshdagi o'quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish, shaxs xususiyatlari va xulq-atvoriga ta'sir etuvchi ko'rsatkichlar ta'lim jarayoni, shaxslararo munosabatlar, kasbiy kamolot kabi ijtimoiy omillar bilan bog'liq [5, 8 b.].

S.N.Morozyuk oliy ta'lim muassasalari talabalarining shaxsiy va xarakter xususiyatlarini psixodiagnostik jihatdan tahlil qilib, "sanogen refleksiya"ni sog'lom tafakkurning tarkibiy qismi sifatida belgilaydi. Sanogen refleksiya - bu turli xil vaziyatlarda to'g'ri xulq-atvor usullarini tanlashga imkon beruvchi, insonning o'z-o'zini, hissiy kechinmalarini, fikrlari va muammolarini ob'ektiv ko'rish va baholash qobiliyati [6, 21 b.].

T.N.Vasileva o'qituvchining sanogen fikrlashiga bolani sanogen tarbiyalash vositasi sifatida jiddiy e'tibor beradi hamda o'quvchilarda sanogen fikrlashni shakllantirishga xizmat qiluvchi korrektsion-rivojlantiruvchi o'yinlar va mashqlar to'plamini ishlab chiqadi [7, 46 b.].

A.B.Rossoxin sanogen fikrlash usulining quyidagi ijobiy xususiyatlarini ajratib ko'rsatadi: sog'lom fikrlash ko'nikmalarini o'zlashtirish shaxsda ko'plab ijobiy o'zgarishlarni ta'minlaydi; sanogen fikrlash aqliy faoliyatning xilma-xilligi va mustaqilligini ta'minlash vositasi sifatida xizmat qiladi [8, 10-13 b.].

Yu.N.Kraynova emotsional kompetentlik va sanogen refleksiya muammosini tadqiq etar ekan, sanogen refleksiyani sanogen fikr yuritishning muhim tarkibiy komponenti sifatida belgilab, talabalarda emotsional kompetentlikni rivojlantirishning ichki omili sifatida baholash mumkin", degan xulosaga keladi [9, 8

b.].

Scientific Journal Impact Factor

Sanogen refleksiya muammosini tadqiq etgan olima L.A.Kananchuk quyidagicha xulosaga keladi: o'zaro ijtimoiy munosabatlar jarayonida insonlarning ma'lum bir tarzda to'g'ri harakat qila olmasliklari, sub'ektlarning kutilgan va haqiqiy xatti-harakatlari o'rtasida hamda bir-birini tushunishdagi nomuvofiqliklar jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bizning fikrimizcha, bu kabi qiyinchiliklarni sanogen refleksiya orqali bartaraf etish mumkin [10, 4 b.].

Sanogen tafakkur muammosini shaxs refleksiv qobiliyati bilan bog'liqlikda o'rgangan tadqiqotchilardan biri bu N.V.Pavlyuchenkova hisoblanadi. Sanogen refleksiya shaxsiy rivojlanish, moslashuvchanlik va salbiy hissiy holatlarni nazorat qilishga ta'sir etuvchi omil bo'lib, u shaxsning hayotiy qiyin vaziyatlarga nisbatan qarshi kurashish qobiliyatidir [11, 22 b.].

N.V.Pil pozitiv (ijobiy) tafakkurni omadsizlikni yengish, ishonchga, muvaffaqiyatga va baxtga erishish usuli sifatida foydalanishni taklif etadi. U o'zining mashhur optimizm (nekbinlik) formulasini taklif etadi, uni o'z hayotining oddiy va samarali falsafasi qilib olgan ko'plab odamlar qo'llashgan [12, 89 b.].

Anna Hilman sanogen fikrlash muammosini o'rganib, mazkur fikr yuritish tarzini talabalarning o'z ruhiy holatini, o'zini o'zi tartibga solish va kelajakdagi kasbiy pedagogik faoliyati uchun to'g'ri ko'rsatmalarni ishlab chiqishga xizmat qiluvchi vosita sifatida baholaydi [13, 12 b.]. O.Yu.Osadko va I.F.Arshavalar shaxsning jismoniy, psixologik salomatligi hamda samarali ijtimoiy moslashuvi uning sanogen fikr yuritish potentsialiga bog'liqligini e'tirof etishsa [14, 45 b., 15, 18 b.], S.Maddining fikricha, sanogen tafakkur aqliy va ruhiy sog'lomlikka erishishni ta'minlaydi [16].

Sanogen tafakkur tushunchasi pedagogik jihatdan tahlil qilinganda, ta'lim-tarbiya jarayoni bilan bog'liq holda yuzaga keladigan pedagogik muammolar va hissiy kechinmalarga nisbatan kognitiv baholash ustuvorligi tezisiga asoslanadi, bu talaba o'z fikrlarini his-tuyg'ularga ta'sir qilish uchun ishlatishi va kognitiv baholarni o'zgartirish orqali pedagogik faoliyat bilan bog'liq muammolarni hal qilishning konstruktiv usullariga oid ko'nikmalarni egallash jarayoni hisoblanadi.

Mualliflik yondashuvi asosida aytishimiz mumkinki, "sanogen tafakkur" bu talabaning sodir bo'layotgan voqea-hodisalar mazmunini anglashi va hissiy-emotsional tajribalarni aks ettirish jarayoni bo'lib, ularni yuqori darajada kuzatish va individual shaklda monitoring qilib borishdir. Shuningdek, sanogen tafakkur talabalarning ijobiy (pozitiv) fikr yuritishi hamda ijodkorlik qobiliyati bilan bog'liq aqliy faoliyat ko'nikmalari majmuini o'zida aks ettiradi [17, 75 b.].

Scientific Journal Impact Factor

Insonning atrof-muhitni idrok etish jarayonini kuzatish asosida uning sanogen yoki patogen (nosog'lom) fikr yuritish ko'nikmalarini tadqiq etish mumkin. Fikrlashning sanogen tabiatga egaligini quyidagi sifatlar bilan izohlash mumkin: 1) Tafakkurning dinamikligi, moslashuvchanligi, refleksivligi; 2) Introspektsiya: tahlilga asoslangan, insonning o'z-o'zini ichki kuzatuvi fonida amalga oshiriladigan fikrlar; 3) Ijtimoiy stereotiplar, madaniy xulq-atvor dasturlari haqida individual bilimning mavjudligi; 4) Fikrlashdagi rangbaranglik, diqqatning barqarorligi va irodaviylik: bu esa o'z-o'zini tahlil qilish imkonini beradi; 5) Lokus (o'z-o'zini kuzatish) nazoratning yuqoriligi; 6) Shaxsga hayotiy faoliyatida yuzaga keladigan muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo'nalishdagilaridan esa saqlanish imkonini beradi. [18, 27 b.].

Maqolaning ilmiy mohiyati. Bo'lajak o'qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish jarayoni murakkab, ko'p qirrali ko'rinishga ega bo'lib, bunda avvalombor, sanogen tafakkurning tarkibiy komponentlari, ustuvor jihatlari va uni rivojlantirishning integrativ-tuzilmasini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Sanogen tafakkurning tarkibiy tuzilishini tadqiq etgan G.G.Bashanayeva uning quyidagi komponentlarini ajratib ko'rsatadi: motivatsion, refleksiv, emotsional, operatsion [19, 224 b.]. Muallif mazkur komponentlarni ajratishda sanogen tafakkurga oid bilim va ko'nikmalarning shaxs tomonidan o'zlashtirilishi va uning fikrlash tarzida namoyon bo'lishiga e'tibor qaratadi. Bu, faqatgina sog'lom fikrlashga oid ko'nikmalarni shaxsda shakllantirish bilangina bog'liq bo'lib, sanogen tafakkur komponentlarini aniqlashtirish bo'yicha birtomonlama yondashuvni keltirib chiqaradi.

Ta'lim jarayoniga ontologik yondashuvdan kelib chiqib sanogen tafakkur muammosini tadqiq etgan I.M.Spivak aynan sog'lom fikr yuritishni yangicha xulq-atvor shakli sifatida baholaydi. Shundan kelib chiqib, tadqiqotchi sanogen xulq-atvorning quyidagi komponentlarini ajratib ko'rsatadi: refleksivlik, yo'naltiruvchi, boshqaruvchi hamda mazmunli [20, 478 b.]. Ontologik yondashuv yosh omili va yoshga doir xususiyatlarni inobatga olishni talab etadi. Talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning tarkibiy komponentlarini aniqlashtirishda ontologik yondashuv xususiyatlariga asoslanib faoliyat bosqichlarini belgilab olish lozim.

Sanogen tafakkur mazmunini o'rganishga doir olib borilgan tadqiqot ishi natijalarini e'tirof etgan holda, sanogen tafakkurning takibiy komponentlarini quyidagicha belgilash lozim degan xulosaga kelindi

Scientific Journal Impact Factor

(1-rasmga qarang).

2-faza: tayyorlov bosqichi

Sanogen fikr yuritish komponentlari

Sanogen xulq-atvor komponentlari

с Yo'naltiruvchi \

V y

1 r

Emotsional barqarorlik

i

( Operatsion л r Mazmunli

v > V

Sanogen tafakkur yuritish bilan bog'liq bilim va muayyan xulq-atvor ko'nikmalarini

o'zlashtirgan bo'lajak o'qituvchi

1-rasm. Bo'lajak o'qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning

takibiy komponentlari1

Quyida sanogen tafakkurning tarkibiy komponentlari mazmuniga to'xtalamiz. Bo'lajak o'qituvchilarda sanogen tafakkurning rivojlanish jarayoni uch bosqichda, ya'ni kognitiv, tayyorlov va yakuniy fazalarda kechadi. Mazkur bosqichlar asosida talaba-yoshlarda sog'lom tafakkur yuritish bilan bog'liq bilim va muayyan xulq-atvor ko'nikmalarini shakllantirish yakuniy kutiladigan natija sifatida belgilanadi.

Kognitiv faza motivatsion va yo'naltiruvchi komponentlarni o'z ichiga olib, ushbu faza talabalarning oliy ta'limda o'qishdan maqsadi, o'zining qiziqishlarini, imkoniyatlarini to'g'ri baholay olishi bilan izohlanadi va ular yo'naltiruvchi xususiyat kasb etadi.

Sanogen fikrlashning motivatsion komponenti - qiziqishlar, qadriyatlar va motivlarni yangilash, hayotiy yo'nalish va kognitiv faoliyatning ustuvor yo'nalishlarini belgilovchi individual baholash tizimini uyg'unlashtirish, shuningdek shaxs resurslarini yangilash va hissiy holatni barqarorlashtirish orqali belgilangan maqsadlarga erishish strategiyasini tanlash hamda shaxs yo'nalganligini belgilash vazifalarini bajaradi.

1 Ushbu rasm muallif tomonidan olib borilgan tadqiqot ishi natijalari asosida ishlab chiqilgan..

515

Scientific Journal Impact Factor

Sanogen fikrlashning refleksiv komponenti - sodir bo'layotgan voqealar haqida xabardorlik, uni tahlil qilish, o'z kelajagi haqidagi qarashlarni aniqlashtirish, "Men" obrazi tasvirini yaratish, o'z faoliyati va fikrlarini qayta aks ettirish orqali real hayotiy talablarga muvofiqligini aniqlash kabi xususiyatlar bilan izohlanadi. Ushbu komponent talabalarga o'z fikrlarini, ruhiy holatini, hatti-harakatlarini to'g'ri ifodalash va kuzatib borish imkonini beradi. Chunki, refleksiv ko'nikmalar bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishda asosiy omillardan biri bo'lib hisoblanadi [21, 48 b.].

Sanogen fikr yuritishning operatsion komponenti o'zida motivatsion va refleksiv komponent xususiyatlarini aks ettiradi. Mazkur komponent o'z navbatida talabaning sodir bo'layotgan voqea-hodisalarni to'g'ri aks ettirishi va mazmunini anglashi, unda o'zi va olam haqidagi ijobiy fikr va tasavvurlarning namoyon bo'lishi, pedagogik faoliyat bilan bog'liq samarali ish usullarini o'zlashtirishga nisbatan shaxsiy ehtiyojning mavjudligi hamda maqsadlarning anglanganligi bilan izohlanadi.

Sanogen xulq-atvorning yo 'naltiruvchi komponenti talabalarning shaxsiy dunyoqarashini o'zida aks ettirib, shu jumladan uning fikriy yo'nalganligi, o'zi va dunyo xaqidagi tasavvurlari, shuningdek o'zlashtirgan tajribasi, ya'ni bilim, ko'nikma va malakalari bilan izohlanadi. Sanogen xulq-atvorning mazkur komponentiga muvofiq talaba o'z-o'zini, fikrlarini nazorat qilish va boshqarish, faoliyat yo'nalishlarini loyihalash va amalga oshirish, yangi tajribalarni o'zlashtirishga doir ko'nikmalarga ega bo'ladi.

Sanogen xulq-atvorning emotsional barqarorlik komponenti mazmunini quyidagicha izohlash mumkin: salbiy hissiy-kechinmalardan xabardorlik, ularning ta'sirini kamaytirish yoki yo'qotish, hissiyotlar tabiatidagi tabiiylik, hissiy nazoratning olib borilishi. Sog'lom fikrlash jarayonining asosiy sharti hissiy-emotsional barqarorlik bo'lib, u sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga nisbatan ob'ektiv yondashish hamda ijobiy shaxslararo munosabatlarni yo'lga qo'yishni ta'minlaydi.

Sanogen xulq-atvorning mazmunli komponenti yuqorida izohi keltirilgan barcha komponentlarning o'ziga xos xususiyatlarini umumlashtirgan holatda o'zida ifodalaydi. Mazmunli komponentni shaxsda quyidagi jihatlarning namoyon bo'lishi bilan bog'liqlikda tushuntirish mumkin: sog'lom fikr yuritishga oid bilimlar va faoliyat ko'nikmalarining o'zlashtirilganligi; refleksiv ko'nikmalarning namoyon bo'lishi va emotsional barqarorlikning rivojlanganligi; o'z-o'zini nazorat qilish orqali emotsional va aqliy hatti-harakatlarning uyg'unligiga erishish, fikrlarning tashqi (eksteriorizatsiya) va ichki (interiorizatsiya) ifodalanishining yorqinligi hamda

516

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

shaxsning o'z-o'zidan qoniqishi. Mazmunli komponent yakuniy natijalarni o'zida aks ettirib, bunga talabaning individual rivojlanishi, ijtimoiylashuvi, ta'limiy va tarbiyaviy faoliyat olib borish shartlari, shaxslararo munosabatlardagi ishtiroki va sog'lom fikr yuritish jarayoni bilan bog'liq barcha ko'nikmalar kiradi.

Bo'lajak o'qituvchilarda sog'lom fikrlash va sanogen xulq-atvorni belgilovchi omillar sifatida bu kabi tarkibiy komponentlarni ajratish bo'lajak o'qituvchi o'z shaxsining rivojlanishini ta'minlaydigan zarur ijtimoiy muhitni, ta'lim jarayoni bilan o'zaro bog'liqlikda o'quv-tarbiyaviy, ilmiy tadqiqotchilik va amaliy faoliyatni samarali olib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishi (tashkil qilishi) hamda o'z-o'zini rivojlantirishga nisbatan ongli munosabatning qaror topishi bilan bog'liq hisoblanadi.

Sanogen tafakkur bo'yicha keltirilgan mulohazalar va berilgan ta'riflardan kelib chiqqan holda uning quyidagi o'ziga xos pedagogik-psixologik xususiyatlari ajratildi:

• O'z fikrlarini tashqi ifodalay olish, ya'ni eksteriorizatsiyaning namoyon bo'lishi;

• Fikrlash jarayonida interiorizatsiya (ichki qabul qilish)ning namoyon bo'lishi;

• Fikrlashda noodatiylik (improvizatsiya) va ijodkorlik;

• Fikrlashning refleksivligi va pozitiv fikrlash;

• Fikrlashda shaxsiy refleksiya va mustaqillikning namoyon bo'lishi;

• Fikriy harakatlarning uyg'un amalga oshirilishi (eshitish, nutq va harakat);

• Fikrlashdagi moslashuvchanlik;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• Fikrlash jarayonida o'z-o'zini ishontirish va nazoratning yuqoriligi;

• Fikrlash jarayonida emotsionallik va aqliy yondashuvning uyg'unligi

Tadqiqot natijalari. Bo'lajak o'qituvchilarda sanogen tafakkurning

rivojlanganlik darajasini aniqlash maqsadida Farg'ona davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti va Termiz davlat universitetlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida tajriba-sinov ishlari (2019-2021) olib borildi.

Shuni ta'kidlab o'tishimiz joizki, tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan har bir talabada sanogen va patogen fikrlash ko'nikmalari tabiiy ravishda turli xil omillar ta'sirida kichik maktab yoshi davridan shakllana boshlagan. Tajriba-sinov ishining birinchi asoslovchi bosqichida bizning asosiy vazifamiz, bu jarayon har bir talabada individual shaklda qanday kechayotganini hamda bo'lajak o'qituvchilarda sanogen va patogen tafakkur rivojlanganligining mavjud holatini aniqlashdan iboratdir.

Scientific Journal Impact Factor

Bizga ma'lumki, sanogen tafakkur o'ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar har xil topshiriqlar yechimini izlash bosqichlarida namoyon bo'ladi. Ushbu bog'lanishlar va munosabatlar tufayli talabalarda sanogen va patogen tafakkurga oid bilimlarning mavjudligini aniqlashga xizmat qiluvchi jami 15 ta savoldan iborat anketa hamda sog'lom fikrlashning rivojlanganlik darajasini aniqlash uchun taqqoslash qoidasi bo'yicha tuzilgan savolnomadan foydalanildi.

Savolnoma talabalarda sanogen va patogen tafakkurning rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan jami 48 ta tasdiq (16 bandda) va respondentlarni yolg'onchilik darajasini (tekshiruv amaliyotiga munosabatini) aniqlashga xizmat qiladigan 3 ta savoldan iborat. Savolnomada quyidagi kabi ta'kidlar o'z aksini topdi:

1. a) agar biror vazifani bajara olmasam, o'zimdan xafa bo'laman yoki o'zimdan ko'nglim to'lmaydi;

b) agar biror vazifani eplay olmasam o'z o'zimni kuchli tanqid qilaman;

c) odatda bunday vaziyatlar uchun ko'p qayg'urmayman, o'zimga bo'lgan ishonch pasayadi.

2. a) shu kungacha o'zlashtirilgan hayotiy faoliyat tajribasini erishilgan muvaffaqiyatlar omili sifatida baholayman;

b) o'zlashtirilgan faoliyat tajribasi yangi muvaffaqiyatlarga erishishni ta'minlamaydi, deb o'ylayman.

c) yangi muvaffaqiyatlar faqatgina qulay shart-sharoit va imkoniyatlarga bog'liq, bunda faoliyat tajribasi ham talab etiladi.

3. a) kursdoshlarim tomonidan bildirilgan fikrlar men uchun ahamiyatli va ularni doim tushunishga harakat qilaman.

b) har kim o'z fikriga ega bo'lishi kerak, bunda bir-birini tushunish shart emas.

c) boshqalar fikrini eshitish va tushunish bilan bog'liq holda menda doim qiyinchiliklar paydo bo'ladi.

4. a) men uchun eng asosiysi jismoniy salomatlik, uni asosiy muvaffaqiyatlar omili sifatida baholayman.

b) menimcha, jismoniy salomatlikning o'zini shaxsiy muvaffaqiyatlar omili sifatida baholab bo'lmaydi.

c) mening o'ylashimcha, _

5. a) kursdoshlarim men tomonimdan bildirilgan tashabbuslarni doim qo'llab-quvvatlashadi.

b) kursdoshlarim mening tashabbuslarimni qo'llab-quvvatlashi shart emas.

Scientific Journal Impact Factor

c) mening tashabbuslarim qo'llab-quvvatlanmasa, odatda men ulardan xafa bo'laman.

Talabalar o'rtasida o'tkazilgan anketa ularning sanogen tafakkurni qanday tushunishi, unga oid mavjud bilimlar hajmi hamda sog'lom fikrlash ko'nikmalarini o'zlashtirishga nisbatan qiziqish darajasini belgilashga xizmat qilgan bo'lsa, savolnoma esa aynan ularda sanogen yoki patogen tafakkurning rivojlanganligini aniqlashga xizmat qildi. Shu bilan birgalikda talabalar ishtirokida suhbat va kuzatish ishlari ham olib borildi.

Talabalarning sanogen tafakkur haqida ma'lumotga egaligi hamda uning rivojlanganlik darajasini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan anketa va so'rovnomada jami 455 nafar respondent ishtirok etdi. Shundan 226 nafari nazorat guruhiga, 229 nafari esa tajriba guruhiga biriktirildi.

O'tkazilgan anketa va so'rovnoma bo'yicha olingan dastlabki nazorat kesimi natijalari miqdor va sifat jihatdan tahlil qilindi. To'plangan ma'lumotlar quyidagi jadvalda aks ettirildi (1-jadvalga qarang).

1-jadval

Bo'lajak o'qituvchilarda sanogen va patogen tafakkurning rivojlanganlik darajasi (dastlabki nazorat kesimi natijalari)

Tajriba sinov guruhlari Sanogen fikrlash ustuvor Patogen fikrlash ustuvor Sanogen va patogen fikrlash mavjud

Nazorat guruhi (226 nafar respondent) 11,9 % 27 nafar 42.1 % 95 nafar 46,0 % 104 nafar

Tajriba guruhi (229 nafar respondent) 11,4 % 26 nafar 44.1 % 101 nafar 44,5 % 102 nafar

O'rtacha ko'rsatkich 11,6 % 53 nafar 43 % 196 nafar 45,2 % 206 nafar

Jadvalda keltirilgan natijalarga ko'ra quyidagilar aniqlandi: - nazorat guruhida 226 nafar respondent so'rovnomada ishtirok etishgan bo'lsa, shundan 11,9 % ishtirokchilarda (27 nafar) sanogen fikrlash tarzi ustuvor, 42,1% ishtirokchilarda (95 nafar) patogen fikrlash tarzi ustuvor bo'lsa, 46,0% ishtirokchilarda esa (104 nafar) ham sanogen, ham patogen fikrlash ko'nikmalari mavjud.

- tajriba guruhida 229 nafar respondent so'rovnomada ishtirok etishgan bo'lsa, shundan 11,4 % respondentda (26 nafar) sanogen fikrlash tarzi ustuvor, 44,1 %

Scientific Journal Impact Factor

ishtirokchilarda (101 nafar) patogen fikrlash tarzi ustuvor, 44,5 % respondentlarda esa (102 nafar) ham sanogen, ham patogen fikrlash ko'nikmalari mavjud ekanligi ma'lum bo'ldi.

- o'rtacha ko'rsatkich bo'yicha 11,6 % sinaluvchilarda sanogen fikrlash, 43,0 % sinaluvchilarda esa patogen fikrlash tarzi ustunlik kasb etgan bo'lsa, 45,2 % sinaluvchilarda bir vaqtda ham sanogen, ham patogen fikrlash ko'nikmalari mavjudligi aniqlandi.

XULOSA VA AMALIY TAKLIFLAR

Bo'lajak o'qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish muammosining nazariy jihatdan anglanishi bugungi kunda jadal amalga oshmoqda. An'anaviy nuqtai-nazardan sanogen tafakkur mazmuni sog'lom fikr yuritish, inson tafakkur tarzining ijobiy yo'naltirilganligi bilan izohlanadi. Zamonaviy sharoitda amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda sanogen tafakkur insondagi salbiy hissiy kechinmalarni nazorat qilish, uning salomatligini ta'minlash, o'quv faoliyati samaradorligini oshirish hamda shaxs refleksiv ko'nikmalari bilan bog'liqlikda ko'rib chiqilmoqda.

Bo'lajak o'qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish jarayonining kognitiv, tayyorlov, yakuniy fazalariga ustuvorlik berish asosida sog'lom fikr yuritishning motivatsion, refleksivlik, operatsion ko'nikmalari hamda yo'naltiruvchi, emotsional barqarorlik, mazmunli kabi sanogen xulq-atvorga oid tarkibiy komponentlari izohlandi.

Bo'lajak o'qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish bilan bog'liqlikda fikrlarni tashqi ifodalay olish, fikrlash jarayonida interiorizatsiya, shaxsiy refleksiya va mustaqillikning namoyon bo'lishi, fikrlashdagi moslashuvchanlik, o'z-o'zini ishontirish, nazoratning yuqorililigi, emotsionallik va aqliy yondashuvlarning uyg'unligini kabi pedagogik-psixologik xususiyatlari ajratib ko'rsatildi.

Sanogen (sog'lom) tafakkur inson salomatligini muhofaza qilishning noan'anaviy usullaridan biri bo'lib, yangicha fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishni ta'minlaydi. Shuningdek, sanogen fikrlash ko'nikmasi fikr yuritishning xilma-xil usullarini o'zlashtirish, unga erkinlik berish, emotsiyalarning keragidan ortiqcha namoyon bo'lishini kamaytirishga imkon beradi. Sanogen fikrlash ko'nikmalarini o'zlashtirish uchun avvalo shaxs o'zida kechadigan aniq hissiy-emotsional holatlar (masalan, nafrat, uyat, muvaffaqiyatsizlik, ishonchsizlik, noadekvat baholash va salbiy fikrlar) haqida yangicha tafakkur yuritishni tarbiyalashi lozim. Ana shunda, inson o'zida mavjud bo'lgan muayyan stereotip fikrlar va xulq-atvor ko'nikmalaridan xalos bo'ladi. Shu jihatdan, talabalarning sanogen tafakkurini rivojlantirishda uning

Scientific Journal Impact Factor

pedagogik-psixologik xususiyatlarini inobatga olish va mazkur jarayonda refleksiv texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 08.10.2019 y.

2. Valerie Lesniak. An Integrative Model of Spiritual Formation: A Work Always in Process. // Reflective Practice: Formation and Supervision in Ministry ISSN 23252855 © Copyright 2013 Reflective Practice: Formation and Supervision in Ministry All rights reserved.

3. Ю. М.Орлов. Оздоравливающее (саногенное) мышление / составитель А. В. Ребёнок. Серия: Управление поведением, кн.1. — Издание 2-е изд., исправленное. - М.: Слайдинг, 2006. - 96 с.

4. S. Ataxanova. Innovatsion ta'lim jarayonida tafakkur // Ilmiy maqola. "Sog'lom avlod uchun" ilmiy-ommabop jurnal materiallari. 2014 yyil. 5/4- 5 b.

5. Z.A. Abdiraxmonova. O'smir yoshdagi o'quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Diss. avtoref. .... 2020. - 48 b.

6. С.Н. Морозюк. Саногенная рефлексия как фактор оптимизации акцентуаций характера и повышения эффективности учебной деятельности. Док.псих.наук ... дисс. М. 2001. - 382 с.

7. Т.Н. Васильева. Саногенное мышление учащегося, учителя. Калининград : ГИПП «Янтарный сказ», 2000. - 152 с.

8. А.В. Россохин. Личностная саногенная рефлексия в измененных состояниях сознания. Автореф.докт.дисс. М., 2009. - 41 с.

9. Ю.Н. Крайнова. Саногенная рефлексия в структуре эмоциональной компетентности будущих педагогов. Автореф. канд. дисс. М., 2010. - 28 с.

10. Л.А. Кананчук. Саногенная рефлексия как фактор адаптации студентов в полиэтнической среде вуза. Автореф. канд. дисс. М., 2010. - 22 с.

11. Н.В. Павлюченкова. Саногенная рефлексия как фактор развития эмоциональной компетентности. Автореф. канд. дисс. М., 2008. - 27 с.

12. Н.В. Пил. Сила позитивного мышления / Пер. с англ. Л. А. Бабук. 2-е изд. Мн. : ООО «Попурри», 2003. - 336 с.

13. A. Yu. Hilman. (2017) Psychological conditions for the formation of the sanogenic thinking of student youth: author's abstract. dis. ... Candid. psychologial Sciences: 19.00.07, National University of Ostroh Academy, Ostroh, 20 p.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

14. О.Ю. Осадько. Саногенний потенщал особистостi як психолопчна основа бiо-психо-соцiального здоров'я людини / О.Ю.Осадько // «Особистють у сучасному свт» - К. ДП «1нформацшно-аналггичне агентство», 2014 с.64-68

15. 1.Ф. Аршава. Саногенегична парадигма у до^дженш особистостi / Аршава 1.Ф., Ретна О.Г. // Медична психолопя, 2010 №2. - с. 16-21.

16. Maddi, S. Hardiness and Mental Health / S. Maddi, D. Khoshaba // Journal of Personality Assessment. 1994. - Oct. - №2. - Vol. 63. - P. 265-274.

17. Исмаилов, М. К. (2019). Теоретические вопросы развития творчества студентов в процессе их включенности в научно-исследовательскую деятельность. Вопросы педагогики, (5-1), 74-76.

18. Исмаилов, М. К. (2021). БУЛАЖАК У^ИТУВЧИЛАРДА САНОГЕН ТАФАККУРНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК АСПЕКТЛАРИ. Современное образование (Узбекистан), (4 (101)), 23-31.

19. Г.Г. Башанаева. Структурные компоненты саногенного мышления // Вестник Университета: Педагогика, психология, социология, филология. Раздел V. - №23, 2013. - 223-228 с.

20. И.М. Спивак. Сущность и структура саногенного поведения с позиции онтологического подхода к обучению // International Journal of Developmental and Educational Psychology INFAD Revista de Psicologra, Ne1-Vol.2, 2013. ISSN: 0214-9877. pp:469-482

21. Исмаилов, М. К. (2021). РЕФЛЕКСИВ ЁНДАШУВ АСОСИДА ТАЛАБАЛАРДА САНОГЕН ТАФАККУРНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ЭМПИРИК ТАХДИЛИ. Современное образование (Узбекистан), (3 (100)), 4652.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.