Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA SOG‘LOM TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHARTSHAROITLARI'

O‘QUVCHILARDA SOG‘LOM TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHARTSHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1273
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tafakkur / sog‘lom tafakkur / shaxs / o‘quvchi / boshqarish / yo‘nalganlik. / мind / healthy mind / personality / student / management / reflexion / orientation.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xolova Mohigul Shavkatovna

Maqolada “sog‘lom tafakkur” tushunchasi va uning mohiyati hamda sog‘lom tafakkurning o‘quvchilarda qat’iy hayotiy pozitsiyani shakllantirishdagi o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, sog‘lom tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR THE DEVELOPMENT OF HEALTHY THINKING IN STUDENTS

: In the article were disclosed concept of “healthy mind” and its essence and the role of in healthy thinking in shaping the life position of students. Moreover, article clarifies pedagogical and psychological features for developing healthy mind.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA SOG‘LOM TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHARTSHAROITLARI»

Scientific Journal Impact Factor

О

O'QUVCHILARDA SOG'LOM TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART- SHAROITLARI

Annotatsiya: Maqolada "sog'lom tafakkur" tushunchasi va uning mohiyati hamda sog'lom tafakkurning o'quvchilarda qat'iy hayotiy pozitsiyani shakllantirishdagi o'rni yoritib berilgan. Shuningdek, sog'lom tafakkurni rivojlantirishningpedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan.

Tayanch so'zlar: Tafakkur, sog'lom tafakkur, shaxs, o'quvchi, boshqarish, yo 'nalganlik.

Аннотация: В статье раскрыто понятие "здоровое мышление", и его сущность и роль здорового мышления в формировании жизненной позиции учащихся. также определены педагогико-психологические особенности развития здорового мышления.

Ключевые слова: мышление, здоровое мышление, личность, учащийся, управление, рефлексия, ориентация.

Annotation: In the article were disclosed concept of "healthy mind" and its essence and the role of in healthy thinking in shaping the life position of students. Moreover, article clarifies pedagogical and psychological features for developing healthy mind.

Key words: мМ, healthy mind, personality, student, management, reflexion, orientation.

O'zbekiston jamiyati sifat jihatidan mutlaqo yangi davrga qadam qo'ymoqda. Jamiyatning yangilanish sari jadal harakatlanishi o'sib kelayotgan avlodda yangicha fikrlash tarzini shakllantirishni ham taqozo etadi. Ana shu asosdan kelib chiqqan holda professor B.Xodjayev tomonidan yangicha fikrlashni qaror toptirishning quyidagi asosiy yo'nalishlari ajratib ko'rsatilgan: shaxsda o'z-o'zini anglash, o'z-o'zini rivojlantirish, o'z istiqbolini erkin tanlay olish hissini qaror toptirish; odamlar ongi va tafakkurida tub burilish yasash, har qanday islohotlarni fuqarolar ongi, tafakkuri va qalbi orqali o'tkazish yo'lini tanlash; o'z shaxsiy manfaatlari bilan jamiyat manfaatlarini uyg'unlashtira olish, jamiyatda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga nisbatan loqaydlik va beparvolikni yo'qotish hamda sog'lom ma'naviy

Xolova Mohigul Shavkatovna Termiz davlat universiteti magistranti

[email protected]

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

0

ehtiyojni shakllantirish orqali fuqarolarda erkin tafakkur yuritish, fikriy mustaqillikka erishishni ta'minlash [6].

Ushbu ishda bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo'lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanilgan. Maqolada o'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari obektiv yoritilgan holda, mavzuning dolzarbligini bayon qilishda Abu Nasr Farobiy, A.Jekson, K.Yung, B.Xodjayev asarlari asos sifatida olingan.

Sog'lom tafakkuming shaxs rivojidagi o'rni masalasi turli zamon va makonlarda yashagan mutafakkirlarning diqqat markazida bo'lib kelgan. Abu Nasr Forobiy o'zining "Fozil odamlar shahri" asarida inson tafakkuri haqida fikr yuritar ekan: "Modomiki, u o'z zotidan fikr qilishga qodir bo'la olar ekan, u oqil bo'la oladi. Natijada uning zoti aqlga erishsa, u holda u fe'li bilan aqlga ega bo'ladi. Balki u aql bo'la oladi, u o'z zoti bilan fikr qiladigan, oqil bo'la oladi. Zotning o'zi ham aqlga erishdimi, demak, uning o'zi ham aqlga erisha oladi" [4, -b.155] degan fikr orqali aql va intellektning o'zaro uyg'un hamda farqli jihatlarini tahlil etgan.

A.Jeksonning qayd etishicha, asl salomatlikning birinchi siri-aqlimizda joylashgan bo'lib, aqlimizga bo'ysunmaydigan biror-bir narsaning o'zi yo'q. Insonda hayotga, ezgulikka ishonch bo'lishi lozim. Kimda kim ishonsagina, g'alaba qozonadi. Muallif ishonch kuchining insonda qat'iy hayotiy pozitsiyani shakllantirish imkoniyatini quyidagi fikrlar orqali ifoda etadi: "Ishonch — bu ruhiy kuch, uning sharofati bilan bo'lishi mumkinmas narsa mumkinga aylanadi. Ishonch mo'jiza yaratishga qodir kuchlarga yo'l ochadi"

"Falsafa: qomusiy lug'at"da "tafakkur" tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan:

"Tafakkur (arab. — fikrlash, aqliy bilish) — predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o'rtasida ichki, zaruriy aloqalar, qonuniy bog'lanishlarni aks etadigan bilishning ratsional bosqichi" [3,-b.144]. Mamlakatimiz olimlari tomonidan tafakkur va uning ko'rinishlari (ijodiy, mantiqiy, badiiy-estetik, axloqiy, ekologik, mustaqillik, tarixiy)ga doir bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan bo'lsa-da, biroq umumta'lim maktabi o'quvchilarida sog'lom tafakkurni rivojlantirish muammosi alohida tadqiq etilmagan. Ehtimol, mazkur holat sog'lom fikr yuritish tafakkurning barcha shakllariga taalluqli, deb qarash nuqtayi nazari bilan bog'liqdir. Respublikamizda sog'lom tafakkur masalasining pedagogik jihatlarini

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

O

tadqiq etishga urinish S.Ataxonova tomonidan nashr ettirilgan maqolalarda o'z ifodasini topgan. Biroq tadqiqotchi tomonidan "sog'lom tafakkur" tushunchasiga berilgan ta'rif va tavsiflar ancha bahstalab ekanligini qayd etib o'tish joiz. Masalan, tadqiqotchining "Tafakkur innovatsion ta'lim dasturida" nomli maqolasida sog'lom tafakkur ilmiy-pedagogik ta'rifga ko'ra, quyidagi bir necha muhim bo'g'inlar — sog'lom tafakkur tushunchasi; zarur ijtimoiy muhit tushunchasi; pedagogik maqsad va natija tushunchasi; sog'lom turmush va turmush tarzi tushunchasi kabilardan iborat bo'lishi qayd etib o'tilgan. Mazkur bo'g'inlar sog'lom tafakkur tushunchasining mazmun-mohiyatini to'liq ochib berish imkonini bermaydi. Shu bilan birga, maqola so'ngida xulosa sifatida "sog'lom tafakkur" tushunchasiga berilgan ta'rifni boshlang'ich asos sifatida qabul qilish mumkin: sog'lom tafakkur kishilarning o'z salomatligi (jismoniy, ma'naviy-ruhiy — ta'kid bizniki)ni asrashga yo'naltirilgan o'ylari, ongi, shuuri, hissiyotlari, axloqi, estetik qarashlari, g'oyalari, sa'y-harakatlari va ular natijasi hisoblanadi.

Xorijlik tadqiqotchilar tomonidan sog'lom tafakkur masalasining ayrim jihatlarini yoritib berishga e'tibor qaratilgan. Jumladan, K.Yungning fikricha, sog'lom tafakkur yuritish uchun shaxsning arxetipik (shaxs xayolotidagi obrazlar, g'oyalar, motivlar) o'ziga xosliklarni aniqlab beruvchi fikrlash, tushunish usullarini o'zlashtirish zarur. Ya'ni inson o'z fikrlashini sog'lom nuqtayi nazar bilan bog'liqlikda boshqarishi lozim. K.Xorni esa, ko'pincha insonning xulq-atvori madaniy omillari asosida boshqariladi, deb ta'kidlab o'tadi. Ya'ni, bizning madaniy dunyoqarashimiz ratsional fikrlashga qan chalik ko'p ta'sir etsa, irratsionallikning ta'sir doirasi shunchalik kamayadi. M.Jeymsning talqini cha, sog'lom tafakkurning asosida real voqelikni qanday tushunish qobiliyatining anglanishi yotadi. O'z-o'zini anglagan shaxs o'zining ichki olami, tasavvurlarini to'g'ri fahmlaydi, undan qo'rqmaydi va bayon etishdan tortinmaydi, fikr va xatti-harakatlari "hozir va shu yerda" vaziyatiga yo'nalgan bo'ladi. Sog'lom tafakkurni rivojlantirish masalasi tizimli va kengroq tavsifda Y. I. Orlovning tadqiqotlarida o'z aksini topgan. Uning fikricha, sog'lom tafakkur yuritishning asosiy roli o'z-o'zini takomillashtirish — xarakterning uyg'unligi, o'z-o'zidan va atrof-muhitdan rozilik, yomon odatlardan saqlanish, o'z hissiyotlarini boshqarish, o'z ehtiyojlarini nazorat qilish uchun zaruriy shart-sharoit yaratishda namoyon bo'ladi. Ichki nizolar, ziddiyatlar, tibbiy-profilaktik fikrlashni Y.Orlov, sog'lom tafakkur deb atashni taklif etadi. Shunga muvofiq, kundalik holga aylangan, avtomatlashgan kuch ta'siridagi odatdagi fikrlashni nosog'lom tafakkur deb atash mumkin. Yuqoridagi tahlillarga asoslangan holda

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

aytish mumkinki, sog'lom tafakkurning qat'iy hayotiy pozitsiyani shakllantirishdagi o'rni va ahamiyati quyidagi jihatlarda o'z aksini topadi:

Sog'lom tafakkur fikriy jarayon obyektlariga diqqatni jamlash va konsentratsiyalash (bir joyda to'plash) imkonini beradi. Agar inson o'z diqqatini jamlay olmas ekan, voqelik va undagi o'z o'rnini kuzatish imkoni bo'lmaydi. Diqqatni jamlay olish va zaruriy timsollarni o'rnata olish esa, obyektlarni reallik va intellektuallik uyg'unligida amaliy vizuallashtirishga xizmat qiladi. Sog'lom tafakkur inson tomonidan nazorat qilishga ehtiyoj sezuvchi aniq ruhiy holatlar haqida bilimlarga ega bo'lish imkonini beradi. Norozilik, noo'rin arazlash haqida fikr yuritish uchun norozilik kayfiyati o'zi nima, u qanday tuzilishga ega, uning yuzaga kelishi nima bilan bog'liq va u qanday ko'rinishlarda namoyon bo'lishi haqida bilimlarga ega bo'lish talab etiladi. Sog'lom tafakkur shaxs psixologiyasi asoslari, emotsional-irodaviy sifatlarga doir bilimlarga ega bo'lishni taqozo etadi.

Refleksiv (tashqi tomondan va o'z-o'ziga baho berish) qobiliyat sog'lom tafakkurni rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. O'zining salbiy tavsifga ega o'y-xayollari, his-tuyg'ulari, yaxlitlikda mavjud tajribasini tashqi tomondan baholash orqali inson o'z xulq-atvorini tuzatadi. K.Xornining fikricha, refleksiya o'z-o'zini tahlil etish texnikasini o'zlashtirishni talab etadi. O'z-o'zini tahlil etish, ayniqsa, inson chuqur tushkun kayfiyatga berilgan vaziyatlarda alohida ahamiyat kasb etadi. O'z xulq-atvori haqidagi haqiqatlarning anglanishi turli buzg'unchi o'y-xayollardan ozod bo'lish, o'quv chini azoblayotgan xavotirlardan ozod bo'lish imkonini beradi. Haqiqatning anglanishi o'quvchi ichki dunyosida ma'naviy xavotirni uyg'otgan taqdirda ham vaziyatdan chiqish yo'lining anglanishiga xizmat qiladi.

Refleksiya uchun qulay muhit yaratishda ichki xotirjamlikni hosil qilish lozim. Y.Orlovning ta'kidlashicha, agar refleksiya relaksatsiya (xotirjamlik) vaziyati bilan uyg'unlashsa, sog'lom tafakkur yomon o'y-xayollar, noto'g'ri tasavvurlar, timsollardan xalos bo'ladi va ularning ongda qayta takrorlanishi stress holatini yuzaga keltirmaydi. Mazkur sharoitda inson vaziyatga moslashadi, agar salbiy emotsiyalar takrorlanganda ham, yomon taassurot yuzaga kelmaydi.

XULOSA

Sog'lom tafakkur o'quvchida ijtimoiy voqelikka anglangan, individual va real munosabatni shakllantirish asosida hayotiy maqsad va qat'iy pozitsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Scientific Journal Impact Factor

0

Sog'lom tafakkur o'quvchi - yoshlarda qaror qabul qilishda mustaqillik, javobgarlik, o'zining g'oya va fikrlarini shakllantirishda, ijtimoiy hayotda sodir bo'layotgan voqea - hodisalarga munosabat bildirishida muhim ahamiyatga ega.

Bundan tashqari shuni aytishimiz mumkinki, inson hayoti, sog'lig'i - eng katta ijtimoiy boylikdir. Kun tartibi - insonning dunyoga kelgan kunidan boshlab amalda bo'luvchi doimiy jarayon sanalib, shaxsning turli mazmundagi faoliyati - mehnat qilish, dam olish, ovqatlanishi, sport bilan shug'ullanish va ho kazolarning muayyan vaqtda, tartib bilan bajarilishidir. Tabiyki, kun tartibi hamma uchun bir xil bo'la olmaydi va u shaxsning yoshi, sog'lig'i, ish qobiliyati va maishiy turmush sharoitiga muvofiq tuziladi va uning umumiy talablarga: kun tartibini ishlab chiqishda amaliy mehnat bilan jismoniy mehnatning to'g'ri taqsimlanishi, mehnatning o'z vaqtida dam olish bilan almashtirilishi, har kuni muayyan ovqatlanish, ma'lum vaqtda uyquga yotish va barvaqt uyqudan uyg'onishga odatlanish, ochiq havoda sayr etish kabilar kiradi. Insonning sog'lom, nosog'lom turmush tarzi ham kun tartibining to'g'ri, noto'g'ri uyushtirilganligiga bog'liq.

1. Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi. 2019-yil, 31-dekabr 1059 son qarori

2. SH.M.Mirziyoyev. Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil. 29-dekabr.

3. Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug'at. Ikkinchi nashr. -Toshkent: "Sharq" 2000. 144 b.

4. Abu Nasr Farobiy "Fozil odamlar shahri" -Toshkent: Xalq merosi, 1993. -B.159.

5. A.Avloniy. "Turkiy Guliston yoxud axloq" -Toshkent: "Yoshlar nashriyot uyi"

6. B.X.Xodjayev. "Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti". T.: "Sano-atandart" nashriyoti. 2017 y. 205 b.

7. https://lex.uz internet sayti

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

2019. 9 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.