Научная статья на тему 'TALABALARDA MUSTAQIL FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI'

TALABALARDA MUSTAQIL FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

2153
126
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
talaba / fikr / xulq / aqliy / omilkorlik / kreativlik / shaxs / ahloqiy / mulohaza / g‘oya / ijodiylik / maqsad / kamolot / taraqqiyot / student / thought / behavior / intelligence / efficiency / creativity / personality / ethics / reasoning / idea / creativity / purpose / maturity / development

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — I. Erkaboyev, Sh. Yakubova

Ushbu maqolada talabalarning mustaqil fikrlash faoliyatini aktiv jarayonga aylantirishning psixologik tomonlari yoritilgan. Shuningdek maqolada fikr o‘zi nima ekanligiga, talaba shaxsi hayotidagi fikriy rivojlanganlikning adaptatsion ko‘rinishi, bugungi kun qiyofasi bilan o‘zaro bo‘g‘liqlik asosida talabalar tafakkurida mustaqillik va kreativlik tushunchalarini ommalashtirish vositalari ko‘rsatilgan. Talabalarda mustaqil fikrlilikni yuzaga chiqarishda Sharq allomalarining qarashlari maqolada o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses turning the psychological aspects of independent thinking activities into an active process among students. The article also shows what the idea is, an adaptive view of the intellectual development of the student's personal life, the means of popularizing the concepts of independence and creativity in students' thinking on the basis of the interrelationship with today's image. The article reflects the views of Eastern scholars on the development of independent thinking in students

Текст научной работы на тему «TALABALARDA MUSTAQIL FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI»

TALABALARDA MUSTAQIL FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH

VOSITALARI

I. Erkaboyev

Yuridik texnikum psixologi

Sh. Yakubova

Urganch davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada talabalarning mustaqil fikrlash faoliyatini aktiv jarayonga aylantirishning psixologik tomonlari yoritilgan. Shuningdek maqolada fikr o'zi nima ekanligiga, talaba shaxsi hayotidagi fikriy rivojlanganlikning adaptatsion ko'rinishi, bugungi kun qiyofasi bilan o'zaro bo'g'liqlik asosida talabalar tafakkurida mustaqillik va kreativlik tushunchalarini ommalashtirish vositalari ko'rsatilgan. Talabalarda mustaqil fikrlilikni yuzaga chiqarishda Sharq allomalarining qarashlari maqolada o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: talaba, fikr, xulq, aqliy, omilkorlik, kreativlik, shaxs, ahloqiy, mulohaza, g'oya, ijodiylik, maqsad, kamolot, taraqqiyot.

This article discusses turning the psychological aspects of independent thinking activities into an active process among students. The article also shows what the idea is, an adaptive view of the intellectual development of the student's personal life, the means of popularizing the concepts of independence and creativity in students' thinking on the basis of the interrelationship with today's image. The article reflects the views of Eastern scholars on the development of independent thinking in students.

Keywords: student, thought, behavior, intelligence, efficiency, creativity, personality, ethics, reasoning, idea, creativity, purpose, maturity, development.

Fikrlash yoki fikr yuritish talaba aqliy faoliyatining, aql zakovatining, muomala maromining, ongli xulq-atvorining yuksak shakli bo'lib hisoblanadi. Mustaqil fikrlash tevarak-atrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni bilish quroli, shuningdek, talabaning keng ko'lamli

ABSTRACT

KIRISH

April, 2022

aqliy faoliyatini oqilona, omilkorlik bilan amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi.

Har qanday yangilik, taraqqiyot inson aql zakovatining mahsuli hisoblanadi, huddi shu bois fan texnika rivoji ko'p jihatdan mutaxassisning mustaqil fikrlashiga bog'liq. Talaba kamoloti jismoniy, ahloqiy va aqliy bosqichlardan iborat bo'lib, bu borada uning mustaqil fikrlashi muhim o'rin egallaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mustaqil fikr yuritishning ro'yobga chiqishida talaba fikr, mulohaza, g'oya, faraz, maqsad kabilar vujudga keladi va ular shaxs ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar sifatida ifodalanadi. Mustaqil fikr yuritish til va nutq bilan chambarchas bog'liq ravishda namoyon bo'ladi hamda ular uzluksiz tarzda bir-birini taqozo etadi. Xuddi shu bois talaba o'zining mustaqil fikrlashi, nutqi, ongli xulq-atvori tufayli borliqdagi mavjudotlardan tubdan ajralib turadi.

Talaba mustaqil fikr yuritish faoliyatida o'zi aks ettirgan, sezgan, idrok qilgan, tasavvur etgan, eslab qolgan narsa va hodisalarning to'g'riligi, haqiqiyligi yoki ularning voqelikka mos tushishi va tushunmasligini aniqlaydi.

Insonni inson tomonidan idrok qilish, ya'ni notanish shaxsning ruhiy holatini aniqlash, uni taxmin qilish, eng zarur alomatlari va belgilari to'g'risida materiallar to'plash ham ijodiy fikrlashning mahsulidir. Mazkur murakkab bosqichdan iborat bilish jarayoni insondan irodaviy zo'r berishni, aqliy jiddiylikni, ongli munosabatni, barqaror vaziyatni, qulay shart-sharoitlarni talab qiladi, bularning bevosita ta'siri orqali ma'lum bir qarorga kelinadi.

Talabaning fikrlash faoliyati ijtimoiy xususiyatga ega. Fikrlashning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval ovqatlanish uchun ozuqa izlash, keyinchalik esa mehnat qurolini yasash va ulardan o'z o'rnida foydalanish kezida shaxslararo fikr almashish, tajriba bilan o'rtoqlashish ehtiyoji vujudga kelgan. Insonning o'zaro muloqotga kirishishi, muomala qilishi, munosabat o'rnatishi natijasida fikr bildirish, so'zlashuv uquvi yuzaga kela boshlagan.

Nutqning sharofati bilan fikrlash maxsullarining izchilligi, mantiqiyligi, tizimliligi paydo bo'lgan, kelajak avlod uchun ma'naviy meros tariqasida qoldirish imkoniyati tug'ilgan. Insoniyat tomonidan to'plangan tizimlashtirilgan tajribalar, bilimlar, ko'nikma va malakalar qoldirilmaganida, odamzodning fikr yuritishi fan, texnika, madaniyat sohalarida bunday ulkan yutuqlarga erisha olmasdi.

Talabaning tahliliy fikrlash qobiliyatlarini sakllantirishi natijasida mustaqil tafakkurning rivojlanishi kuzatiladi. Shu

sababli mustaqil bilim olishni tashkil qilishda talabalarning

April, 2022

ijodiyligini rivojlantirishda tafakkuг sifatlaгidan tezlik, egiluvchanlik, o'ziga xoslik, sezuvchanlik va boshqalardan foydalanish mumkin.

Talabada mustaqil fikr yuritish muammoli vaziyat vujudga kelishidan boshlanadi, lekin mazkur vaziyat tug'ilishi, yechimi bu bilan tugallanmaydi. Talabada bilishga nisbatan moyillik, ixtiyorsiz xatti-harakat muammoli vaziyatgacha yorqin bo'lmaydi, u noaniq holda yuzaga keladi, so'ngra bu ma'noda yechimga muhtoj muammoli vaziyat yaraladi va nihoyat uning yechimi topilsa, lekin bilishning muammodan keying bosqichi fikrning o'z yo'nalishida ixtiyorsiz davom etaveradi.

Talabaning mustaqil fikr yuritishi quyidagi bosqichlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin:

1. Muammoning talaba idrok maydonida paydo bo'lishi.

2. Talaba tomonidan masala, muammo, topshiriq mohiyatini anglash.

3. Ularga o'xshash ma'lumotlar yoki obrazlarning vujudga kelishi.

4. Tasavvur va xotira materiallarining kamayishi, taxminlar (farazlar)ning

uzluksiz tug'ilishi

5. Taxminlarni bosqichma-bosqich tekshirish yoki ularning haqqoniyligini

tasdiqlash.

6. Yangi taxminning yuzaga kelishi va takomillashuvi.

7. Farazlarni ikkilamchi tekshirish (ikkinchi marta tasdiqlash).

8. Masala, topshiriq, muammo yechimini topish (hal qilish).

9. Ixtiyorsiz aqliy xatti-harakatlarning davom etishi (fikrlarning nisbiy

davomiyligi) va hokazo.

Mustaqil fikr yuritish o'zining samaradorligi, dolzarbligi, universalligi bilan kasbiy tayyorgarlik mahorat sari talabalarni yetaklaydi, jamiyat va tabiat hodisalarini anglash uchun puxta negiz hozirlaydi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Fikr yuritishning mustaqilligi deganda, talabaning shaxsiy tashabbusi bilan uning o'z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo'ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va nazariy, xususiyatli faraz qilishi, kutilayotgan natijani ko'z oldiga keltira olishi, qo'yilgan muammoni hech kimning ko'magisiz, ko'rsatmasisiz, o'zining aqliy izlanishi tufayli, turli yo'l, usul, vosita topib mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish joiz.

Fikr yuritishning mustaqilligi, aqlning sertashabbusligida, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo'ladi. Aqlning

sertashabbusligi deganda, talaba o'z oldiga yangi muammoni aniq

April, 2022

maqsad, yaqqol vazifa qo'yishini, ana shularning barchasini amalga oshirishda nihoyasiga yetkazishga, yechimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o'zi izlashi, aqliy zo^ berib intilishi, ularga taalluqli qo'shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo'lishi nazarda tutiladi.

Talaba fikr yuritishning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog'liq tarzda kechadi. Agar talaba tomonidan muayyan vaqt ichida ma'lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g'oyalar, tavsiyanomalar bildirilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo'lsa, bunday insonning fikr yuritishi sermahsul deyiladi. Talaba oddiy narsalar to'g'risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisalar mohiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqiqatidan umumiy ijtimoiy qonuniyat yaratishga harakat qiladi.

Shubhasiz, talabaning mustaqil fikrlashi hali izlanmagan to'la foydalanilmagan imkoniyatlarga ega bo'lib, ularni to'la ochish fan va texnika taraqqiyotini jadallashtirish maqsadiga xizmat qiladi.

Har qanday tashkilot yangilik, taraqqiyot, inson aql-zakovatining mahsulidir, xuddi shu bois fan va texnika rivoji ko'p jihatdan mutaxasisning mustaqil fikrlashiga bog'liq.

Talaba kamoloti jismoniy, ahloqiy va aqliy bosqichlardan iborat bo'lib, bu borada uning mustaqil fikrlashi yetakchi, ustuvor o'rin egallaydi.

Hozirgi davrning talabalari jismoniy, ahloqiy jihatdan komillik darajasiga yengillik bilan erishsada, lekin aqliy kamolotga yetishishga esa asab tizimining taranglashuvi, aqliy zo'riqish, uzluksiz faollik, fidoiylik namunalari evaziga bosqichma- bosqich, asta-sekinlik bilan amalga oshishi mumkin.

Komil inson bo'lib kamol topishni ezgu niyat qilgan bo'lg'usi mutaxasis ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma'naviyat va qadriyatlar egallash uchun hamda kelajak rivojini ta'minlash uchun talabalarda mustaqil fikrlashni, ijodiy izlanishni, aqliy faoliyat usullarini shakllantirish maqsadga muvofiq.

Buyuk olim Abu Nasr Forobiy (873-950) aql orqali, tafakkur yordamida bilim olishning o'ziga xos mustaqil izlanish va fikr yuritish xususiyatlarini aniqlashga harakat qilgan. Uning asarlarida tafakkur mavjudlikka, umumiylikka, bavositalikka, ya'ni sezgilari o^ali bilish xususiyatiga ega, deb tushuntiriladi. Forabiy ta'limotiga ko'ra, tafakkur (aql) orqali inson materiyaning sezgitoga noma'lum bo'lgan tomonlarini, umumiy qonuniyatlaгini, mohiyatini biladi, san'at, fan tizimidagi bilimlarga ega bo'ladi va inson mustaqil fikr yuritishga qodir bo'ladi deb ta'riflanadi.

April, 2022

Uning fikricha, aql quvvatining eng muhim vazifalarining biri, mantiqiy mustaqil fikr operasiyalarni bajarishdir. Bu vazifa aql quvvatiga kiruvchi mustaqil "quvvai fikriyya" inson mantiqiy fikrlash jarayoni tomonidan amalga oshiriladi, ya'ni agarda "quvvai natifiya" (quvvat natijasi) bilan anglashadigan narsani bilib olish zaruriyati tug'ilsa, "quvvai fikriyya"(quvvat fikri) ishga kirishadi. Bu faoliyat fikr yurgizish, tushuncha va hukmlar yordami bilan amalga oshirilib, keyinchalik xulosalar chiqarish bilan yakunlanadi. Uni tafakkurga umumlashtirish va mavhumlashtirish, analiz va sintez qilish kabi xususiyatlari xosligi haqidagi fikrlari muhim ahamiyatga ega. Alloma ta'limotida tafakkurni konkretlikdan mavhumlikkacha yo'nalishi va mavhumlikdan konkretlik sari qaytishi haqida faraziy fikrlar ham uchraydi. Forobiy "Aql to'g'risida"gi risolasida o'zida 12 xislatni birlashtirgan kishigina ahloqiy odam bo'ladi, deydi. "Ulardan beshinchisi - so'zlari aniq bo'lsin, fikrini va aytmoqchi bo'lgan mulohazalarini ravon bayon eta olsin" -kabi xislatdir. Aynan shu fikrlar buyuk ajdodimiz ham shaxsning mustaqil fikrlashi -uning muhim fazilati ekanligini ta'kidlaganligini ko'rsatmoqda.

Shunday qilib, Forobiyning mustaqil fikr yuritish, tafakkur xususiyatlari haqidagi fikrlari hozirgi davrga qadar o'z ahamiyatini saqlaganki, hozirgi mustaqillik davrida yoshlarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishga nazariy asos bo'ladi.

Abu Rayhon Beruniyni fikricha, inson bilish, tushunish, fikrlash, muhokama qilish, o'ylab topish singari iste'dodga egadir. Inson tafakkurini qudrati shundaki, uning yordamida voqea va hodisalarni bir-biriga solishtirish, tahlil qilish orqali rostni yolg'ondan, adolatni adolatsizlikdan, yaxshilikni yomondan, haqiqatni esa nohaqiqiylikdan ajratish mumkinligi haqida ta'lim beradi. Beruniy bu narsa har qanday fanning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini isbotlaydi. U bilishi lozim bo'lgan hodisa va voqyeani maydalab bo'lib-bo'lib o'rganish, tahlil qilish metodikasini ilgari suradi.

Tafakkur, aql tufayli inson narsa va hodisalarni bir-biri bilan solishtirib, qiyoslab ko'radi, o'z bilimlarining chinligini aniqlaydi, ya'ni bilimlarni obyektiv voqyelikka mosligini solishtirib ko'radi. Beruniyning ta'kidlashicha, bilim va ta'limda taqqoslash metodi borliqning u yoki bu hodisasini tushuntirish uchun inson bilimlarini amaliy foydaliligi va ishonchliligini izlashdan iborat. Bunda taqqoslanadigan predmetlar orasida o'xshashlik bo'lishi kerak. Agar ular orasida ma'lum muvofiqlik bo'lmasa, taqqoslanadigan

XULOSA

April, 2022

predmetlaming haг biг qaгshiligi o'zining obyektiv asosini yo'qotadi.

Abu Ali ibn Sino (980-1037) o'zining psixologik qarashlarini 'Tay" (qush), "Xayy ibn Yaqzon" (Uyg'oq o'g'li Tiгik) kabi qissalarida ifodalab, boгliqning mohiyatini chuqurroq tushunish uchun odamlarni ilmiy-mantiqiy bilishga da'vat etadi. Chunki bu ilm kishi didini o'stiradi, mustaqil fikr doirasini kengaytiradi. Ibn Sino bu haqda shunday deydi: "Farosat ilmi foydasi naqd ilmlaгdandiг. Bu ilmni bilib olsang, u senga kishilami pinhoniy fe'l-atvorini bildiradi. Farosat ilmidan bahramand bo'lsang, juda o'tkiг bo'lib ketasan" Mantiqiy fikгlashni o'stirish haqida yozar ekan, alloma "Mantiq ilmini egallasa, kishi Bahn muhitda cho'kmaydi" deydi. Ibn Sinoning ta'lim-tarbiyaviy qarashlari yuksak insoniylik tamoyillariga, ulug' inso^a^a^ g'oyalariga tayanar edi.

Bugungi kunda talaba yoshlarni ajdodlarimizning tarbiyaviy ruhida kamol topdirsak, mustaqil fikrlash mexanizmini to'g'гi shakllantiгishni yo'lga qo'ysakgina talabala yoshlarda mustaqil hayot uchun erkin harakat va faol jarayon yuzaga chiqadi.

REFERENCES

1. Karimova V.M. va boshk. Mustaqil fikrlash. - T.: Sharq.-2000.- 112 b.

2. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot.-T.: Universitet, 2002.- 96 b.

3. Karimova V.M., Sunnatova R. «Mustaqil fikñash» o'quv qo'llanmasi bo'yicha mashg'ulotlami tashkil etish uslubiyoti.-T.: Sharq, 2000.- 16 b

4. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007.1-2 kitob.

5. G'oziev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.

6. G'oziev E.G. Toshimov R. Menejment psixologiyasi. T-2002

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.