"TANOVAR" ASHULASINI IJRO ETGAN USTOZ SAN'ATKORLAR
G'ofurjon Yusipovich Yunusov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada "Tanovar" ashulasini ijro etgan ustoz san'atkorlar to'g'risida ma'lumot keltirilgan.
Kalit so'zlar: tanovar, ashula, qo'shiq, lirika, turkum, kuy, tenor
MASTER ARTISTS PERFORMING THE SONG "TANOVAR".
Gafurjon Yusipovich Yunusov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article contains information about master artists who performed the song "Tanovar".
Keywords: tanovar, song, song, lyrics, series, melody, tenor
Tanovarlar turkumidagi ashulalar va o'zbek xalq lirik kuylari, asosan Farg'ona vodiysida yaratilga va keng tarqalgan.
"Tanovar" atamasi fors tilida jasur, qudratli, kuchli degan ma'noni anglatadi. Yana bir ta'rifi Tanovar tanning rohatlanishi lazzatlanishi deyiladi. Tanovarlar turkumidagi ashulalarni O'zbekiston xalq hofizi J.Sultonov, B.Mirzayev, Halima Nosirova, T.Qodirov va juda ko'p ustoz san'atkorlar talqinidagi ijrolari ommaviylashgan. Tanovar an'anaviy o'zbek xalq raqsidir. Tanovar ashulasi va kuyining turli yo'llari asosida raqslar ijro etiladi, 1943-yil Mukarrama. Turg'unboyeva saxnalashtirgan Tanovar raqsi keng tarqalgan. Unda o'zbek qizining sevgilisi vafosi bilan uchrashish va visolga yetishi mukarrarligi ushbu raqs harakatlarida aks ettirilgan.
O'n beshdan ortiq tanovar turkumidagi ashula va cholg'u yo'llari mavjud. Ashula yo'llaridan bizga eng yoqimli, tanish bo'lgan, xalq so'zi va xalq kuyi bilan "Tanovar-1" "Qora sochim" so'zlari bilan Ustoz san'atkor Halima Nosirova tomonidan mahorat bilan ijro etilgan.
Qora sochim o'sib qoshimga tushdi,
Ne savdolar meni boshimga tushdi,
Bu savdolar menga qaydin yopishdi,
Tanamdan o't chiqib bag'rimga tushdi.
"Tanovar-2" qo'qonlik shoir Muqimiy she'ri bilan "Endi sendek..." so'zlari bilan aylatiladi.Ushbu ashula Ustoz san'atkor Vodiy bulbuli O'zbekistonda xalq artisti Tavakkal Qodirov tomonidan mahorat bilan kuylangan.
Tanovarlar turkumidagi barcha ashulalarida o'zbek qizlari ayollarining ma'naviy go'zalligi o'z aksini topgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Tanovarlarning cholg'u yo'llari mavjud. "Gulbahor" deb nomlanuvchi kuyidan keyin ketma-ket ijro etiladigan varianlari bor. Tanovarlar "ashulasinini 1937-yil A.Kozlovskiy Halima.Nosirova ijrosida notaga olgan " Tanovar 2" ashula yo'lini F. Sodiqov xonanda va orkestr uchun moslashtirgan. Mutal Burhonov jo'rsiz xor ansambli uchun qayta ishlagan. Tanovar ashula va cholg'u yo'llari asosida akademik Yunus Rajabiy "Yuzni oydek..." ashulasini yaratgan. Ustoz Yunus Rajabiy "Tanovar" ashulasi va kuylarini 5 dan ortiq variantini notaga olgan.
"TANOVAR" Ashulasini ijro etgan ustoz san'atkorlar.
Boborahim Mirzayev
Boborahim Mirzayev -1907-yilda Marg'ilon shahrida tavallud topgan. Xonanda, bariton ovoz sohibi. 1942-yil O'zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo' lgan.1936 yillarda Moskva o'zbek opera studiyasida tahsil olgan. 1926-29 yillarda O'zbekiston davlat konsert-etnografik ansamblida, 1929-39yillarda O'zbek davlat musiqali drama teatrida, 1939-49 yillarda Navoiy teatrida, 1949-55-yilda O'zbek davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda bo'lib faoliyat olib bordi. Ovozi dardli, his hayajonlarga boyligi bilan tanilgan. So'z va ohanglarni ravon kuylagan, nolalar va qochirimlardan ustalik bilan moxirona foydalangan. Musiqali dramalarda juda ko'p rollarni ijro etgan. Bulardan:"Arshin mol olon"da Asqar, Ne'mat "Halima"da Ne'mat, "Farhod va Shirin"da Farhod,"Gulsara"da Qodir kabi rollarni, operalarda turli partiyalarni ijro etgan. Boborahim Mirzayev repertuaridan o'zbek xalq mumtoz ashula va qo'shiq yo'llaridan "Tanavor", "Dugoh", "Chorgoh II, III, IV", "Bayot II" va boshqalar o'rin olgan. Ustoz san'atkor 1957- yilda vafot etgan.
Tanovar.
O'zim aylonaman giryon ko'zingdan-ey'
Do'st yoray,
Endi sendek jono, jonon qaydadur,
Ko'rib gul yuzingni bog'da bandadur,
Saqlay ishqing toki, jonlar tandadur,
Ozim har joydaman, ko'nglim sendadur
Halima Nosirova
Ustoz san'atkor betakror ovoz sohibasi Halima Nosirova 1913-yil 29-dekabrda Farg 'ona vodiysi, Qo'qon shahri yaqinidagi Tog'liq qishlog'i tavallud topgan - 3-yanvar 2003-yil, Toshkent) - Iqtidorli opera xonandasi Halima Nosirovaning ovozi lirik-dramatik soprano bo'lgan, o'zbek milliy xonandalik san'atining yirik namoyandasi. 1937-yilda O'zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo'lgan. 1924-27 Bokuda teatr texnikumida tehsil oldi. 1924-27 Moskva o'zbek opera studiyasida ta'lim olgan. 1977-yilda Toshkent konservatoriyasini muvafaqiyatli tugatgan 1977-82
yillarda Sharq musiqasi kafedrasida pedagoglik faoliyatini olib borgan. Ustozlari N.Nejdanova, N.Golovanov, M.Uyg'ur, M.Muhamedov, T.Jalilov va boshqalardan san'at yo'llarini o'rgangan.
1939-86 yillarda Navoiy teatrining yakkaxon xonandasi bo'lib ishlagan. Halima Nosirovaning ovozi Noyob, o'ziga xos shirali va keng diapazonli juda yoqimli bo'lgan, sahnaviy iste'dodijuda kuchli bo'lgan Halima Nosirova G'.Zafariyning, "Halima" U.Xojibekovning "Arshin mol olon", Xurshid va T.Sodiqovlarning "Layli va Majnun", Xurshid; V.Uspenskiylarning, "Farhod va Shirin", Komil Yashin va M.Muhamedov; R.Glierlarning "Gulsara" kabi musiqali spektakllarda bosh rollarni mahorat bilan ijro etib shuhrat qozongan.
Halima Nosirovaning ijro repertuaridan halq og'zaki ijodi namunalari, o'zbek mumtoz musiqa merosi namunalari,ashula, lapar yallalar, katta ashulalar o'rin olgan: "Ushshoq", "Dugoh", "Chorgoh", "Samarqand ushshog'i", "Chapandozi Navo" kabi maqom yo'llari, "Chaman ichra", "O'zgancha", "Gulyuz ichra", "Fig'on" va ayniqsa, "Tanavor" ashulalarning namunalari Halima Nosirova ijrosida yanada sayqal topgan. Ustozning "Men o'zbek qiziman", "Mehnat ahli", "O'zbek qizi ovozi", "Xush kelibsiz" singari qo'shiqlari xalqimiz o'rtasida juda shuxrat qozongan. Tojik, qozoq, arman, ozarbayjon, xitoy, rus, ukrain kabi millatlar qo'shiqlari ham Halima nosirova repertuaridan o'rin olgan. Juda ko'p davlatlarda gastrol safarlarida bo'lgan 1946, 1951, 1968 yillarda bir necha marta Davlat mukofotlariga sazovor bulgan. 1971 yili Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati bo'ldi. 2000-yilda "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan. Betakror san'atkor Halima Nosirova 3-yanvar 2003-yilda, Toshkentshahrida vafot etgan. Tahovar.
Qora sochim o'sib qoshimga tushdi, Ne savdolar meni boshimga tushdi, Bu savdolar menga qaydin yopishdi, Tanamdan o't chiqib bag'rimga tushdi. Tomga piyoz eksam o'soman deydi, Yorga bino qo'ysam ketoman deydi, Ketma yorim, ketma yoray, Tilimni uchida novvot beroman-ey. Tavakkal Qodirov
Betakror ovoz sohibi, vodiy bulbuli nomini olgan ustoz san'atkor Tavakkal Qodirov 1926 yil 24 aprelda, Farg'ona viloyatining so'lim go'shalaridan biri Quva tumanida tavallud topdi. Ustoz betakror, shirali, jarangdor va tiniq, nihoyatda keng va yuqori diapazonli lirik tenor ovoz sohibi edi. Tavakkal Qodirov dastlab quvalik Tursunboy Karimovdan doira va g'ijjak (skripka) sozlarini chalishni chalishni o'rgsndi. 1961yilda Farg'ona musiqa bilim yurtida tehsil oldi.
Keyin Farg'ona pedagogika institutini tugatgan. O'zbekiston xalq hofizlari Jo'rahon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov,Ozbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozovlardan o'zbek mumtoz va zamonaviy bastakorlar ashulalarini o'rganib barcha ashula va qo'shiqlarni ustalik bilan mohirona ijro etiishga erishgan. 1951-59 yillarda Quva tumani madaniyat uyida badiiy rahbar, 1959-78 yillarda Yusufjon qiziq Shakarjonov nomli Farg'ona teatrida, 1978-91 yillar davomida Farg'ona viloyatlararo filarmoniyasida yakkaxon xonanda va direktor vazifalarida faoliyat olib bordi.1991 yildan Farg'ona davlat universitetida professor vazifasida yosh avlodga san'at sirlarini o'rgatdi. 1955-yildan Jalolhon Oxunov bilan hamnafaslikda juda ko'p asarlarni ijro etishgan. Tavakkal Qodirov repertuaridan Farg'ona-Toshkent musiqa uslubi namunalaridan "Qo'qon Ushshog'i", "Toshkent Irog'i", "Tanavor", "Nasrulloyi", Xorazm ijro yo'llaridan "Suvora", "Feruz", "Segoh"kabi ashulalar, zamonaviy bastakorlardan "O'zbekistonda xizmat ko'satgan madaniyat hodimi" M.Murtazoyevning "Bizni tashlab", "Farg'ona tong otguncha", K.Otaniyozov bastalagan Noqis she'ri bilan "Dog'man", "O'lmasin", Jo'rahon Sultonovnig Navoiy g'azaliga bastalagan "O'lmasin" kabi juda ko'p ahsulalarni yuksak mahorat bilan kuyladi. Tavakkal qodirovning o'ziham bir necha mumtoz va zamonaviy shoirlar g'azallariga kuy bastalab ijro etdi. Bulardan: Hamza she'ri bilan "O'xshaydiku", O.Hakimov qalamiga mansub "Shunchamidi", "Jamollaringdan", Naqshiyning "Jamollaringdan", "Kecha oydin", Mirtemirning "Kecha oydin", Habibiy sheri bilan ", "O'ynasin" kabi ashula va yallalar keng o'rin olgan. Ijroda baland avjlarni keng ishlatilishi, so'zlarda va ohanglarda ravonlik, keng nafasi bilan ajralib turar edi. Tavakkal Qodirov Ijodiga bag'ishlangan telefilm va videofilmlar, umrboqiy ashula va qo'shiqlar gramplastinkalar O'zteleradiokompaniyasi fonotekasiga fonotekamiz hazinasida saqlanib kelmoqda. 1989 yilda O'zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo'ldi. Ustoz juda ko'p shogirdlarga ustozlik qilgan. Farg'onadagi san'at kolleji v ko'chalardan biriga Tavakkal Qodirov nomi berilgan. Buyuk san'atkor Tavakkal Qodirov 1996yil 13 aprelda Farg'ona vafot etgan. Tanovar.
Mehring o'ti nogoh tushdi jonlarga, Parvoyim yo'q zarra honu monlarga, Lola yanglig' to'lib bag'rim qonlarga, O'zim har joygaman ko'nglim sendadur.
Tanovarlar turkumidagi ashula va qo'shiqlar asrlar davomida o'z qadrini yo'qotmaydi. Kelajakda yosh avlodlarimiz, shogirdlarimiz yangi ovozlar ijrosida, ushbu qo'shiqlarni o'rganib kuylayveradi. Tanovar - tanovar o'zbek san'atining oltin xazinasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Tadjibaev, S. U. (2021). TANOVAR-UZBEK TRADITIONAL MUSICAL HERITAGE. Проблемы современной науки и образования, (9 (166)), 97-100.
2. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.
3. Муминов, М. (2022). УСТОЗ САНЪАТКОР УЗБЕКИСТОН ХАЛК Х,ОФИЗИ МАЪМУРЖОН УЗОКОВ ХДЁТИ ВА ИЖОДИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, 3(2), 63-69.
4. Muminov, M. (2023). The Importance of the Diaphragm in Vocals. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(2), 163-166.
5. G'Ayrat Nematjon, O. G. L. (2022). O'RTA OSIYO ALLOMALARINING MUSIQIY CHOLG'U SOZLARI HAQIDA ILMIY VA DUNYOVIY QARASHLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 434-436.
6. Yuldashev, G., & Maxanov, S. (2023). Conductor's Work on a Musical Piece. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 127-131.
7. Qurbonova, S. A., & Begmatov, S. (2022). УСТОЗ СОЗАНДА ВА БАСТАКОР. МУХТОРЖОН МУРТОЗАЕВ ИЖОДИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, 3(4), 437-441.
8. Kurbonova, S. (2022). Makom Art is an Artistic Masterpiece of Uzbek People. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(6), 20-22.
9. Xalilov, T. (2022). MILLIY MUSIQIY CHOLG 'ULAR VA ULARNING TURLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 934-936.
10. Xalilov, T. (2022). XALQ MUSIQIY IJODIYOTINING MAHALLIY USLUBLARGA XOS JANR TURLARI TAVSIFI VA ULARNING TA'LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISH MUAMMOLARI. Oriental Art and Culture, 3(1), 676-680.
11. Халилов, Т. (2023). ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ МУТАФАККИРЛАРИ ИЖОДИДА МУСИКА. Oriental Art and Culture, 4(1), 902-909.
12. Khalilov, T. (2022, November). Oriental Musicologists Who Contributed to the Development of Musical Art. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 87-90).