Научная статья на тему 'SAN’AT TA’LIMIDA MUSIQALI DRAMAGA MANSUB ASHULALARNI О‘RGATISHNING BA’ZI MASALALARI (E’TIBOR JALILOVA VA RAHIMA MAZOHIDOVA IJODI ASOSIDA)'

SAN’AT TA’LIMIDA MUSIQALI DRAMAGA MANSUB ASHULALARNI О‘RGATISHNING BA’ZI MASALALARI (E’TIBOR JALILOVA VA RAHIMA MAZOHIDOVA IJODI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
28
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
О‘zbekiston xalq artisti / ustoz-shogird an’anasi / musiqali drama / E’tibor Jalilova ijodi о‘zbek opera studiyasi / aktyorlik va xonandalikjozibali va ishonarli / psixologik xarakterlar / Muqimiy teatri qо‘qonlik Rahima Mazohidova

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gо’zal Rashidova

Ustozlar merosi, mahorat va kamolot, yangi ijodiy yutuqlar, yangi avlod, ashula-musiqa ijro durdonalari, iste’dod, ustoz-shogird an’anasi, kreativ yondashuv, E’tibor Jalilova, Rahima Mazohidova, xalq ashulalari, xalq ruhiyati va milliy ashulalar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAN’AT TA’LIMIDA MUSIQALI DRAMAGA MANSUB ASHULALARNI О‘RGATISHNING BA’ZI MASALALARI (E’TIBOR JALILOVA VA RAHIMA MAZOHIDOVA IJODI ASOSIDA)»

SAN'AT TA'LIMIDA MUSIQALI DRAMAGA MANSUB ASHULALARNI

O'RGATISHNING BA'ZI MASALALARI (E'TIBOR JALILOVA VA RAHIMA MAZOHIDOVA IJODI ASOSIDA)

Go'zal Rashidova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ustozlar merosi, mahorat va kamolot, yangi ijodiy yutuqlar, yangi avlod, ashula-musiqa ijro durdonalari, iste'dod, ustoz-shogird an'anasi, kreativ yondashuv, E'tibor Jalilova, Rahima Mazohidova, xalq ashulalari, xalq ruhiyati va milliy ashulalar.

Kalit so'zlar: O'zbekiston xalq artisti, ustoz-shogird an'anasi, musiqali drama, E'tibor Jalilova ijodi o'zbek opera studiyasi, aktyorlik va xonandalikjozibali va ishonarli, psixologik xarakterlar, Muqimiy teatri qo'qonlik Rahima Mazohidova

SOME ISSUES OF TEACHING SONGS BELONGING TO MUSICAL DRAMA IN ART EDUCATION (BASED ON THE WORKS OF JALILOVA

AND RAHIMA MAZOHIDOVA)

Guzal Rashidova Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: Legacy of teachers, skills and perfection, new creative achievements, new generation, masterpieces of singing and music performance, talent, teacher-disciple tradition, creative approach, Etibor Jalilova, Rahima Mazohidova, folk songs, folk spirit and national songs.

Keywords: People's Artist of Uzbekistan, teacher-student tradition, musical drama, Etibor Jalilova's work, Uzbek opera studio, acting and singing, attractive and believable, psychological characters, Rakhima Mazohidova from the Kokand

Kirish

San'at olamida "Ustoz-shogird" an'anasi juda serma'no tushuncha bo'lib, unda ustozlar merosi kelajak avlodga uzatiladi, maktab yaratgan ustozlar merosini o'zlashtirish orqali shogirdda mahorat va kamolot oshib boradi, har bir ijodkorda o'z kasbiy yo'lini topishga intilish paydo bo'ladi, ularda yangi ijodiy yutuqlarga erishishga rag'bat paydo bo'ladi. Shuningdek, bu an'ana yangi avlod tomonidan ustozlar merosining amaliy ahamiyati va qadr-qimmatini amalda namoyish qilishinishiga xizmat qiladi. San'at sohasida ustoz-shogird an'anasining ilmiy ahamiyati shundaki,

shu orqali ashula-musiqa ijro durdonalarini saqlash va umriga umr qo'shish, undan yosh avlodni bahramand etish samarasi hosil bo'ladi.

San'at ta'limida ustoz-shogird an'anasi milliy san'atimizni dunyo xalqlariga ko'z-ko'z qilish, ajdodlarga munosib vorislar tayyorlash, jamiyatda ustoz va ustozlik martabasini yuqori ko'tarish maktabidir.

Ustoz sabog'ini olmagan iste'dod yovvoyi daraxtga o'xshaydi, yovvoyi daraxt esa ahamiyati yo'q, xaridori bo'lmaydigan meva beradi. Ustoz tarbiyasini olgan iste'dod esa ulama daraxtga o'xshaydi, kelajakda u totli, mazali va xushbo'y meva beradi, odamlar undan bahra oladi, o'zini ham qadrlaydi. "Ustoz-shogird" an'anasi bo'yicha o'ziga xos tajriba va tizimga ega bo'lgan O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida mutaxassislik darslarida, amaliy mashg'ulotlarda o'z o'zanida to'xtovsiz davom etadi. Ammo bu an'ana tegishli dastur doirasidan tashqariga chiqa olmaydi. Shuning uchun ustoz-shogird an'anasining yangi qirralarini izlash, masalaga kreativ yondashuv kerak. Ulardan biri yaqin o'tmishda ijod qilib o'tgan san'atkorlar repertuaridan yangi avlodga o'rgatish, ularning mahoratini oshirish, namoyish qilishdir.

Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2017 yil 31 maydagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash, O'zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar dasturini bajarish kabi dolzarb vazifalar ijrosi shuni talab etadi. [1]

Asosiy natija va tahlillar

Bu maqolada yosh avlod yaxshi bilmaydigan, merosi juda sermahsul, serqirra ustazoda san'atkor O'zbekiston xalq artistlari E'tibor Jalilova, Rahima Mazohidova ijodiy merosini ustoz-shogird an'anasi asosida o'rgatish muammolarini ko'rib o'tamiz.

O'zbek musiqali drama xonandasi, noyob ovoz sohibasi, yetuk ustoz E'tibor Jalilova ijodi san'at tarixida o'ziga xos o'ringa ega. U 1924 yil 15 martda Andijon shahrida tug'ilgan. 1983 yili vafot etgan. Toshkent shahridagi Chig'atoy qabristoniga dafn etilgan. 1964 yili O'zbekiston xalq artisti unvoniga ega bo'lgan. 1940-41-yillari Moskva konservatoriyasi qoshida ochilgan o'zbek opera studiyasida tahsil olgan. Toshkent konservatoriyasida o'qigan. 1941 yildan boshlab Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida aktrisa-ijrochi, xonanda bo'lib ishlagan. Aktyorlik va xonandalik iste'dodi mahalliy mualliflarning musiqali drama va komediyalarida, o'zbekchaga tarjima qilingan xorijiy asarlarda estetik jihatdan mukammal, realistik jihatdan ishonarli, usluban o'ziga xos, jozibali va ishonarli sahna obrazlarini yaratgan.[2]

"Tohir va Zuhra"da Zuhra, "Arshin mol olon"da Gulchehra, "Oltin ko'l"da Shohista, "Farhod va Shirin"da Shirin, "Oftobxon"da Oftobxon, "Nurxon"da Nurxon

obrazlarini teran psixologik xarakterlar namunasi sifatida namoyish qila olgan [3]. Mazkur asarlarda qahramonlar tilidan ajoyib ashulalar ijro etgan. Ayni mana shu ashulalar radiolarda berilib, aktrisani elga tanitgan. Radiofoneteka xazinasida hanuz yozuvlari saqlanadi. Ushbu ashulalarni qayta yozib olib, talabalarga o'rgatish, ularning ustozlar merosidan bahramand bo'lishini yo'lga qo'yish lozim.

San'atshunos professor Toshpo'lat Tursunov Muqimiy teatri haqidagi makolasida "Tohir va Zuhra" asari yangi tashkil qilingan teatrning qiyofasi, qadri va obro'sini belgilaydigan asar bo'lganligini ta'kidlab, tomoshabinlar Shahodat Rahimova, E'tibor Jalilova, Farog'at Rahmatova, Tursunxon Ja'farovalarni Zuhra obrazi orqali, Mashrabjon Yunusov, Mahmudjon G'ofurovni Tohir obrazi orqali xalq tanitganligini alohida e'tirof etadi. [4]

E'tibor Jalilova ijro etgan ariya va duetlar xalq o'rtasida yod bo'lib ketgan va bugungi kunga qadar teatr shinavandalari xotirasida bir umr saqlanib kolgan. Albatta, E.Jalilova ijro etgan hamma asarlarni o'rganish foydali bo'lsa ham, uning ba'zi ashulalari o'z zamonasi mafkurasi doirasidan chetga chiqa olmagan. Ammo uning aksar ashulalari milliy xalq ashulalari sanaladi. E.Jalilova ashulalarini eshitganda Farog'at Rahmatova ijrosi ham yodimizga keladi. Demak, Farog'at Rahmatova E'tibor Jalilovaning shogirdi bo'lib, o'z ustozi yo'lidan borib, o'ziga xos ijod mahsullarini yaratgan.

E'tibor Jalilova qo'shiqlarini eshitganda avvalo o'zbek ayolining mayin va shirali ovozini, ayollarining dardu tashvishini, quvonchu alamlarini, onalik va ayollik baxtu saodati uchun kurashuvchi shijoatli qalb tug'yonlarini his etasiz. Musiqali drama mutaxassisligida ta'lim olayotgan talabalar E'tibor Jalilovaning "Aylay desam", "Yuragimga armon ekansiz", "Yallajonim yalla", "G'unchadek bag'rim", "O'lkam bog'in sayr etib" (yoki "Uch qiz"), "Sog'indim", "Chamandagi bulbullar" kabi ashulalarini an'anaviylikka suyanib, yangi ovozda kuylashlari ijobiy natija beradi. [5] Muqimiy so'zi bilan aytiladigan "Aylay desam" radifli ashulaning E'tibor Jalilova ijrosi musiqali drama janridagi g'oyat eskirmas merosimizdan sanaladi. Ashula so'zlari she'riy san'atning xalqona namunasiga yaqin bo'lib, tinglovchi qalbiga oson yetib boradi. Unda o'zbek ayolining dard-armonlari, ichki kechinmalari yorqin ifoda etilgan.

Oshkor o'lg'ay sirim holim bayon aylay desam, Tor ko'nglim sig'dirolmaydir nihon aylay desam.

XX asr o'zbek xalq ashulachiligi namoyandasi qo'qonlik O'zbekiston xalq artisti Rahima Mazohidova (1930-2014) ijodiy faoliyatini M. Qo'ldoshev rahbarligidagi badiiy havaskorlik to'garagida boshlagan. Qo'qon musiqali drama teatrida ishlagan. Shahardagi "Omon yor" ayollar folklor ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari bo'lgan. U xalq sayillarida, to'y-tomoshalarda o'zining jo'shqin va yoqimli ovozi bilan xizmat qilib, folklor va milliy qo'shiqchilik san'atini tiklash va saqlashga katta hissa

qo'shgan hofiza edi. Rahima Mazohidova doyra chalib, to'y marosim qo'shiqlaridan « Yor-yor», «Kelin salom»ni aytib el qalbini shod qilar edi. Xalq lapar va yallalaridan «Deydi-yo», «Bugmacha bilagim», «Omon yor», «Yalli-yali», «Qari navo» ashulalarini maromiga yetkazib ijro qilar edi.[6]

Ariq bo'yi gul, hovuz-a, omon yor.

Gul tergali kelganmiz-a, omon yor.

Gulni bahona qilib-a omon yor,

Yor ko'rgali kelganmiz-a, omon yor.

Joon ukam,

Marg'ilonlik ukam-a, omon yor

Sani qora holingdan-a omon yor.

Ushbu xalq qo'shig'ini kuylagan xonanda qanday jo'shmasin, uni tinglagan kishi qayday oliy kayfiyatga sohib bo'lmasin!?. Musiqiy asar vositasida san'at ta'limini rivojlantirishda xalq ashulalari namunalarini o'rgatish katta ahamiyatga ega bo'lib, unda insonning ongi va irodasiga, axloqiy va hissiy rivojlanishiga kompleks ta'sir o'tkizish qudrati mavjud. Sababi, ashulada voqealik jonli sahnada sodir bo'ladi va jonli ravishda ro'y berayotgan voqealik xech bir tinglovchini ham befarq qoldirolmaydi. Xalqona ashulalar o'sib va shakllanib borayotgan avlodning milliy dunyoqarashini o'stiradi, uning ijtimoiy-psixologik parametrlarini kengaytiradi, estetik dinini o'stiradi.

Rahima Mazohidova faqat xalqona ashulalar ijro etish bilan kifoyalanmay, "Feruz", "Qo'qon Ushshog'i", "Guluzorim", "Mujgonlaring", "Farg'ona tong otguncha", "Bir kelib ketsun" kabi mumtoz ashulalarni ham mahorat bilan kuylay olgan. «O'zbekfilm» studiyasining «O'tgan kunlar» (1969), «Zulmatni tark etib» (1973), «Ota vasiyati» (1979) fílmlarida o'z ashulalari bilan suratga tushgan. Bu orqali rejessyorlar uning ashulalarini kelajak avlodga yetkazishni ham ko'zlaganlar. Ustoz va talabalar ushbu san'atkorlar ijodini o'rganishda Ilyos Akbarov, To'xtasin G'afurbekov kabi san'atshunoslar asarlaridan albatta foydalanishlari tavsiya qilinadi.

Folklor va etnografiya yo'nalishi talabalariga Rahima Mazohidovaning "Farg'ona tanovari", "Tanovar", "Har kun ko'rgim keladi", "Mard yigit barnosiga", "Farg'onam", "Daryodin oqib kelodi" ("Qari navo", "Voh, ey bola" kabi ashulalarini o'rganishlari tavsiya etiladi.

Xulosa va tavsiyalar

- Hozirgi davrda yosh iste'dodlar milliy ashulalarimizdan foydalanishda ilmiy izlanish o'rniga tayyor ashulalarga murojaat qilib, boy milliy merosimiz mavjudligini tasavvur eta olmayaptilar. Ular zamonaviy san'atkorlar ijodiga qiziqish bilan kifoyalanmoqdalar.

- Ustozlar esa boy merosimizda durdona asarlar mavjudligini bilsalar-da, o'zlariga oson va qulay, mashhur hamma biladigan namunalarini o'rgatish bilan kifoyalanmoqdalar.

- Endilikda xalq xotirasidan chiqib ketayotgan, biroq radio va televideniye arxivlarida mavjud bo'lgan as'halalarni topib, qayta tinglab, yosh avlodga o'rgatishlari, ularga merosni tekshirish malakasini o'rgatishlari zarur. Ularga topshiriqlar berib, qiziqtirishlar kerak.

- Ustoz-shogird an'anasi faqat amaliy mashg'ulotlar bilan emas, balki ustozlar merosi tarixini bilishgga yo'naltirish bilan birgalikda olib borsalar ijobiy natijalar yanada ko'paygan bo'lur edi.

- O'zDSMIda "Ustoz-shogird" an'anasi natijalarini maxsus konsent dasturlari namoyishi bilan ko'rsatib berish kerak. Bu esa shogirdlar mehnatini ham namoyish qilish vositasi bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

[1] Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2017., 140 bet.

[2] O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. "J" harfi. www.ziyouz.com kutubxonasi. B. 238/

[3] Musiqali dramalardan parchalar. T. 1958. 248 b. B.49.

[4] Tursunov T. To'xtasin Jalilov va Muqimiy teatri. // "Teatr" jurnali, 2009 y. 9-son. 13-19 b.

[5] Qo'shiqlar guldastasi. D.Jalilov nashrga tayyorlagan. T.1989. 238. B.45.

[6] O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. "M" harfi. www.ziyouz.com kutubxonasi. 394 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.