MAXMUDJON TOJIBOYEVNING PEDAGOGIK FAOLIYATIDA "USTOZ-
SHOGIRD" TIZIMI USLUBLARI
Lochinbek Tolipovich Abdullaev Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti
Annotatsiya: O'zbek milliy musiqa san'ati qadimdan o'zining jozibador ohanglari va serqirra ijrochiligi bilan musiqa ixlosmandlari diqqat markazida bo'lib kelgan. Ushbu maqolada buyuk ijodkor, xonanda va bastakor, O'zbekiston xalq hofizi Maxmudjon Tojiboyevning ustoz shogird an'anasi, o'ziga xos ijrochilik uslubi haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: Ustoz-shogird, Abu Nasr Farobiy, Fozil odamlar shahri, musiqa, qobiliyat, musiqiy xotira, pedagogik faoliyat.
THE METHODS OF THE "MASTER-STUDY" SYSTEM IN THE PEDAGOGICAL ACTIVITY OF MAKMHUDJON TAJIBOYEV
Lochinbek Tolipovich Abdullaev Uzbek National Music Art Institute named after Yunus Rajabi
Abstract: The Uzbek national musical art has always been in the center of attention of music lovers with its attractive melodies and vivid performance. This article tells about the great creator, singer and composer, the national hafiz of Uzbekistan Makhmudjon Tadjiboev, the traditions of the master-student, his unique performing style.
Keywords: teacher-disciple, Abu Nasr Farabi, City of Fazil people, music, ability, musical memory, pedagogical activity
Har bir jamiyatning rivojlanishida ta'lim tizimining rivojlanishi eng muhim rol o'ynaydi. Shunday ekan, rivojlangan jamiyat qurish yo'lidagi ustozlarning sa'y harakatlari ham ta'lim tizimining sifat bosqichini yuqori saviyada bosib o'tib, ta'lim samaradorligini oshirishga qaratilgan. Ta'lim jarayoni jadal rivojlanib borayotgan bugungi kunda asosiy mazmun beruvchi yana bir tizim "Ustoz-shogird" tizimidir. Bugungi kunda mustaqil fikrlovchi, ishonch-e'tiqodli shogirdlarni tarbiyalashda va zamon talabiga mos kadrlar etkazib berishda bu tizim alohida o'ringa egadir.
Har bir san'atning o'z qonun qoidalari bo'lgani kabi, san'atkor borki, u o'zining mehnat mahsulini shogirdlariga o'rgatib, o'zidan iz qoldirishni istaydi. Bu borada sozandalikning ham o'ziga yarasha an'analari bor. Sozanda ijrochilikka o'rgatish qadimdan rasm bo'lgan an'anaviy qonun-qoidalar, ya'ni "ustoz-shogird" tizimi
I icclT^^^^H 633 http://oac.dsmi-qf.uz
asosida amalga oshirilgan. Shu bois "ustoz-shogird" musiqiy tarbiya uslubi avloddan-avlodga ko'chib, muhim an'anaga aylangan. Musiqiy cholg'ularda ijro uslublarini o'rgatish-o'rganish uning asosiy qonuniyatlarini anglash, an'analarni tadqiq qilishning eng muhim omillaridan biri hisoblangan. Ta'lim berishning ushbu uslubi an'anaviy madaniyatimizning tarkibiy qismini tashkil etadi. Musiqa madaniyatida sof ma'nodagi muallim ustozning o'zi hisoblanadi. U ham murabbiy, ham sozandalik san'atini o'zida mujassamlatirgan shaxsdir. Mazkur jarayonlarni izchil tizim sifatida o'rganish an'ananing o'ziga xos xususiyatlarini chuqur tadqiq qilishning kalitidir. Musiqa cholg'u ijrochiligi tarixi yillar davomida shakliy o'zgarishlarga uchraganligi tabiiydir. Bu holatlar umuman an'analarni shuningdek, o'rgatish-o'rganishning keyingi davirlarda paydo bo'lgan usul, qoidalar va shaklllarni tadqiq qilish vazifasini qo'yadi. Chunki, musiqiy cholg'ular takomillashi, turlarining yaratilishi hach qachon to'xtamagan va u davom etadigan jarayondir.
Ustoz shogirdiga musiqiy cholg'ularda ijroni o'rgatar ekan, bu jarayonni ikki bosqichda amalga oshiradi:
1. Mustaqil kuzatgan holda ko'rish-eshitish orqali idrok qilish.
2. Ko'rish-eshitish yordamida maxsus o'rganish.
Bunday ta'limiy yondashuvni, ustoz-shogird an'analarini tizimli tarzda olib borgan, O'zbek milliy musiqa san'atiga ulkan hissa qo'shgan, O'zbek maqom san'atini rivojlantirish hamda uni sayqallashtirish yo'lida jon fido qilgan ustozlarimizdan O'zbekiston xalq xofizi Maxmudjon Tojiboyevning yaratgan maqom maktabida ko'rishimiz mumkin..
Shu ma'noda, ustoz san'atkor M.Tojiboyevning milliy cholg'uchilik bo'yicha "ustoz-shogird" a'analari tamoyillariga to'xtalib o'tmoqchimiz.
Musiqiy cholg'ularda ijroning dastlabki malakalarini mustaqil egallash uchun shogirddan alohida qobiliyat, musiqiy xotira, o'tkir eshitish va kuzatuvchanlik salohiyati talab qilinadi. O'rganish bosqichida shogird qo'lida cholg'u sozi bo'lmaydi. U faqat qunt bilan kuzatadi va ohanglarni tinglab boradi. Shogird ustoz ijrosini kuzatish jarayonida ohanglardan tashqari, ularning tuzilishi, shakillari, musiqiy tovushning barcha elementlari, cholg'u sozining o'sha paytdagi holati ikkala qo'l xarakati, vazifasi kabi xususiyatlarni esda saqlab qolishi lozim.
M.Tojiboyev yaratgan maktabning o'ziga xosligi shundaki, unda xonandalik va musiqiy cholg'ularni o'rganishni astoydil istagan shogirdga bu san'at sirlarini o'zlashtirishda asos hisoblanmish mukammal qoidalar majmuasi mavjud. Ustozga biron-bir cholg'u sozida kuy chalishga ishtiyoq-xavasi uyg'ongan, cholg'uning tovush qirralarini o'zicha ilg'aydigan, ya'ni qobiliyatli yoshlar juda ham ko'plab murojaat qilishgan, ularning kelish maqsadi ayon bo'lgach, bo'lg'usi shogirdining jismoniy komolotini hisobga olib, qaysi kuylar va san'at asarlari bilan tanish ekanini surishtirgan. Ustoz o'zaro suhbatdan so'ng bolaning shogirdlikka moyil ekanligini
I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
anglagach, shogirdning vazifasi faqat kuylash yoki sozda chalishni o'rganish bilan cheklanib qolmasdan balki, ularni o'z oilasi muhitiga ham daxldor bo'lib, ma'naviy-ma'rifiy va san'at sohasiga doir barcha nozik did va fazilatlarni singdirishga e'tibor qaratgan. M.Tojiboevning ta'limiy-tarbiyaviy yondashuvi shu yo'sinda olib borilishi natijasida shogirdlarida o'zining musiqiy olamini shakllantirib borgan.
Ko'pgina ustozlar shogirdlari bilan dastlabki uchrashuvlarda cholg'u sozi sifatidagi ijrochilik imkoniyatlari, cholg'ular orasidagi o'rni, ahamiyati, o'zining ustozlari xaqida ma'lumotlar bergan. So'ngra keyingi mashg'ulotlarning vaqti va tartibini belgilaganlar. M.Tojiboyev o'z shogirdlarining intizomiga alohida ahamiyat bergan. Chunki, intizom - an'anaviy xalq pedagogikasining o'zgarmas, qat'iy qonuni bo'lib, unga rioya qilmaslik jiddiy nuqson sanalgan. Ustoz shogirdning ayni paytda ijro etish usullarini egallashi hamda ijro etilayotgan kuy-ohanglar mazmunini idrok etib o'zlashtirish uchun ta'lim berishni majmuiy yo'sinda olib borgan. San'at rivojining e'tiborga olinadigan bir qonuniyati bor - u ijoddir. Ijod, zamonni aks ettiruvchi mezon hisoblanadi. Chunki, musiqa ijrochiligi asosida jonli jarayon. Zamonni kuylovchi, zamon ruhiyatini beruvchi, zamon saviyasini aks ettiruvchi jarayon. Har bir zamonda musiqiy meros o'ziga xos zamonaviy asarlar bilan boyib kelgan. Ana shu yaratilgan asarlar shu zamonni kuylagan. Buni shu zamonning mohir sozanda va xonandalari yaratgan. Shunga mos cholg'u ijrochiligining, xonandalikning rivoji ko'rilgan.
M.Tojiboyevning ijodida musiqiy meroslarimizni o'rganish, yoshlarni ongiga singdirish va ularni sayqallashtirishga aloxida e'tibor berilganligini ko'rishimiz mumkin. Zero, musiqiy meros, bu xam bastakorlikning ijodiy mahsuli. Ya'ni, cholg'u va cholg'u ijrochiligi, xonanda va xonandalik san'ati rivoji nafaqat musiqiy merosini zamon talabida ijro etish, balki zamonaviy ijod bilan ham xarakterlanadi. Buning uchun an'anaviy musiqa janrlaridagi zamon ruhi bilan sug'orilgan yangi kuy va ashulalar ijod qilinishi lozim.
Shuningdek, ustoz M.Tojiboyevning ta'lim-tarbiya jarayonida darsni mazmunli o'tkazish uchun muntazam izlanishlar olib borganligi, o'quv jarayoni sifatini oshirishga, o'quv, ilmiy va amaliy qatlamlarning o'zaro mutanosibligini nazarda tutish - zamonaviy pedagogik faoliyatning asosiy talablariga rioya etganligini ko'rishimiz mumkin.
Ustozning o'qituvchilik metodikasi - bu shaxsning o'z tajribasidan o'tkazgan uslubiy tizimidir.
Bunda asosiy masala iste'dodga borib taqaladi. Bu borada milliy tarixiy tajribamizga suyanish maqsadga muvofiq. Masalan, Abu Nasr Farobiy (873-950) "Fozil odamlar shahri" asarida ustozga quyidagi talablarni qo'yadi:
- o'tkir zehinli va aqilli bo'lish;
- o'z bilganlarini shogirdlariga o'rgata olish;
I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
- haqiqat va adolatga rioya qilish;
- yolg'on va zo'ravonlikdan qochish va h.k.
Bu talablar bizning davrimizda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Musiqa san'atining ijrochilik mezoni bugungi kunda ijro amaliyotida sezilarli darajada rivoj topayotganligini kuzatish mumkin.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng xalqimizning, urf-odatlari, marosimlari, an'analariga berilayotgan e'tibor, ularni tiklash, saqlash va keyingi avlodga sofligicha etkazish yo'lida samarali harakatlar boshlandi. Ayniqsa, yurtimiz kelajagi bo'lgan yosh avlodni milliy an'analar, o'tmishimizga hurmat, tariximiz bilan g'ururlanish ruhida tarbiyalash masalalariga davlatimiz tomonidan e'tibor oshdi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "Biz iste'dodli yoshlarimizga bilim va kasb cho'qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz lozim". Haqiqatdan, yoshlarimiz uchun qanot bo'ladigan olim bu-bilimdir. Bilimlarni to'la va sifatli berishda asosiy mas'uliyat pedagog xodimlar zimmasiga tushadi. Yuqori malakali raqobatbardosh o'qituvchi kadrlarni tayyorlash, ularning kasbiy omilkorligini shakllantirish, o'qituvchilarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish dolzarb masala hisoblanadi. Bu borada "Ustoz-shogird" an'anasi yoshlarga saboq berishning o'ziga xos ko'rinishlaridan biridir.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, "Ustoz-shogird" an'analari umuminsoniy qadriyatlar bilan chambarchas bog'langan bo'lib, u shaxs kamolotini shakllantirishga yo'nalganligi bilan ahamiyatlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. H.Isroilova. An'anaviy hofizlik san'ati. -T., 2007;
2. Mahmudjon Tojiboyev. O'zME. T-harfi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil;
3. M.Ermatov. An'anaviy xonandalik. -T., 2003;
4. M.Rizayeva, Yosh xonandalarning kamoloti. Toshkent. 2003;
5. O'.Rasulov. An'anaviy xonandalikdan o'qitish metodikasi. -T., 2007;
6. S. Begmatov. Hofizlik san'ati. -T., «Musiqa», 2007.
636
http://oac.dsmi-qf.uz