Научная статья на тему 'O‘ZBEK MUSIQA SAN’ATINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI'

O‘ZBEK MUSIQA SAN’ATINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
53
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqiy meros / rivojlanish / cholg‘u ijrochiligi / milliylik / madaniyat / madaniy meros / xalq ma’naviyati / uzluksiz talim

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abubakirov Asfandiyor, R.Oripova

Mazkur maqolada mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimida o‘sib kelayotgan yosh avlodga boy madaniy merosimizni o‘rgatish va milliy qadriyatlarimizni singdirish muhim va dolzarb masalalardan biri sifatida e’tibor qaratilgan. Shu o‘rinda aytish joizki, milliy mumtoz musiqa va cholg‘u ijrochiligi san’atini o‘rgatish yosh avlodning ma’naviyati va madaniy ongini shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MUSIQA SAN’ATINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI»

O'ZBEK MUSIQA SAN'ATINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Abubakirov Asfandiyor R.Oripova

Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI

Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimida o'sib kelayotgan yosh avlodga boy madaniy merosimizni o'rgatish va milliy qadriyatlarimizni singdirish muhim va dolzarb masalalardan biri sifatida e'tibor qaratilgan. Shu o'rinda aytish joizki, milliy mumtoz musiqa va cholg'u ijrochiligi san'atini o'rgatish yosh avlodning ma'naviyati va madaniy ongini shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi.

Kalit so'zlar: musiqiy meros, rivojlanish, cholg'u ijrochiligi, milliylik, madaniyat, madaniy meros, xalq ma'naviyati, uzluksiz talim

DEVELOPMENT TENDENCIES OF UZBEK MUSICAL ART

Abubakirov Asfandiyar R.Oripova

UzINMA named after Yunus Rajabi

Abstract: This article is devoted to teaching our rich cultural heritage and instilling in the younger generation our national values in the system of continuous education of our country as one of the important and topical issues. It should be said here that teaching national classical music and the art of playing musical instruments is the main factor in the formation of spirituality and cultural self-awareness of the younger generation.

Keywords: musical heritage, development, instrumental performance, nationality, culture, cultural heritage, folk spirituality, continuous education

Xalqimizning ma'naviy hayoti, milliy qadriyatlari, millatimizning ko'p yillik an'ana va udumlari, shuningdek, ustoz-shogirdlik an'analari asosida bizgacha yetib kelgan milliy musiqiy merosimizga yuksak hurmat bilan munosabatda bo'lish, ularni chuqur o'rganish, keng targ'ib qilish hamda kelgusi avlodlarga munosib tarzda yetkazish borasida bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimida ham o'sib kelayotgan yosh avlodga boy madaniy merosimizni o'rgatish va milliy qadriyatlarimizni singdirish muhim va dolzarb masalalardan biri sifatida e'tibor qaratilgan. Shu o'rinda aytish joizki, milliy mumtoz musiqa va cholg'u

I icclT^^^^H 49 http://oac.dsmi-qf.uz

ijrochiligi san'atini o'rgatish yosh avlodning ma'naviyati va madaniy ongini shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2019-yilda tashkil etilgan prezident maktablari tajribasidan foydalangan holda yangi va zamonaviy maktablar qurish, mavjudlarini zamon talablari asosida moslashtirish yuzasidan Toshkent shahrining Sirg'ali tumanida joylashgan 329-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashriflari doirasida, maktabning musiqa sinfini ko'zdan kechirdilar. Ma'lumki, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan maktab dasturiga "Shaxmat saboqlari" o'quv mashg'uloti fan sifatida kiritilgan edi. Shu kuni Prezidentimiz musiqa xonasini ko'zdan kechira turib "Har bir o 'g 'il-qiz hech bo'lmasa bitta cholg'u asbobini chalishni bilishini istardim" degan fikrni ilgari surgan edilar. Ana shu fikrni amalga oshganligining isboti sifatida 2022-yil 2-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi №PQ-112-sonli Qarori e'lon qilinganligi xalqimizning madaniy hayotida muhim hodisa bo'ldi. Unda madaniyat va san'at sohasida iste'dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo'llab-quvvatlash, ta'lim muassasalarini milliy cholg'ular, musiqa darsliklari, nota to'plamlari va o'quv-metodik adabiyotlar bilan ta'minlashning yaxlit tizimini yaratishga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, bu kelgusida milliy mumtoz musiqa san'atini xalqimiz orasida keng ommalashishi hamda mazkur san'at turi bo'yicha ko'plab iste'dodli yoshlarni kashf etish imkonini beradi. Haqiqatan ham milliy mumtoz musiqa insonning barkamol voyaga yetishida va uning jamiyat hayotida faol ishtirok etishida muhim omillardan bo'lishi ilmiy va amaliy jihatdan o'z isbotini topgan.

Mazkur Qarorda 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq 2022-2023 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirilishi belgilandi. Jumladan, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahoratini o'rgatilishi hamda bu haqda ularning ta'lim to'grisidagi hujjatiga tegishli qayd kiritilishi, shuningdek, 20232024 o'quv yilidan boshlab esa o'quvchilarning har biri milliy cholg'ulardan kamida uchtasida kuy ijro eta olish qobiliyatiga ega bo'lishini ta'minlash musiqa fani o'qituvchilari uchun majburiy hisoblanishi belgilandi.

Ushbu Qaror ijrosini ta'minlash bo'yicha umumiy o'rta ta'lim muassasalarida milliy cholg'ularda ijro etish mahoratini o'rgatishni yo'lga qo'yish borasida avvalo milliy musiqa san'ati sohasi mutaxassislari tomonidan quyidagi vazifalarni bajarish eng dolzarb ishlar qatorida bo'lmogi lozim:

1) umumta'lim maktablarini milliy musiqa bo'yicha mutaxassis o'qituvchilar bilan ta'minlashni kuchaytirish;

2) umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun zamon talablari asosida qo'shimcha milliy musiqa qo'llanmalarini yaratish;

3) boshlang'ich milliy musiqa hamda maqom tarixi, nazariyasi va madaniyati asoslari bilan tanishtirish;

4) musiqiy qobiliyatga ega iqtidorli o'quvchilarni tanlash va tarbiyalashni kengaytirish;

5) o'quvchilarda o'z qiziqishlariga ko'ra muayyan milliy cholg'u turi shuningdek, qo'shiqchilik bo'yicha ijrochilik ko'nikmasini shakllantirish.

Bularni amalga oshirish umumiy o'rta ta'lim muassasalarida milliy cholg'ularda ijro etish mahoratini o'rgatishni yo'lga qo'yish imkonini beradi.

Hozirgi kunda Republikamizda faoliyat yuritayotgan maktabdan tashqari ta'lim muassasalari jumladan, uch yuzga yaqin Bolalar musiqa va san'at maktablari va yuzlab o'smirlar ijodiyoti saroylari, markazlari, madaniyat uylari, klublar va studiyalarda ham milliy cholg'ularda ijro etish mahoratini o'rgatish ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Bu ta'lim jarayonida o'quvchilar individuallashtirilgan va tabaqalashtirilgan musiqa ijrochiligi ta'limini olishmoqda, muayyan cholg'u turi va ijrochiligi bo'yicha mahorat sirlarini o'rganishmoqda. Ularning yakka tartibdagi ehtiyojlari qondirilmoqda. Ayni paytda maktabdan tashqari musiqa ta'limi bo'yicha yoshlarni qamrab olishni yanada kengaytirish ham umumiy o'rta ta'lim muassasalarida milliy cholg'ularda ijro etish mahoratini o'rgatishni yo'lga qo'yish masalasini samarali hal qilish imkonini beradi.

Maktabdan tashqari musiqa ta'limi noyob tizim, bugungi kunda uning imkoniyatlaridan keng foydalanish bo'yicha quyidagi dolzarb vazifalarni bajarish orqali kutilgan natijaga erishish mumkin:

1) maktabdan tashqari milliy musiqa ta'limining yangi avlod darsliklari va o'quv qo'llanmalarini yaratish;

2) maktabdan tashqari milliy musiqa ta'limida milliy cholg'ular turlari hamda qo'shiqchilik bo'yicha saboq berishni kengaytirish;

3) maktabdan tashqari milliy musiqa ta'limini professional kadrlar bilan ta'minlashni kuchaytirish;

4) maktabdan tashqari musiqa ta'limi bilan o'quvchilarni yanada kengroq qamrab olish.

Bularni amalga oshirish maktabdan tashqari musiqa ta'limi orqali umumiy o'rta ta'lim muassasalarida milliy cholg'u ijrochiligi san'atini o'rgatishni rivojlantirishga ko'mak beradi. Albatta, buning uchun uzviy va uzluksiz ravishda milliy musiqa ta'limini rivojlantirib borish lozim bo'ladi. Shuningdek, jamiyatda milliy mumtoz musiqa va maqom san'atini yanada keng targ'ib qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Zero, umumiy o'rta ta'lim jarayonida amalga oshiriladigan milliy cholg'ularda ijro etish mahoratini o'rgatishni yo'lga qo'yish yosh avlodning bilim doirasi va dunyoqarashini kengaytirishga, uning madaniy ongini rivojlantirishga, axloqiy fazilatlarini yuksaltirishga shuningdek, layoqati, iqtidori va qobiliyatini ro'yobga chiqarishga mustahkam zamin yaratadi.

O'zbek musiqa san'ati asrlar osha o'zbek xalqi tomonidan ulug' ma'naviy qadriyat sifatida ardoqlab kelingan. U yillar osha og'zaki uslubda shakllanib, rivojlanib kelgan, xalq orasidan ajoyib bastakorlar, ijrochilar yetishib chiqqan. O'zbek musiqa ijodkorligi asosan bastakorlik uslubida shakllanib kelgan. Hozirgi davrga kelib esa o'zbek musiqa san'atida Yevropa musiqa nazariyasiga asoslangan kompozitorlik uslubi ham keng rivojlandi va bu uslubda o'zbek kompozitor-bastakorlari ham ko'plab musiqa durdonalarini yaratmokdalar. Kompozitorlarning asosiy ijod manbai bu xalq musiqasidir. O'zbek bastakor va kompozitorlari ana shu cheksiz manbadan foydalanib musiqa san'atining turli janrlarida ijod qilmoqdalar.

Yangilanayotgan jamiyatda milliy qadriyatlarni tiklash, shaxs ma'naviyatini yuksaltirishga doir yuqoridagi vazifalar sog'lom ijtimoiy muhitning qaror topishi, fuqarolar ma'naviy-axloqiy yetukligini ta'minlash masalasining davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi, ta'lim-tarbiyaning maqsadli, tizimli, uzluksiz va izchil olib borilayotganligi, yosh avlod imkoniyatlarining amalga oshirilishiga yo'naltirilganligi kabi omillarning yuzaga chiqishi bilan amalga oshiriladi.

Mazkur omillar o'quvchining shaxsiy imkoniyatlari, salohiyati, ma'naviy-axloqiy sifatlari, shu bilan birga ruhiy holatini tarbiyalashda ham o'ziga xos o'ringa ega.

Xalq urf-odatlari va an'analari xalqimizning o'zi kabi umrboqiy, mehridaryodir. Yurtimizning har bir go'shasida o'ziga xos marosimlar, oilaviy-maishiy va mehnat bilan bog'liq an'analar, momolarning mehr bulog'idan qaynab chiqqan orombaxsh alla-yu olqishlar mavjud. Xalq marosimlari jo bo'lgan asriy qadriyatlar, ma'naviyat ko'zgusiga aylangan qanotli orzular, folklor ijrochilarining ko'p asrlar davomida yaratgan ijodiy faoliyati natijasida sayqallanib, barkamollashib kelgan qadimiy urf-odatlar va an'analarni o'rganish milliy qadriyatlarimiz mohiyatini yanada teranroq anglash, tushunish imkonini beradi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarni tiklash, unutilgan an'analarni keng ommalashtirish va ularni chuqur o'rganish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

O'zbek xalqining urf-odat, an'ana va marosimlariga alohida e'tibor berilishi ma'naviy tiklanish jarayoni jadal kechayotgan hozirgi kunda muhim ahamiyatga ega. Chunki yoshlarni yangicha ruhda tarbiyalash, ularning ongiga milliy mustaqillik g'oyalarini chuqurroq singdirish, ajdodlarimiz yaratgan qadriyatlar mohiyatini keng targ'ib qilishda an'ana va marosimlar mohiyatini anglash, ularni chuqurroq tushuntirish milliy istiqlol g'oyasini keng omma orasiga yoyishning ta'sirchan

I icclT^^^^H 52 http://oac.dsmi-qf.uz

vositalaridan biri hisoblanadi. O'zbek xalq musiqa ijodi fani o'zbek xalqining an'analarga boy va badiiy barkamol musiqa ijodi namunalarini o'rgatadi hamda yosh avlodda o'tkir did, yuqori badiiy saviya va nafis tuyg'ularni shakllantiradi. Xalq kuy va qo'shiqlarini o'rganish jarayoni, ko'p asrlik qadriyatlarimizning qayta tiklanishi muammosi yillar davomida o'rganib kelinmoqda. Bunda xalq tomonidan yaratilgan xalq o'g'zaki ijodiyotining professional janri, ularning yaratilish tarixi, nisbatan murakkab janrlar, og'zaki an'anadagi professional musiqa tarixi va ko'p asrlar davomida rivojlanib kelayotgan o'zbek musiqa madaniyatiga ta'siri juda ham katta.

O'quvchilarda milliy kuylarni idroklash, xalq musiqa janrlarining tuzilishi va ijro etilishi bilan birga nazariy va amaliy ko'nikma hosil etish maqsadida mashg'ulotlarning bir necha turlari: jumladan, faol va noan'anaviy shakllari tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ortiqov N. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida o'quvchi shaxsini axloqiy shakllantirish. Ped. fanl. dokt. ... diss. -T., 2000. - 305 b.

2. A.Jabborov. T.Solomonova. Kompozitorti i muztikovedbi Uzbekistana. Tashkent. 1975.

3. A. Jabborov. O'zbek bastakor va musiqashunoslari. Toshkent.2004.

4. Yu.Rajabiy. I. Akbarov. O'zbek xalq musiqasi tarixi, (O'qituvchi). 1981 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.