Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA IJROCHILIK MAHORATINI OSHIRISH BOSQICHLARI (TRUBA CHOLG‘USI MISOLIDA)'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA IJROCHILIK MAHORATINI OSHIRISH BOSQICHLARI (TRUBA CHOLG‘USI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
27
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
tarix / Milliy musiqa / madaniyat / san’at / sozanda / cholg‘u / ijro

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Farxod Abdullayev

Milliy musiqa madaniyatimizni har qachongidan chuqurroq va atroflicha o‘rganish, uni halq ichida keng targ‘ib qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Mustaqillik davrida O‘zbekiston musiqa san’ati boshqa badiiy san’at turlari kabi, o‘zbek halqining noyob san’ati sifatida, o‘zining yangidan uyg‘onish rivojlanish davrini boshladi va endilikda jahondagi ilg‘or musiqa madaniyatlari bilan hamnafas qamolot cho‘qqilariga intilmoqda. OTMning maqsadi yosh sozandalarni truba cholg‘usining ijro uslub va usullarini to‘g‘ri o‘rgatish, uning ijrochilik texnikasini mukammal darajada o‘zlashtirish hamda ijrochining umumiy musiqiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha yordam berishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA IJROCHILIK MAHORATINI OSHIRISH BOSQICHLARI (TRUBA CHOLG‘USI MISOLIDA)»

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA IJROCHILIK MAHORATINI OSHIRISH BOSQICHLARI (TRUBA CHOLG'USI MISOLIDA)

Farxod Abdullayev O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Milliy musiqa madaniyatimizni har qachongidan chuqurroq va atroflicha o'rganish, uni halq ichida keng targ'ib qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Mustaqillik davrida O'zbekiston musiqa san'ati boshqa badiiy san'at turlari kabi, o'zbek halqining noyob san'ati sifatida, o'zining yangidan uyg'onish - rivojlanish davrini boshladi va endilikda jahondagi ilg'or musiqa madaniyatlari bilan hamnafas qamolot cho'qqilariga intilmoqda. OTMning maqsadi -yosh sozandalarni truba cholg'usining ijro uslub va usullarini to'g'ri o'rgatish, uning ijrochilik texnikasini mukammal darajada o'zlashtirish hamda ijrochining umumiy musiqiy tafakkurini rivojlantirish bo'yicha yordam berishdir.

Kalit so'zlar: tarix, Milliy musiqa, madaniyat, san'at, sozanda, cholg'u, ijro

STEPS OF IMPROVING PERFORMANCE SKILLS IN HIGHER

EDUCATION INSTITUTIONS (EXAMPLE OF PIPE INSTRUMENT)

Farkhod Abdullayev State Conservatory of Uzbekistan

Abstract: A deeper study than ever before of our national musical culture and its popularization among the people is one of the urgent tasks of our time. During the period of independence, the musical art of Uzbekistan, like other types of art, as a unique art of the Uzbek people, began a period of its revival and development, and at present it has matured in line with the leading musical cultures of the world, striving for its heights. The purpose of university is to teach young musicians the correct techniques and methods of playing a wind instrument, to master the technique of its performance to perfection, and to contribute to the development of the general musical thinking of the performer.

Keywords: history, national music, culture, art, musician, instrument, performance

Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so'ng tariximiz, o'tmishimiz hamda o'zligimizga yaxshiroq nazar sola boshladik. Yurtboshimiz tashabbuslari bilan milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va madaniy merosimizga, san'at olamiga kerakli o'rin tutgan o'zbek va jahon musiqasi, ayniqsa musiqa cholg'ulariga e'tibor yanada

kuchaydi. Bu o'rinda azaliy an'analarimizni tobora to'laroq tiklash, moddiy va nomoddiy madaniy merosimiz durdonalarini, shu jumladan, musiqa merosimizni mufassal o'rgana borish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uni yosh avlodlar tomonidan ilmiy, nazariy asoslarini o'rganish hamda ijodiy-amaliy jixatdan puxta o'zlashtirish uchun so'ngi yillarda barcha zaruriy shart-sharoitlar yuzaga kelganini e'tirof etish lozim.

Milliy musiqa madaniyatimizni har qachongidan chuqurroq va atroflicha o'rganish, uni halq ichida keng targ'ib qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Binobarin, o'zbek musiqa madaniyati va uning asosiy qismlaridan biri bo'lgan musiqa cholg'ulari va cholg'u musiqasi qadim-qadimdan boy va murakkab tasviriy imkoniyatlarga egadir. Ular barcha halqlar musiqasi qabi o'ziga xos tarixi va an'analarga boy. Asrlar osha bizgacha yetib kelgan milliy cholg'ularimiz va cholg'u musiqamizning ajoyib namunalari o'zining rang-barang jilosi, ohangrabo kuylari kishilarga olam-olam shavq-zavq va xuzur bahshida etmoqda.

O'zbek sozandachilik san'atida ko'p cholg'ular qatori Yevropa musiqa madaniyatiga xos misli puflama-damli cholg'ulari alohida o'rin tutadi. Ushbu cholg'ular yurtimizga XIX asrning ikkinchi yarmida kirib keldi. O'zbekistonda misli puflama-damli cholg'ular XIX-XX asrlar davri taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatlari, rivojlanish yo'llari; ularning milliy madaniyatimizdagi o'rni va mavqeilarini aniq belgilash ancha murakkab, shu bilan birga bahsli masalalardan biridir. Darhaqiqat, ushbu cholg'ular hozirgi kunda O'zbekiston ijrochilik san'atining o'ziga xos sohalaridan biri bo'libga qolmay, milliy mafkuraning rivoj topishida ma'naviyatimizning muhim jabhalaridan biriga aylanayotir.

Mustaqillik davrida O'zbekiston musiqa san'ati boshqa badiiy san'at turlari kabi, o'zbek halqining noyob san'ati sifatida, o'zining yangidan uyg'onish - rivojlanish davrini boshladi va endilikda jahondagi ilg'or musiqa madaniyatlari bilan hamnafas qamolot cho'qqilariga intilmoqda. Hozirgi kunda teatrlarimiz, ko'povozli ijrochilik jamoalarimiz o'zbek halqining barkamol san'atini shon-shuxratini, beqiyos ijrochilik mahoratini nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo bo'ylab namoyish qilmoqdalar. Respublikamizda simfonik, estrada-simfonik, djaz , puflama-damli orkestrlari faoliyat qo'rsatmoqda. Ularning tarkibida misli puflama-damli cholg'ular bo'lmish truba, valtorna, trombon, tuba hamda yog'och-damli cholg'ular: klarnet, goboy kabi cholg'ular o'rin olgan. Ushbu cholg'ular bolalar musika maktablari, akademik litsey va kollejlari hamda O'zbekiston davlat konservatoriyasi o'quv jarayonida kiritilgan bo'lib, ularning ijrochilik uslub va usullari ta'lim muassasalarida o'zlashtirilmoqda. Bu cholg'ular ijrochilarning Respublika hamda Xalqaro miqyosida tanlovlar o'tkazilmoqda va ushbu tanlovlarda O'zbekistonlik sozandalari muvaffaqiyat bilan qatnashib, nufuzli o'rinlarni egallashlari fikrimizning yaqqol dalilidir.

Rossiya imperiyasi hukumronligi sharoitida (XIX-XX asrlar kesimida) tashkil topgan Turkiston o'ikasi muhiti o'zgacha rivoj olib kelgan: birinchidan, an'anaviy musiqa san'ati va ijrochiligi ularning namoyandalari faoliyatlari bilan bog'liqligi. Ikkinchidan Yevropa musiqa madaniyatining o'ikaga kirib kelishi, uning mahaliy musiqaga ta'siri va ularga turli tabaqalarning munosabati. Uchinchidan, rus va xorijiy kompozitor va san'atkorlarning o'zbek an'anaviy musiqasi namunalari to'plab yozib olish va ularni o'z ijodlarida, ya'ni yangi musiqa asarlari yaratishida qo'llash. To'rtinchidan, mahaliy aholi orasida Yevropa, jumladan, rus musiqasini targ'ib etish hamda turli musiqa jamiyatlari va to'garaklari orqali Yevropa musiqa cholg'ularini o'zlashtirilishi bilan bog'liqdir.

Hozirgi Markaziy Osiyo hududlaridagi Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklari chor Rossiyasi harbiylari tomonidan zabt etilishi, ular bilan birgalikda misli puflama-damli va urma-zarbli cholg'ulardan iborat rus harbiy damli cholg'ular (duxovoy) orkestri ham kirib kelgan. Chunki XIX asrning ikkinchi yarmida rus istilosi-mustamlakachilik davri taqazosiga ko'ra o'lkamizga muntazam ravishda rus madaniyati, shu jumladan, rus xarbiy damli cholg'ulari orkestri kirib kela boshladi; halqlar o'rtasida madaniy munosabatlarning rivojlanishiga shart-sharoitlar tug'ildi. Natijada o'zbek musiqasining yangi qirralarining ochilishiga zamin yaratildi. Mahalliy aholini rus musiqa san'ati bilan yaqindan tanishuvi, avvalo harbiy orkestr orqali bo'ldi. Orkestrlar asosan harbiy paradlarda yoki rus pasxalarida, podshoxning tug'ilgan kunida yoki taxtga o'tirishlaridagina, keyinchalik Toshkentda, istiroxat bog'lari ochilganida ular muntazam ravishda ishtirok etib, turli musiqa asarlarni, asosan ommabop bo'lganlarini ijro etishgan. Harbiy orkestrlar o'zbek sayillarida, ko'rgazmalarda, bozorlarda ham chalinadigan bo'ldi, ularning repertuarlarida ko'proq qayta ishlangan o'zbek kuylarini (orkestrga moslashgan) ijro etishga iltilganlar (maqsad mahalliy halqni ushbu jamoaga va musiqaga jalb qilishdir). Ushbu faoliyat ko'proq harbiy kapelmeysterlar - Avgust Eyxgorn, Vyacheslav Leysek, Nikolay Mironov va boshqalar xizmati bilan bog'liqdir. Ular nafaqat o'zbek kuylarini damli orkestr uchun qayta ishlash, balki mahalliy aholi orasida iste'dodli yoshlarni puflama-damli cholg'ularda chalishni o'rgatish, ijro uslublarini o'zlashtirish ishlarini ham olib bordilar. Toshkentda "Musiqa jamiyati" qoshida tuzilgan havaskor musiqa to'garaklarida bu ishlar amalga oshirildi. Aholi orasida truba va klarnet kabi cholg'ular o'zining jarangdorligi bilan ajralgan bo'lib, yetakchilik qilgan va ushbu cholg'ular yoshlar tomonidan o'zlashtirilgan.

XIX-XX asrlar kesimida Turkiston o'lkasi mahalliy xalqi orasida rus va xorijiy cholg'u musiqasi bilan tanishtirgan rus harbiy orkestri katta ahamiyat kasb etadi. Orkestr yoz paytlari madaniyat istiroxat bog'larida, qishda esa klub va tsirklarda kontsertlar namoyish etgan. Bunday orkestrlar Turkistonning ko'pgina shaharlarida mavjud bo'lgan.Kapelmeysterlar faqatgina orkestr rahbari va dirijyor emas, balki o'zbek halq ko'shiqlari va cholg'u kuylarini orkestrga moslab, orkestr repertuarlariga

kiritganlar. Targ'ibot va, ayniqsa keng ommaga professional musiqa ta'limi bilan tanishtirib, o'zbek musiqa madaniyatining yanada rivojlanishiga katta xissa qo'shganlar.1

XX asr boshlariga kelib, Toshkentda havaskor va professional simfonik orkestrlari tashkil etilishi simfonik kontsertlar qo'yish imkoniyatini berdi. Bundan tashqari o'zbek sozandalaridan tashkil topgan damli cholg'ular orkestri faol xizmat qilgan (kinoteatrlar ochilishi va ularning faoliyatlarida damli cholg'ulari orkestrlari xizmat qilgan). Masalan, Marg'ilonda Dersen kinoteatrida o'zbek sozandalar tarkibidan tuzilgan damli cholg'ular orkestri faoliyat ko'rsatgan, uning rahbari va dirijyori Kurbon Choriev (klarnet) bo'lgan. 1918 yili Toshkentning eski shahar o'zbek maktablari qoshida bir necha damli cholg'ular orkestrlari tashkil qilinib, ularga harbiy asirlar ta'lim berishgan, jumladan, kapelmeyster G.Pestryakov o'zbek bolalariga damli cholg'ulari ijro usullarini o'zlashtirish hamda orkestr tuzilishida faoliyat ko'rsatgan. Toshkentda Turkiston halq konservatoriyasi ochilishida (1918), musiqa fanlari ta'limi orasida, puflama-damli cholg'ulardan ham saboq berishgan, uning tinglovchi-talabalari muntazam ravishda damli cholg'ular kontsertlarida qatnashib kelishgan. Keyinchalik puflama-damli cholg'ulardan ta'lim berish musiqa bilim yurtlari (texnikumlar, 1923-1924) hamda yuqori professional ta'lim maskani bo'lmish, Toshkent konservatoriyasida (1936) orkestr cholg'ulari fakultetida puflama-damli cholg'ulari ta'limi ham o'rin olgan. Shu bois misli puflama-damli cholg'ular bo'yicha ta'lim berish, ushbu cholg'ularning turli ijrochilik jamoalari tarkibida ishtirok etilishi, ularga bo'lgan e'tiborni yanada rivojlantirdi.

Hozirgi O'zbekiston musiqa madaniyatini puflama-damli cholg'ular va damli cholg'ular orkestrlarisiz tasavvur qilish qiyin, chunki mamlakatimizda ko'p ovozli musiqani kirib kelishi ham ushbu jamoalar faoliyati va ular rahbarlari bo'lmish dirijyor-kapelmeysterlar ijodi bilan bevosita bog'liq bo'lgan. Puflama-damli cholg'ular ijrochiligi musiqa ta'limi tizimida mustaqil o'rnashib olgan va shu yillar davomida ko'pgina yetuk ijrochi - sozandalardan dirijyorlar yetishib kelingan.2 Damli cholg'ular - professional va havaskor shaklida - Respublikamizning o'quv yurtlari, turli korxona, madaniyat boshqarmalari, harbiy qismlar, mudofaa hamda ichki ishlar vazirliklari qoshida, ayrimlari"milliy", "xalq", "namunaviy-ko'rgazmali" orkestri maqomiga ega bo'lib, faoliyat ko'rsatib, mamlakatimiz musiqa hayotini yanada rivojlantirishda katta hissa qo'shmoqda.Shular orasida O'zbekiston Respublikasi

U.Karimjon Azimov. O'zbekiston dirijyorlari. Toshkent, 2001. Farhod Abdullaev. O'zbekistonda damli cholg'ular orkestri tarixidan. "moziydan sado", 2016. № 1, 38-40 b.

2Ikkinchi jahon urushi yillarida Qo'qon shahriga 1-sonli Moskva harbiy musiqa maktabi ko'chirib keltirilgan edi. Ushbu maktabga Moskva, Odessa va Kishinyov konservatoriyalarining yetakchi professor-o'qituvchilari qobiliyati bor bolalarni tanlab olib, ularga damli cholg'ular bo'yicha boshlang'ich musiqa ta'limidan saboq berishgan, ularning orasidan taniqli sozandalar va dirijyorlar yetishib chiqqan. Jumladan, Narimon Alimov (dirijyor), Po'lat Xoliqov (kompozit or, dirijyor), O'ktamjon Saidjonov (harbiy dirijyor), Muhammadjon Odilov (sozanda, dirijyor), Umidjon G'ubaev (harbiy dirijyor), Yo'ldoshboy Ergashev (dirijyor, o'qituvchi) va b.

Mudofaa vazirligi Alohida namunaviy-ko'rgazmali harbiy damli orkestri, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining namunaviy-ko'rgazmali harbiy orkestri, O'zbekiston davlat konservatoriyasi talabalar damli orkestri, V.Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqa maktabining damli cholg'ular orkestri, Namangan musika bilim yurtining damli cholg'ular orkestri va b. Qator damli orkestrlar xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, sovrindor bo'lishgan.

Ushbu san'atning shakllanishi va rivojlanishi ta'lim, ijod va ijro masalalari bilan bog'liq. Yurtimizda misli puflama cholg'ulari bo'yicha professional ta'lim bilan hozirgi kunda bolalar musiqa va san'at maktablari, akademik litseylari, san'at va musiqa kollejlari (boshlang'ich va o'rta mahsus ta'lim yo'nalishi) hamda oliy bosqichi, O'zbekiston davlat konservatoriyasi shug'ullanib kelmoqda. Damli cholg'ular ijrochilik san'ati boshqa sohalar kabi ma'naviy barkamol insonni tarbiyalashda o'ziga xos o'rin tutadi. Chunki O'zbekiston madaniy hayotida ushbu ijrochilik san'ati muhim axamiyat kasb etadi va u respublikamizda professional ijrochilik yo'nalishini yuksalishiga barakali hissa qo'shib kelmoqda.

Bizning maqsad - yosh sozandalarni truba cholg'usining ijro uslub va usullarini to'g'ri o'rgatish, uning ijrochilik texnikasini mukammal darajada o'zlashtirish hamda ijrochining umumiy musiqiy tafakkurini rivojlantirish bo'yicha yordam berishdir.

Xozirgi kunda O'zbekiston musiqa ta'limi tizimida bolalar musiqa va san'at maktablari, akademik litsey, musiqa va san'at kollejlari hamda oliy maskan -konservatoriyada puflama-damli cholg'ulari ta'limi bo'yicha truba cholg'usining ijro texnikasini o'zlashtirish o'ziga hos bosqichlaridan iborat: boshlang'ichda - truba cholg'usi bilan tanishish, ijrochilikga xos nafas va chalish uslublarini egallash; oddiy mashqlar orqali o'quvchilar uchun mo'ljallangan asarlarni o'zlashtirish; o'rta mahsus ta'limida - truba cholg'usi ijrochilik mahoratini takomillashtirish, ma'lum darajada mukammallikka erishish; oliy ta'limda asosan murakkab ijrochilik texnikani yanada mukammallashtirish, murakkab va yirik musiqa janrdagi asarlarni o'rganish va talqin etish; truba cholg'usida yakkasoz, ansambl va orkestr jamoalarda (damli, kamer, simfonik) ijrochilik mahoratini oshirish hamda professional truba ijrochisi sifatida shakllantirishdir.

Shu bois ijrochilik mahorat maktabi ikki qismdan iborat bo'lib, har biri o'z mavqei va qo'yilgan vazifasi orqali amalga oshiriladi.

Birinchi qism konservatoriyaning dastlabki 1-2 yili o'qish jarayoniga mo'ljallangan (bakalavr ta'limining 1-2 bosqichi) va o'zlashtirish qiyinligi o'sishi nuqtai nazari bo'yicha tuzilgan. Uni boshidan to oxirigacha bosqichma- bosqich berilgan manbalarni - texnik mashqlar, etyudlar va dasturda qo'rsatilgan musiqa asarlarini o'rganish va o'zlashtirish taqazo etadi (ayrim hollarda talabaning individual imkoniyatlarini e'tiborga olgan holda ba'zi o'zgarishlarni kiritish, berilgan dastur tartibidan chekinishlar ham bo'lishi mumkin).

Ikkinchi qism (bakalavr ta'limi 3-4 bosqichlari) - o'z ichiga bir necha bo'limlarni kamrab olgan; har birida ayrim ijrochilik texnikasi usullarini o'zlashtirishi uchun mo'ljallangan namunalar (texnik mashqlar va etyudlar; mukammal va yirik shakldagi musiqa asarlari, jumladan, Yevropa klassik va zamonaviy kompozitorlari hamda O'zbekiston kompozitorlari damli cholg'ular (ayniqsa, truba cholg'usi) uchun asarlari) tavsiya etiladi. Bu bo'lim konservatoriyaning yuqori kurslar talabalari uchun hamda yakuniy, bitiruv imtihonini nazarga olib, truba sinfi o'qituvchisi har bir talabaning tayyorgarligi, bosqichma - bosqich o'zlashtirilgan dasturi, talaba imkoniyatlari hamda ta'limning ma'lum bosqichlari vazifalarini hisobga olgan holda, truba cholg'usi uchun turli janrlardagi musiqa asarlarni tanlab berishi lozim.

Truba cholg'usini uslublarini o'rganish va uning ijro uslublarini yosh avlodga o'qitishdan asosiy maqsad - o'zbek musiqasi istiqbolini milliy va umumbashariy mumtoz an'analariga bevosita bog'lash hamda yangi musiqiy tafakkurni barpo etishda o'ziga xos ijrochilikni ustivor yo'nalishi etib belgilashdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish-halqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvidagi ma'ruzasidan. "Teatr" jurnali, 4 son, 2017y.

2. "O'zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 3178-son qarori. Toshkent, 2017y.

3. Abdullaev F.R. "O'zbekistonda damli cholg'ular orkestri tarixidan. "Moziydan sado" jurnali. 1 son, 2016y.

4. Azimov K.T. "O'zbekiston dirijyorlari" Toshkent, 2001 y.

5. Арбан Ж.Б.. "Школа игры на трубе". M.: Музыка, 1990г.

6. Баласанян С. "Школа игры на трубе". 3-e изд. M.: Музыка, 1988y

7. Nazarov I. "Очерки по методике обучения игре на скрипке". Л.: Музыка, 1996г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.