Научная статья на тему 'TANOVARLARNING YARATILISH TARIXIGA BIR NAZAR'

TANOVARLARNING YARATILISH TARIXIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
947
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tanovar / kuy / qo’shiq / g’azal / san’at. / Dance / melody / song / poem / art.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mukarramxon Saydullayeva

Ushbu maqolada Farg’ona vodiysiga xos bo’lib ushbu hududda yaratilgan tanovarlar haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A LOOK AT THE HISTORY OF THE CREATION OF TANOVARS

This article is about the Fergana Valley and the Tanovars created in this area.

Текст научной работы на тему «TANOVARLARNING YARATILISH TARIXIGA BIR NAZAR»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 _ISSN: 2181-1601

TANOVARLARNING YARATILISH TARIXIGA BIR NAZAR

Mukarramxon Saydullayeva

O'zDSMI FMF "Folklor va etnografiya" yo'nalishi 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Farg'ona vodiysiga xos bo'lib ushbu hududda yaratilgan tanovarlar haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Tanovar, kuy, qo'shiq, g'azal, san'at.

A LOOK AT THE HISTORY OF THE CREATION OF TANOVARS

ABSTRACT

This article is about the Fergana Valley and the Tanovars created in this area.

Keywords: Dance, melody, song, poem, art.

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin o'zbek xalqi milliy qadriyatlari, milliy madaniyati o'zining betakror san'ati, mumtoz maqom ashulalari, Xalq og'zaki ijodi, vaxolangki barcha san'at janrlari qaytadan jonlanib, tiklanib bormoqda. O'zbek xalqining musiqa boyliklarini to'plash va o'rganish, uni yosh kelajak avlodlarimizga o'rgatish, ustoz - shogird an'analarini izchil davom ettirish hozirgi kunda muxim va dolzarb vazifalarimizdan biridir.Ushbu musiqa va san'at boyliklaridan ijodiy foydalanish uchun ularni har tomonlama chuqur va mukammal o'rganish lozim. Shuningdek, Farg'ona vodiysi san'ati durdonalaridan bo'lmish "Tanovar" turkumiga kiruvchi qo'shiqlarning o'rni ham beqiyosdir.

Tanovar...tanovar...Tanovarlar asosan Farg'ona vodiysiga xos bo'lib ushbu hududda yaratilgan. Ushbu yaratilgan qo'shiqlar buyuk ustozlar tomonidan ijro etilgan. Farg'ona vodiysida yashab ijod etgan, O'zbekiston Xalq xofizlari Mamatbuva Sattorov, Boltaboy Rajabov, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqovlar, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Tavakkal Qodirov, Isroiljon Usmonov, Jalolxon Oxunov, Murodjon Axmedov, Boboraxim Mirzayev, Mexri Abdullayeva, Raxima Mazoxidova,Xabiba Oxunova,Tursunoy Mamedova va yana ko'plab san'at ustalari "Tanovarlar" turkumidagi asarlarni mahorat bilan ijro etib, ushbu qo'shiqlarni mumtoz merosimiz darajasiga etishiga o'zlarining buyuk xissalarini qo'shganlar. Xurmatli kitobxon, endi "Tanovar" so'zi qanday ma'noni anglatadi degan savol tug'ilishi tabiiy. Tanovar so'zi -qalblarni, tanni yayratuvchi,xuzur bag'ishlovchi degan ma'noni anglatadi. "Tanovarlar turkumiga kiruvchi qo'shiqlar 13 - ta bo'lib ular quyidagicha nomlanadi:

1. Tanovar - 1.

2. Tanovar - 2.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 ISSN: 2181-1601

3. Tanovar - 3.

4. Tanovar - 4

5. Qadimgi tanovar.

6. Marg'ilon tanovari.

7. Yovvoyi tanovar.

8. Farg'onacha jonon.

9. Namangan tanovari.

10. Gulbaxor tanovar.

11. Sumbula.(tanovar).

12. Yangi tanovar.

13. Andijon tanovari.

Tanovarlar turkumiga kiruvchi barcha qo'shiqlar ustoz shogird an'nasida, og'izdan og'izga ko'chib yakka ijroda keyinchalik jamoada kuylangan holda bizning davrimizga etib kelgan. Xozirda ushbu asarlar respublikamizdagi mavjud bo'lgan ansambllar, xalq ansambllari, maqom yo'nalishidagi,folklor yo'nalishidagi ansambllar, barcha xofiz va xonandalar tomonidan sevib kuylab kelinmoqda.Ushbu turkum qo'shiqlarni ko'plari Muqimiy g'azali bilan kuylanadi. Ko'plari xalq so'zi bilan kuylanadi.

Tanovar. Muqimiy g'azali.

Endi sendek jono, jonon qaydadur,

Ko'rib gul yuzingni bog'da bandadur.

Saqlay ishqing toki jonim tandadur,

O'zim har joydaman, kunglim sandadur.

Har bir qo'shiqda takror takror keluvchi," o'zim har joydaman ko'nglim sandadur"radifi tanovar qo'shiqlariga o'zgacha joziba, o'zgacha fayz berib qo'shiq tasirchanligini oshiradi. Mana shu so'zlar san'atsevar xalqimiz qalbidan o'rin olgan. Shu joyda Marg'ilon tanovori haqidagi bir rivoyatni xikoya qilishni joiz deb topdim, qissadan xissa chiqarish har bir o'quvchini o'ziga xavola deb o'ylayman.

Juda qadim qadim zamonlarda Farg'ona, Marg'ilon, Qo'qon tomonlardagi so'lim qishloqlardan birida bir yigit bilan bir qiz yashagan ekan. Ularning oilasi oddiy oilalardan bo'lib, dexqonchilik bilan tirikchilik qilishar ekan. Yigitning ismi Yusufjon,qizning ismi Adolatxon edi.ular voyaga etishib bir birini sevishib turmush qurishga axdu paymon qilishibdi.Lekin ularni muxabbatlari,baxtli kunlari uzoqqa cho'zilmabdi. Zamona zayli bilan qizni otasi o'z jigarbandini oxu nolasiga qaramay uni bir boyga beshinchi xotin qilib uzatibdi. Chorasiz qolgan yigit dod faryod chekib, g'am anduxga botibdi. Lekin nachora taqdirga tan bermay iloji yo'q... Bir tomoni kambag'alchilik, yo'qchilik, chorasizlik....Badavlat boyga teng kelib bo'larmidi. Shundan keyin Yusufjon muxabbat dardida devona bo'ldi. So'ng qaylargadir bosh olib ketib qoldi.Uni qayoqqa, qay manzilga ketganini xech kim, xatto ota onasi xam, yoru -

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 ISSN: 2181-1601

do'stlari-yu qarindosh urug'lari xam bilmagan edi. O'sha o'sha Yusufjonni xech kim ko'rmagan, keyingi xayoti,taqdiri nima bo'lganini faqat yaratganni o'zigagina ayon edi.

Endi gapni boy xonadonni sevimli, erka kelini boyning beshinchi xotini Adolatdan eshiting. Adolat xam ming azob uqubatlar bilan boy xonadoniga kelin bo'lib tushdi. Uni chekkan istiroblari,ming alam qayg'ularini qay til bilan so'ylab beray, ta'rifga so'z

topolmadim, axir men xam xamma qatori bir ojiz bandamanda.....Xa o'sha davrda bizni

qiz juvonlarimiz otasiga gap qaytarish u yoqda tursin, ota yuziga tik qaray

olmaganlar.Falonchini, falon yigitni sevib qoldim deyish.......O'lim bilan barobar

bo'lgan. Nachora peshona, taqdir, chorasizlik......Dardini oshkor etolmasdan, xasrat

qayg'ularini ichiga yutib boynig xotini bo'lib yashay boshlaydi. Boyning uyi hashamatli, keng,baland qo'rg'onlardan iborat bo'lib, orqa tomoni katta bog'u- rog', gulzorlardan iborat edi. Bog'ning chetidagi ariqdan shovullab tiniq, zilol suv oqib o'tar edi. Adolat suv olish maqsadida chelak ko'tarib ariq bo'yiga kelib suv olib ketardi. Kunlarning birida baland devorning narigi tarafidagi yo'ldan bir otliq aravasini boshqarib kelardi. Otliq bir qo'shiqni xirgoyi qilib kelardi. U kuylagan qo'shiq so'zsiz faqat xirgoyidan iborat edi. Ovozidan sezildiki otliq yoshi ulug' mo'ysafid inson edi. So'zsiz qo'shiq Adolatga shunchalik yoqib ta'sir etdiki,uning ko'zlaridan shashqator yosh quyilib keldi. Kechki payt o'sha otaxon aravani haydab yana o'sha xirgoyisi bilan qaytib o'tib ketdi. Shu shu har kuni ertalab azonda va kechki payt nomozshomda o'sha otaxonni bozorga ketishi-yu, qaytishini orziqib intizor bo'lib kutadigan bo'ldi. Sababi o'sha qo'shiq (so'zsiz qo'shiq) unga ona yurtini ota onasini, so'lim qishlog'ini, opa ukalari, yoshligida sochlariga sochpopuk taqishib,quvlashmachoq o'ynagan jamalaksoch dugonalari va sevgan yigiti Yusufjonni eslatar edida. Sevgan yigiti majnunu devona bo'lib dom daraksiz ketgani xaqidagi xabarni eshitib yum yum yig'ladi. Boyni, kundoshlarini jabr zulmlariga sabr bilan chidab keldi. Oradan kunlar, oylar, yillar o'ta boshladi.Har kuni unga dalda beradigan narsa otliq otaxon va so'zsiz qo'shiq edi. Bir kuni o'sha otaxon o'tmadi,ertalab xam kechki payt xam. Oradan bir necha kunlar o'tdi- yu xamon o'sha g'oyibona o'z otasidek ko'radigan insondan darak yo'q edi.

Devorning narigi tarafidan nogaxon o'sha o'zigagina qadrdon bo'lgan, dardkashi, dilkashidek bo'lib qolgan otning tuyoq tovushlari -yu arava g'ildiraklarining tovushi eshitildi. Adolat chelaklarini olib ariq tomonga yugurdi. Otliq aravasini haydab o'tdi -yu lekin na xirgoyi va na qo'shiq eshitilmadi. Chunki otaxon bu dunyoni tark etib, olamdan o'tgan edi. Qiz achchiq, alamli ko'z yoshlarini to'kkanicha boshini quyi solib,suvga tikilganicha o'yga toldi. Otning tuyoqlari tovushi, aravaning g'ildiraklarining g'ijirashi unga bir nimalarni eslatdi, g'oyibdan so'z va oxang o'z o'zidan quyulib kela boshladi. Adolat o'sha ota xirgoyisiga o'z so'zlarini uyg'unlashtirib kuylay boshladi.Qo'shiq kuylar, kuylashi davomida achchiq ko'z

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 _ISSN: 2181-1601

yoshlarini tiya olmasdi. Azizlar Adolat kuylardi, kuylardi......Bu xammamizga tanish,

xammamiz sevib tinglaydigan, o'sha mashxur "Marg'ilon tanovori, Adolat tanovori edi. Marg'ilon tanovari.(Adolat tanovari). Qora sochim o'sib qoshimga tushdi, Ne savdolar meni boshimga tushdi. Bu savdolar bizga qaydin yopishdi, Tanamdan o't chiqib bag'rim tutashdi. Men Adolatingman-ey, Men kamina qulingman-ey. Sumbula.(Tanovar). O'choq boshida qumg'on, Atrof baland qo'rg'on, Ko'ngil qo'ygan yorima, Etolmayin bag'rim qon, Qadaminga gullar ochilsin.

Demak, barcha tanovarlar turkumiga kiruvchi barcha qo'shiqlarning o'ziga xos yaratilish tarixi bor. Tanovarlar turkumiga kiruvchi barcha qo'shiqlar ustoz shogird an'nasida, og'izdan-og'izga ko'chib yakka ijroda keyinchalik jamoada kuylangan holda bizning davrimizgacha etib kelmoqda.

REFERENCES

1. U.Kurbanova, B.Kudaybergenova va bosh. Yakkaxon qo'shiqchilik.. O'quv qo'llanma - T.: "TURON-IQBOL", 2014

2. U.Kurbanova. Folklor qo'shiq ijrochiligi.. O'quv qo'llanma - T.: "TURON-IQBOL", 2018

3. N.Qosimov. Folklor musiqa ijrochiligi. O'quv qo'llanma. - T.: "Talqin", - 2008. 192 b.

4. O. Hayitova. Xorazm qo'shiqchilik san'ati durdonalari. - T.: "Noshir", - 2009.

5. O'.Toshmatov. Folklor qo'shiqlari. O'quv qo'llanma. - T.: "Xalq merosi", -2003. 136 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.