Научная статья на тему 'Sehirli ovoz sohibi'

Sehirli ovoz sohibi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
210
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Komiljon Otaniyozov / maqom / suvora / qo’shiq va ashulalar / Xorazm xalq kuylari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sarvarbek Uktamboy O’g’li Yo’ldoshev

Mazkur maqolada O’zbekiston, Turkmaniston, Qoraqalpog’iston xalq artisti Komiljon otaniyozov hayoti va ijod faoliyati haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Sehirli ovoz sohibi»

Sehirli ovoz sohibi

Sarvarbek Uktamboy o'g'li Yo'ldoshev Urganch davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston, Turkmaniston, Qoraqalpog'iston xalq artisti Komiljon otaniyozov hayoti va ijod faoliyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Komiljon Otaniyozov, maqom, suvora, qo'shiq va ashulalar, Xorazm xalq kuylari

The possesser of the magical voice

Sarvarbek Uktamboy oglu Yoldoshev Urganch State Pedagogical Institute

Abstract: This article talks about the life and work of the National Artist of Uzbekistan, Turkmenistan, Karakalpakstan Komiljon Ataniyozov.

Keywords: Komiljon Otaniyozov, makom, suvora, songs and musics, folk songs of Khorezm

Xorazm san'atkorlari deganda ko'z oldimizda ko'plab ustoz san'atkorlar, o'z ijod maktabiga ega bo'lgan san'at namoyondalari keladi. Jumladan, Madrahim Sheroziy, Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyazov, Otajon Xudayshukurov. Bu ustoz san'atkorlar qatorida va davomchilari sifatida yana ko'plab san'atkorlarning nomlarini keltirish mumkin. Bu san'atkorlar o'ziga xos ovoz imkoniyatlari va o'z ijod maktabiga egadirlar.

Hozirda ham mashhur bo'lgan, zamondosh hofizlar tomonidan sevib tinglanayotgan ustoz san'atkor O'zbekiston Turkmaniston Qoraqalpog'iston xalq artisti Komiljon Otaniyazov o'zidan o'lmas qo'shiqlar va keng ijod yo'li yaratib ketgan. Ustozning san'at yo'li o'zidan oldingilar va keyingilar uchun tom ma'noda ko'prik vazifasini bajardi.

Komiljon Otaniyazov ijodi juda serqirra bo'lib, u ijro etgan maqom namunalari, baxshichilik va yalla qo'shiqlari bilan o'z tinglovchilari qalbidan chuqur joy olgan. Sozandalik jihatidan ham ustoz o'z yo'liga egadir. O'zi ijro qiladigan ashula va qo'shiqlarining kuylarini dutor va tor cholg'u asboblarida ijro qilgan. Komiljon Otaniyazovning ovoz imkoniyatlari, diapazonining kengligi va ovoz texnikasi ijro qilgan qoshiqlarining mukammalligida o'z tasdig'ini topgan. Ovoz imkoniyatlarining o'ziga xosligi shundaki, har bir qo'shiqqa mos xarakter, ovozdagi mayda tebranishlar,

baland avjli pardalar ustoz ijrosidagi qo'shiqlarga o'zgacha zeb beradi. Bundan tashqari ustozning chiroyli nolishlari, nafasi eshituvchini o'ziga mahliyo qiladi.

Komiljon Otaniyozov 1917-yil 20-iyulda Xorazmda, Shovot tumani Bo'yrachi qishlog'ida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Otaniyoz Xo'janiyoz o'g'li, onasi Anbar momo musiqani shaydolari adabiyotni yaxshi biladigan shoirlikda ham muayyan amallariga ega bo'lgan insonlar bo'lgan. Otasi Xivadagi Muhammad Arabxon madrasasida ta'lim olgan, "Niyoziy" taxallusida she'rlar bitgan. Onasi ham xalq laparlari, terma janrlarga xos qo'shiqlarni ijro qilgan. Yosh Komiljonning otasi u 9 yoshidaligida vafot etgan. Shu sababdan ham oila tebratish juda barvaqt Komiljonning zimmasiga o'tgan. U oilasiga yordam berish maqsadida podachilik qilib, yaqinlarini qo'y-mollarini boqib, akalariga yordam bergan.

1932-yildan Komiljon o'rta o'qish davridan boshlab, musiqa bilan shug'ullana boshlaydi. U Abdukarim Abdurahmonov rahbarligidagi havaskorlar to'garagiga qatnashadi. Maktabni bitirib ikki yillik o'qituvchilar kursini tamomlaydi va 1935-yil ona qishlog'i Bo'yrachiga qaytadi. Komiljon o'zining iste'dodini to'garak jamoasining chiqishlarida namoyon etishga ulguradi. 13-14 yoshlarida (ya'ni poda boqib yurgan davrlarida) xalq tomonidan yaratilgan podachi ashulasini ijro qilib yurgan.

Otaliqning molin boqdim baharda,

O 'zi turmay uyg 'otadi saharda.

Pishirgan oshlari ko 'zningyoshinday,

Chaqmoq tosh nonini berar naharda.1

Komiljon Otaniyozovning akasi Foziljon o'qituvchilik qilgan. U ham o'zining davrasida qo'shiq aytib, oz bo'lsa ham musiqa bilimiga ega bo'lgan. Shu bois ukasi Komiljonning ham tarbiyasi bilan jiddiy shug'ullangan. Ayniqsa, qo'shiq kuylashda har doim birga mashq qilishgan. Bu Komiljonning musiqa san'atiga qo'ygan ilk qadamlari edi. Yoshligidan shu davrning mohir san'atkor va hofizlari bilan uchrashib, ulardan musiqa sabog'ini oladi. Shu davrning mashhur hofizi Matkarim hofiz Abdurahmonov, Madrahim (Sheroziy) Yoqubov, Qurbonnazar Abdullayev (Bola baxshi)lardan musiqa sabog'ini xalq qo'shiq va doston yo'llarini ijro etishni o'rganadi. Taniqli hofiz O'zbekiston xalq artisti ("Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sohibi) Hojixon Boltayevdan Xorazm suvora yo'llarini qunt bilan o'rganadi. Suvoralarning asl mohiyati, ohang sirlari, Xorazmga xos bo'lgan jihatlarini ustoz yordamida o'rganadi. "Chapandozi suvora", "Kajhang suvora", "Xush parda suvora", "Yakparda suvora"larni o'ziga xoslik jihatlarini ustozdan bilib oladi, keyinchalik o'zi mustaqil ravishda VI suvorani (Ona suvora asosida) yaratadi. Komiljon ustozning yana bir faoliyatini mustahkamlagan narsa, bu uning Xorazm maqomotining bilimdoni Matpano ota Xudayberganov bilan bo'lgan damlari, undan olgan

1 "So'z va soz sohibi" - S.Xudayberganov. "Ilm-ziyo" nashriyoti-2014.

saboqlaridir. Zehni o'tkir, musiqani nozik tomonlarini his eta biladigan Komiljon Otaniyozov ustozidan tez orada Xorazm Olti yarim maqomi "Rost", "Navo", "Dugoh", "Segoh", "Buzruk", "Iroq" maqomlarini o'zlashtirib oladi.

Komiljon ustoz repertuari shu davr san'atkorlariga xos tarzda shakllangan. Ayniqsa, ustoz xonandalar ijro etgan qo'shiq va ashulalarni tez orada o'zlashtirib oladi. U asosan ommaviy xalq qo'shiqlari, suvora turkumlari, doston turkumidagi "Go'ro'g'li", "Yusuf va Ahmad" qissasini "Bozirgon", "Sayodhon va Hamro", "Oshiq G'arib va Shohsanam" doston turkumi ashulalarini keng o'zlashtirgan. Xalq orasida tez ko'zga ko'rinishga "Yetti yilga ketgan yorim", "Dushimda bir bulbul ko'rdim", "Ra'noni ko'rdim", "Namasan", "Ustozingdan ayrilma" kabi doston parchalari katta ahamiyat kasb etgan.

1943-yildan boshlab Komiljon Otaniyozov Xorazm viloyat musiqali drama va komediya teatrida ish faoliyatini davom ettiradi. Bu dargohda u Samandar Saroymonov, Bikajon Raximova, Aziz Jumaniyozov, Karim Iskandarov, G'ulom Tojiyev, Yusuf Jabborov kabi yoshlar, Zuxur Qobulov, Qalandar Boyjonov, Solih Devonov, Vahobjon Fayozov kabi ustoz san'atkorlar bilan birgalikda ishlay boshlaydi. Teatrda Komiljon Otaniyozov "Farxod va Shirin", "Layli va Majnun", "Toxir va Zuhra", "Davron ota", "Nurxon" spektakllarida bosh rollarni ijro etishga muyassar bo'ldi. Aynan o'sha davrdagi faoliyati uning qo'shiq ijrochilik san'atida yangi yo'nalishni shakllanishga sabab bo'ldi. Komiljon Otaniyozov ijro etayotgan doston namunalari, xalq qo'shiqlarini davra talablariga mos holda talqin etishga harakat qiladi. Uning badixago'ylik jihatlari nish ura boshlaydi. Har bir xalq musiqasidagi asarlar ijrochilik talqinida yangi-yangi ko'rinishni ifoda etishi muqarrar. Komiljon Otaniyozovning ijodiga xarakterli xususiyatlardan biri ham shundadir. Shu bilan birga qayd etish etish kerakki, bu jihatlar uning faoliyatida bastakorlik jihatlarini boshlanishidan darak beradi va ijodida ilk asarlar yuzaga kela boshlaydi. "Naylayin", "Na bo'ldi yorim kelmadi", "Ayrilmasin nigoridan" kabi qo'shiqlar doston namunalariga xos bo'lsa, "Otlan", "Xush qol endi", "Qizil askar", "Og'ang kelar mard bo'lib", "Xayr endi" kabi qo'shiqlar uning ilk bastakorlik ijodidan bo'lib urush mavzusi asosida yuzaga kelgan. Sahna uchun quyidagi musiqali dramalarga kuy bastalagan. "Oshiq G'arib va Shohsanam" - M.Yusupov hamkorligida; "Aziz va Sanam" - L.Stefanov bilan hamkorlikda; "So'nggi xon" - S.Xayitboyev bilan hamkorlikda. Bulardan tashqari quyidagi cholg'u kuylarini ham yaratgan. "Guldasta", "Baxt", "Otashi dil". Ustoz o'z ijodiy faoliyati davomida 100dan ortiq qo'shilarni yaratgan. Bu yaratilgan qo'shiqlar hozirda xalq qo'shiqlariga aylangan.

Qo 'shiq va ashulalar:

- "Ko 'ring"

- "Diydoringga shaydo "

- "Bo'lmas"

- "Janon bo'lmasa"

- "Maxsus"

- "Dam dema"

- "G 'am tunida zoringman"

- "Ko 'rmadim "

- "Muborak to'y, muborak"

- "Mubtalo bo 'ldim sanga"

- "Uyg 'on endi Mullo Nafas "

- "Shod bo 'lar "

- "Topilmas"

- "Aylab keling"

- "Ayroliq o 'ti "

- "Birgina dilbargina"

- "Bo 'lmasa bo 'lmasin netay"

- "Devona bo 'ldim "

- "Qaro bo 'libtur"

- "Bulbuli shaydo bilan"

- "Dam g'animat do 'stlar"

- "Hasratda dog'man"

- "Istamas"

- "Jafo qilursan"

- 'Keldim "

- "Ko 'nglim "

- "Podachi qo 'shig'i"

- "Xush soat edi " va shu kabi yana bir qancha qo'shiqlarni misol qilish mumkin. Xorazm viloyati musiqali drama teatri qoshidagi Xorazm xalq musiqasi, ashula

va raqslarni tashviqot va targ'ibot qilayotgan Komiljon Otaniyozov rahbarligidagi bu guruh Respublika rahbarlarining nazariga tushadi. Natijada konsert dasturlarini namoyish qilish uchun guruh a'zolari Toshkent shahriga taklif qilinadi. 1949-yili Toshkent safariga borish uchun iyun-iyul-avgust oylarida viloyat musiqali drama teatrining binosida uyushgan holda qizg'in tayyorgarlik ishlari olib borildi. Guruhning tayyorgarlik ishlari viloyat rahbari Madrahim Rahmonov tomonidan nazorat qilinib moliyaviy-tashkiliy ishlariga yordam bergan. Guruhning konsert dasturi Xorazm xalq kuylari, suvora turkumidagi qo'shiqlar, maqomlarining ashula va cholg'u qismlaridan namunalar, aytishuvlar, dostonlardan parchalar, raqs kuylari va xalq o'yinlaridan tashkil topgan edi. Guruh a'zolarining gastrol ijodiy safari uchun 1949- yilda Chorjo'y-Urganch temir yo'llari tarmog'i ishga ishga tushganligi munosabati bilan konsert guruhi ijodiy safar a'zolari uchun maxsus vagon ajratilgan. Birinchi konsert estrada teatri binosida bo'lib, muvaffaqiyatli o'tgan. Safarning

uchinchi kuni Toshkentdagi Pushkin nomidagi istirohat bog'ining yozgi binosida uchta viloyat - Buxoro, Farg'ona va Xorazm san'atkorlarining qo'shma konserti tashkil etiladi. Qo'shma konsert dasturini Buxorolik san'atkorlar boshlab berishgan, konsert boshidagi ommaviy qo'shiqlar tamom bo'lishi bilan sahnaga hukumat rahbari Usmon Yusupov chiqib konsertni Xorazmlik san'atkorlar davom ettirsa, degan taklifni bildiradi. Muxlislar qarsaklar bilan ma'qullaydilar. Usmon Yusupov sahnadan turib Komiljon Otaniyozovni taklif qilgan va konsert dasturini Xorazmlik san'atkorlar davom ettirga. Komiljon ustoz bir yarim soatlarcha ashula aytgandan keyin ommaviy Xorazm ashula va raqslari bilan konsert yakunlangan. Sahnaga, yana Usmon Yusupov chiqib Xorazmlik san'atkorlarni ijodiy muvaffaqiyatlar bilan tabriklab, barkamollik tilagan. "Ertaga sizlarni Do'rman oromgohiga taklif qilaman"2 - deb o'z so'zini yakunlagan. Konsertda O'zbekistonning boshqa bir qator davlat rahbarlari va san'ay ishlari boshqarmasining mas'ul xodimlari qatnashganlar.

Komiljon Otaniyozovning o'zbek musiqa san'atini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun 1947-yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, 1949-yilda O'zbekiston xalq artisti, 1964-yilda Turkmaniston xalq artisti, 1968-yilda Qoraqalpog'iston xalq artisti unvonlari va bir necha orden, medallar bilan taqdirlandi. 2000- yil (Ba^oragaH KeÔHH) mustaqillik arafasida hukumatimiz tomonidan "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi. Yurtboshimiz tashabbusi bilan 2017 yilda ustozning 100 yillik yubileyi Respublika miqiyosida keng nishonlandi. Komiljon Otaniyozovning nomini abadiylashtirish maqsadida Urganchdagi uy muzeyi qayta taminlandi. Shovot tumanida ustoz nomida respublika ko'rik tanlovi o'tkazildi. Urganch tumanida Komiljon Otaniyozov ijod markazi va uning atrofida bog' tashkil qilindi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Komiljon Otaniyozov abadiyati" - B.Rahimov "Xorazm-MCHJ" 2017

2. "So'z va Soz sohibi" - S.Xudayberganov "Ilm-ziyo" nashriyoti. 2014

3. "O'zbek eli Komiljondan ayrilmas" - Sh.Qilichev, R.Nur, B.Ro'zimuhammad "Istiqlol nuri" 2019.

4. "Komiljon Otaniyozov" - F.Zohid. 2003.

5. "O'zME" birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

2 "Komiljon Otaniyozov abadiyati" - B.Rahimov Xorazm. 2017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.