Научная статья на тему 'TOJIXON TANOVORIGA HAYOT BAXSH ETGAN INSON'

TOJIXON TANOVORIGA HAYOT BAXSH ETGAN INSON Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
81
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Baxshi / baxshichilik / doston / improvizatsiya / folklor / Otaxon baxshi / baxshichilik san’ati / dostonchilik maktabi.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Guliruxsor Jo’rayeva

Maqolada baxshi va baxshichilik an’analari hamda Xorazm vohasida o’zbek va turkmanlar orasida mashxur bo’lgan Otaxon Baxshi Matyoqubovning ijodiy faoliyati va uning Xorazm dostonchilik an’analarida tutgan o’rni haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOJIXON TANOVORIGA HAYOT BAXSH ETGAN INSON»

TOJIXON TANOVORIGA HAYOT BAXSH ETGAN INSON

Guliruxsor Jo'rayeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filifali

Annotatsiya: Maqolada baxshi va baxshichilik an'analari hamda Xorazm vohasida o'zbek va turkmanlar orasida mashxur bo'lgan Otaxon Baxshi Matyoqubovning ijodiy faoliyati va uning Xorazm dostonchilik an'analarida tutgan o'rni haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Baxshi, baxshichilik, doston, improvizatsiya, folklor, Otaxon baxshi, baxshichilik san'ati, dostonchilik maktabi.

THE MAN WHO GAVE LIFE TO TAJIKISTAN

Guliruxsor Jorayeva

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article examines the peculiar epic tradition of the bakhshi of the Khorezm storytelling school, as well as the creative activity of Otaxon bakhshi, popular among the Uzbeks and Turkmen in the Khorezm oasis, and his role in the Khorezm epic traditions.

Keywords: folklore, bakhshi, storytelling, dastan, improvisation, folk dastans, storytelling art, dastan school

Ma'lumki, Xorazm dostonchiligi tarixida buyuk baxshi va oqinlar o'ziga xos maktab yaratib ketganlar. Ushbu boy ma'naviy merosimiz hisoblangan Xorazm dostonchiligi an'analarini bizga qadar shikast yetkazmay asrab kelayotgan ustoz baxshilarning mehnatlari alohida e'tiborga molikdir. Ana shunday baxshilardan biri el tanigan mohir Bola Baxshining duosini olgan, hozida muborak yoshlarini yashayotgan ko'hna Xorazm baxshisi Otaxon Matyoqubov qariyb 80 yildan beri sozini qo'ldan qoymay ijod qilib kelmoqda.

Otaxon baxshi Matyoqubov 1932-yilda Turkmanistonning hozirgi Toshovuz viloyatining Ilonli tumanida tug'ilgan. O'zbek millatiga mansub bo'lgan Otaxon baxshi 8 yoshdan maktabga borgan aynan shu yoshdan qo'shiqlarga, musiqaga mehri uyg'ongan. Urush yillari qalbi san'atga oshufta bo'lgan Otaxon Matyoqubov uchun juda og'ir kechdi. U urush tufayli otasidan, akasidan ayrildi. Yosh Otaxon onasi, opasi va uch singlisi bilan ochlik qiyinchilkda kun kechirdi.

1942-yillarda Ashxabodda turkman tilida "Go'ro'g'li", "Oshiq G'arib va Shohsanam", "Gulbulbul", "Tohir va Zuhra", "Sayyodxon Hamro", "Xurliqo

Hamro", "Yusuf Ahmad" dostonlari chiqa boshlagan. Ustoz Otaxon Baxshi "bu dostonlar lotin alifbosida chop etilib, ularni o'qish qiyinchilik tug'dirmadi ya'ni bir marta o'qisam ikkinchi marta o'qishim shart emas edi, ohangi ham so'zi ham yodimda qolar edi. O'n yoshligimda 20 ga yaqin dostonlarni yoddan aytar edim" -deya eslaydi. Shulardan 12 tasi "Go'ro'g'li turkumidagi dostonlar o'n uchinchisi "Oshiq G'arib va Shohsanam", o'n to'rtinchisi "Gulbulbul" dostoni va shu turkumdagi dostonlardir. Ustoz Otaxon baxshi barcha turkum dostonlarni yod olavergan.

1948-yili Otaxon baxshi hayotida muhim burilish ro'y berdi. O'zi xizmat qilayotgan to'ylarning biriga o'sha paytlari o'ta mashhur bo'lgan mohir baxshildardan biri Bola Baxshi (Otaxon baxshining kelgusidagi ustozi) tashrif buyurdi. Otaxon baxshi Bola Baxshi ijrosidagi o'zi yod olgan dostonlarini endi qo'shiq tarzida jonli eshitishga muyassar bo'lgan edi. Uning yod olish qobilyati yuqori bo'lgani sabab Bola Baxshi tomonidan ijro qilingan qo'shiqlarni bir zumda yod oldi. Davralarda, yig'inlarda bu dostonlarni ijro qilib yuradigan bo'ldi. Maktab va yig'inlarga Otaxon baxshini taklif qilishar, baxshi ijrosidagi doston va qo'shiqlarni sevib tinglashar edi. Mana shunday kunlarning birida bu yosh ijodkor Komiljon Otaniyozovning e'tiboriga tushadi va u Otaxon baxshini o'zi bilan Xivaga Bola baxshiga shogirdlikka olib ketadi. Bola Baxshi ham Otaxon baxshining qobilyatini qadrlab, yosh baxshini to'ylar va konsertlarga o'zi bilan olib ketadi. Bola Baxshi shogirdi Otaxon baxshiga katta ishonch bildiradi va katta to'ylarni, yig'inlarni o'z shogirdiga ishonib topshiradi. O'sha yillari Otaxon baxshi o'zbeklar orasida yosh baxshi sifatida yaxshigina tanilib qoladi.

O'zbekiston (1949), Turkmaniston (1964), Qoraqalpog'iston (1968) xalq artisti, jozibali va kuchli ovoz sohibi Komiljon Otaniyozov Otaxon Baxshini Toshkentga o'qishga chaqiradi. Otaxon Baxshi hamma narsani tashlab, Toshkentga oliygohda o'qish uchun keladi ammo imtixondan o'ta olmaydi. Endi uyga qaytaman deb, xafsalasi pir bo'lib yurgan kunlarining birida o'sha yerda tanishgan og'aynisi Buxorolik Ro'ji ismli yigit "Bahor" ansambli tashkil etilyotgani va yaxshi rubob chaladigan sozandalarni qabul qilayotgani haqidagi xushxabarni yetkazadi. Vaholanki, o'sha paytlari ham Otaxon Baxshi mohir sozanda edilar. Ular ikkovlashib ansamblga borishadi va Otaxon Baxshi ansambl rahbarlariga ma'qul tushib, ishga qabul qilinadi.

O'sha yillari o'zbek ommaviy sahna raqsining asoschisi O'zbekiston xalq artisti (1937) Mukarrama Turg'unboyeva ham Bahor ansamblida faoliyat yuritar edi. Otaxon baxshini Mukarram opa yoniga oladi. Oradan vaqt o'tib aniqrog'i 12-yildan so'ng Lazgi ansambliga ishga o'tib u yerda musiqa rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Otaxon baxshi Matyoqubovni "Lazgi" ashula va raqs ansamblidagi 5 yillik faoliyatidan so'ng O'zbekiston davlat Filarmoniyasiga "Doston" guruhini tashkil etish uchun chaqiradilar. U yerda ham uzoq yillar faoliyat yuritgach, O.Matyoqubov O'zDSMI da ishlay boshladilar.

2020-yildan e'tiboran hozirgi kunga qadar Yunus Rajabiy nomidagi musiqa san'ati institutida talabalarga ta'lim berib kelmoqda.

Otaxon baxshi hozirda "Oqqan daryo oqar begumon" nomli yangi doston yaratish ustida ish olib bormoqda. Mazkur doston yaqin ikki yuz yillikdagi ilk doston bo'ladi, deydi ustoz ishonch bilan. O.Matyoqubov bizga nafaqat noyob kuy-qo'shiqlar balki bugungi kungacha yetib kelishi dargumon bo'lgan asarlarni ham asrab kelmoqda. Bulardan biri xalqimiz sevib tinglaydigan hamda hofiz va hofizalar tomonidan maroq bilan ijro qilinadigan "Tojixon tanovori"dir.

Ustoz Otaxon baxshi Mukarrama Turg'unboyeva va Saodat Qobulova bilan Tojixon Shodiyevaning yonlariga borib, qo'shiq tarixi va ijro yo'llarini o'zlaridan yozib olganlarini iftixor bilan eslaydilar. Hech qanday o'zgarishsiz, butunligicha bizgacha yetib kelgan bu noyob asarda Ustoz Otaxon Baxshining hissasi beqiyosdir. Ustoz shu kungacha yuzlab shogirdlarni tarbiya qilganlar Xorazm dostonchiligiga yaxshi mutaxasislarni yetishtirib chiqarishda Ustoz Otaxon baxshining mehnatlari ko'pdir, yoshlari ulug'ligiga qaramay Ustoz har bir talaba har bir shogirdi bilan charchamay 4-5 soatlab dostonlar ustida ishlaydilar.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, 80 yildan beri sozini qo'ldan qo'ymagan Ustoz murabbiy Otaxon baxshi Matyoqubov o'zbek xalqining xazinasidir, desak mubolag'a bo'lmaydi. O.Matyoqubovdek mohir baxshilar bor ekan baxshichilik an'analari o'zbek xalqining bitmas-tuganmas, noyob va mangu madaniy meros namunalarini avlodlardan-avlodlarga o'tib, sayqal topishida yanada odimlaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Imomnazarova Sh. Suyav baxshi ijodiy faoliyati va uning Xorazm dostonchilik an'analari rivojida tutgan o'rni / "Baxshichilik san'atining jahon madaniyati sivilizatsiyasida tutgan o'rni" nomli II xalqaro-ilmiy amaliy anjuman materiallari. — Toshkent, 2021 yil 18-20 sentyabr. - B.210-214.

2. O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor arxivi. HHB.№1730/11

3. Xalq og'zaki poetik ijodi O.Madayev T.Sobitova

4. Otaxon baxshi Matyoqubovdan jonli suhbat jarayonida muallif tomonidan yozib olindi.

5. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

6. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

7. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.

8. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

9. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

10. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

11. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.

12. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махаллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).

13. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

14. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

15. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

16. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

17. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.

18. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.

19. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).

20. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.

21. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).

22. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

23. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144151.

24. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.

25. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.

26. Qurbonova, M. (2020). СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).

27. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.

28. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).

29. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.

30. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).

31. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).

32. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

33. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.

34. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.

35. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. An International Multidisciplinary Research Journal. An International Multidisciplinary Research Journal.

36. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

37. Ahmedov, R. (2021). SAN'ATGA BAXSHIDA UMR. Oriental Art and Culture, 2(4), 50-56.

38. Ahmedov, R. (2021). Murodjon Ahmedov-Fergana Valleys Singer. International Journal of Culture and Modernity, 11, 412-418.

39. Talaboyev, A. N. (2021). MAQOM SAN'ATI. MAQOM SAN'ATINI O'RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O'RGATISHDA ETIBOR QARATILISHI LOZIM BO'LGAN JIHATLAR. Oriental Art and Culture, 2(4), 149155.

40. Talaboyev, A. N. (2021). Methods of Effective use of Teacher-Discipleship Traditions in Learning the Art of Makom. International Journal of Culture and Modernity, 11, 389-393.

41. Ismailova, M. (2021). SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV AHMADJON MIRZAEVICH. Oriental Art and Culture, 2(4), 27-33.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.