Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
TALMEH SAN'ATI VA UNING G'OYAVIY-BADIIY FUNKSIYASI
I.S.Mannopov,
Farg'ona davlat universiteti doktoranti
O.O.Xakimova Farg'ona davlat universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Sharq mumtoz she'riyatida faol qo'llangan talmeh badiiy san'atining g'oyaviy-badiiy vazifasi g'azal va hikmat janrlari tahlili misolida yoritilgan.
Kalit so'zlar: G 'azal, hikmat, talmeh, ramz, tasavvuf, qofiya, radif, ritm, ishq, ishora.
АННОТАЦИЯ
В данной статье на примере анализа жанров газели и хикмата освещается идейно-художественная функция искусства талмех, которое активно используется в восточной классической поэзии.
Ключевые слова: Газeль, хикмат, талмех, символ, суфизм, рифма, радиф, ритм, любовь, намек.
ABSTRACT
In this article, the ideological and artistic function of the talmeh art, which is actively used in the Eastern classical poetry, is highlighted on the example of the analysis of the ghazal and hikmat genres.
Keywords: Ghazal, hikmat, talmeh, symbol, sufism, rhyme, radif, rhythm, love,
hint.
KIRISH
Ming yillik tarixga ega bo'lgan mumtoz adabiyotimizda badiiyat masalasi hamisha she'r ahlining diqqat markazida bo'lib kelgan. U yoki bu ijodkor salohiyati haqida gap borganda, uning nimalarni tasvirlagani emas, asosan, qanday tasvirlaganiga e'tibor qaratilgan. Jumladan, adabiy asarlarda she'riy san'atlardan foydalanish mahorati barcha davrda badiiy san'atkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida baholangan. Ma'lumki, she'riy san'atlar badiiy asar mazmunini hayotiyroq, ta'sirchanroq ifodalanishga, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishiga, misralar, baytlar, bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini ta'minlashga xizmat qilgan. U yoki bu shoir ijodiga, u yoki bu badiiy asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalayotgan iz aksini topgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, ma'rifiy-tarbiyaviy muammolar mohiyati va ko'lami, badiiy timsollar jilosi bilan bir vaqtda qo'llangan she'riy san'atlarning rang-barangligi, mantiqiy asoslanishi, asar
Research BIB / Index Copernicus
mazmunini ochishdagi o'mi va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida diqqat qilingan. Adabiyotimiz tarixi yana shundan dalolat beradiki, she'riy san'atlar shoir badiiy salohiyatini ko'z-ko'z qilish, uning xilma-xil san'atlardan mohirona foydalanish usullarini namoyish etish emas, balki ijodkor badiiy tafakkur dahosining ko'lami, yuksak ijtimoiy-axloqiy g'oyalarni jilolantirish san'atkorligi ifodasi bo'lib kelgan. She'riy san'atlar muayyan badiiy tamoyillarga asoslangan. Bulardan eng muhimi she'riy san'atlarning asar mazmuni bilan uzviy bog'liqligi sanaladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Sharq mumtoz adabiyoti ijodiy an'anaga asoslangan bo'lib, g'oyaviy-badiiy ifoda zaminida o'zgarib, yuksalib borgan. An'anaviy g'oya, mavzu, obraz va tasvir vositalariga tayanib faoliyat ko'rsatgan bu adabiyot dunyo badiiy tafakkurida beqiyos mavqe egallagan. Ammo bunga osonlikcha, yеngil-yelpi ijodiy mehnat bilan erishilmagan, albatta. Chunki an'ana degani hammasi oson, bari ilhombaxsh va ibratli degani emas. Har qanday an'ana singari adabiy an'anada ham ijobiy, eskirmas tomonlar bilan birga vaqt o'tishi bilan qiymatini boy bergan, qaytariq yoki bir xilligi bilan o'quvchini bezdiradigan u yoki bu jihatlar mavjud bo'lgan. Har bir ulkan san'atkor eskirgandan kechish yoki uni yangilash bilan birga, yo'qni bor etish, ya'ni ixtirochilik salohiyatini ham namoyon qiladi. Shu ma'noda ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning ijod tajribasi tarixda nihoyat darajada siyrak yuzaga chiqadigan hodisadir.
Sharq mumtoz adabiyotida an'anaviylik ustuvor. Bu badiiy tasvirda ham, obrazlar olamida ham, mazmun va mundarijada ham kuzatiladi. Ammo, zohiran qaraganda, bir xillik, o'xshashlik bo'lib tuyuladigan bu holat zamirida ham har bir ijodkorning individual, o'ziga xos poetik ifoda usullari shakllanib borgan. Zotan, mashhur allomalarimiz ijodkorning mahorati va o'ziga xosligi asarda nimani ifodalashiga qarab emas, balki voqelikni qanday tasvirlashiga qarab belgilanishini ta'kidlashadi. G'azalning dastlabki baytida mahbuba kipriklarining tashqi ko'rinishi va oshiq qismati bilan munosabati, ma'lum darajada, sokinlik bilan tasvirlanadi.
Ammo ikkinchi baytdanoq, harora g'azallarga xos bo'lgan jo'shqin pafos yuzaga chiqadi. Shoira talmeh san'atini qo'llab, "Analhaq" — Mansur Halloj maqomi va taqdirini yodga oladi. Shu o'rinda qo'llangan talmeh baytni ziynatlabgina qolmay, balki g'azal mazmunini, uning yo'nalishini, lirik qahramon xarakterini belgilashda juda katta badiiy vazifa ham bajargan:
Bu ushshoq ahlini qasdinakim saf chekti mujgonlar,
Tutubon aql-u hush idrokini band etti mujgonlar.
Na sahrov-u na shahr-u na vatan ichra qaror etgum,
Analhaqdek o'ziga mast etib mahv etti mujgonlar
Research BIB / Index Copernicus
Xoja Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"i dunyoga kelishi bilan turkiy xalqlar o'zining mustaqil tariqat kitobiga, tom ma'nosi ila Ma'rifat, Haqiqat, Ruhoniyat qomusiga sohib millat o'laroq e'tirof etilgan. Ahmad Yassaviydan k eyingi turkiy xalqlarning tarixi - ma'naviy-axloqiy hayotda yangi yo'nalish, yangi ilohiy nuqtai nazar shakllangan, komil inson haqidagi tasavvurlar to'la oydinlashgan tarix erur. Zero, arab va fors tasavvuf tushunchalarini milliy ehtiyojga muvofiq ravishda o'zlashtirish va favqulodda sodda, xalqona talqinlarni yaratishni ham tarix Ahmad Yassaviy zimmasiga yuklagan edi.
Devoni hikmat" insonni nafsparastlikdan, ma'rifatsizlik va yirtqichlashuvdan muhofaza etadi. "Devoni hikmat" odam farzandini shaytoniy hiylalar, hayvoniy quturishlardan asraydi. Bu bebaho asar hirsu havoga berilib "odamiyatni pok-pokiza yeb" qo'yish kulfat va musibatlaridan ogohlantiradi. Hamma gap uni qanday o'qish va qanday anglash, anglabgina qolmasdan Yassaviy so'zlariga amal ham qila bilishdadir. Bir narsa ma'lum: "Devoni hikmat"ning keyingi asrlarga mansub qo'lyozma va toshbosma nusxalarida hikmatlarning umumiy miqdori ancha ko'pdir. Buning bir isboti sayramlik olim Mirahmad Mirxoldoro'g'li bilan usmonli turk olimi Metin Oqarning Istanbulda bosilgan "Xoja Ahmad Yassaviyning yangi topilgan hikmatlari" nomli kitobi hisoblanadi.
"Devoni hikmat"i turli asrlarda turli joylarda bir qancha kotiblar tomonidan ko'chirilgan. XIX-XX asrlarda Toshkent, Kogon, Qozon, Istanbul kabi shaharlarda toshbosmada chiqarilgan. Oktyabr inqilobidan keyin esa Ahmad Yassaviy ijodi qatag'on qilinishi bilan xalqimiz "Devoni hikmat"dek buyuk bir asarni o'qishdan mahrum qilingan. Lekin xorijda, ayniqsa, Turkiyada Ahmad Yassaviy ijodiga qiziqish va uni o'rganish ishlari to'xtab qolmadi. Shuning natijasi sifatida 1983 yil doktor Kamol Eraslonning "Devoni hikmat"dan sochmalar" kitobi nashr etilgan.
Talmeh arabcha so'z bo'lib, ma'nosi "chaqmoq chaqilishi", "bir nazar tashlash" demakdir. Badiiy san'at sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir.
Sulaymon saltanatlikpodshosen,
Masih anfoslik, Yusufliqosen.
Ushbu baytda uchta shaxs nomi: Sulaymon, Masih va Yusuf tilga olingan. Ularning uchalasi haqida ham faqat o'zbeklarda emas, turli xalqlarda juda ko'plab afsona, rivoyat, qo'shiq, hatto dostonlar yaratilgan. Ular bilan bog'liq rivoyatlar "Qur'on" da ham qayd etiladi. Ma'lumki, Sulaymon - Dovud payg'ambarning o'g'li edi, u o'n to'qqiz aka-uka orasida eng donishmandi bo'lgan. Shu tufayli u barcha yer yuzidagi odamlarnigina emas, qurt-u qumursqaga, qushlarga, hatto "ins-u jinslar"ga
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
ham hukmranlik qilgan. "Sulaymon saltanatlik podshosen" misгalaгi ana shu afsonaviy shaxs qudratini mo'jaz shaklda eslash o^ali badiiy tasviг qahramonini tavsiflashga xizmat qilmoqda.
Solib boгma meni, ey Yusufi husn,
Bukun Ya'qubtek bayt ul-hazanda.
Bu yeгdagi talmeh "Yusuf va Zulayxo" tuгkumidagi dostonlaráan xabaгdoг bo'lishni taqazo etadi. Ma'lumki, Yusuf Ya'qub payg'ambaming sevimli fareandi bo'lgan. Ammo taqdiг ayni mana shu fareandidan muayyan muddat ayrilib yashashini гavo ko'гadi. Natijada ota g'am uyi (bayt ul-hazan) da yashashga majbrn- bo'ladi. Yusuf o'zining tashqi ko'rinishi - go'zalligi bilan ham boshqalaráan ajralib tuгaг edi. Demak, link qahramonning o'z mahbubasiga "Yusufi husn" deb murojaat etishi bejiz emas.
XULOSA
Yuqoridagi mulohazalaгdan quyidagi xulosala^a kelish mumkin: badiiy sanat^ haг tomonlama mukammal, o'zining badiiy nafosati bilan , xilma-xil ifoda usullari bilan berilgani-o'zbek tilimizning g'oyatda boyligi va go'zalligini, shuningdek, nozik va teranligini yoгqin hamda jonli lavhalaгda ifodalashini ko^satib tuгibdi. She'riyatda talmeh san'atining qo'llanilishi unga yashirin ma,nolaг va shifгlangan tildan mohirana foydalanish oгqali chuquг g'oya va tuyg'ulami yetkazish imkonini beгdi, she'riyatini ham jozibali, ham aqliy jozibador qildi.
Shaгq mumtoz adabiyotida g'azal yetakchi janr. Uning mavzu, tuzilish jihatidan tuгlaгi boгasida tadqiqotlaг amalga oshirilgan. Mazkuг janmi taгaqqiy ettirishga o'z hissasini qo'shaг ekan, uning shakliy jihatdan ham noyob turiarini yaгatishga eгishadi. Ahmad Yassaviydan keyingi tokiy xalqlaming taгixi - ma'naviy-axloqiy hayotda yangi yo'nalish, yangi ilohiy nuqtai nazar shakllangan, komil inson haqidagi tasawuto to'la oydinlashgan tarix hisoblanadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. NashTga tayyoгlovchi R.Abdushukuгov. Toshkent, 1992.
2. ttps: //saviya.uz/ij od/adabiyotshunoslik/talmeh/
3. Адaбий тур Ba жaнрлaр. Уч жилдлик, 2-жилд. Лирикa. - Тошкент: "Фен", 1992.
4. Болтaбоев X,. Шярк; мумтоз поэтикaси. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2006.
5. Узбек клaссик шеърияти жaнрлaри. О.Носиров Ba бошк;aлaр. - Тошкент: "У;итувчи" нaшриёти, 1979.
Research BIB / Index Copernicus
6. Xp:®Hax№egoB A. MyMT03 SaguHAT Manoxara. - TomKeHT: "fflapK" HampuëT Maröaa кoнцернн 6om TaxpupHaTH, 1999.
7. Mannopov, I. S. (2020). THE ISSUE OF AUTHORSHIP OF THE POETICS IN DIVANI HIKMAT. Theoretical & Applied Science, (9), 411-414.
8. Sultonalievich, M. I. (2020). YASSAVI LITERATURE AND ITS EMERGENCE. Anglisticum. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 9(8), 26-33.
9. Mannopov, I. S. (2020). THE ISSUE OF AUTHORSHIP OF THE POETICS IN DIVANI HIKMAT. Theoretical & Applied Science, (9), 411-414.
10. Sultonalievich, M. I. (2018). Akhmad Yassaviy and the Tradition of Hikmats.
ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 59-65.