Научная статья на тему 'О‘ZBEK SAN’ATIDA NA’TNAVOZLIK'

О‘ZBEK SAN’ATIDA NA’TNAVOZLIK Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
69
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
na’tlar / payg‘ambar siyrati / mо‘jizalar / ahli ayol / she’riy vasflar / omma / ezgulik yо‘li / tarbiya / na’tnavoz hofizlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abduqahhor Jalilov

Ushbu maqolada о‘zbek adabiyotida mavjud bо‘lgan na’tlar asosida yaratilgan ashulalar xususiyati, an’anaviy ijrochilik namunalari sifatidagi maqomi tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEK SAN’ATIDA NA’TNAVOZLIK»

O'ZBEK SAN'ATIDA NA'TNAVOZLIK

Abduqahhor Jalilov

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek adabiyotida mavjud bo'lgan na'tlar asosida yaratilgan ashulalar xususiyati, an'anaviy ijrochilik namunalari sifatidagi maqomi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: na'tlar, payg'ambar siyrati, mo'jizalar, ahli ayol, she'riy vasflar, omma, ezgulik yo'li, tarbiya, na'tnavoz hofizlar

NA'T (PRAISE) IN OF UZBEK ART

Abdukakhhor Jalilov

Uzbek National Music Art Institute named after Yunus Rajabi

Abstract: This article analyzes the features of songs created on the basis of nats existing in Uzbek literature and determines their status as examples of traditional performance.

Keywords: Na'ts, the character of the Prophet, miracles, women, poetic qualities, the masses, the path of virtue, education, Na't song, hafiz.

Badiiy ijod, musiqa va ashula - ulkan tarbiya vositasi. Ko'p asrlik tarixiy haqiqat shuki, shoiru nosiri, olimu muallimi merosini chuqur o'rgangan jamiyat ravnaq topaveradi, tashqi salbiy ta'sirlardan ziyon ko'rmaydi, aksincha - ma'naviy barkamollik bardavomligini ta'minlaydi. Adabiy asarlardagi ezgu maslak va g'oyalarni maqom va baxshichilik san'ati orqali targ'ib va tashviq etish ham bu sohada ijobiy natijalar beradi. Bu masala O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 26-maydagi PF-600-qarorida aniq belgilab berilgan.[2.]

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston Strategiyasi" nomli kitobida Yangi O'zbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo'nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.[3.] Milliy taraqqiyotga o'tmish merosiga tayangan holda erishiladi. Bu yo'lda adabiy, irfoniy merosimizni o'rganish dolzarbdir.

Yuqoridagilarni e'tiborga olib ushbu maqolada san'atimizning qadimiy usullaridan biri bo'lgan na'tnavozlik va bu sohaning ta'limiy jihatlari to'g'risida so'z yuritamiz.

Tarixiy kitoblarda yozilishicha, "Rasul alayhissalom yaxshi xulqlari bayonining nihoyati yo'q, sanasa ado bo'lmas, ammo shu o'rinda bir nechasini aytamiz. Rasuli akram doim tafakkur birla erdilar. Va doim xotirjam turar va haybatli erdilar. Ochiq yuzli, to'g'ri so'zli, javonmard, yumshoq ko'ngulli edilar. Birov bilan dunyo talashib bahs-jadal qilmadilar, birovning aybini oshkor qilmadilar, g'iybat qilmadilar. U zotning majlisi ilm, omonat, hayo va sabr majlisi edi. [4.]

Buyuk mutafakkir Ahmad Yassaviy "Devoni hikmat"da Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni orifona shundoq ta'rif etganlar: O'n sakkiz ming olamga sarvar bo'lgan Muhammad, O'ttuz uch ming as'hobg'a rahbar bo'lgan Muhammad. Yalong'ochu ochliqqa qanoatlig' Muhammad, Osiy, jofiy ummatga shafoatlig' Muhammad. Tunlar yotib uyumas, tilovatlig' Muhammad, G'arib birla yetimga muruvvatlig' Muhammad. Yo'ldan ozg'an gumrohg'a hidoyatlig' Muhammad, Muhim tushsa har kimga kifoyatlig' Muhammad. Bu Jahlu Bu Lahabga siyosatlig' Muhammad, Malomatni sobuni, salomatlig' Muhammad.[5.]

Qisqasi, Hazrat Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam janoblarining go'zal, barkamol, o'rnakli hayotlari to'g'risida Sharq she'riyatida na'tlar turkumlari yaratilgan. O'zbek adabiyotida ham minglab na'tlar mavjud. "Na't" so'zining ma'nosi payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning siyratlari (tabiatlari), hayot yo'llari, ko'rsatgan mo'jizalari, atrofidagilar, ahli ayollariga munosabatlari, ijtimoiy, maishiy, xususiy holatlari haqidagi she'r demakdir.

Na't she'r va g'azallar hofizlar tomonidan kuylanadi. Bu na'tnavozlik deyiladi. Na'tnavozlik Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishdan boshlanadi. Buning asosi Qur'oni karimda mavjud bo'lib, "Ahzob" surasining 56-oyatida quyidagicha marhamat qilingan: "Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salavot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salavot ayting va salom yuboring" [6]

Salavot aytish "Sollallohu alayhi vasallam" yoki "Alayhissalom" yoki boshqa lafzlar bilan bo'ladi. "Sollallohu alayhi vasallam" degani "Unga Allohning salavoti va salomi bo'lsin!" deganidir.

Umuman olganda na'tlar adabiy asar sifatida tarixiy, ma'naviy, madaniy, ijtimoiy, maishiy, psixologik, etik va estetik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun ham o'tgan zamonlardan beri na't-she'rlarga katta qiziqish va e'tibor bilan qaralgan

bo'lib, ular mavludi shariflarda, to'y va marosimlarda manzurnafas hofizlar tomonidan zikr usulida kuylangan. Keyinchalik mazkur na'tlarning g'azal janrida bitilgan badiiy jihatdan eng yetuk namunalari kuyga solib ijro etilgan.

Bundan ko'rinadiki, o'zbek xalqida ham na'tnavislik va na'tnavozlik an'anasi o'ziga xos yo'nalish kasb etgan. Xalq qo'shiqlariga aylangan hamd, munojot va na'tlar mumtoz musiqiy san'atning ajralmas qismi sifatida bugungi kunlarda ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Mustaqillik tufayli ularni o'rganishga bo'lgan qiziqish yana ham ortdi. Zero, elimizning barcha hofizlari ijro dasturida xamd, munojot va na'tlar munosib o'rin egallagan. Ammo shu paytgacha ularni ilmiy muomalaga, o'quv darsliklariga kiritish bo'yicha ishlar yetarli darajada amalga oshirilmagan. Bu esa mazkur mavzuning dolzarbligini ko'rsatadi. Jumladan, ba'zi yoshlar mazkur mavzudagi asarlarning matnlarini o'qish va ularning mazmunini tushunishga ojizlik qiladilar. Na't, nashida va salovotlarning ma'nolarini yaxshi tushunmagan holda tinglaydilar va ijro etadilar. Ba'zi yoshlar esa tarbiyaviy ahamiyati, qadr-qimmati yuqori bo'lgan, milliy tilda yozilgan va kuylangan na'tlarni tinglash o'rniga, o'zlari tushunmagan holda milliy an'analarimizga yot bo'lgan, insonparvarlik va vatanparvarlikdan yiroq xorijiy asarlarni tinglashga berilib ketmoqdalar. Shularni e'tiborga olib, o'zbek adabiyotida asrlar sinovidan o'tgan, kuyga solib ijro etilgan, san'atsevar xalqimiz tomonidan sevib tinglab kelinayotgan mumtoz va zamonaviy usulda yozilgan ibratli na'tlarni jamlab, ularga sharhlar bitib, alohida o'quv qo'llanma yaratish dolzarb sanaladi.

O'zbek musiqa san'ati an'analarining buyukligi mumtoz musiqaning rosmana purma'noligi va xalq adabiyotining ma'naviy barkamolligi uyg'unligida bo'lsa kerak. Musiqa san'ati ijrochiligi amaliyotida millatimizning e'tiqodi, ma'naviyati, tarbiyasi, kamoloti mezonlarini shakllanishi va rivojida katta ahamiyat kasb etib kelgan musiqiy janrlar bo'lganki, ularning shaklu-shamoili, ohang mag'zi, so'z matni va ijro omillari o'zining xalq didiga mosligi, mukammalligi va buyukligi bilan ajralib turgan. Mukammallik negizida murakkablik omillari bo'lganki ularning ijrosi uchun maxsus kasbiy va ma'naviy tayyorgarlik, shunga mos imkoniyatlar va mahoratlar talab etilgan. Bunday janrlar xalqimizning mumtoz musiqa merosida munojot, hamd, na't, zikr, marsiya kabi musiqiy shakllarda ijro etib kelingan. Bunday asarlarni ijro etuvchi san'at namoyandalari alohida e'tiborda bo'lib, ular xonaqoyi hofizlar deb yuritilgan. [7]

Qayd etish joizki? musiqa merosimizdan o'rin olgan maqom namunalari, yetakchi janrlar bo'lgan katta ashula va suvoralarning barchasi ana shunday so'z-matnlar bilan ijro etib kelingani, 18-19-asrlarda hofizlar ijrosiga asoslanib yaratilgan bayozlarda o'z ifodasini topgan. Bunday asarlarning ohangining o'zida munojot yoki marsiya, hamd yoki na't janriga mansubligi yaqqol sezilib turadi. Ularni ijrosi uchun nafaqat ovoz, balki adabiy bilim va ijro mahoratning bo'lishi va mutanosib

uyg'unligini topishi muhim hisoblangan. Bunday musiqiy namunalami ohang, kuy mavzulari inson ongi va tafakkurini ma'naviy ozuqasi sifatida xizmat qilib kelgan. Ijro hofizlarning bilimli va mukammal talqinining ahamiyati ham ana shu ijroda o'zini namoyon etgan. Xalqimizning hofizlarni doimo ardog'ida bo'lib kelishlarining asosiy sabablaridan biri ham shunda bo'lsa ajab emas.

Na'tlar ijrochilik amaliyotida xalq tomonidan e'tirof etilgan buyuk hofizlar tomonidan ijro etib kelingan. O'z davrining mustoz namoyandalari Hamroqul qori, Erka qori Karimov, Sodirxon hofiz, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Hojixon Boltayev, Jo'raxon Sultonov, Komiljon Otaniyozov, Rasulqori Mamadaliyev, Akmalxon va Boboxon Subxonovlar, Shoqosim, Shoolim va Shoakbar Shojalilovlar, Orifxon Xotamov, Muhammadjon Karimov, Umarjon Otayev, Nurulloh qori Yunusov, Komiljon Boratov, Quvondiq Iskandarov kabi ustozlar shular jumlasidandir. Bizning davrimizga kelib xonandalik san'atida faoliyat olib borib tanilgan bir qator hofizlar ham bunday murakkab janrni ijrosiga qo'l urganlar. Bu bilan milliy musiqa merosimizning bebaho namunalarini va ustozlar an'anasi davom ettirishga o'z hissalarini qo'shib kelmoqdalar. Bunday hofizlar qatorida Saidhofiz Haydarov, Rustamjon No'monov, Boqijon Sattorov, Otaboy qori Xolliyev, Sharif Boltayev, Rahmatjon Qurbonov, Nosirhoji Alimaxsumov, Ochilbek Matchanov kabi iste'dodli na'tnavoz xonandalar ijrolarini mamnuniyat bilan tilga olishimiz joizdir.

Mazkur hofizlar Xoja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy, Gadoiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Fuzuliy, So'fi Allohyor, Boborahim Mashrab, Xojamnazar Huvaydo, Shayx Mahmud G'oyibiy, Abdulaziz Majzub Namangoniy, Umarxon Amiriy, Mullo Yo'ldosh Xilvatiy, Maxtumquli, Ziyovuddin Haziniy, Mulla Qo'shoq Miskin, Mulla Yo'ldoshxo'ja Dog'iy, Sidqiy Xondayliqiy, Dadaxon qori Suhayliy, Dilafkor, Mirmahmud Mirshamsiddin o'g'li Qoriy, Shayx Sulaymon Buxoriy Naqshiy, Husaynxon Mushkin kabi mumtoz shoirlar va zamonaviy ijodkorlar tomonidan yozilgan na'tlarni kuyga solib ijro etganlar.

Xulosalar va tavsiyalar

Musiqiy ohanglarda ijro etilgan na'tlarning nota namunalarini yaratish va nashr etish lozim;

Matnlardagi murakkab so'zlar, ibora va iste'lohlarning (terminlar) ma'nolar kesimiga mos lug'atlar ishlab chiqish kerak;

Yurtimizning sevimli hofizlari tomonidan ijro etilgan va xalqimizga manzur bo'lgan bir qator na'tlarning ijro audioyozuvlarini tasnif etish kerak;

Ashulachiligimizning tarkibiy qismini tashkil etgan na'tnavozlik namunalaridan buyuk O'zbekistonimiz kelajagi bo'lgan yosh avlod bahramand bo'lishi uchun ohanglar bilan sayqallangan qadriyatlarni targ'ib etish san'at ahlining burchi ekanligini unutmasligimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy bog'idagi Shoirlar xiyobonida bir guruh adiblar bilan uchrashuvda so'zlagan nutqi. "Xalq so'zi" gazetasi. 2018-yil 25-may.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020 yil 26 maydagi PF-600-qarori.

3. Mirziyoyev SH.M. Yangi O'zbekiston Strategiyasi. T.: 2021.

4. Imom Termiziy. Shamoyili nabaviY. "Movarounnahr" nashriyoti. T.: 1991.

43 b.

5. Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. "Mehnat" nashriyoti. 1993.

6. Qur'oni karim ma'nolarining tarjimasi. A.Mansur tarjimasi. "Toshkent islom universiteti" NMK. T.: 2004. 244 b.

7. Begmatov S. Chashma sarchashmasi. // «Maqom» jurnali. 2022. № 1. -36-42-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.