Научная статья на тему 'MAQOMLAR ASOSIDA BASTALANGAN ASARLAR: SAIDJON KALONOVNING “TOPMADIM” ASARI MISOLIDA'

MAQOMLAR ASOSIDA BASTALANGAN ASARLAR: SAIDJON KALONOVNING “TOPMADIM” ASARI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
17
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
bastakorlik / ijod / “topmadim” / tarix / maqomlar / nay / ijrochilik / an’ana / milliy musiqa

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abror Zufarov

Ushbu maqolada O‘zbek miliy musiqa san’ati, xususan maqomlar ijrochiligi tarixi va rivojlanishida eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lgan bastakorlik ijodi haqida so‘z boradi. Ma’lumki, bastakorlik tarixi juda ham uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bastakorlik an’anasi maqom ijrochiligi an’anasi silsilasi bilan chambarchas holda bizning kunimizga qadar yashab kelmoqda. Uning bunday umrboqiyligiga sabab bastakorlarning o‘z ijodlarida xalq ogzaki ijodi va xususan maqomlarga uzviy bogliq holda ijod etishlaridir. Mazkur maqolada aynan O‘zbek bastakorlik ijodida eng o‘zak omil sifatida avloddan avlodga o‘tib, o‘ziga xos shakl va rivojlanishga ega bo‘lgan bastakorlikda maqomlar yo‘llaridan foydalanish uslubini atoqli O‘bek bastakori Saidjon Kalonovning “Topmadim” asari orqali yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQOMLAR ASOSIDA BASTALANGAN ASARLAR: SAIDJON KALONOVNING “TOPMADIM” ASARI MISOLIDA»

MAQOMLAR ASOSIDA BASTALANGAN ASARLAR: SAIDJON KALONOVNING "TOPMADIM" ASARI MISOLIDA

Abror Zufarov

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbek miliy musiqa san'ati, xususan maqomlar ijrochiligi tarixi va rivojlanishida eng muhim yo'nalishlardan biri bo'lgan bastakorlik ijodi haqida so'z boradi. Ma'lumki, bastakorlik tarixi juda ham uzoq o'tmishga borib taqaladi. Bastakorlik an'anasi maqom ijrochiligi an'anasi silsilasi bilan chambarchas holda bizning kunimizga qadar yashab kelmoqda. Uning bunday umrboqiyligiga sabab bastakorlarning o'z ijodlarida xalq ogzaki ijodi va xususan maqomlarga uzviy bogliq holda ijod etishlaridir. Mazkur maqolada aynan O'zbek bastakorlik ijodida eng o'zak omil sifatida avloddan avlodga o'tib, o'ziga xos shakl va rivojlanishga ega bo'lgan bastakorlikda maqomlar yo'llaridan foydalanish uslubini atoqli O'bek bastakori Saidjon Kalonovning "Topmadim" asari orqali yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: bastakorlik, ijod, "topmadim", tarix, maqomlar, nay, ijrochilik, an'ana, milliy musiqa

WORKS CREATED ON THE BASIS OF STATUS: AS AN EXAMPLE OF "TOPMADIM" BY SAIDJON KOLONOV

Abror Zufarov

Uzbek National Music Art Institute named after Yunus Rajabi

Abstract: This article talks about compositional creativity, which is one of the most important directions in the history and development of Uzbek national music art, especially the performance of maqams. It is known that the history of composition goes back to the very distant past. The tradition of composition and the tradition of maqam performance has been living until our days. The reason for its longevity is that the composers create in their creations in an inextricable connection to the folklore and, in particular, statuses. In this article, the method of using status paths in composition, which has been passed from generation to generation and has its own form and development, as the most fundamental factor in Uzbek compositional creativity, through the work "Topmadim" by the famous Uzbek composer Saidjon Kalonov explained.

Keywords: composition, creativity, "I didn't find", history, status, flute, performance, tradition, national music

O'zbek xalqining musiqa madaniyati, xususan bastakorlik merosi juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, maqom san'ati, xalq bastakorlik yo'llari, shuningdek, folklor - havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko'rinishlari bir-birini to'ldirib keldi. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo'lagi sifatida namoyon bo'lmoqda. Bugungi kunda yurtimizda milliy-ma'naviy qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga, unutilayozgan, tarixan qadrli an'analarimizga bo'lgan e'tibor, ularni yangidan isloh etish jarayoni ustivor yo'nalish kasb etdi. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, ma'naviy boyligimizga bo'lgan e'tibor davlat miqyosiga ko'tarildi. Hozirda ota-bobolarimizdan, ajdodlarimizdan qolgan ma'naviy boyliklarni, jumladan, musiqiy madaniyatni avaylab asrash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan hamohang qadam tashlash borasida talaygina ishlar qilin-moqda. Bu borada o'tgan ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qoldirib ketgan ulkan ma'naviy boyligimiz asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda. "Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir" mavzusida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning davlatimiz ziyolilari bilan uchirashuvida: madaniyatimiz va san'atimizni rivojlanish hamda bu boradagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, ayrim salbiy holatlar, ularning jamiyat hayotidagi ta'sirini xolisona va tanqidiy baholab, o'z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish.

Ijodiy uyushmalar, Madaniyat vazirligi hamda uning tarkibidagi birlashma va tashkilotlar faoliyatini chuqur tahlil etib, ijodkor ziyolilarning bugungi kunda jamiyat hayoti, islohotlar jarayonidagi o'rni va vazifasini oshirish deb ta'kidlab o'tdilar. Mustaqillik taraqqiyoti yillarida to'plangan tajriba, dunyoqarash jamoatchiligi Yangi O'zbekiston deya e'tirof etgan o'zimizga mos taraqqiyot yo'li-kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o'zgarish va yangiliklar xalqimiz qalbi ongi va gururiga ulkan ta'sir ko'rsatmoqda. Shu ta'sirlar natijasi o'laroq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'grisida" 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti tashkil etildi. Tarixdan ma'lum, ma'naviyatimizning asosiy bo'gini bo'lgan musiqiy madaniyatimiz, an'anaviy ijrochilik, maqom ijrolari va bastakorlik hamisha xalqimizning kundalik hayotida ma'naviy ozuqa sifatida e'tirof etib kelingan. Xalq ogir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham qo'shiq va musiqa ularga hamroh bo'lgan. Zero, bugungi muborak kunlarimizda, o'zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma'naviyatimizning bir bo'lagi bo'lgan, ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish, an'anaviy qo'shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning barchasi

barkarnol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

An'anaviy musiqa va qo'shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, mehr-oqibatga, odamiylikka chorlab kelgan. Bugungi kunda ham shu dolzarbligini yo'qotmagan holda mustaqillikka, mehnatkashlar ongini shakllantirish yo'lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida asosiy omillardan bo'lib qolaveradi. Musiqa san'atining kasbiylik an'analarida yuzaga kelgan mumtoz namunalar, xalq marosimlari jarayonida yaratilib kelingan kuy va qo'shiqlar o'ziga xos an'analar asosida zamonlar osha yashab, rivojlanib kelmoqda. Bastakorlik ijodiyoti esa bir-biridan kelib chiqqan ikki qatlamga bo'linadi. Birinchi qatlam - xalq musiqa ijodiyoti, ya'ni xalq tomonidan yaratilib kelingan folklor musiqasi. Ikkinchisi - musiqa ijrochiligi amaliyoti; meros bo'yicha muayyan bilimga ega bo'lgan shaxs, ya'ni bastakorlar ijodiyoti natijasida yaratilgan mumtoz musiqiy asarlaridir. Bastakorlik ijodiyotining eng yirik va mukammal shakli maqomot tizimiga kiruvchi asarlardir. Bastakorlik amaliyotida shakllanib maqomot shakligacha rivojlangan janrlar, manbalarda amal, qavl, parda, nagma, ovoz, naqsh, peshrav, savt, chorzarb, kor, tarona kabi iboralarda tasvirlanib kelingan. Ushbu iboralarning amaliyoti va ijodiyoti xususida, tarixda bitilgan musiqiy risolalar, turli ilmiy va badiiy adabiyotlarda aks ettirilganligini qayd etish lozimdir.

Bastakorlik ijodi va umuman, musiqa san'atining turli yo'nalishlari bilan bogliq masalalar, IX-XVII asrlarda yashab ijod etgan Al-Kindiy, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safíuddin Urmaviy, Abdulqodir Marogiy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin Husayniy, Najmiddin Kavkabiy, Darvish ali Changiy kabi allomalarning musiqa ilmiga bagishlangan risolalarida musiqa zamonasi kesimida bayon etilgan. Risolalarda qayd etilishicha, musiqaning nazariyasi va amaliyoti azaldan o'zaro bogliq holda shakllanib kelgan. Darhaqiqat, san'at millatning ma'naviy boyligi, hayotining ko'zgusidir. San'atlar ichida musiqa xalqqa tez yetib boradigan, keng ommalashgan turi hisoblanadi. Musiqa san'ati o'zining qadimiyligi, janrlarga boyligi, mazmun-mohiyatan keng qamrovliligi, ommabopligi bilan jamiyat turmush hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan.Musiqa san'atining muhim tarmogi musiqa ijodiyoti ijrochiligidir. Musiqiy namunalar yaratilish va ijro etish kabi mezonlarni o'z ichiga oladi. Ularni tugal asar shakliga keltiradigan, ohang va sadolar orqali insonga ruhiy ozuqa beradigan kuy va qo'shiqlarning yaratilishi bastakorlik ijodiyoti bilan bogliqdir. Bu, albatta, musiqa san'atining eng muhim tarmogi hisoblanadi. Demak, musiqa yaratuvchilari, ya'ni bastakorlarning ijodiyoti xalq ma'naviyati, madaniyati, tarixi, an'ana va qadriyatlari haqida ma'lumot beruvchi axborot manbayi vazifasini ham o'taydi. Bastakorlik san'ati juda keng tushunchadir. Oddiy qilib aytganda, xalq musiqasi ham xalq tomonidan ommaviy tarzda yaratiladi va ijro etilib kelinadi. Demak, bu ham

bastakorlik san'atining bir ko'rinishidir. Faqat ular xalqimizning hayoti, voqelik, marosim va udumlariga bogliqligi bilan ajralib turadi. Ana shu jarayonning ravnaqi, ya'ni milliylikning rivoji, xalqimizning tafakkuri, ma'naviyati, ma'rifiy kamoli, jamiyat rivoji va buyukligini musiqiy ohanglarda muayyan shakllarga solib tasvirlab berish - bastakorlikdir.

Ma'lumki, XX asr musiqa ijodiyoti yangi oqimlar bilan boyidi. O'zbekiston musiqa madaniyati tarkibida Yevropadan ko'p ovozli kompozitorlik ijodi va ijrochiligi kirib keldi, musiqa ta'limida va ijodda ustuvor yo'nalish sifatida unga katta e'tibor qaratildi. Uzoq o'tmishli, muayyan shakl tarkibiga ega bo'lgan va ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan an'anaviy bastakorlik ijodiyoti nazardan chetda qoldi. Shunday bo'lsa-da, bastakorlik ijodiyoti o'ziga xos tarzda davom ettirilganligi hamda zamonga mos yaratilgan asarlar o'zining shakl-u shamoyilini asragan holda, ammo uslub jihatidan davrga moslashganligini kuzatish mumkin. Bastakorlarning yangi avlodi, o'tmish ijodkorlar an'analarini davom ettirgan holda o'ziga xos uslublarni yaratdilar. Ijod etilgan asarlar ham xalqonaligi, an'anaviyligi va zamonaviyligi bilan ijro amaliyotida ommalashib, rivojlandi. Ijodiyotda janrlik xususiyat kengaydi1. Qolaversa, bastakorlik ijodiyoti an'anasi zamonaviy musiqa ijodiyoti bilan boyiganligini e'tirof etish mumkin. O'zbek kompozitorlik ijodiyotining negizida ham bastakorlik an'analari, tafakkuri va musiqa merosiga bo'lgan munosabatlari o'z aksini topganligi bunga sababdir. Oxirgi chorak asr xalq musiqa ijodiyotida o'ziga xos davr bo'ldi. XX asrga kelib o'zbek bastakorlik ijodiyotida an'anaviy maqom ijodiyoti emas, balki shunga yaqin, lekin o'zgacha yangi yo'nalishdagi shakllarga asoslangan ijodiy uslublar yuzaga keldi. Lekin, an'anaviy uslubga ham umuman chek qo'yilgani yo'q. Ayrim bastakorlar ijodiyotida yetuk, maqom yo'llariga xos ijod namunalari oz bo'lsa-da yaratilib turilganligini e'tirof etish lozimdir.

O'zlarining bastakorlik ijodini olib borgan aksariyat namoyandalar, bu sohaning an'analarini zamon ruhi bilan uygunlikda talqin etib betakror asarlar yaratishga muyassar bo'ldilar. Samarqand bastakorlik maktabining namoyandalari Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Doni Zokirov, Nabijon Hasanovlarning bastakorlik ijodlari bunga yorqin misoldir. Xususan, Hoji Abdulaziz Abdurasulov (1852-1936) o'zining bastakorlik ijodi bilan yangi sahifa ochdi. Maqom an'analariga tayangan holda xalq, musiqa namunalari asosida bir qator mumtoz xarakterli asarlar yaratishga muyassar bo'ldi. O'ziga xos yangicha yondashishlarga asoslangan zamon bastakorlik ijodiyotida To'xtasin Jalilov, Komiljon Jabborov, Ganijon Toshmatov, Muxtorjon Murtazoyev kabi bastakorlik maktabi namoyandalarining ijodiy faoliyati o'z samarasini namoyon etdi. Ushbu maqolamizda ana shunday bastakorlardan Saidjon Kalonovning bastakorlik ijodida maqom chizgilari mavzusini bir oz bo'lsada yoritishga harakat qildik. Saidjon Kalov yuqorida keltirilgandek keyingi avlod

1 Soibjon Begmatov Bastakorlar ijodi. T.: 2017

bastakoñar avlodiga mansub bo'lib, uninhg ijodida milliy ohanglar, xalqchil asarlar ko'p o'rin olgan. Mavzuimizni ana shu asarlardan biri Navoiy gazaliga bastalangan "Topmadim" ashulasi hususida olib bormoqchimiz. O'tgan asrning o'rtalarida atoqli bastakor Saidjon Kalonov o'zining qator asarlari bilan, nay cholgusidagi ijrolari bilan Ustozlar, san'at shinavandalarining e'tiboriga tushib qolgandi. O'sha vaqtlarda Saidjon Kalonov buyuk shoir - hazrat Alisher Navoiyning "Topmadim" radifli she'rlariga Shashmaqomning nasr yo'llariga yaqin qilib ashula bastalaydi. Ashula tez orada mashhurlashib ketdi. Ustoz Yunus Rajabiy ham asarga yuksak baho berib, uni o'z kitoblari,ya'ni, "O'bek xalq musiqasi" ning II tomiga kirgizdilar. O'sha kitobning izohlar yozilgan betida: "Topmadim. Saidjon Kalonov muzikasi, Navoiy she'ri, shashmaqom mo'gulchalariga o'hshatma qilib ishlangan" deya yozib qo'yilgan edi.2

Endi asarni o'zimiz tomonimizdan kichik bir tadqiqot qilganimizdagi hulosalarni keltirib o'tmoqchimiz. Avvalo "Topmadim" asari Shashmaqomnig "Dugoh" maqomi, ikkinchi guruh sho'balari tarkibidagi "Mo'gulchai dugoh"3 asosida bastalangan. "Topmadim" asari tovushqatori Shashmaqomning dugoh maqomi tovushqatoriga hamohang olingan bo'lib, usuli esa Talqindir.

Talqin:

Topmadim asarining asosiy tovushqatori va Dugoh maqomining tovush qatori:4

Jf

4» 1 '

\rs

VV ^- o —M^-

Talqinchai mo'g ulchai dugoh

2 Yunus Rajabiy Ozbek xalq muzikasi T.: 1957 y.555 bet.

3 Yunus RajabiY. T., Adabsai'atnashr, 1972. 208 bet. 4.TOM. DUGOJ 93 bet.

4 A.Zufarov Tanbur parda tizimini "Shashmaqom" ohanglariga sozlash. Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari.T.; 2016. 203 bet.

Yuqoridagi nota yozuvlarida keltirib o'tilgan ikkala asarning tovush qatorlarí va ashuladagi ohang rivojlanishlarini solishtirib ko'rilsa "Topmadim" asarining maqom yo'llariga ohang va parda jihatidan ancha yaqin ekanligini ajratib olish qiyin emas. Quyida esa ushbu asarning avjida ishlatilgan muhayyari chorgoh avjini ham nota misolaida keltirib o'tamiz:

Talqinchai mo'gulchai dugohda keluvchi avji muhayyari chorgohdan namuna:5

5 Shashmaqom. 6 tomlik. Yozib oluvchi Yunus RajabiY. T., Adabsai'atnashr, 1972. 208 bet. 4. DUGOJ\. ITFVE^^Hl 336 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Ko'rib o'tilganidek bastakor Saidjon Kalonovning qalamiga mansub "Topmadim" ashulasi Shashmaqom nasr bo'limi ikkinсhi sho'basidagi "Mo'gulchai dugoh talqinchasi" asosida yaratilgan ekan degan hulosaga kelishimiz mumkin. Ushbu asar maqom yo'llariga yaqinligidan va unga buyuk shoirimiz Mir Alisher Navoiyning gazallari mohirona qo'yilganligi bois ustoz san'atkorlar, hofizlar, zamonaviy qo'shiqchilar va san'at sevar elimiz tomonidan hanuz qadrlanib kelinadi. Albatta, bunday asarlarni bastalashda bastakorda yuksak iqtidor, bilim, uzoq yillik tajriba, maqomlarimiz va xalq ogzaki ijodiga bo'lgan mehr, ilm va keng dunyo qarash mujassam bo'lmogi lozim. Bastakor Saidjon Kalonov hayotiga nazar solsak uning bosib o'tgan yo'llarida o'zi yaratib ketgan asarlarning yo'llarini ko'rganday va his qilganday bo'lamiz.

O'zbek bastakorlik maktabining namoyandalaridan biri, atoqli sozanda va bastakor Saidjon Kalonov 1914-yilning 30-iyunida Fargona vodiysining Chust tumani Karkidon qishlogida tavallud topgan. Oddiy hunarmand oilasida tugilgan Saidjon yoshligidan nay sozini chalishni mashq qiladi. Avvaliga eski maktabda, so'ng XX asrning 20-yillaridan yangi maktabda boshlangich ta'limni oladi. Maktabda musiqa to'garagiga qatnashadi. 1925-yili Toshkentdagi musiqa texnikumiga o'qishga kiradi va sozandalik san'atini puxta egallaydi. Ushbu dargohda u zamonasining yetuk san'atkorlari Shorahim Shoumarov va Abdusoat Vahobovlar sinfida musiqa sirlarini o'zlashtiradi. Taqdir taqozosi bilan 1927-yili ularning oilasi Toshkentga ko'chib o'tishadi. U Yunus Rajabiy tomonidan radio qoshida tashkil etilgan xalq cholgulari ansambliga naychi sozanda sifatida ishga kiradi. Saidjon Kalonov tabiat bergan o'ziga xos iste'dod egasi edi. Uning nay cholgu sozining ijrochiligida ansamblda ishlashi, texnikumda muallimlardan saboq olishi nafaqat saboq davri, balki ustozlarning an'anasini egallashida asosiy maktab sifatida xizmat qiladi. Nay cholgusining ijrosi uchun sozandalarda bir qator tabiiy iste'dod va imkoniyatlar bo'lishi talab etiladi. Saidjon Kalonov ustozlar rahnamoligida aynan ustoz-shogird

maktabini o'tashga muvaffaq bo'ladi. Ustozlar Abduqodir Ismoilov, Yunus Rajabiy va To'xtasin Jalilovlarning sabogidan, nafaqat soz ijrochilik san'ati,balki boy musiqiy meros namunalarini o'zlashtirishga harakat qiladi.Saidjon Kalonovning saboq jarayonidagi eng muhim jihat ham ana shu ustozlarning sabogida muhrlangan edi. Qolaversa, radio qoshidagi ansamblda Mulla To'ychi Toshmuhamedov kabi ustozlar bilan birga Komiljon Jabborov, Faxriddin Sodiqov, Nabijon Hasanov,Ganijon Toshmatov kabi zamonasining mohir san'atkorlari bilan faoliyat olib borgani Saidjon Kalonov faoliyatida alohida ahamiyat kasb etdi. Musiqa texnikumini bitirganidan so'ng Samarqand musiqa va xoreografiya institutida ikki yil davomida taniqli naychi, ustoz san'atkor Abduqodir Ismoilovning ta'limini oladi.1932-yili faoliyatini Fargona viloyati musiqali drama teatri qoshidagi musiqa ansambliga musiqa rahbari sifatida boshlaydi. Jamoa bilan ishlash, teatr repertuaridan o'rin olgan musiqali dramalarga musiqalar tanlashning amaliyoti uning har tomonlama ijodini sinab ko'rish imkoniyatini yaratdi. Jamoa bilan ishlash jarayonida u musiqa ijodiyotining bir qator yo'nalishlarida o'zini sinab ko'rishga intiladi. Saidjon Kalonov teatrda sahnalashtirilgan spektakllar uchun musiqalar tanlagan va ularni maromida ijro etish uchun jamoani boshqaradi. Jumladan, «Farhod va Shirin» musiqali spektakliga musiqalar tanlaydi va bir qator kuy va qo'shiqlar bastalaydi. Saidjon Kalonov bastakorlik ijodining ilk uchqunlari ayni shu teatrda namoyon bo'la boshlaydi. 1936-yili Toshkentda O'zbekiston davlat filarmoniyasi tashkil etiladi. Saidjon Kalonov To'xtasin Jalilov rahbarligidagi ansamblda naychi sozanda sifatida faoliyatini davom ettiradi. Shu davrdan boshlab, o'zbek musiqa ijodiyotida yangi uslub shakllana boshlaydi. Musiqa ijodiyotida ham o'ziga xos mazmunga ega bo'lgan asarlar yaratish zamon talabiga aylanadi. O'zbek bastakorlik ijodiyotida keskin burilish hosil bo'lganligini ko'rish mumkin. Ya'ni an'anaviy(maqom va maqom yo'llaridagi) musiqa ijodi emas, balki yangi zamonni madh etuvchi tantanavor qo'shiqlar yaratila boshlandi. Shu bilan birga, Yevropa musiqa ijodiyotida keng ommalashgankompozitorlik ijodiyoti kirib keldi. Bu, albatta, davr taqozosi edi. Shu tariqa Saidjon Kalonov O'zbek filarmoniyasi qoshidagi ansambllar tarkibida o'zbek san'atkorlari bilan birgalikda faoliyat olib boradi. Saidjon Kalonov nafaqat sozanda sifatida, balki ansambl rahbari, ansamblni yangi asarlar bilan ta'minlab kelgan bastakor sifatida o'zini namoyon eta boshlaydi. Ayniqsa, Yangiyo'l teatri jamoasida ustoz san'atkorlar hamkorligidagi faoliyati davomida ancha mukammal asarlarni yaratishga muvaffaq bo'ladi. 1948-yildan umrining oxirigacha O'zbekiston radiosi qoshidagi o'zbek xalq cholgulari orkestrida ishlaydi.

Hulosa qilib aytadigan bo'lsak O'zbek musiqa san'atida yorqin iz qoldirgan buyuk bastakorlar o'z ijodlarida maqomlar ohangidan va qonuniyatlaridan unumli foydalanib kelishlari an'ana tusiga kirib qolgan. Har bir bastakor o'z ijodida maqomlar va xalq musiqasiga murojat etar ekan uning nomi abadiytga muhrlanib

qoladi. O'tmishda o'tgan ustoz bastakorlarning qilgan ishlari va davrlar o'tsada e'zozlanib kelayotgan siymolari bunga yorqin misol bo'la oladi. Quvonarlisi shuki, bugungi kunda ham ushbu an'ana davom etmoqda. Nafaqat mumtoz yo'nalish, balki, milliy estrada bo'ladimi yoki zamoniv yo'nalishdagi musiqa bo'ladimi undagi milliy ohanglar shubhasiz qaysidir maqomlar ta'sirida yaralgandir. Hozirda yurtimizda milliy musiqaga va ayniqsa maqom san'atiga bo'lgan e'tibor ushbu an'analarni kelajak avlodga yetib borishida ulkan natijalar berishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutining ochilishi va unda bastakorlik kafedrasining tashkil etilishi bunga misol bo'la oladi. Kelajakda ushbu oliygohdan Saidjon Kalonov kabi mohir bastakorlar va ularning asarlari ichida "Topmadim" kabi maqomona ruhdagi ashula va kuylarini yaratilishini istab qolamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

Abdurauf Fitrat "O'zbek klassik muzikasi va uning tarixi" T.:1993, Is'hoq Rajabov Maqomlar masalasiga doir T.: 1963. Otanazar Matyoqubov Maqomot T.: 2004. S.Begmatov "Bastakorlik ijodi" T.; 2017.-144-b

X.Gqofurbekova. Bastakor Saidjon Kalonov./Musiqa ijodiyoti masalalari/I to'plam. - T.; 1997.

O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. I jild: Bastakor.-T.; 2000

Yunus RajabiY. Shashmaqom T., Adabsai'atnashr, 1972. 208 bet. 4. DUGOH.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.