SAIDJON KALONOV IJODIDA MUMTOZ MUSIQA NAMUNALARI ("TOPMADIM" ASHULASI MISOLIDA)
Nargiza Foziljonova nargizafoziljonova [email protected] Ilmiy rahbar: Soibjon Begmatov Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada xonanda, sozanda, bastakor, O'zbekiston xalq artisti Saidjon Kalonovning ijodiy faoliyati yoritilgan. Bastakorlik asarlarining milliy musiqa merosimizdagi o'rni va ahamiyati o'rganilgan. Bastakorlik ijodidan "Topmadim" asarining yaratilish tarixi, g'azal matni, mazmun va shakli tahlil qilingan. Musiqasining usuli, ladi, shakli nota misollari bilan keltirilgan.
Kalit so'zlar: Xonanda, mumtoz musiqa, g'azal, ashula, ijro, ijodkor
EXAMPLES OF CLASSICAL MUSICAL MUSIC IN THE WORKS OF SAIDJON KALONOV (IN THE EXAMPLE OF THE SONG "TOPMADIM")
Nargiza Foziljonova nargizafozilj onova 1987@mail .com Scientific supervisor: Soibjon Begmatov Uzbek National Music Art Institute named after Yunus Rajabi
Abstract: This article covers the creative activity of singer, musician, composer, People's Artist of Uzbekistan Saidjan Kalonov. The role and significance of compositions in our national musical heritage has been studied. The history of the creation of the "Topmadim" the content and form of each verse of the ghazal text are analyzed. The method, mode, form of his music are given with examples of notes.
Keywords: singer, classical music, ghazal, song, execution, creator
Bastakorlik ijodiyotiga ulkan hissa qo'shgan benazir bastakor O'zbekiston xalq artisti Saidjon Kalonov o'tmish ustozlarning bastakorlik an'analarini davom ettirishda o'z davrining bilimdonlari qatoridan o'rin oldi. Mumtoz musiqa ijrochiligi va ijodiyoti an'analarini o'rganish bo'yicha amalga oshirgan say'i harakatlari, samarali ijodi tufayli bir qator mumtoz asarlar yaratishga muyassar bo'ldi. Bular albatta yosh avlod uchun arzigulik meros bo'lib xizmat qilishi begumondir. Saidjon Kalonov o'zbek musiqa san'ati rivojida olib borgan faoliyati serqirraligi bilan alohida ajralib turadi. Buyuk san'atkor faoliyati davomida cholg'u ijrochilik, sozandalik, ustozlik va bastakorlik yo'nalishlarida sermazmun ijod qilgani diqqatga sazovordir. Bastakor mumtoz musiqa
I icclT^^^^H 309 http://oac.dsmi-qf.uz
an'analarini davom ettirgan holda cholg'u va ashula namunalarini yaratdi. Uning bastakorlik ijodida yuzaga kelgan musiqiy namunalar, avvalo, o'zining mumtozligi bilan ajralib tursa, ulardagi ohang, so'z va talqiniga xos jihatlar ashulalarning purma'noligini namoyon etib turadi.
Saidjon Kalonovning Nodira so'ziga bastalagan "Ey sarvi ravon", Saida Zunnunova she'riga yaratgan "Yor kezar", Turob To'la she'riga bastalagan "Dilnavozim", Xabibiy she'riga bastalagan "Kuyla dilkash dutorim", Alisher Navoiy g'azaliga bastalagan "Topmadim" kabi ashulalar shular jumlasidandir. Bu boqiy, xalq diliga tutash bo'lib ketgan asarlar qatoridan o'rin olgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Ularning boqiyligi-latofatli, jilvali, goho vazmin, mushohadali yangraydigan maftunkor o'chmas ohanglarida, so'z va musiqaning uyg'unligida va eng muhimi asriy an'analarning puxtaligidadir" 1
Darhaqiqat, tinglovchining qalbini ehtirosga to'ldiruvchi, jo'shqinlik talab etuvchi bu asarlar xalqimizning betakror musiqiy namunalariga aylangan. Bastakorning ijodiy faoliyatida markaziy o'rin egallagan va maqomlar yo'llariga xos tarkibda yaratilgan "Topmadim" ashulasi, o'zining tarkibiy tuzilishi, dramaturgik rivojlanish jarayonlari, musiqiy va adabiy mezonlari bilan mumtoz janrlar qatoridan o'rin oldi. Shu bilan birga xalq orasida mashhur bo'lib shoh asarlaridan biriga aylandi. Mazkur ashula ijodkor tomonidan 1944 yilda yozilgan. Asari hazrat Navoiyning "Tortadur" radifli g'azali asosida yozilgan.
Navoiyning yuzlab durdona g'azallari xalq mumtoz ashula va maqom namunalariga aylandi. Shular qatorida Navoiyning ushbu durdona g'azali ijrochilik amaliyotida turli bir qator musiqiy asarlar, namunalar ohangida ijro etilib kelindi. Saidjon Kalonov o'z o'rnida unga o'zgacha ohang bog'lashga muyassar bo'ldi. G'azal quyidagi satrlar ila boshlanadi:
Mehr ko p ko 'rguzdim, ammo, mehriboni topmadim, Jon basi qildim fido, oromi joni topmadim. G'am bila jonimg 'a yetdim, g 'amguzori ko 'rmadim, Hajr ila dilxasta bo 'ldum, dilistoni topmadim. Ishq aro yuz ming malomat o 'qig 'a bo 'ldum nishon, Bir kamon abruda tuzlukdik nishoni topmadim. Xusn mulki ichra sendek shohi zolim ko 'rmadim, Ishq kuyida o 'zumdek notavoni topmadim. Ko 'p o 'qurdum Vomiqu, Farhodu, Majnun qissasin, O 'z ishimdin bul ajabroq dostonitopmadim. Ul amon ichinda bo 'lsun, ey, Navoiy, garchi men Bir zamon ishqida mehnatdin amoni topmadim.
1 ХЛфурбекова. Бастакор Саиджон Калонов. Мусина ижодиёти масалалри. Тошкент. 1997 й. 67-бет I ГсОТ^^^^Н 310 http://oac.dsmi-qf.uz
Bastakor ushbu g'azalga ohang bog'lash jarayonida uning matn mazmunidan kelib chiqishga harakat qildi. Unda insoniy kechinmalar go'zal badiiy ifdolanganligi va undagi najod ishq-muhabbat doimo umid bog'lab turishlari kabi tuyg'ularni ohangga solishda Dugoh maqomi ohanglariga murojaat etadi. Xususan asar Shashmaqomning turkumlaridan biri Dugoh maqomining "Talqinchai Mo'g'ulchai Dugoh" namunasiga nazira sifatida yaratilganligi ijrochilik amaliyotida e'tirof etilib kelinadi. Darhaqiqat asar tarannumida "Topmadim" ashulasining musiqiy kuy ohanglari, lad pardalari va ritmik omillari "Mo'g'ulchai Dugoh" talqinchasini eslatadi. Yozma manbalarda ham buning ayrim izohlarini guvohi bo'lishimiz mumkin.
Jumladan, maqom bilimdoni, maqomshunos olim Is'hoq Rajabov o'z tadqiqotlarida zikr etishicha: "Mo'g'ulchai Dugoh bastakorlarimiz ijodiyotiga ham barakali ta'sir ko'rsatgan. Atoqli bastakor Saidjon Kalonov Mo'g'ulchai Dugoh asosida "Bu Nasimiy", "Topmadim" ashula yo'llarini, Yunus Rajabiy "Yor keldi" ashulasini bastalashgan edi. Bu uchala ashula yo'lida Mo'g'ulchai Dugohning ohanglari, ruhiy ta'sirchanligi birdek saqlanib qolgan."2 Talqinchai Mo'g'ulchai Dugoh, Dugoh maqomining ikkinchi guruh sho'balaridan biri Mo'g'ulchai Dugoh turkumining ikkinchi asari, ya'ni talqincha usuli asosida rivojlangan namunasi hisoblanadi.
Bastakorning ijodiy talqinida Talqinchai Mo'g'ulchai Dugoh asari yangi bir qiyofada va xalqona ohanglar bilan sug'orilgan, nisbatan xalqona ijroga moslanganligi bilan ijrochilik amaliyotiga singib, ijrochilar repertuarlaridan keng o'rin oldi. "Topmadim" ashulasi akademik Yunus Rajabiy tomonidan 1957-yillarda nashr etilgan "O'zbek xalq muzikasi" to'plamining II-jildida notaga tushirilgan namunasi sifatida nashr etildi. Maqomlar yo'liga mansub bo'lgan ashula shaklida yaratilgan ushbu asarni o'ziga xoslik jihatlari ham mavjud. Ashula cholg'u muqaddima, daromad, miyonxat, dunasr va avjlar tizimiga xos tarkibiy jihatlarga asoslab yaratilgan. Asarning shaklini o'zi uning mumtozlik mezonlariga xosligini namoyon etib turadi. O'zbek mumtoz ashula yo'llariga xos bo'lgan ushbu tarkibiy tuzilmalar asar davomida o'zgarmagan holda qayta-qayta navbat bilan ketma-ket tarannum etiladi. Har bir tuzilma o'z ichida boshlang'ich, o'rta va yuqori to'lqinlarni mujassam etgan bo'lib, pirovardida asosiy pardaga qaytib keladi. Ashulaning o'ziga xos mavzu va uning boshlanish hamda rivojlanish jarayoni boshqa ashulalardan farqlanib turadi.
Shu o'rinda musiqashunos S.Begmatovning ta'kidlashicha:"Asarning tarkibiy rivojlanish tamoyillari ham qismlarning hamda lad va usul jihatlarini bir-biriga mutanosib holda shakllantirgan. Bunday xususiyat o'tmish ijodkorlarining bastakorlik an'analariga xosligini qayd qilib o'tish lozim."3
2 HC^OK; Pa^aôoB. Ma^OM acoc^apH.TomKeHT-1992., 79-6eT.
3 Begmatov.S. Bastakorlar ijodi. T. "NISO POLIGRAF" 2017 yil., 104 bet.
"Topmadim" ashulasi ko'rinishidan oddiy tuyulsada uning ijro usulida o'ziga xos murakkablik va mukammallikni ko'rishimiz mumkin. Ijro etish davomida esa xonanda va hofizlardan mukammal ijroni talab etadi. Buning asosida, avvalo asarning shakli, parda tizimi, metro-ritmik asoslari, tarkibi va tuzilish omillari hamda rivojlanish mezonining mumtoz maqom yo'llariga xos bo'lgan jihatlarga asoslanganligidadir. Ashulaning asosiy tayanch pardasi "re" bo'lib maqomning parda tizimlariga mos keladi. U odatda xonanda ovozi uchun qulay bo'lgan tovush balandligidan boshlab ijro etiladi. Ovoz ko'lami (ya'ni diapozoni) ikki oktava oralig'idagi kichik oktava "lya" tovushidan ikkinchi oktava "lya " gacha bo'lgan diapozonni qamrab oladi.
Ushbu asar o'zbek mumtoz musiqa merosidagi "Du usul"ga xos bo'lib, uning ushbu shakli "talqincha" usuli deb yuritiladi. Darhaqiqat maqomlarda, umuman mumtoz musiqa merosida ikki, uch, to'rt usullarni birikmasidan hosil bo'lgan murakkab usullar uchraydi. Shashmakom va maqom yo'llarida keng qo'llanilishi bilan xalq didaktik ashulalarning ushbu usulga asoslanganligini ko'rishimiz mumkin. Bu albatta usulning ichki xususiyatilari qatorida didaktik ohanglar talqiniga ham mosligidan dalolat beradi. Bastakor aynan asar mazmuni va xaraketriga mosligini inobatga olgan holda 3/8+3/4 o'lchovini qo'llaganligi ham asosli ekanligini e'tirof etish mumkin. Ashulaning har bir tuzilmasi kuchsiz hissadan boshlanadi. Asosiy va nisbiy urg'u doimo saqlanib qoladi. Ushbu asarning kuy ritmik asosi an'anaviy o'zbek mumtoz usullariga xos. "Topmadim" ashulasining usuli mumtoz ashula hamda aksariyat maqom taronalaridagi kabidir.
Doira usuli
Saidjon Kalonov "Topmadim" ashulasining avj qismiga nihoyatda e'tibor beradi. Avj Muxayyari Chorgoh namudini andazasida yangraydi. Namudi Muhayyari Chorgoh doimo musiqa cholg'ularida chalinadigan muqaddimasi bilan boshlangani kabi, mazkur tuzilmada ham cholg'u muqaddima bilan boshlanadi. Maqomshunoslik ilmi asoschisi Is'hoq Rajabov Muxayyari Chorgoh namudi haqida "Maqomlar" ilmiy monografiyasida quyidagicha ta'rif beradi: "Muxayyari Chorgoh eng mashhur namudlardan hisoblanadi. Bu hol tasodifiy emas, albatta. Birinchidan, u ko'p maqom yo'llariga har tomonlama mos kelsa, ikkinchidan juda yoqimli va rohatbaxsh namudlardandir. Muxayyari Chorgoh o'zi kirgan ashulani ta'sirli, jozibali bo'lishida katta rol o'ynaydi"4 Bejiz emas balki bastakor Saidjon Kalonov ham ashulaning avj tuzilmasida Muxayyari Chorgoh namudidan unumli foydalangan.
gar - chi mm Bir /a
Bastakor o'zining mazkur asarida xalq mumtoz musiqa namunalarining asosiy jihatlaridan keng foydalanib, maqomlarga xos shaklda kuy bastaladi. Ashulada kuy ohanggi bir tayanch pardada ifodalanganligi, shaklan tuzilmalarning teng bo'linganligini ko'rishimiz mumkin. Tuzilmalarining bir-biriga mutanosibligi, mazmunan bog'lanib borishi gavdalanadi. Mavzuning dramaturgik holatlari, nozik kuyning ohang talqini uning dunasr va avj tuzilmalarida yaqqol ko'rinadi. Maqom unsurlaridan mohirona foydalana bilgan bastakor Saidjon Kalonov ushbu "Topmadim" ashulasida ana shu jihatlarni xalqona ijroga mos holda yaratganligini ko'ramiz. Shu bois bastakorning qoldirgan asarlari xalqimiz dilidan joy oldi va musiqamiz merosiga aylandi. Uning o'z ijodiyotida turli janr, mavzu, shakl va yo'nalishlarga murojaat etilgan. Bastakor kuy bilan bir qatorda so'z topishda ham usta bo'lgan hamda she'r tanlashda jiddiy va nihoyatda mas'uliyatli ish deb qaragan. Shuningdek, bastalagan kuylariga so'z topishda hazrat Alisher Navoiy, Zulfiya, Muqimiy, Habibiy, Furqat, T. To'la, P. Mo'min kabi bir qator shoirlar ijodiga mansub g'azal va she'rlarga murojaat qilgan. Saidjon Kalonov bu ashulani yaratar ekan, avvalo g'azal matni va mazmuniga e'tibor qaratadi. G'azaldagi ma'no kuy va musiqa ijro bilan go'zal asar yaratildi.
4 HC^OK; Pa^aöoB. Ma^OM^ap. TomKeHT 2006 HH^., 186-6eT.
313
Mumtoz ashula bir qator mashhur hofizlar tomonidan jumladan, O'zbekiston xalq hofizi Rasulqori Mamadaliev, O'zbekiston xalq hofizi Ochilxon Otaxonov, O'zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboev, Tolibjon Badilov, Mahmudjon Yo'ldoshevlar ijrosida yuqori saviyada o'zgacha jarang sochgan. Benazir bastakor Saidjon Kalonov o'zbek musiqa san'ati rivojiga ulkan hissa qo'shgan hamda kelajak avlod uchun so'nmas asarlar yaratib qoldirgan hassos bastakorlar qatoridan joy olgan. Uning xalqimiz orasida muayyan ijro yo'lida shakllanib borgan "Topmadim" ashulasi esa mumtoz asar sifatida musiqa merosimizda o'z o'rnini topdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Begmatov.S. Bastakorlar ijodi. Toshkent "NISO POLIGRAF" 2017 yil., 104-
bet.
2. Pa^aÖOB.H. MaKOM acOcnapn.TOmKeHT 1992 hhh., 79-6eT
3. FO^ypöeKOBa.X,. Mycn^a Myogne™ Macananapn. //EacTaKop Cang^OH KanoHOB// T.1997 finn., 67-6eT
4. HCXPK Pa^aöoB. Ma^OMnap. TomKeHT 2006 finn., 186-6eT.