O'ZBEK MILLIY MUSIQASI RIVOJIDA SHARQ ALLOMALARINING
QO'SHGAN HISSASI
Abror Zufarov
Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbek miliy musiqa san'ati, xususan maqomlar ijrochiligi tarixi va rivojlanishida Sharq allomalarining qo'shgan hissalari haqida so'z boradi. Ma'lumki, milliy musiqa tarixi juda ham uzoq o'tmishga borib taqaladi. Milly musiqa an'anasi maqom ijrochiligi an'anasi silsilasi bilan chambarchas holda bizning kunimizga qadar yashab kelmoqda. Uning bunday umrboqiyligiga sabab yuqorida keltirilgandek Sharqning buyuk mutafakkir olimlarining salmoqli mehnatlaridir.
Kalit so'zlar: sharq allomalari, ijod, tarix, maqomlar, ijrochilik, an'ana, milliy musiqa
CONTRIBUTION OF EASTERN ARTISTS TO THE DEVELOPMENT OF
UZBEK NATIONAL MUSIC
Abror Zufarov
Uzbek National Music Art Institute named after Yunus Rajabi
Abstract: This article talks about the contribution of Eastern scholars in the history and development of Uzbek national music, in particular, the performance of maqams. It is known that the history of national music goes back to the very distant past. The musical tradition of Milly is closely related to the tradition of maqam performance and has survived to our days. The reason for its longevity is the great works of the great thinkers of the East, as mentioned above.
Keywords: Eastern allamas, creativity, history, status, performance, tradition, national music
O'zbek xalqining musiqa madaniyati merosi juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, maqom san'ati, xalq bastakorlik yo'llari, shuningdek, folklor - havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko'rinishlari bir-birini to'ldirib keldi. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo'lagi sifatida namoyon bo'lmoqda.
Bugungi kunda yurtimizda milliy-ma'naviy qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga, unutilayozgan, tarixan qadrli an'analarimizga bo'lgan e'tibor, ularni yangidan isloh etish jarayoni ustivor yo'nalish kasb etdi. Milliy qadriyatlarimiz, urf-
odatlarimiz, ma'naviy boyligimizga bo'lgan e'tibor davlat miqyosiga ko'tarildi. Hozirda ota-bobolarimizdan, ajdodlarimizdan qolgan ma'naviy boyliklarni, jumladan, musiqiy madaniyatni avaylab asrash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan hamohang qadam tashlash borasida talaygina ishlar qilinmoqda. Bu borada o'tgan ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qoldirib ketgan ulkan ma'naviy boyligimiz asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda.
"Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir" mavzusida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning davlatimiz ziyolilari bilan uchirashuvida: madaniyatimiz va san'atimizni rivojlanish hamda bu boradagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, ayrim salbiy holatlar, ularning jamiyat hayotidagi ta'sirini xolisona va tanqidiy baholab, o'z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish. Ijodiy uyushmalar, Madaniyat vazirligi hamda uning tarkibidagi birlashma va tashkilotlar faoliyatini chuqur tahlil etib, ijodkor ziyolilarning bugungi kunda jamiyat hayoti, islohotlar jarayonidagi o'rni va vazifasini oshirish deb ta'kidlab o'tdilar.
Mustaqillik taraqqiyoti yillarida to'plangan tajriba, dunyoqarash jamoatchiligi Yangi O'zbekiston deya e'tirof etgan o'zimizga mos taraqqiyot yo'li-kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o'zgarish va yangiliklar xalqimiz qalbi ongi va g'ururiga ulkan ta'sir ko'rsatmoqda. Shu ta'sirlar natijasi o'laroq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti tashkil etildi.
Tarixdan ma'lum, ma'naviyatimizning asosiy bo'g'ini bo'lgan musiqiy madaniyatimiz, an'anaviy ijrochilik, maqom ijrolari va bastakorlik hamisha xalqimizning kundalik hayotida ma'naviy ozuqa sifatida e'tirof etib kelingan. Xalq og'ir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham qo'shiq va musiqa ularga hamroh bo'lgan. Zero, bugungi muborak kunlarimizda, o'zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma'naviyatimizning bir bo'lagi bo'lgan, ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish, an'anaviy qo'shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
An'anaviy musiqa va qo'shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, mehr-oqibatga, odamiylikka chorlab kelgan. Bugungi kunda ham shu dolzarbligini yo'qotmagan holda mustaqillikka, mehnatkashlar ongini shakllantirish yo'lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida asosiy omillardan bo'lib qolaveradi. Musiqa san'atining kasbiylik an'analarida yuzaga kelgan mumtoz namunalar, xalq
marosimlari jarayonida yaratilib kelingan kuy va qo'shiqlar o'ziga xos an'analar asosida zamonlar osha yashab, rivojlanib kelmoqda.
Ushbu musiqiy-madaniy meroslarning yaratilishi va bizgacha ardoqlanib kelishida buyuk Sharq mutafakkir, allomalarining qo'shgan hissasi beqiyos. Ularning qilgam mehnatlari ko'p yillar davomida qator olimlar tomonidan o'rganilib kelmoqda. Nafaqat bizning yurtimiz balki, qo'shni mamlakat, chet ellarda ham bu xususida qator ilmiy ishlar, mavzuga oid dissertatsiyalar, yuzlab ilmiy maqolalar chop etilgan. Bizning musiqiy madaniyatimiz Sharq islom sivilizatsiyasining mahsuli deb e'tirof etiladi. Chunki, olimlarning ta'kidlashicha Islom renesansi davrida barcha sohalar kabi madaniyat, san'at sohalarida ham yuksak ishlar amalga oshirildi.
O'rta asr Sharqida musiqiy tovush tizimi nazariyasi O'rta Osiyo olimlari tomonidan ham yaratildi. Abu Yusuf Yoqub Al-Kindiy(870-873 vafoti), Abu Nasr Al-Forobiy (873-950), Abu Ali ibn Sino(980-1037), Safiuddin al-Urmaviy(1216-1294), Qutbiddin Al-Sheroziy (1236-tug'ilgan), Abdurahmon Jomiy(1414-1492) kabi mutafakkirlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda mazkur masalalar keng yoritilgan. Shashmaqom va bunga kiritilgan barcha maqomlar pardalarini tovush tizimi kesimida o'rganadigan bo'lsak, bunda biz qadimiy Xitoyga tegishli deb aytiladigan penta tonikani ham, Pifagor tovush tizimini ham, Tabiiy tovush tizimi, hatto Hind shurutisining tovushqatorlarini ham uchratishumiz mumkin. Tadqiqotchilarga ko'ra, Sharq olimlarining musiqa bo'yicha ilmiy izlanishlari yunon olimlari tomonidan olib borilgan ishlarning davomi sifatida baholanadi.
Pifagorchilar tor uzunligini ikkiga teng bo'lib olingan nuqtadan 2:1 oktava intervali, 3:2 ga bo'lib topilgan nuqtadan kvinta, 4:3 qilib olingan nisbatdan esa kvarta deb nomlanadigan intervallarni aniqlab olish yo'lini yaratgan edilar deyiladi manb'larda. Sharq olimlarida Yunon ilmiga bo'lgan qiziqish IX-asrda, Bag'dodda "Hikmatlar uyi" ochilganda yaqqol namoyon bo'ldi. Bu yerda qadimgi yunon risolalari, shu jumladan musiqiy risolalar ham Arab tiliga tarjima qilina boshlandi.
Abu Yusuf Yoqub Al-Kindiy yunon risolalarini tarjima qildi va yunoncha musiqiy atamalarning Arabcha nomlarini kiritdi. (Yunon -"muzika", Arabcha - "al-musiqiy" va boshqalar.) Al-Kindiy, shuningdek, musiqiy intervallar borasidagi Pifagor g'oyalarini Arab harflari va ud torlariga birinchi bo'lib o'tkazgan deb hisoblanadi. Olimlar Al- Kindiy tuzgan tovush tizimini Pifagorning kvinta doirasi bo'ylab hosil qilgan tovush tizimiga yaqin ekanligini ta'kidlab o'tgandilar.1 U yunon risolalarini tarjima qildi va nafaqat yunoncha atamalarning Arabcha nomlarini kiritdi (yunon. "muzika"- Arabcha. al-musikiy va boshqalar.), shuningdek,
Pifagorning "mukammal tizimi" usullari, musiqadagi interval miqdorlarining nisbati matematikada tub sonlarning nisbati sifatida qaralganda Al-Kindi intervallar haqidagi g'oyalarni birinchi bo'lib Arab harflari va udning torlari yordamida
1 Л.Г.Коваль «Интонирование Узбекской традиционной музыки» Т;. 1990r.(18b)
Пмта^^И] 246 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
tabulatura shaklida musiqiy ohanglar va kuylarni yozib oldi. Shu bilan birga, yunon cholg'usi lirani yunonlarning "begona" ta'limotini musulmonlarning musiqiy amaliyoti bilan bog'laydigan ud bilan almashtirildi. O'shandan beri ud musiqa ilmidagi eng "mukammal" cholg'u sifatida tan olinadi.
Al-Kindi islom olamida birinchi bo'lib Arastuning falsafiy asarlariga murojaat qilib, musulmon Sharqida peripatetizm2 asoschisi bo'ldi. Musiqa islom olamida matematika, tibbiyot, psixologiya, astronomiya va boshqalar kabi boshqa fanlar bilan bog'liq bo'lgan ilmiy bilimlarning ajralmas qismidir. Al-Kindi musiqaning sohalar va birlamchi elementlarning uyg'unligi, insonning jismoniy va ma'naviy sifatlari bilan bog'liqligi haqida birinchilardan bo'lib gapira boshladi. Uning tizimi professional musiqa san'ati bilan bog'liq makrokosmik va mikrokosmik tartibning ko'plab hodisalarini qamrab oldi. Shu bilan birga, ular o'rtasida ma'lum raqamli yozishmalar o'rnatildi.
Shunday qilib, to'rtta ud torlari to'rtta asosiy element (suv, tuproq, havo, olov), to'rtta shamol yo'nalishi, fasllar, oyning choraklari, kunning choraklari, inson hayotining to'rt yoshi, inson tanasidagi to'rtta "sharbat" ga to'g'ri keldi. (balg'am, qon, qora va sariq o't) va hokazo. Holbuki, yetti ohangning har biri yettita sayyoraga to'g'ri kelgan va burjning o'n ikki belgisi udning o'n ikkita asosiy tarkibiy qismiga to'g'ri kelgan, u to'rt tor, to'rtta qoziqlar va to'rtta parda (barmoqlarni asbobning lavhasiga qo'yish joylari).
Al-Kindiyning ilmiy an'analarini ikki mashhur faylasuf Abu Nasr Al-Forobiy va Ibn Sino davom ettirdilar. Al-Forobiyning musiqaga oid mashhur katta kitobi keyingi mualliflar uchun musiqani ilmiy tavsiflash namunasi bo'lgan. Ushbu olimning xizmatlari yunonga tegishli bo'lmagan asil mahalliy musulmon olamiga mansub bo'lgan musiqiy ritmika nazariyasining (iyqo) eng noyob kashfiyotlaridan edi. Shu bilan birga al-Forobiy va Ibn Sino musiqiy tovush (savt) tabiatiga, "jins" va "jam'"lar kabi turli intervallar mavzusini keng yoritib berdilar. Al-Forobiyning (873-950) ilmiy-madaniy merosi ko'p qirrali bo'lsada, unda musiqa nazariyasi alohida o'rin tutadi.
Al-Forobiyning "Kitob al-musiqi al-kabir" yoki "Musiqaning katta kitobi" nomli noyob asari xorijda ham katta qiziqish bilan o'rganilib kelinadi. Taxminan 10-asrning birinchi yarmida (943-yil) tugallangan ming sahifadan ortiq hajmdagi qo'lyozma musiqashunoslikning yangi yo'nalishini, ya'ni musulmon bastakorlarining ijrochilik madaniyati va musiqiy asarlarining o'ziga xosligini ifodalaydi. Al-Forobiy o'zidan oldingi avlodlarning musiqashunoslik asarlarini nafaqat ijodiy qayta ishlagan, balki
2Sharqda antik davrning barcha falsafiy maktablaridan aristotelizmga ustunlik berildi, bu musulmonlarni qomusiy qamrovi, tabiiy fanlarga e'tibor va dalillarning qat'iyligi bilan hayratga soldi. Falsafaning asosiy vakillari peripatetika-mashsha'iyya (yoki mashsha'un, yunon atamasining an'anaviy etimologiyasiga mos keladigan yurish) edi. Musulmon dunyosining sharqida peripatetiklarning eng kattasi Al-Farobiy Ibn Sino bo'lib, uning lotin g'arbida" Sufficientiae"nomi bilan mashhur bo'lgan "shifo kitobi" ("kitob ash-shifo") Sharq peripatetik falsafasini eng tizimli va mukammal shaklda o'zida mujassam etgan.
ITiy^^^BI 247 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
o'zining kuzatishlarini ham tahlil qilgan. U Aristotel, Aflotun, Ptolemey yaratgan asarlar orqali qadimgi yunon madaniyatining kelib chiqishini, shuningdek, ko'chmanchi xalqlarning o'ziga xos madaniyatini, So'g'd, Xuroson aholisini, sosoniylar, kushonlarning qudratli imperiyalarini chuqur o'rgandi.
Forobiyning o'zi ham cholg'u asboblarini mohirona chalgan. Uning kuylari Sharq xalqlari orasida afsonaviy edi. Musiqaning inson ruhiyatiga ta'siriga qarab Al-Forobiy musiqaning uch turga ajratadi: birinchisi zavq beradi, ikkinchisi ehtirosni ifodalaydi (va sabab qiladi), uchinchisi xayolga murojaat qiladi. Shunga ko'ra, ular qo'llaniladi: bizda yoqimli tuyg'ularni uyg'otadigan musiqa dam olish paytida qo'llaniladi, u bizga dam beradi. Bizda ehtiroslarni qo'zg'atadigan musiqa, odam ma'lum bir ehtirosga ta'sir o'tkazishga yoki ushbu ehtiros ta'sirida maxsus ruhiy holatni keltirib chiqarishga intilganda ijro yetiladi. Tasavvurni hayajonga soladigan musiqa she'r o'qish va notiqlik bilan bog'liq. U ularning ta'sirini kuchaytirish uchun so'zlarni hamroh qiladi. Inson ovozi bilan yaratilgan musiqa eng mukammal deb tan olingan.3
Forobiy o'zining musiqiy asarlarida nafaqat qadimiy, balki u haqidagi zamonaviy g'oyalarga ham mos keladigan tovush tushunchasini beradi. Ovoz-bu boshqa jismoniy tananing kuchi (ta'siri) bilan harakatga keltiriladigan jismoniy tananing tebranishi (qattiq yoki yumshoq). Harakat tovush mavjudligining ajralmas shartidir. Tovush to'rtta asosiy parametrlar orqali o'lchanadi: balandlik, davomiylik, tembr, hajm, ularning dastlabki ikkitasi yetakchi va tashkil etuvchi qiymatga ega.
Forobiy ham qadimgi yunon olimlari singari tovush harakatining ikkita asosiy turini - uzluksiz va alohida turlarini ajratib ko'rsatgan, ularning muqim chegaralari bir tomondan urg'u, ikkinchi tomondan - musiqiy ohang bilan belgilanadi. Ularning orasida har ikkala turning xususiyatlarini o'zida mujassam yetgan uchinchi tur -qiroat mavjud. Ovozning mukammalligi uning ichki uyg'unligiga, shuningdek, maydonga va davomiylikka bog'liq. Boy va maxsus tovush ohangi aslida musiqiy toifadir. Tovushning go'zalligi uning tabiiy va sun'iy tabiati bilan belgilanadi. Tabiiy - bu inson ovozi tomonidan yaratilgan tovush, sun'iy-bu cholg'u asbobi. Shunday qilib, musiqada inson ovozi yetakchi hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu omil musiqada barcha darajalarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Inson ovozi muhim estetik mezon vazifasini bajaradi. Yana Forobiyning fikricha ohanglar harakatning ikki qarama-qarshi yo'nalishiga (qutblariga) ega bo'lishi mumkin: yuqoriga va pastga.
Ushbu harakatning miqdori (o'lchovi) ohanglarning balandlik holatiga bog'liq. Balandlik (yoki pastlik - bu tushunchalar o'zaro bog'liq), bu balandlikni
3 Концепция музыкальной науки Абу Насра Мухаммада ал-Фараби в трактате «Большая книга музыки» ,3recepTatsiH на соискание учёной степени кандидата искусствоведения Даукеева Сайда Диасовна.Москва 2000.г.
belgilaydigan ko'plab omillar bilan belgilanadi, ammo ular orasida juda qiyin, ba'zan aniqlash mumkin bo'lmagan narsalar mavjud.
Intervallar o'lchamini aniqlashda Forobiy torning uzunligi eng muhim omil ekanligidan kelib chiqadi, bu boshqalarga bir ohangning boshqasiga nisbatan holatini aniqlashni osonlashtiradi. Ip qancha uzun bo'lsa, u hosil qiladigan ohang shuncha past bo'ladi. Ip qancha qisqa bo'lsa, ohang shuncha yuqori bo'ladi va shuning uchun ovoz hosil bo'lgan intervallarning miqdoriy tomoni sonli munosabatlar bilan belgilanadi. Aynan shu yerda musiqa va matematika o'rtasidagi aloqa nuqtasi, musiqaning matematik nazariyasining muqaddimasi boshlanadi. "Musiqa ilmi turli uzunlikdagi munosabatlarni o'z ichiga olganligini hisobga olsak, u geometrik prinsiplardan ham foydalanishi mumkin ekan.
"Musiqa haqida katta kitob" da bajarilgan matematik amallar asosan og'zaki holda keltirilgan. Uzunligidan qat'i nazar, ochiq tor (ya'ni, xarrakdan shayton xarrakkacha bo'lgan masofa) boshlang'ich interval prima uchun olinadi. Qolgan barcha asosiy intervallar ana shu ochiq torga nisbat etib olinadi. Ochiq torning qoq o'rtasidan bo'linib olingan tovush oktava oralig'ini beradi. Torning uchga bo'lingan yeridan kvinta, uchdan to'rt qismga bo'linganidan esa kvarta va ho kazo intervallarni matematik uslublar orqali chiqarib olingan.
Tarixiy manbalarda keyingi asrlarda (XIV-XV) ham Sharq musiqiy tovush tizimining rivojlanishida yana ko'plab yangiliklar yaratildi deyiladi. Bunda dastlab Yunon, keyin esa Sharq olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovush tizimlari qayta-qayta isloh etilib bordi. Sharq musiqiy tovush tizimiga Pifagor, Al- Kindiylar yoritib o'tgan qadimiy tovush tizimidagi baqiya - 90 tsent, baqiya mujannabi - 114 tsent, taniniy-204 tsent, taniny mujannabi-180 tsent kabi intervaldagi tovushlar asos qilib olindi. Ular butun jam' ko'rinishiga keltirilib, musiqa tarixida mashhur bo'lgan "Ilmi-advor" yaratildi. Ushbu musiqiy tizimni kashfiyotchisini Safiuddin Urmaviy deb keltiradilar.
Mazkur yaratilgan musiqiy-nazariy ta'limot keyinchalik boshqa mualliflarining ham musiqiy risolalarni yozishiga sabab bo'ldi. Abdurahmon Jomiyning musiqa ustida olib borgan ishlarida uning salaflari - al-Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog'iyning yutuqlari jamlangan edi. Uning "Risolai musiqiy" asari keyingi davr musiqashunoslik, maqomot olamida eng mashhur va noyob asarga aylandi. Asarning birinchi qismi bastakorlik ta'limotiga, ikkinchisi ritm-usul ta'limotiga bag'ishlangan. Jomiy intervallar va tovush tizimlarini (jins, jam'lar va boshqa tovush tizimlarini udning 17 pog'onali oktava shkalasi asosida) o'rganish orqali maqom tovush tizimini tadqiqot qiladi.
Hulosa shuki, yuqorida nomlari zikr etilgan buyuk sharq allomalarining yana qator vakillari haqida uzoq gapirish mumkin,biroq ushbu maqolada bunga imkoniyat cheklangan. Shunday qilib mutafakkirlarning qo'shgan salmoqli hissalari tufayli
keyingi davrlarga kelib har tomonlama mukammal va yirik hajmdagi Shashmaqom, Toshkent-Farg'ona maqomlari, Xorazm maqomlari, xalq mumtoz musiqiy me'rosi kabi bebaho musiqiy madaniy qadriyatlar yaratildi. Bizning bugungi vazifamiz esa o'tgan buyuk allomalar, mutafakkirlar, ustoz san'atkorlarning qilgan ishlari,bizga qoldirgan ma'naviy boyliklarini avaylab asrash, ularni kelasi avlodga qoldirishda munosib mehnat qilishdir. Bu yo'lda esa davlatimiz tomonidan barcha ehtiyojlar, qulayliklar yaratilgan. Poytaxtimizda Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutining ochilishi va unda milliy musiqa san'atining ta'limi yo'lga qo'yilganligi bunga misol bo'la oladi. Kelajakda ushbu oliygohdan buyuk ajdodlarimiz kabi allomalar avlodlari chiqishidan umid qilib qolamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdurauf Fitrat "O'zbek klassik muzikasi va uning tarixi" T.:1993,
2. Is'hoq Rajabov Maqomlar masalasiga doir T.: 1963.
3. Otanazar Matyoqubov Maqomot T.: 2004.
4. S.Begmatov "Bastakorlik ijodi" T.; 2017.-144-b
5. X.G'ofurbekova. Bastakor Saidjon Kalonov./Musiqa ijodiyoti masalalari/I to'plam. - T.; 1997.
6. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. I jild:.-T.; 2000
7. Yunus RajabiY. Shashmaqom T., Adabsai'atnashr, 1972.