Научная статья на тему 'MUSIQA SAN’ATI MA’NAVIY TARBIYA OMILI SIFATIDA'

MUSIQA SAN’ATI MA’NAVIY TARBIYA OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
188
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / kuy / qo‘shiq / tinglash / zavqlanish / manaviyat / tafakkur

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zuxra Amonaliyevna Sultanova

Musiqa estetik tarbiyaning eng asosiy qismlaridan bo‘lib, u bolalarni musiqaga bo‘lgan muhabbatini, qiziqishini musiqa san’atiga bo‘lgan muhabbatini o‘zida namoyon qiladi. Insonga estetik zavqni bag‘ishlaydi, fikrlashini, manaviyatini oshiradi. Musiqa odamning ichki xissiyotlarini o‘zida aks ettirrib beruvchi vosita hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA SAN’ATI MA’NAVIY TARBIYA OMILI SIFATIDA»

MUSIQA SAN'ATI MA'NAVIY TARBIYA OMILI SIFATIDA

Zuxra Amonaliyevna Sultanova Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Musiqa estetik tarbiyaning eng asosiy qismlaridan bo'lib, u bolalarni musiqaga bo'lgan muhabbatini, qiziqishini musiqa san'atiga bo'lgan muhabbatini o'zida namoyon qiladi. Insonga estetik zavqni bag'ishlaydi, fikrlashini, manaviyatini oshiradi. Musiqa odamning ichki xissiyotlarini o'zida aks ettirrib beruvchi vosita hisoblanadi.

Kalit so'zlar: musiqa, kuy, qo'shiq, tinglash, zavqlanish, manaviyat, tafakkur

THE ART OF MUSIC AS A FACTOR OF SPIRITUAL EDUCATION

Zukhra Amonaliyevna Sultanova Namangan State University

Abstract: Music is one of the most important parts of aesthetic education, it shows children's love for music, interest and love for musical art. Gives a person aesthetic pleasure, increases a person's thinking and spirituality. Music is considered a tool that reflects the inner feelings of a person

Keywords: music, melody, listening, enjoyment, spirituality, thinking

Musiqa san'ati ma'naviy tarbiya omili sifatida ijtimoiy hayotda har bir insonni komillik sari yetaklaydi. Bu tasir kuchi kiyimda yoki aksessuarlarda emas, fikrlash va tasavvur qilishda aks etadi. Har birimiz ichimizda chiroyli narsalarni, atrof-muhitni, hayotni yaratishni astoydil xohlaydigan yaratguchi bor, va bu niyatlarimiz aynan bizga ma'qul musiqa sababli junbushga keladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev bugungi musiqiy madaniyatimiz rivoji va uning jamiyat hayotidagi o'rni masalasini ko'p bor tahlil qilib, bundan keyingi vazifalarni belgilab olish haqida o'z nutqlarida bir necha bor ta'kidlab o'tganlar. "Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo'lmaydi. Xalqimiz hayotida musiqa azaldan beqiyos o'rin tutib keladi. Samarqand yaqinidagi Mo'minobod qishlog'idan 3 ming 300 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholg'usi topilgani ham shundan dalolat beradi." Bu haqiqatni haqiqatni inkor etib albatta bo'lmaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ham musiqa san'ati va uning ijtimoiy ahamiyati xaqida to'xtalib, -"Men xalq ijodiyotini insoniyatning bolalik qo'shig'i, har qaysi milliy madaniyatning hayotbaxsh chashmasi deb bilaman.

Bu qo'shiqlarni sof va bezavol holatda saqlash, hamisha mag'rur yangrashini ta'minlash barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas burchimizdir."-[1.] deb alohida e'tirof etadi.

Inson hayoti ikki qismga bo'linadi: atrofdagi hayot va inson qalbidagi o'ziga xos olami. Har birimiz o'ylaymiz, tasavvur qilamiz va orzu qilamiz, va insoniyat bilan parallel ravishda rivojlanadigan musiqa bizning fikrlarimizni yaxlitlaydi va, o'z ichiga pozitivlik, o'yinqaroqlik, qo'pollik yoki agressiv holatlarni oladigan tomonga yo'naltiradi. Asrlar davomida, qanday musiqani xush ko'rishlariga qarab, insonning xarakterini ham aniqlay olish mumkin edi. Avvallari musiqiy uslublarni tushunish, hamda xorijiy va milliy kompozitsiyalarni o'ynay olish, inson yashaydigan muhitni aniqlash mumkin edi. Endi esa insonning qanday musiqani afzal ko'rishiga asosan uning suhbatlashish doirasini, uning hayot tarzini va qiziqishlarini aniqlash, odamlarni submadaniyatlarga aniq ajratish mumkin.

Musiqaning shifobaxs xususiyatlari insonni nafaqat tushkun holatdan chiqaradi, balki jismoniy og'riqlardan xalos ettiradi. O'zini-o'zi davolash har qanday dori-darmonlardan muhimroq, va har birimiz mushkul holatlarda aynan unga umid qiladi. Kayfiyatni ko'taradigan musiqa insonni yashashga, xursandchilik qilishga va yaxshilikka ishonishga undaydi. U dunyoga yorug'likni singdiradi, va uni tinglash esa sayyorada yashovchi insonlar yarmining sevimli mashg'uloti sanaladi. Masalan: Insonni qayeridir og'risa tog'rirog'i boshi og'ib turgan paytida Yevropa qo'shiqlarini ya'ni xorijiy qo'shiqlarni tinglamaydi aksincha sokin taronalarni tinglaydi masalan: klassiy kuylar, qo'shiqlar, Allohni eslatuvchi musiqalarni tinglab dardiga davo topadi. To'y bazmlarda esa sokin taronalar klassik qo'shiqlar tinglanmaydi aksincha o'ynoqi sho'h qo'shiqlarga raqsga tushiladi. Uyquga yotar paytda esa o'yinqaroq sho'h qo'shiqlarni emas sokin qo'shiqlar allalar, Qur'on tilovatini tinglab orom topib uxlaydi.

Dunyoning yarmidan ko'pi yaxshi va sifatli musiqa uchun pul to'laydi, va bu odamlarning atigi bir qismi uni o'zlari yaratishadi va misli ko'rinmas mashhurlikka erishishadi. Jahon estradasining ijrochilari konsertlar tashkil qilishadi, va millionlab odamlar ularga tashrif buyurishadi. Musiqa insoniyatni birlashtiradi, uni yaxlitlikka olib keladi. Xohlagan tovush bizda ma'lum bir hissiyotni uyg'otadi, ba'zida biz qayg'uga ko'milishni, ba'zida esa to'xtalmas quvonchga erishishni xohlaymiz. Biz har kuni boshdan kechiradigan ko'pgina hissiyot va tuyg'ular hayotda to'qnash keladigan voqealar bilangina emas, balki radio va televideniyeda eshittiriladigan qo'shiqlar bilan ham paydo bo'ladi. Shunday qilib, tezkor ovqatlanish restoranlariga kirganda, fondagi musiqa bizni tezroq yeyishga, do'konlardagi zamonaviy va pozitiv musiqa esa boshimizda yangi obrazlar paydo bo'lishiga undaydi.

Musiqa doimo bizning xotiralarimiz bilan parallel harakatlanadi, va har bir insonda uning bolaligi bilan bog'liq qo'shiqlar bor. Shunga misol qilib, buyuk fir'avn

Ramzesning o'g'li Moisey o'z bolaligidan musiqani eshitib, o'zining haqiqiy kelib chiqishini esladi. Siz esa shunday holatni his qilganmisiz? Shubhasiz, ha. Har birimizda shunday payt bo'lganki, bolaligimizdan qo'shiqni eshitganimizda, biz baxtiyor va g'amsiz vaqtlarimizni batafsil eslaganmiz. Musiqa - kuchli assotsiativ omildir, chunki qo'shiqni bir marta eshitgandayoq, uni butun umrga eslab qolish mumkin, va uni kelgusi bor eshitishganga, taxminan qanday davom etishini bilamiz. Bunday kuchli ta'sirni hatto suratdan ham ololmaymiz, birorta surat bilan to'qnash kelganimizda, kelgusi safar u bilan yuzma-yuz kelganda, katta gumon borki, u bizga boshqacha ko'rinadi. Qur'onni ham kuyga solib o'qiladi sh'erga o'xshap aytilmaydi tilovat bilan tilovat ham musiqiy bo'ladi xatto Payg'ambarimiz ham aytganlarki musiqa bitta qalbga sig'maydi deganlar. Musiqa asrlar davomida tobora mukammalashib sayqalanib kelgan hozirda ham takomillashib bormoqda lekin ijrochini mukammali yoq desak ham mubolag'a bolmaydi, musiqa san'atida ijrochilar yanada mukammalashib boradi lekin bir mukammal yaxlitligi bo'lmaydi chunki zo'rdan zo'ri chiqaverdi.

Komil musiqa qalbni shunaqa larzaga keltiradiki, bu hissiyotni sevimli mavjudotdan bahra olayotgan kabi holatda bo'lgandek his etasiz, ya'ni musiqa, so'zsiz, dunyoda bor bo'lgan eng yorqin baxtni ato etadi." Stendal yaxshi musiqaga juda to'g'ri tasvirni bergan. Kimdir bu bilan rozi bo'lishi, kimdir esa bo'lmasligi mumkin, ammo bir narsa aniqki: Musiqa insonni yashashga va harakatlanishga undaydi, va so'zsiz ning bizga bo'lgan ta'siri juda juda katta. Mashg'ulotlar o'tkazish tartibi va art terapevtik ta'sir ko'rsatish uchun qanday materiallardan foydalanish hamda qanday natijalarni kutish mumkinligi haqida fikr yuritiladi. Buning uchun art -terapiyasining turlari bilan tanishtiramiz Izoterapiya. Musavvirlik va amaliy san'at art-terapiyaning keng tarqalgan turlaridir. Izoterapiyaning asosiy afzaligi shundaki, u ichki cheklov to'sig'ini yengib, ong ostidagi ishonch eshiklarini ochadi. Ijodiyot -ong ostida yashiringan salbiy kechinmalarni yuzaga qalqib chiqarishga, ruhiyat ozod bo'lishiga ko'maklashadi.

Raqs terapiyasi. O'z shaxsiy his va tuyg'ularini raqsda ko'rsatishdan yaxshiroq narsa bormi? Bu bilan birga raqs terapiyasi mashg'ulotlari shunchalik samarali va sog'aytiruvchi ta'sirga ega bo'ladiki, u insonning dunyoga bo'lgan qarashlarini o'zgartirishga qodir. Buning uchun raqsni o'zining ittifoqdoshi qilib olinsa, bas. Tanaga yo'naltirilgan terapiya asoschisi Vilgeym Rayx bu borada shunday degandi: "Agar hissiyotlarning (har qanday: jahl, xafagarchilik, xursandchilik kechinmalarini) tashqariga chiqishiga imkon berilmasa, ular inson tanasida o'ziga xos mushak qalqonini tashkil qilib, hujayralarda yig'iladi. Raqs terapiyasi buning oldini oladi. Raqsga tushish jarayonida ularni tarqatib, yo'qotib tashlashga erishish mumkin. Art terapiyasida insonda erkinlik hissiyoti paydo bo'lgunga qadar, raqsga tushish tavsiya etiladi. Bu holda raqs studiyasidagi mashg'ulotlar to'g'ri kelmaydi, sababi barcha

harakatlar u yerda murabbiy tomonidan belgilab beriladi. Har bir inson o'z ichki kechinmalarini o'zi boshqarib ruhiyatini yuksaltirib olishi kerak. Shundagina salbiy hissiyotlardan forix bo'ladi.

Musiqa terapiyasi. Musiqa inson his-tuyg'ularini, orzu-istaklarini o'ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va kishilarning hissiyotlariga, estetik va axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, go'zallikka bo'lgan his-tuyg'ularning rivojlanishiga zamin yaratadi. Bu borada sharq mutafakkirlarining musiqiy, falsafiy, psixologik va pedagogik merosidan ta'lim jarayonida foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari, uning o'ziga xos xususiyatlari hamda mohiyatini o'rganish muhim ahamiyatga molik. O'sib kelayotgan avlod uchun musiqiy tarbiyaning ahamiyatini nihoyatda ulug'vor ekanligini buyuk allomalar alohida urg'u bilan ta'kidlaganlar. Shu bilan bir qatorda, musiqiy atamalarni, usullarni sharhlashga harakat qilganlar. O'tmishda yashab ijod qilgan ulug' ajdodlarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Muso Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Imom Ismoil Buxoriy, Imom at-Termiziy, Mirzo Ulug'bek va Alisher Navoiyning ilmiy-ma'naviy meroslaridan yoshlarni keng bahramand qilib borish, shuningdek, yaqin o'tmishda yashab ijod qilgan Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy kabilarning ta'lim-tarbiyaga oid asarlarini, ularda ilgari surilgan g'oyalar, pedagogik fikr va qarashlarni bugungi ta'lim-tarbiyaga bog'lash natijasida yaxshi samara berishi mumkin.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida "...musiqa san'at navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda"[4]

Demak, musiqa san'ati va ta'lim-tarbiyasi kishidagi insoniy fazilatlari rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan, insonning ichki olamini boyitadigan, iymon-e'tiqodini, irodasini mustahkamlaydigan, ijodini uyg'otadigan qudratli botiniy kuch - ma'naviyatning yuksalishini ta'minlaydi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o'sib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqaviy idrokni o'stirmay, ularning musiqaga mehr- muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turip, har tomonlama jismonan boy, ma'naviy va qat'iy ahloqiy sifatlarni tarbiyalab bolmaydi.[5]

Tarixiy manbalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, yuqorida nomlari zikr etib o'tilgan buyuk siymolar o'zlarining ilmiy va pedagogik qarashlarida shaxs kamolotida barcha aniq fanlar qatori san'at turlari, ayniqsa, musiqa san'ati keng imkoniyatlarga ega ekanligini e'tirof etib o'tganlar. Ulug' qomusiy olim Abu Nasr Forobiy bu borada fikr yuritib, "Musiqa nafaqat insonlarni tarbiyalaydi, balki uning ruhini davolaydigan omildir" - deya ta'kidlagan. Shuningdek, musiqaning ruhiyatga ta'siri, tarbiyaviy quvvati hususida Sharqning buyuk shoir faylasufi Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, musiqa nazariyotchisi Darvesh ali Changiylarning musiqiy

meroslari musiqiy-estetik tarbiya muammolarini hal etishda noyob manba bo'lib xizmat qiladi. O'zbek xalqining buyuk shoiri va allomasi Alisher Navoiy o'z asarlarida nazm, qo'shiq va raqs davra ahliga bag'oyat zavq-shavq bag'ishlashini ta'kidlaganlar.

Hamma davrlarda ham musiqa san'ati kishilar hayotida muhim o'rin tutib kelgan. O'zida xalqning turmush tarzini, hayotga munosabati va dunyoqarashlarini aks ettirgan. Shunga ko'ra ta'lim-tarbiya sohasida san'at, uning yetakchi va ommaviy turlaridan bo'lgan musiqaning o'rni alohidadir. Ulug' alloma Ibn Sino fikricha, inson qalbi o'z tabiati bilan bir-biriga monand bo'lgan tovush va ritmlarni yoqtiradi. Shu sabab tovush insonlar hayotida eng zarur omillardan biri; tovush insonni hayajonlantiradi, salomatligiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ibn Sinoning "Musiqa bilimiga oid to'plam" asari birinchi maqola muqaddimasida tovushning sezgi organlariga ta'siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo bo'lishi kabi masalalarga to'xtalgan. Unda musiqaning kishi hayotiga qanchalik zarurligi va uning paydo bo'lishi sabablari haqida mulohaza yuritilgan. Inson tabiati yoqimli narsalar orqali yengil tortadi, orom oladi, aksi bo'lsa og'irlashadi, oromi yo'qoladi, nafrati qo'zg'aladi

Shu bilan birga, Ibn Sino mulohazasiga ko'ra, ovozning baland-pastligi ham, ularning bir-biridan farq qilishning ham o'ziga xos ma'nosi bor. Bu xil turli-tuman ovozlarda nazokat bilan ma'lum ma'nolar ifodalangan. Bular hammasi o'sha ovoz sohibiga ta'sir etib, undan kuzatilgan ma'no tushuniladi. Mana shunda olim fíkricha, ovozning baland-pastligi, ayniqsa, musiqiy ovoz yoki tovushning darajasi qanday bo'lishligi kishi ruhiga ta'sir etishda ahamiyat kasb etadi. Mana shu mulohazadan keyin, Ibn Sino yoqimli va yoqimsiz ovozlarning inson salomatligiga ta'sirini ta'kidlab o'tgan. Ibn Sino o'zining mashhur: "Qonun-fít-tib" asarida quyidagilarni ta'kidlaydi: "Tanani chiniqtirishda chaqaloqlar uchun juda foydali vositalar qatoriga, birinchidan, yengil tebratish va, ikkinchidan, odatda uxlatish uchun aytiladigan qo'shiqlar — allalar kiradi. Bolaning ushbu ikki narsani qabul qilish darajasiga muvofiq uning jismoniy mashqlarga va musiqaga moyilligini aniqlaydilar. Ularning birinchisi tanaga, ikkinchisi esa ruhiyatga tegishlidir". Bunda Ibn Sino ma'naviy tarbiya bolaning chaqaloq yoshidan beshigini tebratish davomida (jismoniy tarbiya) alla (qo'shiq) aytish vositalari bilan mushtarak tarzda olib borilishi lozimligini aytib o'tgan.

Ma'lumki biz kundalik hayotimizda juda ko'p hilma xil tovushlarni eshtamiz. Musiqada hammasiham qollanilavermaydi. Qulog'imiz musiqiy tovushlar bilan shovqinli tovushlarni bir-biridan ajraratish qobiliyatiga ega. Shovqinli tovushlar bular qarsilash, gumburlash, g'ijjilash, shivirlash, dukulash va h.k[2]

Tovush to'lqini balandlikga ega emas shuning uchun ham bu tovushlar musiqada qo'llanilavermaydi. Muayyan balandlikdagi munosabatda bo'lgan

tovushlar qatorida musiqaviy tuzilma deyladi. Tuzilma tovushlarning o'z balandligiga qarab joylashadi tovush qator esa uning pog'onasi deyiladi. Musiqaviy tuzimaning to'liq tovushqatori 88 ta hilma-xil tovushlarni o'z ichiga oladi. Bu tovushqator eng pastki tovushdan eng yuqori tovush qatorigacha bo'ladi ya'ni 16 gts dan - 4176 gts tebranishgacha. Insonning vokal ovozi 60 gts dan 1000 gts gacha bo'ladi shu bois ko'pgina cholg'u asboblar aynan ushbu diapazonda bo'ladi. Musiqa ko'pincha inson kayfiyatini ichki xissiyotlarini o'zida aks ettirib beruvchi vosita hisoblanadi[3].

Musiqa - donishmandlik va faylasuflikdan yuqoriroq ta'sirga ega" - degan edi Betxoven. Shu sababli ham art terapiyasida musiqiy usuldan keng foydalaniladi. G'arb olimlari olib borilgan ko'plab izlanishlar natijasida shunday xulosaga kelganlarki, musiqa bilan davolash juda katta samaraga ega. Musiqa bilan davolash alsgeymerlar, tushkunlik, qo'rquv va uyqusizlik holatida samaralidir. Musiqani tinglashda - insonning ichki holati musiqa maromiga tenglashib, ijobiy tebranishlarni o'ziga singdiradi. Musiqa nafaqat kayfiyatni ko'taradi, balki mushaklar tarangligini kamaytiradi, davolash kuchiga ega bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning II Xalqaro baxshichilik festivali ishtirokchilariga bayram tabrigi.// Xalq so'zi 2021 yil 18 sentyabr

2. Baxriyev A.R. Musiqaning elementar nazariyasi. BuxDU 2011. -B6,7

3. Baxriyev A.R. Musiqaning elementar nazariyasi. BuxDU 2011.- B11

4. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Toshkent : Ma'naviyat, 2008. -B14.

5. O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy- madaniy faoliyatining dolzarb muammolari va istiqbollari.- Namangan-2018 .-B. 397.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.