Научная статья на тему 'O‘QUVCHI-YOSHLARDA MUSIQA VOSITASIDA VATANPARVARLIK TUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISH'

O‘QUVCHI-YOSHLARDA MUSIQA VOSITASIDA VATANPARVARLIK TUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
111
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
vatan / vatanparvarlik / vatanparvarlik qo‘shiqlari / vatan timsollari / madxiya / o‘quvchi-yoshlar / metodika / xalq pedagogikasi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zuxra Amonaliyevna Sultanova

Ushbu maqolada o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda musiqa, xususan, vatanparvarlik qo‘shiqlaridan foydalanish, musiqaning vatanga muhabbat tuygʼularini shakllantirish omili sifatidagi roli atroflicha tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHI-YOSHLARDA MUSIQA VOSITASIDA VATANPARVARLIK TUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISH»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 2 / April 2023

O'QUVCHI-YOSHLARDA MUSIQA VOSITASIDA VATANPARVARLIK

TUYG'ULARINI SHAKLLANTIRISH

Zuxra Amonaliyevna Sultanova Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda musiqa, xususan, vatanparvarlik qo'shiqlaridan foydalanish, musiqaning vatanga muhabbat tuyg'ularini shakllantirish omili sifatidagi roli atroflicha tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: vatan, vatanparvarlik, vatanparvarlik qo'shiqlari, vatan timsollari, madxiya, o'quvchi-yoshlar, metodika, xalq pedagogikasi

FORMING PATRIOTIC FEELINGS THROUGH MUSIC IN STUDENTS

AND YOUNG PEOPLE

Zukhra Amonaliyevna Sultanova Namangan State University

Abstract: In this article, the use of music, especially patriotic songs, and the role of music as a factor in the formation of feelings of love for the motherland in educating students in the spirit of patriotism are thoroughly analyzed.

Keywords: homeland, patriotism, patriotic songs, symbols of the homeland, national anthem, students, methodology, folk pedagogy

Musiqa o'zining tabiiyligi bilan xalq hayotiga kirib borsa, yosh avlodni mardlikka, halollikka chaqirish bilan birga Оna-Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalab, ezgulikka unday olsa, bunday musiqa va qo'shiqlar e'zozlanadi va avlodlardan avlodlarga o'tib yashaydi. Inson tarbiyasini buzadigan g'ayri tabiiy, baqiroq musiqa va qo'shiqlar radio va televidenie orqali namoyish qilishni endi cheklash kerak. Aks holda milliy musiqamizga va biz ko'zlagan yoshlar tarbiyasiga putur yetadi.

Shuni unutmaslik kerakki, musiqa insonni tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. Ma'noli qo'shiq va musiqa taronalari tabiiy ohangda yangragan xonadonda insonning ma'naviy olami ko'rk ochadi. Insonning sezgirligi oshib, dunyoni tafakkur qilish qobilyati o'sib boradi.

Buyuk pedagoglardan biri A.Suxomlinskiy "Musiqa tarbiyasisiz bolaning mukammal aqliy rivojlanishiga erishib bo'lmaydi", - degan edi. Darhaqiqat bola tarbiyasida va uning mukammal rivojlanishida musiqa san'atining roli beqiyos.

Chunki inson ona allasini tinglab voyaga yetib, umrining oxirigacha musiqa san'ati uning hamroxi bo'lib qoladi.

Ulug' Arastuning aytishicha, bulbul bolasini sayrashga o'rgatish uchun juda ko'p vaqt, kuch va g'ayrat bag'ishlarmish. Agar vaqtida "saboq" berilib, ovozi sinovdan o'tkazib borilmasa, ulg'ayganda u hech qachon sehrli ovozda sayray olmasmish. Bundan xulosa shuki, yosh avlodning ma'naviy yuksalib borishi ham uning qanday qo'shiklarni tinglashiga va qanday asarlarni o'qib o'rganishiga bog'liqdir.

Ota-bobolarimiz adabiyot va san'atning keng imkoniyatlaridan faqat insonni tarbiyalash, ma'naviy-ruhiy va axloqiy jihatdan kamolga yetkazish maqsadida foydalanganlar. Bu ham san'atning bir yo'nalishi qatorida rivojlanishi kerak. Lekin uni faqat milliy yo'nalishda va sharqona axloq doirasida rivojlantirish lozim. Xalqimizning aql - idroki, didi, ko'hna ma'naviy musiqa madaniyatimizni muhofaza qilishga qodirdir.

Bizning qadim Turkistonda yetishib chiqqan Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Al - Beruniy, Mirzo Ulug'bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk allomalarimiz adabiyot, musiqa va qo'shiqchilik san'ati bilan shug'ullanib, o'zlari sozlar ixtiro qilib, uni mohirona chala olishgan. Ular musiqa nazariyasiga oid bir necha asarlar yozib, bizlarga meros kilib qoldirishgan. Ibn Sino musiqa orqali ba'zi bir kasallarni davolagan. Bobomiz Alisher Navoiy musiqa nazariyasining yaxshi bilimdoni bo'lganlar. Shuning uchun Navoiy tarbiyalagan shoirlarning ko'pi musiqachi bo'lgan.[1.-B. 25.]

"Musiqa shu ma'noda foydaliki, u o'z muvozanatini yo'qotgan odamlar hulqini tartibga keltiradi. Bu ilm salomatlik uchun ham foydalidir. Go'zal ovozlarning ta'siri bilan ruhni sog'aytirish sog'liqqa foydalidir. Chunki tana kasal bo'lsa, ruh ham so'ladi"- deya ta'riflaydi Abu Nasr Forobiy.

Abu Ali Ibn Sino esa "Go'dak tanasidagi a'zolarni mustahkamlashda foydali va zarur narsalar - uni asta tebratish hamda allalab aytiladigan kuy va qo'shiqlardir. Biri badanga, biri ruhga tegishli" deya e'tirof etadi.

Shaxs musiqa madaniyatini uch xil yo'l bilan egallashi mumkin. Birinchidan -kishi musiqa olamini ongli ravishda o'zlashtirib, musiqiy boylikni o'z ma'naviy olamiga ma'lum maqsadni ko'zlab, qabul qila oladi. Bu musiqa bilan oshno bo'lishning asosiy yo'li bilim, musiqa professional faoliyatga aylantirilmagan holda musiqaviy ma'lumot olish bilan amalga oshiriladi. Ko'pincha bu xildagi ma'lumot musiqa maktablari, maxsus kollejlarda, to'garaklarga qatnashish, shuningdek konsertlar tinglash, musiqali kechalarga borish, maxsus o'quv va tanqidiy adabiyotlarni o'zlashtirish orqali olinadi.

Ikkinchidan - musiqa madaniyatiga uyushmagan har-hil shakllar orqali amalga oshiriladi. Bu keng ma'noda tevarak-atrofimizda doimiy ravishda yangrab turadigan

musiqa ohanglaridan iboratdir. Kishi o'zi istagan yoki istamagan holda ana shu sharoitga hayotining har bir qadamida duch kelishi mumkin. Har bir go'dak o'z milliy ohangini ona suti bilan, onasi kuylagan allalar orqali oladi. Barcha an'anaviy va zamonaviy marosimlar doim musiqa ohanglari bilan omuxta bo'lib ketgandir. Biz yashayotgan davrda musiqa g'oyat ko'p qirrali bo'lib, u xalq og'zaki ohanglari, estrada hamda klassik kuylaridan iborat.

Uchinchidan - yuqorida aytilgan ikkala yo'nalishning muayyan ayirish elementlarini o'z ichiga olgan oraliqlardan iboratdir. Bunda tinglovchida musiqa eshitishga ongli qiziqish paydo bo'ladi. Biroq u musiqani bevosita konsertlarga borib tinglamaydi, balki magnitafon, televidenie orqali o'z qiziqishini qondiradi. Shuning uchun bu yo'l borgan sari katta ahamiyatga ega bo'lmoqda.

Aholining asosiy qismi an'anaviy yakka ovozda ijro etiladigan kuy-qo'shiklar ruhida tarbiyalangan. O'zbekiston musiqa madaniyatida o'zbek bastakorlarining asarlarini targ'ib qilish masalasi alohida ahamiyatga egadir.

Bu jarayonni keng yo'sinda targ'ib qilishda milliy musiqadan ta'lim beruvchi muassasalarning va maorifning alohida o'rni bor.

Musiqa san'ati vositasida o'quvchi - yoshlarda millatni sevish, milliy g'ururga ega bo'lish, barkamol shaxsning muhim qirralaridan biri bo'lib, bu borada musiqa san'ati salmoqli tutadi. Boisi, birinchidan, musiqa turmushimizga chuqur kirib borgan eng keng yoyilgan badiiy qadriyatlardir. Ikkinchidan, musiqa o'z ta'sir kuchiga, hissiy ta'sir doirasiga ko'ra eng samarali vositadir.

Umumta'lim maktablarida musiqiy ta'lim - tarbiyaning muhim vazifalaridan biri - o'quvchilarda musiqa san'ati vositasida milliy g'ururni shakllantirish va o'stirishga erishishdir. Ushbu jarayon musiqa darsidagi musiqiy faoliyatlarning barcha turlari asosida amalga oshiriladi. Masalan, har bir kuy yoki qo'shiqni o'rganish uchun uni, avvalo, eshitish, ohangga hamda uning matniga e'tibor berish, uni o'rganib tahlil qilish, musiqiy rivojiga quloq solish, musiqaga cholg'u asboblarida jo'r bo'lish, asarga o'z munosabatini bildira olishi muhimdir.

Berilayotgan har bir asar zamirida mustaqil Yurtimiz madhi, mustaqillikni asrash, uni qadriga etish, har bir yoshning ongiga umuminsoniy fazilatlar shakllangan kuy va qo'shiqlar bilan musiqa darsliklari va dasturlarni Davlat ta'lim standartlariga mos keladigan, jahon andozasidagi o'quv qo'llanmalari bilan boyitish zarur. Bizning asosiy maqsadimiz hozirgi taraqqiy etgan davrda yoshlarning chuqur bilimga ega bo'lishi uchun musiqa madaniyati fanlarini ham milliy ruhdagi kuy - qo'shiqlar, o'zbek xalqining qadimiy urf - odatlariga mos keladigan milliy ruhdagi kuy -qo'shiqlar, o'zbek xalqining qadimiy urf - odatlariga mos keladigan milliy asboblardan foydalaniladigan holda jonli ijro, jonli kuy - qo'shiqlar orqali yoshlarga tarbiya berish lozim.

O'quvchi - yoshlarda milliy g'ururni o'stirishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Xususan, o'qituvchi va o'quvchining o'zaro hamkorligini rivojlantirish, ustoz va shogird an'analaridan foydalanib, har bir o'quvchi bilan individual mashg'ulotlar olib borish, jamoa bo'lib qo'shiq kuylash vositalaridan foydalanish, maktab va maktabdan tashqari to'garak mashg'ulotlaridan unumli foydalanib, undagi qo'shiqlarning g'oyaviy mazmuniga, ohangiga e'tiborni qaratish va boshqa vositalardan unumli foydalanish lozim.

Hozirgi kunda yurtimizda musiqa san'atiga chuqur e'tibor berilmoqda. Jumladan, mustaqillik shodiyonalari arafasida "O'zbekiston Vatanim manim" qo'shiq ko'rik tanlovlarini o'tkazish an'anaga aylandi. Bu tanlovlar yoshlarda Yurtga mehr -muhabbat, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat - ehtirom hissini tarbiyalab, ularda milliy g'ururni o'stirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim - tarbiyada mumtoz musiqa san'atidan foydalanish, ularni yoshlarga eshittirish va kuylatish, sharqona an'analardan unumli foydalanish va ularning xususiyatlari, turli shakl va metodlari yoshlarning milliy g'ururini tarbiyalashda alohida e'tiborga molik.

Musiqa san'ati vositasida o'quvchi - yoshlarda milliy g'ururni o'stirish ko'p jihatdan musiqa darslarini to'g'ri tashkil etish, umumta'lim maktablari, maktabdan tashqari to'garaklarning xilma - xilligiga va metodik jihatdan mazmunli bo'lishiga bog'liqdir.

Har bir inson o'z tug'ilgan yurtiga bo'lgan muhabbati va sadoqatini turli shakllarda ifoda etadi. Kimdir sidqidildan mehnat qilib, Vatanning moddiy boyliklarini oshiradi, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashda hissa qo'shadi. Yana birov betakror iste'dodi va kuch - g'ayratini ona diyor ravnaqi, uning obro' -e'tiborini yuksaltirish yo'lida safarbar etadi. Yana kimdir Vatan sarhadlarida tunu kun sergak turib, uning har qarich erini ko'z qorachig'idek asraydi. Bularning barchasi insonga xos bo'lmish vatanparvarlik deb ataladigan noyob va muqaddas tuyg'uning amalda nomoyon bo'lishidir. Qachonki odam o'z ona yurtining dardu tashvishi, shodligiyu quvonchi bilan hamisha hamnafas yashasa, hatto Vatan uchun jonini ham fido qila olsa, vatanparvarlik shunchaki tuyg'uga emas, yuksak insoniy fazilatga aylanadi.

Vatanparvarlik deb, o'z yurtini sevish, unga sadoqat bilan xizmat qilish, uning taraqqiyoti, tinchligi va mustaqilligi yo'lida jismu jonini safarbar etish, fidoyilik ko'rsatib yashashga aytiladi.

Vatanni haqiqiy vatanparvar farzandlar dunyoga tanitadi. Vatan tuprog'i haqiqiy vatanparvar insonlar tufayli aziz va muqaddas bo'ladi. Oy va boshqa sayyoralarda ham tuproq bor. Lekin odam yashamagani, hozircha hech kim vatan deb bilmagani uchun u yerlarni aziz va muqaddas deb aytolmaymiz.

Vatanparvarlik tuyg'usi tabiiy ravishda tug'ilsa-da, insonning barcha hissiyotlari kabi, u ham tarbiyaga muhtoj bo'ladi. Bu tuyg'u avvalo oilada ota - ona, bobo -momolar, aka - opalarning o'gitlari, ibratli hikoyalari, o'z yurtiga bo'lgan mehri va sadoqati, Yurtparvarlik fazilatlari orqali parvarish qilinadi. Yana bu tuyg'u adabiy asarlarda, san'at turlarida, qo'shiqlarda ham o'z aksini topadi.

Vatanparvarlik tuyg'usini tarbiyalashda ko'p o'qish, mahalla hayotida faol ishtirok etish, ma'raka va yig'inlarda qatnashish, odamlar bilan muloqot qilish, ularni o'rganish ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki inson shular orqali o'z yurtini yanada yaxshiroq bilib oladi, unga bo'lgan muhabbati ham ortadi. Shuningdek, sayohat qilish, Vatanning shahar va qishloqlarini bilish, Vatan haqida she'rlar yod olish, qo'shiqlar o'rganish, dunyo kezish ham insonga olam - olam taassurot beradi, uning qalbini go'zallashtiradi, tasavvurlarini kengaytiradi.

Ayniqsa, odam ilm - fan, sport bilan shug'ullanib, katta - katta anjuman va musobaqalarda o'z Vatani sharafini munosib himoya qilsa yoki kerakli bir kasbni puxta egallab, Yurtiga obro'-e'tibor keltirsa, bundan avvalo uning o'zi katta zavq va surur tuyadi. Faqat Vatani tufayli shunday tolega, shunday sadoqatga musharraf bo'lgani uchun u taqdirga shukronalar aytib, fazilatiga fazilat qo'shadi.

Vatanparvarlik borasida bizning buyuk ajdodlarimiz ham ibrat bo'lishga munosib meros qoldirgan. Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunon bosqinchilariga qarshi mardona kurash olib borgan Spitamenning jasoratini, yana bir jasur ajdodimiz Jaloliddin Manguberdining mo'g'ul bosqinchilariga qarshi o'n bir yil davomida kurash olib borgan mard o'g'lonligini faxr bilan esga olamiz.

Vatanparvarlik insonni qanchalik yuksakka ko'tarsa, Vatanga xiyonat shuncha xoru zor etadi. Vatanga xiyonat otaga, onaga xiyonat qilish bilan barovar.

Xullas, Vatan bor ekan, vatanparvarlik eng oliy fazilatlardan biri bo'lib qolaveradi va ana shu sharafga munosib farzandlar ham voyaga etaveradi. Vatanparvarlik borasida avvalo Vatanning o'zi buyuk murabbiy hisoblanadi. Uning saxovatli zamini, betakror tabiati, bir - biridan go'zal shahar va qishloqlari, shonli tarixi, boy madaniyati, oriyatli, mehnatkash, sodda va jaydari odamlari, ajdodlar xotirasi, avlodlar baxti - barcha - barchasi insonni o'zi tug'ilgan zaminga bog'lab turadi, shu tuproqning fidoyi va jonkuyar farzandi bo'lishga undaydi. Ona O'zbekistonimiz ana Shunday beqiyos o'lka. Binobarin, biz uchun unga munosib farzand bo'lishdan ortiq baxtu saodat yo'q.

Bu borada vatanparvarlik qo'shiqlarining o'rni beqiyos. U inson hayotini mazmunli qiladi, ma'naviy jihatdan boyitadi. Chunki musiqa insonning go'zallikka bo'lgan ehtiyojlarini qondirishi barobarida, uning his - tuyg'ularini uyg'otadi, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi, ezgulik sari etaklaydi. Bu bilan insonning ma'naviy o'sishiga sharoit yaratadi, ijtimoiy va shaxsiy hayotida eng murakkab muammolarni

hal etishga yordam beradi, har bir kishi hayotda o'z o'rnini topishiga ham ko'maklashadi. Buning uchun musiqani tushunish, u bilan oshno bo'lish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Nishonov S va boshqalar. Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari. -Toshkent, 2001.

2. Musurmanova O. Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. - Toshkent: O'qituvchi, 1996.

3. Karimov Ibrohim. Ma'naviyat, falsafa va hayot.-Toshkent: Fan, 2007

4. Nazarov Q. Milliy istiqlol g'oyasi: targ'ibot texnologiyalari va atamalar lugati. -Toshkent: Akademiya, 2007 .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.