FARG'ONA VODIYSI AN'ANAVIY XONANDALIK SAN'ATI VAKILLARINING RESPUBLIKA MUSIQA SAN'ATI RIVOJIDA TUTGAN O'RNI VA MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA REPERTUARLARINI
O'QITISHNING AHAMIYATI
Shaxzod Shuxratjon o'g'li Rustamov Oybek Ulug'bek o'g'li Yusupov Namangan davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Farg'ona vodiysi an'anaviy xonandalik san'ati vakillarining respublika musiqa san'ati rivojida tutgan o'rni va musiqa madaniyati darslarida repertuarlarini o'qitishning ahamiyati ilmiy asosda tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: an'anaviy xonandalik, ilmiy maktab, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari, qo'shiqchilik uslublari
THE ROLE OF THE REPRESENTATIVES OF THE TRADITIONAL SINGING ARTS OF THE FERGONA VALLEY IN THE DEVELOPMENT OF MUSIC ARTS OF THE REPUBLIC AND THE SIGNIFICANCE OF TEACHING THEIR REPERTORIES IN MUSIC CULTURE LESSONS
Shahzod Shukhratjon Rustamov Oibek Ulug'bek Yusupov Namangan State University
Abstract: In this article, the role of representatives of the traditional singing art of the Fergana Valley in the development of the republican musical art and the importance of teaching their repertoire in music culture classes is analyzed on a scientific basis.
Keywords: traditional singing, scientific school, status paths of Ferghana-Tashkent, singing styles
O'lkamizda musiqiy merosimizning ajralmas qismi bo'lmish hofizlik azaldan muqaddas kasb sanalgan. Islom olamida muqaddas kitobimiz bo'lmish "Qur'on" oyatlarini dilga jo qilib, uning zerizabarlari bilan yoddan ijro etgan allomalarni "Hofizi Qur'on" deb yuritganlar. Mumtoz hofizlarimiz islomiy bilimlardan hamda badiiy she'riyatdan xabardor bo'lganlar. Shuning uchun ham ular ijro etgan qo'shiqlar nihoyatda ta'sirchan bo'lib, tinglovchilarni o'zlariga rom eta olgan. Ularni ulug' shoirlarimizning beqiyos ma'noga ega bo'lgan g'azallarini kuyga solib ijro etgan qo'shiqlari uchun "Hofiz" degan nomga musharraf bo'lishlari ham qandaydir
I icclT^^^^H 862 http://oac.dsmi-qf.uz
ramziy ma'no kasb etishi tabiiydir. [1.] Bu o'rinda ulug' alloma Majzubi Namangoniyning quyidagi satrlari ibratlidir:
Dema tanbur nolasi yo'l tashlaganda tordin,
Bilki kelmish bu tarona san'ati jabbordin.
Shundan ko'rinadiki, musiqa inson jismiga jon bilan kirganligini, bunda ilohiy qudrat borligini islom ulamolari ham e'tirof etishgan. Ulug' alloma Alixon To'ra Sog'uniy "Tarixi Muhammadiy" kitoblarida shahodat berishlaricha, payg'ambarimiz Rasululloh Makkadan Madinaga hijrat qilishib shaharga kirishlaridayoq joriya qizlar childirmalar chalishib, alyorlarni aytishgan ekan: shundan ko'rinadiki, alyor, lapar aytish Payg'ambarimiz (s.a.v) davridan bizga meros bo'lib qolgan ekan. An'anviy qo'shiq ijrochiligi tarixiga nazar tashlasak, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o'lkamizda bu muqaddas san'atning butun bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligining guvohi bo'lamiz. Ota Jalol, Ota G'iyos, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Halim Ibodov, Levi Boboxonov, Sodirxon hofiz Bobosharipov, Zohidxon xofiz, Madali hofiz, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Matyoqub Xarratov singari zabardast hofizlar shular jumlasidandir. O'tmishda nota yozuvi rivojlanmagan bo'lib, Ovro'pa musiqa terminlari o'rnida hofizlarimiz «voz maromiga "Gulligi", "Binnigi", "Shikami", "Xonaqo'y" deb atalmish nafas olish va ijro yo'llaridan foydalanishgan. O'sha davr hofizlarining ovozlari o'ktam va baquvvat bo'lganligi uchun ular ko'proq "Shikami" yo'lida ijro etganlar. Bu yo'lda ijro etish g'oyatda murakkab bo'lib, shinavandalar tomonidan juda qadrlangan. Chunki hofiz tovushni ichkaridan tejamkorlik bilan qorin bo'shlig'idan chiqarib qo'shiq aytadi. Shuning uchun ham "Shikami" yo'li chuqur nafas olishga asoslanishi, tiniqligi hamda jarangdorligi bilan "Gulligi", "Binnigi" kabi ashula yo'llaridan farq qiladi.
Ustoz hofizlar o'z ijrochilik mahoratlarini oshirish uchun aks sado beruvchi maxsus gumbazli binolarda mashg'ulot o'tkazganar, shu tariqa ovozlariga sayqal berishgan. "Shikami" yo'lidan tashqari farq qiluvchi ikkinchi "Xonaqohiy" yo'li bo'lib, unda hofiz qo'shiqlarini aniq talaffuz etib, tinglovchiga g'azal mazmunini ifodali qilib yetkazgan. Ustoz hofizlarimiz dasturlaridan harxil marosimlarda ijro etiladigan qo'shiqlar ham o'rin olgan. Masalan, Sodirxon hofiz motam marosimlarida kuylanadigan qo'shiqlarni sozsiz, ikki kaftini qulog'iga qo'ygani holda, alamli "Yakka faryod" tarzida "Xo'jandiy" yo'lida ijro etib kelgan. Jurnalist Sherali Sokinning ma'lumotlariga qaraganda, Sodirxon hofiz o'z ashulalarini yil fasllari va hatto kunning ma'lum paytlariga ko'ra tanlab aytgan. Bahor tonglarda " Amin nasrulloyi", "Qiyiq", "Qora tong"ni, peshindan keyin "Gulyor shahnoz"ni, kechqurun "Sarparda", "Rok baland", "Dilxiroj" va boshqalarni kuylagan. Bundan tashqari, ustoz hofizlarimiz qo'shiq ijro etish bilan birga maqomlarni to'liq o'zlashtirib, betakror muallif sifatida maqomlarni yangi sho'balar bilan boyitganlar. Masalan, maqomdon ustoz Ota Jalol Nosirov "Shashmaqom"ning mushkilot qismlarini tartibga solgan,
I D^Ü^^Sl 863 http://oac.dsmi-qf.uz
ayrim maqom sho'balarini kengaytirgan, rivojlantirgan va qo'shimcha qismlar bastalagan. Jumladan, ulardan biri "Savti Jaloliy" deb ataladi. Marg'ilonlik Madali hofiz esa "Abdurahmonbegi", "Qalandar", "Tanovar" kabi ijro yo'llarini yangi talqinlari bilan to'ldirib, san'atimiz xazinasini boyitdi. Shu tariqa umrboqiy maqomlarimizga ustoz hofizlarimiz ijrosida qo'shimcha jilo berilib, yanada to'ldirilib ijro etib kelinmoqda. [2.]
XX asrning 20-30 yillariga kelib an'anaviy qo'shiqchiligimizga ikkinchi bir avlod kirib keldiki, bu ulug' hofïzlarimiz san'atimiz xazinasini o'zlarining mumtoz qo'shiqlari bilan boyitdilar. Ularning muborak nomlarini hurmat va ehtirom bilan zikr etib o'tish joizdir. Xorazm vohasidan Matpano ota Xudoyberganov, Kurji ota Avazmatov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Jumaniyoz Hayitboev, Xojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov; Buxoro, Samarqanddan Ota Jalol va Ota G'iyos Abdulg'ani, Mixail Tolmasov, Domla Halim, Qori Karomat, Tillaboy hofiz, Usta SHodi, Tojixon hofiz, Borux Zerkiev; Toshkentdan Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Shorahim Shoumarov, Inog'om va Ilhom hofizlar, Abdulqahhor, Sultonxon, Yunus Rajabiy, Boboxon va Akmalxon So'fixonovlar; Xo'janddan To'raxo'ja hofiz, Abduqayum hofiz, Karimjon hofiz, Oalohhon hofiz, Otabola Mirsolih, Mirabdulla, Mirfayoq hofizlar; Farg'ona vodiysidan Mamad bobo Sattorov, Bolta hofiz Rajabov, Erka qori Karimov, Hamroqul qori To'raqulov, Sherqo'zi Boyqo'ziev, Haydarali Hikmatov, Berkinboy Fayziev, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Abdulla Fayzullaev, Boborahim Mirzaev, Ashurali hofiz, Akbar Haydarov, Ortiqxo'ja Imomxo'jaev, Zaynab Polvonova, Rasulqori Mamadaliev singari hofizlar o'zlaridan oldin ijro qilib o'tgan ustozlarning qo'shiqchilik san'atini davom ettirishib, an'anaviy ijrochiligimizda har birlari bir biriga o'xshamagan ajoyib ijro uslublarini ham yaratdilar. Shu bilan birga o'zlari bastalagan asarlari bilan qo'shiqchiligimiz xazinasini boyitdilar. Bu borada, ayniqsa, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Matpano ota Xudoyberganov, Hojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov, Jo'raxon Sultonov, Yunus Rajabiy ijodlari bunga misol bo'la oladi. Sodirxon hofiz ijro etgan "Ushshoq" "Ushshoqi Sodirxon" nomi bilan mashhur bo'lib ketgan.
Hoji Abdulaziz bastalagan "Guluzorim" qo'shig'i, Jo'raxon Sultonov bastalagan va o'zi ijro etgan Guluzorim qani", "Naylayin" qo'shiqlari, an'anaviy merosimiz qatori musiqiy xazinamizdan mustahkam o'rin oldi. Shu o'rinda aytish lozimki, musiqiy san'atimiz rivojiga o'zbek bastakorlari va sozandalari o'zlarining ulkan hissalarini qo'shib kelmoqdalar. Yunus Rajabiy, To'xtasin Jalilov, Komiljon Jabborov, Imomjon Ikromov, Saidjon Kalonov, Muhammadjon Mirzaev, Muxtorjon Murtazaev, Faxriddin Sodiqov, Abduhoshim Ismoilov singari ko'plab bastakorlar yaratgan qo'shiq va kuylar xalq mulkiga aylanib qoldi.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, an'anaviy qo'shiqchiligimiz guldastasi navbatdagi avlod qo'liga o'tdi. Orif hoji Alimaxsumov, Ochilxon Otaxonov, Orifxon
I icclT^^^^H ^64 http://oac.dsmi-qf.uz
Hotamov, Muhammmadjon Karimov, Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Odiljon Yusupov, Fattohxon Mamadaliev, Tavakkal Qodirov, Ro'zimat Jumaniyozov, Tolibjon Badinov, Quvondiq Iskandarov, Faxriddin Umarov, Eson Lutfullaev, Ne'matjon Qulabdullaev, Rahimaxon Mazohidova, Olmaxon Hayitova, Otajon Xudoyshukurov, Bobomurod Hamdamov, Kamoliddin Rahimov, O'rinboy Nuraliev, Jo'raxon Rahimov, Ikromjon Bo'ronov, Isroiljon Usmonov, Nazirjon Nazarov, Ibrohimjon Ishoqov, Mo'sajon Oripov, Iskandar Qalandarov singari ustoz hofizlar shular jumlasidandir.
Bugungi kunda ustozlar an'anasini davom ettirib, ularning izidan borib, qator san'atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilmoqdalar. Ortiq Otajonov, Sherali Jo'raev, Xayrulla Lutfullaev, Jo'rabek Nabiev, Alijon Erkaev, G'ulomjon Yoqubov, O'lmasqori Rasulov, O'lmas Saidjonov, Munojot Yo'lchieva, Zamira Suyunova, Nuriddin Hamroqulov, Maryam Sattorova, Ma'murjon To'xtasinov, Mahmudjon Tojiboev, Mahmudjon Yo'ldoshev, Isroiljon va Ismoiljon Vahobovlar, Beknazar Do'stmurodov, Qobiljon Yusupov, Solijon Mamatov, Gulbahor Erqulova, Matluba Dadaboeva, Mahbuba Hasanova, Hurriyat Isroilova, Nasiba Sattorova, Rahmatjon Qurbonov, Abdulhay Karimov, Mashrabjon Ermatov, Erkinjon Ro'zimatov, Mahmudjon Azimov, Ahmadjon Dadaev, Avazbek Mahmudov, Qilichbek Tojiev, Salohiddin Azizboev, Majydxon Saidov, SHarofiddin Ismoilov, O'ktam Ahmedov, O'lmas Olloberganov singari hofiz va xonandalar, ustozlar ijrochilik maktabiga suyangan xolda, o'zlariga xos ijrochilik yo'llari va uslublari bilan qo'shiqchilik xazinasiga xissa qo'shmoqdalar.
Musiqiy madaniyat xalq ma'naviy dunyosining ajralmas qismi bo'lib, uning ma'naviy extiyojini barcha davrlarda beminnat xizmat qilgan. Shuning uchun ham musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod maydoniga aylandi. Shuning uchun dars jarayonida ham sinfdan va maktabdan tashqari vaqtda o'zbek milliy an'analarimizga, xususan, mumtoz kuy qo'shiqlarimizga e'tiborimizni qaratishimiz lozim. Bunga zamonaviy musiqa ham zarur. Ikkala janrning bir-biriga bog'liqligi xam shunda. Inson hayotda yashar ekan, zamon bilan xamnafas yashaydi. Ayniqsa, XXI asr texnika davrida zamonaviy texnik vositalarning ko'payishi, unga bo'lgan e'tiborning ortishi tabiiydir. Musiqa san'ati rivoji uchun xam zamonaviy, ham mumtoz kuylar hamda qo'shiklari kerak. Faqatgina uni to'gri olib borish zarur. Yaxshi shoirlar ko'paysa, bastakorlarga ijod keladi. Yaxshi qo'shiq yaratilsa, ko'ngildagi xofizlar, qo'shiqchilar ko'payadi. Dil tortar zamonaviy qo'shiklari ham insonga ham dalda beradi, ham tarbiyalaydi.
Bizga ma'lumki, insonni ma'naviy, axloqiy va ruxiy jixatdan tarbiyalanib borishda Musiqa san'atining tutgan o'rni beqiyosdir. Shu o'rinda, zamonaviy va mumtoz qo'shiqchilik san'ati ommani o'ziga jalb etishda eng oldingi o'rnida turadi, Buning sababi, inson dunyoga kelibdiki, go'dakligidan boshlab ona allasini tinglab,
I jbÄÜ^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
voyaga yetib boradi. Birgina manashu allaniag ham zamonaviy, ham xalqona, yani barcha onalarimiz o'ziga xos kuylashlari dilga yoqadi. Onalarning alla qo'shigi orqali millatning ma'naviyati va ruxiyati shakllanishi bilan birga asta-asta bolada estetik histuyg'ular ham yuksalib boradi.
Bizning o'zbek musiqa san'atimiz o'ziga xosligi bilan bitmas xazinadir. Zamonaviy estrada qo'shiklarii ham insonga ruh beradi, ham davolaydi, xam tarbiyalaydi. Go'zal mumtoz qo'shiqlari buyuk shoir va bastakorlar tomonidan yaralib, inson qalbida joy olib, xalqning ma'naviy mulkga aylanib ketadi. Bu esa istedodli san'at axli uchun berilgan ilohiy mo'jizadir.
Hozirda yashab ijod etayotgan qo'shiqchilarimiz mumtoz qo'shiq kuylasalar, ba'zi davralarda ularni hurmat qilmaydigan ba'zi yoshlarni ko'rib xayratlanaman. Yosh bo'lishiga qaramay, bemalol maqom qo'shiqlarini yuragidan kuylayotgan honandalarni ko'rsak dilimiz yayraydi. Namangan shaxrida yashab ijod etayotgan Kamoliddin Rahimov xam ana shunday xonandalarimizdan.
Agar qo'shiqchilarimiz hoh zamonaviy yo'nalishda, hoh mumtoz yo'nalishda ijod qilayotgan vaqt mobaynida o'ziga xos yo'llarida ijod qilishsa, og'ishmasa xalqning ko'ngliga manzur bo'laverishadi. Aynan ushbu tushunchalarni musiqa madaniyati darslarida o'quvchilarga o'rgatib borish bilan birga milliy ijrochilik san'atining ko'rgazmalilik uslublarida keng foydalanish zarur.Bulardan Mamad bobo Sattorov, Bolta hofiz Rajabov, Erkaqori Karimov, Hamroqul qori To'raqulov, SHerqo'zi Boyqo'ziev, Haydarali Hikmatov, Berkinboy Fayziev, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Abdulla Fayzullaev, Boborahim Mirzayev, Ashurali hofiz, Akbar Haydarov, Zaynab Polvonova, M.Azizova X.Oxunova Rasulqori Mamadaliev singari hofizlar va O'rinboy Nuraliev, Jo'raxon Rahimov, Ikromjon Bo'ronov, Isroiljon Usmonov, Nazirjon Nazarov, Ibrohimjon Ishoqov, singari ustoz hofizlar bugungi kunda ustozlar an'anasini davom ettirib, ularning izidan borib, qator san'atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilayottgan Sherali Jo'raev, Jo'rabek Nabiev, Munojot Yo'lchiyeva, Nuriddin Hamroqulov, Ma'murjon To'xtasinov, Isroiljon va Ismoiljon Vahobovlar, Qobiljon Yusupov, Solijon Mamatov, Matluba Dadaboeva, Hurriyat Isroilova, Abdulhay Karimov, Avazbek Mahmudov, Qilichbek Tojiev, Salohiddin Azizboev shular jumlasidandir.
O'zbekistonda yosh avlodni musiqa-ashula san'ati vositalari orqali tarbiyalash bo'yicha kattagina muvaffaqqiyatlarga erishildi. Ammo mana shu muxim pedagogik jarayonda qator kamchiliklar va hal etilmagan masalalar ham bor. Bizningcha, ular quyidagilardan iborat.
Musiqa ta'lim tizimining maqsadi musiqa tarbiya uchun umumiy xarakterga ega bo'lib, estetik barkamol shaxsni shakllantirishdir. Uning vazifalari: musiqaga muxabbat hissini, uni tinglash va idrok etish, musiqiy did hamda ehtiyojlarni, chinakam musiqa boyligi bilan soxta musikani farqlash iqtidorini shakllantirishdan,
I [ccñ^^BI 866 http://oac.dsmi-qf.uz
musiqa hayotiga ishtiyoq va unga ijodiy yo'sinda qo'shilish ko'nikmasini tarkib toptirishdan, jamiyatimiz axloqiga xos yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdan, go'zallik yaratishga, go'zallik qonunlari bo'yicha yashashga va kishilar bilan o'zaro munosabatda bo'lishiga havas uyg'otishdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Yo'ldosheva S.X O'zbekistonda musiqa tarbiyasi va ta'limining rivojlanishi. Toshkent: 1994.-B. 88.
2. Ortiqov T. Musiqa o'qitish metodikasi.-Toshkent: Fan, 2010. -B.23.
3. Asqarov A. O'zbekiston tarixi. Toshkent, 1994. -B.74.
4. Hamidov Q. O'zbek an'anaviy qo'shiqchilik madaniyati tarixi.-Toshkent, 1996. -B.51.
867
http://oac.dsmi-qf.uz