Научная статья на тему 'TURKISTON HIKMATNAVISLIK MAKTABINING BADIIY-IJODIY AN’ANALARI'

TURKISTON HIKMATNAVISLIK MAKTABINING BADIIY-IJODIY AN’ANALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
110
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yassaviyona uslub / soddalik / ravonlik / tushunarlilik / mazmunan uyg‘unlik. / formal style / simplicity / fluency / comprehensibility / content coherence.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Mannopov, Islombek, Mirzakarimova, Xidoyatxon

Turkiston hikmatnavislik maktabining shakllanishida Xoja Ahmad Yassaviyning izdoshlarining o‘rni ahamiyatli. Yassaviyning shogirdlari yassaviyona uslubda sodda, ravon, tushunarli hikmatlar yozgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC AND CREATIVE TRADITIONS OF THE SCHOOL OF WISDOM OF TURKEY

The life of Khoja Ahmed Yassavi’s followers is important in the formation of Turkestan wisdom school. Yassavi’s students wrote simple, fluent and understandable proverbs in Yassavi’s style.

Текст научной работы на тему «TURKISTON HIKMATNAVISLIK MAKTABINING BADIIY-IJODIY AN’ANALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

TURKISTON HIKMATNAVISLIK MAKTABINING BADIIY-IJODIY

AN'ANALARI

Islombek Mannopov

filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Farg'ona davlat universiteti, Xidoyatxon Mirzakarimova Farg'ona davlat universiteti 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Turkiston hikmatnavislik maktabining shakllanishida Xoja Ahmad Yassaviyning izdoshlarining o'rni ahamiyatli. Yassaviyning shogirdlari yassaviyona uslubda sodda, ravon, tushunarli hikmatlar yozgan.

Kalit so'zlar: yassaviyona uslub, soddalik, ravonlik, tushunarlilik, mazmunan uyg'unlik.

АННОТАТЦИЯ

Значителъня роль последователей Ходжи Ахмада Яссави в становлении Туркестанской школы мудрости. Ученики Яссави писали простые, беглые и понятные пословицы в стиле Яссави.

Ключевые слова: формальный стиль, простота, беглость, понятность, содержание гармония.

ABSTRACT

The life of Khoja Ahmed Yassavi 's followers is important in the formation of Turkestan wisdom school. Yassavi's students wrote simple, fluent and understandable proverbs in Yassavi's style.

Keywords: formal style, simplicity, fluency, comprehensibility, content coherence.

KIRISH

Buyuk yozuvchilardan Chingiz Aytmatov shakl va mazmun haqida quyidagicha fikrlarni bildirganidek: "Agar asar o'quvchini hayajonga solmasa, uning estetik dunyosini boyitolmasa, uning yaxshilik va yomonlikka munosabatini o'tkirlashtira olmasa, unda nimalar aytilmasin, qanday o'ta muhim va foydali fikrlar izhor etilmasin, qanday mavzu va muammolar qo'yilmasin, u haqiqiy san'at emas. Butun jahon tortishish qonuni mensimaslik mumkin bo'lmagani kabi, san'atning bu qonunini ham nazar-pisand etmaslik mumkin emas. Mazmun va shakl o'zaro birlikda san'at asarining mohiyatini tashkil etuvchi bir kategoriyadir".[8.11]

Xoja Ahmad Yassaviy va ijodi yassaviya tariqatining bir necha asarlardan buyon turkiy xalqlar o'rtasida e'tibor hamda shuhrat topib kelganligining asosiy

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

sabablaridan biri bu ulug' pirning turkiy irfoniy adabiyot tasavvuf tiliga asos solganligidir. Tasavvufiy ohanglarda yaratilgan hikmatlar asosida turkiy irfoniy adabiyot sayqallanib, asrlar davomida yashab keldi. Bir necha yillar davomida o'zgarishlarga qaramasdan, "Devoni hikmat" o'zining asl mazmun-mohiyatini yo'qotganicha yo'q. Aksincha, ta'sir ko'lami hamda mazmundorligi bilan bir qancha shoirlarga adabiy maktab vazifasini o'tagan. Shu sababli boshqa ko'plab ijodkorlarni hikmat yozishga ilhomlantirib kelgan.

Badiiy asarda shakl va mazmun o'zaro dialektik aloqada bo'lib, ular bir-birini taqazo etadi, bir-biriga ta'sir qiladi, bir-biriga o'tadi. Badiiy shakl bilan badiiy mazmunning o'zaro munosabatida keyingisi yetakchi mavqega ega, u shaklni hosil qilishda juda faoldir. San'atkor ijodiy niyatidan kelib chiqqan holda bo'lg'usi asarning shaklinin belgilaydi, yana ham aniqrog'i, bo'lg'usi asarning mazmuni uning shaklini belgilaydi.[6.57] Yassaviy ijodida shakl va mazmun an'anasi ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki Xoja Ahmad Yassaviy va uning hikmatnavis izdoshlari aruz vazni bilan barmoq vaznini ham qo'llaydilar. Yassaviy o'z ijodida har ikki vazndan ham mohirona foydalangan. "Devoni hikmat" dagi she'rlarning hammasi ham barmoq tizimida bitilmagan, aruz vaznida bitilgan she'rlar ham bor. Misol tariqasida ushbu g'azalni keltirish mumkin:

"Haqiqiy san'at asarida, - deb ta'kidlaydi T.Boboyev, -shakl mazmunga, mazmun shaklga to'la monand bo'ladi, mazmun -g'oyaviylik, shakl-badiiylik hodisasi. G'oyaviy-badiiy jihatdan pishiq asargina kitobxonga manzur bo'ladi"[1.98] Turkiston pirining hamda izdoshlari va xalifalarining hikmatlari mana shunday xususiyatga egaligi jihatidan bir necha srlar davomida kitobxonlar tomonidan o'qib kelinmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tasavvuf ta'limotini yoyishda Ahmad Yassaviyning xizmatlari katta. U o'z ijodida milliy tushuncha va xalqona qarashlardan unumli foydalandi. Yassaviy Markaziy Osiyo xalqlari og'zaki ijodida keng qo'llangan yetti va o'n ikki bo'g'inli hijo-barmoq vaznida ijod etdi. Shunisi ayonki, barmoq vaznining bu shakli faqat xalq og'zaki ijodida muhim hisoblanar edi. Mana shu nuqtai nazardan yassaviyshunos Nodirxon Hasan ham, nega endi Yassaviy islom va tasavvufni yoyishda aynan hikmat yo'lini tanladi deya savol tashlab, javobni quyidagicha izohlaydi: "Birinchidan, Yassaviy yashagan davrda Turkiston va uning atrofigagi diyorlarda tasavvuf ta'limoti hanuz keng tarqalmagan edi. Bu o'lkalarda yashovchi turkiy qavmlarni tasavvuf bilan yaqindan tanishtirish uchun o'sha qavmlarning tabiati, sharoitiga uyg'un keladigan usulga ehtiyoj bore di. Yassaviy tomonidan turkiyda aytilgan sodda va ravon hikmatlar xuddi shu ehtiyojga javob beradi. Ikkinchidan,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Yassaviy hikmatlaridiniy-tasavvufiy to'rtliklar bo'lib, g'oyaviy manbasi Qur'on va Hadislar edi"[3.140] Bizning fikrimizcha ham xalq turmush tarzidan kelib chiqib yozilgan hamda og'zaki so'zlashuv uslubiga mos tarzda hikmatlar yoyish eng ma'qul usul edi. Tasavvufiy ohanglarni xalq hayotiga olib kirishda Yassaviy hikmatlarning ahamiyati kattadir.

Islom dini asoslaridan baxs etuvchi, shariarning qonun-qoidalari va aqidalaridan saboq beruvchi, tasavvvuf sirlari hamda tariqatning odob-u arkoni yoritilgan qomusiy xaraktaerdagi "Devoni hikmat" asari ilohiy ishq g'oyasi va didaktik mazmun yo'nalishi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Professor Abdurauf Fitrat fikricha: "Yassaviyning adabiyotda tutgan yo'li sodda xalq shoirlarimizning tutgan yo'lidir...Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she'rlar bilan barobar yurgan"[2.30,31]

Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari tushunilishi osonligi jihatidan hamda ifoda qilish jarayoni yengilligidan hikmatlar keyingi avlodlarga oson yetkazilgan. Bu orada Yassaviyga ergashib hikmat aytish, she'r yozish, uning nomidan to'rtliklar bitish yasssaviylikda bir ulug' an'anaga aylangan. Shu sababdan Yassaviyning izdoshlari juda ko'pdir deb bemalol aytish mumkin. "Devoni hikmat" majmualaridan joy olgan Azim Xoja, Shams (Mavlono Shams O'zgandiy), Kamol Shayx Iqoniy, Xolis, Qul Sharifiy, Sharif Xoja, Xoha Hamid, Qoniy, Qul G'arib (G'aribiy), Darvish Ali, Navbatiy, Qul Shaydo, Xoja Ne'matulloh, Qul Umuriy, Shahidiy, Qul Ojiz, Muxlis, Foziliy (Qul Foziliy), Qul Sayfuddin, Miskin Ayyub, Tolib, Qul Tufayli, Solih, Miskin Qosim, Qul Ubaydiy, Shayboniy, Jamol, Qul Yaqub, Eshoni Xoja Quli, Soyil, Qul Shuhudiy, Yusuf Devona, Xoja Jamoliddin Eshon, Qul Pirnazar, Huzuriy, Qul Temuriy, Osiy Qul, Miskin Hubbi, Miskin Jome', Qul Naziriy, Yatimiy, Banda Soqiy, Banda Sayyid, Mulloyi Rum, Nizomiy, G'izoliy, Toj Xoja, Bobo Mochin, Qul Asad, Qul Mafluj kabi hikmat mualliflari ham Yassaviy adabiy maktabining izdoshlaridir.

Hikmat aytish an'anasi izdoshlar ijodida salmoqli o'rin egallaydi. Mumtoz adabiyotimiz tarixida hech bir adabiy maktab vakillari xalqona va milliy hisoblangan barmoq tizimida bu qadar samarali ijod etmagan. Yillar davomida hukmron bo'lgan aruz tizimi bilan yonma-yon barmoq vazni ham bugungi kunga qadar yetib kelgan. Barmoq vaznida hikmat aytishda Yassaviy hamda Yassaviy izdoshlarining xizmatlari katta.

Olimlar tomonidan "Devoni hikmat" dagi hikmatlar hamda hikmatnavis shoirlar ijodidagi hikmatlarning vazn va shakl jihatidan tekshiruvlar olib borilgan. Maqsud Shayxzoda, turk olimi Fuod Ko'prulu, N. Mallayev, U. To'ychiyev, B. Sarimsaqov, A. Rahimov hamda I. Mannopovlar tomonidan tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.[9.67]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

M. Mamadqulov "Qadimgi turkiy adabiyotda to'rtlik va marsiya" nomli taqiqotida qadimgi turkiy to'rtliklarga monand "to'rtliklar Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat" asarida ham uchraydi. Undagi she'rlarni shakliy-poetik tomonidan kuzatish muallifning to'rtliklarning imkoniyatidan unumli foydalanganligini ko'rsatadi", deb yozadi.[10.78]

Yassaviy izdoshlari ijodida qissaxonlik ham muhim o'rin tutadi. Sulaymon Boqirg'oniy, Qul Ubaydiy, Shams O'zgandiy, Xatoiy, Umuriy singari ijodkorlar she'riy qissalar yozganlar. Qissalarda barmoq va aruz vaznlaridan foydalanganlar.[5.111]

Sulaymon Boqirg'oniy qissalari o'ziga xos tasavvufiy ohanglarda yozilgan bo'lib, uning ijodida bu masala alohida ahamiyatga egadir. Uning qisssalari so'fiyona mazmunda bo'lib, ularda tasavvufiy g'oya, fikr, ma'rifat, axloq tasvirlangan.

Asrlar davomida til va ma'no o'zgarishlarga qaramasdan, "Devoni hikmat" asl mohiyatini saqlab qolgan edi. Aks holda Yassaviy she'rlari tez unutilgan bo'lar edi. Demak, Yassaviy hikmatlarining asrlar davomida yashab kelayotganligining va boshqa ko'plab ijodkorlarga ta'sir manbai bo'lib xizmat etayotganligining asosiy sabablaridan biri- unda adabiy mazmundan ko'ra diniy-tasavvufiy va didaktik mohiyatning ustunligidir.[3.169]

Yassaviy hikmatlari o'z davrida juda mashhur bo'lganligi sababli bir necha asrlardan buyon o'qib, tinglab kelinmoqda. Yassaviy davrida jahr kechalarida hikmat aytish boshlangan. Mana shunday kechalarda hikmatlar aytgan izdoshi izdoshi Sulaymon Boqirg'oniydir. "Qul Sulaymon, Hakim ota taxalluslari bilan yozilgan she'rlar shakl va ma'no, obraz va ohanglarda Yassaviy hikmatlariga yaqin, goho favqulotda o'xshash:"[5.117]

Qul Sulaymon irodatning arkonindin, Haqiqat daryosining ummonindin, Muhabbat, ma'rifatni ishq konidin, Suzubon telim gavhar olg'um kelur.[7.14] (B.K.14a ) Turkiy adabiyotning buyuk asari "Devoni hikmat"da Yassaviy o'z g'oyalari va talimotini aks ettirgan. Bu asarda ifodalangan mavzuga asoslanib yassaviyshunos N. Hasan ikki muhim unsur ko'zga tashlanishini ta'kidlaydi: "Birinchisi, islomiy, ya'ni diniy-irfoniy bo'lsa, ikkinchisi milliy-axloqiy, ya'ni xalqona (va didaktik) adabiyot unsuridir. Diniy unsur ko'proq mavzu va tushunchada aks etgan bo'lsa, milliy unsur asosan til, shakl, vazn, mazmun va obrazlar olamida yorqin namoyon bo'ladi. Islomiy muhitga kirib kelgan turkiylar, avvalo, shakl jihatidan o'zlariga begona bo'lmagan Yassaviy hikmatlariga alohida ahamiyat berganlar."[3.164] Yassaviy hikmatlariga o'xshash hikmatlar yozish xalifalariga ham ortiqcha mushkullik keltirmasligining

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

sababi ham shundadir. O'z turkiy ona tilida hikmat aytish xalq orasida o'qilishi hamda yodda saqlanishi uchun eng qulay sharoit edi. Tariqat a'zolari uchun hikmatlar o'qish, shuningdek, ulug' pir izidan ergashib yassaviyona to'rtliklar yozish an'anaga aylanganni bejiz emas.

Har bir hikmatlari o'z ma'no va mazmuni bilan to'yintirilgan edi. Ifodasi g'oyatda turkona ekanligidan hech bir izohsiz xalq qabul qila olar hamda samimiy yo'sinda ifoda etar edi. Xoja Ahmad Yassaviyning adaolat va insof haqidagi hikmatlariga o'xshash muridlarining hikmatlari ham oddiy xalqqa ma'qul kelar edi. Bu xususda adabiyotshunos A. Hayitmetov ham hikmatlarning har bir xonadonga kirib borganligi va hozirga qadar, ya'ni yetti-sakkiz asr davomida qo'ldan tushmay o'qib kelinayotgani, oddiy tilda katta hayotiy haqiqat, insof va adolat haqida kuyunib she'r tili bilan so'zlashi bilan so'zlashi g'oyat maroqli bo'lib, uning biron so'zi, iborasi tushunarsiz emasligi, xuddi kecha yozilganday, ularning she'riy badiiy ifodasi g'oyat turkona bo'lib, xalqchillik tendensiyasi, avvalo, o'zbek diniy adabiyotida yaqqol ko'zga tashlana boshlaganini va X-XII asrlardayoq yuzaga kelganligini ta'kidlaydi .[4.13,14]

XULOSA

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan shunday xulosalarga kelish mumkinki, -turkiy qavmlarni tasavvuf bilan yaqinlashtirish maqsadida; -turkiy qavmlarning sharoiti hamda tabiatiga uyg'un keladigan usulda tasavvufiy g'oyalarni xalqqa singdirish maqsadida;

-Qur'on oyatlarini sodda usulda tushuntirish maqsadida;

-oddiy xalq hayot tarziga hadislarning mazmun-mohiyatini olib kirish maqsadida hikmatlar sodda va ravon usulda yozilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. II bo'lim. Toshkent.: O'zbekiston. 2002.

2. Fitrat A. Tanlangan asarlar. Toshkent. Ma'naviyat, 2000. II jild.

3. Hasanov N. Yassaviylikka doir manbalar va "Devoni hikmat". Filol.fan.dok.diss. 2017.

4. Hayitmetov A. O'zbek adabiyotida xalqchillik va xalqchil uslub haqida. O'TA. 1993.

5. Mannopov I. O'zbek mumtoz adabiyotida hikmatnavislik an'anasi va tadriji. Filol.fan.nom.diss. 2019.

6. Quronov D. Mamajonov Z. Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug'ati. Toshkent.: Akademnashr. 2013.

7. Shayxzoda M. Olti tomlik. 5-tom Toshkent.: 1973.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

8. Mamatqulov M. Qadimgi turkiy adabiyot to'rtlik va marsiya.

9. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 1(2).

10. . JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3),

11. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

12. Qosimov, A., Hamroqulov, A., & Xo'jayev, S. (2019). Qiyosiy adabiyotshunoslik. Toshkent: Akademnashr.

13. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

14. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

15. Mukhammadjonova Guzalkhan. The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume : 10, Issue : 11, November. - India, 2020.

16. Qayumov A. CREATING OF A NATIONAL CHARACTER THROUGH MEANS OF LITERATURE //Theoretical & Applied Science. - 2018. - №. 1. - С. 235-240.

17. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

18. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

19. Akhmadjonova O. A. Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar" //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 389-392.

20. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

21. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

111-112.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

22. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

23. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

24. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

25. Xo'jayev, S., & qizi Tuychiboyeva, N. K. (2022). BOLA RUHIYATI TASVIRI (CH. AYTMATOV VA О '. HOSHIMOV ASARLARI MISOLIDA). RESEARCH AND EDUCATION,, 7(3), 125-129.

26. Mo'Minova, T. S. (2022). BADIIY ASARDA NUQTAI NAZAR VA XARAKTER IFODASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 768-774.

27. Rustamova, I. I. (2021). Rhythm Views on the Plot of the Work. Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari.//International Journal of Innovative Research.-India, 8355-8357.

28. Mannopov, I. S. (2020). THE ISSUE OF AUTHORSHIP OF THE POETICS IN DIVANI HIKMAT. Theoretical & Applied Science, (9), 411-414.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.