Научная статья на тему '“HAR NA QILSANG, OSHIQ QILG‘IL, PARVARDIGOR”'

“HAR NA QILSANG, OSHIQ QILG‘IL, PARVARDIGOR” Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
190
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hikmat / tasavvuf adabiyoti / ishq mavzusi / barmoq she’r tizimi. / hikmat / sufi literature / theme of love / syllabic system of versification.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Rajavaliyev, Boburjon Dilshodjon O‘G‘Li

Ushbu tadqiqotda Xoja Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat” asaridagi ishq mavzusidagi she’rlari talqin qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"WHATEVER YOU DO, CREATE ME AS LOVER, LORD”

This study interprets the love poems of Khoja Ahmad Yassawi from «Devoni Hikmat».

Текст научной работы на тему «“HAR NA QILSANG, OSHIQ QILG‘IL, PARVARDIGOR”»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

"HAR NA QILSANG, OSHIQ QILG'IL, PARVARDIGOR"

Rajavaliyev Boburjon Dilshodjon o'g'li,

FarDU 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu tadqiqotda Xoja Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat" asaridagi ishq mavzusidagi she'rlari talqin qilingan.

Kalit so'z: hikmat, tasavvuf adabiyoti, ishq mavzusi, barmoq she 'r tizimi.

АННОТАЦИЯ

В этом исследовании интерпретируются любовные стихи Ходжи Ахмада Яссави из «Девони хикмат».

Ключевые слова: хикмат, суфийская литература, тема любви, силлабическая система стихосложения.

ABSTRACT

This study interprets the love poems of Khoja Ahmad Yassawi from «Devoni Hikmat».

Keywords and phrases: hikmat, sufi literature, theme of love, syllabic system of versification.

KIRISH

Tasavvuf ta'limoti Qur'oni karim va hadis ilmi asosida shakllandi. U tadrijiy taraqqiyot xususiyatiga ega bo'lib, islom olamida VIII asrning o'rtalarida, hazrat Muhammad Mustafo (s.a.v) vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi o'rtasida yuzaga kelgan harakat hisoblanadi. Tasavvuf dastlab zohidlik ko'rinishida kurtak yozadi.[1,9] Turkiy tasavvuf she'riyatining paydo bo'lishi va takomili Turkiston piri, mashhur mutassavuf Xoja Ahmad Yasavviy nomi bilan bog'liq hodisadir.

Ahmad Yasavviy XII asrda mohiyatan tasavvuf mavzu va g'oyalariga uyg'un keladigan yassaviylik tariqatiga asos solgan. "Piri Turkiston"ning islom va shariat, yassaviylik tariqati qoidalarini oddiy xalqqa, oson tilda yetkazish maqsadida yozilgan hikmatlari ilk marotaba turkiy tilda bayon etildi. Yassaviy arab va fors tillaridagi islom va shariatga hamda tasavvufga oid asarlarni o'qiy olmaydigan turk xalqiga ma'rifat tarqatish maqsadida o'z hikmatlarini turk tilida yozgan. Bu haqida o'zi

Oyat, hadis ma'nosi turkiy bo'lsa muvofiq,

Ma'nosiga yetganlar yerga qo'yar bo'rkini[2, 193] deydi.

Adabiyotshunos Nasimxon Rahmonov Ahmad Yassaviyning tasavvuf yo'lidagi va adabiy xizmatlarini ta'kidlab shunday yozadi: "Yassaviy yangi bir tariqatga asos soldi. Yassaviylik (jahriylik) nomi bilan dong taratgan bu tariqat turkiy xalqlar dunyosida paydo bo'lgan ilk tasavvuf tariqati edi. Yassaviy turkiy tasavvuf

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

adabiyotiga asos solgani bilan ham diqqatga sazovordir. "Devoni hikmat" so'fiylik asoslarini talqin va targ'ib etish maqsadida yaratilgan."[3,159]

"Devoni hikmat" islom dini asoslaridan bahs yurutuvchi , shariatning ahkomi va ahli sunnatning aqidalaridan saboq beruvchi, tasavvuf sirlari va tariqatning odob-u arkoni yoritilgan qomusiy xarakterdagi bir asardir. Unda ilohiy ishq g'oyasi va didaktik mazmun yo'nalishi yetakchilik qiladi. Abdurauf Fitratning ta'kidlashicha, Yassaviyning "adabiyotda tutgan yo'li sodda xalq shoirlarimizning tutgan yo'llaridir. Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she'rlar bilan barobar yurgan"[4, 31]

Ishq bozori ulug' bozor, savdo harom, Oshiqlarga sendin o'zga g'avg'o harom, Ishq yo'lig'a kirganlarga dunyo harom, Har na qilsang, oshiq qilg'il, parvardigor.[2, 59]

Yassaviyning ushbu hikmati xalq adabiyotida keng o'rin tutgan barmoq she'r tizimining o'n ikki (4+4+4) bo'g'inli shaklida yaratilgan. Qofiyalanishi ham xalq adabiyotida keng tarqalgan a-a-a-b shaklida, harom so'zi radif sifatida qo'llangan. Hikmatning jozibasi so'z o'yini yoki badiiy san'atlar ifodasida ko'zga tashlanmaydi, balki turoq va misralar orasidagi ritm va ohang, "Haqiqat sirini egallash"dek yuksak maqsadda namoyon bo'ladi. Anglashiladiki, Xoja Ahmad Yassaviy o'z hikmatlarini badiiy mahorat namoyishi uchun emas, xalqni irshod qilish maqsadida bitgan.

Hikmatda anglanishini qiyin bo'lgan so'z va iboralar uchramaydi. O'qilishi va tushunilishi oson bo'lishiga qaramay, uning tub mazmuniga yetib borish oson emas. Mohiyatini ochish uchun tasavvuf va undagi iboralar bilan tanishish talab etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tasavvuf olami - majoz va majoziy fikrlashga keng erk bergan o'ziga xos murakkab bir olamdir. Majoziy obrazlar ustunlik qilgan she'rlarda esa shoirning o'zi ko'zlaganidan ham ancha ko'p va keng mazmun aks etishi mumkin. A yniqsa, Ahmad Yassaviyning har bir hikmatida bunday obrazlilik va sermazmunlik yetakchilik qiladi. Masalan,

Zohid bo'lma obid bo'lma, oshiq bo'lgil Mehnat tortib, ishq yo'lida sodiq bo'lgil, Nafsni tepib dargohiga loyiq bo'lgil, Ishqsizlarni ham joni yo'q, imoni yo'q[2, 130]

Ushbu hikmatda murshid obrazi nutq ko'rinishida namoyon bo'lib, u o'z muridlarini sayri sulukni oxiriga yetkazib, vosil bo'lishi uchun nasihat qilmoqda. Hikmat mazmunida anglashiladiki, murid zohid va obid bo'lmasligi faqat oshiq bo'lishi, mehnat-u mashaqqatga chidab ishq yo'lida sodiq qolishi, nafs qutqusidan

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

qutulishi kerakligi uqtiriladi. Hikmat barmoq she'r tizimining o'n ikki (turoqlanishi 4+4+4) bo'g'inli shaklida yaratilgan.

Hikmatning tub mazmun-mohiyatini anglash uchun to'rtlikdagi so'zlarning tasavvufiy ma'nolariga e'tibor qilmog'imiz lozim bo'ladi. Avvalo, zohid, obid va oshiq kim ekanligini, tasavvufda qanday ma'no tashishini anglashimiz kerak. Nima uchun pir muridlarga zohid va obid bo'lmaslikni, Haqqa oshiq bo'lish kerakligini aytyapti. Buning boisi shuki, zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bo'lishlariga qaramay, ishq va irfon (ilohiy ma'rifat)dan bexabar kishilar edilar. Ular falsafiy mushohadakorlik, ajzu irodat bilan ma'naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valiylik, karomatlar ko'rsatish kabi xislatlarga ega emasdilar. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag'firatini qozonish, Qur'oni Karimda va'da qilingan jannatning huzur-halovatiga yetishish edi. So'fiylar nazarida esa jannat umidida toat-ibodat qilish ham tama'ning bir ko'rinishidir. Holbuki, so'fiy uchun na dunyodan va na oxiratdan tama' bo'lmasligi kerak. Yagona istak bu — Haq taoloning diydoridir, xolos. Mashhur so'fiy ayol Robia Adaviyya (714—801) Tangriga munojotlarida nola qilib aytar ekan: «Ey Parvardigorim, ey Yori aziz, agar jannating tamaida toat qiladigan bo'lsam, jannatingdan benasib et, agar do'zaxingdan qo'rqib ibodat qiladigan bo'lsam, meni do'zax o'tida kuydir — ming-ming roziman! Ammo agar Sening jamolingni deb tunlarni bedor o'tkazar ekanman, yolvoraman, meni jamolingdan mahrum etma!».

Mehnat tortib ishq yo 'lida sodiq bo 'lgil tariqatga kirib pir etagidan tutgan murid kishi riyozat chekishi, undagi qiyinchilik va mashaqqatlarni sabr va chidam bilan yengib o'tishi kerak bo'ladi. Riyozat o'zi nima? Riyozat - savob ishlarni qilib, gunohlardan saqlanmoq, insonlarni to'g'ri yo'lga solib, nafs istaklaridan qaytarmoqdir. Tasavvufiy istiloh sifatida riyozat insonni poklash, kamolga eltishning bosh yo'li hisoblanadi. Murid dunyoga emas, balki Allohga bog'lanish, Haqqa yetishish uchun riyozatlarni rohat deb, unga ulug' muhabbat bilan intilmog'i, Alloh huzuridagi yuksak martabalarga erishmoq uchun nafsning orzu-havaslariga muxolifat qilmog'i lozim bo'ladi. Koshifiy aytadiki: "Ko'ngil uyini riyozat (mehnat) supurgisi bilan chang-u g'ubor, chiqindilardan tozalab turish lozim, toki ko'ngil ishq sultoni o'tiradigan taxtga aylansin".[1, 284 ]

Sodiq bo 'lmoq - tolibning nafs tarafda emas, Haq tarafda bo'lmog'i. Qiyinchilik va balolarga qaramasdan ruhan Haqni tanlamog'i. Dastlab, murshid tolibni muridlikka qabul qilishi uchun undan va'da oladi. Bu misrada muriddan olingan va'da yana bir eslatilib unga sodiq bo'lish yana bir bor ta'kidlanmoqda. Murid haqqa bergan va'dasidan qaytmasligi, murshidning vazifalaridan bo'yin tovlamasligi, bo'ynidagi farz bo'lgan shar'iy hukmlarni bajarish, sunnat va nafl ibodatlarni ado etish shartigi ko'rsatib o'tilmoqda. Bu haqida oyati karimada: "va

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

kim Alloh bilan ahd-paymon qilgan narsasiga vafo qilsa, u holda Alloh unga ulug' ajr-mukofotlar ato etur" (Fath- 48:10)

Nafsni tepib dargohiga loyiq bo'lgil, Bu misrada murid nafsni yengmasdan, undan qutilmasdan turib, Haqni tanishi va uning dargohiga loyiq bo'lishi mumkin emasligi haqida fikr yuritilmoqda. Nafs nima? Nafs insonni haq yo'lidan ozdiruvchi, to'g'ri yo'ldan buzguvchi, yomonliklar sababchisidir. Barcha gunohlar va kamchiliklar undan paydo bo'ladi. Shuning uchun ham xalqimiz "Mening nafsim balodir, o'tdan cho'g'ga soladir" deb aytishgan.

Murid dastlab bay'at berganidan so'ng, eng katta dushmani bo'lgan nafsga qarshi kurash olib boradi. Nafs insonga uning kamolga yetishmog'i uchun berilgan vositadir. Agar nafs berilmaganda edi, inson farishtaga o'xshab bir maqomda qolar, unda yuksalish va quyiga tushish hodisalari bo'lmas edi. Murid yuksalishi uchun esa faqat nafsga qarshi kurashishi kamlik qiladi, buning uchun u "nasfni tepmog 'i " kerak bo'ladi. "Nafsni tepmoq" - bu jism va qalbidagi illatlardan qutulib, tolibning ruhan poklanishi demak. Murid ruhan poklanmaguncha esa Haq dargohiga loyiq bo'la olmaydi. Nafsni yengib uni o'z qo'liga olgan murid o'zligini bilish va tanish darajasiga erishadi. Bu esa Allohning buyruq va taqiqlariga riyoga qilish, ko'ngilni yomon sifatlardan tozalab, go'zal sifatlar bilan bezash orqali, xususan, sayru suluk martabalrini bosib o'tish orqaligina amalga oshadi. Shu orqali insoniyat havoyi nafsdan qutulib, haqiqiy va komil inson darajasiga ko'tarilishi mumkin.[5, 88]

Ishqsizlarni ham joni yo 'q, imoni yo 'q Yassaviy hikmatlarining bosh mavzusi bo'lgan ishq va ishqsizlik ziddiyati bu hikmatda ham davom etmoqda. Misrada ishqsizlik va ishqsizlar qoralanyapti. "Ishqsizlarning ham joni yo'q..." jismonan tirik bo'lsa ham, ruhan o'lik, insoniy fazilatlardan mahrum, jism hayvonda ham bor. Xalq orasida "dardsiz kesak, ishqsiz eshak" degan naqlda so'fiyona ma'no bor.

Ishq -ruhni dunyoviy g'uborlardan tozalaydigan, qalbga bir olov -nur bo'lib kirib, uni Parvardigor vasliga hidoyat etadigan qudrat, ma'rifat va haqiqatga oshno etuvchi, kishiga o'zligini anglash, insoniylik mohiyatini kashf etishga yordam beruvchi kuch, mis vujudni oltinga aylantiruvchi kimyo. Ishq ham dard, ham darmon, ham azob, ham rohatdir[1, 339]. Ko'nglida ishqi bor odamgina tun-u kun poklik va haqiqatning oliy timsoli bo'lgan Allohga intiladi, nafsga qarshi yurish boshlaydi, bu yo'ldagi azob-u xorliklarni yengib o'ta oladi. Ahmad Yassaviy ishq deganda Allohga sig'inib, uga nola-yu munojotlar qilishnigina emas, balki Allohni tanish (demak, o'zlikni ham tanish), uni sevishni ham nazarda tutadi. Bu oliy ne'matdan benasib qolganlarni esa joni yo 'q ham imoni yo 'q deydi.

"...Imoni yo'q" - Ishqsizlik imonsizlikdir degan fikr aytilmoqda. Bu juda dahshatli xulosa. Chunki banda qilayotgan ezgu amallarning qabul bo'lishi uchun

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

imon shartdir. Inson hayotining asosini Allohga ishonish tashkil etadi. Bu ishonch insonni oliy darajaga olib chiqib, komil inson maqomiga ko'taradi. Murid o'z nafsini boshqara olishi va uni faqat yaxshilik qilishga bo'ysundirishida ham imon asosiy vosita bo'ladi.

Xulosa qilib qatganda, Yassaviy hikmatlari insonni axloqiy yuksaklikka, ruhan poklikka, nafs deb atalgan dushmanni yengib o'tishga choгlaydi. Hikmatlaráa "Haqiqatga yetish"da ishq yo'li asosiy vosita ekanligiga alohida uгg'u beriladi.

REFERENCES

1. Н. Комилов. Тaсaввyф -Тошкент : Movaгounnahr, 2009. -Б 447

2. А. Яссaвий. Девони x^KMar -Тошкент : Faфyр Fyлом номидaги ташриёе-мaтбaa , 1992. - Б 193

3. Rahmonov N. va boshqalar. O'zbek mumtoz adabiyoti namunalari. I jild. -Toshkent: Fan, 2003, 159-bet.

4. A.Фитрaт. Тaнлaнгaн aсaрлaр II жилд - Тошкент: Maънaвият, 2000. -Б

5. У.Турар. Тасаввуф тарихи- Тошкент: Истикдол, 1999. - Б 180

6. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.

7. Халмуминов, Д. (2006, May). Влияние учения Ибн ал-'Араби на развитию мистических аспектов суфийских орденов Центральной Азии. In Суфизм в Иране и Центральной Азии. Материалы Международной конференции. 2-3 мая 2006 года г. Алматы (p. 256).

8. Му^аммад, Ж. (1999). Мижгони офтоб. Мачмуаи ашъор. Душанбе, Интишороти "Оли Сомон, 55.

9. Kholmuminov, J., & Juraev, N. (2020). The place and role of the sufi and philosophical order of the naqshbandi in the process of developing intercultural relations of the Tajik and Uzbek peoples. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 308-317.

10. ХОЛМУМИНОВ, Д. M. (2022). "^ИЁСИЙ ТАСАВВУФШУНОСЛИК": МЕТОДОЛГИЯ ВА ФАН. MЕЖДУHAPОДHЫЙ Ж^НАЛ КОНСЕНСУС, 3(2).

11. Холмуминов, Ж. М. (2022). ЖОМИЙНИНГ ФАЛСАФИЙ AСAPЛAPИДA "КОМИЛ ИНСОН" ТУШУНЧАСИНИНГ mAP^H. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 1(9), 344-347.

12. Холмуминов, Ж., & Paxмонбердиев, И. (2022). ТАСАВВУФ ФАЛСАФАСИНИНГ ГЛОБАЛ АХДМИЯТИ ВА ДОЛЗAPБ ТАД^ЩОТ

208

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

ОБЪЕКТИ СИФАТИДА. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 145-153.

13. Холмуминов, Ж. М., & Валиев, С. Ю. У. (2022). ИБН АЛ-АРАБИЙ-"ВАХДАТ УЛ-ВУЖУД" ТЕОЛОГИК-ФАЛСАФИЙ ТАЪЛИМОТИ АСОСЧИСИ. Academic research in educational sciences, 3(5), 185-196.

14. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

15. Mukhammadjonova Guzalkhan. The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume : 10, Issue : 11, November. - India, 2020.

16. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

17. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

18. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

19. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

20. Oripova, Gulnoza Murodilovna, Akhmadjonova, Okila Abdumalikovna, Kholmatov, Oybek Umarjon Ugli, & Muminova, Tabassum Siddigovna (2022). INTERPRETATION OF MOTHER IMAGE IN LITERATURE. International scientific journal of Biruni, 1 (2), 304-309.

21. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

22. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

23. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

24. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

25. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

26. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

27. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

28. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

29. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 1(4), 104-105.

30. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

31. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3), 111-112.

32. Sabirdinov, A. (2019). Sketches to the novel "Night and day" by Chulpan. Scientific journal of the Fergana State University, 1(6), 119-120.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.