Научная статья на тему 'AHMAD YASSAVIYNING HAYOTIY FAOLIYATI'

AHMAD YASSAVIYNING HAYOTIY FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
519
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yassaviya / tariqat / shariat / pir / xalifa / xirqa / avliyo / nafs / zikr. / yassawiya / tariqat / shariat / pir / caliph / khirqa / saint / nafs / zikr.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — To‘Ychiyeva, Nilufar, Sobitova, Ziyoda

Muallif ushbu maqolada Ahmad Yassaviyning tug‘ilishidan vafotiga qadar bo‘lgan hayotiy faoliyatini ochib bergan. Bu jarayonlarni yorqinroq aks ettirishda mashhur g‘arb va sharq tasavvufshunos olimlarining asarlaridan foydalangan. Maqolada tadqiqotchilarning Ahmad Yassaviy va uning hikmatlari nima uchun haligacha unutilmaganligi haqidagi fikrlari sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LIFE ACTIVITY OF AHMAD YASSAVI

In this article, the author revealed the life activity of Ahmed Yassavi from his birth to his death. He used the works of famous Western and Eastern mystics to illustrate these processes more vividly. The article presents the opinions of researchers about Ahmed Yassavi and why his wisdom is still not forgotten in a simple and understandable way.

Текст научной работы на тему «AHMAD YASSAVIYNING HAYOTIY FAOLIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

AHMAD YASSAVIYNING HAYOTIY FAOLIYATI

PhD. To'ychiyeva Nilufar

O' zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o'rganish ICESCO kefedrasi o'qituvchisi +998940130022 fiddin@mail.ru Sobitova Ziyoda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik yo'nalishi talabasi

+998944288515 Sobitovaziyoda870@gmail.com

ANNOTATSIYA

Muallif ushbu maqolada Ahmad Yassaviyning tug'ilishidan vafotiga qadar bo 'lgan hayotiy faoliyatini ochib bergan. Bu jarayonlarni yorqinroq aks ettirishda mashhur g'arb va sharq tasavvufshunos olimlarining asarlaridan foydalangan. Maqolada tadqiqotchilarning Ahmad Yassaviy va uning hikmatlari nima uchun haligacha unutilmaganligi haqidagi fikrlari sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan.

Kalit so'zlar: yassaviya, tariqat, shariat, pir, xalifa, xirqa, avliyo, nafs, zikr.

ABSTRACT

In this article, the author revealed the life activity of Ahmed Yassavi from his birth to his death. He used the works of famous Western and Eastern mystics to illustrate these processes more vividly. The article presents the opinions of researchers about Ahmed Yassavi and why his wisdom is still not forgotten in a simple and understandable way.

Key words: yassawiya, tariqat, shariat, pir, caliph, khirqa, saint, nafs, zikr.

KIRISH

Tasavvufning ulug' imomlaridan biri, yassaviya tariqatining asoschisi va sodda, xalqchil so'fiyona hikmatlari bilan omma orasida tez mashhur bo'lgan Xoja Ahmad Yassaviy nomi islom olamida qadrli va mo'tabardir. U shariat va tariqat uzviyligini mahorat ila ishlab chiqqan zotdir. Ahmad Yassaviy XI asr o'rtalarida hozirgi Turkiston viloyatining Yassi shahri yaqinidagi Sayram kentida tavallud topgan. Uning tug'ilgan joyini ba'zi manbalar Yassi deb, ba'zilari Sayram deb ko'rsatadi. «Javohir al-abror» muallifi Xaziniy ulug' shayxning Sayramda tug'ilganini qayd

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qiladi. Mazkur asarga suyangan holda Ko'pruli ham Yassaviyning tavallud joyini Sayram deydi va bunga boshqa dalillar ham keltiradi. Uningcha, Sayram aholisi o'sha davrda uch urug' asli tojiklarga borib taqaluvchi shohlar, eski amir va mirzolar, hazrati Ali nasliga mansub xojalardan iborat bo'lgan. Yassaviy davridagi xojalar shayx Ibrohim va uning otasi Ilyos bob orqali Imom Muhammad Hanafiyga borib taqaladi. Sayramda Muhammad Hanafiy naslidan bo'lgan kishilar ham juda ko'pchilikni tashkil etishi Ahmad Yassaviyning Sayramda tug'ilgani haqidagi fikrni qat'iylashtiradi. Xullas, Yassaviy hayoti va ijodi bilan maxsus shug'ullangan bir qator o'zbek olimlari ham Yassaviyning Sayramda tug'ilganini tasdiqlaydilar. Sayram nufuzli bir madaniyat markazi bo'lgani bois qadimda «ikkinchi Makka» sifatida tan olingan. Yassaviyning kamol topishida, tabiiyki, u tug'ilib o'sgan va ta'lim olgan Sayram, Yassi, Buxoro shaharlaridagi madaniy, ma'naviy shart-sharoit va muhitning ham katta ta'siri bo'lgan, albatta. Yassaviyning tavallud sanasi manbalarda turlicha qayd etilgan. Chunonchi, «Safinai avliyo» muallifi Husayn Vassof [1] hijriy 437 (milodiy 1045) yil desa, qozog'istonlik tadqiqotchilar M.Jarmuhammad o'g'li va M.Mirxoldor o'g'li 1041 yil, Shahobiddin Yassaviy 1103 yil, qozoq olimasi S.Taqiboeva 1105 yil, o'zbek tilshunos X.Ne'matov 1097 yil deb belgilagan. Fitrat «Devoni hikmat»dagi:

Turt yuz yildin keyin chiqib ummat bulg'ay,

Necha yillar yurub xalqg'a xizmat qilg'ay, baytiga tayanib: «Har holda, uning hijriy to'rtinchi asrning ikkinchi yarmida tug'ilgoniga hukm qilish mumkindir», -deb yozadi. Bir qator tadqiqotchilar Ahmad Yassaviy 63, 73 va 85 yil umr kechirgan deyishgan bo'lsa, F.Ko'pruli 120 yil yashagan deydi. Darhaqiqat, «Nasabnoma» va «Jome' al-murshidin» asarlarida Yassaviyning 120 yil yashagani haqida ma'lumot keltirilgan. Husayn Vassof, V.Gordlevskiy [2]va J.Aymatov esa 125 yil yashagan deb yozadi [3]. Albatta, ular Ahmad Yassaviyning:

Eranlardin fayzu futuh ololmadim,

Yuz yigirma beshga kirdim, bilolmadim, — degan misralariga asoslanib mazkur xulosaga kelishgan. Imom Sig'nokiy uni 126 yoki 130 yil umr ko'rgan deb yozadi.

Professor A.Jabaji [4] o'g'li esa masalaga boshqacharoq yondashadi. Yassaviyning tug'ilishidan oltmish uch yoshgacha bo'lgan ruhiy-tarixiy tarjimai holi aks etgan hikmatlarini keng sharhlaydi va Yassaviy yashagan ruhiy kamolot mojarosi (jarayonlari)ning har bosqichiga «yosh» deb atagan, deya xulosa chiqaradi.

Yassaviyning vafot tarixiga kelsak, ilmiy adabiyotlarda hijriy 562, milodiy 1166/1167 yil deb belgilanganki, bunda olimlarning fíkr-qarashlarida deyarli ixtilof yo'q. Demak, yuqoridagi ma'lumotlarni hisobga olib Ahmad Yassaviyning vafot

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarixini 1166/1167 yil deb qabul qilsak, unda tavallud sanasi milodiy 1044/1042 yilga to'g'ri keladi. Lekin so'nggi yillarda ba'zi tadqiqotchüar Yassaviy vafot sanasini keyinroqqa surish lozim degan fikrni ham bildirmoqdalar [5:180]. Haqiqatan ham, Ahmad Yassaviy 1166/1167 yildamas, keyinroq vafot etgan bo'lishi kerak. Chunki: Yoshim yetti yigirmaga, o'ttum makom, Bihamdilloh, pir xizmatin qildim tamom, Dunyodagi qurtu qushlar qildi salom, Ul sababdin Haqqa yovuq bo'ldum mano. Man yigirma yetti yoshda pirni toptim, Har sir ko'rdum, parda birla bukub yoptim, Ostonasin yostanibon izin o'ptim,

Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano, — kabi hikmatlarga tayansak, Xoja Ahmad taxminan yigirma yoki yigirma yetti yoshda Yusuf Hamadoniy bilan uchrashgan. Hamadoniy 1141 yili vafot etgan. Bu payti esa Ahmad Yassaviy taxminan 30-35 yoshlarda bo'lgan.

O'ttuz to'rtda olim bo'lub, dono bo'ldum, «Hikmat ayt!» — deb Subhon aydi, go'yo bo'ldum. Chiltan birla sharob ichib hamroh bo'ldum, Ichu tashim Haq nurig'a to'ldi, do'stlar.

O'ttuz beshda masjid kirib, davron surdum, Toliblarg'a ishq do'konin to'la ko'rdum. Egri pulga ar kim kirdi, urdum, so'ktum, Oshiqlarg'a Haq muhtasib qildi, do'stlar.

Mazkur hikmatlarda Xoja Ahmad ustozining vafotidan so'ng va pirdoshlari Andokiy hamda Barrakiylardan keyin Buxoroda murshidlik qilgan davriga ishora bo'lishi kerak.

Mavlono Vohidiyning hijriy 825/milodiy 1421 yili yozgan «Mir'ot as-solikin» asarida Ahmad Yassaviyning «Vafot tarixi «sarvari avliyo» (h. 562) so'zidan kelib chiqadi, ba'zilar buni u kishining tug'ilgan sanasi deydilar, ba'zilar esa irshodnoma olgan sanasi deb ko'rsatadilar. To'g'risini Xudo bilur deyilgani ham ul zotning vafot tarixini manbalar asosida qayta ko'rib chiqish zaruratini keltirib chiqaradi.

Yassaviy va yassaviylikka bag'ishlangan asarlarda alloma hayoti va kashfu karomatlari ko'pincha manoqiblar bilan qorishib ketgan. Shu bois F.Ko'pruli tadqiqotida Yassaviy hayotini ikki jihatdan talqin etadi: manoqibiy va tarixiy. Manoqiblardagi voqea-hodisalar to'la ilmiy asosga ega emas. Shunga qaramay,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

manoqib tarixiy shaxs yoki ijodkor haqida nisbatan aniq ma'lumot berishi jihatidan qadrlidir. Yassaviyga bag'ishlangan naqllarning asosan manoqibiy xarakterga ega bo'lishi u haqida aniq ilmiy xulosalar chiqarishni chigallashtiradi. F.Ko'pruli to'g'ri ta'kidlaganidek, «Bunday manoqiblar asrlar osha avloddan-avlodga o'tib, qo'shib-chatilaveradi, nihoyat, u shaxsiyatning haqiqiy siymosini aniqlash murakkablashadi» [6:27]. Yassaviy shaxsiyatini ham manoqibiy, ham tarixiy jihatdan tekshirish va ilmiy tarjimai holini yaratish adabiyot tariximizni o'rganishdagi muhim ishlardandir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Olimlar Xoja Ahmadning Yassaviy taxallusini olishiga sabab sifatida uning bolalik chog'ida Yassaviy ismli podshoh bilan bo'lgan manqabani keltirsalar, ba'zilar umrining oxirigacha Yassida turg'un yashashini ko'rsatadilar.

Sulton al-orifinning muborak maqbarasi Yassi shahrida joylashgani bois shaharni «Hazrati Turkiston» deyishgan. Bu xususda «Turklarning islomni qabul qilishida katta rol o'ynagan Ahmad Yassaviy (ayniqsa, Temur tomonidan qurdirilgan ajoyib maqbara bilan) turklar yurtining homiysi sifatida Hazrati Turkiston deb nom olgan, ehtimol, shaharning (Yassi/Turkistonning — N.X) yangi nomi ham shu bilan izohlanar», deb yozadi V.Bartold [7:520]. «Hazrati Turkiston» birikmasidan «hazrat»ning tushib qolishi natijasida Yassi nomi o'rnida «Turkiston» atamasi keng qo'llanila boshlangan. «Devoni hikmat»dagi quyidagi misralarda bunga ishorat borga o'xshaydi:

Qul Xoja Ahmad so'zlagani Haqni yodi, Eshitmagan do'stlariga qolsun pandi, G'urbatlanib o'z shahriga qoyta yondi, Turkistonda mozor bo'lub qoldim mano. Turkistonda g'arib bo'ldi qul Xoja Ahmad, Oning uchun hak Rasulga bo'ldi ummat Boshim bezor, yoshim sizor, qonim tuzor, Otim Ahmad, Turkistondur elim maning.

Kotib Chalabiy «Jahonnoma» asarida Yassining Turkiston mulkidagi mashhur bir shahar va o'zbek xonligining poytaxti bo'lganini yozsa, Fazlulloh Ro'zbexon Isfaxoniy Yassini shunday ta'riflaydi: «Turkiston elining markazi, bog'larga burkangan, xushhavoli joy... Musulmon olamining ikkinchi ka'basi hisoblangan Xoja Ahmad Yassaviyning maqbarasi joylashgan shahar». Xullas, Yassaviydan keyin qo'llanila boshlangan Turkiston atamasi bugunga kelib joy nomi sifatida mashhur. Hijriy 800/milodiy 1397 yili Amir Temur tomonidan juda hashamatli tarzda bino qilingan Ahmad Yassaviy maqbarasi o'tmishda atrofdagi xalqlarning ma'naviy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

markazi bo'lganidek, bugun ham barcha turkiy xalqlar tomonidan hurmat va ehtirom ila ziyorat qilinmoqda [8].

Xoja Ahmad Yassaviyning otasi Sayramda karomatlari, ixlos va taqvosi bilan mashhur bo'lgan Shayx Ibrohim edi. Onalari Shayx Ibrohimning yaqin shogirdi Muso shayxning qizi Oysha edi. Otalarining oilaviy shajarasi hazrati Ali (r.a) ning farzandi Imom Muhammad Hanafiyyaga borib taqaladi. Ota-onasidan juda erta ayrilgan Ahmad opasi Gavhar Shahnoz bilan Yassiga borib, yetti yoshida piri Arslon bob bilan shu shaharda tanishadi va undan tahsil olishni boshlaydi. Haq Mustafo omonati bo'lmish "xurmo"ni olib, Qur'on, hadis, fiqh, tasavvuf kabi islomiy ilmlarni o'rganadi va uning rahbarligida "ming bir zikr"ni ado etishga musharraf bo'ladi. Arslonbob shogirdiga "ma'no bo'lish" sirlarini o'rgatadi. Riyozat [9]va xilvat [10] bosqichlaridan o'tgan Ahmad Yassaviy nafsini tarbiyalashi natijasida shaytonni bo'ysundirishga erishgani, aytib o'tiladi "Devoni hikmat"da.

Arslonbobning tavallud va vafot tarixi hozircha ma'lum emas. U haqida qisqa ma'lumotlar ba'zi manbalarda, chunonchi, «Rashaxotu ayn al-hayot», «Jomi' al-murshidin», «Muzakkiri ahbob», «Safmat al-avliyo», «Hujjat az-zokirin», «Xazinat al-asfiyo», «Risola al-maymuna», «Tibyon vasoil al-haqoiq» kabi ilmiy, tarixiy, tasavvufiy asarlarda xam uchraydi. Ularda qayd etilishicha, Arslonbob o'z davrining mashhur sufiylaridan bo'lgan. Quyi Sirdaryo vohasidan topilgan va hozirda Turkiston shahrida saqlanayotgan muallifi noma'lum «Nasabnoma» risolasida esa Arslonbob bilan yosh Ahmadning ilk uchrashuvlari batafsil va maroqli bir shaklda tasvirlangan [11:129] Unda hikoya qilinishicha, Muhammad (a.s.) Xoja Ahmadga yetkazish uchun Arslonbobga xirqa bilan xurmo beradilar va «To'rtinchi xalifam va amakimning o'g'li Alining farzandi Imom Muhammad Hanafiy zurriyotidan Sayram tepaligida Xoja Ahmad dunyoga keladi. Uning otasi shayx Ibrohim va onasi Tog'ay bibicha bibi, laqabi Qorasoch onadir» deya bashorat beradilar. Omonat xurmoni olgan Arslonbob Chahorterak viloyatida qirq yil zohidlikda yashab nafsini poklaydi. Shundan so'ng Sayramga kelib Ahmadning otasi Ibrohim Shayx bilan tanishadi, yosh Ahmadni so'raydi. Shunda Ibrohim Shayx Arslonbobni sinash uchun Ahmadning o'rniga Sadriddin shayxni ko'rsatadi. Arslonbob: «Bu bola malakut va din yo'lboshchisi bo'lgay, ammo biz millat va din egasi bo'lgan o'g'lonni izlayapmiz, bu ikki bola orasida yer bilan osmonchalik farq bor», — deydi. Shunda Ibrohim Shayx: «Bir dalli-devona o'g'lon bor, lekin u maqtovingizga loyiq emas, goho mahzun, goho xurram, suvrati odamzod, biroq holi va qoli ajib va g'arib», — deydi. Arslonbob Shayxning bu so'zlarini eshitib darhol Ahmadning huzuriga boradi-yu, omonat xirqani topshiradi. Ahmad: «Jismimga ma'no beruvchi zohiriy boylikni berdingiz. Lekin

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qalbimning mohiyatini tashkil etuvchi sof xazinani emas. Shu bois men goh loydaman, goh suvda, goh g'amginman, goh xurram», — deydi. Buni eshitgan Arslonbob omonat xurmoni ham taslim etadi va Ahmadning haqqiga duo qiladi [12:117].

Hasanxoja Nisoriy «Muzakkiri ahbob» tazkirasida Yassaviy hayoti va xalifalariga doir qisqacha ma'lumot berarkan, Arslonbobning unga xurmo olib kelishi voqeasini aytib o'tadi. Olimlarni o'ziga jalb qilgan xarakterli jihati shundaki, muallif mazkur holat haqida: «...va bu qissa ko'pdan beri tarixlarda yozilib va ishonchli kishilar tilidan zikr etilib kelinadi», — deydi va uning tarixiyligiga urg'u beradi.

Ustozining vafotidan so'ng "Qubbat al-islom" nomi bilan tanilgan Buxoroga boradi. U yerda o'sha davrning mashhur mutasavvif va hadis olimlaridan biri Yusuf Hamadoniydan ilm olishga muyassar bo'ladi. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniyning «Maqomoti Yusuf Hamadoniy» asarida ulug' shayxni o'ta kamtar, xushfe'l, taqvodor, sunnatga rioya qiluvchi, ilohiy fayzga to'lib-toshgan, Haq ishqiga g'arq bo'lgan, ilmu ma'rifatda yetuk, insonlarga mehr-shafqatli, butun hayotini irfonga bag'ishlagan bir munavvar zot sifatida ta'riflasa [13:20-37], Alisher Navoiy «Nasoim al-muhabbat» asarida uni imom, olim, orifi rabboniy, go'zal hol va ehson egasi, yuksak karomot va maqomot sohibi bo'lgan komil inson o'laroq alohida hurmat bilan tilga oladi [14:253]

Sayru suluk ta'limida ustozining ishonchiga erishgach, Yassaviy Buxoroga qaytib keladi. Bu voqea tarixi aniq bo'lmasa-da, uning birinchi xalifa Abdulloh Barraqiy o'limidan keyin bo'lganligini taxmin qilish mumkin. Unda Ahmad Yassaviyning yurtiga qaytishidan so'ng uncha ko'p vaqt o'tmay o'n yildan keyin vafot etgan.

Hamadoniyning olim xalifasi Xoja Ahmad Yassaviyning Yassida istiqomat qilgan yillari uning atrofiga ming-minglab murid yig'ilgan. U paytlarda din va tasavvuf targ'ibiga ehtiyoj kuchli edi. Hukmdor Malikshohdan keyin Movarounnahr va Xurosonni o'z siyosiy boshqaruviga olgan hukmdor Sulton Sanjar (vafoti 1157-58) bo'lib, xorazmshohlar buyuk bir islom davlati bo'lishga umid paydo etishgandi. Shuningdek, ayni shu zamonlarda Sharqiy Turkistondagi G'ulja atrofida Yettisuv havzasida kuchli bir islomiy harakat yuzaga kelgandi. Islom dinining Osiyoning har go'shasida zo'r bir nufuzga erishishlari, hatto har tomonda madrasa va xonaqohlarning bino qilingani bir davrda Ahmad Yassaviy Sirdaryo bo'ylarida, Toshkent atroflarida, bo'zqir sahrolarda shuhrat taratib, uning atrofiga musulmonlikni endi qabul etgan, ammo nihoyatda mustahkam rishtalar ila islomga bog'langan sof, sodda turkmanlar jamlangandi. Arab ilmi va ajam adabiyotini nihoyatda puxta

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'zlashtirgan Ahmad Yassaviy muridlariga ular anglaydigan bir tilda, ya'ni turkiyda xitob etardi [15:66-74].

Ahmad Yassaviy Yassida turkman qavmlari orasida bo'lganligi bois, o'sha muhitning fikrlari va an'analari bilan hisoblashishga majbur. Zero, u muhit unga begona emasdi. Bo'zadirda yashagan turk qavmlari, samimiy musulmon bo'lish bilan barobar, ishonchlari sodda va tabiatga yaqin edilar. Shuningdek ular eski an'analaridan ham yiroqlashmagandilar.

Ma'lumki, Yassaviyning yig'inlarida qadimiy turk odatlariga ko'ra ayol va erkak birga ishtirok etishardi. Xurosondagi ulamolar bundan norozi bo'lib Turkistonga taftishchilarini jo'natadilar. Yassaviy juda keskin fikr bíldirib ularni ortga qaytaradi. Ahmad Yassaviy forsiy tilda yaratilgan asarlar doirasida qolgan so'fiylar kabi xorijiy tilda yozmasdan turkchani qo'lladi. Islom dinining umumiy hukmlarini arabcha va forscha bilmaydigan turk darveshlariga anglatmoq uchun yana diniy-tasavvufiy turk adabiyotining milliy nazm shakllari bilan axloqiy va tasavvufiy manzumalar yozdi. Ularga turkiy tilda islomiyatní o'rgatdi. Yassida tasavvufiy tushunchalarini sodda xalq va ko'chmanchi turkmanlar anglay oladigan bir tilda, ya'ni turkiyda ifodalab bergani bois Yassaviy keng omma muhabbatiga sazovor bo'lgandi.

Hikmatlarida aks ettirilgan tasavvufning insonsevarlik, do'stlik, bag'rikenglik, birlik-tenglik, qanoatkorlik va boshqa tushunchalari uni odamlarga yana ham yaqinlashtirdi. Albatta, Yassaviyning zo'r e'tibor qozonishining asosiy sababi hikmatlari tilining xalqning og'zaki tiliga juda yaqinligi edi. O'sha paytlarda turkmanlar orasida "Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad", degan gap keng tarqalgan. Yassaviy uchinchi xalifa sifatida po'stnishin bo'Isa-da, shayxi Hamadoniydan olgan ishorati bilan po'stini to'rtinchi xalifani tashlab Yassiga kelib, 1166 yil, ya'ni vafotiga qadar shu zaminda yashagandi [16:150] Rivoyatlarga ko'ra, Yassaviy oltmish uchga (Payg'ambar yoshiga) yetgach, yer ostida hujra yasatib, «chilla»ga kirgan, qolgan umrini toat-ibodat qilib, qimmatli hikmatlar yozib, riyozatlar chekib, yer ostida o'tkazgan. Bir rivoyatga ko'ra, u 125 yil, boshqa rivoyatga qaraganda, 133 yil umr ko'rgan [17:127]

Ba'zi manbalarda farzandlari haqida ham ma'lumotlar uchraydi.

Xoja Ahmadning Ibrohim va Gavhari Shahnoz ismli farzandlari bo'lgan. Ba'zi manqabalarda Ahmad Yassaviyning Qutbiddin Haydar degan ma'naviy o'g'li bo'lganligi haqidagi rivoyatlarga ham o'rin berilgan. Xoji Bektosh Valiy «Valoyatnoma»sida ham Ahmad Yassaviyning Haydar otli bir o'g'li bo'lgani,

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

navqiron yoshdaligiga qaramay, islomni tarqatish maqsadida Onado'liga borib asir tushgani va uni Xoji Bektosh xalos qilganini yozadi [6:52].

Darhaqiqat, Ahmad Yassaviyning hayoti mashaqqatlar bilan boshlandi. Riyozat va nafsini tarbiyalovchi vositalar orqali u Haqning roziligiga erishdi, ommabop, ravon hamda sodda hikmatlari bilan turkiy xalqlarning tilida hali hanuz nomi mashhurdir.

REFERENCES

1. Husayn Vassof. Safinai avliyo (turk tilida). - Istambul, 1990.

2. Гордлевский В.А. Ходжа Ахмед Ясеви // Избранные сочинения. Т.3. - М.,

3. Safinai avliyo.; Aymawtow J. Aziret Sultan // Jara Adebiyet. 1/1929. - B.393

4. Adham Jabaji o'g'li. Ahmad Yassaviy va uning tasavvufiy qarashlari // Xoja Ahmad Yassaviy: hayoti, ijodi va an'analari. - Toshkent, 2001.

5. DeWeese. The Mashaikh-I Turk and the Khojagon: rethinking the links between the Yasavi and Naqshbandi sufi traditions // Journal of Islamic Studies. 7:2 (1996). -P.180 - 207.

6. Köprülü F. Türk edebiyatinda ilk mutasavviflar. - Ankara: Diyanet Yayinleri, 1991. - S.27.

7. Eaprantg B. CoHHHeHHA. T.3. - C.520.

8. Fazlulloh Ro'zbexon Isfahoniy. Mehmonnomai Buxoro. O'zR FA SHI. №1414

9. Riyozat (arab. - "qiynalish" "mashaqqatlanish") - tasavvufda tariqatning asosiy shartlaridan biri. Darvish, murid sufiyning o'z istagidan o'zini tiyib, bu yo'lda qiynalishi, mashaqqat chekishi/ azob uqubatlarga chidashi.

10. Xilvat - xoli jon, tanholik, hech nimaga bog'lanmaslik, dunyoning xilma-xil g'avg'olaridan forig'lik demak. Tasavvufda esa bunday hol shayx rahnamoligi va ko'rsatmalariga binoan muridning maxsus bir go'shada berkinib ibodat va zikr ila Alloh bilan aloqa bog'lashi anglashiladi. Kamida qirq kun davom qiladigan bu jarayonga «chilla» yoki «arbain chiqarmoq» deyilgan.

11. Nodirxon Hasan. Yassaviylikka doir manbalar va "Devoni hikmat". - Toshkent, Akademnashr, 2012. - B.129.

12. MyMHHOB A.K. KokaHgcKaa Bepcna нcпaмнзaцн TypKecTaHa. - E.117.

13. Abdulxoliq G'ijduvoniy. Maqomoti Yusuf Hamadoniy. O'zR FA SHI. №2533. B.20 - 37.

14. Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat // Mukammal asarlar to'plami. Yigirma jildlik. O'n yettinchi jild. - Toshkent, 2001. - B.253.

1962.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

15. Abdurahmon Go'zal. Yassaviy "Faqrmma"si. - Toshkent, 2014, Navro'z. -

16. I.Usmonov. Tasavvufga kirish (darslik). - Toshkent, 2019, Yosh kuch. - B.127.

17. Makhsudjonovna, T. N. (2022). Coverage of the Activities of the Qalandar in the Sources and Literature. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 797-803.

18. Makhsudjonovna, T. N. Adabiy Manbalarda Qalandar obrazining yoritilishi. Innovative Developments and research in Education International scientific-online conference. Part 4,114-120.

19. Makhsudjonovna, T. N. (2022). Influence of Guilt in the Teachings and Practices of the Qalandar in Central Asia. Miasto Przyszlosci, 24, 166-170.

20. Туйчиева, Н. М. (2013). Каландария. In Сборники конференций НИЦ Социосфера (No. 49, pp. 19-23). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.

B.150.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.