Научная статья на тему 'TALIM JARAYONIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.'

TALIM JARAYONIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

28
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o„quvchilar / kompetensiya / kompetentlik / fanlararo integratsiya / integrativ differensial yondashuv.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Gulshad Tileuovna Yuldasheva, Muhayyo Ibrohimjon Qizi Ziyayeva

Mazkur maqolada ta‟lim tizimi o„quvchilarining kompetentligini shakllantirish va uning mazmun-mohiyati, tayanch kompetensiyalar ularning o„qish faoliyatiga tayyorlashdagi o„rni va ahamiyati, ko„nikma va malakalarini shakllantirish, pedagogik va texnik bilimlar asosida ularning kompetentligini rivojlantirish mexanizmi hamda unga integrativ differensial yondashuv kabi masalalar yoritilib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALIM JARAYONIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.»

g

TALIM JARAYONIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.

Gulshad Tileuovna Yuldasheva

ChDPU "Informatika o'qitish metodikasi" kafedrasi dotsenti v.b.

Mazkur maqolada ta'lim tizimi o'quvchilarining kompetentligini shakllantirish va uning mazmun-mohiyati, tayanch kompetensiyalar ularning o'qish faoliyatiga tayyorlashdagi o'rni va ahamiyati, ko'nikma va malakalarini shakllantirish, pedagogik va texnik bilimlar asosida ularning kompetentligini rivojlantirish mexanizmi hamda unga integrativ differensial yondashuv kabi masalalar yoritilib berilgan.

Tayanch so'zlar: o'quvchilar, kompetensiya, kompetentlik, fanlararo integratsiya, integrativ differensial yondashuv.

Zamonaviy ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarda o'zini-o'zi boshqarish jarayonida shaxsning kasbiy rivojlanishining eng to'liq psixologik shakllari, kasbiy kompetentlikning rivojlanish xususiyatlari E.F.Zeer tomonidan o'rganilgan. U kasbiy kompetentlikni kasbiy faoliyat tuzilmasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida baholaydi.

T.M.Sorokinaning tadqiqotlarida o'qituvchining kasbiy kompetentligi-bu uning pedagogik faoliyatini amalga oshirish uchun nazariy va amaliy tayyorgarligining birligi sifatida talqin etiladi. Uning fikriga ko'ra, o'qituvchilik kompetensiyasi o'qituvchining pedagogik faoliyatining asosi bo'lgan professionallikning bosqichlaridan biri hisoblanadi.

V.N.Vvedenskiyning fikricha, "kasbiy kompetensiya" tushunchasi tarkibining kengligi, "professionallik", "malaka", "kasbiy malakalar" kabi keng tarqalgan tushunchalarni birlashtiradigan integral xususiyatlar bilan ajralib turadi. Biroq, u kompetensiya bilan birgalikda ko'rib chiqilayotgan konsepsiyani identifikasiyalash hollari hali ham tez-tez uchrab turadi. Kompetentlik - bu shaxsiy xususiyatga ega bo'lgan malakali professional yoki funksional xususiyatlar majmuasidir.

Muhayyo Ibrohimjon qizi Ziyayeva

IO'M 19/1 guruhi talabasi

ANNOTATSIYA

October 20, 2023

g

M.I.Lukyanovaning fikriga ko'ra, kompetenlik -bu o'qituvchining psixologik-pedagogik salohiyati asosida pedagogik faoliyat uchun zarur bo'lgan yuqori darajadagi professional tayyorgarlik va o'quv jarayonida talabalar bilan samarali o'zaro munosabatlarga ega bo'lgan shaxsning o'ziga xos xususiyatlaridir. Psixologik va pedagogik kompetensiyalarning tarkibiy qismi sifatida u psixologik va pedagogik yo'nalishlarning bloklarini ko'rib chiqadi.

A.V.Xutorskoy "kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalarini orasidagi farqni ko'rsatib berdi. Kompetensiya - shaxsning o'zaro bog'liq xususiyatlarini (bilim, ko'nikma, faoliyat metodikasi), ma'lum mavzular va jarayonlar uchun belgilanadigan va ularga nisbatan sifat jihatidan samarali ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan kompleks.

G.M.Kodjaspirova "o'qituvchi malakali o'qituvchi bo'lishi uchun muayyan pedagogik kompetentlikka ega bo'lishi kerak", deb hisoblaydi.

"Kompetentlik" tushunchasi ta'lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarida yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi. Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olishi.

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini bilan birgalikda, bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topishni, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi. Kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyatini qisqacha yoritib o'tamiz. Ularga:

1) ijtimoiy kompetentlik; 2) maxsus kompetentlik; 3) shaxsiy kompetentlik; 4) texnologik kompetentlik; 5) ekstremal kompetentliklar kiradi.

N.A.Muslimov va K.Abdullaevalarning fikricha, kompetentlik - olingan nazariy bilim, ko'nikma va malakalar majmuasini amaliyotga mustaqil va ijodiy qo'llay olish darajasi, bu talabaning amaliyot jarayonida va oliy ta'limdan keyingi faoliyatida shakllanib boradi.

Kompetensiya tushunchasi ma'lum bir sohada

muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimni, malakani, shaxsiy

October 20, 2023

fazilatlarni va amaliy tajribani qo'llash qobiliyatidir. "Kompetensiya - bu ta'lim orqali olingan bilimlarga, tajribaga, qadriyatlarga, niyatlarga asoslangan umumiy qobiliyatdir.Kompetentlik - bu olim yoki o'qimishli odam bo'lishni anglatmaydi. Kompetensiya va ko'nikma o'rtasidagi farqni ajratish kerak. Ko'nikma - bu muayyan vaziyatdagi harakat, kompetensiya - xatti-harakatlar ko'nikmalarning kuzatuvlaridan o'rganilishi mumkin bo'lgan xarakteristik xususiyatdir. Shunday qilib, ko'nikmalar amalda kompetensiya sifatida namoyon bo'ladi.

Kompetensiya, mahorat, harakatni kuchaytiradi. Kompetensiya ongli faoliyat natijasida shakllanadi. Davlat ta'lim standartida kasbiy va umumiy kompetensiyalar, ya'ni, bitiruvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar belgilab qo'yilgan. Ularga asosiy kasbiy ta'lim dasturlarini ishlab chiqishda integrativ yondashuv orqali erishish mumkin. Dasturning variativ qismi ta'lim muassasasining, mintaqaning o'ziga xosligini, hududdagi ish beruvchilarning aniq kasbiy kompetensiyalarni egallagan mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojini aks ettirish imkonini beradi. Bizning nazarimizda, aynan integrativ ta'lim (ta'lim integrasiyasi) bo'lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligi shakllanishi jarayoni va kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. rongameBa r.T. Tanaöanapga y3HHH-y3H pHBo^narnnpHm кoмпeтeнцнacннн maKrnaHTHpnm ^apaeHHHHHr negaroraK acocnapn. /MyrarnHM x,aM y3HHKCH3 ÖHnHMgeHgHpny. № 3/1 - 2022.HnHMHÖ-MeTogHKanbiK; ^ypHan.HyKyc,2022. ISSN 2181-7138. 26-28 6eT.

2. rongarneBa r.T. KoMMyHHKaraB кoмпeтeнцнa TymyHnacn Ba yHHHr Ma3MyH moxuath // "Y3MY xaöapnapn "Mnp3o YnyröeK HoMHgara Y36eKHcTOH Mnnnnfi yHHBepcHTeTH hhmhh ^ypHann. - TomKeHT, 2022. - № 1/5/1 - B. 228-231.

3. rongarneBa r.T. (2022). Koмпeтeнцнaвнн eHgomyBra acocnaHraH TatnHM // Journal of innovations in social sciences (Y36eKHcTOH).TabnHMHH pa;aMnamTHpnm: acocnfi тeнgeнцнaпap Ba ycTyBop Ba3H$anap -2022 ISSN:2181-2594.57-61 6eT.

4. rongarneBa r.T. npHMeHeHne нн^opмaцнoннo-кoммyннкaцнoннмx TexHonorafi (HKT) B HanantHoM o6pa3oBaHHH. 3aMoHaBHfi y3nyKcro TatnHM cn^arnHH omnpnm: нннoвaцнa Ba HcTH;6onnap. Xan;apo MHKecngarH H^MHÖ-aManHÖ кoн$epeнцнfl MarepnamapH. 24 anpent, TomKeHT-2020. 527-531 6eT.

5. rongameBa r.T. BnnaHHe KoMntWTepHMx TexHonorafi Ha H3MeHeHHe cpegcTB кoммyннкaцнн. Me^gyHapogHaa кoн^epeнцнa nocBerneHHaa K 180- neTHW H.AnTbiHcapnHa

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

692

g

g

"Великий учитель казахского народа и великое знание",Чимкент, 2021. 36-39 стр.

6. Юлдашева Г. Т. Таьлимда иннаватцион технологияларнинг роли ва ахдмияти. Информатика фанининг долзарб муаммолари. Илмий-амалий анжуман материаллари. Тошкент -2018. 266-бет.

7. Юлдашева Г. Т. Эффективность использования ИКТ на уроках начального класса. Труды научной конференций "Современные кластерные системы в контексте образовательных инноваций реформ: проблемы события и перспективы"2019. 24-стр.

8.Юлдашева r.T. Булажак укитувчиларда касбий компетентликни ривожлантириш. "Замонавий тараккиётда илм-фан ва маданиятнинг урни" номли Республика илмий-амалий конференцияси. www.academics.uz 18.08.2022, 20 сон, 54- бет.

9. Dilfuza Melievna Makhmudova, 2Bakhrom Ruzievich Tadjibaev, 3 Gavhar KholboevnaDusmurodova, 4 Gulshad Tileuovna Yuldasheva. Information and communication technologies for developin gcreative competence in the process of open teaching physics and maths. // International Journal of Psychosocial Rehabilitation / Vol.24, Issue 09, 2020 ISSN: 1475-7192. (Scopus).

10. Юлдашева Г.Т. Методологические основы использования медиа технологий в повышении эффективности обучения / "Экономика и социум", №5(84), часть 2, http://www.iupr.ru1129-1133. (2021).

11. Юлдашева Г.Т. Тенденция развития навыков интерактивных онлайн-курсов в дистанционных условиях современного общества. / "Экономика и социум", №5(84), часть 2, http://www.iupr.ru. 1134-1141. (2021).

12.Юлдашева Г.Т. Мактабларда дастурлаш тилини ургатишдаги бази муаммолар. "Умумтаьлим мактабларида аник фанларни укитиш методикаси" мавзусида илмий-амалий анжуман материаллари. Чирчик, 2019 .

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.