Научная статья на тему 'KLASTERLI YONDOSHUV ASOSIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI'

KLASTERLI YONDOSHUV ASOSIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

15
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‗quvchilar / kompetensiya / kompetentlik / fanlararo integratsiya / integrativ differensial yondashuv.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Gulshad Tileuovna Yuldasheva, Muxriddin Qaxramon O’g’li Abduqaxxorov

Mazkur maqolada ta‘lim tizimi o‗quvchilarining kompetentligini shakllantirish va uning mazmun-mohiyati, tayanch kompetensiyalar ularning o‗qish faoliyatiga tayyorlashdagi o‗rni va ahamiyati, ko‗nikma va malakalarini shakllantirish, pedagogik va texnik bilimlar asosida ularning kompetentligini rivojlantirish mexanizmi hamda unga integrativ differensial yondashuv kabi masalalar yoritilib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KLASTERLI YONDOSHUV ASOSIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI»

g

KLASTERLI YONDOSHUV ASOSIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING

NAZARIY ASOSLARI

Gulshad Tileuovna Yuldasheva

ChDPU "Informatika o'qitish metodikasi" kafedrasi dotsenti v.b.

Mazkur maqolada ta'lim tizimi o'quvchilarining kompetentligini shakllantirish va uning mazmun-mohiyati, tayanch kompetensiyalar ularning o'qish faoliyatiga tayyorlashdagi o'rni va ahamiyati, ko'nikma va malakalarini shakllantirish, pedagogik va texnik bilimlar asosida ularning kompetentligini rivojlantirish mexanizmi hamda unga integrativ differensial yondashuv kabi masalalar yoritilib berilgan.

Tayanch so'zlar: o'quvchilar, kompetensiya, kompetentlik, fanlararo integratsiya, integrativ differensial yondashuv.

Zamonaviy mehnat bozori, bugun ta'lim sifatiga oshayotgan talablarni taqdim etib, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligi va kasbiy tayyorgarligi, o'z navbatida oliy ta'lim muassasalari, shu jumladan texnik oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari o'rtasida raqobat kuchayishiga olib keladi. Agar mutahassisning dastlabki malakasi faqat ish o'rinlariga muvofiqligi va tor axborotni egallashni nazarda tutsa, "kompetentlik" nafaqat umumiy turdagi, balki, xususan keng sohada bilimlarni o'zlashtirishni talab qiladi. Mutaxassisning o'z ko'nikmalarini muvoffaqiyatli amalga oshirishda tayyorgarligi va qobiliyatliligi, o'zining faoliyati samaradorligi va sifatini yaxshilashni nazarda tutadi".

Bugungi kunda biz kommunikativ kompetentlik deb ataydigan "samarali muloqot qilish qobiliyati har doim ko'plab olimlarni qiziqtirgan. Tilshunoslik, sosiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogika kabi fanlar va boshqa zamonaviy bilim sohalarida shaxslararo o'zaro munosabatlarni, shaxsning kommunikativ hatti-harakatlarini nazariy o'rganishga e'tibor qaratilgan. Biroq, odamning ijtimoiy funksiyalarni bajarishda uning nutqiy tayyorligini ham amaliy

Muxriddin Qaxramon o'g'li Abduqaxxorov

IO'M 19/1 guruhi talabasi

ANNOTATSIYA

o'rganish zarur hisoblanadi. Ushbu yo'nalishda ishlab chiqilgan

October 20, 2023

¿L

kommunikativ kompetentlik tushunchasi, bizning fikrimizcha, ijtimoiy- gumanitar bilimlarni talabalarning barcha hayotiy jarayonlarida barkamol aloqa qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish va shuning uchun ularning ijtimoiy funksiyalarni bajarish uchun amaliy harakatlari bilan bog'lashga yordam beradi" Shunga ko'ra, turli xil ta'lim islohotlarini amalga oshirishda, xususan, ta'lim tizimining yangi standartlarga o'tishida va bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashda e'tiborga olinishi mumkin bo'lgan ilmiy tavsiyalarning ahamiyati o'sib bormoqda.

Psixolog olimlarning fikriga ko'ra, kompetentlikning tarkibiy tuzilmasiga doir yana bir nuqtai nazar mavjud. Unga ko'ra, bilim, xulq-atvor va hissiy sohalarga mos keladigan "fikrlash", "muomala" va "munosabaf'da turli xil kompetensiyalar mavjud.

Kasbiy kompetentlikka yondashuvlardagi barcha farqlarga qaramasdan, barcha mualliflar o'z doirasiga kommunikativ kompetentlikni kiritadilar.

Hozirgi davrda mutaxassisning kasbiy kompetentligi uning kommunikativ kompetentligini, ya'ni kasbiy faoliyat sharoitida muloqot qilish qobiliyatini ham nazarda tutadi.

Kommunikativ kompetensiya tushunchasiga Yu.M.Jukov tomonidan qo'yidagicha tarif berilgan "kommunikativ kompetensiya bu insonning shaxs sifatida psixologik xarakteristikasi bo'lib, u odamlar bilan muloqot qilishda yoki odamlar bilan kerakli aloqalarni o'rnatish va saqlash qobiliyatida namoyon bo'ladi" Kommunikativ kompetensiya tarkibiga insonda aloqa jarayonlarining muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlaydigan bilim, ko'nikma va malakalar to'plami kiradi.

Pedagogik faoliyatda kommunikativ kompetensiya odatda ta'lim oluvchilar bilan kerakli aloqalarni o'rnatish va saqlash qobiliyatini anglatadi. Kompetensiya samarali muloqotni ta'minlaydigan bilim, ko'nikma va malakalar to'plamini o'z ichiga oladi. Ushbu turdagi kompetensiya aloqa chuqurligini va doirasini o'zgartirish, aloqa sheriklari tomonidan tushunish va tushunish qobiliyatini o'z ichiga oladi.

Kommunikativ kompetensiya bu to'g'ridan-to'g'ri o'zaro ta'sirlashish sharoitida shakllanadigan odamlar o'rtasidagi rivojlanayotgan va asosan onli aloqalar tajribasi. Kommunikativ kompetensiyani takomillashtirish jarayoni shaxs rivojlanishi bilan bog'liq. Kommunikativ harakatlarni tartibga solish vositalari insoniyat madaniyatining bir qismidir va ularni o'zlashtirish va boyitish butun madaniy merosni rivojlantirish va ko'paytirish bilan bir xil qonunlarga muvofiq sodir bo'ladi. Ko'p jihatdan kommunikativ tajribani egallash nafaqat to'g'ridan-to'g'ri o'zaro ta'sir jarayonida sodir bo'ladi. Kommunikativ kompetensiya insonning ijtimoiy hayoti bilan bevosita bog'liqdir. Kommunikativ kompetensiya og'zaki va og'zaki bo'lmagan aloqa vositalarining

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

695

g

g

moslashuvchanligi va ulardan foydalanish erkinligini nazarda tutadi va insonning o'ziga, ijtimoiy olamga bo'lgan munosabatlar tizimini tartibga soluvchi kategoriyalardan iboratdir.

Kommunikativ kompetensiya shaxsning muloqot qobiliyati bo'lib, axborot-kommunikasiya sohasida shaxsiy va kasbiy tajribasini o'z ichiga olgan bilim, ko'nikmalar va kommunikativ xususiyatidir.

Muloqot qobiliyatining namoyonligi qo'yidagilardan iborat bo'ladi: — muloqot uchun zarur bo'lgan kommunikativ holatning psixologik va ijtimoiy tashhisi;

—o'ziga xos kommunikativ vaziyatda muloqot jarayonini programmalash; —aloqa jarayonlarini ijtimoiy-psixologik boshqarishni amalga oshirish. Kommunikativ kompetensiya aloqa vazifalari turlariga ko'ra quyidagi ko'rinishlarda bo'ladi: qo'yilgan maqsadlarni aniqlash, vaziyatni har tomonlama baholash, hamkorlik va muloqot usullarini hisobga olish (o'zaro hamkorlik), yetarli darajada pedagogik strategiyalarni tanlash, aloqa natijasining muvaffaqiyatini baholash, o'z kasbini turdosh kasbga o'zgartirishga tayyor bo'lish.

Kommunikativ kompetensiyaning faoliyat yo'nalishlari uning tarkibiy komponentalarini motivasion-maqsadli, kognitiv, hissiy, xulq-atvor komponentlaridan iborat ekanligini aniqlash imkoniyatini belgilaydi:

Kommunikativ qobiliyat shaxsiy, integral sifatida qaralishi kerak va strukturaviy tarkibiy qismlari kognitiv, motivasion, hissiy va xulq-atvorga ega bo'lgan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi shaxsning kommunikativ faoliyatining samaradorligini belgilaydi

J.Raven, V.I.Baydenko, N.V.Kuzmin, A.K.Markova, L.I.Berestov va boshqalarning tadqiqot ishlarida kasbiy kompetensiyalarni uch bosqichini shartli ravishda ajratib ko'rsatilgan.

"Ta'lim jarayonida bo'lajak mutaxassislarning kommunikativ kompetentligini shakllantirish orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish zarur ahamiyatga ega ekanligi bir qator olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Xususan, bugungi kunda biz kommunikativ kompetentlik deb ataydigan samarali muloqot qilish qobiliyati har doim mutaxassislarning diqqat markazida bo'lgan".

Mamlakatimiz olimlari tomonidan bo'lajak mutaxassislarni har tomonlama kasbiy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

Taniqli olim N.A.Muslimovning fikriga ko'ra, "shaxsga

yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarini samarali amalga oshirish

October 20, 2023

g

g

uchun, talabalar zarnr darajada kommunikativ kompetentlikka ega bo'lishi, ta'lim-tarbiya jarayonida o'zaro ta'sir jarayonlariga moslashuvchan bo'lishi, kommunikativ texnologiyalarni qo'llaganda talabalar va o'qituvchi o'zaro bir-birini tushunishi talab etiladi" U bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchisida pedagogik sifatlarni shakllantirishning ilmiy-metodik asoslarini tadqiq etgan. Shuningdek olim kasb ta'lim o'qituvchisining kasbiy kompetensiyalari tarkibi, kommunikativ kompetensiyaning bo'lajak o'qituvchi faoliyatidagi ahamiyati, kompetensiyalarni rivojlantirish metodikalari bo'yicha salmoqli ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirgan.

"Pedagog olim Sh.S.Sharipov oliy ta'lim tizimidagi o'qituvchining kasbiy mahorati nafaqat bilim va ko'nikmalar to'plami bilan cheklanib qolishi, balki ularni haqiqiy o'quv amaliyotida qo'llash samaradorligi bilan belgilanadi. Kompetentlikka ega bo'lish qobiliyatlilikni anglatadi, mavjud bilimlarni, tajribani muayyan vaziyatlarda muammoni hal qilish uchun safarbar eta olishlikni anglatishini qayd

U.N.Nishonalievning ilmiy tadqiqotlarida mehnat ta'limi o'qituvchilarini tayyorlash jarayoni turli tarixiy davrlarga bo'lib o'rganilgan hamda kasb ta'limi o'qituvchilari shaxsiga innovasion yondashuv tadqiq etilgan.

R.X.Djuraevning tadqiqotlarida kasb-hunar ta'limi bo'lajak o'qituvchilarini tayyorlashning nazariy va uslubiy jihatlari o'z aksini topgan.

Kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim sifatini nazorat qilish hamda boshqarishning nazariy va tashkiliy metodik asoslari U.I.Inoyatov tadqiqotlarida ilmiy asoslab berilgan.

Q.T.Olimovlarning tadqiqotlarida kasb-hunar ta'limi uchun o'quv adabiyotlarini yaratishning nazariy va amaliy jihatlari o'rganilgan. Ushbu fundamental tadqiqotlarda kasb ta'limi o'qituvchisini tayyorlash jarayoni uchun o'quv-uslubiy adabiyotlar yangi avlodini yaratish konsepsiyasi ilmiy asoslab berilgan.

Integrativ yondashuv asosida kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlash muammolarini yechishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari amaliyotchi olim O.A.Abduquddusov tomonidan o'rganilgan. O'quv jarayonini tashkil etishdagi asosiy vazifa - bu pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishdir. "Ammo shu kunga qadar pedagogik texnologiyaning aksariyati nazariy muammolarga bag'ishlangan bo'lib, amaliyotga ta'siri kamroq sezilmoqda. Buning uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tezroq amaliyotga joriy etish usullarini ishlab chiqish talab etiladi.

etadi".

October 20, 2023

g

g

REFERENCES

1. Юлдашева Г.Т. Талабаларда узини-узи ривожлантириш компетенциясини шакллантириш жараёнининг педагогик асослари. /Мугаллим хам узликсиз билимдендириу. № 3/1 - 2022.Илимий-методикальщ журнал.Нукус,2022. ISSN 2181-7138. 26-28 бет.

2. Юлдашева Г.Т. Коммуникатив компетенция тушунчаси ва унинг мазмун мохияти // "УзМУ хабарлари "Мирзо Улугбек номидаги Узбекистон Миллий университети илмий журнали. - Тошкент, 2022. - № 1/5/1 - В. 228-231.

3. Юлдашева Г.Т. (2022). Компетенциявий ёндошувга асосланган таьлим // Journal of innovations in social sciences (Узбекистон).Таьлимни ра;амлаштириш: асосий тенденциялар ва устувор вазифалар -2022 ISSN:2181-2594.57-61 бет.

4. Юлдашева Г.Т. Применение информационно-коммуникационных технологий (ИКТ) в начальном образований. Замонавий узлуксиз таълим сифатини ошириш: инновация ва исти;боллар. Хал;аро ми;ёсидаги илмий-амалий конференция материаллари. 24 апрель, Тошкент-2020. 527-531 бет.

5. Юлдашева Г.Т. Влияние компьютерных технологий на изменение средств коммуникации. Международная конференция посвещённая к 180- летию И.Алтынсарина "Великий учитель казахского народа и великое знание",Чимкент, 2021. 36-39 стр.

6. Юлдашева Г. Т. Таьлимда иннаватцион технологияларнинг роли ва ахамияти. Информатика фанининг долзарб муаммолари. Илмий-амалий анжуман материаллари. Тошкент -2018. 266-бет.

7. Юлдашева Г. Т. Эффективность использования ИКТ на уроках начального класса. Труды научной конференций "Современные кластерные системы в контексте образовательных инноваций реформ: проблемы события и перспективы"2019. 24-стр.

8.Юлдашева T.T. Булажак у;итувчиларда касбий компетентликни ривожлантириш. "Замонавий таракдиётда илм-фан ва маданиятнинг урни" номли Республика илмий-амалий конференцияси. www.academics.uz 18.08.2022, 20 сон, 54- бет.

9. Dilfuza Melievna Makhmudova, 2Bakhrom Ruzievich Tadjibaev, 3 Gavhar KholboevnaDusmurodova, 4 Gulshad Tileuovna Yuldasheva. Information and communication technologies for developin gcreative competence in the process of open teaching physics and maths. // International Journal of Psychosocial Rehabilitation / Vol.24, Issue 09, 2020 ISSN: 1475-

7192. (Scopus).

October 20, 2023

g

g

10. rongameBa r.T. MeTogonoruHecKue ochobbi ucnonb3OBaHHfl Megua TexHonorufi b noBbirneHHH э$$eктнвностн oSyneHua / "3KOHOMHKa h соцнyм", №5(84), nacTt 2, http://www.iupr.ru1129-1133. (2021).

11. rongameBa r.T. Тeнgeнцнa pa3BHTUfl HaBtiKOB uHTepaKTHBHtix OHnafiH-KypcoB b rцнстaнцноннbIх ycnoBuax coBpeMeHHoro o6rn,ecTBa. / "3KOHOMHKa h соцнyмм, №5(84), nacTt 2, http://www.iupr.ru. 1134-1141. (2021).

12.rongameBa r.T. MaKTaönapga gacTypnam thhhhh yprarnmgaru 6a3u MyaMMonap. "YMyMTatnuM MaKTaönapuga aHus; ^aHnapHu yKuram MeTogHKacu" MaB3ycuga HnMHH-aManHH aH^yMaH MaTepuannapu. ^upnuK, 2019 .

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.